Научная статья на тему 'Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy muloqot qilishga o‘rgatish usullari'

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy muloqot qilishga o‘rgatish usullari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
950
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kreativ / ijodiy / shaxs / talim / tarbiya / kompetensiyaviy ta’lim / kommunikativlik / muloqot / креатив / творческое / личность / образование / воспитание / компетенционное образование / коммуникация / общение

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djumayeva Adiba Ilxomjonovna

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muloqotdan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya orqali ma’naviy yetuk barkamol avlodni tarbiyalash masalalari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ ТВОРЧЕСКОМУ ОБЩЕНИЮ

В этой статье освещены применение знаний развития общения самостаятельного и творческого размышления у учеников начальных классов. А так же, об основанных компетенционный подход направленный на личность, речи дёто задачах духовно полноценном воспитании гармоничного поколения.

Текст научной работы на тему «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy muloqot qilishga o‘rgatish usullari»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINI IJODIY MULOQOT QILISHGA

ORGATISH USULLARI

Djumayeva Adiba nxomjonovna Namangan viloyati Pop tumanidagi 10-LDUM

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muloqotdan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya orqali ma’naviy yetuk barkamol avlodni tarbiyalash masalalari haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: kreativ, ijodiy, shaxs, talim, tarbiya, kompetensiyaviy ta’lim, kommunikativlik, muloqot.

МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ ТВОРЧЕСКОМУ ОБЩЕНИЮ

Джумаева Адиба Ильхомжоновна 10-СГОШ, Попский район, Наманганская область

Аннотация: В этой статье освещены применение знаний развития общения самостаятельного и творческого размышления у учеников начальных классов. А так же, об основанных компетенционный подход направленный на личность, речи дёто задачах духовно полноценном воспитании гармоничного поколения.

Ключевые слова: креатив, творческое, личность, образование,

воспитание, компетенционное образование, коммуникация, общение.

METHODS OF TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS TO CREATIVE COMMUNICATION

Djumayeva Adiba Ilxomjonovna 10-SSGS, Pop district, Namangan region

Abstract: This article discusses about independent and creative ideas, in elementary class pupils. In addition, it is based on individual, competence to be smart generation.

Key words: Creative, individual education, upbringing, competencial education, communication, conversation.

330

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Ta’limda kreativlik - bugungi zamon talab qilayotgan ta’limdir. Biz ta’lim va tarbiya berayotgan yosh avlod hayot ostonasida qoqilmay, uchragan muammolarni o‘zi mustaqil hal qila oladigan, zamonaviy texnika vositalaridan hech ikkilanmay bemalol foydalana oladigan, kishilar bilan muloqotga qiynalmay, tortinmay kirishadigan, erkin va ijodiy fikrlaydigan, shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan komil insonlar bo‘lib kamol topishi zarur. Bugungi ta’lim sohasida bo‘layotgan islohotlar ana shunday dolzarb vazifalarni hal qilishga qaratilganligi bejiz emas, albatta.

Har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib, darsda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashga o‘rgatib borish muhim o‘rin tutadi. Erkin va ijodiy fikrlash kishining muloqotga kirishishida, o‘z fikrini erkin bayon qilishida, o‘zganing fikrini to‘ldirib, qo‘shimchalar qila olishida, voqelikni idrok etib o‘z qarashlarini ifoda eta olishida namoyon bo‘ladi. Lekin ko‘pchilik o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan voqealarini o‘zgalarga gapirib berish tugul, bu voqealarga ijodiy, erkin va mustaqil fikr bildira olmaydilar.

O‘quvchilarda ijodiy mustaqil fikrlashni shakllantirishda darslarda ko‘proq suhbat, muloqot qilish, “Voqeaga sizning fikringiz qanday?”, “Siz shunday vaziyatda qanday yo‘l tutar edingiz?”, “Siz qahramonning tutgan ishini qanday baholaysiz?”, “Bu paytda nima bo‘lgan bo‘lishi mumkin?”, “Nega qahramon shunday yo‘l tutdi deb o‘ylaysiz?” kabi shunga o‘xshash savollar bilan o‘quvchilarni baxs-munozaraga jalb etish juda muhim.

