"SADDI ISKANDARIY" DOSTONINING UMUMIY TAVSIFI
Jalolova Jamila Tuxsanovna
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi ona tili va adabiyot fani
o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning "Saddiy Iskandariy" dostonining umumiy tavsifiga bag'ishlanadi. Dostonning har bir bobi mazmuniga alohida to 'xtalinadi hamda misol tariqasida asardan baytlar keltiriladi.
Kalit so'zlar: "Xamsa", doston, dostonchilik, "Iskandar devori", hamd, inson, kamolot.
GENERAL DESCRIPTION OF THE FRIEND "SADDI ISKANDARIY"
Jalolova Jamila Tuxsanovna
Teacher of native language and literature at the Republican Specialized
Design School ABSTRACT:
This article is devoted to the general description of the great thinker Alisher Navoi's epic "Saddiy Iskandariy". The content of each chapter of the epic is considered separately, and bytes from the work are given as an example.
Keywords: "Khamsa", epic, "Alexander's wall", praise, human, perfection.
ОБЩЕЕ ОПИСАНИЕ ДРУГА "САДДИ ИСКАНДАРИЙ"
Джалолова Джамиля Тухсановна
Преподаватель родного языка и литературы в Республиканской специализированной школе дизайна. АННОТAЦИЯ
Статья посвящена общему описанию эпоса великого мыслителя Алишера Навои «Саддий Искандарий». Содержание каждой главы эпоса рассматривается отдельно, в качестве примера приведены байты из произведения.
Ключевые слова: «Хамса», эпос, «Александровская стена», хвала, человек, совершенство.
KIRISH
Navoiy ijodiy takomili ikkinchi bosqichining tayanch ustuni - shoiming shoh asari «Xamsa» desak yanglishmaymiz. 888 (1483) yildan Alisher Navoiy o'zining eng buyuk asari «Xamsa» turkumini yozishga kirishadi va uni 890 (1485) yilda
326
tugallaydi. Besh dostonni o'z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq bo'lib, Navoiyning barcha she'riy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi. Ammo gap hajmda emas. «Xamsa» Alisher Navoiy ijodining qalbidir. Buyuk bobokolonimiz o'zi tuzgan birinchi devoni «Badoyi' ul-bidoya» bilanoq turkiy tildagi she'riyatni arab va fors mumtoz adabiyotining eng peshqadam namunalari darajasiga olib chiqqan edi. Ammo bu ishlar barchasi «Xamsa»ning debochasi edi, xolos. Agar turkiy «Xamsa» yozilmasa, nafaqat bizning, turkiy xalqlarning adabiyoti, ma'naviyati, balki butun islom mintaqa ma'naviyati bugungi yaxlitligi, bugungi tugalligiga ega bo'lmas edi, deb bemalol aytish mumkin. Alisher Navoiydek asliy oshiqning dunyoga kelishi, unga berilgan ulug' iste'dodning mohiyati «Xamsa» uchundir, bu buyuk ijodkor merosining avvali ham, oxiri ham «Xamsa» tufaylidir1.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqotda tarixiylik, mantiqiylik, ob'ektivlik, ilmiylik, xolislik, tahlil, mantiqiy ketma-ketlik tamoyillariga asoslanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Alisher Navoiyning «Xamsa» dostonlari har biri alohida necha-necha tadqiqotlar mavzusi bo'lib keldi, yana bu ish davom etadi. Chunki ularning mazmun qabatlari benihoyadir. Bu dostonlar shaklan qanday mukammal bo'lsa, mazmunan undan ham uyg'un, koinot singari munazzam va had-hududsizdir2.
