Научная статья на тему 'Maktabda sinfdan tashqari o’qilgan asarlar muhokamasi darslarida shuhratning “Oltin zanglamas” romanini o’qitish va qahramonlari tahlili'

Maktabda sinfdan tashqari o’qilgan asarlar muhokamasi darslarida shuhratning “Oltin zanglamas” romanini o’qitish va qahramonlari tahlili Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
3607
238
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xarakter / badiiy tasvir / milliy an’analar / urush va tinchlik / obraz yaratish / adabiyot darslari / o‘quvchi qiziqishlari. / character / artistic image / national traditions / war and peace / creating character / literature classes / pupil's interests

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Omonova Irodaxon Abdullayevna

Ushbu maqola Shuhratning “Oltin zanglamas” asari qahramonlarini tahlil qilish orqali maktabda sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi darslarida qo‘shimcha adabiyot sifatida kiritish kerakligi haqidagi fikrlar bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

READING"GOLD DOESN'T GET RUSTY "BY SHUHRAT AND ANALIYZING ITS CHARACTERS DURING EXTRACURRICULAR READING CLASSES

In this article, opinions about importance of reading "Gold doesn't get rusty " by Shuhrat and its characters in extracurricular reading classes are indicated

Текст научной работы на тему «Maktabda sinfdan tashqari o’qilgan asarlar muhokamasi darslarida shuhratning “Oltin zanglamas” romanini o’qitish va qahramonlari tahlili»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

MAKTABDA SINFDAN TASHQARI O’QILGAN ASARLAR MUHOKAMASI DARSLARIDA SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ROMANINI O’QITISH VA QAHRAMONLARI TAHLILI

Omonova Irodaxon Abdullayevna Namangan viloyati Namangan shahri 3-maktab

Annotatsiya: Ushbu maqola Shuhratning “Oltin zanglamas” asari

qahramonlarini tahlil qilish orqali maktabda sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi darslarida qo‘shimcha adabiyot sifatida kiritish kerakligi haqidagi fikrlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: xarakter, badiiy tasvir, milliy an’analar, urush va tinchlik, obraz yaratish, adabiyot darslari, o‘quvchi qiziqishlari.

READING”GOLD DOESN’T GET RUSTY ”BY SHUHRAT AND

ANALIYZING ITS CHARACTERS DURING EXTRACURRICULAR

READING CLASSES

Omonova Irodakhon Abdullayevna School #3 Namangan region, Namangan city

Abstract: In this article, opinions about importance of reading "Gold doesn't get rusty " by Shuhrat and its characters in extracurricular reading classes are indicated.

Keywords: character, artistic image, national traditions, war and peace, creating character, literature classes, pupil's interests.

Bugungi kundagi eng muhim masalalardan biri bu o‘quvchi yoshlarni kompyuter texnologiyalari bilan bir qatorda kitobga, badiiy asarlar mutoalasiga jalb etishdan iborat. Respublika miqyosida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining o‘tkazilishi ham bunga yaqqol misoldir. Qolaversa, yurtboshimizning 2019-yil 19-mart sanasida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish maqsadida 5 muhim tashabbusni ilgari surdilar. Aynan shu bugungi kun tamoyiliga aylangan 5 tashabbusning to‘rtinchisi-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Shu bois ham o‘quvchilar qalbiga ezgu fazilatlarni singdirishning eng asosiy vositasi badiiy asar o‘qishdir. Adabiyot darsliklarida berilgan asarlarni o‘qitish hamda qo‘shimcha badiiy asarlar bilan tanishtirib borish, albatta, biz adabiyot fani o‘qituvchilarining ham ma’roqli, ham mas’uliyatli vazifamizdir. Ishimiz oldiga

г<м

66

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

qo‘yilgan asosiy maqsad Shuhratning “Oltin zanglamas” romanini tahlil etish asosida uning o‘ziga xos ijodiy uslubi va badiiy mahoratini ko‘rsatish, shuningdek, qahramon xarakterlari ruhiyatini tasvirlashdan iborat. Chunonchi, roman qahramonlarining ma’naviy olami, qahramonning milliy sharoit bilan uzviy bog‘liq holat harakatlanishi, uning milliy va umuminsoniy xarakterini yoritish va shu asosda o‘quvchilarni asar bilan tanishtirish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qo‘yildi.

Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda ulkan o‘zgarishlar, tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda har bir shaxs buyuk o‘tmishimizni yaxshi bilgan holda kelajagimiz ravnaqi uchun eltadigan eng oqilona yo‘llardan borishi talab qilinadi. Oqilona yo‘l badiiy adabiyotga oshno bo‘lish deb o‘ylayman.

