Scientific Journal Impact Factor
SAUDIYA ARABISTONDAGI OZBEK (TURKISTONLIK)LARGA DOIR TARIXIY JARAYONLAR
Mamarajabov Bobir Normo'min o'g'li
Denov Tadbirkorlik va pedagogika Instituti e-mail: mamaraj abovbobur137 @gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada, Markaziy Osiyoda katta etnik millatlardan biri o^zbek xalqining bugungi kunda jahon xalqalari orasida tutgan o^rni, shu bilan birga o^zbek xalqining dunyo bo^ylab tarqalishi, jumladan Saudiya Arabistondagi o^zbeklarning hayoti va ularning ushbu mamlakatda joylashuv tarixi haqida so^z boradi.
Kalitso zlar: Markaziy Osiyo, o^zbek, Saudiya Arabiston, millat, islom, Makka, Madina, haj
This article discusses the role of the Uzbek people, one of the largest ethnic groups in Central Asia, among the peoples of the modern world, as well as the spread of the Uzbek people around the world, including the life of Uzbeks in Saudi Arabia and the history of their settlement.
Keywords: Central Asia, Uzbek, Saudi Arabia, Nation, Islam, Mecca, Medina,
Hajj
В этой статье обсуждается роль узбекского народа, одной из крупнейших этнических групп в Центральной Азии, среди народов современного мира, а также распространение узбекского народа по всему миру, включая жизнь узбеков в Саудовской Аравии и история их заселения.
Ключевые слова: Центральная Азия, узбек, Саудовская Аравия, Нация, Ислам, Мекка, Медина, Хадж.
Markaziy Osiyoning yirik millatlaridan biri sifatida o'zbek etnosi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning barcha sinovlaridan o4ib, o'zligini saqlab qolish bilan bir qatorda, umuminsoniy taraqqiyotga, qo'shni hamda jahon xalqlari madaniyati rivojiga hissa qo'shib kelayotgan etnik birlikdir. Shu boisdan, ushbu millat vakillarini qaysi hududda yashab kelishidan qat'iy nazar, yaxlit ijtimoiy-madaniy birlik sifatida o'rganish milliy ozlikni anglash rivojida muhimdir.
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Bunday tadqiqotlar mintaqa xalqlari orasida integratsion jarayonlarni rivojlantirish, yaxshi qo'shnichilik, qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga yordam beradi.
Islom dini Arabiston yarim orolida vujudga kelib, ilk bor o'sha hududda targ'ib qilingan bo'lsada, islom ma'naviyati va diniy ilmlar biz istiqomat qilayotgan mintaqada o'zining yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Abduqodir Marg'inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Xoja Bahovuddin Naqshbandiy kabi ulug' insonlarning ta'limoti yer yuzidagi 120 mamlakatda yashovchi millionlab musulmonlar orasida yuksak hurmatga sazovordir.
Musulmonlarning muqaddas shaharlari bo'lgan Makka va Madina ziyorati islom dinining arkonlaridan biridir. Saudiya Arabistoni (1932-yildan shu nom bilan ataladi) davlati hududida joylashgan bu sharif shaharlarga har yili 3 million musulmon haj ziyorati uchun boradi. Mamlakat xazinasiga hojilar hisobidan bir yilda 8-10 milliard AQSH dollari miqdorida daromad tushyapti.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'tgan asrlarda taxtdan ag'darilgan yoki hukmdorlik rutbasidan tushgan xon va amirlar islom dinining farzlaridan biri bo'lgan Makka va Madina haji safariga otlanganlar. Ularning ba'zilariga haj ziyorati nasib etgan, ba'zilari yo'ldayoq dushmanlari tomonidan mahv etilgan, ba'zilari esa, qaytishda o'zga yurtlarda hayot bilan vidolashgan. Ulug'bek Mirzo, Komron Mirzo, Nodirmuhammad, Xudoyorxon kabilarning tarixiy taqdirini eslasak fikrimiz yanada oydinlashadi. Qo'qon xonligining so'nggi hukmdori Xudoyorxon 1877-yilgi Orenburg shahridagi tutqunlikdan qochib, Buxoro amirligiga o'tib, Qobul-Bombey-Bog'dod yo'nalishi orqali Makkaga yetib kelgan. Haj farzini ado etgandan so'ng, Bog'dodga qaytib bir qadar yashagan Xudoyorxon Londonda(Angliya) qirolicha Viktoriya huzurida bo'lib, 12 ta chet el mamlakat vakillari ishtirokidagi kengashda o'zining arz-dodini bayon qiladi. Lekin London -Peterburg muzokaralari natijasiz tugagach, ona yurtiga qaytmoqchi bo'ladi. 1882-yil Hirot shahri (Afg'oniston) yaqinidagi Karrux qishlog'ida o'pka kasalligidan og'rib musofirlikda vafot etdi. Hirot begi Qunduzxon uning hamyonidagi 100 tilloni ham olib qo'ygan. Haj safari nasib etmagan hukmdorlar va badavlat turkistonliklar Makka va Madina shahrida xayrli ish qilib nom qoldirish maqsadida biror-bir savob ishni bajarganlar. Bu o'rinda ashtarxoniy hukmdor Imomqulixonning (hukmronlik yillari 1611-1642-yillar) Madina shahrida chorbog', Makkadagi Ka'ba kiraverishdagi darvozasida oltin va kumush tutqichli
