Научная статья на тему 'РАБОТЫ АЛИШЕРА НАВОИ КАК ШКОЛА ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ'

РАБОТЫ АЛИШЕРА НАВОИ КАК ШКОЛА ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
204
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
НАВОИ / ЩЕДРОСТЬ / ВЕРНОСТЬ / ЭТИКА / ЧЕСТНОСТЬ / АФОРИЗМ / ОБРАЗОВАНИЕ / ПОВЕСТВОВАНИЕ / ДОБРОТА

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Гойиббоева Р. А., Мамашаева М. М.

В данной статье освещается о концепции развития совершенного человека и человечества, которые отражены в работах Алишера Навои.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «РАБОТЫ АЛИШЕРА НАВОИ КАК ШКОЛА ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ»

Ученый XXI века • 2020 • № 1 (60)

РАБОТЫ АЛИШЕРА НАВОИ КАК ШКОЛА ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ

Р.А. Гойиббоева1, М.М. Мамашаева2

Аннотация

В данной статье освещается о концепции развития совершенного человека и человечества, которые отражены в работах Алишера Навои.

Ключевые слова: Навои, щедрость, верность, этика, честность, афоризм, образование, повествование, доброта.

O'zbek xalqining ulug' mutafakkiri, ma'rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e'tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o'rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo'lida sarf qilish za-rurligini uqtirdi. Alisher Navoiy ilm, ma'rifat haqida ajoyib fikrlarni olg'a surdi. U aql, ilm insonning eng go'zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yosh-likdan boshlab astoydil o'qish-o'rganish kerak: "Yoshligingda yig'gil bilimni, qarigach sarf qilg'il ani", degan buyuk alloma.

Alisher Navoiy ilm-fanning inson kamolotidagi o'rni, bilimlarni o'rganish asosida hosil bo'lgan aql va idrokning inson hayotidagi ahamiyati hamda aqliy tarbiya va uning mohiyatini yoritishga alohida e'tibor qaratadi. Shoir ilm kishilarini qanday bo'lishi kerakligi haqida to'xtalib yozadi:

Olim agar qat'i amal aylasa,

Ilmig'a shoyista amal aylasa,

Solmasa ko'z jafai dunyo sari,

Boqmasa tuz dunyiyi foni sari,

Oni sharaf gavharining koni bil,

Gavharu kon, harna desang oni bil3

Alloma insonga xos bo'lgan ma'naviy-axloqiy xislatlari xususida so'z yuritadi hamda mazkur sifatlarning har biriga to'laqonli ta'rif berib o'tadi. Qanoat, sabr, tavoze (adab), o'zgalarga nisbatan mehr-muhabbatli bo'lish, ishqda vafodorlik, saxovat, him-mat, karam, muruvvat, yumshoq ko'ngillik (hilm) kabi xislatlarni ijobiy fazilatlar si-rasiga kiritadi va ularning har biriga ta'rif berganidan so'ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar bilan to'ldiradi. Navoiy, shuningdek, axloqiy fazilatlarning antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo'llarini ham bayon etgan.

Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezonini odob deb hisoblaydi. Odobli, ax-loqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson hayotidagi rolini ko'r-satib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: "Adab kichik yoshdagi-larni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi".

"Hayrat ul-abror"da odob-axloq bilan bog'liq hikoyatlar ham bor. Ularda hayo, vafo, qanoat, to'g'rilik ulug'lanadi. Ta'ma, yolg'onchilik qoralanadi. "Hayrat ul-

1Гойиббоева Райхона Ахмаджановна - преподаватель, Наманганский государственный университет, Узбекистан.

2Мамашаева Мастура Мамасолиевна - старший преподаватель, Наманганский государственный университет, Узбекистан.