“Biz doimo ziyolilarni, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak,-deydi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Ular yaratgan ibratli asarlarni, she’rlarni yoshlarimiz qancha ko‘p o‘qisa, ma’naviyati, ma’rifati yuksaladi, demakki, vatanparvar bo‘ladi. Vatanparvarlar qancha ko‘p bo‘lsa, mamlakatimiz ham shuncha ravnaq topadi”1

Ana shunday ibratli o‘zbek adabiyotida yaratilgan romanlarning saralari qatorida turuvchi asar Shuhratning “Oltin zanglamas” asaridir. Shuhratning maktabda 7-sinf darsligiga kiritilgan “Mardlik afsonasi” balladasi bilan o‘quvchilar tanish. Ijodkorning yuksak mahoratini ko‘rsatib beruvchi “Oltin zanglamas” romanini qo‘shimcha adabiyot sifatida 9-11-sinf o‘quvchilariga yetkazish kerak. Bir soatlik dars davomida butun asarni butkul tushuntirib yetkazish oson emas, vaqt talab qiladi. O‘quvchiga mustaqil o‘qish uchun tavsiya etiladi. Shu o‘rinda o‘quvchini asarga qanday qiziqtirish kerak? degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buning uchun asar qahramonlarini tahlil qilish, ularning xarakter-xususiyatlarini ochib berish muhim hisoblanadi. Men o‘z tajribamda biror yangi asarning eng ta’sirli, diqqatni tortadigan voqeasini keltiraman. Bu holat o‘quvchi diqqatini yig‘ib olishga sabab bo‘ladi. Sekin-asta bu qiziq voqeagacha yana qanday voqealar sodir bo‘lgani, sabablari haqida so‘zlab asar qahramonlari bilan birma- bir tanishtiraman. Ammo “Oltin zanglamas” asarining boshlanishiyoq o‘quvchi diqqatini o‘ziga tortadi.

Roman Sodiqning ukasi-Qodirning bir qizni tasodifan uchratib qolishi sahnasi bilan boshlanadi. Qodir asardagi yetakchi qahramonlardan biridir. Uning bir qadar jur’atsiz, uyatchan yigit ekanligi Aziza bilan bo‘lgan suhbatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo asar davomida Qodir mardligi, Vatan oldidagi sadoqati bilan kitobxon yodida qoladi. U sevgi tufayli, oilasiga bo‘lgan sadoqati tufayli, hayoti davomida uchragan qiyinchiliklar, to‘siqlar sabab qat’iyatli insonga aylanadi. Asar yakunida esa shunga munosib mukofotlanadi.

1 Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T., “O‘zbekiston”, 2017, 104-bet.

67 http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Asar bosh qahramoni-Sodiq. Sodiq-o‘zbekning oriyatli, tanti o‘g‘loni. O‘sha davrda bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayotning hamma murakkabliklaridan o‘tdi. U umrining olijanob umid-orzulari bilan bir paytda fisqu-fasod va tuhmatlar hokim bo‘lgan muhitga tushib qoladi. Shu tufayli og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazadi. Har bir qadamda o‘z manfaatini o‘ylaydigan, bu yo‘lda har qanday qabihlikdan qaytmaydigan insonlarga duch keladi. Yozuvchi Sodiqni asar boshlarida hamma narsani biladigan, kamchiliksiz qilib tasvir etmaydi. Sodiq birmuncha sodda, insonlarga ishonuvchan, barchani o‘zi kabi diyonatli deb o‘ylaydi. Shuning uchunmi, ko‘p qiyinchiliklarga uchraydi. Shu boisdan ham, yozuvchi bu qahramonga ”Sodiq” deb nom tanlagandir. Asarning har bir voqea, vaziyatida, Sodiqning har bir qadamida yangi xususiyatlar paydo bo‘la boradi. Asarning eng qimmatli tomonlaridan biri ham mana shunda. Shaharga ilk kelgan kezlarida unga “mehribonlik” qilgan Mirsalim birinchilardan bo‘lib uning oyog‘iga bolta uradi. Tuhmat tufayli beayb qamoqqa olinadi. Qamoqdagi hayot frontga bog‘lanib ketadi. Bu voqealar asnosida qahramonimiz Sodiq haqiqiy insoniy fazilatlarini namoyon qiladi. Mirsalim esa qilmishlariga yarasha jazosini oladi.

Sodiqning ayanchli, mashaqqatli taqdiri orqali Shuhrat o‘z iste’dodining individual xususiyatlariga monand hayotning izdan chiqqan tomonini aniqroq ko‘rgan va tasvirlagan.

Sodiqni asar yakunida muallif munosib taqdirlaydi: “...-U oltin oda m edi! Oltin esa, zanglamaydi! Er yigit el uchun tug‘iladi, el uchun o‘ladi. Unga shonsharaflar bo‘lsin! -dedi o‘z to’pponchasidan o‘q uzib, uning sha’niga berilgan salyutga qo‘shildi” Zero er yigit uchun xalq olqishidan ortiq mukofot yo‘q.U xalqi, yurti, onasi, ukasi, Jannat va yolg‘iz farzandi uchun qahramonlarcha jon berdi. Sodiq obrazi haqida shunday xulosaga kelish mumkin: asarda tasvirlangan

zanglamas oltin, haqiqiy erk, pok vijdon egasi u.

