O'ZBEKISTON AGROSANOAT MAJMUASIDA INNOVATSIYALARNI JORIY
QILISH HOLATINI BAHOLASH
Maqolada agrosanoat majmuasini innovatsion rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari o'rganilgan hamda nnovatsion rivojlanishning tarmoqlararo ba'zi farqlari asoslangan. Biz O'zbekistonda ushbu soha rivojlanishini ifodalovchi statistik ko'rsatkichlarni tahlil qilib qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha ITTKI xarajatlar hajmi asosan texnologik innovatsiyalar uchun ortib borayotganini ko'rsatdik. Boshqa tomondan, ASMda patent faoliyatini tahlil qilganimizda, qishloq xo'jaligida ilm - fanni rivojlantirishning asosiy muammosi - ilmiy ishlanmalarni joriy etish darajasi pastligi va sohaga innovatsiyalarni joriy qilishning hozirgi mexanizmini samarasizligi aniqlangan. Shuningdek, maqolada mavjud muamolarni o'rganish bilan birga ularni yechimi sifatida tegishli xulosa va takilflar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Innovatsion rivojlanish, agrosanoat majmuasi, fan sig'imi, patent faoliyati, ixtirolar, foydali modellar.
Yangi O'zbekistonning 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida doirasida: Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dexqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish; suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan islox qilish va suvni iqtisod qilish bo'yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish; chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 marta ko'paytirish; hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali xududiy iqtisodiyotni 1,4-1,6 baravarga oshirish; meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog'lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko'paytirib, eksport saloxiyatini 1 mlrd dollarga oshirish belgilangan.
Yuqorida aytib o' tilgan maqsadlarga sohaga ilm - fan va yuqori texnologiyalarni joriy etgan holda innovatsion rivojlantirishsiz erishib bo'lmaydi. Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: innovatsiya bo'lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo'lmaydi [1]. O'zbekiston strategiyada belgilangan maqsadlarga erishishi uchun avvalam bor sohada innovatsiyalarni
Dostonbek Bahodir o'g'i Eshpulatov
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti doston95@bk.ru
ANNOTATSIYA
KIRISH
joriy etishni rag'batlantirishi kerak bo'ladi.
October 5-6
Ilg'or bilimlarga asoslangan iqtisodiyoüarda oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi unchalik qiyosiy afzalliklarga ega emas. Bu shuni anglatadiki, qishloq-oziq-ovqat sanoati kamdan-kam hollarda innovatsion siyosatning asosiy nuqtasi bo'lib, aksincha, orqada qolgan sektor yoki hech bo'lmaganda chuqur o'rganilmagan sektor sifatida qaraladi [2]. Bu esa achinarli bir holat, chunki bugungi kunda sektor muntazam o'sib borayotgan dunyo aholisini sog'lom va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta'minlashdan tortib, iqlim o'zgarishi va atrof-muhit muammolariga faol javob berishgacha bo'lgan murakkab global talablarga duch kelmoqda. So'nggi yillarda sodir bo'lgan pandemiya bunga yana alohida tus berdi, chunki biologik xilma-xillikning kamayishi bunday epidemiyalarning paydo bo'lishiga olib keladigan omillardan biri ekanligi ta'kidlandi [3]. Bunday tahdidlarni bartaraf uchun qishloq xo'jaligi tashkilotlari milliy innovatsion tizimga yaxshi integratsiyalashgan bo'lishi va mamlakat innovatsion siyosati ushbu sektordagi tashkilotlar uchun innovatsiyalarni joriy etishida tegishli va qulay innovatsion choralarni qo'llab-quvvatlashga qaratilishi kerak [4].
Shunday bo'lishiga qaramasdan, qishloq xo'jaligi tashkilotlari ko'pincha innovatsiyalarni yaratuvchilar emas, balki innovatsiyalarni o'zlashtiruvchilar sifatida tavsiflanadi. An'anaviy va hali ham keng tarqalgan nuqtai nazarga ko'ra qishloq xo'jaligi sektori innovatsiyalarning umumiy nazariyasining alohida bir holatiga tegishliligini ta'kidlaydi. An'anaviy adabiyotlarda qishloq xo'jaligi o'z-o'zidan innovatsiyalarni yaratish imkoniyati cheklangan tarmoq sifatida ta'riflanadi. Ularning innovatsiyalari ko'pincha boshqa tarmoqlardan bilim va texnologiyalar transferi natijasi sifatida qaraladi [5, 6]. Binobarin, qishloq xo'jaligida innovatsiyalar asosan xarajatlar tomonidan va kamroq nisbatda ishlab chiqarish tomonidan o'rganiladi [7]. Ba'zi tadqiqotlar, boshqa sohalarda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni o'zlashtirish qobiliyatidan tashqari, sektorning innovatsion natijalarini ko'rib chiqadi. Shunday qilib, adabiyotlar qishloq xo'jaligi tashkilotlarining o'zlarini innovatsiya qilish imkoniyatlarini e'tiborsiz qoldiradi [8, 9].