3 Xamsa, 97-sahifa

abror"dagi odob-ahloq bilan bog'liq hikoyatlardan biri "No'shirvonning hayosi..." hiko-yatidir. Bunda Anushervonni yoshlik chog'ida bir go'zalga oshiq bo'lishi va ularning bog'dagi uchrashuvi tasvirlanadi:

Yetti g'ami mehnati bemar anga, Toki visol o'ldi muyassar anga. Bir chaman ichra tuzibon xilvate, Gulrux ila qildi ayon suhbate1.

No'shirvon qo'lini yori sari uzatadi-yu, ko'zi bir nargis guliga tushib, tortib oladi. Shu hayosi sabab kelgusida u adolatli shoh darajasiga erishadi:

Jumlayi olam aro shoh ayladi, Adlini olamg'a panoh ayladi2

Navoiy halol mehnat qilishni kishining olijanob fazilatlaridan biri deb biladi. Un-ingcha, mehnat baxtli hayot manbai, jamiyatning boyligi ham mehnatdandir. Shuning uchun ham shoir kishilarni mehnat qilishga undaydi. Shoirning mehnatga va mehnat ahliga munosabati uning hikoyalarida yaxshi yoritilgan. Bu jihatdan uning " Hayratul-abror "dagi "Hotami Toyi va o'tinchi chol" hikoyati nihoyatda xarakterlidir.Uning mavzusi halol mehnatni ulug'lashdir. Saxovat, birovning minnatli nonidan peshana teri bilan topilgan nonning o'rni katta ekanligini ko'rsatishdir. Ma'lumki, Hotam -musulmon dunyosida saxovat timsoli. Uning haqida behisob asarlar yaratilgan. Ulug' o'zbek shoiri she'riy hikoyatining qahramoni ham o'sha Hotami Toyidir. Hikoyatning qisqacha mazmuni shunday: Hotami Toyidan bir kishi o'ziday saxiy kishi ko'rgan-ko'maganini so'raydi. Hotam unga bir kuni aylanib kelish uchun sahroga chiqqanini, shu paytda uyida yuzlab tuya, qo'y-qo'zi so'yib, odamlarga ziyofat berayotganini, sahroda bir qari chol orqasiga bir quchoq tikan ortib kelayotganini, uning qaddi bukilib, bir qadam yurib, dam olib zo'rg a yurayotganini ko'radi. Cholga Hotamning uyiga bor-ishini, unga mehmon bo'lib qornini to'yg'azishini, mehnatdan azob chekish shart emasligini aytadi. Shunda mo'ysafid bosh ko'tarib unga istehzo aralash kulib qaraydi-da, vazminlik bilan javob qaytaradi: Sen hali mehnating lazzatini totib ko'rmagan ekan-san, sen ham mehnat qil, o'z qo'l kuching bilan kun kechir, Hotam toyi minnatini tortma. Ter to'kib topilgan bir tanga birov bergan xazinadan afzaldir.

Key, solibon hirs ayog'ingga band, Ozu tama bo'ynuga bog'lab kamand. Vodiyi g' ayratga qadam urmag'on, Kunguri himmatga alam urmag'on, Sen dog'i chekkil bu tikan mehnatin, Totmag'il Hotami Toy minnatin. Bir diram olmoq chekibon dast ranj, Yaxshiroq andinki, birov bersa ganch.3

Cholning fikricha, birovning katta xazinasi, pulidan mehnat qilib topilgan bir di-ram yaxshiroq ekan. Hotam shu uchun ham cholni himmatda o'zidan ustun qo'yadi. Hotam obrazi adabiyotimizda saxiylik timsoli. Ammo u o'tinchi cholni o'zidan ham ustun qo'yadi. O'z mehnati bilan yashash, birovning minnatisiz umr kechirish - komillik nishonasi. Chol shunchaki oddiy mehnatkash emas. U aqlli komil, ilm-ma'rifatdan xa-bardor ulug' zot. Navoiy bu hikoyatda olijanob va sahovatli Hotam bilan alamdiyda va mehnatkash cholni uchrashtirishdan teran bir maqsadni ko'zda tutadi. U bir tomondan, o'z davridagi ziqna, shafqatsiz boyonlarni Hotamdan o'rnak olishga undasa, ikkinchi tomondan, mehnatni, yaratuvchilikni har qanday saxiylikdan ustun ekanligini uqtiradi. Navoiyning mehnat to'g'risidagi fikrlari hunar egallash haqidagi talqinlari bilan

