Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
MOYLI QAVOQNING AHAMIYATI VA DUNYO BO'YICHA
YETISHTIRILISHI
B. M. Eshonkulov
TDAU Samarqand filiali, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari
Bugungi kunda dunyo bo'yicha o'rtacha yiliga 26,5 mln. tonna qavoq yetishtiriladi, shundan eng yirik yetishtiruvchilardan Xitoyda 425 ming gektarda 7,8 mln. tonna, jon boshiga 5,63 kg, Hindistonda 528,7 ming gektar maydonda 5,1 mln. tonna, Rossiyada esa 57 ming gektar maydonda 1,22 mln. tonna qavoq yetishtiriladi. Qavoqning o'rtacha hosildorligi dunyoda 20-25 tonna bo'lsa, ayrim davlatlarda masalan Indoneziyada gektaridan o'rtacha 70 tonnagacha hosil olinadi.
Qavoqdoshlar oilasi (Cucurbitâceae)ning yer yuzida 800 ga yaqin, O'zbekistonda esa 18 turi o'sadi. Bu oilasiga asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) o'rmalab yoki barg qo'ltig'idan chiqadigan jingalaklar bilan ilashib o'sadi. Barglari oddiy, ketma-ket o'rnashgan, yaproqlari panjasimon bo'lingan yoki panjasimon qirqilgan. Gullari to'g'ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab. Kosachasi 5 ta kosachabargning, toji ham 5 ta tojbargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo'lib qo'shilgan, 1 tasi erkin. Ba'zi vakillarida hamma changchilarining iplari o'zaro qo'shilgan. Urug'chilari 3 ta, lekin ularning tuguncha va ustunchalari ham bir-biri bilan qo'shilgan bo'lib, ugunchasi ostki hisoblanadi.
Qavoqning kelib chiqish markazi Janubiy Amerika va shimoliy Amerikaning Janubiy qismlari, Old Osiyo va Afrika qavoqning ikkilamchi markazlari bo'lib hisoblanadi. Umuman olganda qavoqning barcha turlari urug'larida moy saqlaydi. Bizlarda keng tarqalgan qavoq turlaridan biri oshqavoqdir Cucurbita maxima Duch. "Moyli qavoq" Cucurbita pepo L., urug'i qain qobiqlarsiz (mutatsiya tufayli bu belgisini yo'qotgan) bo'lib, yupqa va rangsiz qoplamali bo'lganligi sababli undan moy olish nisbatan yengil. O'tgan asrning 80- yillariga kelib Vengriya va AQShda urug'lari qobiqsiz bo'lgan qavoq ekina boshladi va bu moyli qavoq deb nomlandi.
Bugungi kunda dunyo bo'yicha 100 ming gektar atrofida moyli qavoq yetishtirilmoqda Shundan 40 ming gektarga yaqini
Sh. Olmosov
TDAU Samarqand filiali magistranti.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Avstriyada bo'lsa, 45 ming gektari boshqa Yevropa davlatlarida, qolgan 15 ming gektarga yaqini Xitoyga to'g'ri keladi.
Moyli qavoqning poyasi 10 metrgacha o'sadi, optimal sharoitda har bir poya 10 cm. kuniga o'sishi mumkin. Barglari panjasimon va katta bo'lib tuklar bilan qoplangan. Mevasi genetik juhatdan va yetishtirish sharoitiga ko'ra turlich bo'lishu mumkin. Mevasining shakli turlicha, yumoloq, oval, noksimongacha o'zgaradi. Rangi esa och sariqdan to'q sariqqacha, ba'zi navlarida och yashil hamda yashil rangdagi uzun chiziqli bo'ladi.
Meva ichida urug'lari 3-5 tagacha bo'lgan kameralarda joylashadi. Vegetatsiya davrida urug'lar mevaga osilgan holda, meva pishganda esa meva ichidagi bo'shliqda erkin holda shoylashadi. Urug'larning mevadan ajralib joylashishi, hosilni yig'ishtirish davri kelganidan dalolat beradi. Urug'lar yetilgandan so'ng havo temperaturasi va namlikning o'zgarishiga qarab urug'lar una boshlash ehtimoli yuqori, shu sababli hosilni o'z vaqtida yeg'ishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Moyli qavoq mevasining yirikligi navlar bo'yich turlichadir, o'rtacha 3-5 kg ni tashkil etadi. Meva ichidagi urug'lar soni ham turlicha bo'lib 87 tadan 237 tagacha ekanligi aniqlangan (Neumann, 1957).
Urug'larning uzunligi o'rtacha 16-22 mm, eni 8-12 mm va 2-3 mm qalinlikda bo'ladi. Urug'larning shakli uchli bo'lib, yassi, ovalldan yuxumsimongacha bo'ladi (Schuster 1192). Urug'larning kattaligi va shakli navaqat navlar orasida, balki nav ichida ham farq qiladi. Ming dona urgug' vazni 160-200 grammni tashkil etadi. Ko'pgina navlarda urug; miqdori meva vaznining 1%ni tashkil etsa, seleksion navlarda bu ko'rsatkich 2-3 %ni tashkil etadi.
