Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY IJODIDA TA’LIM-TARBIYA VA DO‘STLIK MASALALARI'

ALISHER NAVOIY IJODIDA TA’LIM-TARBIYA VA DO‘STLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
11252
504
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktika / obraz / ruboiy / g‘azal / nazm / navo / nasr / janr. / didactics / image / rubaiy / gazelle / nazm / navo / prose / genre.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sodiqova Shirin Baxtiyarovna

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning asosan didaktik janrda yozilgan ruboiy va g‘azallari tahlilga tortilgan. Ularning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati misollar yordamida yoritilgan. Navoiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION AND FRIENDSHIP ISSUES IN ALISHER NAVOI'S WORK

The article analyzes the rubai and gazelles of Alisher Navoi, written mainly in the didactic genre. Their importance in modern social and political life is illustrated by examples. The significance of Navoi's works today is analyzed.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY IJODIDA TA’LIM-TARBIYA VA DO‘STLIK MASALALARI»

R

ALISHER NAVOIY IJODIDA TA'LIM-TARBIYA VA DO'STLIK

MASALALARI

Sodiqova Shirin Baxtiyarovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent shirinsadikova@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqolada Alisher Navoiyning asosan didaktik janrda yozilgan ruboiy va g'azallari tahlilga tortilgan. Ularning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati misollar yordamida yoritilgan. Navoiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati tahlil etilgan.

Tayanch so'z va iboralar: didaktika, obraz, ruboiy, g'azal, nazm, navo, nasr,

janr.

Аннотация. В статье анализируются рубай и газели Алишера Навои, написанные преимущественно в дидактическом жанре. Их значение в современной общественно-политической жизни иллюстрируется примерами. Проанализировано значение произведений Навои сегодня.

Опорные слова и выражения: дидактика, образ, рубаий, газель, назм, наво, проза, жанр.

Abstract. The article analyzes the rubai and gazelles of Alisher Navoi, written mainly in the didactic genre. Their importance in modern social and political life is illustrated by examples. The significance of Navoi's works today is analyzed.

Key words and expressions: didactics, image, rubaiy, gazelle, nazm, navo, prose, genre.

Zamonaviy texnologiyalar asri bo'lgan bugungi kunda ta'lim-tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Lekin tarbiya masalasi sharq xalqlarida doimo etakchilik qilgan va o'z qiymatini hech yo'qotmagan. SHarqona ta'lim va tarbiya dunyo miqyosida ham alohida o'ringa ega. SHarq madaniyatida ta'lim-tarbiya masalalari yoritilgan didaktik ruhdagi asarlar Mir Alisher Navoiy nomi bilan bog'liqdir. Navoiy o'z asarlarida axloqiy qarashlarini yaxshi fazilatlar bilan birga yomon illatlarni ham ko'rsatish orqali ifoda etadi. Uning nazdida insoniylik yaxshi g'oyalarga amal qilish va uni targ'ib etish bilan bog'liqdir, turli illatlar esa odamni insoniylikdan uzoqlashtiradi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tadqiq etish jarayonida Alisher Navoiyning asarlari metodologik jihatdan olindi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Alisher Navoiy asarlarida ustoz-shogirdlik masalasi obyektiv ochib berildi. Muxtorov A., Sanaqulov U. O'zbek adabiy tili tarixi kitobi mantiqiy izchillik sifatida olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Nokasu nojins avlodin kishi bo 'lsin debon CHekma mehnatkim, latif o 'lmas kasofat olami -Kim kuchuk birla xo 'tukka necha qilsang tarbiyat, It bo 'lur, dog'i eshak, bo 'lmas aslo odami1.

Haqiqatdan ham jonzotlar orasida faqat insongina ta'lim-tarbiyasi tufayli barcha mahluqotlardan ajralib turadi. Biroq unda yoshlik davridanoq yovuzlik, adovat, hasad, tuhmatchilik va yolg'onchilik kabi illatlar shakllansa, uni har qancha tarbiya etilgani bilan bartaraf etib bo'lmaydi. Zero, tarbiya insondagi o'zgarmas hislatlardandir. Tarbiyani inson dunyoga kelishi bilanoq, balki ona qornidaligidanoq boshlamoq zarur ekanligini g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy mahorat bilan yuqoridagi misralarda ifoda etgan. SHuningdek, Navoiy faqat ta'limotlar orqali insonga ta'sir etib bo'lmasligini yaxshi biladi. Ba'zan insonga yomon xulqli va badfe'llar davrasida bo'lmoqlik ham yaxshi ta'sir ko'rsatishi aytib o'tiladi. Negaki inson faqat yaxshi muhitda yashasa, yaxshilar qadriga etmasligi mumkin. Navoiy asarlaridan yaxshilarga alohida hurmat e'tibor ko'rsatish, shu bilan birga badfe'l odamlar bilan ham murosaga kelishlik insonga xos fazilat ekanligini tushunish mumkin.

Ma'lumki, Alisher Navoiy mutafakkir shoirlardan biridir. Mutafakkir so'zining ma'nosi tafakkur sohibi, keng va chuqur falsafiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo'lgan kishi, demakdir2. Uning asarlarini kuzatar ekanmiz, ularda hayotiy falsafa, insonga xos qadriyat va tuyg'ular, fazilat va illatlar, ezgulik va yovuzlik, do'st va dushmanlik, diyonat va hiyonat kabi qarama-qarshiliklarni mahorat bilan aks ettirilgani e'tiborga molikdir.

Nafsing etsa shuxlug ', charx emgagidin qil adab, Tiflni andoqki, zajr aylar falak birla adib3.