yog'och zina qurdirganligini eslash mumkin. XIX asr oxiri XX asr boshlarida
896
Scientific Journal Impact Factor
mashhur mahalliy sanoatchi boylardan bo'lgan andijonlik Mirkomil Mirmo'minboy hoji o'zining otasi (1860-1919-yillar) Mirnodirboy Hojiyev vafoti oldidan 15 farzandiga merosini taqsimlab turib, bir niyat bilan 30 ming so'm ajratganini,bu mablag' hisobiga Makka va Madina shaharlarida bir musofirxona bunyod etishini vasiyat qilgan. Chorizm mustamlakasi davrida ham Turkiston o'lkasi musulmonlari Makka va Madina hajiga borib turgan. 1880-1900- yillarda o'rtacha hisobda har yili 3-5 ming sonli turkistonliklar haj ziyoratiga borar edi. Haj ziyoratiga borgan millatdoshlarimizdan ayrimlari tijorat qilish va boshqa sabablarga ko'ra Arabistonda muqim yashab qolishgan. Bazi hollarda mustamlaka Turkistoniga qaytmaslik maqsadida vatan sifatida biror -bir Sharq mamlakati tanlanardi. Lekin, bu kam uchraydigan holat bolib, Arabistonda "o'zbek diasporasi"ning vujudga kelishi sovet tuzumining noinsoniy siyosati va mislsiz qatag'onlar bilan bog'liqdir. Sovet jamiyatida ziddiyatlarga to'la, XX asrning 20-30-yillarida o'zbek millati vakillaridan ming-minglab kishilar xorijiy mamlakatlarga, jumladan Arabistonga chiqib ketishga majbur bo'lganlar. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Arabistonga borib qolgan ozbeklar asosan, avval, Afg'oniston va Xitoy Xalq Respublikasi hududida yashaganlar. Arxiv hujjatlarining malumotiga ko'ra XX asr 60- yillarida Saudiya Arabistoni va Misr Arab Respublikasida 37 ming sonli Turkistonliklar yashagan manbalarda o'zbek, tojik, turkman, qirg'iz, qozoqlar birgalikda bir nom bilan "turkistonlklar" deb ataladi. Yurtdoshlarimiz o'zlarining ism-shariflariga u yoki bu shaharlarimizdan birini qo'shib aytishgan. Shuning uchun ular Buxoriy, Farg'oniy, Andijoniy, Samarqandiy, Marg'iloniy, Nasafiy, Namangoniy deb ozlarini tanishtirishlari bejiz emas. Ko'p hollarda esa vatandoshlarimimz Orta Osiyodan ekanliklarini bildirish maqsadida "Turkistoniy", "al-Buxoriy" nomlarini oz ism-shariflaridan keyin qo'shib qo'yadilar. Islom dunyosida Imom al-Buxoriyning mavqei va obro'lari shu qadar balandki, O'zbekistondagi qaysi go'shadan yurtdoshlarimiz kelib chiqmasin,ularni "Buxoriylar" deb atashadi. Saudiya Arabistonida ham "Buxoriylar" ko'pchilikdir. Avvalo, hozirda Saudiya Arabistonidagi ozbeklar soni haqida bir oz mulohaza bildirib o'tsak. Biz uchratgan kitob va maqolalarda ular haqida turlicha malumot beriladi. "Muborak haj safari" kitobining muallifi Nurilloxon Hoji Abdulloh o'g'li Saudiyada 400 ming atrofida ozbeklar yashaydi deb yozadi. Saudiya Arabistoni fuqarosi, muhojir o'zbek, marhum Abdulvohid Yassa "Jon ketar vatan ketmas" maqolasida Bu mamlakatda 350 ming o'zbek, qozoq, turkman va tojiklardan iborat turkistonliklar bor deb qayd qiladi. Bazi malumotlarda 500 ming, 700 ming ozbeklar Saudiya Arabistonida yashashi haqida xabar beriladi. XX asrning birinchi yarmida Saudiya Arabistonida
Scientific Journal Impact Factor
o'zbek vatandoshlar soni Afg'oniston, Turkiya, Xitoy kabi mamlakatlarga nisbatan oz bo'lganligi tarixiy haqiqatdir. Biroq bu mamlakatda turmush darajasining ko'tarilishi, "Buxoriy"larga imtiyozlar berilib, soliqlardan tarxon qilinishlari, tijorat uchun qulay shart-sharoit yaratilishi, muqaddas shaharlar Makka va Madinaga hajiga borgan yurtdoshlarimiz bilan diydorlashuvga ehtiyoj kattaligi, musulmonchilikning farzlaridan biri haj maqsadi kabi sabablar tufayli millatdoshlarimiz bu yerda ko'proq to'planganlar.
