ALISHER NAVOIYNING "LISON UT-TAYR" DOSTONIDA TAZOD
SAN'ATI Tojixon Sobitova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti
ANNOTASIYA
Buyuk shoir Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonida ko'p qollanilgan sanatlardan biri tazod sanatidir. Albatta, Navoiy undan faqat «Lison ut-tayr» dostonidagina emas, balki epik asar "Xamsa"da ham, "Xazojinul-maqoniy" kulliyotiga kirgan lirik g azallarda ham mazkur poetik san atdan foydalangan. Buning muvaffaqiyatli namunalari esa «Lison ut-tajr» dostonida tiniq-ravshan tarzda korinadi
Kalit so'zlar: doston, poetika, san'at, g'urur, shaxs, xalq, jahon, tazod, lirika.
"TAZOD" (STYLISTIC DEVICE) IN THE EPIC POEM "LISON UT-TAYR"
BY ALISHER NAVOI
Tojikhon Sobitova
Associate Professor of the Department of Uzbek Language and Literature Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
One of the most widely used stylistic devices in the epic "Lison ut-tayr" by the great poet Alisher Navoi is the device of Tazod. In fact, Navoi used this poetic art not only in the epic "Lison ut-tayr", but also in the epic "Khamsa" and in the lyrical ghazals included in the collection "Khazojinul-maqoniy". Successful examples of this can be seen in the epic "Lison ut-tajr"
Keywords: epic, poetry, art, pride, personality, people, world, contrast, lyrics.
KIRISH
Millatimizning g'ururi va iftixori bo'lgan o'zbek tilining sofligini saqlab, xalqaro maydondagi nufuzini oshirib dunyo miqyosida yanada rivojlantirish uchun davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati kattadir.
Songgi yillarda milliy qadriyatlarni tiklash, ona-tili va adabiyot tarixi bilan bog'liq manaviy kamolotga erishish masalalariga katta e'tibor berilmoqda.
Ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy-Sharq Renessansi yirik namoyondasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixada, ayniqsa turkiyzabon xalqlar madaniy va ma'naviy hayotining rivojida alohida o'rin tutadigan yorqin shaxs bo'lib, u o'z asarlarida ma'naviy poklik, xalqparvarlik va ma'rifatparvarlikni kuylab,o'z avlodlariga katta adabiy-falsafiy va ilmiy me'ros qoldirdi. Alisher Navoiy lirik poeziyani nafaqat tematika va g'oyaviy mazmun, balki badiiy jihatdan ham yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'tardi. Poetik asarlarining har barida shakl va mazmun uyg'unligini ta'minladi. Xilma-xil janrlardaash'orlar bitdi va takomiliga katta hissa qo'shdi.
Shoirlar sultoni shu ta'rifga munosib ravishda badiiy tasvir va tavsifni oliy ko'rinishlarini yaratdi. Lirik hissijotini to'laroq va mukammalroq ifodalash, asarning kompozitsion izchilligini, mantiqiy va she'riy tafakkurning uzviyligini yuksak maqomga yetkazish maqsadida tazod san'ati vositasidan ham mohirona foydalandi.
Tazod san'ati ma'naviy san'atlar ichida izchil va mudom murojaat etiladigan leksik-stilistik vositalardan biridir. Ushbu san'at klassik adabiyotda-mutobiha, tiboq,talbiq, takofu, ittizod, muttazod kabi nomlar bilan ham atalib kelingan. Tazod san'atining hozirgi adabiyotshunoslikka oid lug'atlarda antiteza degan ta'rifi ham bor. Bu sanat haqida poetikaga doir yozilgan asarlarda va shu mavzuga bag'ishlangan maxsus ilmijy maqolalarda qimmatli ma'lumotlar berilgan. Tazod san'ati - zid ma'noli so'zlar asosida yaratilgan kuchli emotsional ekspressiv va sti-listik vositadir. Bu she'riy san'at voqea -hodisalarning predmet va narsalarning belgi- xususiyatlari harakatining bajarilish holatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish demakdir. Tazod san'ati tasvirni bo'rttirib ifodalash, fikrni ixcham va ta'sirli bayon qilishda muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, malum bir nazm yo nasr san'atkorining soz qollash mahorati, badiiy uslubini organishda tazod sanatining roli benihoya ulkan. Tazod sanati barcha sharq klassiklarining ijodidan o'rin olgan. Navoiy ham bu sanatni asarlarida alohida muhabbat bilan istifoda etgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"Lison ut-tayr" dostoni falsafiy-tasavvufiy mavzuda yaratilgan bo'lib, ulug' fors-tojik adibi Firididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoniga javoban yozilgan. Navoiy bu asarni bolalik davridayoq yod olgan edi.
