Научная статья на тему 'RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDA MEHNAT MIGRATSIYASINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI (Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi misolida)'

RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDA MEHNAT MIGRATSIYASINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI (Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi misolida) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Migratsiya / migratsiya oqimi / globallashuv / migratsiyani tartibga solish / mehnat muhojirlari. / Center for China and Globalization / CCG / migration policy / economic sectors.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bibisara Japparovna Sadibekova

Ushbu maqola XXRda migratsiya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan. Unda ishchi kuchining ichki va tashqi migratsiyasini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va Xitoy Xalq Respublikasi shaharlari sharoitida ishchi kuchining migratsiyasini tahlil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN FEATURES OF LABOR MIGRATION IN DEVELOPING COUNTRIES (On the example of the People's Republic of China and the Republic of Uzbekistan)

This article is devoted to the peculiarities of the implementation of migration policy in the PRC. It examines current trends in the development of internal and external labor migration. The migration of labor by economic sectors and by cities of the PRC is also analyzed.

Текст научной работы на тему «RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDA MEHNAT MIGRATSIYASINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI (Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi misolida)»

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDA MEHNAT MIGRATSIYASINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI (Xitoy Xalq Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi misolida)

Bibisara Djapparovna Sadibekova

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, Toshkent davlat sharqshunoslik univeristeti

Annotatsiya. Ushbu maqola XXRda migratsiya siyosatini amalga oshirishning o 'ziga xos xususiyatlariga bag 'ishlangan. Unda ishchi kuchining ichki va tashqi migratsiyasini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va Xitoy Xalq Respublikasi shaharlari sharoitida ishchi kuchining migratsiyasini tahlil qiladi.

Kalit so'zlar: Migratsiya, migratsiya oqimi, globallashuv, migratsiyani tartibgasolish, mehnatmuhojirlari.

СОВРЕМЕННЫЕ ОСОБЕННОСТИ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ В РАЗВИВАЮЩИХСЯ СТРАНАХ (На примере Китайской Народной Республики и Республики

Узбекистан)

Бибисара Джаппаровна Садибекова

Кандидат экономических наук, доцент, Ташкентский государственный университет востоковедения

Аннотация. Данная статья посвящена особенностям осуществления миграционной политики в КНР. В ней рассматриваются современные тенденции развития внутренней и внешней миграции рабочей силы. Также проанализированы миграция рабочей силы по отраслям экономики и в разрезе городов КНР.

Ключевые слова: Миграция, миграционный поток, глобализация, регулирование миграции, трудовые мигранты.

MODERN FEATURES OF LABOR MIGRATION IN DEVELOPING

COUNTRIES

(On the example of the People's Republic of China and the Republic of

Uzbekistan)

Bibisara Japparovna Sadibekova

Candidate of Economic Sciences, Associate Professor, Tashkent state university of oriental studies

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Annotation. This article is devoted to the peculiarities of the implementation of migration policy in the PRC. It examines current trends in the development of internal and external labor migration. The migration of labor by economic sectors and by cities of the PRC is also analyzed.

Keywords: Center for China and Globalization, CCG, migration policy, economic sectors.

Kirish

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi davrida migratsiya jarayonlari tezlashmoqda. Bunga sabab, dunyo mamlakatlarida iqtisodiyotning nobarqarorligi hisoblanadi.

Xitoy Xalq Respublikasida bu jarayonni qanday ketayotganligini tahlil qilish uchun mamlakatning ilmiy tekshirish va globallashuv Markazi (Center for China and Globalization, CCG) ma'lumotlariga murojaat qilamiz. Undagi e'lon qilingan ma'ruzada keltirilishicha, hozirgi kunda mazkur mamlakat migratsiya uchun maqbul joy hisoblana boshlangan va XXI - as rning birinchi o'n yilligida Xitoyga migratsiya qiluvchilar soni 35%ga oshgan [1].

