'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26
cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784
economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTINING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI HAMKORLIGI VA ISTIQBOLDAGI REJALARI HAQIDA
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7355360
TO'RABOYEV Asror Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Hashimova S.A.
This article describes the Shanghai Cooperation Organization's cooperation with Central Asian countries and future plans. The chairmanship of the SCO summit to be held in 2021-2022 has officially passed to Uzbekistan. Within the framework of the summit, tasks such as adoption of industrial cooperation program, reduction of poverty, development of an intergovernmental agreement in the field of tourism, adoption of the Road to combat infectious diseases and related information were explained.
Rivojlanayotgan dunyoda tashqi aloqa va yaqin qo snnicnniK munosaoauan o rnaulishi katta ahamiyatga ega. Qo'shni davlatlar bilan tajriba almashinish yaqin qo'shnichilik aloqalari, diplomatik, iqtisodiy tomonlama aloqada o'rnatilishi davlatlarning rivojlanishiga turtki bo'ladi. Shu kabi qo'shnichilik aloqalarini o'zida jo qilgan tashkilotlardan biri sifatida Shanxay hamkorlik tashkilotini keltirsak bo'ladi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) - mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bo'lib, Xitoyning Shanxay, Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida 15-iyun 2001-yil tuzilgan. Shanxay hamkorlik tashkilotining vujudga kelishi tarixi "Shanxay beshligi" deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog'liqdir. Dastlab Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari ishtirokida ("Shanxay beshligi") uchrashuvi bo'lib o'tgan. Dastlab 1996-yilda kelgusi 1997-yilda chegaradosh mamlakatlar o'rtasidagi ishonchni mustahkamlash va qo'shma chegarada qurolli kuchlar va qurol-yarog'larni qisqartirish to'g'risida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan "beshlik mamlakatlarining" o'zaro hamkorligi Sobiq sovet ittifoqi-Xitoy chegarasi bo'ylab harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va ko'p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taminlash choralariga o'tishga qaratilgan edi. SHHT ning 2000-yilda Dushanbeda bo'lib o'tgan sammitida O'zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashgan. Ana shu sammitda "beshlik" negizida ko'p tarmoqli tashkilot tuzish to'g'risida taklif ilgari surilgan.
SHHT ta'sischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni O'zbekiston o'z milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qiladi.2001 -yil iyun oyida Shanxay sammitida yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini e'lon qilgan Dekloratsiya, shuningdek terrorizm, ayirmachilik va eksteremizmga qarshi kurash to'g'risidagi konvensiya qabul qilingan. Tashkilotning 2002-yil iyun oyida Sank-Peterburgda bo'lgan ikki sammitida ustav hujjati SHHT partiyasiga imzo chekilgan. Ushbu qonun hujjatlari va loyihalarining qabul qilinishi orqali tashkilotning faoliyati salmoqli darajada rivojlangan.
SHHTning oliy organi davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot struktrurasi hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, tashqi ishlar vazirligi tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va Pekinda joylashgan doimiy ishlovchi kotibiyat hamda Toshkent shahrida joylashgan mintaqaviy aksilterror tuzilmasidan iborat. Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat ko'rsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot
almashish, chegara va bojxona qo'mitalarining maxsus xizmatlarining hamkorligini muvofiqlashtirish shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijro qo'mita faoliyati yo'lga qo'yilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan ijro qo'mitada esa o'zaro tasdiqlangan lavozim o'rinlariga muvofiq SHHT ga a'zo davlatlardan vakillar ishlaydi.
SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 2013-2017-yillarda vakolatli organlar tomonidan 600 dan ortiq terrorchilik xarakatlaridagi jinoyatlar tayyorlanish jarayonida fosh etilgan bo'lib, 500 dan ziyod tayyorgarlik bazalari yo'q qilingan xalqaro terrorchilik tashkilotlariga a'zo bo'lagan 2 ming nafardan ko'proq shaxslar qo'lga olingan, mingdan ortiq qo'lbola portlovchi uskunalar, 10 mingdan ziyod o'q-dori musodara etilgan. Yangi a'zolarning tashkilotga qabul qilinishi uning iqtisodiy salohiyatini ham oshirib yubordi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, hozirgi paytda SHHT davlatlarining dunyo YAIM dagi ulushi 30 foizni tashkil etadi. SHHT a'zo mamlakatlarni ham ikki tomonlama ham ko'p tomonlama asosda o'zaro birgalikda harakatlanishga rag'batlantiradi. Masalan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXR ga 2017 yil may oyidagi birinchi davlat tashrifi doirasida 100 dan ortiq, jami 23 milliard AQSH dollarilik hujjatlar imzolandi. Ikki davlat yetakchilarining samarali muzokaralari savdo, investitsiyalar va texnologiyalar, transport kommunikatsiyalari, gidroenergetika, gumanitar sohalardagi o'zaro aloqalarni yanada yuksaltirish bo'yicha yangi strategik imkoniyatlar eshigini ochib berdi. SHHT ulkan salohiyatga ega. Tashkilotning jahon maydonidagi ta'siri hamda obro'sini oshirish uchun bu kuchni ishga solish lozim. Shu ma'noda ,, Bir makon, bir yo'l '' tashabbusini amalga oshirishda ,, Shanxay sakkizligi ''ning bahamjihat intilishlari muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Bunda hamkorlikning eng muhim, istiqbolli yo'nalishlari juda ko'pdir.