Buyuk shoir Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonida ko'p qo'llanilgan sanatlardan biri tazod sanatidir. Albatta, Navoiy undan faqat «Lison ut-tayr» dostonidagina emas, balki epik asar "Xamsa"da ham, "Xazojinul-maqoniy" kulliyotiga kirgan lirik g'azallarda ham mazkur poetik san'atdan foydalangan. Buning muvaffaqiyatli namunalari esa «Lison ut-tajr» dostonida tiniq-ravshan tarzda ko'rinadi. Shuning uchun ham,biz bu o'rinda tazod san'atini "Lison ut-tayr" misolida tekshirishni
niyat qilib oldik. Bu san'at asosida shoir zid ma'noli, ya'ni leksikologiyaning muhim kategoriyalaridan biri bo'lgan antonim so'zlarni ustalik bilan qo'llagan. Uning antonim so'zlarga ko'proq murojaat qilishiga sabab shuki, u yoki bu fikrni bo'rttirib, jonlantirib, o'quvchi tafakkurida assotsiatsiya o'yg'otishdir She'r har sinfini qildi ibtido, Turq alfozi bila topdi ado. Badiiy tasvirda ko'tarinki emotsionallikga erishish, ifoda ixchamligi va mantiqiyligini ustuvor etishda qarama-qarshi so'zlar to'qnashuviga qurilgan tazod san' ati noyob va go' zal vositadir. «Lison ut-tayr»da tazod singdirilgan baytlar bir butun «galereya»ni tashkil jetadi.
Sustlug' lar birlokim qilding obi Degil o'zni xurus ey mohibi Nazm pirining qator asarlarida, xususan "Xazoyinul-maoniy" va "Xamsa"da tazod san'atidan turli maqsadlarda samarali foydalanilingan. Jumladan, "Lison ut-tayr"da ham fikrni obrazli, mazmunni tiniqlashtirish uchun uning turli ko'rinishlari shakllantirilgan :
Ko'nglimizga bo'lmag'on ravshan bu roz, Jahlimiz ko'pdin ko'pu ilm ozdin oz Baytda "ko'pdin ko'p" birikmasi «ozdin-oz» birikmasiga qarshi qo'yilishi hisobiga fikr ta'siri kuchaytirilgan. Shoir bu baytni "qushlar oz nisbatlarin Simurg'ga Hudhuddan so'rg'onlari» sarlavhasi ostidagi savol-javobda keltirib, unda qushlar oz istaklariga yetish umidida har qancha urinmasinlar, o'zlari tuban, ilmsiz, orzulari mubham va qorong'uligini, ularning tilidan, sodda, ammo borttirib ifodalaydi.
Mazkur savol javobdagi boshqa bir baytda «shohlar shohi» birikmasini «gadolarning gadoyi» birikmasiga zidlashtirib tazodning faolligini oshiradi. Shohlar shohi kelib ul podshoh Biz gadolarning gadoyi xoki roh. Baytdagi «shohlar shohi» oddiy shohlardan emas, balki u butun sifatlari bilan baridan ustun, baayni bu shoh-olloh simvolidagi Simurg' qushi ekanligini aniqlashtiradi. «Gadolarning gadoyi» iborasi xoksor, anduhangiz, g'amgin, kulfatpesha gado ma'nosida oydinlashadi, gadolarning ham gadosi bo'lgan banda-inson timsolidagi oddiy qush, fikr-ishtiboh tarzida o'rtaga tashlanadi. Bunda shoh-Simurg' bilan oddiy gado-qushlar o'rtasidagi tafovut masofasining kengligi hamda uzoqligi tasviriga tazod kesimida shiddat beriladi.