Ta'kidlab o'tilgan maqsadlardan kelib chiqib maqolamizda sohada innovatsion rivojlanishning joriy holati va tendensiyalarini tahlil qilib chiqdik. Tadqiqot ishimizda qishloq xo'jaligida innovatsion faollikni kompleks tahlil qilish maqsadida Davlat Statistika Qo'mitasi va Intellektual mulk agentligi ma'lumotlaridan foydalandik. Qishloq xo'jaligi tashkilotlarida innovatsiyalarni joriy qilish darajalarini o'rgandik. Bu O'zbekiston qishloq xo'jaligida innovatsion faolligi tahlili bo'yicha keng qamrovli ma'lumotlar to'plami bo'lib, u bizga qishloq xo'jaligida innovatsion faollik, mavjud imkoniyatlarni va boshqa tarmoqlardan qanday farq qilishini tahlil qilishga yordam beradi. Empirik tahlillardan foydalanib qishloq xo'jaligi firmalarida innovatsiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi omillarni aniqladik va shu bilan tadqiqotlar va boshqaruv qarorlarini qabul
October 5-6
qilishda bilim bo'shlig'ini to'ldirdik. Hozirgi bilim darajasi asosan ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish sohalarida faoliyat olib boradigan yirik tashkilotlarda innovatsiyalarni o'rganishga asoslanadi. Bizning tadqiqot ishimiz aynan qishloq xo'jaligidagi innovatsiyalarni o'rganishga qaratilgan.
Tadqiqotimiz innovatsion siyosatni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega, chunki, innovatsiyalarni qo'llab - quvvatlashni zamonaviy tizimlari, qoida tariqasida, shahar hududlarida joylashgan, asosan sanoat ishlab chiqarish sohasiga qaratilgan. Qishloq xo'jaligi va qishloq joylari bir tomondan kontsentratsiyalashuv va globallashuv, ikkinchi tomondan postindustrializm va barqaror rivojlanish bilan bog'liq chuqur transformatsiyalashuvni boshdan kechirmoqda. Ushbu o'zgarish jarayonlari yangi shartlar va maqsadlarga asoslangan missiyaga yo'naltirilgan innovatsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan siyosatni talab qiladi [10]. Qishloq xo'jaligi tashkilotlari uchun dolzarb va ommabop bo'lgan innovatsion tizim - transformatsiyalashuv jarayonining muhim tarkibiy qismidir.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligi bilimlari va innovatsiyalarini tahlil qilgan iqtisodchilar ta'kidlashicha sohada innovatsion faollik darajasi pasayishi kuzatilgan [11]. Buning sabablari qishloq xo'jaligi subyektlarining ko'proq umumiy innovatsion tizim tomonidan e'tiborga olinmasligi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligi subyektlari asosan qishloq joylarda joylashgan bo'lib, u yerda bilim va innovatsiya markazlarigacha bo'lgan geografik masofalar uzoqroq bo'ladi. Bu xususiyatlar nafaqat qishloq xo'jaligi firmalarining innovatsion imkoniyatlariga to'sqinlik qilishi, balki ularning innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash tizimlariga kirishini kamaytirishi mumkin. Qishloq xo'jaligida innovatsion salohiyatni kuchaytirish uchun tarmoqlar bo'yicha innovatsion imkoniyatlar va innovatsion ishlab chiqarishdagi farqlar va o'xshashliklarni chuqurroq tahlil qilish zarur. Biroq, ushbu turdagi tahlillarni olib borishga barcha hududlar va sohalardagi korxonalarni qamrab oladigan, shuningdek, xo'jaligi va qishloq joylarini o'z ichiga olgan rasmiy innovatsion ma'lumotlarning yetishmasligi to'sqinlik qiladi [12].
Biz qishloq xo'jaligida innovatsion rivojlanishning asosiy ko'rsatkichi sifatida sohada intellektual mulk huquqlariga talabnomalar sonini va ITTKI ga xarajatlar tarkibi va hajmini tahlil qildik. Tadqiqotimiz davomida so'nggi yillarda sohada ITTKI ga xarajatlar oshishiga qaramasdan innovatsion aktivlik pasayib borayotganini aniqladik. Shuningdek, maqolada qishloq xo'jaligida innovatsiyalarni joriy qilishdagi ba'zi muammolar va yechimlari o'rganilgan. Innovatsion faollikni oshirish bo'yicha taklif va xulosalar keltirilgan.
October 5-6
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotimiz davomida ilmiy abstraksiya, empirik kuzatuv, statsitik guruhlash usullaridan foydalanildi. Ma'lumotlar bazasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi rasmiy sayti ochiq ma'lumotlari va yillik statistik to'plamlar, O'zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari bo'lib xizmat qildi.
Empirik va nazariy tadqiqot usullaridan foydalanib qishloq xo'jaligi innovatsion rivojlanishi tahlil qilingan nufuzli xorijiy adabiyotlarni o'rganib chiqdik. Sohani innovatsion rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillarni aniqladik.
Tadqiqotimizda olib borilgan deduksiya va induksiya usullaridan aniq bo'lishicha boshqa sohalardagi kabi qishloq xo'jaligi sohasi ham geografik tarkib ta'siri bog'lik ekan. Shuningdek, tadqiqotimizda innovatsion rivojlanishni belgilab beruvchi statistik ko'rsatkichlarni boshqa sohalar bilan qiyoslashimizda innovatsiyalar rivojlanishi ushbu sohada nisbatan past sur'atlarda kechishini aniqladik.
ASM da innovatsion rivojlanishni tahlil qilish maqsadida bir qator statistik ko'rsatkichlar bilan bir qatorda, sohani innovatsion faolligini belgilab beruvchi asosiy ko'rsatkich sifatida sohada patent talabnomalari sonini tahlil qildik. Chunki, aytish mumkinki, innovatsion rivojlanishga qaratilgan barcha chora tadbirlar sohada intellektual mulk huquqlari sonini oshishiga olib kelishi lozim. Zero, barcha ilmiy -tadqiqot ishlanmalari soni pirovardida, asosan intellektual mulk huquqlari sonida aks etadi.
