SAN'AT TUSHUNCHASINING ETIMOLOGIK TAHLILI
Nasiba Xasan qizi Eshonqulova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat Pedagogika instituti II bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada "san'at" tushunchasining lingvomadaniy tahlili hamda ushbu so'zning etimologiyasi o'rganiladi. San'atning madaniyat rivojidagi ahamiyatiga bag'ishlanadi.
Kalit so'zlar: madaniyat, "san'at" tushunchasi, izohli lug'at, amaliy san'at, lingvomadaniy tahlil, atamaning etimologiyasi.
ETYMOLOGICAL ANALYSIS OF THE CONCEPT OF ART
Nasiba Khasan kizi Eshonkulova
Master student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
The article deals with linguacultural analysis of the concept of "art" and etimology of the word.
Keywords: cultural, the concept of "art", annotated dictionary, applied art, linguocultural analysis, etimology of the term
KIRISH
San'at- bu ijtimoiy ong va albatta inson faoliyatining o'ziga xos shakli hisoblanadi. San'at qadimiy tarixga ega bo'lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilarning ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog'liq holda vujudga kelishni boshlagan. San'at tushunchasining maqsadi dunyoni badiiy o'zlashtirish, insonlarga lazzat baxsh eta oladigan, uni ma'naviy boyita oladigan asarlar va ishlar yaratish yo'li bilan insonlarning estetik ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Bizga ma'lumki, necha asrlar davomida O'zbek xalqining sayqallanib kelgan o'ziga xos an'ana va urf-odatlari mavjud. Shunday ekan bu urf-odatlar qatoriga "San'at" tushunchasini ham bemalol kirgiza olamiz. "San'at" tushunchasi orqali har bir millatning o'zligini anglashimiz mumkin. Ushbu tushuncha zamirida koplab manolar mavjud. Avvalo, "San'at" tushunchasining kelib chiqishiga nazar solamiz. San'at ijtimoiy ong va inson faoliyatining o'ziga xos shakli hisoblanadi. San'at qadimiy tarixga ega bo'lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni va kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog' liq holda vujudga kela
boshlagan. San'atning dastlabki izlarini so'nggi paleolit davrida, taxminan miloddan avvalgi 40-20 ming yilliklarda ko'rishimiz mumkin. Bu davrlarda hali san'at inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqishga ulgurmagan desak mubolog'a bo'lmaydi. Vaqt o'tgan sari madaniyatning o'sishi natijasida san'at alohida soha sifatida asta sekinlik bilan rivojlandi. "San'at" tushunchasini keng ma'noli tushuncha deya olamiz. Zero san'at inson mehnati, aql idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan va ijod qilingan deb hisoblanadi. Biz shuni ayta olamizki san'at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San'at ijtimoiy hayotning murakkab, rang-barang munosabatlari bilan aloqador bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham ijodiy faoliyatining bir ko'rinishi sifatida amal qilib kelmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirda san'at insonlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o'z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyatdagi insonlarni ma'lum ruhda tarbiyalash, aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish uchun kalit vazifasini bajaradi. San'atning turlari va qirralari mavjud. Biz "san'at" tushunchasini lingvomadaniy tahlil qilar ekanmiz, avvalo bu so'zning etimologiyasini o'rganishimiz zarur."San'at" tushunchasining kelib chiqishida hech qanday farq yo'qdek ko'rinadi. Ingliz tilida "san'at" tushunchasi 1200-1300-yillar o'rtalarida fransuz tilida adabiyot, musiqa, moda, zargarlik