Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEK MAQOM SAN’ATI TARAQQIYOTINING USTIVOR TAMOYILLARI (AN`ANA VA ZAMONAVIYLIK)'

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEK MAQOM SAN’ATI TARAQQIYOTINING USTIVOR TAMOYILLARI (AN`ANA VA ZAMONAVIYLIK) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

529
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / an‟ana / san‟at / konservatoriya / shashmaqom / pedagogy / tradition / art / conservatory / shashmaqom

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ayman Iles Qizi Umarova

Ushbu maqolada O„zbekistonda musiqa ta‟limi, taraqqiyoti va tadqiqotlari yuzasidan qimmatli ma‟lumotlar o„rin olgan.Bundan tashqari uning yaqin o„tmishi va bugungi ahvoli haqidagi ayrim fikrlar ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUSTAINABLE PRINCIPLES OF UZBEK MAKOM ART DEVELOPMENT IN THE YEARS OF INDEPENDENCE (TRADITION AND MODERNITY)

This article provides valuable information on music education, development and research in Uzbekistan. It also provides some insights into its recent past and present.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEK MAQOM SAN’ATI TARAQQIYOTINING USTIVOR TAMOYILLARI (AN`ANA VA ZAMONAVIYLIK)»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1144-1147

MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEK MAQOM SAN'ATI TARAQQIYOTINING USTIVOR TAMOYILLARI (ANANA VA

ZAMONAVIYLIK)

Ayman Iles qizi Umarova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda musiqa ta'limi, taraqqiyoti va tadqiqotlari yuzasidan qimmatli ma'lumotlar o'rin olgan.Bundan tashqari uning yaqin o'tmishi va bugungi ahvoli haqidagi ayrim fikrlar ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: pedagogika, an'ana, san'at, konservatoriya, shashmaqom

SUSTAINABLE PRINCIPLES OF UZBEK MAKOM ART DEVELOPMENT IN THE YEARS OF INDEPENDENCE (TRADITION AND MODERNITY)

ABSTRACT

This article provides valuable information on music education, development and research in Uzbekistan. It also provides some insights into its recent past and present.

Keywords: pedagogy, tradition, art, conservatory, shashmaqom

KIRISH

Istiqlol yillarida milliy ma'naviy merosga bo'lgan yuksak e'tibor natijasi o'laroq yurtimizda mazkur jabhada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, asriy qadriyatlar negizida qaror topgan boy musiqa merosimizning o'rganish masalalari yangi bosqichga ko'tarilmoqda. O'zbek xalq og'zaki an'anasidagi kasbiy san'at asarlarining xalq e'zoziga tushishi, maqom ashulalarining, katta ashulalarining va maqom yollaridagi mumtoz asarlarining ijrochilik taomilidan munosib o'rin egallashi bu jarayonga o'zgacha salohiyat baxsh etdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda ularni tadqiq etish, pedagogik ta'lim tizimida ularning o'rganilishini o'tmish va bugungi kun misolida tahlil qilish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Shunnigdek, har qanday san'at turi har xil vositalar orqali hayotiy voqelikni Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1144 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1144-1147

aks ettirishga qodir ekan, so'nggi yuz yillik mobaynida O'zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog'lik murakkab va o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish va uni tadqiq etish ustivor ahamiyat kasb etib bormoqda.

Ma'lumki maqom ta'limotini o'rganish mazkur muhtasham san'at paydo bo'lishidan boshlab vujudga kelgan. Qolaversa maqom san'atini o'rgatilishi, ta'lim shakllari uzoq o'tmishdan shakllanib bugungi kunga qadar taraqqiy etib kelmoqda.

An'anaviy qo'shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo'lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdulg'ani, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharifov, Zohidxon hofiz, Madali hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir.