Navoij tazod san'ati orqali dostondagi baytlarda qo'llanilgan zid ma'noli so'zlarni bir xil grammatik shakl orqali ohangdoshligini hamda vazn uyg'unligini ta'min etadi.
Ul ikovdin biri Rum ahliga shoh, Yona biri zang ahliga kishvarpanox.
Voqean, shu kabi vazn uyg'unligini vojib etuvchi tushunchali so'z va iboralar «Lison ut-tajr»da salmoqli miqdorda. Shuningdek, arabcha «ma'lul»-rad etishni «mahbul»-qabul qilishga ters qo'yilgani, «tarahhum»-rahm ko'rsatishga, «tazallum» -zulm qilish so'zlari zidlashtirilishi natijasida ham tazod durdonalari yaralganini qayd etish joiz. Bu bilan aytmoqchimizki, «Lison ut-tayr»da nafaqat arabiy, balki turkiy va forsiy so'zlar qarama qarshiligida hosil qilingan tazod namunalari ham mavjud.
MUHOKAMA
1. Turkiy so'zlar asnosidagi tazod san'atiga oid quyidagi misolga to'xtalsak. Dab onda sayr etib yaxshi yomon, Mo''min onda soliku kofir hamon.
Dunyoda bani basharni maqsadi yagona. Kishilar hoh «yahshi» (bunda islom dinidagi kishilar) - dindor , hoh «yomon» (g'ayri dindagilar) - dinsiz bo'lsin, e'tiqodlarining negiz mohiyati- Haqqa yetish. Demakki, odamizot dinidan, nomu nasabidan qat'iy nazar - huquqda teng. Shuday ekan, ular o'rtasida diniy adovat bo'lmasligi shart. Bu orinda Navoiy hamma bir toifadagi kishilar ekanligini «yaxshi -yomon» so zini pesh aylab tasdiqlatadi, umuman shu harakat davomidagi tazod yo'sinini o'z munosabatining kompozitiv evolutsiyasiga xizmat qildiradi. Keling, shu jarayonda mag'rur podshoh hikoyatidan olingan kichik parchani ko'rib chiqaylik. Har ne ha^ debtur-xilofidur ishing. Kechau kunduz bu bo'ldi varzishing.
Baytda zolim podshoh bilan ikki janda kiygan qalandar o'rtasidagi savol-javob tasvirlangan. Qalandar tilidan aytilgan ushbu so'zlar podshoning maishatparastligini,umr bo'yi nafs gadosi bo'lib yashaganligini "kecha-kunduz" so'zi ila bo'rttirib, mubolag'ali tarzda ifodalaydi. «Lison ut-tajr»da sof turkiy so'zlar tarkibiga tayanilgan tazod san'atiga dori misollar behisob. Jumladan, oz-kyp(63-2), o'lik-tirik (108-5), ko'pti-o'lturdi (1 6-3), sen-men (137-6), men-sen (137-7), botu-kech (126-b), bor-yo'q (126-6), yigit-qiz (173-6), tun-kun (117-7), yaxshi-yomon (158-6), kecha-kunduz (106-17) va boshqalar.
2. Dostonda arabcha antonimik so'zlar ham tazod san'ati durdonalari hosil bo' lishida munosib ishtirok etgan :
Kun bu yanglig' ehtimom ettim tamom, Ibtidosiga yetishti ihtimom.
«Lison ut-tayr» hotimasiga taaluqli baytda shoir «ixtimom» - tamom qilish, tugallash so'zini «ibtido» - boshlanish, boshlash so'ziga qarama-qarshi tutashtiradi.
Xalq, holig' a tarahhum aylabon, Dilbariga kop tazallum aylabon.