buyumlarini ma'no jihatdan bir guruh qilish asnosida kelib chiqqan bo'lib, fransuz atamasi "art" asosi lotin tilidan olingan bo'lib, "ars, arootar", grekcha bilan birlashib, so'zma so'z ma'nosi " ikkitani birgalikda qo'yish" degan ma'noni anglatadi.san'at bilan ijtimoiy hayotni bog'lab turadigan juda ko'p vositachi xalqalar mavjud. Muayyan bir asar, uslubiy yo'nalish bo'lsin, ular vujudga kelishi va rivojlanishida diniy, axloqiy amallarning ta'sir kuchi darajasi bilan belgilanib kelinmoqda. San'at uchun inson o'zining biologik, ruhiy, ijtimoiy- guruhiy, milliy- ajdodiy va sof yakka holdagi barcha belgi va xususiyatlari jihatidan o'zaro bog'lanib kelmoqda. San'at voqelikning barcha jozibali boyliklarini, ko'rkamligini qamrab olishga qodir deb hisoblanadi. Fan va texnika inson hayotida qanday ulkan ahamiyat kasb etishidan qat'iy nazar, san'atda ustuvor ahamiyatli maqomga ega bo'lishi mumkin emas deyiladi. San'atda fan insonlar uchun yaratiladigan odamiy faoliyat timsoli bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Umumiy olib qaraganda san'at hissiyotlar, tuyg'ular bilan tirik, u hissiy ta'sir etish, ibrat ko'rsatish, tarbiya berish qudratiga ega. Misol uchun, san'atning tasviriy san'at turini oladigan bo'lsak, Ro'zi Choriyev, Rahim Ahmedov kabi musavvirlarning manzarali tasvir asarlari orqali insonda yorqin mayuslik, beozor shodlik, tashvishli ehtiros,
ko'tarinki ruh, hayotbaxsh orzu-umidlar, ijodkorlik va yaratish his-tuyg'ularini uyg'ota oladi.
O'zbek tilida "San'at" atamasining etimologiyasiga ko ra, arab tilidagi "san'atun" sozidan olingan. Ingliz tilidagi "art" so'ziga to'g'ri keladi. Bu so'z haqida chuqurroq fikr yuritadigan bo'lsak, "san'at" so'zining ma'nosi ustalik, amaliyot, ijo d qilish degan ma'nolari ham mavjud. Ijod ahli yaratgan san'atdan insonlar o'zlari uchun estetik zavq olishadi va madaniy hordiq chiqarishadi. Insonlar kino yoki musiqa eshitganlarida ma naviy ozuqa olishadi hamda san'atdan bahramand bo'lishadi. San'atning kino, musiqa, adabiyot, tasviriy san'at, raqs, haykaltaroshlik kabi turlari mavjud. Arxitektor yaratgan loyihada, tikuvchi tikkan ko'ylakda, zargar yaratgan buyumlarning mohirlik bilan yaratilgan namunalari san'at darajasiga kotariladi. Keyingi fikrimizni "san'at" va "art" tushunchalariga berilgan ta'riflarni izohli lug'atlardan foydalangan holda organamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ingliz tilidagi izohli lug'atlardan foydalanib, "art" terminini kengroq yoritishga harakat qilamiz:
Birinchidan, "art" so'zining yaratuvchanlik va tasavvurning mahsuli hisoblanib, asosan jismoniy tomondan qilingan mehnatdir. Rassomchilik, teatr tomoshasi va arxitektura san'atga misol bo'ladi.
Ikkinchidan, sur'atlar, arxitektura namunalari, tasvirlar ya'ni san'at namunalari, san'at galareyalari, rassomchilik ishlari.
Uchinchidan, qachonki insonlar o'qish , amaliyot davomida olgan bilimlari va ko'nikmalari: u raqsga yaxshi tushadi yoki yillar uning san'atini sayqallab bordi.
To'rtinchidan, san'atning bir-biriga o'xshamagan sohalari. Masalan, raqs, rassomchilik, musiqa, adabiyot.
Beshinchidan, ko'z bilan ko'rib yoki ijro etiladigan san'at turi: raqs judayam tomoshabop san'at hisoblanadi.
Oltinchidan, mal'um bir ilm fanga oid emas, ya'ni til, adabiyot yoki tarixga: san'atning darajasi - mustaqil o'qitiladigan maktab yoki universitetlarda o'tiladigan tabiiy ilmlar.
Yettinchidan, qobiliyat yoki ko'nikma qaysiki insonlarni amaliyot davomida rijovlantiruvchi: terapevt tuzatish san'ati bilan shug'ullanadi.