Mamlakatning tezlik bilan rivojlanishi va demografik tarkibdagi o'zgarishlar sababli, Xitoy yanada jozibali, mehnat bozorida talabning taklifdan ortib ketishi ish haqining va xorijiy ishchi kuchiga ehtiyojning oshishiga olib keldi.

Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlardan Xitoyga insonlarning migratsiya qilayotganliklarni sabablari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin: Xitoy o'zida xalqaro kompaniyalar va muassasalarning filiallarini ochayotgan mamlakatlardan biriga aylanmoqda, shuningdek transmilliy kompaniyalarni kengayayotganligi Xitoyga migratsiyani o'sishiga olib kelmoqda. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdagi, xorijda ta'lim olgan va Xitoyga qaytgan studentlarning soni doimiy ravishda o'sib bormoqda, 2013 yilda Vataniga qaytgan talabalar soni, birinchi marta xorijda o'qiyotganlar sonining 84% tashkil etdi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Xitoy ilmiy - tekshirish va globallashuv Markazi "2018 yilda jahon migratsiyasi to'g'risida Hisobot"ni taqdim etgan, unda ko'rinishicha, "Shimoldan

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14647406

38

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Janubga" migrantlar uchun asosiy sabab iqtisodiy imkoniyatlar, shimoliy mamlakatlarda yaqinda boshdan kechirilgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz, shuningdek janubiy mamlakatlarning tezlik bilan rivojlanayotgan iqtisodi texnik xodimlarga ehtiyojni ortishiga olib kelgani"

Albatta Shimoldan Janubga migratsiya - bu faqatgina yangi tendensiya, ammo asosiysi emas. Ma'ruzada ko'rsatilganki, bu tipdagi migratsiya umumiy migratsiya hajmining (7-13 mln.kishi) 3-6% tashkil etadi. Defisit juda katta, ohirgi statistik ma'lumotlarga ko'ra Xitoyda 1.100 mingdan ortiq migrantlar hisobga olingan, ammo chiqib ketayotgan migrantlar soni 10 million kishiga yaqin, farq o'n barobarga yaqinroq".

Xitoyda umumiy mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lganlarning uchdan biridan ortig'ini, ya'ni 274 million kishi qishloqlardan chiqqan ishchi migrantlarni tashkil etadi. Gastarbayterlar so'nggi uch o'n yillikda Xitoy iqtisodiy o'sishining dvigateli hisoblansalarda, lekin, ularga nisbatan, mamlakatda qonuniy cheklovlar saqlanib qolmoqda. Ularning farzandlari ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida cheklovlarga egadirlar va uzoq yillar davomida o'z ota-onalaridan alohida yashashlariga to'g'ri kelmoqda.

70 60 50 40 30 20 10 0

61,8

49,7

4 13,5 ■ 37,2 42,8 ■ 3

28,2 |

23,4 12,1 14,1 15,2 13,3 ^ I4 ll

2000 2005 2010 2015 2020 2022

■ xorij dagi talabalar ■ qaytib kelgan talabalar ■ xorij da qolib ketayotganlar

1-rasm. 2000-2022-yillarda XXRning xorijda tahsil olayotgan talabalari

soni (mln.kishi)1

1 Ministry of People's Republic of China ma'lumotlari asosida tayyorlandi

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14647406

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Ma'lumki, xitoyliklar o'z farzandlarini chet ellarda Tahsil olishini qo'llab-quvvatlashadi. Shu sababli, biz ham o'z ilmiy ishimiada e'tiborni oxirgi 20 yil mobaynida bu holat qanday kechayotganligiga qaratamiz va quyida uning 22 yillik dinamikasini ko'rib chiqamiz (1-rasmga qaralsin).