MAVZUGA DOIR ADABIYOTLAR TAHLILI
Qishloq xo'jaligida innovatsiyalar bo'yicha tadqiqotlar asosan innovatsion tizimlar, mahalliy muhit va innovatsiyalarga davlat siyosatining tarmoqlar, klasterlar yoki mintaqalar darajasida mavjudligi va ta'siriga qaratilgan dastlabki innovatsion adabiyot an'analariga amal qiladi. Biroq, innovatsiyalar ko'pincha firmalar darajasida sodir bo'ladigan hodisadir. Yangi texnologiyalar va ixtirolar asosan ilmiy-tadqiqot bo'limlarida (davlat yoki xususiy) ishlab chiqilgan bo'lsa ham, ular odatda qo'llanilmaguncha, tijoratlashtirilmaguncha va bozorga kiritilmaguncha innovatsiyalar deb hisoblanmaydi [13]. Ushbu innovatsion jarayon odatda bir yoki bir nechta firmalarni o'z ichiga oladi va ko'pincha juda murakkab, chunki u turli manbalardan olingan resurslarni birlashtirishga intiladi [14, 15]. Biz tadqiqotimizda innovatsion rivojlanish masalasini makroiqtisodiy darajada ko'rib chiqdik.
Mamlakat innovatsion rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillardan biri bu inson kapitalidir. Inson kapitali g'oyalar tijorat mahsuloti va jarayonlariga aylanadigan jarayonlarda bilimlarni o'zlashtirish va joriy qilishga imkonini beradi. Rasmiy ta'lim darajasi inson kapitali va o'zlashtirish qobiliyatining umumiy o'lchovi bo'lib hisoblanib, oldingi
October 5-6
19
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, oliy ta'lim makro va mikro darajadagi innovatsion samaradorlik bilan ijobiy bog'liqdir [16, 17, 18]. Qishloq xo'jaligi ham bundan mustasno emas, garchi bu sektor makro darajada kam o'rganilgan. Makro darajadagi innovatsiyalarga oid ko'pgina tadqiqotlar yangi texnologiyalarni o'zlashtirish qobiliyatiga qaratilgan.
Ba'zi xorijiy adaboyotlarda soha innovatsion rivojlanishi va eksport o'rtasidagi ijobiy bog'likni ko'rsatishgan [19]. Qishloq xo'jaligida innovatsiyalar va eksport o'rtasidagi munosabatlar nisbatan zaifligini ta'kidlagan.
Bilimlar oqimi geografik tarkibiy tuzulishlar bilan bog' liq bo' lishi mumkin. Innovatsiyalar geografiyasi bo'yicha ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, nisbatan zichroq hududlar innovatsion faoliyat uchun yuqori sharoitlarni ta'minlaydi, chunki bilimlar oqimi geografik yaqinlik tufayli osonlashadi [20, 21]. Bilimning tashqi omillarining mavjudligi zich hududlarga bilim talab qiladigan faoliyatni jalb qiladi, bu esa zich shahar hududlarida bilim talab qiladigan xizmatlar va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning kuchli kontsentratsiyasini tushuntiradi.
Biroq, qishloq xo'jaligi sektorining makonli taqsimoti tadqiqot bo'limlari va inson kapitalining geografiyasiga emas, balki qishloq xo'jaligi yerlarining geografiyasiga bog'liq. Ko'pgina qishloq xo'jaligi firmalari qishloq xo'jaligi yerlari tarqoq va geografik jihatdan aniq belgilab qo'yilganligi sababli kamroq zich hududlarda joylashgan. Bu esa qishloq xo'jaligi subyektlarini sust mobilligiga va geografik sharoitlar ularning innovatsion sig'imiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, hududiy joylashuvga xos omillar ta'siri boshqa tarmoq tadqiqotlarida keng tan olingan bo'lsada, bu omilga qishloq xo'jaligi innovatsiyalari tadqiqotlarida yetarlicha e'tibor qaratilmay kelinmoqda [22, 23]. Ushbu masalalar qamrab olingan ba'zi tadqiqotlar ham mavjud. Masalan, Lapple va boshqalar, va Botha va boshqalar hududlarda bilimlarning tarqalishini qishloq xo'jaligida innovatsion jarayonlarni rag'batlantirishdagi ro'lini ta'kidlashgan. Ular, shuningdek, innovatsiyalarning aniq makonli kontsentratsiyasi mavjudligini kuzatishadi. Mate-Sanches-Val va Xarris geografik yaqinlikning ispan qishloq xo'jaligi-oziq-ovqat firmalarida innovatsiyalarga ta'sirini o'rganishadi va ilmiy-tadqiqot markazlariga yaqinlikning muhim va ijobiy ta'sirini aniqlaydilar [24]. Bjerke ta'kidlaganidek, sohaga oid bilim xizmatlariga yaqinlik qishloq xo'jaligi sohasidagi firmalar o'rtasida samaradorlikni oshiradi [25].
TAHLIL VA NATIJALAR
Qishloq xo'jaligi sohasi xar bir mamlakat iqtisodiyotida oziq - ovqat xavfsizligini ta'minlash, sanoat ishlab chiqarishi uchun zarur xomashyo yetkazib berish va boshqa resurslar manbai sifatida muhim bir funksiyani bajaradi. Shu bilan birga soha tashqi ta'sirlarga o'ta ta'sirchan va
October 5-6
20
operativ qarorlar qabul qilishni talab etadi. Sohaning rivojlanishi iqtisodiyotning barcha qolgan sohalarida o'sishni ta'minlashning drayveri bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun qishloq xo'jaligini taraqqiy ettirish milliy iqtisodiyotimiz uchun dolzarb bir masala hisoblanadi. Sohada innovatsiyalarni keng joriy etish, ilm- fan va ilg'or texnologiyalarni foydalanish - sohani rivojlantirishning asosiy omilidir.
