Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI'

QISHLOQ XO‘JALIGI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
825
117
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo’jaligi / resurslar / raqamlashtirish / samarali foydalanish.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Nurmatov Norbek Jo‘rayevich

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi resurslaridan samarali foydalanishda raqamlashtirishning ahamiyati va o’rni haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi resurslaridan samarali foydalanishda raqamlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI»

QISHLOQ XO'JALIGI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Nurmatov Norbek Jo'rayevich

Termiz davlat universiteti katta o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi resurslaridan samarali foydalanishda raqamlashtirishning ahamiyati va o'rni haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, qishloq xo'jaligi resurslaridan samarali foydalanishda raqamlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, resurslar, raqamlashtirish, samarali foydalanish.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqarnvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida raqamli texnologiyalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish vazifasi belgilab berilgan.

Raqamlashtirish qishloq xo'jaligi tarmog'ida ma'lumotlarini elektron almashish, statistik ma'lumotlarni to'plash va ularni tahlil etish, qishloq xo'jaligi subyektlari uchun dolzarb xizmatlar va ma'lumotlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish, bu borada jarayonlarning shaffofligini oshirish va inson omilini kamaytirish choralarini ko'rish, idoralararo qishloq xo'jaligiga oid ma'lumotlarning elektron almashinuvini yo'lga qo'yish imkonini beradi.

Shu sababli mamlakatimizda qishloq xo'jaligi tarmog'ini raqamlashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4699-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida 2020-yil 17-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko'ra agrar sohani raqamlashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

• qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatininazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish;

• agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan davlat xizmatlarini to'liq elektron shaklga o'tkazish;

• qishloq xo'jaligi sohasida zamonaviy AKTni joriy etish uchun maqsadli loyihalarni amalga oshirish;

• suv omborlari va sug'orish tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish;

• suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste'moli hisobini yuritish hamda ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

• biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish uchun korxonalarga ko'maklashish.

Ushbu qarorga ko'ra Qishloq xo'jaligi vazirligi huzurida "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" davlat muassasasini tashkil etish belgilab qo'yilgan edi. Markaz agrosanoat majmuida "Raqamli qishloq xo'jaligi" axborot tizimi yuritilishi uchun mas'ul hisoblanadi. "Raqamli qishloq xo'jaligi" axborot tizimi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, ta'minotchilar hamda qayta ishlash tashkilotlari o'rtasida o'zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi platforma bo'lib xizmat qiladi.

Prezidentimiz 2022-yil 18-oktabrda agrar sohadagi vazifalar muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda "Raqamlashtirish bo'lmasa, sohada haqqoniy statistika bo'lmaydi. To'g'ri ma'lumot bo'lmagach, agroxizmatlar rivojlanmaydi, fermerlar qachon nimani eksa, ko'proq daromad olishini bilmaydi. Shuning uchun bu jarayonni tezlashtirish kerak", - deb ta'kidladilar. Yurtboshimiz tomonidan qishloq xo'jaligini raqamlashtirish sohasida yil yakunigacha 3 ta, kelgusi yilda 4 ta loyihani yakunlab, yer hisobi, subsidiya ajratish, ekin maydonlarini monitoring qilishni to'liq raqamlashtirish vazifasi qo'yildi.

Qishloq xo'jaligida raqamlashtirishning mohiyati va ahamiyati haqida mutaxassislar va olimlar tomonidan fikrlar berib o'tilgan. Jumladan, V.I.Belskiyning fikriga ko'ra, raqamli texnologiyalarni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish ushbu sohani strategik rivojlantirishning eng muhim elementlaridan biridir. Bio va nanotexnologiyalar, genetik rivojlanishdan foydalanish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xaridorlarning aniq toifalariga moslashtirish qobiliyati sohaning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir, ammo raqamli innovatsion texnologiyalardan faol foydalanmasdan turib mahalliy qishloq xo'jaligi sanoatini tezda yuqori texnologiyali sohaga aylantirish imkonsizdir. T.I.Espolovning fikriga ko'ra esa, dunyo allaqachon ma'lumotlar, g'oyalar va yangiliklarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar oqimlari bilan belgilanadigan raqamli globallashuv davriga qadam qo'ydi. Aqlli qurilmalar tobora kichrayib, tezlashib, arzonlashib, kuchliroq bo'lib bormoqda va ular muammolarni hal qilishning kalitidir [3].

Bizning fikrimizcha, qishloq xo'jaligini raqamlashtirishning tarmoq miqyosidagi va korxonalar miqyosidagi darajalarini bir-biridan farqlash zarur (1-rasm). Tarmoq darajasidagi raqamlashtirish quyidagi yo'nalishlarda bo'lishi mumkin:

- qishloq xo'jaligi tarmog'ida foydalanilayotgan resurslar (yer, suv, kapital, mehnat) va ularning holati to'g'risida axborotlar tizimini yaratish;

- tarmoqda mavjud resurslardan foydalanish holatini monitoring qilib borish;

- tarmoqda samarali boshqaruvni amalga oshirish uchun raqamli ma'lumot almashinuvini joriy etish.

QISHLOQ XO'JALIGIDA j RAQAMLASHTIRISHNING j YO'NALISHLARI

i Ta rmoq darajasida raqamlashtirish Korxona darajasida raqamlashtirish

Resurslar (yer, suv, kapital, mehnat) mavjudligi va ularning holati to'g'risida axborotlar tizimini yaratish

Resurslardan foydalanish holatini monitoring qilib borish

Tarmoqda samarali boshqaruvni amalga oshirish uchun raqamli ma'lumot al mashinuvini joriy etish

1-rasm. Qishloq xo'jaligida raqamlas htirishning asosiy yo'nalishlari1.