1-rasmdan ko'rinib turganidek, XXR dan xorijga ketib tahsil olayotgan va chet ellarda o'qishdan so'ng qolib ketayongan talabalar soni yildan-yilga ko'payib, ular barqaror dinamikaga ega ekanligini guvohi bo'lamiz. Shular qatori, xorijdan qaytib kelayotgan talabalar soni esa, bir tekis o'sish tendensiyasiga ega emas. Ya'ni agar, mazkur ko'rsatkich 2000 yildan to 2015 yillargacha o'sish dinamikasiga ega bo'lgan bo'lsa, pandemiya ta'sirida, u biroz pasayib ketdi va 2022 yilga kelib, 38 mln.k.ni tashkil etdi [2].

Xitoy Milliy statisika byurosning ishchi-migrantlar orasida o'tkazgan so'rovnomasida aniqlanishicha, Xitoy shaharlarida 2021 yilda Xitoyda ishlagan 770 million ishchilardan 38%ga yaqini, ya'ni 297 millioni qishloqlik ishchilarni tashkil etadi. Oxirgi o'n yil davomida ishchi - migrantlar soni ortayotgan bo'lsada, o'sish jadalligi 2010 yildagi 5,5%dan 2022 yilda 1,9% tashkil etdi.2 Bu sekinlashish Xitoydagi mehnatga layoqatli aholi sonining oxirgi uch yil davomida umumiy qisqarishiga muvofiqdir. Bu esa, 1980-yillarda amaliyotga kiritilgan "Oilani rejalashtirish" siyosati natijasida, yildan-yilga ishchilar soni kamayayotganligino ko'rsatmoqda, keyingi bir necha yilda, demograflar bashoratiga ko'ra, Xitoy aholisi orasidagi migrantlar soni o'zining cho'qqisiga yetadi yoki, harqalay o'sishdan to'xtaydi deb taxmin qilinmoqda.

Mehnatkash-migrantlar, qoida tariqasida qisqa va uzoq masofaga migratsiya qiluvchilarga bo'linadi. Qisqa masofaga migratsiya qiluvchilar asosan, o'z uylaridan uzoqda bo'lmagan shaharlarda ishlaydilar. Qisqa masofaga migratsiya qiluvchilar (

soni 2,8% ortdi, 2022 yilga kelib, ularning soni 178 millionga yetdi,

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

vaholangki, uzoq masofaga migratsiya qiluvchilar soni ancha past tezlikda,

1,3 % o'sdi va ularning soni 198 million kishiga yetdi.3 (2.-rasmga qaralsin).

120

100

80

60

40

20

9,1

9,5

12,9 18,2 24,9 20,2

16,3

17,1 18

14,9 18,1 22,3 20,1

21,1 21,3

42

26,5 23,4 36

2010 2014 2018 2020

■ 16-20 yosh "21-30 yosh "31-40 yosh "41-50 yosh "50 yoshdan oshganlar

2-rasm. 2010-2020-yillarda XXRdagi ishchi migrantlarning yoshlari

bo'yicha taqsimoti,%da4

Qisqa masofaga borib ishlaydigan aholi soni 2010-yildan 2014-yilgacha sezilarli darajada o'sgan, lekin 2020-yilga kelib, bu ko'rsatkich biroz sekinlashgan, aksincha holat uzoq masofaga borib ishlayotgan ishchi migrantlar soni esa, deyarli barqaror o'sish dinamikasiga egaligini ko'rishimiz mumkin. 2022-yilda esa, bu ko'rsatkich record darajani ko'rsatmoqda, ya'ni 2020-yildagi 159 mln,k. dan 2022-yilda 198 mln.k.ga yetgan.

XXR da aholining qarishi, shunigdek gender balansi erkak - ishchilar uchun siljigan:

- birinchidan, ishlayotgan ayollar uchun pensiya yoshi 50 yosh, erkaklarga nisbatan 60 yosh;

- ikkinchidan, oilali ishchi - migrantlar o'z bolalari uchun ta'lim, ijtimoiy va iqtisodiy nafaqalarning yo'qligi ularning ota onalarini imkoniyatlarini susaytiradi.

