Научная статья на тему 'RESIVERDAGI HAVO BOSIMI VA ELEKTROMAGNIT IMPULSLI KLAPANNI O‘RNATISH MASOFASI BILAN HAVO OQIMINING TA’SIR DOIRASIGA BOG‘LIQLIGINI ANIQLASH BO‘YICHA EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR'

RESIVERDAGI HAVO BOSIMI VA ELEKTROMAGNIT IMPULSLI KLAPANNI O‘RNATISH MASOFASI BILAN HAVO OQIMINING TA’SIR DOIRASIGA BOG‘LIQLIGINI ANIQLASH BO‘YICHA EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tola / resiver / havo oqimi / elektromagnit impulsli klapan / havoning ta’sir doira / havo bosimi / separator / ventilyator / bir omilli tajriba / regression tenglama / kiruvchi omillar / chiquvchi omillar. / волокно / воздушный ресивер / воздухозаборник / соленоидный клапан / область влияния воздушного потока / давление воздуха / сепаратор / центробежный вентилятор / однофакторный эксперимент / уравнение регрессии / входные факторы / выходные факторы.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mirgulshanov Komoliddin, Sarimsakov Olimjon

Maqolada tajriba asosida resiverdagi havo bosimi va elektromagnit impulsli klapani o‘rnatish masofasi bilan havo oqimining ta'sir doirasi orasida to‘g‘ri chiziqli regression bog‘lanish bo‘yicha o‘tkazilgan eksperiment natijasida olingan regression tenglamalar tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Experimental research on determining the relationship of the area of influence of the airflow with the air pressure in the receiver and the installation distance of the solenoid valve

В статье проведен анализ уравнений регрессии, полученных в результате эксперимента по линейной регрессионной зависимости между давлением воздуха в воздушном ресивер и расстоянием, на котором установлен соленоидный клапан, и зоной влияния воздушного потока.

Текст научной работы на тему «RESIVERDAGI HAVO BOSIMI VA ELEKTROMAGNIT IMPULSLI KLAPANNI O‘RNATISH MASOFASI BILAN HAVO OQIMINING TA’SIR DOIRASIGA BOG‘LIQLIGINI ANIQLASH BO‘YICHA EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR»

TEXNOLOGIYA

УДК 677.21

RESIVERDAGI HAVO BOSIMI VA ELEKTROMAGNIT IMPULSLI KLAPANNI

O'RNATISH MASOFASI BILAN HAVO OQIMINING TA'SIR DOIRASIGA BOG'LIQLIGINI ANIQLASH BO'YICHA EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR

Mirgulshanov Komoliddin Namangan toqimachilik sanoati institute, Tayanch doktorant, mka.phd2022 @gmail. co m

Sarimsakov Olimjon

Namangan toqimachilik sanoati institute, T.f.d., professor, [email protected]

Annotatsiya. Maqolada tajriba asosida resiverdagi havo bosimi va elektromagnit impulsli klapani o'rnatish masofasi bilan havo oqimining ta'sir doirasi orasida to'g'ri chiziqli regression bog'lanish bo'yicha o'tkazilgan eksperiment natijasida olingan regression tenglamalar tahlili keltirilgan.

Аннотация. В статье проведен анализ уравнений регрессии, полученных в результате эксперимента по линейной регрессионной зависимости между давлением воздуха в воздушном ресивер и расстоянием, на котором установлен соленоидный клапан, и зоной влияния воздушного потока.

Abstract. In the article, an analysis of the regression equations obtained as a result of an experiment on the linear regression relationship between the air pressure in the air tank and the distance from which the selenoid valve is installed, and the area of influence of the airflow.

Tayanch so'zlar: tola, resiver, havo oqimi, elektromagnit impulsli klapan, havoning ta'sir doira, havo bosimi, separator, ventilyator, bir omilli tajriba, regression tenglama, kiruvchi omillar, chiquvchi omillar.

Ключевые слова: волокно, воздушный ресивер, воздухозаборник, соленоидный клапан, область влияния воздушного потока, давление воздуха, сепаратор, центробежный вентилятор, однофакторный эксперимент, уравнение регрессии, входные факторы, выходные факторы.

Key words: fiber, air tank, air intake, solenoid valve, area of influence of the airflow, air pressure, separator, centrifugal fan, single-factor experiment, regression equation, input factors, output factors.

Respublika to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mahalliy to'qimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun sharoitlar yaratish asosiy vazifalardan biridir [1].

Paxtani birlamchi qayta ishlash texnikasi va texnologiyalarini takomillashtirish hisobiga mashinalar unumdorligini va tozalash samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan tola, chigit va lint sifatini yaxshilaydigan texnologiyalar yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. O'z navbatida, to'qimachilik sanoatining tola sifati va assortimentiga qo'yadigan talablari ortib bormoqda. Talab qilingan sifatga ega bo'lgan paxta tolasini ishlab chiqarish bugungi kunda paxta tolasi ishlab chiqaruvchilari oldidagi asosiy muammolardan biridir [2].