SHHT ga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda bo'lgan majlisida tashkilotning shakllanish davri yuklanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari bo'yicha Toshkent dekloratsiyasi, SHHT ning vakolatlari va immunitetlari to'g'risidagi konvensiya, narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to'g'risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi. O'zbekiston Respublikasining tashkilotga a'zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarining yangi tahdid va hurujlarga qarshi turushdagi hamkorligini mustahkamlash xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish tabiiy, mineral hom-ashyo zahiralarini o'zlashtirish, suv energetika zahiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar istiqbolini yanadda rivojlantirish kabi vazifalarni o'z ichiga qamrab oladi.
2021-2022 yillarda o'tkaziladigan SHHTning sammitiga raislik qilish O'zbekistonga rasman o'tdi. Sammit doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, kambag'allikni kamaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish, yuqumli kasaliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi ,,Yo'l xaritasini qabul qilish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarning istiqbolli ijrosi davlatlarning rivojlanishiga, ularning qo'shnichilik aloqalari yanada mustahkamlanishi va diplomatik aloqalarining ravnaq topishining asosiy faktori bo'ladi. Shanxay hamkorlik tashkiloti o'zida yaqin qo'shnichilik orqali hamkorlikda rivojlanishni maqsad qilgan tashkilotlardan biridir.
2021-2022 yillar istiqbolini rejalashtirish maqsadida o'tkaziladigan SHHTning yig'ilishi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning SHHT dagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi.
Ular:
> SHHTning nufuzi va salohiyatini yanada oshirish;
> SHHTning Transport bog'liqligi strategiyasini qabul qilish;
> SHHTning makonida infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
> SHHTning xalqaro axborot xavfsizligi bo'yicha ekspertlar forumini ta'sis qilish;
> SHHTning Ezgu niyat elchisini institutini joriy qilish;
> SHHT ning sanoat kooperatsiyasi dastirini qabul qilish va bu borada hamkorlikni nazarda tutuvchi markazlarni tuzish, kambag'allikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi ,,Yo'l xaritasi''ni qabul qilish ko'zda tutilgan.
SHHTning boshqa Sobiq SSSR hududi joylashgan regional tashkilotlardan farqini ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy, Hindiston va Pokiston ham qo'shilgan. Eron islom respublikasi to'laqonli a'zoligi orqali ko'rishimiz mumkin. Unga a'zo davlatlarni sanab o'tadigan bo'lsak:
A'zo davlatlar: Rossiya, Tojikiston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Pokiston va Hindiston.
Kuzatuvchi davlatlar: Mo'g'iliston, Eron, Afg'oniston, Belorussiya.
Muzokaralar bo'yicha sherik davlatlar: Armaniya, Kambodja, Ozarbayjon, Nepal, Shri-Lanka, Turkiya.
Davlat boshliqlari sammitlariga taklifnoma olganlar: MDX, ASEAN, BMT, EvrAzES, AQSH, Turkmaniston.
Kuzatuvchi davlatlar sifatida ishtirok etishga xoxish bildirgan davlatlar: Bangladesh, Suriya, Misr, Isroil, Maldiv orollari, Ukraina, Iroq, Vetnam, Baxrayn, Qatar davlatlaridir.
SHHTning yurtimiz hayotidagi o'rni juda katta. Buni 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasining asosiy qoidalari Shanxay tuzilmasining maqsad hamda vazifalariga ko'p jihatdan hamohangligida. Ularni hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilish yaqin qo'shnilar bilan munosabatlarni uyg'unlashtirish Markaziy Osiyoda, umuman butun SHHT hududida tinchilik va barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi hamda rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. REFERENCES
1. https://yuz. uz/news
2. https://cyberleninka.ru/article/n
3. https://east-fruit.com/uz
4. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.
5. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).
6. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов Ш-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).
7. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.
8. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.
9. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.
10. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.
11. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.
12. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 85-91.
13. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).
14. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1504-1511.
15. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.
16. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО -ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.
17. NS Abdullayevna.±£mRfflm^¥ffl^: ШЩ^—^Ь- 87, 0
18. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.
19. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019