Hozirda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy maqsadlari O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi va Yangi O'zbekistonning 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida doirasida amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo'jaligi rivojlanishini innovatsion yo'lga o'tishida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar hajmini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, mamlakatda ITTKI ga ajratilgan xarajatlar YAIM hajmi bilan mos sur'atlarda o'sib borishi lozim. O'zbekistonda YalM o'sish sur'atlari dinamikasi va tadqiqot va ishlanmalar xarajatlari 1-rasmda ko'rsatilgan.
YAIM o'sish sur'ati, % M ITTKI ga xarajatlar o'sish sur'ati, % da
Manba:Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
1-rasm. O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot o'sish sur'atlarining dinamikasi va tadqiqot va ishlanmalarga sarflangan xarajatlar.
Qishloq xo'jaligida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar (1-jadval) 2,74 barobar oshdi. Shuni ta'kidlash kerakki, qishloq xo'jaligida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar xarajatlari o'sish sur'ati boshqa ba'zi sohalarga nisbatan yuqoriroqdir.
Amaliy tadqiqotlar xarajatlarning eng katta o'sishiga (188,7 %) ega bo'ldi. Qishloq xo'jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarga yillik xarajatlar 2015 -yilga nisbatan 2021 - yilda 47 695,1 million so'mga ortgan. Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotiga nisbatan qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari 0.003 % ga kamaygan.
Shuningdek, ITTKI ga xarajatlar tarkibida qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha xarajatlar ulushi 2,8% ga oshgan (2-jadval).
October 5-6
21
YaIMning fan sig'imi 0,98 foiz punktga oshdi va 2020 yilda YaIM ning 1 so'mi uchun 10 tiyinni ya'ni 1,4 % ni tashkil etdi (2-rasm). Qishloq xo'jaligida yalpi mahsulotning fan sig'imi 0,003 foiz punktga kamayib, yalpi qishloq xo'jaligi mahsuloti 1 so'm uchun 0,02 tiyinni tashkil etgan. Bu juda past ko'rsatkichdir. Yetakchi davlatlar iqtisodiyotida YAIM ning fan sig'imi 3 % dan oshiqni tashkil etadi va yana o'sish tendensiyasiga ega [26].
1 - jadval.
Fan sohalari bo'yicha ITTKI ishlariga xarajatlar, mln so'm.
Xarajatl ar tarkibi 2015 2017 2019 2020 Farq 2015/2020 yillar
so'm % da so'm % da so'm % da so'm % da so'm % da
Jami 365160, 1 100, 0 470938, 3 100, 0 602281, 4 100, 0 838633, 8 100, 0 473473, 7 130 %
Shu jumladan fan sohalari bo'yicha
Tabiiy fanlar 116191,3 31,8 174455 37,0 266423 44,2 409279,5 48,8 293088 17,0
Texnika fanlari 136297,4 37,3 144214 30,6 120538 20,0 159756,9 19,0 23459,5 -18,3
Tibbiyot fanlari 26630,20 7,3 30427,6 6,5 41702,9 6,9 52653,5 6,3 26023,3 -1,0
Qishloq xo'jaligi fanlari 27345,8 7,5 45539,7 9,7 64937,6 10,8 86386,4 10,3 59040,6 2,8
Ijtimoiy fanlar 35934,20 9,8 49819,5 10,6 54199,8 9,0 65 032,40 7,8 29098,2 -2,1
Gumanita r fanlar 22761,40 6,2 26481,9 5,6 54480 9,0 65 525,10 7,8 42763,7 1,6
Manba:Davlat Statistika Qo 'mitasi ma 'lumotlari asosida tuzilgan.
® ©
©
o1
22
2 - jadval.
Qishloq xo'jaligida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar
Xarajatlar tarkibi 2015 2017 2019 2021 Farq 2015/2021
ITTKI ga xarajatlar jami, mln.so'm 365160,1 470938,3 853404,4 - 229,7%
Qishloq xo'jaligi fanlariga 27345,8 45539,7 64937,6 75040,9 274,4%
shu jumladan:
fundamental tadqiqotlarga 4952,8 7337,3 6314,7 8430,8 170,2%
amaliy tadqiqotlarga 16671,6 28876,4 46493,7 31459,9 188,7%
ilmiy-texnik ishlanmalarga 4362,8 5064,7 6585,4 7684,8 176,1%
Jami ITTKI ga xarajatlarda qishloq xo'jaligi fanlari ulushi, % da 7,5% 9,7% 7,6% - 2,8%
Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotiga nisbatan qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlarini oshirish, % da 0,027% 0,031% 0,030% 0,025% -0,003%
Manba:Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
O'zbekiston iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirish uchun YAIM da ITTKI ga xarajatlar hajmini kamida 2 barobar oshirish lozim.
1,60% 1,40% 1,20% 1,00% 0,80% 0,60% 0,40% 0,20% 0,00%
2015
2016
2017
2018
2019
2020
Manba: https://rep.bstu.by/bitstream/handle/data/8117/165-169.pdf?sequence=1 asosida Statistika Qo'mitasi ma 'lumotlaridan foydalanib tuzilgan
2 - rasm. YAIMning fan sig'imkorligi
October 5-6
23
30 25 20 15 10 5 0
oC
ON
on
<N oC
1
7 1,
,2
2015
2016
2017
2018
2019
2020
i Iqtisodiyotning yuqori texnologiyali (shu jumladan o'rta texnoiogiyali (yuqori darajadagi)) va ilm talab qiladigan tarmoqiarining YalMdagi ulushi, foizda
i Iqtisodiyotning yuqori texnologiyali va ilm talab qiladigan tarmoqlarining YalMdagi ulushi, foizda i Yuqori texnoiogiyali ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat qo'shilgan qiymatidagi ulushi, foizda
Manba: Statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
3-rasm. Iqtisodiyotning texnologik rivojlanish darajasini baholovchi ko'rsatkichlar.