0

3 www.clb. org .hk/content/migrant -workers -and-their-ch ildren

4 www.clb.org.hk/content/migrant-workers-and-their-children asosida tayyorlangan

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14647406

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Ko'p hollarda onalar uyda qolib farzandlari tarbiyasi bilan shug'ullanishdan

boshqa tanlovi qolmaydi. Qarish muammosi, ayniqsa qurilish sohasida dolzarb bo'lib, ayrim shaharlarda 30 yoshgacha bo'lgan ishchilarni topish imkoniyati deyarli yo'q. Bu qarish tendensiyasi yana kelajakda ham saqlanishi mumkin, chunki yosh ishchilar xavfsiz bo'lsa ham, ular kam ish haqi tshlanadigan ishlarni bajarishni hohlamaydilar, katta yoshli aholi esa, ishda qolishga majburlar, chunki, ularning qariganda pensiyasi, yoki boshqa shakldagi ijtimoiy himoyasi yo'q.

Muhokama

Mehnat migrantlarining 2022-yildagi Gender balansi - erkaklar uchun 3/2 qismga va ayollar uchun 3/1 qismga teng. Bugun, mamlakatning mehnat bozorida qishloq migrantlari kamayib va katta yoshdagi migrantlar soni ko'pligi tendensiyasi mavjud. 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ishchilar soni 2010 yildagi 42%dan 2020 yilda 36% pasaydi, shu vaqtning o'zida, 40 yoshlilar nisbati 2010 yildagi 34%dan avvalgi yilda 45%ga oshdi.5

Ko'pchilik ishchi - migrantlar, avvalgilek faqatgina, o'rta maktab ma'lumotiga egadirlar, ulardan 24%ga yaqinlari, boshqacha shaklda oliy ta'lim olishgan, jumladan 7,3% kollejda o'qigan. Bunga qarama qarshi, 30 yoshgacha bo'lgan qishloq migrantlarini faqatgina, 6%i qandaydir qishloq xo'jaligi bo'yicha tayyorgarligi bor hisoblanadi. Xitoylik qishloq migrantlari haqida yolg'on tasavvur beruvchi "qishloqi" degan tushuncha ham mavjud.

XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Ishchi migrantlarning Xitoy iqtisodiyoti tarmoqlari bo'yicha bandligi,

%da

22

ishlab chiqarishda Savdo

■ qurilish ■ maishiy xizmat

■ transport va logistika ■ mehmonxona va umumiy ovqatlanish

■ boshqalar

3-rasm. Xitoy iqtisodiyoti tarmoqlari bo'yicha ishchi migrantlar bandligi, % da (2022 y.)6

Ko'pchilik qishloq ishchi - migrantlari, kam haq to'lanadigan sanoat tarmoqlarida, qurilishda va xizmat ko'rsatish sohalarida ishlaydilar. Qayta ishlash sanoatida band bo'lgan ishchi - migrantlar soni 2010-yildagi 36,7%dan 2022-yil ga kelib, 31,3%ga kamaygan, bu Xitoyda qayta ishlash sanoatidagi migrantlar harakatining susayganligini ko'rsatadi.

Oxirgi besh yilda mamlakatdagi ishchi migrantlarning ish haqi miqdori o'sib bormoqda, xususan, ularning 2022-yildagi o'rtacha ish haqi 3,364 yuanni tashkil etib, u o'tgan 2021-yilga nisbatan, 7,8%ga o'sgan. Ishchi migrantlar uchun eng yuqori ish haqi - bu transport va logistika ( oyiga 3801 yuan) va qurilish (oyiga 3992 yuan) hisoblanadi, shu vaqtning o'zida maishiy xizmat, savdo, mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatidagi bandlarning ish haqi eng past bo'lgan - ya'ni, 2,500 yuandan sal ko'proq ish haqini tashkil etgan.7

Ishchi - migrantlarning birinchi zaruriyat predmetlarini, oziq-ovqat, turar joy va transportga to'laydigan o'rtacha harajatlari 1194 yuan bo'lib, bu summaning tahminan yarmi birgina turar joy uchun sarflanadi.