1 "Hayrat ul-abror". 163-sahifa

2 "Hayrat ul-abror". 164-sahifa

3 "Hayrat ul-abror". 153-sahifa

YneHbiH XXI BeKa • 2020 • № 1 (60)

uzviy bog'lanib ketadi. Shoir qilingan mehnatning unumli va foydali bo'lishida kasb-hu-narning roliga kata baho beradi:

Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o'lmag'ay g amnok chiqmoq. Jahonda notamom o'tmak biaynih, Erur hammomdin nopok chiqmoq1.

Adolat masalasi Navoiy ijodini keng qamrab olgan. Navoiy umr bo'yi xalq manfaatlarini himoya qildi, xalq turmushini yaxshilash choralarini axtardi. U davlat ar-bobi sifatida mamlakat va xalq farovonligini ta'minlash uchun tinmay harakat qildi.

Navoiyning fikricha, agar podshoh adolatli bo'lsa, mamlakat obod, xalq baxtiyor bo'ladi, agar buning aksi bo'lsa, ya'ni zolim bo'lsa, mamlakat xarobazorga aylanadi, xalq esa xoru zor bo'ladi.

Bo'ldi raiyat galavu sen shubon, Ul shajari musmiru sen bog'bon. Qo'yni shubon asramasa oyu yil, Och bo'rilar tu'masidur bori bil. Boqmasa dehqon chamanin tunu kun, Naxli tarin angla qurug on o'tun. Bo'rini dog'I galadin dur qil, Suv beribon bog'ni ma'mur qil...2

Navoiyning ta'kidlashicha, mamlakat shohi mana shunday gamho'r, adolatli bol-ishi, o'z mamlakati va xalqi uchun qayg'urishi kerak.

"Hayrat ul-abror "dagi bir hikoyat falsafiy mazmunda bo'lib, unda shoir falak hay'atidin shikoyat qiladi. Taqdir hech kimga rahm-shafqat qilmaydi. Hayot cheklangan fursatda tugaydi. Taxt ustida yuksaklikda o'tirganlar bir kun taxt ustiga yotadilar. Odamning sha'ni yuqori ko'tarilgan bo'lmasin, baribir bir kun tuproq ostiga kirib past bo'ladi. Shuning uchun davlatu iqbolga shodlanmaslik kerak, qo'lidagi bor narsasini elga sarf etish lozim.3 Navoiy yozishicha bu dunyoda vafo yo'q, jafo bor. Odamlar kelib ketaveradi. Yuz kishi kelsa, ming kishi ketadi. Hikoyat ning mazmuni quyidagicha: Is-kandar butun dunyoni egallaydi. U olmagan biror joy qolmaydi. U shoh, valiy, nabi va donishmand ham edi. Yetti osmon yeti iqlim unga bo'ysunardi. Bu dunyodan ketish paytida u kata tashvishga tushib qoladi. Hech kim unga yordam berolmaydi. Shunda u vasiyat qiladiki, vafot etgandan so'ng, qabrga olib borayotganlarida tobutdan bir qo'lini chiqarib qo'ysinlar. Bu boshqalarga ibrat bo'lsin. Suv-u quruqlikni egallagan, yeti kish-var shohi bu dunyodan quruq qo'l bilan ketayapti. Navoiy buni shunday ifodalaydi:

Qabrg'a chun boshlag'ungizdir yo'lum, Na'sh yonidin chiqaring bir qo'lum. To kishikim qilsa nazar ul sori, Ibrat ila boqqay o'shul qo'l sori, Jismida jon yo'q bu makondin borur, Holi ilik birla jahondin borur.4

