Научная статья на тему '“QUROLLI KUCHLARIMIZ TINCHLIGIMIZ POSBONI”'

“QUROLLI KUCHLARIMIZ TINCHLIGIMIZ POSBONI” Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurolli Kuchlar / qurolli nizolar / Vatanga qasamyod / Mudofaa doktrinasi / Renessans / yangi O‘zbekiston armiyasi. / Armed Forces / armed conflicts / oath to the Motherland / Defense Doctrine / Renaissance / new Uzbekistan army.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mirzaakbarov, Baxrom Turamirzayevich

Ushbu maqolada shonli Qurolli Kuchlarimizning qisqacha yaratilish tarixi va bugungi kungacha bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari hamda milliy armiyamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"OUR ARMED FORCES GUARDIANS OF OUR PEACE"

This article highlights the brief history of the creation of our glorious Armed Forces and the difficult path they have traveled to the present day, as well as the reforms being implemented in our national army in recent years.

Текст научной работы на тему «“QUROLLI KUCHLARIMIZ TINCHLIGIMIZ POSBONI”»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 5(1), Jan., 2025

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

"QUROLLI KUCHLARIMIZ - TINCHLIGIMIZ POSBONI"

Podpolkovnik Mirzaakbarov Baxrom Turamirzayevich,

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik va muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shonli Qurolli Kuchlarimizning qisqacha yaratilish tarixi va bugungi kungacha bosib o'tgan mashaqqatli yo'llari hamda milliy armiyamizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.

Kalit so 'zlar. Qurolli Kuchlar, qurolli nizolar, Vatanga qasamyod, Mudofaa doktrinasi, Renessans, yangi O 'zbekiston armiyasi.

ABSTRACT

This article highlights the brief history of the creation of our glorious Armed Forces and the difficult path they have traveled to the present day, as well as the reforms being implemented in our national army in recent years.

Keywords. Armed Forces, armed conflicts, oath to the Motherland, Defense Doctrine, Renaissance, new Uzbekistan army.

АННОТАЦИЯ

В этой статье освещены краткая история создания наших славных Вооруженных Сил и пройденный ими до сегодняшнего дня трудный путь, а также мнения и размышления о реформах, осуществляемых в национальной армии в последние годы.

Ключевые слова. Вооруженные Силы, вооруженные конфликты, присяга Родине, Оборонная доктрина, Ренессанс, армия Нового Узбекистана.

"Armiya faqat qurol va aslaha bilan emas, ona Vatan uchun jonini ayamaydigan harbiylar bilan qudratlidir".

Shavkat MIRZIYOYEV O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni

Jonajon Vatanimiz 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega va yurtimizdan har bir davrda erk va mustaqillik, sarhadlar daxlsizligi uchun kurashlarda buyuk qahramonlar va tengsiz sarkardalar yetishib chiqqan. Ularning harbiy mahorati va qo'llagan jang strategiyalari tan olinib, olimlar tomonidan chuqur o'rganilib, o'z zamoni va sharoitiga moslashtirilib kelingan.

Research BIB / Index Copernicus

O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning ilk kunlaridanoq buyuk ajdodlarimizning harbiy sohada qo'lga kiritgan yutuqlari negizida milliy armiyamizni kuchaytirish, davlat mudofaasini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.

1991-yilning 31-avgustidan O'zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Mustaqil milliy davlatchiligimizga asos solingan birinchi kundanoq, davlatni, tabiat inqom etgan hamda mehnatkash xalqimiz tomonidan bunyod etilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni himoya qilish maslasiga davlat siyosatining bosh masalalaridan biri sifatida qaraldi.

O'sha vaqtdagi mintaqadagi notinch harbiy-siyosiy vaziyat O'zbekistonga o'z mudofaa tizimini vujudga keltirishni hayotiy zarurat sifatida oldinga qo'ydi. Yosh O'zbekiston o'z milliy xavfsizlik tizimlarini vujudga keltirishga ham huquqiy, ham ma'naviy jihatdan to'la asosga ega edi.

Shu tarzda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi qaroriga binoan Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va Nizomlari tasdiqlandi.

1991-yil 30-dekabrda Minsk shahrida bo'lib o'tgan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi davlatlari rahbarlarining yig'ilishida harbiy masala ko'tarildi va unda O'zbekiston Respublikasi birinchilardan bo'lib, o'z Qurolli Kuchlarini tuzajagini bildirdi. O'zbekiston Respublikasi "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida"gi Qonunni hamda 1991-yil 30-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Kengashining Qurolli Kuchlar va chegara qo'shinlari haqidagi Minsk qarori asosida 1992-yil 1-fevralidan sobiq ittifoq tizimidagi qo'shinlarni mablag' bilan ta'minlanishini to'htalishini inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashi tomonidan 1992-yil 10-yanvarda "O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va o'qu muassasalarini O'zbekiston tasarrufiga olish to'g'risida", 1992-yil 14-yanvarda "O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o'quv muassasalari to'g'risida" Qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlarga muvofiq, respublika hududida joylashgan harbiy qismlar, qo'shilmalar, birlashmalar, harbiy o'quv yurtlari, muassasalar, boshqa harbiy tuzilmalar qonuniy asosda O'zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Shundan so'ng, 14-yanvar O'zbekiston Respublikasida "Vatan himoyachilari" deb e'lon qilindi[1].

