Xolmuratova G.M.
TIKXMMI(MTU)Doktoranti Xujamqulova X.I.
TIKXMMI (MTU) katta oqituvchi
RAQAMLI IQTISODIYOTNING AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI
Anotatsiya: Maqolada O'zbekiston agrar sohasini raqamlashtirish jarayonining umumiy masalalari va uning ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya sharoitidagi samaradorligi ko'rilgan. Maqolani bayon qilish borasida qishloq xojaligini raqamlashtirishning asosiy elementlari umumlashtirilgan va tarkiblashtirilgan, umingfunksiyalari tizimlashtirilgan
Kalit so'zlar: Avtomatlashtirish, raqamli, agrar.
Kholmuratova G.M. doctoral student TIKHMMI (MTU) Khojamkulova Kh.I. senior teacher TIKXMMI (MTU)
THE ROLE OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE DEVELOPMENT OF THE AGRICULTURAL SECTOR
Abstract: The article deals with the general issues of digitization of the agricultural sector of Uzbekistan and its effectiveness in the conditions of socioeconomic transformation. The main elements of the digitization of agriculture are summarized and structured in the article, and its functions are systematized.
Keywords: Automation, digital, agriculture.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot jamiyatning shu bilan birgalikda iqtisodiyotning ham barcha sohalariga kirib bormoqda. Qishloq xo'jaligi ham bundan mustasno emas. Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish orqali bu sohani yanada rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Zamonaviy jamiyat uchun raqamli iqtisodiyot nisbatan yangi jarayondir. Hukumatimiz tomonidan ham bu borada bir qaror amaliy darajadagi ishlar olib borilmoqda. Bu sohani rivojlantirish orqali, agrar sohasida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, texnologik yechimlar va uskunalarni takomillashtirish tayyor mahsulotni saqlash, sotish va yakuniy iste'molchilar ga yetkazib berish tizimini rivojlantirishga imkon beradigan katta hajmdagi raqamlarni qayta ishlashga asoslanadi. Kelajakda agrar sohasini raqamlashtirish bu sohani yanada rivojlanishga olib keladi. Natijdada raqamlashtirish jarayonida
ochadigan imkoniyatlari barcha yuzaga kelgan muammolarni ham bartaraf etishi shubhasizdir. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23-oktabrdagi farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilingan edi. Ushbu hujjat doirasida zamonaviy yondashuv asosida soha modernizatsiyasi boshlandi. Hududlarimiz salohiyatidan to'g'ri foydalanib, qayerga nima ekish, qaysi chorva turini yetishtirish, qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish orqali bozorlarimizda go'sht, sut va tuxum mahsulotlarini ko'paytirish, narxlar barqarorligini ta'minlash va daromadni oshirish bo'yicha, samarali tizim ishlab chiqarilishi lozim. T.I.Espolov fikriga ko'ra dunyo allaqachon ma'lumotlar, g'oyalar va yangiliklarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar oqimlari bilan belgilanadigan raqamli globallashuv davriga qadam qo'ydi. Aqlli qurilmalar tobora kichrayib, tezroq, arzonlashib, kuchliroq bo'lib bormoqda va muammolarni hal qilishning kaliti bo'ladi. V.I.Belskiy tomonidan raqamli texnologiyalarni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish ushbu sohani strategik rivojlantirishning eng muhim elementlaridan biridir. Nuno Geada "Raqamli iqtisodiyot jismoniy shaxslar uchun ham, kompaniyalar o'rtasidagi bitimlar uchun ham katta o'sish potentsialini namoyish etmoqda. Internet ushbu o'tishning katta harakatlantiruvchi kuchidir" deb ta'kidlaydi. Slar tomonidan esa elektron tijoratdan foydalanish orqali ham bu tizimni rivojlantirish mumkinligi ta'kidlab o'tilgan. Tadqiqotni olib borishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yurituvchi iqtisodiy sub'ektlar uchun raqamlashtirishning ta'siri, bu boradagi xorijiy va mahalliy olimlarning ishlari o'rganildi va tahlil qilindi. Respublikamizda qishloq xo'jaligi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida raqamlashtirish borasida katta ahamiyat qaratilmoqda. Mamlakatimizda qishloq xo'jaligining asosiy ko'rsatkichlariga e'tibor beradigan bo'lsak yildan-yilga o'sishni ko'rishimiz mumkin. Bugungi kunda aqlli qishloq xo'jaligida foydalanish uchun mo'ljallangan zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikasi va texnologiyalar bir qator agroklasterlar va fermer xo'jaliklari faoliyatida qo'llanilmoqda. Shu bilan birga, aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va foydalanishga katta ehtiyoj mavjud. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga e'tibor beradigan bo'lsak, Yaponiyada bugungi kunda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga (dalalarni rejalashtirish, yerga ishlov berish, ekin ekish, sug'orish, parvarishlash, hosilni terib olish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish, sotuvga chiqarish va h.k.) turli darajada zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan. Ayniqsa, qishloq xo'jaligi texnikalarini boshqarish, yuklarni tashish va boshqa jismoniy mehnatni yengillashtiruvchi texnikalar va raqamli texnologiyalarning ahamiyati ortib bormoqda.
