Central Asian Journal of
Education and Innovation
NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH Maxsitaliyev Sherzodjon Mirzoxidjon o'g'li
O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi "Inson huquqlariga oid xalqaro huquq" yo'nalishi magistratura
tinglovchisi
Email: sherzodbekmaxsitaliyev549@gmail.com Maxsitaliyev Sherzodjon Mirzoxidjon o'g'li
Academy of Law Enforcement of the Republic of Uzbekistan Master's student in "International Law on Human Rights". https://doi.org/10.5281/zenodo.11220817
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 20- May 2024 yil
KEY WORDS
migratsiya, noqonuniy migratsiya, migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migratsiyani tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Mazkur maqolada noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish ilmiy asoslantirilgan holda tahlil qilingan. Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati va dolzarbligi, shu bilan bir qatorda, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi bildirilgan fikr-mulohazalar hamda mavjud muommolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bayon etilgan.
Barchamizga ma'lumki, migratsiya jarayonlari hozirgi davrda global miqyosda keng tus olib ulgurdi. Statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, 2017-yilda dunyo bo'yicha migrantlar soni 258 million nafarni tashkil qildi. Ikki yil o'tib (2019-yilda) ushbu ko'rsatkich 272 millionga yetgan. Bu esa, davlatlarga migratsiya jarayonlarini tashkiliy-huquqiy tartibga solish va boshqarish majburiyatlarini yuklaydi.
Amaliyot materiallari tahlili O'zbekistonda ham so'nggi yillarda migratsiya jarayonlari oshib borayotganligidan dalolat beradi. Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra,
2015-yilda - 139,280, 2016-yilda - 141,548, 2017-yilda 157,149, 2018-yilda - 160,103, 2019-yilda - 158,861 nafar shaxs O'zbekistonga ko'chib kelgan bo'lsa, mamlakatimizdan ko'chib ketganlar ulushida ham jiddiy o'zgarish kuzatilgan. Xususan, 2015-yilda - 168,579,
2016-yilda - 167,796, 2017-yilda - 175,748, 2018-yilda - 174,832, 2019-yilda - 169,547 nafar shaxs domiy yashash uchun chet elga ko'chib ketgan1. Mazkur ko'rsatkichlar mamlakat ichki va tashqi migratsiya jarayonlari ancha faollashganligini ko'rsatmoqda.
Migratsion maqom bo'yicha O'zbekiston ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu tufayli, huquqshunos L. Maksakovaning fikricha, o'z o'zidan davlat uchun birlamchi vazifa uyushmagan, tartibsiz va noqonuniy migratsiyani boshqarish orqali yetkazilishi mumkin bo'lgan iqtisodiy zararni kamaytirish, inson huquqlarining buzilishini
Elektron manba: https://www.stat.uz/uz/rasmiv-statistika/demographY-2 (Murojaat vaqti:14.05.2024)
oldini olishga erishish hisoblanadi2. Buning uchun esa, mamlakatimizda migratsiya jarayonlari masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Buni 2020-yilda Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilotning Bosh direktori (o'sha vaqtda Antonio Vitorino) ham e'tirof etgan edi: Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot va O'zbeksiton Respublikasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitimni imzolash orqali, men yana bir bor O'zbeksitonni 173-a'zo davlat sifatida ko'rish imkoniyatidan, shuningdek O'zbeksiton hukumati bilan izchil rivojlanib borayotgan hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqishdan juda mamnunman. 2015-yilda Toshkent shahrida Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilotning ofisi ish boshlaganidan beri, O'zbeksiton hukumatining migratsiyani boshqarish bo'yicha samarali va zamonaviy tizimni shakllantirishga bo'lgan qiziqishi hamda qat'iy amaliy qadamlari tobora ortib borayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. O'zbeksiton rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ochiqligini, qo'shni davlatlar bilan munosabatlarda pragmatizmni namoyish etmoqda va bu borada ajoyib natijalarga erishdi.
Biz Prezident Shavkat Mirziyoyeyevning migratsiya masalalariga umummilliy darajada ustuvor ahamiyat berayotgani va xalqaro migratsiyaga bag'ishlangan mintaqaviy hamda global hamkorlikdagi faol ishtirok etishi, shuningdek, qo'llab-quvvatlashini e'tirof etamiz va qadrlaymiz3.