Kitobxon shunday xulosaga keladiki, hayot o‘zi oliy hakam:roman syujetining rivojida boshqalar hayotiga xuruj qilishga odatlangan nopoklar bosqichma-bosqich fosh bo‘la bordi, Sodiqni o‘tda yonmaydigan, suvda zanglamaydigan haqiqiy inson ekanini anglab olamiz.

Asarda ayollar obrazi alohida ahamiyatli.

Adolat xola-Sodiq va Qodirning onasi. Haqiqiy o‘zbek onasi. Uning tilida, ko‘zlarida mehr bor. “Adolat xola tabiati halimdek yumshoq, shirinso‘z, ayol edi. “Siz” ham “sen” ham biro g‘izdan chiqadi,-derdi. O‘zi shu aqidasiga amal qilardi. Ikki so‘zning birida “Jon bolam” deb turar edi. Shuning uchun butun mahalla uni “Jonbolam xola” deb atardi.” Unda yozuvchi ayollarga xos sabr, chidamni ham tasvirlagan.

Jannat-Sodiqning birinchi turmush o‘rtog‘i. Bunda yozuvchi qahramonga ism tanlashda ham ramziylikni mujassamlashtirgan. Go‘yoki ayollarning eng yaxshi

г<м

68

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

xislatlari bir xil shaxsda aks etgandek. Asarda Jannatning yog‘iz ”aybi” farzandsizligi. Ammo unda sabr, onalarga xos mehr, bardosh, vafo kabi yuksak qirralar bor. Jannat xarakteridagi muloyimlik, har qanday vaziyatda ham bosiqlik, vazminlikni tark etmagan ayol sifatida milliy qadriyatlarimizni mujassamlashtirgan. U farzandsizligi tufayli Sodiqni Musharrafga uylanishiga dardlarini, alamini ichga yutib rozi bo‘ladi. Musharraf o‘z nafsining asirasi. U bolasiga mehr bermaydi, yomon, nopok ishlari tufayli taqdiri ayanchli yakun topadi. Lekin Jannat bor mehrini Sodiqqa bo‘lgan vafosi va sadoqati bilan uning farzandiga berib tarbiyalaydi.

Yana bir obraz-Aziza. Sodiqqa choh qazigan Mirsalimning yolg‘iz qizi. Qodir ilk bog‘da ko‘zi tushgan “atlas ko‘ylakli qiz”u juda matonatli,qat’iyatli ayol obrazi. O‘sha davrda kam qizlarda uchraydigan irodali qiz. U o‘z muhabbati yo‘lida kurash olib boradi va asar so‘ngida g‘alabaga erishadi.

Shuhrat ijodining asosiy obyekti inson - uning his-tuyg’ulari, har xil fasldagi, har xil bosqichdagi sirli kechinmalari, dard alamli iztiroblaridir. O‘zi o‘sib-ulg‘aygan ona Vatani, uning o‘ziga yarashgan urf- odatlari, hayot va mehnat tarzi, qo‘lga kiritgan yutuqlari, husn-u jamoli - bularning hammasi Shuhratni qiziqtiradi. U nimalar to‘g‘risida yozmasin, o‘zining qanday his-tuyg’ularini izhor qilmasin, uning asarlari “xalq”, “vatan”, “el” tushunchalari bilan boshlanadi va shu tushunchalar bilan tugallanadi. Zotan, u o‘zining butun ijodini “elga bir yodgor” deb biladi.

Demak, asarda ilgari surilgan g‘oyalar o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Men o‘ylaymanki, bu romanni maktablarda 9-11-sinflar uchun ajratilgan sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi darslarida o’quvchilarga o‘zbek millatining vakillari qanday jasorat ko‘rsata olganlarini alohida uqtirish orqali ham ular qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish mumkin. Qolaversa, Shuhrat ijodi bilan yaxshiroq, to‘laroq tanishish imkonini beradi.

O‘quvchilarga asar haqida quyidagi xulosalarni berishimiz mumkin:

* Shuhrat asarlari qahramonlari ma’naviy dunyosining milliyligi bilan ajralib turadi.

* Badiiy shakl asarning asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, u obrazlar tizimi, syujet, kompozitsiya va badiiy nutq orqali yuzaga keladi.

* Badiiy asarning shakl jihatdan mukammal ekanligi uning kitobxon qalbiga yo‘l topib, shuuriga ta’sir o‘tkazishga sababchi bo‘ladi.

Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi darslarida, albatta, bu asarni o‘qitish zarur deb o‘ylayman. Chunki “Oltin zanglamas”-o‘zbek adabiyoti xazinasidagi “Oltindek zanglamas asar!”

69

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T., “O‘zbekiston”-2017. 104 bet.

2. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari.T.,Fan.2004.

3. Qo‘shjonov M. O‘zbekning o‘zligi. T.,Ma’naviyat-1994.

4. Shuhrat. Tanlangan asarlar 3 jildlik; 2-jild Toshkent-1980

70

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.