Agrar sohasining asosiy ko'rsatkichlari _1-jadval
2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 dekabr yanvar 2020-yil
Qishloq xo'j. ekin maydoni, ming gektar 3658,6 3678,2 3694,2 3706,7 3474,5 3396,0 3309,4 3373,1
Qishloq xo'j. mahsuloti mlrd. So'm 66435,3 81794,3 99604,6 115599,2 148199,3 187425,6 216283,1 249754,5
SHU JUMLDAN:
Dehqonchilik: 36237,4 43194,3 55429,2 61755,1 83303,4 98406,4 111904,8 123556,
Chorvachilik: 30197,9 38600,0 44175,4 53844,1 64895,9 89019,2 104378,3 126198,5
Qishloqxo'j. mahsulotlarini ishlab chiqarishning o'sish surati, foizda 106,6 106,3 106,1 106,3 101,0 100,2 103,3 102,8
SHU JUMLADAN:
Dehqonchilik: 106,1 105,9 105,5 105,7 98,2 95,8 104,8 103,4
Chorvachilik: 107,3 106,7 106,9 107,0 104,1 105,7 101,6 102,1
CONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING" 2022/15
Qishloq xo'jaligining milliy iqtisodiyotda tutgan o'rnini hisobga olgan holda, uni rivojlantirish davlatning ustuvor vazifalaridan biridir. Hukumat iqtisodiyotning agrar sektorini faol qo'llab-quvvatlamoqda. Qishloq xo'jaligini axborotlashtirish ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi yuqori tezlikda texnologik taraqqiyot bilan tavsiflanadi. So'nggi 30 yil ichida kompyuterlar va ular bilan birga axborot texnologiyalari jamiyat hayotiga, shu jumladan iqtisodiyotning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga kirib bordi. Qishloq xo'jaligi ham bundan mustasno emas edi. Bugungi kunda axborotlashtirishning tezlashishi kelgusi rivojlanishning barqarorligini ta'minlash uchun asos hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi ko'plab mamlakatlar milliy iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri sifatida ko'plab qiyinchilik va muammolarga duch kelmoqda. Ularni hal qilish uchun qo'yidagi muammolarni bartaraf etish lozim:
> qishloq xo'jaligiga antropogen muhitning yukini kamaytirish;
> ishlatiladigan texnologiyalarni takomillashtirish;
> inson kapitalining o'sishi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish paytida ularning xavfsizligini oshirish.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ekinlarni rejalashtirishdan, sug'orishni avtomatlashtirishdan va ekinni raqamli modellashtirishdan tortib, qoramol boqish uchun ozuqa hisob-kitobini olib borishdan tortib, qishloq xo'jaligining madaniyatiga ham o'z ta'sirni o'tkazadi. Jumladan; Rivojlangan davlatlardan biri Italiya uzumzorlarida dunyoga mashhur Ericsson kompaniyasi tomonidan yaratilgan organik uzumzorlarni masofadan kuzatib borish tizimi faol qo'llaniladi. Simsiz sensorlardan foydalanish tufayli fermerlar ishlatiladigan pestitsidlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirmoqda. Qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi va joriy etilishi tufayli nafaqat uning mahsuldorligi oshadi, balki moliyaviy va vaqt sarflaydigan xarajatlar ham kamayadi. Natijada, mahsulot sifati o'sib, foyda oshmoqda. Qishloq xo'jaligini raqamlashtirishning asosiy elementlari bu boradagi muammolarga yechim bo'ladi.
INTERNATIONAL
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyev "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4575-son Qarori 2020-yil 28-yanvar
2. Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish bo'yicha xamkorlik seminari 2019-yil
3. http://uz.infocom.uz\ -InfoCOM.UZ internet nashri - o'zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
4. O. Yaqubjanov, S.Tursunoy. Botany. pages 267-275 Tashkent 2008
5. Kelly K. New Rules for the Economy:10 radical strategies for a connected world\ K.Kelly.-New York: Viking 1998
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi.
7. https://stankin.ru/uploads/files/file_61b8bab8e860f.pdf