Migratsiya munosabatlarini tartibga solish masalasi ko'plab mamlakatlar qatori O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ham asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri sanaladi. Migratsiya munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishning obyekti sifatida davlat boshqaruv fuknsiyasini amalga oshiruvchi organlarga ushbu munosabatlarni boshqarish va tartibga solish vakolatlarini beradi. Davlat boshqaruv organlari normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, shuningdek odamlarning bir hududdan boshqa hududga ko'chishi, ularga davlat xizmatlarini ko'rsatish borasida nazoratni amalga oshirish bilan bog'liq ijro-boshqaruv vakolatiga ham ega hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng hozirgi kungacha mamlakat aholisining umumiy soni 1,5 barobarga oshdi. Har yili mehnat bozoriga yeti yuz mingga yaqin yosh ishchi kuchi kirib kelmoqda4. Ishchi kuchining ortib borishi mamlakatimiz mehnat bozoriga katta bosim o'tkazmoqda. Mehnat bozoriga bo'lgan bunday bosimni kamaytirish, aholini ish bilan ta'minlash maqsadida yurtimizda ko'plab ish o'rinlari yaratilib, aholi bandligini ta'minlash borasida katta islohotlar amalga oshirilayotganligiga qaramay, hozirgi paytda, tan olib aytishimiz lozimki, aholini mehnat bilan shug'ullanishga bo'lgan ehtiyojini yetarli darajada ta'minlashga erishayotganimiz yo'q.
Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yilda Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida bandlik masalasi davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Fuqarolarimizning chet elga chiqish chog'ida qonunbuzilishlari sodir etishlari, bundan tashqari chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning mamlakatimizga kirib kelish yoki O'zbekiston chegaralari orqali boshqa davlatlarga noqonuniy chiqib ketish yoki
2 Максакова Л. Узбекистан в системе международных миграций // Постсоветские трансформации: отражение в миграциях / Под ред. Ж. А. Зайончковской и Г. С. Витковской / М.: ИТ «Адамант», 2009. - С. - 323-349.
3 Миграция буйича халкаро ташкилот ва Узбекистан Республикаси уртасида ^амкорлик тугрисидаги битимни имзолаш муносабати билан Миграция буйича халкаро ташкилотнинг Бош директорининг видеомурожаати.
4 Ходжаева М.И. Миграция жараёнларида ме^нат миграциясининг узига хос жи^атлари: Узбекистон тажрибаси. - Т.: Узбекистон Республикасида миграция сиёсатини таъминлаш муаммолари ва ечимлари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. 2019. - Б. 5.
Page 133
respublikamizda noqonuniy mehnat faoliyati olib borish holatlari haqida avvalgi boblarda to'xtalib o'tgan edik. Ushbu bobda migratsiya munosabatlarini tartibga solish bo'yicha kamchiliklar, noqonuniy migratsiya jarayonlariga qarshi kurashish borasidagi qonunchiligimizdagi muammolar haqida to'xtalib o'tamiz.
O'zbekistonda migratsiya jarayonlari mustaqillik yillaridan boshlab rivojlanib, aholi migratsiyasi o'sa boshladi va ushbu jarayonni tartibga solish hamda mustahkamlash masalasi asosiy o'rin egallay boshladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini revojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"ni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi" yurtimizda migratsiya munosabatlari rivojlanishining yangi davrini boshlab berdi. 2017-yil mamlakatimizda migratsiya sohasida tub burilish va rivojlanish yili bo'ldi. Jumladan, passport-viza, xorijga chiqish va kirish tizimi yanada takomillashtirildi. Xususan, pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish, ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, chegara nazorati organlariga yo'lovchilar haqida dastlabki ma'lumotlarni taqdim etish amaliyotini, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinasini, chegarani kesib o'tayotganlarni qidiruvda bo'lgan shaxslar fotobazasi bilan solishtirish tizimini joriy etgan holda, aeroport va temir yo'l vokzallarida pasport nazorati tizimini soddalashtirish; alohida asoslar bo'yicha xorijga chiqish huquqini sud tomonidan cheklash tartibini kiritish; jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo'yicha "yashil" va "qizil" yo'lak tizimini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha vazifalar belgilandi5. Mazkur choralarni amalga oshirish migrantlarga qulay shart-sharoit yaratish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash, chegara nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish va samarasini oshirishga xizmat qildi deb aytishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu famon asosida "Mehnat migratsiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo'yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish borasida vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirishning mexanizm va shakllari, mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatxonalarining asosiy faoliyat yo'nalishlari, chet elda O'zbekiston fuqarolarining shaxsiy xavfsizligini ta'minlash va ularning ijtimoiy himoyasi bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo'yicha xo'jalik hisobidagi Byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o'zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o'rgatishni yuklagan holda chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko'niktirish va o'qitish, fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSh, Kanada, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yo'nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar o'tkazish kabi katta
5 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi elektron manba https://lex.uz/acts/-3107036 (murijaat vaqti 13.05.2024)
o'zgarishlarga olib keldi. Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2019-2022 yillarda qabul qilingan farmon va qarorlari bilan xorijda ishlayotgan fuqarolar ijtimoiy va iqtisodiy huquqini ta'minlash mexanizmi takomillashtirildi, bu borada zarur choralar kuchaytirildi:
Birinchidan, xorijda ishlash istagida bo'lgan fuqarolarni o'qitish tashkil etildi. Buning uchun Respublikaning barcha hududlarida jami 17 ta monomarkaz va 56 ta kasb-hunarga o'qitish markazi, 479 ta mahalla kasb-hunarga o'qitish maskani faoliyat olib bormoqda. Mehnat migrantlari jami 20 dan ortiq kasb va 7 ta xorijiy til bo'yicha tahsil olmoqdalar. 2022 yil boshidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagida bo'lgan 46,8 ming nafardan ziyod fuqaro kasb-hunarga va chet tiliga o'qishga jalb qilingan;
Ikkinchidan, xorijda ishlamoqchi bo'lganlarni ishga tartibli joylashtirish tizimi shakllandi.
Xususan, 2022 yilning 9 oyi davomida 27 mingdan ziyod fuqaro xorijga manzilli ishga yuborildi;
Uchinchidan, xorijda mehnat qilish geografiyasi kengaydi, migratsiya bo'yicha an'anaviy hamkorlarimiz - Rossiya, Qozog'iston, Janubiy Koreya, Turkiyadan tashqari Yevropa va Osiyoning ko'plab mamlakatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, Litva, Latviya, Polsha, Bolgariya, BAA, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Xorvatiya, Yaponiya, Isroil, Germaniya, Gretsiya, Qatarga tartibli ishga joylashtirish yo'lga qo'yildi, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga xizmat ko'rsatish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari tashkil etildi, O'zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonalarida mehnat migratsiyasi masalalari bo'yicha attashe lavozimi joriy etildi;
To'rtinchidan, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etildi. O'zbekistonga qaytgan mehnat migrantlariga ko'mak berish va ularning qayta integratsiyalashuvini ta'minlash tizimi shakllantirildi. Mehnat migrantlari va oila a'zolarining uy-joy sharoitini yaxshilash, ularga moddiy va tibbiy yordam ko'rsatish tartibi belgilandi. 2021 yil davomida xorijdagi 8811 migrantga huquqiy yordam, 295 102 kishiga maslahat xizmati, 6283 nafar mehnat muhojiriga ijtimoiy, 13 424 hamyurtimizga moddiy ko'mak berildi. Migrantlarning 7534 nafariga bir martalik moddiy yordam ajratildi. Shuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan 321 fuqaro uyiga qaytarilib, ish beruvchi tomonidan to'lanmay
kelingan 984,1 ming dollar miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiya undirib berildi6.
Yuqorida aytib o'tganlarimizdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda migrantlar huquqlarini himoya qilish borasida katta islohotlar amalga oshirildi hamda ushbu islohotlar natijasida migratsiya bilan bog'liq muammolar ijobiy hal qilinmoqda.
Lekin, shunga qaramay respublikamizda migratsiya bilan bog'liq muammolar, migrantlarning huquq va manfaatlari buzilishi, noqonuniy migratsiya jarayonlari oldini olish borasida ko'plab muammolar bartaraf etilmasdan qolmoqda. Quyida ushbu muammolar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Turli xil favqulodda vaziyatlar va alohida holatlarda, shuningdek pandemiya sababli iqtisodiyotning real sektori rivojlanish sur'atlarining beqarorligi oqibatida ichkimehnat bozorida yuzaga kelgan keskin vaziyat migratsiya jarayonlaridagi tanglikni keltirib chiqaradi. Ichki migratsiya oqimlarining ko'lami hududiy demografik muvozanatning va mamlakat
6 Elektron manba: https://uza.uz/oz/posts/mehnat-migrantlari-huquqini-himoYa-qilish-ustuvor-vazifa 436430 (Murojaat vaqti 14.05.2024)
hududi bo'ylab aholi ratsional taqsimotining buzilishiga sabab bo'ladi. Shu bois, migratsion vaziyatni barqarorlashtirish O'zbeksitonning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi7.