6 http://www.clb.org.hk/content/migrant-workers-and-their-children

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7http ://www.clb.org.hk/content/migrant -workers -and-their-children

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14647406

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Shu bilan bir qatorda migrantlar olayotgan ish haqining pastligiga qo'shimcha ravishda, ularning ish vaqti soatlari 8 soatdan ko'p va ustiga ustak ularning bandligi kafolatlanmagan. Migrantlar o'rtacha har oyda 25,3 kun, bir sutkada 8,8 soat ishlaganlar. Juda ko'pchiligi haftasiga 44 soatdan ishlashgan.

XXRda Mehnat Qonuni kuchga kirgandan bir yil o'tgandan so'ng (2014-yilda), avvalgidek, faqatgina 38% ishchi-migrantlar qonun talablariga rioya qilgan holda ish beruvchilar bilan mehnat shartnomasi tuzishgan. Yaqin joylardagi migrantlarning hissasi kamroq bo'lib, ular - 33%ni tashkil etgan, bu Xitoyning ichki provinsiyalari, uncha katta bo'lmagan shaharlarda mehnat qonunchiligiga rioya etish unchalik qattiq talab etilmay kelganligidan dalolat beradi.

Ishchi migrantlarning ish haqidan qarzdorlik 2019-yildagi 1,4%dan, 2022-yilda 1,0%ga kamaygan, bu ish haqidan qarzdorlik bo'lgan migrant-ishchilarning sonini 2 million atrofida ekanligini ko'rsatadi. Qurilish tarmog'i eng ashaddiy tartib buzuvchilar hisoblangan va ularning soni, 2019-yildagiga nisbatan, 1,8 %ga pasaygan.

Pensiya yoki boshqa turdagi ijtimoiy ta'minot oladigan ishchi -migrantlar juda past darajada saqlanib qolmoqda, ular mamlakat ko'rsatkichining yarmiga yaqinini beradi. Migrantlarning har yildagi ko'rigi shuni ko'rsatadiki, 2020-yilda shaharlik migrantlarning faqatgina, 19,4%i pensiyaga va 18,2%i tibbiy sug'urtaga ega bo'lganlar.8 Baland binolar qurilishida ishlovchilar uchun ish vaqtida shikastlanishdan sug'urta qilish ish beruvchilarning mablag'lari kamligi sababli, faqatgina ish beruvchiga foyda keltiruvchi ishlarda ishlovchi ishchi - migrantlar shikasilanishdan sug'urtalanadilar.

Hozirgi davrda Xitoyda mehnat muhofazasi yaxshilanmoqda, ammo baxtsiz hodisalar va o'lim holatlarining yuqori darajasi saqlanmoqda. Xitoyda 2020-yilda bu yo'nalishda 88,061 o'lim holati qayd etilgan.

Baxtsiz hodisalar va o'lim holatlari, ko'pincha mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

sababli, yuqori darajada saqlanmoqda. Ko'pchilik migrant ishchilar o'z ish o'rinlaridagi xavf haqida ma'lumotga ega emaslar va xavfsizlik masalalarida tegishli zarur tayyorgarlikdan o'tmaganlar.

Natijalar

Xitoyda oxirgi yillarda, ayniqsa, pandemiya davrida, 9 millionga yaqin ishchilar o'limga olib keluvchi o'pka kasalligi - pnevmokoniozdan aziyat chekmoqdalar, ularning aksariyati kambag'al ishchi-migrantlardir. Ularning ko'pchiligi shaxtalarda, qurilish maydonlarida ishlash vaqtida, minéral xom ashyolarni qayta ishlash zavodlarida zararlanganlar, va ulardan juda kam qismi qonunda belgilangan kompensatsiyalarni olganlar. Xitoy normativ-huquqiy tizimi, ishchilardan mehnat munosabatida bo'lganliklarini isbotlashni talab etadi, juda ko'pchilik ishchilar o'z ish beruvchilari bilan formal tarzda mehnat shartnomasini imzolaganlar.