Mamlakatning innovatsion rivojlanishida yuqori texnologiyali faoliyat turi ustuvor yo'nalish hisoblanadi. 2015 yildan 2020 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston respublikasida iqtisodiyotni texnologik rivojlantirish darajasini baholovchi ko'rsatkichlar tahlil qilish (3-rasm) iqtisodiy faoliyatning yuqori texnologiyali turlari ulushi o'sish tendensiyalarini ko'rsatdi (4-rasm).
Yuqori texnoiogiyali ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat qo'shilgan qiymatidagi ulushi,...
Iqtisodiyotning yuqori texnologiyali va ilm talab qiladigan tarmoqlarining YalMdagi ulushi, foizda
Iqtisodiyotning yuqori texnologiyali (shu jumladan o'rta texnoiogiyali (yuqori darajadagi)) va ilm talab..
3,1
4,3
0 0,5 1 1,5 2 2,5 3 3,5 4 4,5 5
Manba: Statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan. 4-rasm. O'zbekiston respublikasida iqtisodiyotni texnologik rivojlantirish darajasini baholovchi ko'rsatkichlar 2015 - 2020 yillarda o'zgarishi, % da
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.10.2020 yildagi PF-6097-son "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonida Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va uning yangi texnologik rivojlanishga o'tish jarayoni dunyo tovar va moliya bozorlarida, raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida va aholining ijtimoiy-iqtisodiy, o'sib borayotgan muammolarini hal qilish usullarida tobora raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda. Ushbu
October 5-6
24
masalalarning asosiy yechimi ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yetakchi mamlakatlar qatoridan o'rin olish, to'rtinchi sanoat inqilobi davrida xalqaro raqobatbardoshlikka erishish, to'plangan institutsional muammolarning yangi yechimlarini izlab topish, shuningdek globallashuv tufayli yuzaga kelayotgan bahsli masalalarni hal qilishdan iborat bo'lishi lozimligi ta'kidlangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son Qarori bilan tasdiqlangan "2019-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi" da O'zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks bo'yicha dunyoning 50 yetakchi davlati qatoriga kirishi asosiy maqsad qilib belgilangan.
Qishloq xo'jaligida innovatsion rivojlanish ko'rsatkichlari iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti va asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyentilarini tahlil qilamiz (3-jadval).
3-Jadval.
Qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyat ko'rsatkichlari
Ko'rsatkichlar 2016 2017 2018 2019 2020 Farq 2020/ 2016
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti (boshlang'ich (qayta tiklash) qiymati bo'yicha; foizda) 13,7 17,8 35,1 27,8 18,4 4,7
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlar -ning chiqib ketish koeffitsiyenti (boshlang'ich (qayta tiklash) qiymati bo'yicha) (foizda) 2,5 2,9 4,4 5,3 3,8 1,3
Manba: Statistika qo'mitasi ma 'lumotlari asosida tuzilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti va asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyenti mos ravishda taxlil qilingan davrlar mobaynida 4,7 va 1,3 foiz punktga ortgan. Shuningdek, Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyenti ko'rsatkichlar bo'yicha trend asosan o'sishni ko'rsatmoqda. Ammo, Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti 2018 - yildan so'ng kamayib bormoqda.
Qishloq xo'jaligi innovatsion rivojlanishi - sohada fan - texnika taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha patent talabnomalarining soni bilan belgilanadi. Qishloq xo'jaligida patent faoliyati tahlili 5-rasmda keltirilgan.
® о
©
О
25
C05 O'g'itlar; ulaming ishlab chiqarilishi, jami
■ B02 Har xil materiallarni bo'lish yoki maydalash; donni maydalash uchun tayyorlash, jami
■ A23 Oziq-ovqat yoki oziq-ovqat mahsulotlari; ularni boshqa sinflarga kiritilmagan qayta ishlash turlar, jami
A21 Non mahsulotlari ishlab chiqarish; xamirni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun uskunalar; pishirish uchun xamir, jami
i A01 Qishloq xo'jaligi; o'rmon xo'jaligi; chorvachilik; hayvonlarni ovlash va tutish; baliqchilik va baliq yetishtirish, jami
2022
2021
2020
2019
2018
0 0 0 01 10
3
5
20
40
60
80
100
Manba: O'zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida
tuzilgan.
*2022 - yil 1-oktyabr oyi holatiga. 5-rasm . O'zbekiston agrosanoat majmuasida ixtirolar va foydali modellar uchun topshirilgan
patent talabnomalari soni, birliklar.
5-rasmda keltirilgan ma'lumotlarni tahlil qilsak, agrosanoat majmuasida patentlar soni barcha klassifikatsiyalarda kamayib borayotganini ko'rishimiz mumkin. Qishloq xo'jaligi fan sohalari bo'yicha ITTKI ishlariga xarajatlar so'nggi yillarda o'sib borishi qaramasdan (2 - jadval), sohada innovatsion faoliyatning asosiy ko'rsatkichi - sohada patent talabnomalari soni kamayib bormoqda.