O'zbeksiton Respublikasining migratsiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, maqsad va vazifalari qonuniy jihatdan mustahkamlanmaganligi ham noqonuniy migratsiya, demografik inqirozning kuchayishi, malakali ishchi kuchining chiqib ketishi kabi salbiy oqibatlarga sabab bo'lmoqda.
Hozirgi paytda, migratsiya munosabatlarini muvofiqlashtirish va huquqiy jihatdan tartibga solish bo'yicha yagona davlat mexanizmi mavjud emasligi, mavjud tizim esa yetarli darajada samarali emasligi, mamlakatimizda migratsiya jarayonlarini nazorat qilish bir nechta idora hamda vazirliklar vakolatiga berilganligi migratsiya jarayonlaridagi qonunbuzilish holatlari snoning ko'payishiga hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
O'zbekistonda migratsiya masalalari u yoki bu darajada bir nechta vazirlik, idoralar, xususan, ichki ishlar, tashqi ishlar, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, davlat xavfsizlik xizmati (chegara qo'shinlari) tomonidan hal qilinadi. Biroq, migratsiya siyosati subyektlarining faoliyatidagi funksiyalar takrorlanishiga yo'l qo'yilmoqda. Shu bilan bir qatorda, idoralararo o'zaro hamkorlik masalalari yuqori darajada yo'lga qo'yilgan deb, ayta olmaymiz. Masalan, aholining ichki harakatlarini hisobga olish hamda ro'yxatga olish tizimi samarasiz bo'lib, bu ichki migratsiya oqimlari yo'nalishini, ulardagi aholi sonini aniqlashga, shaharlardagi demografik yukni hisoblashga imkon bermaydi.
O'zbeksiton aholisining aksariyat qismi uchun tashqi mehnat migratsiyasi asosiy daromad manbai hisoblanadi. Tashqi mehnat migratsiyasi O'zbekistonni butun dunyo bilan bog'laydi va u xalqaro mehnat bozoriga mehnat reserslarini yetkazib beruvchilarning eng yiriklaridan biri - ishchi kuchi eksportining importiga nisbatan sezilarli darajad oshib ketgan donor mamlakatidir. Ish haqi o'rtasidagi farqlar va ichki mehnat bozoridagi vaziyatning yomonlashuvi tashqi mehnat migratsiyaga undovchi asosiy omil hisoblanadi8.
Tashqi mehnat migratsiyasida 90 foizdan ortiq ulush MDH mamlakatlari bilan migratsiya aloqalariga to'g'ri keladi. Taxminan 10 foizi esa dunyoning boshqa mamlakatlari bilan migratsiya aloqalariga to'g'ri keladi.
Mehnat migratsiyasi jarayonining katta qismini ijtimoiy-iqtisodiy tizim faoliyatining asosi hisoblangan mehnatga layoqatli aholi hisoblanadi.
So'nggi yillarda qonuniy asosda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mehnat migrantlarini ish bilan ta'minlash, ularning xorijda ish bilan bog'liq mehnat munosabatlarini tartibga solish, bir qator mamlakatlar bilan xalqaro shartnomalarni qabul qilish hamda hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'yish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Ularni ro'yxatdan o'tkazish, ijtimoiy ta'minot va huquqiy himoya qilish choralari ko'rildi. Lekin, shunga qaramay mehnat migrantlari aksariyat holatlarda o'zlarining mehnat faoliyatini ijtimoiy himoya qilish, migrantlarning qonuniy huquqlari doirasidan chetda qoladigan,
7 Isoqov, L. X. Migrantlar huquqlari: qiyosiy-huquqiy tahlil. Monografiya / So'zboshi muallifi va mas'ul muharrir akademik A. X. Saidov. - Toshkent: "EFFECT-D" 2022. - 432 b.
8 Isoqov, L. X. Migrantlar huquqlari: qiyosiy-huquqiy tahlil. Monografiya / So'zboshi muallifi va mas'ul muharrir akademik A. X. Saidov. - Toshkent: "EFFECT-D" 2022. - 432 b.
himoyasiz xorijdagi O'zbekiston fuqarolarining noqonuniy mehnat migratsiyasi masalasi dolzarb bo'lib qolmoqda.