Undan tashqari, shuni ta'kidlash kerakki, barcha shaharlararo migrantlarning 45%i bir provinsiyadan, ikkinchisiga o'tib yuradilar. 168 million shaharlararo migrantlardan 79 millioni provinsiyalarning trans-migrantlaridir, vaholangki, ularning 89 millioni, o'z provinsiyalarida qolganlar. Hattoki, an'anaviy migrantlarni eksport qiluvchi Xitoyning markaziy hududidan, faqatgina 41 million migrantlar o'z provinsiyalaridan tashqariga ketganlar.

■ provinsiya poytaxtlari ■ prefektura darajasi ■ kichik shaharlar ■ boshqalar

■ munisipalitet

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

4-rasm. XXR da ishchi migrantlarning shaharlar bo'yicha taqsimlanishi, % da9

Shaharlararo migrantlarning aksariyati, (69%ga yaqini) darajasi teng yoki past bo'lgan prefekturalarning katta bo'lmagan va o'rtacha shaharlariga ketganlar. 23% ga yaqini Guanchjou va Chendu singari provinsiyalar poytaxtlarida ishlaganlar, migrantlarning 8,1%i Pekin va Shanhxay kabi katta munisipal tuzilmalarda ishlaganlar.10

2021 yilgi rasmiy statistika shuni ko'rsatadiki, Xitoyda ishchi-migrantlarning yarmidan ko'pi, sharqiy provinsiyalarda joylashgan. Sharqiy hudud Xitoydagi 274 million ishchi- migrantlarning 38,9%ni, markaziy hududlarga esa, 34,5%ni hamda Xitoyning g'arbiy rayonlarida 26,6%ni tashkil etdi, 11

2013-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan amalga oshirila boshlangan "Ipak yo'li iqtisodiy tasmasi" uning asosidagi BMBY loyihasi 65dan ortiq mamlakatlarni bir-birini savdo yo'llari bilan bog'lashni ko'zda tutadi. Xitoyning geoiqtisod iy strategiyasi sanalmish "Bir makon-bir yo'l" loyihasi asosida Xitoy investitsiyalari oqimi Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Afrika qit'asiga yo'naltirilmoqda. Bu hududlarda Xitoy qo'shma korxonalari tashkil etilib, ishlab chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Xitoyning BMBY loyihasi doirasidagi mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 2018-yilda 7 trln.AQSh dollarini tashkil etdi. 12

Xulosa

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, BMBY loyihasi doirasidagi mamlakatlarda migratsion jarayonlar shiddatli kechmoqda. Janub-Janub yo'nalishidagi migratsiya oqimi endilikda o'rta daromadli mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga chiqishiga xizmat qilmoqda. Iqtisodiy o'sish va

9 www.clb. org .hk/content/migrant -workers -and-their-children

10 www.clb.org.hk/content/migrant-workers -and-their-ch ildren

11 www.clb.org.hk/content/migrant-workers -and-their-ch ildren

12 Hui Wang. The opportunities and challenges of migration in the Belt and Road region. https://doc-research.org/2017/07/opportunities-challenges-migration-belt-road/

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14647406

46

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

rivojlanishga qaratilgan islohotlar esa, oxir oqibatda jamiyatda farovonlikni, insonlar hayot darajasini yuksalishiga sabab bo'lmoqda.