Qishloq xo'jaligidagi ilm-fan yutuqlariga qaramasdan, biz O'zbekistonning qishloq xo'jaligi sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish darajasi pastligini qayd etamiz. Buning asosiy sabablariga quyidagilar kiradi: qattiq pul - kredit va soliq siyosati; tarmoqni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimining samarasizligi; qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnika va texnologiyalarni xarid qilish imkoniyatlarining cheklanganligi; samarasiz foydalanilayotgan qishloq xo'jaligi yerlarining yuqori ulushi; qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotishda vositachilar, ishlab chiqaruvchilarning chakana savdo va iste'molchilarga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatining yo'qligi.
Shunga qaramay, tarmoqda innovatsiyalarning har xil turlari joriy etilmoqda va iqtisodiyotning yuqori texnologiyali (shu jumladan o'rta texnologiyali (yuqori darajadagi)) va ilm talab
October 5-6
0
26
qiladigan tarmoqlarining YalMdagi ulushi 2015 - yilda 21,8 % dan 2020 - yilda 26,1 % ga oshgan [27].
Innovatsiyalarni joriy etish ko'p jihatdan qishloq va o'rmon xo'jaligida tuproqni qayta ishlash; qishloq xo'jaligi mashinalari detallari va tegishli qismlari, jihozlari; chorvachilik; parrandalarni, baliqlarni ko'paytirish va saqlash; baliq yetishtirish; baliq ovlash; hayvonlarning yangi zotlari, oziq - ovqat mahsulotlarini saqlash bilan bog'liq bo'lib, ular ushbu yo'nalish mahsulotlari yetishtirishning sezilarli o'sishini ko'rsatmoqda.
Ekinchilikda bu ko'chat olish; ekish; o'g'itlar; o'rim-yig'im; hosilni yig'ishtirish, o'simliklarni himoya vositalari, dezinfektsiyalash vositalari, pestitsidlar, gerbitsidlar; repellentlar yoki jalb qiluvchi moddalar; o'simliklar o'sishi regulyatorlari va yangi o'simlik navlaridir.
Keyingi yillarda innovatsion qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda startap mexanizmiga katta ahamiyat berilmoqda. Agrosanoat majmuasida ayrim yo'nalishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, bu seleksiya va urug'chilikni rivojlantirish, robototexnika va dronlardan foydalanish, raqamli texnologiyalar va boshqalarni o'z ichiga olishi kerak. Agar joriy etish hajmi haqida gapiradigan bo'lsak, so'nggi o'n yil ichida startaplarga investitsiyalar, ayrim ekspertlarning fikriga ko'ra, faqat don ekinlarini yetishtirish texnologiyalarini rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag'ni tashkil etdi.
Turlari bo'yicha asosan mashina va asbob-uskunalarni sotib olish bilan bog'liq texnologik innovatsiyalar ustunlik qiladi. Tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning asosiy manbai tashkilotlarning o'z mablag'lari va boshqa fondlardir (4 - jadval).
4 - jadval.
Qishloq xo'jaligida joriy qilingan innovatsiyalar
Qishloq xo'jaligida joriy qilingan innovatsiyalar, % da.
T/r Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida 2018 2019 2020
1 Texnologik innovatsiyalar 100 100 100
2 Shu jumladan:
3 O'z kuchi bilan 66,7 90,4 98,8
4 Boshqa tahkilotlar bilan hamkorlikda 0 5,8 1,2
5 Boshqa tashkilotlar tomonidan 33,3 3,8 0
Qishloq xo'jaligida joriy qilingan texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalar, %
1 Innovatsion tashkilotlar 100 100 100
2 Shu jumladan:
3 Texnologik innovatsiyalar 100 91 ,2 100
® ©
©
o1
27
4 marketing innovatsiyalar 0 0
5 tashkiliy innovatsiyalar 0 8,8
Manba: Statistika qo'mitasi ma 'lumotlari asosida tuzilgan.
Texnologik jarayonlarning innovatsiyasi yoki texnologik innovatsiya - bu mehnat unumdorligini oshirish va resurslarni tejashga qaratilgan korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yangilash jarayoni bo'lib, bu o'z navbatida foydani ko'paytirish, xavfsizlikni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash imkonini beradi.
O'zbekistonda so'ngi yillarda patent faolligi muntazam kamayib borgan. Shunga qaramasdan, ba'zi hududlarda "Qishloq xo'jaligi 4.0" raqamli va axborot texnologiyalari masalan, Sirdaryo viloyatida "BEK CLUSTER" MCHJda qishloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar, transport va logistika korxonalari va tarqatish tarmoqlarida allaqachon amalga oshirilmoqda. Bu qishloq xo'jaligini innovatsion rivojlantirish ko'p jihatdan raqamlashtirish texnologiyalari bilan bog'likligini va bu yo'nalishga alohida e'tibor qaratish lozimligini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2020 yildagi 794-son "O'zbekiston respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori tasdiqlangan. Qarorda "Aqlli qishloq xo'jaligi" texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha 2021 — 2023-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Strategiya "Aqlli qishloq xo'jaligi" texnologiyalarini rivojlantirishning quyidagi uzoq muddatli asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi:
qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanishda raqamli va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish orqali suv resurslarini boshqarish va undan foydalanish;
intensiv bog'larni tashkil etish va bog'dorchilik mahsulotlarini yetishtirishda avtomatlashtirilgan boshqarish texnologiyalarini joriy etish;
issiqxona xo'jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellektual texnologiyalarni joriy etish;
chorvachilik va parrandachilik sohasiga avtomatlashtirilgan texnologiyalarni tatbiq etish;
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan logistika va savdo markazlarini tashkil etish;
qishloq xo'jaligining barcha yo'nalishlari uchun "Aqlli qishloq xo'jaligi" texnologiyalari bo'yicha malakali kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirib borish;
October 5-6
28
"Aqlli qishloq xo'jaligi" texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish.