Saudiya Arabistonidagi o'zbeklar ijtimoiy ahvollari jihatidan turli pog'onalarga turadilar. Ularning aksariyati tijoratchilar bo'lib, asosan mamlakatning markaziy shaharlari hisoblangan Madina, Makka, Toif, Ar-Riyod shaharlarida yashashadi. Yurtdoshlarimiz orasida vazirlar, generallar, diniy va dunyoviy ilmlarning bilimdonlari, professorlar ham bor. O'zbek vatandoshlar Madina-Munavvara shahrida o'zlarining hisoblaridan "Andijon bog'chasi", "Chust takyasi" deb ataladigan musofirxonalarga asos solganlar. Bugungi kunda haj safarini ixtiyor qilgan vatandoshlarimiz ulardan bahramand bo'lishyapti. Yurtdoshlarimiz Oltinxonto'ra, Muhammad at-Tarroziy tashqi ishlar vaziri, Madinadagi "Jome" masjidi bosh mudarrisi bo'lganlar. Fazliddin Ilohiy esa Madina amiri Abdulmajid ibn Abdullazizning yaqin mulozimi bo'lib ishlagan. Iste'fodagi general Burxoniddin Marg'iloniyning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarida o'zbeklardan chiqqan 15 general va 80 ga yaqin ofitserlar (mayor va polkovniklar) xizmat qilar ekan. Afg'onistondan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan vatandoshimiz Mubashshirxon Solmon Kosoniy o'zbek tilida, arab imlosida uch jildli "Orta Osiyo tarixi" kitobini nashr qildirgan. U o'zi istiqomat qiladigan Ahbo shahridan Madinaga borib, Abdulqodir Marg'iloniyning "Maktabi Imon" kutubxonasiga qarashli matbaada kitobini chop ettirgan. Yoqubxo'ja Yo'ldosh Mahjuriy "Til yo'rigY' kitobi muallifidir. Diniy ilm sohasida Makkadagi Um-ul qaro universiteti professori, doktor Muhammad Said Hasan, doktor Umar Toshkandiy, Abdulfattoh qori Xo'qandiy, Muhammad Hasan qori, No'mon Toshkandiy singari arboblarning nomi qadrlanadi. XX asrning 30- yillarida muhojirlikni ixtiyor qilgan Abdulhakim Xalifa, Rahmatulloh Turkistoniy, Abdulloh Turkistoniy, Muhammad Salim, Nuriddin Mahsum, Muhammad Zarif, Xolid Najmiddin, Muhammad Odil, Muhammad Yusuf, Muhammad Marg'ub, Miyon Fazl Hamid, Abdulhakim Buxoriy kabi yuzlab vatandoshlarimiz ism- shariflarini sanab o'tish mumkun. Shayx Sabboq Buxoriy, Kamoliddin Toshqin kabi o'zbek shoirlari, Obidjon Turkistoniy singari tibbiyot xodimlari ham ushbu mamlakatda qo'nim topganlar. Sobiq "Vatan" jamiyati xodimi L.Ahmadxo'ja 1990-yilda Madinada bo'lganlarida 106 yoshga to'lgan, XX asr 30898
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
yillarida bu mamlakatga kelib qolgan Dadaxon hoji Namangoniy va u kishining 70 yashar o'g'illari Muhammad Dadaxon bilan muloqotda bo'lgan. Imom Buxoriy yubileylari munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro ilmiy anjuman tantanalarida ham arabistonlik yurtdoshlarimiz ishtirok qildilar. Bu yerdagi millatdoshlarimiz arab imlosida o'qib, eski o'zbek adabiy tilida gapiradilar. Bu esa, sovet davrida ularni o'z Ona Vatanlari bilan aloqalariga to'sqinlik qilardi. Ikkinchidan, temir qafas bo'lgan, xorijlik o'zbeklarga dushman, sotqin, vatan xoini nazari bilan qaragan bu tuzum ming-minglab qalblarga ozor berdi. Mamlakatlar orasida to'siq qo'yish mumkin, lekin qalblarni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Saudiyada