BMTning aholi bo'yicha bo'linmasi ma'lumotlariga ko'ra, xitoylik migrantlar soni oxirgi yillar davomida ortib kelmoqda. Xitoy hududida tug'ilib, xorijiy mamlakatda istiqomat qiluvchilar soni 1990-yildagi 4,2 milliondan, 2020-yilda 11,5 millionga yetgan. Xitoyning iqtisodiy o'sish sur'ati hamda migrantlarning bir hududdan ikkinchisiga ko'chib o'tishlari uchun moliyaviy vositalari va ko'nikmalarining ortishi natijasida, dunyoning barcha mintaqalarida xitoy migrantlari sonining oshishi kuzatilmoqda.

Shuningdek, Xitoy migrantlari oqimi, aynan BMBY loyihasi ishtirokchisi bo'lgan hamda Afrika mamlakatlari hududida ham ular sonining ortishi yaqqol ko'rinmoqda. Foiz ko'rinishida bu o'sish ko'rsatkichi - G'arbiy Osiyoda (524%ga), Sharqiy Afrikada (297%ga) va Janubiy Afrika (126%ga) da kuzatiladi. Bu bevosita BMBY loyihasi doirasidagi Xitoyning xorijiy mamlakatlarga yo'naltirgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalari bilan ham izohlanadi. Biroq, shunisi e'tiborliki, Xitoy migrantlari oqimi, faqat BMBY loyihasi qamrovi bilangina chegalanmagan.

Xitoy umumiy aholisi sonidan 35 million kishi emigrant sifatida migratsiyani amalga oshira oladilar. Xitoyning BMBY loyihasi ishtirokchi mamlakatlariga immigrantlarning katta qismi Janubiy Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropaga migratsiyasini tashkil etadi. Biroq, so'nggi yillarda G'arbiy Osiyo, Sharqiy Afrika va Janubiy Afrika mamlakatlariga migratsiya foizi ortgan. ayniqsa Afrika va Yaqin Sharqqa migratsiya oqimi ortgan. Bu hududda Janubiy Afrika va Iordaniyada taxminan, 1 milliondan ortiq xitoy migrantlari mavjud bo'lib, ular nafaqat, yuqori malakali professionallar, balki past malakali oddiy ishchilar hamdir. Odatda xitoy mehnat migrantlari davlat ishtirokidagi korxonalarda, Afrika qit'asida resurslarni qazib olish va qurilish sohalarida faoliyat yuritadilar, ushbu migrantlarning ko'p qismi mahalliy aholini ishga yollagan holda, yengil sanoat, savdo, restoran va umumiy ovqatlanish, qishloq xo'jaligi sektorlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelmoqdalar.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14647406

47

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Shuningdek, oxirgi yillarda, Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan,

Qozog'istonga kirib kelgan Xitoy mehnat migrantlari oqimi ham sezilarli darajada ortgan. Shu o'rinda qayd etish lozimki, Qozog'istonning miHiy sanoati mahalliy talabning faqatgina 1% qoplaydi, 75%i esa, Xitoy tomonidan qoplanadi. Qozog'istonda 1300 dan ortiq kichik va o'rta Xitoy korxonalari mavjud bo'lib, ular mahalliy kiyim-kechak va poyafzal bozorlarida dominant o'rinni egallaganlar.

Bizga ma'lumki, bugun, butun dunyoda 242 millionga yaqin migrantlar oqimi mavjud bo'lib, ulardan 82 million kishi "Janub-Janub" yo'nalishida harakatlanmoqdalar.

Xitoy va O'zbekiston mamlakatlari aholisi o'rtasidagi migratsiya ham aynan shu kategoriyaga mansubdir. Loyiha qamrab olingan hududda 4,5 milliardga yaqin potensial ishchi kuchi bo'la oladigan aholi istiqomat qiladi.13

Bugungi kunga kelib, O'zbekistondan ketayotganlar uchun mehnat migratsiyasi bilan bog'liq alohida yo'nalishlar davlat tomonidan tartibga solinadi va boshqariladi, boshqa ba'zi yo'nalishlar bo'yicha esa, migratsiya ancha tartibsiz xarakterga ega. O'zbekistondan chiqqan mehnat migrantlarining asosiy qismi Rossiyaga boradi, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti hisob-kitoblariga ko'ra, ularning soni qarayib 2 mln nafarni tashkil etadi.