MUHOKAMA

Aytish joizki,1920 yillardan boshlab o'zbek musiqa ijodiyotini o'rganish va uni yozib olish alohida o'rinni egalladi. 1919 yilda Turkiston respublikasida badiiy-etnografik komissiya tuzildi va bu komissiya hayatida V.A.Uspenskiy, G'ulom Zafariy, E.Melngaylis, N.Mironovlar kirdilar. Komissiya o'ziga maqsad qilib birinchi o'rinda «Shashmaqom»-ni va O'rta Osiyoda yashovchi barcha xalqlar ijodiyotini o'rganishni o'z oldiga qo'ydi. 1923 yilning boshlarida V.A.Uspenskiy boshchiligida komissiya Buxoroda bo'lib Ota Jalol Nosirov va Ota G'iyos Abdug'anilardan maqom majmuasini hammasini yozib oladilar.

Aytish joizki dastlab 1918 yilda Turkiston Xalq konservatoriyasi keyinchalik Toshkent davlat konservatoriyasi 1936 yillarda ochilgan bo'lsa, qariyb bir asrdan beri dunyo musiqasini o'zbek ijrochilari bilan boyitib kelmoqda.

Ayniqsa mustaqillik yillarida Oliy ta'lim muassasalari ichida O'zbekiston davlat konservatoriyasi "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" va "An'anaviy xonandalik" kafedralari mumtoz musiqamizning yetuk ijrochilarini tayyorlashda jonbozlik qilib keldi. O'zbekiston davlat San'at va Madaniyat Instituti esa xalq og'zaki ijodini o'rganish va izlanishlar borasida yetakchi ta'lim muassasasidir. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda 2018 yil 6 apreldagi "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarorlari o'zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim hujjatlar bo'ldi.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1145 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1144-1147

NATIJA

2017 yil badiiy jamoalar safidagi Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli va maqom ijrochiligini o'ziga kasb bilgan san'atkorlar uchun "Maqom markazi" tashkil etildi. Markaz qoshida ovoz yozish studiyalari ochildi. Barcha viloyatlar maqom ansambllari safi kuchaytirildi, ta'lim muassasalarini bitirib chiqqan yosh mutaxassis xodimlar nafaqat ijodiy, balki ilmiy yo'nalishda ham tadqiqot ishlarini boshlab yuborishdi. Xorazm viloyati maqom ijrochilari uchun ham "Maqom markazi" mavjud. Maqom jamoasining Buxoro viloyati bo'limida esa maqomga bo'lgan e'tibor avvaldan kuchli bo'lganligi sabab hozirda bu san'at ijrochiligi yuksak darajada rivojlanmoqda1.

Darhaqiqat, so'nggi yillarda Yangi Ozbekiston muhitida ulkan tarixiy jarayonlar san'at sohasida ham oz infkosini topmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta'lim muassasasi — Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etilganligi ham olamshumul voqea sifatida e'tirofga loyiqdir2.Mazkur institut yurtimizda maqom, xalq musiqasi, baxshichilik va katta ashula ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o'rganish va qayta tiklash bilan shug'ullanadi. Shuningdek, mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish kabi qator vazifalarni bajaradi.

XULOSA

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti o'z ta'lim yo'nalishlari bo'yicha "ustoz-shogird" maktablarini tashkil etib, rivojlantirishi, shuningdek, bu sohaga kirib kelayotgan yoshlar uchun muntazam ravishda mahorat darslarini o'tkazib borishi ham muhtasham maqom sanatimizning taraqqiy etishida muhim omil bolib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. I.Rajabov "Maqomlar" "San'at" nashriyoti T., 2006 y.

1 Sh.Matyoqubov "Ananaviy ijrochilik tarixi" T., 2015 y.98- b.

2 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 536-son qarori Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan 1146

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1144-1147

2. Sh.Matyoqubov "An'anaviy ijrochilik tarixi" Oquv qollanma T., 2018 y

3. Умарова, А. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНО-ТВОРЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ У УЧАЩИХСЯ СТАРШИХ КЛАССОВ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ТВОРЧЕСТВА УЗБЕКСКИХ КОМПОЗИТОРОВ. Scientific progress, 7(5).

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.