Shuningdek, migratsiya sohasida sodir bo'layotgan qonunbuzilishlari sifatida, respublikamiz fuqarolari tomonidan viza talab qilinmaydigan davlatlarga norasmiy ravishda chiqib ketish ko'lami yuqoriligi va chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning mamlakatimizga kirib kelish, unda bo'lish va mamlakatimizdan chiqib ketish qoidalariga rioya qilinmasligining oshib borayotganligini aytib o'tishimiz mumkin. Ushbu jarayon esa, migratsiya jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilikni va uning ijro etilishini migratsiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tomonidan nazorat qilishni talab qilmoqda. Bu sohani rivojlantirish istiqbollarini belgilashda xorij tajribasi katta ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy davlatlarning migratsiya munosabatlarini tartibga solish va ijrosini nazorat qilish tajribasini o'rganishda bir narsaga guvoh bo'lishimiz mumkin, ya'ni migratsiya sohasi rivojlangan davlatlarda migratsiya munosabatlarini tartibga solishda asosiy vakolatlar davlatning ichki ishlar organlari (politsiyasi) tomonidan amalga oshiriladi. Albatta, bu borada rivojlangan davlatlar qatorida MDH davlatlarining bu boradagi amaliyotini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Zero, aynan ana shu davlatlar migratsiya munosabatlari qonunchiligi milliy qonunchiligimizga yaqinroq va uyg'unroq hisoblanadi9.
MDH doirasida migratsiya sohasini huquqiy tartibga solishda katta amaliy tajribaga ega bo'lgan davlatlardan biri sifatida Belarus Respublikasini tajribasini tahlil qiladigan bo'lsak, Belarus Respublikasi migratsiya oqimlarini boshqarishda MDH davlatlari orasida yetakchi o'rinlarda turadi va ushbu davlatlar doirasida samarali migratsiya siyosatini amalga oshiradi, MDH ishtirokchi davlatlarining kelishilgan migratsiya siyosati to'g'risidagi Deklaratsiya bilan bayon etilgan prinsiplarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Belarus Respublikasining tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi migratsiya siyosati ishchi kuchini import va eksport qilishni takomillashtirishga, xorijiy ishchi kuchining nazorat qilinmaydigan oqimidan himoya qilishga va chet eldagi Belarus fuqarolarini ish bilan ta'minlash orqali ichki mehnat bozoridagi holatni yumshatishga qaratilgan. Respublikada chet ellik migrantlarni va chet eldagi Belarus fuqarolarini jalb qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshirishning lisenziyalashgan tartibi o'rnatilgan. Ushbu faoliyat turi Belarus Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma (lisenziya) asosida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashuvchi davrlar organlari orasida IIO organlari alohida o'ringa ega. Belarus Respublikasi Prezidentining 30.12.2003 yildagi "Belarus Respublikasi ichki ishlar organlari va bo'linmalari tizimini takomillashtirish choralari to'g'risida"gi farmoni bilan mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining migratsiya boshqarmasi hamda IIV pasport-viza xizmatlari va migratsiya masalalari boshqarmasi negizida IIV fuqarolik va migratsiya Departamenti hamda uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi10.
9 Ш. А. Жураев Миграция со^асидаги конунчилик ижроси устидан прокурор назорати ва уни такомиллаштириш масалалари: Магис. Диссертация. Тошкент. 2021. Б 64.
10 Указ Президента Республики Беларусь от 30 декабря 2003 года № 603 «О некоторых мерах по совершенствованию системы органов и подразделений внутренних дел Республики Беларусь» // https://
Departamentning asosiy vazifalaridan bir sifatida: mamlakatdan fuqarolarning chiqishi, qaytib kelishi va yashash joyini tanlashi; chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning respublikada bo'lish qoidalariga rioya etishini ta'minlash; tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish; migratsiya jarayonlari va holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, shuningdek davlat organlari (xorijiy mamlakatlar bilan ham) bilan migratsiyaga doir elektron axborot almashish jarayonlari huquqiy kafolatlandi.
Shu bilan birga, mamlakatning ichki va tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish sohasidagi ayrim muammolar - mehnat migratsiyasini samarali boshqarish va nazorat qilish ehtiyojini yanada orttirdi. Natijada, Belarus Respublikasining "tashqi mehnat migratsiyasi to'g'risida"gi (05.01.2016 y. №353-Z bilan to'ldirildi). Qonuniga muvofiq IIO - davlatning mehnat migratsiyasi sohasidagi siyosatini ta'minlovchi yagona sub'ektiga aylantirildi. Unga ko'ra, xorijda ishga joylashtirish bilan bog'liq faoliyatni lisenziyalash vakolatining IIV fuqarolik va migratsiya departamentiga berilishi (O'zbekistonda ushbu vakolat tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan hal etiladi) IlOning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish amaliyotini samarali tashkil etish imkonini berdi11.