1995-yil avgustda "O'zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqib holda,

Research BIB / Index Copernicus

2000-yil 3-fevral kuni O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini malakali kadrlar bilan ta'minlashni yo'lga qo'yish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni tashabbusi bilan yangi harbiy o'quv muassasalari tashkil etish, ularda tayyorlanadigan mutaxassislarni ko'paytirish masalalariga ham e'tibor qaratildi. Bu yo'nalishda Toshkent yelektrotexnika va aloqa institutining maxsus fakulteti, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi ochildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 26-yanvardagi Farmoni asosida, Markaziy va Toshkent harbiy okruglarida, 2001-yili Sharqiy va Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okruglarida, 2007-yilda Shimoli-g'arbiy harbiy okrugida serjantlar tayyorlash maktablari tashkil etildi. Bu maktablarda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, chegara qo'shinlari uchun mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yildi, zamonaviy uslublar asosida modellashtirish jarayonlarini o'z ichiga olgan yangi ta'lim usullari joriy etildi.

Tan olish kerakki, Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish borasidagi huquqiy hujjatlar ham, milliy armiyamizning moddiy-texnik bazasi ham mustaqilligimizning chorak asrida davlat suverenitetini saqlashda ahamiyatli bo'lgan bo'lsa-da, biroq ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan eskirgan edi.

Bugungi kunda dunyoning manzarasi tobora murakkablashib, tahlikali tus olmoqda, ayniqsa, davlatlar o'rtasidagi o'zaro ishonch va do'stlikka dars ketishi oqtibatida turli mintaqalarda siyosiy, harbiy ixtiloflar yuzaga keldi va bu xalqaro ziddiyatlar har qanday davlatni o'zining harbiy salohiyatini oshirish, turli harbiy harakat yoki tajovuzga tayyor turishga majbur etmoqda. Bu mojarolar va qurolli nizolar Markaziy Osiyo uchun ham real tahdidga aylanishi ehtimoli yo'q emas. Dunyo davlatlari o'rtasida qurollanish poygasi kuchaymoqda. Harbiy xarajatlar miqdori tobora oshib, harbiy qurollarning turlari borgan sari ko'payib bormoqda. Qadimgi davrlarda kuchli bilaklar tutgan qilich va o'q-yoy, keyinchalik masofadan turib otuvchi zambarak va to'fanglar, XX asrda esa tank va harbiy samolyotlar urushlardagi g'alabalarni ta'min etgan edi. Bugungi kunda esa aql kuchi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan masofadan turib boshqariladigan dronlar evolyutsiyasi davom etmoqda. Aynan mazkur qurollar XXI asrning birinchi choragida dunyoda sodir bo'layotgan harbiy harakatlarda muhim rol o'namoqda.

Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev o'z lavozimiga kirishgan kunlardanoq milliy armiyamizni har jihatdan modernizatsiya qilishga kirishdi. Xususan, Qurolli Kuchlar

Research BIB / Index Copernicus

sohasiga oid qonunchilik tubdan ko'rib chiqildi. Soha xodimlarining moddiy ahvolini yaxshilash choralari ko'rildi. Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta'minlab borish tizimi yaratildi. Chunki, Yangi O'zbekiston o'z oldiga shonli o'tmishdan ruhiy quvvat va achchiq tarixiy xotiradan saboq olib yangi marralarni ko'zlamoqda. Buning uchun xalq va davlat bir musht bo'lib taraqqiyot sari dadil qadam tashlamoqda. O'zbekning ovozi Sohibqiron Amir Temurdan qariyb yetti asr o'tib, qayta yangradi. Ikki buyuk Renessansni yaratgan zaminimizda Uchinchi Renessansning ilk kurtaklari ko'rinmoqda. Yangi O'zbekistonning bunday qadamlari kimlarnidir xavotirga solishi tabiiy bo'lganligi bois, davlat xavfsizligini har qachongidan ham kuchaytirishga zarurat tug'ildi.