1 A^nmep HaBOHH "X,HKMaraap". Y36eKHcroH. - T. 2011. - E.8.

2 Yma acap. - E. 3.

3 Yma acap. - E. 19.

Navoiyning "G'aroyib us-sig'ar" asaridan olingan mazkur misrada bolaga yoshligidanoq etarli va to'g'ri ta'lim-tarbiya berish kerakligi, bu nechog'lik mashaqqat va vaqt talab etsa-da, unga jiddiy yondoshish zarurligi uqtiriladi.

SHuningdek, "Devoni foniy" da shunday misralar keltiriladi: Ba piri, ey javon, gar davlati ayn ul-yaqin hoqi, G 'ubori rohi piron to 'tiyo kun dar javoniho.

YA'ni, ey yigit, qariganda asl haqiqat gavharini topishni istasang, yoshlikda ulug'lar izi tuprog'ini ko'zingga to'tiyo qil4. Darhaqiqat, yaxshi xulqlilar bilan birga bo'lish, ular suhbatidan o'rganish insonni komillikka erishtiradi.

Navoiy asarlari orqali hayotda uchrashi mumkin bo'lgan ijtimoiy masalalarga mohirona yondoshgan tarbiya, ta'lim masalasidagi etkchi muammolardan biri bu millatlararo hamjihatlik masalasi ekanligini yaxshi bilgan. O'rta asrlarda mahorat va odillik bilan qayd etib o'tilgan mazkur muammo, bugungi kunda etakchilik qilmoqda. Alisher Navoiy turli xalq va millat vakillarini samimiyat bilan sevadi, ularni hurmat qiladi. Uning qaysi bir asarini olmang, turli xalq vakillari obraziga duch kelasiz, unda ularning do'stlik, birodarlik g'oyalari jo'shqin ifoda etilganligini ko'rasiz:

Ko 'ngulni olsa malohat bila tafovut yo 'q,

Xitoiy o 'Isinu yo armani va yo hindu...

Men tilab husn, vale shoh tilab aslu nasab

Menga lo 'li bila hindu, anga qo 'ng'irotu qiyot5 kabi misralarda u xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, tengma-teng qo'yuvchi belgilarga e'tiborni jalb etadi hamda insonni irqi, elati, etiqodiga qarab, unga turl icha munosabatda bo'lish kabi yomon illatlarga qarshi kurashadi. Bugun dunyoda ba'zi xalqlar, davlatlar va millatlar orasida bo'layotgan turli mojarolar, birodarkushlik urushlarining oldini olish, xalqlarni do'stlikka chorlash g'oyalarini shoir oldindan bashorat qilgandek tuyuladi.

Alisher Navoiyning ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya masalalariga fikrlarida insonparvarlik g'oyalari bosh o'rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o'z davridagi bar cha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo'lgan umuminsoniylik axloq qoidalarini o'rgandi, asar qahramonlari obrazida o'z

4 Â^umep HaBOHH "X,HKMaraap". Y36eKHCTOH. - T. 2011. - E.375 (®opcun ^HKMaraapHH !3pram Ohh^ob Tap^HMa

KHOTaH).

5 HHOSTOB C. ^ycT^HK Ba agomT KYHHHCH // Âgo^aT ra3eTacu // 2020 HHÏÏ, 18-COH

96

qarashlarini aks ettirdi. "Xamsa" dagi Farhod, SHirin, SHopur, Qays, Layli, Dilorom kabi obrazi fikrimizning yorqin dalilidir.

Buyuk alloma umri davomida ilm-ma'rifatni yuksak qadrlagan va homiylik qilgan. SHoir insonning ma'naviy kamolotini, eng avvalo, uning ilm va hunar sohibi bo'la olganligida, deb biladi. U ilmga o'zidan o'zi erishib bo'lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo'la oladi, deb hisoblaydi.

Alisher Navoiy hikmatlarida olam-olam ma'no mujassamdir. Ularda ta'lim-tarbiya, ilm-ma'rifat, mehr-oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o'rinni egallaydi. Masalan,

Oz-oz o'rganib dono bo'lur, Qatra-qatra yig'ilib daryo bo 'lur.

Alloma kishi bilimga ega bo'lishi uchun oz-ozdan o'rganib borishi lozimligini, bilimlari yig'ilib insonni komillikka erishishini ta'minlashini uqtiradi. Buni tomchi -tomchi suvlar yig'ilib, daryoga aylanishiga o'xshatadi.

Haq yo 'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo 'lmas ado aning haqin yuz ganj ila.

Navoiy ushbu misralarida birinchi ustoz tolibiga savod chiqarishda ko'maklashadi, bu bilan uning hayot yo'lini belgilab beradi. Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham to'lay olmaslikni bayon qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR Umuman olganda, Navoiy ijodiyoti zamon va makon tanlamaydi. Uning asarlaridagi ta'lim-tarbiya, ahloqqa oid fikrlar hozirda ham nazariy va amaliy jihatdan e'tiborlidir. Necha asr avval yozilgan bo'lishiga qaramay, yuqoridagi ruboiy va misralarida keltirilgan odamiylik, samimiylik, oqillik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, do'stlik, hamjihatlik masalalari sharqona tarbiyada hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Aksincha, kundan kunga zamonaviy hayotda Navoiyning asarlarini o'rganish, ular asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish dolzarblik kasb etmoqda. Bugungi ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotda, davlatlararo do'stona munosabatlarni rivojlantirishda ham asosiy omillardan biri hisoblanmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Alisher Navoiy "Hikmatlar" O'zbekiston. - T. 2011.

2. Ibrohim Haqqul Navoiyga qaytish. Fan. - T. 2007.

3. Muxtorov A., Sanaqulov U. O'zbek adabiy tili tarixi. O'qituvchi. - T. 1995.

4. Inoyatov S. Do'stlik va adolat kuychisi // Adolat gazetasi // 2020 yil, 18-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.