Islom aqidalariga ko'ra bir kecha-kunduzda o'qiladigan besh vaqt namoz «al-Xamsatu» deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham - tavhid (imon), namoz, ro'za, zakot, haj - o'ziga xos «xamsa» (beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarining «Xamsa» turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to'xtalib, «Xamsa»ning har bir dostoni yozilishini kunning ma'lum vaqtlarida o'qiladigan sahar (fajr), peshin (zuhr), asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda «Xamsa»ni buyuk tog' cho'qqisiga ko'tarilish mobaynida besh o'rinda to'xtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga o'xshatadi3. Bu oromgohlarni yaratish uchun shoir «Bilik taxti uzra chiqib o'lturmagi», «Xayol elchisini» har tarafga choptirishi, «jon mulkidan» «maoniy sipohini» (ma'nolar lashkarini) guruh-guruh (favj-favj) yetkazib berib turishi, ma'no lashkarlari jam bo'lgach, insonlar dilini zabt etishga kirishmog'i, ya'ni ma'naviyat olamida jahongirlik san'atini namoyish qilmog'i lozim edi. «Xamsa» dostonlari ijtimoiy hayotni, turli toifalarning hayotdagi o'rni va vazifalarini ularning
1 Äg^aMÖeK Ä^HMÖeKOB. TypK agaÖHera Tapuxu (XIII - XVIII acpnap). T., T^ITTH, 2005. -B.46.
2 Äg^aMÖeK Ä^HMÖeKOB. TypK agaÖHera Tapuxu (XIII - XVIII acpnap). T., T^TH 2005. -B.47.
3 Änumep HaBOHH. MyKaMMan acapnap TynnaMH. 11-^H^g. T.-«®am>-1993. - B.39.
327
butun ichki dunyosi va ruhiyati bilan bog'liq holda tadqiq etadi, shu bilan birga undagi barcha botiniy rishtalar Tavhid e'tiqodiga borib ulanadi.
Bu asar dunyodagi buyuk siymolardan biri, uch sohibqironning eng mashhuri jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib, "Xamsa"ning yakunlovchi dostonidir. Sharqda u Iskandar Zulqarnayn (ikki shoxli yoki kun chiqish va kun botish hukmdori) nomi bilan mashhur. Dastlab Iskandar mavzusi Firdavsiyning "Shohnoma" dostonida qalamga olingan. Keyinroq Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus "Iskandarnoma" degan doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob tarzida "Oyinayi Iskandariy" asarini yozgan bo'lsa, Abdurahmon Jomiy o'z dostonini "Xiradnomayi Iskandariy" deb ataydi. Alisher Navoiy esa bu mavzuni turkiy tilda qayta ishlab, o'z asariga "Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori") deb nom beradi.
"Saddi Iskandariy" "Xamsa"dagi eng yirik doston bo'lib, 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Dostonning muqaddimasi 14 bobni o'z ichiga oladi.
1- bob an'anaviy hamd - Allohning sifatlari ta'rifiga bag'ishlangan. Navoiy ushbu bobda tasavvuf ta'limoti asosida olamning yaratilish tarixiga to'xtalib o'tadi: 9 qavat osmon, sayyoralar, yulduzlar tarkumining har biriga alohida ta'rif beradi. Yaratganning buyukligiga hamdu sano aytadi. Bularning barchasidan maqsad eng oliy zot Odamni yaratish ekanligini ta'kidlaydi:
Karam birla xalq aylagay olame,
Bu olamda maqsud anga odame.
G'araz odame anga olam tufayl,
Nekim g'ayri olamdur, ul ham tufayl.
2-bob munojotni o'z ichiga oladi. Navoiy bobda Allohning karami kengligi haqida gapirar ekan, banda zoti mavjud ekan, uning gunoh ishlar qilishi tabiiy degan aqidani ilgari suradi:
Ilohiy, alarkim gunahkor ekin,
Sen o'tkarmagan ne gunah bor ekin?
Chu har mujrimekim, sen etting karam,
So'rulmas hamul jurm ila o'zga ham.
Agar afv birla karam budurur,
Bori xalqning jurmi ma'rufdurur.
Munojot so'ngida Navoiy quyosh yerni o'z nurlari bilan munavvar qilgan chog'da zarralar orasidagi farqni fahmlab bo'lmaganidek, zarralarga karam qilgan chog'ingda Navoiyga ham bir zarra kabi karam aylagil, uning gunohlarini kechirgil deb iltijo qiladi:
Yorurda quyosh partavidin saro,
Qachon farq o'lur fahm zarrot aro. Qilur vaqt bu zarralarg'a karam, Navoiyg'a lutf ayla bir zarra ham. Sazo andin ar jurmu pindor erur, Sen ul qilki sendin sazovor erur. Xato aylaganni hisob aylama, Xatosig'a loyiq azob aylama4.