Yuqorida biz ko'rib chiqqan nazariy va amaliy misollardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, migratsiya masalalarini samarali tartibga solishga erishgan xorijiy mamlakatlarda migratsiya sohasini tartibga soluvchi alohida qonun ishlab chiqilgan va ushbu omil migratsiya sohasidagi munosabatlarni samarali tartibga solishda muhim omil hisoblanadi. Shu sababdan, migratsiya sohasidagi munosabatlarni takomillashtirishda xorijiy mamlakatlar tajribasidan samarali foydalangan holda O'zbekiston Respublikasining "migratsiya to'g'risida"gi qonunni qabul qilish, hamda Jinoyat Kodeksini 2231-modda - "noqonuniy migratsiya tashkil etish" bilan to'ldirishni muhim deb hisoblaymiz.
Yuqorida aytilgan fikr-mulohazalar hamda amaliyot tahlillariga tayanib, shunday xulosaga kelish mumkinki, mamlakatimizda migratsiya jarayonlarini tubdan isloh qilishning keyingi bosqichida uni tartibga soluvchi, migratsiya masalalarini nazorat qiluvchi yagona davlat organini tuzish, uning vazifa va funksiyalarini qonun bilan tartibga solish mamlakatimizda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, noqonuniy migratsiya bilan bog'liq jarayonlarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni o'rganish, oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etishni ta'minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli farmoni. 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi elektron manba https://lex.uz/acts/-3107036 (murijaat vaqti 13.05.2024)
2. Isoqov, L. X. Migrantlar huquqlari: qiyosiy-huquqiy tahlil. Monografiya / So'zboshi muallifi va mas'ul muharrir akademik A. X. Saidov. - Toshkent: "EFFECT-D" 2022.
3. Ходжаева М.И. Миграция жараёнларида мех,нат миграциясининг узига хос жих,атлари: Узбекистон тажрибаси. - Т.: Узбекистон Республикасида миграция
11 Закон Республики Беларусь от 30 декабря 2010 года № 225-ФЗ (ред. от 05.01.2016) «О внешней трудовой миграции» // http://www.consultant .ru/cons/cgi/online.cgi?req=doc&base=LAW&n (мурожаат ва^ти: 10.05.2024)
Page 138
сиёсатини таъминлаш муаммолари ва ечимлари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. 2019.
4. Л. Х. Исо;ов Но;онуний миграция тушунчаси, унинг давлат ва жамиятга таъсири Узбекистон Республикаси Х,укук;ни мух,офаза ;илиш академиясининг ахборотномаси. Т. "Credo Print" нашриёти, 2023.
5. Ш. А. Жураев Миграция сох,асидаги ;онунчилик ижроси устидан прокурор назорати ва уни такомиллаштириш масалалари: Магис. Диссертация. Тошкент. 2021.
6. Миграция буйича хал;аро ташкилот ва Узбекистон Республикаси уртасида х,амкорлик тугрисидаги битимни имзолаш муносабати билан Миграция буйича хал;аро ташкилотнинг Бош директорининг видеомурожаати.
7. Максакова Л. Узбекистан в системе международных миграций // Постсоветские трансформации: отражение в миграциях / Под ред. Ж. А. Зайончковской и Г. С. Витковской / М.: ИТ «Адамант», 2009.
8. Elektron manba: https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2 (Murojaat vaqti:14.05.2024)
9. Elektron manba: https://uza.uz/oz/posts/mehnat-migrantlari-huquqini-himoya-qilish-ustuvor-vazifa_436430 (Murojaat vaqti 14.05.2024)
10. Закон Республики Беларусь от 30 декабря 2010 года № 225-ФЗ (ред. от 05.01.2016) «О внешней трудовой миграции» // http://www.consultant .ru/cons/cgi/online.cgi?req=doc&base=LAW&n (мурожаат ва;ти: 10.05.2024).
11. Указ Президента Республики Беларусь от 30 декабря 2003 года № 603 «О некоторых мерах по совершенствованию системы органов и подразделений внутренних дел Республики Беларусь» // https:// belzakon.net //Законодательство Указ_Президента_РБ/2003/5121 (мурожаат ва;ти: 10.05.2024).