O'zbek tilida "san'at"ning kelib chiqishini A. Madvaliyev tahriri ostida chiqqan "O'zbek tilining izohli lug'ati" kitobidan juda keng foydalandik. Lug'atda berilgan so'zlarning amalda qo'llanilishi XX asr O'zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan.
"San'at" tushunchasini asl ma'nosi- arabchadan olingan bo'lib, ish, mehnat, mahorat va kasb- hunar degan ma'nolarni anglatadi. Bundan tashqari olimlarimiz bu so'zning bir necha ma'nolarini ham keltirib o'tishgan:
1. Ijtimoiy madaniyatning estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltararoshlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi har bir yoki ayrim sohasi. Tasviriy san'at, me'morlik san'ati, san'at va adabiyo t. Dunyodagi har qaysi soha o'z san'atiga va o'z madaniyatiga ega. Zargarlik san'ati eng ko'hna san'atlardan biri bo'lib, u dekorativ- amaliy san'at xili sifatida keng tarqalgan. (Gazetadan)
2. Turli amaliy- tatbiqiy sohalarning o'ziga xos ish uslubi, sistemasi. Misol uchun Harbiy san'at- Xondamir bir yil davomida harbiy san'at sohasini mukammal egalladi.
3. Ko'chma ma'noda muayyan faoliyat sohasidagi yuksak mahorat, ustalik; istedod. So'z san'ati, notiqlik san'ati. Q. Muhammadiy. Kuldirishga san'at kerak, kulishga sof yurak. (Gazetadan)
4. Adabiyotshunoslikda: badiiy asar poetikasini ta'minlovchi vosita. Talmeh san'ati-Ruju- ma'naviy san'atlardan biri bo'lib, arabcha "qaytish" demakdir. "O'TA"
5. San'at ( xotin-qizlar va erkaklar ismi) - San'atxon yaxshi dam oldingizmi?.
XULOSA
Tahlil jarayonidan kelib chiqib, "san'at" tushunchasi ikki tilda ham o'zining ko'chma ma'nolariga ega. "San'at" so'zining asl ma'nosi esa ustalik, amaliyot, ijod qilish, mahorat demakdir. Shunday qilib, san'at nafaqat insonning o'zini, balki uning idrok etishi mumkin bo'lgan barcha narsalarni, voqea- hodisalarni aks ettirib, hissiy tuyg'ularni keltirib chiqaradi. "San'at" tushunchasi insonni bevosita aks ettirmasada, biror narsaga inson munosabatini faol ifodalay oladi. San'at asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va o'zaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti va faoliyati turadi deya olamiz. Chunki san'at asarlari beradigan ma'rifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan ma'lumotlardan farqlanadi deb hisoblanadi. San'atning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o'quvchi va tomoshabinning qalbiga kirib borishi va albatta ularda zavqiy hissiyotlarini uyg'ota olishidadir.
REFERENCES
1. Collins English Dictionary/ Harper Collins Publishers. 2006.
2. Dictionary of English Language and culture/ Director- Summers. Pearson Longman. 2005.
3. Madvaliyev A. Ozbek tilining izohli lug'ati. Toshkent. 2006.
4. Hojiyev A. Nurmonov S. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati. Toshkent. 2001.
5. Abduramanova, D. V. (2020). Innovative techniques of teaching vocabulary in the second language classroom. Science and Education, 1 (Special Issue 2), 34-38.
6. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. Science and Education, 7(Special Issue 2).
7. Kobilova, N. (2020). Reading Comprehension Improving Methods of Students on Specialist Courses. УченыйХХ1 века, 5(2), 37-38.
8. Ashirbaeva, A. N. (2019). Hellman's irrefutable contribution to Americn literature.
замонавий тилшунослик, адабиётшунослик, таржимашунослик ва хорижий тиллар уцитишнинг муаммолари, 7(5).
9. Elmurodov, U. Y. (2020). THE IMPORTANCE OF MULTIMEDIA AND MOBILE APPLICATIONS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES. Science and Education, 1(Special Issue 2).
10. Makhmatkulov, K. M., Karimova, S. T., & Kushnazarova, Y. K. (2020). Intercultural Communication, Its Content and Meaning. Международный академический вестник, (5), 65-67.