Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
RASTOROPSHA - SILYBUM MARIANUM L. NING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINING BA'ZI JIHATLARI.
Ma'mura Niyozmatjonovna Sodullayeva
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti
ANNOTATSIYA
Rastaropsha - Silybum marianum L. Asteraceae oilasiga mansub. O'zbekiston sharoitida bir yillik o'simlik. Rastoropsha navlaridan kerakli kimyoviy tarkibga ega o'simlikni yetishtirish uchun agrotexnikalar, o'g'it qo'llash usullarini bilish muhim hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Rastoropsha, kimyoviy tarkibi, yetishtirish texnologiyasi, tajribalar.
АННОТАЦИЯ
Растраропша — Silybum marianum L., относящийся к семейству сложноцветных. Однолетнее растение в условиях Узбекистана. Важно знать агротехнику и способы внесения удобрений, чтобы вырастить из сортов растаропши растение с необходимым химическим составом.
Ключевые слова: Расторопша, химический состав, технология возделывания, опыты.
ABSTRACT
Rastraropsha -Silybum marianum L., belonging to the Asteraceae family. An annual plant in the conditions of Uzbekistan. It is important to know agrotechnics and methods of fertilizer application in order to grow a plant with the required chemical composition from the varieties of rastaropsha.
Keywords: Rastoropsha, chemical composition, cultivation technology, experiments.
KIRISH
To'g'ri yoki shoxlangan, burushiq, silindrsimon, yalang'och yoki yuzasi unsimon qoplama bilan qoplangan kuchsiz to'rsimon-tukli, balandligi 1-1,5 m. Uning faol o'sishi shonalash fazasiga to'g'ri keladi.
Barglari - o'tkir tishli parraklarga ega, parsimon-parraknamo yoki parsimon-ajralgan ko'rinishda, yashil, yaltiroq,
May 12-13
797
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
katta oq dog'larga ega; barglarining rozetkasi - bandli, yotiq-poyasimon, asosiy poyani o'rab turadi. Pastdagi barglar yirik, uzunligi 80 sm gacha, eni 30 sm gacha, rozetkalarga yig'ilgan, to'lqinsimon, o'simlik katta meduzani eslatadi.
To'pguli -diametri 3-6 sm bo'lgan savatcha, cho'zinchoq, ko'pincha sharsimon, novda va shoxchalarning uchida bir donali. O'rami cherepitsali, ignali yoki o'tkir yashil bargchalardan iborat. Gulo'rni yassi, etli. To'pgulda 80 dan 100 tagacha gullar shakllanadi.
Gullari -naysimon, binafsharang, pushti rang, kamdan-kam xolatda oq. Bitta to'pgulning gullashi o'rtacha 2-6 kun davom etadi. To'pgulda gullarning joylashuvi -markazdan tarqalishi kuzatiladi. Uning xushbo'yi xidi asal-yasminli, muattar. Rastoropsha uchun gulchangi shamol yordamida tarqalishi xos emas. Germaniyada maxsus o'tkazilgan tajribalarga muvofiq, changlanishdan 2 soat o'tgach, to'pguldagi gullarning 25% da meva tuguladi va 90-100 % mevalarni o'z-o'zidan changlanish ta'minlaydi.
Mevasi -urug'chalari kokilli, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, uzunligi 8 mm gacha, eni 2-4 mm, qalinligi 1-3 mm, ozgina yapaloq, tuksiz, yaltiroq, to'q jigarrang yoki qora, uzun-uzun cho'zinchoq qo'ng'irsimon dog'larga ega. Urug'chalarda gulkosaning qo'shimchalaridan shakllangan uchar kokilchalar ularni shamol yordamida ko'chishiga yordam beradi.