Separatorlarda ventilyator orqali hosil qilingan havo bosimining yo'qolishiga sabab bo'ladigan yuqori aerodinamik qarshiliklar sabablari to'liq ochib berilmagan. Bundan tashqari, separatorlar yordamida paxtani havodan ajratish jarayonida tolada nuqsonlar hosil b o'lib, paxta sifati buzilishiga olib keladi. Shuningdek, tolalarning havo oqimi bilan chiqib ketishi hamda paxtani to'rli yuzaga yopishib qolishi va sidirgichlarning to'r yuzasidagi paxtani to'liq ajratib ololmasligi natijasida separatorda tiqilishlar sodir bo'ladi. Natijada paxtani havodan ajratish jarayonida paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish va separator ishchi kamerasida ichki

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

bosimning kamayishiga erishish maqsadida yangi qurilmada tajriba olib borildi [3].

Resiverdagi havo bosim va elektromagnit impulsli klapan o'rnatish masofasi bilan havo oqimining ta'sir doirasi ta'sirini aniqlash maqsadida eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi. Tajriba "Art soft holding" MChJ ga qarashli Chust paxta tozalash korxonasidagi CC15-A rusumli mashinada olib borildi (1-rasm). Sinovlar Namangan 34 seleksion navli, III-sanoat navli, namligi 7,8 % va iflosligi 16,3 % qo'l terimli paxtada o'tkazildi. Resiverdagi havo bosimi, 0,5 va 1,5 bar bo'lganda elektromagnit impulsli klapa o'rnatish masofasi, 10 va 30 sm, 1 daqiqa mobaynida ishlatildi. So'ng separatordagi havo oqimining ta'sir doirasi aniqlandi.

Mavjud tadqiqotlarning tahlili asosida texnologik jarayonlarni boshqarishning yangi qurilmalari va tizimlaridan foydalanib resiverdagi havo bosim va elektromagnit impulsli klapan o'rnatish masofasi bilan havo oqimining ta'sir doirasi tezligini rostlash jarayonini takomillashtirishning ratsional yo' nalishini tanlash, resiverdagi havo bosim va elektromagnit

1-rasm. Resiver ichidan chiqayotgan havoning ta'sir doirasini aniqlash

O'tkazilgan bir omilli tajribalardan kelib chiqib, ta'sir etuvchi omillar ressiverdagi havo bosim, x1 va elektromagnit impulsli klapani o'rnatish masofasi, x2 bilan havo oqimining ta'sir

doirasi, y2 orasida to'g'ri chiziqli regression bog'lanish bor ekanligi aniqlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib tajribalar uchun to'la omilli tajriba (TOT) 22 matritsasi asosida tajribalar o'tkazilib regression matematik model olamiz.

1-jadval

Omillar X min X max A X 0

Ressiverdagi havo bosimi, Bar 0,5 1,5 0,5 1,0

"Pushka" ni o'rnatish masofasi, sm 10 30 10 20

X|, X 2 -1 1 0

2-jadval

Variant raqami Omillik darajasi yui yu 2 y u3 yu s2( y ) W " R

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

xi X2

1 - - 37,4 38,8 38,2 38,13 0,4933 1,99

2 + - 45,1 44,3 45,2 44,87 0,2433 1,66

3 - + 44,8 44,7 44,8 44,77 0,0033 1,50

4 + + 53,4 53,0 53,1 53,17 0,0433 1,85

180,93 0,7833

1-jadvalda rejaning tabiiy berilishi va 2-jadvalda rejalashtirish matritsasi keltirilgan. Kompyuter dasturidan foydalanib, havo oqimining ta'sir doirasi ressiverdagi havo bosimi va elektromagnit impulsli klapani o'rnatish masofasi bilan bog'liqlik quyidagi regression tenglamasi olindi, Koxren, Styudent va Fisher mezonlari bo'yicha tekshirildi:

y2 = 45,2 + 3,8^ + 3,7 x2 + 0,4x^2

1,0 n

53,1

45,2

50,6

42,5

X

48,0

38,1

X2

2-rasm. Regression chiziqning chiqish parametri y (havo oqimining ta'sir doirasi) ning

har xil qiymatlaridagi grafigi

O'tkazilgan tajribalardan kelib chiqib, ta'sir etuvchi omi llar resiverdagi havo bosim va elektromagnit impulsli klapan o'rnatish masofasi bilan havo oqimining ta'sir doirasi orasida to'g'ri chiziqli regression bog'lanish bor ekanligi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari" to'g'risida farmoni armoni, 01.05.2024 yildagi PF-71-son.

2. "Xalqaro standartlar asosida maxsulot sifatini ta'minlashda energiya va resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarni qo'llashning innovasion usullari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

Namangan-2024. 446-bet

3. "Xalqaro standartlar asosida maxsulot sifatini ta'minlashda energiya va resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarni qo'llashning innovasion usullari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman. Namangan-2024. 448-bet

4. U.X.Meliboyev. To'qimachilik sanoati texnologik jarayonlarini modellashtrish asoslari. Namangan-2020. 71-79 bet.

5. "International Conference on Developments in Education" Hosted from Toronto, Canada, 13-bet.

6. 33rd - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education, Hosted from Berlin, Germany, 30-bet

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.