Dostonning 3-bobi "sayyid ul mursalin" (payg'ambarlar ulug'i) rasuli akram vasfi (na't)dan iborat. Navoiy dastlabki baytlarda payg'ambarlik nuri haqida gapirar ekan, Odam Ato unga o'g'il, qolganlar nabira qatoridadir deydi va barcha muqaddas kitoblarda uning xususiyatlari bayon qilinganligini ta'kidlaydi. Rasuli akramning tug'ilishi go'yo ko'kda yana bir quyoshning porlashiga o'xshatiladi: Sening tug'mog'ing ravshan aylab jahon, Aningdekki, tuqqay quyosh nogahon.
An'anaga muvofiq, na'tdan so'ng me'roj tuni ta'rifi keladi. Navoiy bu bobda payg'ambarimizning birin-ketin 9-osmonga ko'tarilganlari, sayyoralarning bu holatni ko'rib, hayratga tushgani, nihoyat Lomakon olamiga sayr qilib, 70 ming qavat parda ko'tarilib, Janobi Haq bilan diydorlashganlari jarayonini kuchli pafos bilan tasvirlaydi. Ularning yerga qaytishlari ham falak ahli va maloyiklar tomonidan chuqur hayrat bilan kuzatilgani betakror badiiy san'atlar vositasida bayon qilinadi: Falak ahli ichra alolo tushub, Malak xaylig'a sho'ru g'avg'o tushub. Maloik tutub yo'l boshin javq-javq, Tamoshosida borcha ko'nglida shavq. Jamolig'a chun ko'zlarin ochibon, Tabaq nurlar boshig'a sochibon. Anga nur sochmoqqa monand bu Ki, sochqay kishi Bahri Ummong'a suv.
Dostonning 5- bobi "Xamsa" takmili (mukammal bitkazish) xususida bo'lib, Navoiy bu bobda unda "Xamsa" yozish havasi ancha ilgari, Nizomiy va Dehlaviy "Xamsa"larini o'qib yurgan chog'laridayoq uyg'onganligini bayon qilib, ulug' ustozlari ruhidan madad so'raydi: Bu vodiy aro Xizri rohim bo'ling, Qayon yuz ketursam panohim bo'ling. Burundin chu ko'rguzdunguz yorliq,
Base yetti sizdin madadkorliq. Kichik erkanimdin bo'lub qoshima, Ulug' muddao soldingiz boshima5.
6-bob so'z ta'rifi, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy madhiga bag'ishlangan. Navoiy bu bobda dastlab so'zga ta'rif berar ekan, uni o'z ahamiyati bilan inson idrok etgan hamma narsadan yuqori deb baholaydi, uni "javhari jon", "obi hayvon" degan sifatlashlar bilan madh qiladi:
Biyikrak maqom ichra aflokdin, Ne aflokdin, vahmu idrokdin... Bashar zotida javhari jon ham ul, O'luk jismida obi hayvon ham ul.
Navoiy so'z xazinasiga ega bo'lganlarning nodiri yaktosi sifatida Ganjada parvarish topgan zot Nizomiy Ganjaviyni tilga olib, kotiblarning homiysi Atorud (Merkuriy) uning xizmatkoridir deydi. Shuningdek, bu bobda Nizomiy beshligiga munosib javob bitgan Xusrav Dehlaviy ham madh etilib, unga so'z jodugari, ilm hikmat bilimdoni deb ta'rif beriladi. So'z avjida Nizomiy quyosh bo'lsa, Dehlaviy Mushtariy kabidir deyiladi:
So'z avjida gar ul mahi xovariy, Bu gar yo'q mahi xovariy, Mushtariy.
7-bob Nizomiy va Dehlaviyning nazmdagi izdoshlari Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhiga bag'ishlangan. Navoiy kitobot (harf) san'ati vositasida Jomiyning taxallusiga ishora qilib, uning nazmini "jom" va "may" deb ta'riflaydi va bu nazmdan yeru ko'k eli mastu notavon bo'lganini aytadi:
Dema jom ila mayki, nazmi ravon, Yeru ko'k elin ayladi notavon6.