Shifobaxsh xususiyatlari. U varikoz tomirlari, poliartrit, xoletsestit, jigar distrofiyasi, zaharlanish, shu jumladan, spirtli ichimliklar, diabet va tish og'rig'ini davolashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, u nur va kimyoterapiya kurslaridan keyin ham tavsiya etiladi. I.A. Voronova tomonidan o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda o'zining o'zgaruvcha iqlim sharoiti bilan xarakterlanadigan Pavoljening quruq cho'lida, tuproq iqlim sharoitidan tashqari, rastoropsha urug'larining sifatiga o'tmishdosh o'simliklar ham ta'sir qiladi. Shu sababli, qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishning asosiy elementlarini ishlab chiqishda ham, dehqonchilik tizimida ham, tuproqlarning turli tiplari va relefdagi joylashuvida almashlab ekishda alohida o'rin ajratiladi. Urug'ning sifatiga o'tmishdoshidan ko'ra, iqlim sharoitlari, jumladan, yog'inlar issiqlik bilan ta'minlanishi ham katta ta'sir ko'rsatadi. Rastoropsha uchun eng yaxshi o'tmishdoshi bu- ekilmaga shudgor ( dam berilgan yer ) va kuzgi bug'doydir. Ular o'z navbatida, nafaqat, katta miqdordagi urug' hosilini olish, balki uning sifat ko'rsatkichlarini oshishini ham ta'minlab beradi. Rastoropshani erta bahorda boshqa bahorgi ekinlar kabi ekish lozim. Urug'larning unuvchanligi kamida 70-80 %, tozaligi jihatdan kamida 94- 96 %
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
bo'lib, ular birinchi yoki ikkinchi sinfga mos kelishlari kerak. Urug'larga ekishdan oldin ishlov berish talab qilinmaydi. Ochiq grunt joylarda qator orasi 45-50 sm, ekish chuqurligi 2-4 sm, ekish me'yori gektariga 18- 20 kg, hamda o'simliklar orasidagi masofa 22-25 sm bo'lishi talab etiladi.
A.N. Kshnikatkinaning ta'kidlashicha rastoropsha o'simligini yetishtirish davomida uning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, rastoropsha mevalarining gullashi pishishi uzoq davom etadi, jumladan birinchi gular iyun oyida paydo bo'la boshlasa, oxirgisi senyabr oylariga to'g'ri kelishi mumkin. Shuningdek, birinchi mevalari avgust oyining boshlarida pishgan bo'lsa, oxirlari oktyabr oyining o'rtalarida pishadi. V.V. Pashkevichning fikricha, rastopropshani kuzda unumdor tuproqqa ekish zarur, urug'larni chuquroqqa tashlab bahorda yangi chiqqan maysalarni qator oralari 45 sm bo'lgunga qadar, siyraklashtirish lozim. Qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtirish texnologiyasida innovatsion usullarda foydalanganda ularning ob'ektiv baholanishi va agrotexnologik usullardan foydalanishning energetik samaradorligini aniqlash muhimdir. Energetik samaadorlik nuqtai nazaridan, rastoropshani dorivor galega o'simligi bilan ekilganda samarali yetishtirish 4,28 bioenergiya koeffitsiyentiga teng bo'lgan. Organik o'g'itlardan foydalanish ushbu ko'rsatkichni 2,02 - 2,85 birlikka kamaytiradi. Rastoropshani yoppasiga ekish usulida eng maqbul davri may oyining ikkinchi o'n kunligidir, urug' hosildorligi esa tabiiy fonda gektariga 1,03 t bo'lgan. Mineral o'g'itlar nisbatida N30P60K60 bo'lganida urug' hosildorligi gektariga 1,22 t oshganligi kuzatilgan. Eng yuqori energetik samaradorlik mineral o'g'itlar N30P60K60 nisbatda qo'llanganda 42,40 - 44,18 gDj/ga, hamda erta bahorda ekilganda 2,07 -2,15 birlikda bioenergiya koeffitsiyenti aniqlangan. Bundan rastoropshani ekishdan oldin urug'larini fiziologik faol moddalar bilan yuqtirilganda 2,99-3,85 birlikkacha bioenergiya koeffitsiyenti oshganligi kuzatilgan. Eng yuqori bioenergetik samaradorlik urug'larni Agrika preparati bilan Sliplant va natriy gumati bilan ishlov berilganda olingan (3,85). Ukrainalik olimlarning fikricha, rastoropshaning hosildorligi qator orasiga, o'simliklar soniga, yig'ishtirish usullari va tuproq-iqlim sharoitlariga bog'liq. Rastoropsha urug'laridan olingan eng yuqori hosildorlik qator orasi 30 sm va ekish meyori gektariga 333 ming donani tashkil qilgan variantda kuzatilgan bo'lib, 1,68 t/ga ni tashkil qilgan hamda nazorat variantga nisbatan 0,58 t/ga yuqori bo'lgan. Kshnikatkina va boshqalarning o'tkazgan tajribalarida,rastoropsha o'simligi ekish davomida faqat uchinchi yildagina barglarning eng kata yuzasi 51,8 - 53,6 ming m/ga,