(202-15)
Joriy baytning misradagi rahm ko'rsatmoq mazmunidagi «tarahhum» so zi, keyingi zulm qilmo^ manosida kelgan «tazallum»so,ziga zidlashtirilgan, lekin radif holida ishlatilgan. Arabiy so zlar bilan bog liq antonimik hodisalar dostonda anchagina. Istido-ado (211-6), momin-kofir (156-6), mazul-mashgul (212-4), oshubi talab - toab (298-18), nihon-ayon (64-8), nazm-nasr (207-5), gumroh (din-siz ma'nosida)-ogoh (dindor, dinli ma'nosida) (161-20), foniy-boqiy (3-21) va boshqalar.
3. Alisher Navoiy «Lison ut-tayr»da forsiy sozlar asosidagi namunalari ham zargoraona mohirlik bilan bitilgan: bud-nobud (205-3), xurus (xo'roz)-arus (makiyon ma'nosida) (61-2) kabilar.
Ham yorutdi subhi kofuri asos, Ham tuzatdi shomni mushkin libos.
Doston muqaddimasidan olingan mazkur baytda forsiy «kofur» so'zi «oq» ma'nosini anglatib keladi. (4-4)
Shuningdek «duraxshon» so'zi «shabiston» so'zi bilan tazod san'atini tashkil qilgan:
Mehrni kunduz duraxshon ayladii, Oyni shami shabiston ayladi.
(4-3)
Aytish kerakki, Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» da har doim zid tushunchani ifodalovchi sozlarni bir til asosida hosil qilmasdan, bazan turkiy sozni forsiy sozga qarama-qarshi keltiradi. Bazida arabiy sozni forsiy soz bilan toqnashtiradi.
Toki bir kun tushti daryo uzra mavj, Kemaga yer gah hazizu gah mavj.
(61-3)
Sheriyatimiz ustozi pastga tushish ma'nosidagi arabcha «xaziz»so,ziga yuqoriga ko'tarilish ma'nosidagi forscha «mavj» so'zini aks tarzda berib, baytda tazod ishtirokini taminlaydi. Chunonchi, doston muqaddimasida turkiy va arabiy sozlardan tarkib topgan «tortib taab »qiyinchilik tortmoq ma'nosidagi birikmani forsiy va arabiy «oshubi talab» ( kochma ma'nosi shavq-zavqqa to'lish, mamnunlik) birikmasiga zidlikda qoshadi:
Tolibi kynglida oshubi talab, Shahr aro borur tortib toab.
(206-10)
Shoir, bu baytda «tolib»ni yana istovchining oz maqsadiga erishganidan yoki manziliga yetayotganidan mamnun holatini ko'rsatsa, orzu umidlari yo'lida chekkan mashaqqatlarini «tortib toab» iborasi orqali tasvirlaydi. Umuman «Lison ut-tajr» leksikasi materiallari asosida yaratilgan tazod san'ati xilma-xil ko'rinishlarga ega ekanligini yuqoridagi misollardan ham asosida tasavvur qilish mumkin.
Yaxshisi, shu mushohadalarimizga qo'shimcha ravishda «Lison ut-tayr»dan o'rin olgan «mag'rur podsho» hikoyatini bir qadar kozdan kechirsak:
Sen shah ammo nafsqa zoru haqir, Ul gadoi nafsni aylab asir. To tiriksiz ikkingizga - hol bu, Ul gado, sen shohga minvol - bu. O'lsangiz, hud shoh - dursen -gado. Kim, sen erding mast, ul - ahli iqtido
(109-5)
Bu baytlardagi «shoh-gado», «sen - ul » sozlari bir biriga zid manoda kelgan. Yuqoridagi misolda mazkur sanat yetti marta takrorlanadi. Bunda shoir «shoh» va «gado» sozlarini malum maqsadga yonaltirib, uch martadan qollaydi. Ikkinchi va uchinchi shaxs kelishigi olmoshi «sen-ul» sozlari esa to'rt bor takrorlanadi, Navoiy aytmoqchiki, sen shoh, ammo nafs gadosisan, ul gado esa nafsni o'ziga asir qilgan shohdir. Ikkinchi baytda, ul gado bo'lsa x,am sen shohga «minvol» - yo'l-yo'riq ko'rsatuvchidir. Uchinchi baytda to o'lganingga qadar shoh ersangda gadosan, gado esa shohdir. Baytlarning e'tiborli tomoni shundaki, birinchi baytdagi «shoh-gado» ikkinchi baytdagi «gado-shoh» tarzida orin almashib qo'llaniladi. Bu usul yuqorida keltirganimizdek, klassik poetikada tardi aks (tezkari holda takrorlash) deyiladi. Alisher Navoiy bir yo'la ham tazod, x,am tardi aks san'atini ishlatgani bu o'rinda yaqqol ko'rinadi.