Aynan mazkur ehtiyojdan kelib chiqqan holda, 2017-yildan Milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida quyidagi puxta o'ylangan, izchil tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- birinchidan, milliy xavfsizlik kabi o'ta muhim sohani qonun talablari asosida boshqarish;

- ikkinchidan, Qurolli Kuchlar qurilishining tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish;

- uchinchidan, qo'shinlarning siyosiy va taktik tayyorgarligini takomillashtirish borasidagi tadbirlarni rejalashtirishga oid yangicha yondashuvni ishlab chiqish;

- to'rtinchidan, barcha bo'g'indagi professional harbiy kadlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

- beshinchidan, qo'shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qayta ta'minlash;

- oltinchidan, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish;

- yettinchidan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida singari masalalarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

2017-yildan boshlab QKning tashkiliy tuzilmasini va dislokatsiya tizimini takomillashtirish, qo'shimcha zamonaviy qurol aslaha va texnika bilan jihozlash, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi va shayligi, kasbiy mahoratini oshirishga alohida qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, o'tgan davr mobaynida harbiy bo'linmalarning texnik va zahira ta'minoti tizimi tubdan qayta ko'rib chiqildi, autsorsing xizmatlari va harbiy klasterlar tizimi joriy qilindi. Harbiy qism va poligonlardagi infratuzilma, harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlari yaxshilandi[2].

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlangach, oldindagi vazifa uni zamon talablari asosida isloh qilishdan iborat

Research BIB / Index Copernicus

bo'ldi. Bunda avvalo e'tibor qo'shinlarni qo'llanishining strategik va taktik jihatidan kelib chiqib, mamlakatni himoya qilishga qodir qo'shinlar turlarini tuzishga qaratildi hamda har bir qo'shin turining aniq vazifalari belgilandi. O'tgan davr mobaynida:

- Qurolli Kuchlar tashkiliy-shtat tuzilishi takomillashtirildi va unga muvofiq harbiy qismlar, muassasalar va harbiy o'quv yurtlari isloh qilindi;

- harbiy bilim yurtlari tarmoqlarini kengaytirish va Qurolli Kuchlar Akademiyasini barpo etish hisobiga milliy harbiy kadrlar tayyorlashning mukammal tizimi yaratildi;

- Qurolli Kuchlar vazifalariga binoan harbiy xizmatchilar barcha toifasining ta'lim jarayoni yaxshilandi;

- mintaqadagi geostrategik vaziyat va harbiy-siyosiy holat hisobga olinib, qo'shinlarni joylashtirish tizimi takomillashtirildi;

- qo'shinlarni barqaror boshqarishning zamon talabiga javob bera oladigan tizimi barpo etildi;

- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, Mudofaa doktrinasi, "Mudofaa to'g'risida", "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi Qonunlari, Umumharbiy nizomlar qabul qilinishi bilan Qurolli Kuchlarimiz huquqiy bazasi yaratildi;

- O'zbekiston Respublikasi qonunlari, mamlakatmiz Prezidentining farmonlari, ma'ruzalari, nutqlari, asarlari, hukuumat qarorlari, Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlari, Harbiy qasamyod (bugungi kunda Vatanga qasamyod) qoidalari, Mudofaa vazirining talablaridan iborat yangi ustuvor yo'nalish ta'lim-tarbiya asosi qilib olindi[3].

Qurolli Kuchlarimizning bosib o'tgan yaqin tarixiga bir nazar tashlasak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatdagi harbiy qismlar, dala-o'quv maydonlari va harbiy bilim yurtlariga tashriflari davomida sohada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shulardan kelib chiqqan holda qisqa davr ichida harbiy sohada ko'plab ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Bunga quyidagilarni misol keltirish mumkin:

Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi;

Mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi tashkil qilindi;

"Milliy armiyamiz - iftixorimiz va g'ururimiz" tamoyili asosida harbiy-ma'muriy sektorlar tashkil etildi;

o'rta maktabdan boshlab oliy o'quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta'lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo'yicha o'ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilib, "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari tashkil etildi;

Research BIB / Index Copernicus

Qurolli Kuchlar tizimida O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotlari tashkil etildi;

Qurolli Kuchlarni rejalashtirish va ularni qo'llashning meyoriy - huquqiy asoslari qayta ko'rib chiqildi;

harbiy xizmatchilarning ijtimoiy ta'minot tizimi yanada takomillashtirildi[4]. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'tgan 33 yil ichida mamlakatmizda tinchlik va osoyishtalik, barqaror taraqqiyotni ta'minlash vazifasini bajaradigan milliy armiyamiz tom ma'noda professional jihatdan o'zini ko'rsata oldi. Bu qisqa vaqt ichida armiya yangitdan barpo etildi, isloh qilindi va bugungi kunga kelib dunyoning rivojlangan professional armiyalari qatoridan munosib joy oldi. Bu, albatta, ona Vatanimizning yanada rivojlanishiga, kuch qudrati va salohiyati ortishiga xizmat qiladi.

Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning mustahkam tayanchi degan e'tirofga bugun har tomonlama munosibdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Islom Inoyatov "Mustaqillik himoyasida" - T.: "Toshkent", 2003. 49,51-b.

2. Bekzod Abdirimov "Men ham harbiy bo'laman" - T. "Ma'naviyat", 4,5,7-b.

3. Mannobjon Ahmedov "O'zbekiston: davlat va armiya" - T.: "O'zbekiston", 2006. 128,129-b.

4. "O'zbekiston armiyasi" harbiy - vatanparvarlik jurnali 2021, dekabr, 4-soni 10-11-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.