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
fotosentrik potensiali esa 1,47 - 1,50 million m /ga bo'lganligini aniqlaganlar hamda fotosintez mahsuldorligi kun davomida 4,09 - 4,97 g/ m ekanligini kuzatganlar. Murakkab gumin o'g'itlar va o'sishini tezlashtiradigan fitoregulyatorlar o'sish jarayonlarini faollashtiradi, bu esa yanada kuchli assimilatsiya apparati shakllanishiga yordam berdi. Rastoropsha urug'larini ekishdan oldin mikroo'g'it saqlagan preparatlar bilan ishlov berilganda shonalash davri va gullash fazasi boshlanganda 46,3 - 56,2 ming m /ga eng katta maydon hosil qilgan bo'lib, nazorat naviga nisbatan 14,0 - 38,4 % oshganligi kuzatilgan. Rastoropsha barglarining maksimal yuzasi SuperGumisol fitopreparati bilan ishlov berilganda aniqlangan, ya'ni 56,2 ming m /ga. O'tkazilgan uch yillik tajribalardan o'rta hisobda Baykal EM - 1 fitopreparati bilan K/Na gumati qo'shib qo'llanilganda kun davomida rastoropsha barglarining eng
9 9
katta barg yuzasi 60,4 ming m /ga, fotosinterik potensiali 3,01 million m /ga, hamda fotosintez mahsuldorligi 2,82 g/ m ekanligi aniqlangan. Voronova I.A. tajribalarida, rastoropsha ekishdan oldin hamda shonalash davrida agrokimyoviy vositalardan Albit, Siliplant va kaliy yoki natriyli guminlar bilan ishlov berilsa ancha samarali ekanligi aniqlangan bo'lib, bunday usulda urug' hosildorlligi 20,8 - 41,1 ga oshganligi kuzatilgan. Shuningdek, ushbu usullar bilan rastoropsha yetishtirilganda hudud agrotsenozining fotometrik ko'rsatkichlari urug' hosildorligi oshganligi aniqlangan. Shu bilan birga, rastoropsha urug'ining biologik qiymati aminokislotalar, flavolignanlar, vitaminlar, mikroelementlar sonining ko'payishi hamda og'ir metallar tarkibining kamayishi qayd etilgan. Yuqorida qayd etilgan omillar ta'siri hisobiga rastoropsha urug'ining tarkibidagi yog' miqdori 2,3 - 5,0 % gacha oshganligi isbotlangan.
E.A. Omer va boshqalarning tajribalarida rastoropsha o'simligini yetishtirish davomida azot va kaliy bilan o'g'itlaganda urug' hosildorligiga va urug'larning kimyoviy tarkibiga ta'sir qilgan. Qator orasi 25 sm bo'lganda yuqori urug' hosildorligiga erishilgan bo'lsa, qator orasi 50 sm bo'lganda esa urug'larning moydorligi va flavolignanlar miqdori kamayishi kuzatilgan. Lekin, rastoropshani yetishtirish davomida gektariga mineral o'g'itlardan N - 140 kg, K2O - 115 kg berilganda urug' hosildorligi, shu bilan birga, moydorligi va flavolignanlar miqdori oshganligi kuzatilgan. Shuningdek, qator orasi 50 sm qilib belgilangan variantda urug' tarkibidagi silibin miqdori 2 % ga oshganligi kuzatilgan . Ahmad Estaji va boshqalarning tajribalarida mineral o'g'itlardan azotni rastoropsha o'simligining morfologik xususiyatlari, urug' hosildorligi va silimarin miqdoriga ta'siri o'rganilgan. Tajribalar split uchastka shaklida
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
o'tkazilgan bo'lib, bunda asosiy omillar gektariga N - 0 kg, N - 50 kg, N - 100 kg qilib belgilngan. Eng yuqori urug' hosildorligi N - 100 kg bo'lgan variantda aniqlangan bo'lsa, eng past urug' hosildorligi N - 0 kg bo'lganda kuzatilgan. Lekin, urug'larning kimyoviy tarkibiga, ya'ni silimarin, silibin, silidianin A va silikisten miqdorining miqdorining o'zgarishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmagan.
REFERENCES
1. Xolmatov.X, Ahmedov. O' Farmakognoziya: darslik, Toshkent, Ibn Sino nomidagi NMB, 1995.
2. Corchete. P Silyubum marianum (L.) Gaertn: the Source of Silymarin. In: Bioactive Molecules and Medicinal Plants, Ramawat KG, Merillon JM (eds.).
3. Косаковская И.В. Физиолого-биохимические основы адаптации растений на стрессы // - Киев. - 2003.
4. Недуха О.М. Влияние водного дефицита на листья растений // Укр. бот. журнал. - 2001.
5. Полевой В.В. и др. Практикум по росту и устойчивости растений // - Спб.: Изд-во С.-Петерб. Ун-та. - 2001.
May 12-13