«Lison ut-tayr»da tazod san atini yaratishda grammatik so'z formalari va kategoriyalari muhim vosita tarzida jalb etilgan. Mazkur san'at bir o'zakli so'zlar ishtirokida turli shakllarga kiritilgan. Masalan, dostondagi «Hudhud javobi» da «murod» so'zi «nomurod» so'zining mutlaqo aksidir:
G' amdin aylar shohlig' ahli vidod, Ber alarga nomurod o'lmog' murod.
(124-6)
Bu baytda ikki juft tazodli so'z - «g'am» va «shod» hamda «nomurod» va «murod» sozlari bir-biriga ters ma'noda kelgan.
Dostonda tazod san#ati uning grammatik tarkibini tashkil jetgan syz turkumlari orqali x,am jaratlgan.
Menliku senlik oramizdan ketib, Qolg'osan - o'q orodin man ketib. Sen men itloqi mahol o'lg'och mahol, Topmay ul holatda sendin men visol.
(205-2)
Bunda «men» va «sen» olmoshi qarama-qarshilik hosii qiladi. Mazmunan, muallif maqsadini ollohga bayon qiluvchi «komil» barkamol odamning munojoti asosida bayon etadi... Unda «men» so'zi o'ziga, ya'ni murojaat etuvchi nazarda tutilsa, «sen» kishilik olmoshi esa olloh ma'nosida berilib, «men» ning vaqtincha ekanligiga va «sen» - (olloh) ning abadiyligiga ishora bildiriladi.
NATIJALAR
Voqean, Alisher Navoiy barcha poetik asarlarida zid ma'noli so'zlardan samarali istifoda etib, tazod san' ati durdonalarini yaratar ekan, asarlarining badiiy pishiqligiga, shakl va mazmun uyg'unligiga katta e'tibor qaratadi. Ayniqsa, «Lison ut-tayr» dostoniga kuchli emotsionallik va yuksak ekspressiya hamda stilistik ixchamlik, izchil ravonlik bag'ishlashga muvaffaq bo'ladi. U shu maqsadda, xususan tazod san'ati namunalarini asarning badiiy jozibasini ta'minlashda quyidagilardan unumli foydalanadi;
1)Avvalo qarama qarshi so'zlar orqali leksikalogiyaning muhim kategoriyalari hisoblangan antonim so'zlarning xilma-xil ko'rinishlaridan; 2)etimologik kelib chiqish jihatidan bir guruxdagi turkiy, arabiy va forsiy so'zlardan; 3) turkiy, arabiy va forsiy syzlarning qorishiq, aralash ko'rinishlaridan; 4) so'z o'yinlaridan; 5) grammatik kategoriyalar hisoblangan so'z turkumlaridan. Bujuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarining har biri yozilish uslubiga ko'ra o'ziga xos xususiyatlarga ega, badiiy so'zning rangbarang tovlanishlarini namoyon qiluvchi badiiy kashfiyotlar darajasidadir. Uning poetik asarlarini leksik, leksik-stilistik, lingvopoetik jihatdan o'rganishning katta ilmiy va amaliy ahamiyati bor. Chunki, Navoiy asarlari tili, hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy takomilini belgilashda hamda fonetik, grammatik, leksik, stilistik va lingvostilistik xususiyatlarini aniqlashda asosiy manbadir.