Shuningdek, Navoiy ushbu bobda Jomiyning g'azalu masnaviy janrlarida erishgan yutuqlariga ham to'xtalib o'tib, uning "Xamsa" tarkibiga kiruvchi dostonlarini nomma-nom sanab o'tadi:
G'azal dardu so'zini, vah-vah, ne dey, Desa masnaviy, Alloh-Alloh, ne dey... Bo'lub jilvagar tab'i ko'zgusida Ki, sabt ayladi "Xamsa" o'trusida... Burun jilva aylab ayon "Tuhfa"si, Berib olam ahliga jon tuhfasi.
Yana "Subha" jon rishtasin tor etib Ki, har muhra bir durri shahvor etib. Chu Yusuf so'zin oshkor aylabon, Zulayho kibi elni zor aylabon. Chekib xoma "Layliyu Majnun" sari, Yuz ofat solib tog'u homun sari. Bu damkim qilib xomasin durfishon, Sikandar hadisidin aytur nishon.
Bu ma'lumotlar adabiyotshunoslikdagi Jomiyning "Xamsa" yozgan-yozmaganligi bilan bog'liq bahslarga ham munosib javob bo'la oladi.
Dostonning 8-bobi - "Inoyat quyoshi vasfi va hidoyat buluti ta'rifida" deb atalib, bu bobda Navoiy kimgaki baxtu iqbol yor bo'lsa, uning hamma ishida zafar bo'ladi, tikan ushlasa g'uncha, tuproq olsa oltin bo'ladi, bularning barchasi Xudodan, shunday ekan unga shukrona bildirish kerak degan fikrlarni keltirar ekan, Alloh unga nazm yozish fazilatini taqdim qilgani uchun unga shukrona aytadi va nazmning turli sinf (janr)larida shuhrat qozonganini faxr bilan bayon qiladi: G'azal tarzig'a avval aylab sitez, Jahon ichra soldim ulug' rustaxez. O'qur vaqti ahli salomat muni Ko'rub olam ichra qiyomat kuni... Har asnofi zikri emas sha'nima, Bilur har kishi boqsa devonima7.
Shuningdek, Navoiy nazmdagi bu muvaffaqiyatlariga qanoat qilmay, ulug' muddao "Xamsa" yozish niyatida ekanini, bu yo'lda Nizomiy va Dehlaviylarning nuroniy ruhiga, Jomiyning ilohiy quvvatiga "Qur'on"tilovat qilib, fotiha o'qiyman deb yozadi:
Alarning ravoni pur anvorig'a, Bu birning dog'i quvvati korig'a. Qilib fotiha xatmi ixlos ila, Ko'zum bahrida jismi g'avvos ila.
9-bob Shoh G'oziy Husayn Boyqaro ta'rifiga bag'ishlangan. Navoiy bu bobda mubolag'a san'ati vositasida Muhammad (s.a.v) payg'ambarlar orasida alohida mavqeda bo'lsa, Sulton Husayn Boyqaro ham barcha shohlar ichida shunday maqomdadir deb yozadi. Shuningdek, uning janggohdagi mahoratini tasvirlar ekan, doston mazmuni bilan bog'liq ravishda dushmanlariga nisbatan saddi Iskandariydek
g'ov chekadi, agar jahonda Iskandardek ulug'sifat zotni topish kerak bo'lsa, Sulton Husayndan boshqasi mos kelmaydi deb yozadi8.
Dostonning 10- bobi shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhidadir. Navoiy unga donishmandlik bog'ining sarvi, zamona ahlining shahzodasi deb ta'rif berar ekan, zoti ham, sifati ham malak (farishta)ga o'xshashini aytib, tavze' (bir tovushni bir necha marta takrorlash) va takrir (bir so'zni baytda ikki va undan ortiq holda takrorlash) san'atlari vositasida uning boshdan-oyoq yaxshilik va yaxshi xislatlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
Yig'ib yaxshiliq birla yaxshi qiliq,
Qiliqdek boshingdin ayoq yaxshiliq.
11-14 boblarda qadimgi fors-eron shohlarining to'rt tabaqasi: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar tarixi haqida ma'lumotlar keltiriladi.