Shu bilan birga shuni alohida ta'kidlash kerakki, yangi texnologiyalarni joriy etish, hech bo'lmaganda yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga yuqori sifatli kirish, tarmoq signallarining barqarorligini ta'minlash uchun mustahkam poydevor yaratish va uskunalarni kompleks modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega.
Xulosa va takliflar
Shunday qilib, agrosanoat majmuasi milliy iqtisodiyotning innovatsiyalarni joriy etish va raqamlashtirishga tayyorlanmagan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu muammoni faqat raqamlashtirishning mustahkam poydevorini shakllantirishdan boshlab, kompleks tarzda hal qilish mumkin.
Bizning fikrimizcha, qishloq xo'jaligini raqamlashtirish innovatsion rivojlanishni muhim omili hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga raqamli texnologiyalarni joriy etish dalalar va hayvonlarning mahalliy xususiyatlarini, tabiiy o'zgaruvchanligini hisobga olish imkonini beradi, bu esa resurslar sarfini kamaytirish, ekinlar hosildorligi va hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, qarorlar sifatini va ularni qabul qilish samaradorligini oshiradi. Asosiy raqamli texnologiyalarga quyidagilar kiradi:
- SaaS yechimlari uchun dasturiy ta'minot (veb-ga asoslangan ma'lumotlarni qayta ishlash)
- raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun uskunalar (oziqlantirish, texnik xizmat ko'rsatish, mikroiqlimni tartibga solish, sog'ish, hayvonlarning holati va hayotiy faoliyatini nazorat qilish)
- yordamchi uskunalar (datchiklar, videokameralar, mikrofonlar, monitorlar).
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy imkoniyatlari
cheklanganligi, ularning yuqori qarz yuki tufayli raqamli texnologiyalarni joriy etish qimmat va nomaqbul taqsimotga ega. Biroq, innovatsiyalar tarqalishi va joriy etilishi bilan ularning narxi pasayadi [28].
O'zbekiston respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va ularga xizmat ko'rsatishni mahalliylashtirish dolzarb masaladir. Chunki, import mahsulotlariga qaramlikni oshishi o'zi mohiyatan tashqi omillarga ta'sirchan sohani yanada boshqarishni qiyinlashtirishi va oxirgi mahsulotlar tannarxini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun IT - sohasini rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish, oliy ta'lim muassalarini texnik mukammal jihozlash, turli subsidiyalar bilan qo'llab - quvvatlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ilmiy tadqiqot tashkilotlari va agrar tashkilotlar integratsiyasini
kuchaytirish o'ta muhim hisoblanadi.
October 5-6
Shuningdek, qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha ITTKI ga xarajatlarning yil sayin oshib borishi, ammo patent faolligining esa tushib borishi xavotirga soladi. Chunonchi, aslida sohaga kiritilgan investitsiyalar yangiliklarni joriy qilinishini oshirishi lozim edi. Bu kapital qaytimi tushib borayotgani anglatadi. Ya'ni sohada innovatsiyalar uchun ajratilgan mablag'lar samarasiz foydalanilmoqda. Bunga bir qator salbiy omillar ta'sir etoyatgan bo'lishi mumkin. Fikrimizcha, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini qayta ko'rib chiqish lozim. Ilmiy tadqiqot institutlarida innovatsion ishlanmalarni joriy qilishni bevosita agrar tashkilotlar ixtiyoriga berish o'rtadagi "vositachi" tashkilotlar ta'sirini kamatirish, Innovatsion vazirlik faqat agrar tashkilotlar tanlagan loyihalarni pilot rejimida moliyalashtirishda va kapital qaytimini monitoring qilishda ishtirok etishi lozim deb o'ylaymiz.
Shu bilan birga sohada operativ statistik ma'lumotlarni olish cheklangan, bu agrar tashkilotlarni marketing tadqiqotlarini olib borishni qiyinlashtiradi. Buni yechimi sifatida Rossiya Federatsiyasida "Raqamli qishloq xo'jaligi" dasturi doirasida tarmoqqa oid axborotlarni yig'ish maqsadida joriy qilingan "Raqamli oyna" tizimini iqtisodiyotimizga o'zlashtirish maqsadga muvofiq bo'lardi [29].
Umuman olganda respublikamizda samarali innovatsion tizimni shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat: Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni innovatsion faoliyatini tashkil etish bo'yicha aniq va sodda huquqiy bazasini shakllantirish; qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyatni rag'batlantirish bo'yicha dastur ishlab chiqish va maqsadli moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish; ilmiy - tadqiqot markazlari, insitutlar va h.klar bilan ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida a'loqalarni kuchaytirish, ilmiy tashkilotlar filiallarini qishloq xo'jaligi hududlarida tashkil etish, laboratoriya va zarur jihozlar bilan ta'minlash; qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni yangi usul, navlarini joriy qilish bo'yicha aniq bir ma'sul tashkilotni tayinlash va moliyalashtirish manbalarini aniqlash; qishloq hududlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, infratuzilmani yaxshilash [30].
REFERENCES
1. Шавкат Мирзиёев, 2022. Хал^имиз дунё^арашида инновация мухитини яратиш - энг мухим вазифамиз. Saytda mavjud: https://uza.uz/posts/56685 (tashrif vaqti: 30.08.2022 yil).
2. Knudson W., Wysocki A., Champagne J., Peterson H.C., 2004. Entrepreneurship and innovation in the agri-food system. Am. J. Agric. Econ. 86 (5), 1330-1336.