Shuni ta'kidlash joizki, migratsiyaning intensivligini oshirish - iqtisodiy, etnik, mehnat - globallashuvning o'ziga xos xususiyati bo'lib, mamlakatlarning doimiy aholisi tarkibidagi migrantlarning ulushi globallashuv jarayonlarida ishtirok etish darajasini aks ettiradi. Mamlakatdagi ta'limning rivojlanganligi esa, yoshlarning o'sib borayotgan qismini mehnat bozori talablariga moslashishiga olib keldi. Bizning fikrimizcha, mehnat migratsiyasi muammolarini bartaraf qilishning ikkita yo'li bor.

Birinchi yo'li - mehnat migratsiyasini O'zbekiston Respublikasidagi ishchi kuchi taklifi va unga talab o'rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf qilish;

13 World migration report 2018. International organization for migration (IOM). The UN Migration Agency. Jeneva, 2017

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

Ikkinchisi - mehnat migrantlari daromadlaridan milliy iqtisodiyotimizga

qo'shimcha madad berish vositasi sifatida qarash siyosatini davom ettirish. Bu mamlakatimizda bandlik muammosini hal qilishning eng oson va kamchiqim yo'li hisoblanadi.

O'zbekiston hukumati bugun, xorijdagi o'zbekistonlik mehnat muhojirlarining uyushgan holda ishga joylashtirilishini qonunlashtirmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilingan "Tashqi mehnat migratsiyasi to'g'risida"gi qonun muhokamasi so'ngi 9 oyda 3 milliondan oshiq o'zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga borganiga doir ma'lumotlar soyasida kuzatilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim qilingan qonun loyihasi mehnat muhojirlari huquqi, ijtimoiy himoyasi, ular soni bo'yicha hisobot yuritishni, faoliyatini monitoring qilishni, xorijdagi faoliyatini tashkillashtirish, uyushgan tarzda ishga joylashtirish va jo'natishni ham nazarda tutadi.

Yangi qonunda mehnat muhojirlarini uyushgan tarzda xorijda ishga joylashtirishning huquqiy asoslari belgilanmoqda. "Tashqi mehnat migratsiyasi to'g'risida"gi qonun qabul qilinishi ortidan mehnat muhojirligi oqimi bir qadar o'zgarishi, xorijdan ish izlash, ishga joylashish markazlashishi kutilmoqda.

Hozirgi davrda O'zbekistondagi mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, hukumat tomonidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2024 yildagi PF-59-sonli farmoni ishlab chiqildi va bu farmon kelajakda ishlash uchun mamlakatdan tashqariga chiqib ketayotgan mehnat migrantlari va ularning oilalariga moddiy tomondan yordam berilishni ko'zlaydi hamda ularning huquqlari himoyalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kalonov.K O'zbekistonda migratsiya jarayonlarining muhimligi. // Turkiy tilli mamlakatlar sotsiologlarining 20- asrdagi fuqarolik jamiyati va ijtimoiy jarayon

"XXI asr: fan va ta'lim masalalari" ilmiy elektron jurnali. №3, 2024 yil ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

mavzusidagi II qurultoyi materiallari. Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 10 | Oct - 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz

2. Cohen, R. (2006). Migration and its enemies: global capital, migrant labour and the nationstate, Oxford: Ashgate. Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 10 | Oct - 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz

3. Muhitdiniv E M. Aholini ish bilan ta'minlashda mehnat migratsiyasining roli. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati 2019, 14 bet.

4. Цапенко, И.П. Регионализация миграционных процессов // Контуры глобальных трансформаций. - 2017. - Т. 10. №4. - С. 34-42.

5. Leveraging economic migration for development (2019 september).World banking group. www.worldbank.org.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.