Yaqin yillargacha tarmoqning eng asosiy resursi hisoblangan yerning hisobini yuritishda juda katta kamchiliklar mavjud bo'lgan. Jumladan, yer resursining toifalari bo'yicha aniq hisob-kitobini yuritishda noaniqliklar kuzatilgan. Mazkur holat yer resurslaridan foydalanishni samarali tashkil etishga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatgan. Ushbu muammoni inobatga olib, 2020-yil 7-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6061-sonli farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo'mitasi negizida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi

1 Muallif tomonidan ishlab chiqildi.

qoshida Kadastr agentligi tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo'mitasining qishloq xo'jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo'jaligi yerlarini muhofaza qilish bo'yicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini o'tkazish, qishloq xo'jaligi yerlarining me'yoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xo'jaligi vazirligiga o'tkazildi. Ushbu farmonga ko'ra 2021-yil 1-oktabrdan boshlab yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi, o'zgarishi, boshqa shaxsga o'tishi, cheklanishi va bekor bo'lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Bundan tashqari, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

- yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma'lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritilishi;

- onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinishi;

- yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishi;

- Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantirilishi belgilab qo'yilgan.

Mamlakatimizning iqlim sharoitiga ko'ra tabiiy namlik darajasi dehqonchilik bilan shug'ullanish va chorvachilikni ozuqa bazasi bilan to'liq ta'minlash uchun yetarli emas. Shu sababli qishloq xo'jaligida suv resursining ham ahamiyati juda katta. Respublikamizda sug'oriladigan yerlar maydoni 4,2 mln. gektardan ortiq bo'lib, jami suv resurslarining 90-91 foizi qishloq xo'jaligi tarmog'ida foydalaniladi.

So'nggi yillarda kuzatilayotgan iqlim o'zgarishi, global isish, qurg'oqchilik kabi holatlar suv resurslarining taqchillashuvini keltirib chiqarmoqda. Bu turli tadqiqot institutlari tomonidan berilayotgan prognozlaarda ham o'z aksini topmoqda. Jumladan, jahon resurslari institutining prognoziga ko'ra, 2040-yilga borib O'zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo'lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Bunday holatda oldimizda turgan asosiy vazifa mavjud suv resurslaridan samarali foydalanishdir.

Suv resurslaridan foydalanishdagi asosiy muammolardan biri - suv hisobining aniq yuritilmasligidir. Bizda amalda bo'lib turgan tartibga ko'ra, qishloq xo'jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga suv vakolatli organ, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan ajratiladigan limit bo'yicha beriladi. Bunda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suvdan foydalanish bashoratini umumlashtirib, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo'yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida magistral kanallar, suv xo'jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo'yicha suv olish limitlarini belgilaydi. Ushbu tartib suvdan tejamkorlik asosida foydalanishga rag'batlantirmaydi. Chunki, qishloq xo'jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti qancha suv sarflanishidan qat'i nazar, yani limitda

ko'rsatilganidan oz sarflasa ham, ko'p sarflansa ham unga ajratilgan limitda ko'rsatilgan miqdordagi suv uchun haq to'laydi. Aslida hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sarflangan suvning aniq miqdorini hisoblash ham imkonsizdir. Qachonki sarflangan aniq suv miqdori uchun to'lov qilinadigan bo'lsa, o'shanda suvdan foydalanuvchilar tejamkorlik bilan foydalanishga harakat qiladi.

Ushbu muammoning yechimlaridan biri - suvdan foydalanish jarayonini to'liq raqamlashtirish orqali suv sarfining aniq hisob-kitobini yo'lga qo'yishdir. Bu borada ham hukumatimiz tomonidan chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6024-sonli farmoniga binoan O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu farmoniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligiga Konsepsiyada belgilangan ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish orqali 2030-yilga qadar suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish sohasida quyidagi ko'гsatkichlaгga erishishni ta'minlash vazifasi yuklatilgan:

- baгcha iггigatsiya tizimi obyektlaгiga "Smart Wateг" ("Aqlli suv") suv o'lchash va nazorat qilish qurilmalari o'rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

- 100 ta yirik suv xo'jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.

2021-yil 24-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarari qabul qilindi. Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini o'z ichiga oladi, uning doirasida:

- daryo va soylarda 6 ta gidrologik post qurilishi va qayta tiklanishi, 6 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi;

- "Smart Watef' ("Aqlli suv") raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo'jaligi obyektlari soni 18576 tagacha yetkazilishi;

- 60 ta yirik suv xo'jaligi obyekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o'tkazilishi;

- Suv xo'jaligi vazirligi tizimidagi 1688 ta nasos stansiyasidagi 5231 ta nasos agregatining elekfr ene^iyasi iste'moli va suv saf hisobining monitoringi "onlayn" rejimda olib borilishi;

- mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarining 2100 tasida raqamli texnologiyalar orqali monitoring olib borilishi belgilab berilgan.

So'nggi yillarda tobora tanqislashib borayotgan suv resursidan samarali foydalanishni tashkil etish uchun yuqoridagi me'yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish talab etiladi.

Qishloq xo'jaligi tarmog'ida mavjud resurslardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish uchun ulardan foydalanish jarayonini to'liq raqamlashtirishga imkon qadar tezroq o'tish talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5853-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrda "O'zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 794-sonli qarori.

3. Abdullayeva I.M. Qishloq xo'jaligini raqamlashtirishning afzalliklari. "Узбекистан статистика ахборотномаси" илмий электрон журнали. 2021 йил, 2-сон.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.