XULOSA
Sharq adabiyotiga poetik san' atlar asarning badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. She' riy asarlar g' oyaviy yetuk, mazmunan rang-barang bo' lishida undagi poetik san'atlarning o'z o'rnida ishlatilishi juda ham muhim. Inchunin, badiiy vositalar so'z san'atkorlarining maqsadini ani^, yorqin, jozibali va obrazli tasvirlashga, ayni vaqtda asar yadrosiga yashiringan fikratni kitobxonga shuuran tez yetib borishini ta'minlaydi.
Aynan shu asnoda «Lison ut-tayr» leksikasi materiallari asosida xarakterli majoziy ma'no yuklagan, hususiyat faoliyat so'zlari, iyhom va intoq san atlari kabi badiiy vosita turlari imkoniyat doirasida ko'rib chiqildi. O'ziga xos jihatlari lingvopoetik nuqtai nazardan yoritildi. Zotan, badiiy san'atlar doston tili va uslubining boy va jozibali ifodalanishida «zebu zar» aniqroq aytganda fusun va taravot baxsh etuvchi sehrli "pardoz", ta'rifini bo'rtirib ko'rsatuvchi ta'kid ifodasi vazifasini o'taydi. Shunday ekan, bundan buyon ham Navoiyning sexrli va sirli olamiga zavqu shavq, kayhoniy lazzat, abadiy hikmatlar qidirib tashrif buyuruvchilar safi yildan-yilga, davrlardan davrlarga kengayaveradi.
REFERENCES
1. Матчонов С. (2020). Адабиёт дарсларида тахлил ва талкин уЙFунлиги. Тил ва адабиёт таълими. 7(7), 8-11.
2. Матчонов С. (2020). Китобхонлик ва мутолаа маданияти. БухДУ Бошлаетич синфларнинг она тили таълимида инновацион технологиялардан фойдаланиш. Халцаро конфереция материаллари 2020 йил 29 апрель, 89-92-бетлар
3. Матчонов С. (2020). Адабий таълим тизимини технологиялаштириш ва бадиий-эстетик тафаккур муаммолари. Низомий номидаги ТДПУ Илмий ахборотлар 2020 7(1), 49-53-бет.
4. Шерматова У.С. (2019). Чулпон лирикасини урганиш технологияси. Tafakkur ziyosi, 2(2), 29-32.
5. Шерматова У.С. (2020). Kunduzsiz kechalar yog'dusi. Til va adabiyot ta'limi, 2020, 3(3), 23-25.
6. Шерматова У.С. (2020). Ватан тимсоли маънавий кадрият. Pedagogik mahorat. 6(6), 84-88.
7. Umirova D. (2020). Authenticity and authentic materials: history and present.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 5(10), 129-133.
8. Rasulov R. (2020). Word Valence and Syntactic Relationship. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 295-300.
9. 19. Rasulov R. (2020). Agency Valency of Voice Forms of the State Verbs (On the Material of the Uzbek Language). International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 308-317.
10. Rasulov R. (2020). Kelajak - til sohiblariniki. Til va adabiyot ta'limi, 7(7), 63-64.
11. Botirova Sh.I. (2020). Problematic Aspects Related To the Use of Educational Technologies And Interactive Methods In The Classroom. International Journal of Multidisciplinary Research, 6(8), 539-541.
12. Botirova Sh.I. (2020). Forming patriotic spirit within pedagogical education cluster. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences (EJRRES), 8(10), 200-205.
13. Ботирова Ш.И. (2020). Проблемные аспекты, связанные с применением педагогических технологии и интерактивных методов на уроках. "Science and Education" Scientific Journal, 1(7), 465-472.
14. Sobitova T. (2020). Orzigul dostonidagi manaviy va lafziy sanatlar. Ilmiy axborotnoma SamDU, 8(4), 56-63.
15. Sobitova T. (2020). Yoshlar manaviyatini yuksaltirishda xalq og'zaki ijodining o'rni. Тил ва адабиёт таълими. 5(5), 26.