3. Baudron, F., Li'egeois, F., 2020. Fixing our global agricultural system to prevent the next COVID-19. Outlook Agric. 49 (2), 111-118.
4. Oecd, 2013. Agricultural innovation systems: A framework for
analysing the role of the government. OECD Publishing.
October 5-6
5. Clancy, M.S., Moschini, G., Heisey, P., 2019. The Roots of Agricultural Innovation: Evidence from Patents. University of Chicago Press.
6. Alvarez-Coque, ' J.M.G., Alba, M., Usach, T.-L.-G., 2012. Innovation and sectoral linkages in the agri-food system in the Valencian Community. Spanish J. Agric. Res. 1,
7. Alston, J.M., Pardey, P.G., 2020. Innovation, Growth, and Structural Change in American Agriculture. The Role of Innovation and Entrepreneurship in Economic Growth. University of Chicago Press.
8. Lapple, " D., Renwick, A., Thome, F., 2015. Measuring and understanding the drivers of agricultural innovation: evidence from Ireland. Food Pol. 51, 1-8.
9. Lapple, " D., Renwick, A., Thorne, F., 2015. Measuring and understanding the drivers of agricultural innovation: evidence from Ireland. Food Pol. 51, 1-8.
10. Brunori, G., Proost, J., Rand, S., 2020. Small Farms and Innovation. In: Brunori, G., Grando, S. (Eds.), Innovation for Sustainability (Research in Rural Sociology and Development, Vol. 25. Emerald Publishing Limited, Bingley, pp. 171-191.
11.Р. Х. Ташматов., 2021. Направления инновационного развития и цифровизации сельского хозяйства в регионах Узбекистана. Innovations. № 1., pp. 121-129.
12. Gamito, T.M., Madureira, L., 2019. Shedding light on rural innovation: Introducing and applying a comprehensive indicator system. Regional Science Policy & Practice 11 (2), 251-277.
13. Rosenberg, N., 1974. Science, invention and economic growth. Econ. J. 84 (333),
14. Klerkx, L., Hall, A., Leeuwis, C., 2009. Strengthening agricultural innovation capacity: are innovation brokers the answer? Int. J. Agric. Resour. Govern. Ecol. 8 (56), 409-438.
15. Knickel, K., Brunori, G., Rand, S., Proost, J., 2009. Towards a better conceptual framework for innovation processes in agriculture and rural development: from linear models to systemic approaches. J. Agric. Educat. Exten. 15 (2), 131-146.
16. Caloghirou, Y., Kastelli, I., Tsakanikas, A., 2004. Internal capabilities and external knowledge sources: complements or substitutes for innovative performance? Technovation 24 (1), 29-39.
17. Cohen, W.M., Levinthal, D.A., 1990. Absorptive capacity: a new perspective on learning and innovation. Adm. Sci. Q. 35 (1), 128-152.
18. Moura, D.C., Madeira, M.J., Duarte, F.A., Carvalho, J., Kahilana, O., 2019. Absorptive capacity and cooperation evidence in innovation from public policies for innovation. Int. J. Innovat. Sci.
18-28.
90-108.
October 5-6
19. Alarcon, ' S., Sanchez, ' M., 2016. Is there a virtuous circle relationship between innovation activities and exports? A comparison of food and agricultural firms. Food Pol. 61, 70-79.
20. Jaffe, A.B., Trajtenberg, M., Henderson, R., 1993. Geographic localization of knowledge spillovers as evidenced by patent citations. Q. J. Econ. 108 (3), 577-598.
21. Saxenian, A., 1994. Regional networks: industrial adaptation in Silicon Valley and route 128.
22. Bjerke, L., Johansson, S., 2015. Patterns of innovation and collaboration in small and large firms. Ann. Reg. Sci. 55 (1), 221-247.
23. Nieto María, J., Santamaría, L., 2010. Technological collaboration: bridging the innovation gap between small and large firms*. J. Small Bus. Manage. 48 (1), 44-69.
24. Mate-Sanchez-Val, ' M., Harris, R., 2018. The paradox of geographical proximity for innovators: a regional study of the Spanish agri-food sector. Land Use Pol. 73, 458-
25. Bjerke, L., 2016. Knowledge in agriculture: a micro data assessment of the role of internal and external knowledge in farm productivity in Sweden. Stud. Agric. Econ. 118,
26. Об итогах и перспективах социально - экономического развития государств -членов Евразийского экономического союза и мерах, предпринятых государствами членами в области макроэкономической политики. Годовой доклад за 2020 год. Москва 2021. ст. 14 .
27. O'zbekistonda ilm - fan va innovatsion faoliyat 2017-2020 yillar. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi to'plami. Toshkent:2021. 13 - bet
28. Марков Андрей Кириллович и др., 2019 . Инновационное развитие АПК. «Инновации и инвестиции». Научный журнал. № 5, 337 -ст.
29. Бердиев И.Г. и др., 2022. Оценка статистических показателей развития цифровой экономики. "Ра^амли щтисодиётни ривожлантиришнинг статистик тахлилини такомиллаштиришнинг назарий ва услубий жихатлари" хал^аро илмий-амалий анжуман материаллари туплами. 163-167 b.
30. Eshpulatov D.B., 2022. Qishloq xo'jaligida sifatli iqtisodiy o'sishni ta'minlashda innovatsiyalarni boshqarishni baholash. "Ijodkor yoshlar va innovatsion taraqqiyot" mavzusidagi an'anaviy Xalqaro 7-ilmiy-amaliy anjumani to'plami. Buxoro. 415-425 b.
467.
68-76.
October 5-6