"Saddi Iskandariy" dostoni dunyodagi buyuk siymolardan biri, uch sohibqironning eng mashhuri jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib, "Xamsa"ning yakunlovchi dostonidir. Sharqda u Iskandar Zulqarnayn (ikki shoxli yoki kun chiqish va kun botish hukmdori) nomi bilan mashhur. Dastlab Iskandar mavzusi Firdavsiyning "Shohnoma" dostonida qalamga olingan. Keyinroq Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus "Iskandarnoma" degan doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob tarzida "Oyinayi Iskandariy" asarini yozgan bo'lsa, Abdurahmon Jomiy o'z dostonini "Xiradnomayi Iskandariy" deb ataydi. Alisher Navoiy esa bu mavzuni turkiy tilda qayta ishlab, o'z asariga "Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori") deb nom beradi. "Saddi Iskandariy" mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (ruknlari va taqti'i: fauvlun fauvlun fauvlun faul V — V — V — V - ) vaznida yozilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Islom ma'naviyati namoyondalari o'z ijodlarida salaflarini inkor etish, ilgari batamom ko'rilmagan yangilik yaratishga intilish emas, balki ustozlar yaratgan ma'naviy boylikni yanada takomillashtirish, unga yangi jilo berish, ular izlagan yaxlit va buyuk Haqiqatning yangi va toza qirralarini kashf etish, mazmuniy boyitish yo'lidan borganlar. Bu tom ma'nosi bilan muqaddas an'ana bo'lib, islomning ilohiy kitobi «Qur'oni karim»dan sarchashma oladi. Dehlaviy «Xamsa»si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o'zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV- XV asrlar mintaqa ma'naviyati «Xamsa» an'anasi ta'sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo'lmaganda «Xamsa»ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan
o'lchanadigan bo'ldi. Bu jahon ma'naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan «xamsachilik» an'anasi o'zining kamolini Alisher Navoiy ijodida kutayotgan edi va bu qutlug' intizorlik benihoya ezgu samara berdi. Nizomiy, Amir Xusrav, Alisher Navoiy ruhiyatlari «Xamsa»ning ma'naviyat maydonida birlashib, yagona iqlim, yagona mohiyat kasb etdilar. Ushbu yagona mohiyat butun islom mintaqa ma'naviyatining eng buyuk cho'qqisidir. Nizomiy va Amir Xusravsiz Navoiyni tasavvur etib bo'lmaganidek, Alisher Navoiy ijodiy merosisiz Nizomiy va Amir Xusrav badiiy olamini ham butun ko'lami bilan idrok etib bo'lmaydi. Shoir o'zi dostonlarini «zohir yuzidan afsona» degan edi.
Afsus, yaqin kunlargacha maktablarimizda XX asr avlodiga «Xamsa» dostonlari ushbu «afsona» darajasida, yuzaki talqin etilib, tushuntirib kelindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida bu eski yondoshuvdan qoniqmagan ba'zi yosh tadqiqotchilarimiz Navoiyning islomiy shoir ekanligini, uning asarlaridagi tasavvuf irfoni izlarini yangidan «kashf» eta boshladilar. Vaholanki, barcha jiddiy navoiyshunoslar bu «yangilik»larni avval boshdanoq yaxshi bilishgan, to'liq idrok etishgan, faqat «zamona zo'rligi» tufayli, kommunistik mafkura tazyiqidan navoiyshunoslikni himoyalash maqsadlari bilan ba'zi jihatlarini pardalab o'tishga, ishoralar bilan cheklanishga majbur bo'lishgan edi. Bugungi mustaqillik, hurlik zamonida endi ma'naviyatimizning asl mohiyati haqida ochiq-oydin gapirish, fikr yuritish imkoniyati mavjud ekan, muammolar mohiyatiga chuqurroq kirib borish, teran tahlilga o'zimizni ham, yosh avlodni ham o'rgatib borish ayni farzdir.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 11-jild. T.:«Fan»,1993. - 640 b.
3. Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostoni konkordansi (Tuzuvchilar: A.Quronbekov, A.Mannonov, M.Imomnazarov, D.Ahmedova, A.Nishonboyeva) T.: TDShI, 2016. - 832 b.
4. Бертелс Е.Е. Избранные труди. Навои и Джами. М., 1965. - 480 с.