Bitta dars misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak; navbatchi axborot topshirishi shu kundagi voqea-hodisalar, vaziyatni to‘liq ochib berishi bilan belgilanadi. Agar o‘qituvchi juftlikda yoki guruhda bajariladigan topshiriqlar bersa, o‘quvchi o‘zining to‘g‘ri deb bilgan fikrini o‘z sherigiga yoki guruhidagi boshqa o‘quvchilarga yetkaza bilishi ham muloqot orqali namoyon bo‘ladi. Agarda guruhlar taqdim etgan taqdimotlar ichidan eng ma’qulini tanlash kerak bo‘lsa, har bir guruh o‘z qarashlarini boshqa guruhlarga ta’riflab berish orqali bir - birlari bilan muloqot qiladilar. Tortishib, o‘zlarining tayyorlagan ishlarini ma’qullaydilar yoki boshqa guruhlarning ishlariga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Agar o‘qish darsi bo‘lsa, matnni rollarga bo‘lib o‘qish orqali o‘quvchilarga qahramonlarga o‘z munosabatlarini bildirish ko‘nikmalarini shakllanadi. Voqealar ketma-ketligini izchil bayon qiladilar. Har bir o‘quvchining fikrini to‘la eshitish, fikrlarning eng ma’qulini namuna qilib ko‘rsatish o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Bu orqali o‘quvchilar voqeani adekvat baholay olishni o‘rganadilar, o‘z fikrlarini erkin bildira olish ko‘nikmalari shakllanadi. Erkin bildirilgan fikr qanday bo‘lmasin o‘qituvchi uni oxirigacha eshitishi va boshqa o‘quvchilarni ham bu fikrni eshitishlari va o‘z munosabatlarini bildirishlariga jalb qilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki boshqalar fikrini tinglashga o‘rgatish o‘qituvchidan e’tibor va mas’uliyat talab etadi. Boshqalar fikrini tinglagan o‘quvchi

ГЕТ

331

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

voqeani to‘la idrok etadi, o‘z munosabatini bildiradi va eng muhimi, boshqaning fikrini takrorlamaydi. Bu bilan to‘g‘ri va noto‘g‘ri fikrlarni barini qabul qilish degani emas. Noto‘g‘ri fikr bildirgan o‘quvchining fikrini to‘g‘ri emasligini tushuntira bilish, uni to‘g‘ri fikrlashga yo‘naltirish eng muhimidir.

Masalan: 2-sinf o‘qish darsligidagi “Kulol va shogird” hikoyasini olaylik. Hikoyada shogird ustozining “yana biror yil kulolchilik sirlaridan o‘rgangin” deyishiga qaramay qo‘yarda - qo‘ymay o‘zi alohida faoliyat olib borishga ko‘ndirib chiqib ketadi. Avvalida ishi yurishgan bo‘lsada, oxir oqibat uning yasagan idishlarining sirlari tezda ko‘chib ketishi tufayli hech kim sotib olmay qo‘yadi. Ishi yurishmagan shogird yana ustozi oldiga qaytib boradi. Hikoya yuzasidan o‘tkazilgan suhbat natijasida aksariyat o‘quvchilar shogirdning ishini ma’qullamadilar. Lekin o‘quvchilar ichida kulolning ayrim ishini ma’qullamagan o‘quvchilar ham bo‘ldi. “Ustozi doim o‘t yoqtirguncha, suv tashitgunchan kulolchilikning eng nozik sirlarini o‘rgatsa bo‘lmasmidi?”, “Yasalgan buyumlarga sir berishdan oldin qurigan idishlarni puflab, so‘ng sirlash kerakligini ustozi avvalroq shogirdini yoniga chaqirib o‘rgatganda, shogird shuncha qiynalmagan bo‘lar edi” degan fikrlarni bildirgan o‘quvchilar ham bo‘ldi. O‘quvchilar o‘z fikrlari yuzasidan bir-birlari bilan baxsga kirishib ketdilar. Men hech bir fikrni noto‘g‘ri demasdan o‘quvchilarni voqea-hidisaga teranroq nazar bilan qarashga yo‘naltirdim. Har narsani o‘rgatish va o‘rganishning o‘z vaqti borligi, shogird hech qachon ustozining so‘zini ikki qilmasligi kerakligi haqida o‘quvchilarga tushunchalar berdim.

Guruhlarda islash uchun topshiriqlar berilganida o‘quvchilar o‘z fikrlarini o‘rtoqlariga yetkazishga harakat qiladilar. Hamkorlikda ishlash jarayonida bir-birlarining fikrlarini eshitadilar va to‘ldiradilar, eng maqbulini ajratishga erishadilar. Fikrni bayon qilish natijasida nutq malakalari shakllanadi, ko‘pchilik oldida fikr bildirishga, o‘z munosabatlarini bildirishga o‘rganadilar. Voqeani turli usullarda erkin va mustaqil bayon qilish imkoni tug‘iladi. So‘z boyliklari sayqallashadi.

Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha erkin bo‘lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‘ladi. Shakllanib kelayotgan yosh avlodning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, bolada o‘z xatti-harakati uchun javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. U o‘z fikri, qarashiga ega bo‘ladi. Fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.T. G‘afforova, Sh. Nurullayeva, O‘qish kitobi, 2-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma-T., “Sharq”, 2012

г<м

332

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

2. T. G‘afforova, Sh. Nurnllayeva, Z. Mirzahakimova 2-sinf O‘qish kitobi, Toshkent-2018

3. T. G‘afforova “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent, “Tafakkur”, 2011

333

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.