Navoiyning ko'p asarlarida rostlik,to'g'rilik, yolg'onchilik haqida gapiriladi. "Hayrat ul-abror"dagi o'ninchi maqolat "Rostlik ta'rifida kim..."deb nomlanadi.Unda rostlik, to'g'rilik ulug'lanadi, yolg'onchilik qoralanadi.Bu maqolatga qo'shimcha tarzda "Durrojning yolg'onni chin o'rniga ayturi..."deb nomlanadigan hikoyat keltiriladi.Uning mazmuni quyidagicha:Sher bilan durroj do'st tutinishadi.Durroj yolg'on so'zlashga odatlangan edi .U doim do'stiga murojaat qilib "Meni sayyod domidan qutqar!"deb baqirar, sher yugurib yetib kelsa.,aldanganligi ma'lum bo'lardi .Kunlarning birida durroj chindan ham dogma ilinadi va sherdan tordam so'rab qichqiradi.Har vaqt aldanib

1 Alisher Navoiy. Asarlar, 1-tom,479-sahifa

2 Xamsa, 59-sahifa

3 Qayumov A. Alisher Navoiy. 66-sahifa.

4 "Hayrat ul-abror". 255-256-sahifalar.

kelgan sher bu safar (odatdagi yolg'on deb o'ylab) yordamga bormaydi.Shu tariqa yolg'onch durroj o'z boshiga o'zi yetadi.1 Shoir yozganidek yolg'onchilik kishining boshiga yetadi.YoFgonchi deb nom chiqargan insonning gapiga hech kim ishonmaydi.

So'zda.Navoiy, ne desang,chin degil,

Rost navo nag'amag'a tahsin degil.2

Ulug mytafakkir, o'zbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoirning "Hay-rat ul -abror" dostoni va "Mahbub ul -qulub" asari o'quvchilar uchun yirik tarbiya mak-tabi bo'la oladi desak adashmaymiz. Bu asarlar kishini hayotga tayyorlaydi, haqiqiy in-son bo'lib yetishishiga, jamiyatda o'zining munosib o'rnini topa olishiga yordam beradi. Navoiy hikmatli so'zlarining umrboqiyligi shundaki uning hikmali so'zlari asrlar silsi-lasidan o'tib, zamon chig'irig'iga dosh berib bugungi kunda ham xalqimiz orasida maqol sifatita faol qo'llanilib kelinmoqda. Alisher Navoiy ta'lim-tarbiya to'g'risidagi fikrlarini ko'proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma'rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. -T.: Ma'naviyat,2008.

2. Karimov I.A.Adabiyotga e'tibor — ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. .-T.: O'zbekiston, 2009.

3. Karimov I.A. Inson, uning xuquq va erkinliklari oliy qadriyat.XIV-jild.- T.:"O'zbekiston", 2006

4. AlisherNavoiy. Mukammal asarlar to'plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. T.:"Fan", 2002

5. Qayumov A. Alisher Navoiy (Mashhur siymolar hayoti). -T.: Kamalak,1991.

6. Navoiyningijod olami. T., 2001.

7. Hayitov SH. Kaykovus va Alisher Navoiy talqinida qalb tarbiyasi. . Til va adabiyot ta'limi. 2005 yil 2-son, 84-bet

8. AlisherNavoiy. Xamsa: Hayratul-Abror, Farhod va SHirin, Layli va

9. Majnun, Sab'ai sayyor, Saddi Iskandariy.--T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1986.-423 b.

10. Navoiy, Alisher. Hikmatlar: Bolalar uchun.-T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,1999

11. www.ziyonet.uz

12. www.gov.uz

© P.A. ToHHÖöoeBa, M.M. MaMamaeBa, 2020.

1 Abdug'afurov A."Buyuk beshlik saboqlari"55-sahifa

2 "Hayrat ul-abror "212-sahifa

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.