yashagan "Buxoriy"lar o'zbekona milliy urf-odat va an'analarimizni o'zbek tili va o'zliklarini saqlab qoldilar. Ular va farzandlari islomiy tarbiya asosida arab tilida tahsil oladilar, lekin oilada va o'zbek jamoalarida o'zbekcha so'zlashadilar. Arabistonlik yurtdoshimiz Xalifa Ismoiliy avvalo shuni aytib o'tish joizki, O'rta Osiyodan borganlarni u yerda (Saudiya Arabistonida) "Turkistoniy" yoki oddiygina qilib "Buxoriy" deb atashadi. Padari-buzrukvorimiz va volidai- mehribonlarimiz bizlarga hech qachon yurtlaringni tillaringni unutmanglar chunki, tilni unutgan Vatanni unutadi, Vatanni unutgan esa imonni unutadi degan edi suhbatlaridan birida. Otalar nasihatlariga amal qilgan yurtdoshlarimiz bir umr Ona-Vatan mehrini tuyib yashadi. Saudiya Arabistonida yashagan vatandoshlarimizdan biri Mo'minjon Andijoniy O'zbekistonga maktub yo'llab, xatining oxirida:
G'urbatda agar yetsa o'lim gul badanimga, Qabrimni qazib yulsa kafanimga, Tobutim yuksak yerga bir zum qo'yinglar, Shoyad yetishur bo'yi Vatan bu jasadimg'a.
To'rtligini ham ilova qilgani bejiz emas. Mo'minjon Andijoniy Oybekning "Navoiy" romanini arab imlosida qo'lda ko'chirib, oz hisobidan ko'paytirib arabistonlik millatdoshlarimizga tekin tarqatgan.
XULOSA
XX asrning 20-30-yillarida Saudiya Arabistoniga borib qolgan o'zbeklarning aksariyati hayotdan ko'z yumgan. Lekin ota-bobolari muhojirlikni ixtiyor qilganlarida asosan 4-5, 8-9 yoshlarda bo'lganlar hozirgi kunda ular hayotini davom ettiryapti. Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan o'zbeklar orasida qashshoq va gadoylar yo'q. Ularni ulug' bobokalonimiz Imom -Buxoriyni ruxi-poklari qo'llaganligiga beixtiyor ishonch hosil qilasan kishi. Saudiya Arabistonida Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, al-Farobiy, al-Beruniy, Ibn Sino kabi ulug' zotlarning nomlari
e'zozlanadi, hurmatlanadi. Mustaqilligimiz tufayli musulmonchilik farzlarimizdan
899
Scientific Journal Impact Factor
biri bo'lgan haj safarini ado etish uchun barcha istovchilarga yo'l ochib qo'yildi. Ortda qolgan yillar davomida 32 ming o'zbek haj safariga bo'lib qaytdi. Jumladan, 2002- yilda 3910 nafar O'zbekiston fuqarosi Saudiya Arabistonida bo'lib, hojilik martabasiga erishdi. Ko'pgina yurtdoshlarimiz Arabistondagi o'z qavm-qarindoshlarini topish baxtiga muyassar bo'ldilar. O'zaro bordi-keldi va quda-andachilik munosabatlari yo'lga qo'yildi.
REFERENCES
1. Akmal Akrom. Xudoyorxon qanday o'lgan? ,,Turkiston", 1992 yil 18 fevral.
2. Akmal Akrom. Mirkomilboy qanday shaxs edi? ,,Sharq yulduzi" 1992 yil.5-son,89-bet;
3. O'zbekiston respublikasi MDA. 2661 f, 1yo, 233sh, 6-7 betlar.
4. Nurilloxon Hoji Abdullaxon Xo'qandiy ,,Muborak haj safari", Toshkent, ,,Kamalak", 1991-yil 25-bet.
5. Abdulvohid Yassa. Jon ketar, Vatan ketmas. ,,Guliston" 1996-yil,3 son,15-bet.
6. Muallifning shaxsiy muloqoti materiallari, 1991-yil 15 may.
7. ,,Xalq so'zi" 1992-yil 20-mart.
8. Hayitov Sh.A., Sobirov N.S., Legay A.S. ,,Xorijdagi o'zbeklar"Toshkent. ,,Fan" 1992-yil, 14- bet.
9. Boliyev E. Alloh dilingda, qo'ling ishda bo'lsin. ,,Xalq so'zi" 2002-30-avgust.