Moyli qavoq urug'lari ba'zan "qobiqsiz" deb ham yuritiladi. Ba'zi olimlarning fikricha bu mutatsiya ta'sirida emas, balki oddiy yuqa qobiqli tur hisoblanishi takidlangan (Reiterer 1994).
Moyli qavoq urug'lari tarkibidagi protein va moy muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Albumina va Globulin proteinning asosiy qisimlarini tashkil etadi. Moy miqdori turlicha bo'lib 100 gramm urug'da 45-49 grammgacha bo'lishi kuzatilgan (Lelley, 2009). Urug' tarkibida
May 12-13
453
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
eng muhim moy kislotalari palmitik kislotasi (C 16:0), stearin kislotasi (C 18:0), moy kislotasi (C 18:1) va linol kislotasi (C 18:2). Ushbu kislotalar uning tarkibidagi moy kislotalarining 98% dan ko'prog'ini tashkil qiladi, linol kislotasi eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Moy kislotalarining miqdori haroratga bog'liq. Ba'zi Yevropalik olimlarning tadqiqotlariga ko'ra (1994 yil) iyul-oktyabr oylarida o'rtacha havo harorati 15,8 0C bo'lganda Linol kislotasining konsentratsiyasi 48% ni, keying yil kunguzgi o'rtacha havo harorati 15,2 0C bo'lganda esa Linol kislotasining konsentratsiyasi 57%ni tashkil qilganligi kuzatilgan.
O'zbekistonda ham o'simlik moyiga bo'lgan talabning yuqoriligi hamda ichki bozordahi narxlarni barqaror ushlab turish maqsadida Davlatimiz rahbarining joriy yil 31-maydagi "Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlash va monopoliyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan joriy yil 1 iyundan boshlab o'simlik moyi, jumladan, paxta va kungaboqar moyini eksport qilish vaqtincha taqiqlandi. Shu bilan birgalikda ushbu qararor bilan kungaboqar urug'lari, shuningdek, boshqa moyli o'simliklarning urug'lari va mevalari eksporti to'xtatildi. Bundan maqsad axolini sifatli oziq ovqat maxsulotlariga bo'lgan talabini qondirishdan iborat.
Yuqoridagilarni inobatga olib TDAU Samarqand filialida ham moyli qavoqning O'zbekiston tuproq-iqlim sharoitlariga mos, kasallik va zararkunandalarga chidamli, urug'i tarkibida moy miqdori yuqori navlarini tanlash va ular asosida yangi navlarni yaratish mqsadida Yevropadan keltirilgan 10 ga yaqin nav va duragaylari ekib o'ragnilmoqda.
Moyli qavoqning oprimal rivojlanishi uchun odatda 0,5 m2 dan 1,0 m2 gacha maydon talab etiladi. Tajribalarimizda nav namunlarni ikki xil 0,5x1 metr va 0,5x1,5 metr sxemada joylashtirildi. Bu yerda o'simliklar orasi 0,5 metr va qator orasi 1-1,5 metrni tashkil etadi.
Moyli qavoq nav-namunalarining unuvchanligi
№ Nav va namuna nomi Ekilgan urug'lar soni, dona Ekilgan vaqti Unib chiqqan kuni Unib chiqqan o'simliklar soni Unib chiqqan o'simliklar foizda
1 Solor, F1-Hybride 75 16.03.2023 30.03.2023 71 95%
May 12-13
454
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Musquee de 70 60 86%
2 Provence 16.03.2023 25.03.2022
3 Amoro 80 16.03.2023 25.03.2022 75 94%
4 Barbara F1 85 16.03.2023 30.03.2023 79 93%
Lunga Piena di 65 51 78%
5 Napoli 16.03.2023 31.03.2023
6 Uchiki kiri 100 16.03.2023 24.03.2022 63 63%
7 Sperli's Gourmet 80 16.03.2023 25.03.2022 42 53%
8 Sweet Mama F1 75 16.03.2023 28.03.203 69 92%
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki olib borilgan tajribalarimizda o'rganilgan nav-namunlarar orasida urug'larning unuvchanligi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich "Solor, F1-Hybride" duragayida (95%) va Amora navida (94%) ekanligi, eng past ko'rsatkich esa Sperli's Gourmet namunasida (53%) ekanligi kuzatildi.
REFERENCES
1. NEUMANN, D. (1952): Die Blühverhältnisse und der Frucht- und Samenansatz beim Ölkürbis (Cucurbita pepo L.) nach natürlicher und künstlicher Bestäubung. Z. Pflanzenzüchtung . 31: 513-544.
2. LELLEY, T., LOY, B. und MURKOVIC, M. (2009): Hull-less oil seed pumpkin. In: VOLLMANN, J. und RAYCAN, I. (2009): Oil Crops - Handbook of Plant Breeding. New York: Springer, 469-492.
3. SCHUSTER, W. (1992): Ölpflanzen in Europa. Frankfurt am Main: DLG-Verlag, Zit. n. TAPPLER, H. (2000).
4. Normurodov, D., Eshonkulov, B., & Oblokulov, F. (2018). Agrobiological basis of virusfree potato seed industry. Вестник Мичуринского государственного аграрного университета №, 4, 201837.
5. Ergashev, I. T., Normurodov, D. S., & Eshonkulov, B. (2017). Scientific basis of virus-free seed potato.
6. www.agro.uz
May 12-13
455