Scientific Journal Impact Factor
О
QUROLLI KUCHLAR JANGOVOR TAYYORGARLIGINI TA'MINLASHDA HARBIY TA'LIM
Rahmonov Mo'ydinjon Zaylobidinovich,
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi, Umumqo'shin tayyorgarlik sikli boshlig'i
Ushbu maqolada Qurolli Kuchlar jangovor tayyorgarligini ta'minlashda harbiy ta'limning o'rni, shuningdek, uning o'ziga hos yechimlari borasida ma'lumotlar keltiriladi.
Kalit so'zlar: Qurolli Kuchlarimiz, g'oyaviy, harbiy psixologik va intellektual tayyorgarlik, psixologik jihatdan boshqara olish, zamonaviy to'qnashuvlarga dosh berish immunitetini shakllantirish, o'qitishning texnologiyasi va metodologiyasi.
MILITARY TRAINING IN THE PROVISION OF COMBAT TRAINING
OF THE ARMED FORCES
Rahmonov Moydinjon Zaylobidinovich,
Head of the general training cycle of the military training center of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
This article provides information on the role of military education in the provision of combat readiness of the Armed Forces, as well as its own solutions to the problem.
Key words: Our Armed Forces, ideological, military psychological and intellektual preparation, psychological management, the formation of the immune system to withstand modern conflicts, the technology and methodology of training.
ВОЕННАЯ ПОДГОТОВКА В ОБЕСПЕЧЕНИИ БОЕВОЙ ПОДГОТОВКИ ВООРУЖЕННЫХ СИЛ
Рахмонов Мойдинжон Зайлобидинович,
Начальник общего цикла подготовки военно-учебного центра Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека
АННОТАЦИЯ
В статье представлена информация о роли военного образования в обеспечении боеготовности Вооруженных Сил, а также собственные пути решения проблемы.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
О
Ключевые слова: Наши Вооруженные Силы, идеологическая, военно-психологическая и интеллектуальная подготовка, психологическое управление, формирование иммунной системы противостояния современным конфликтам, технология и методика обучения.
O'zbekiston Respublika mustaqillikni qo'lga kiritgach, barcha sohlar tubdan isloh qilindi, barkamol avlodni voyaga yetkazish orzusi bosh maqsadimiz qilib olindi. Mudofaani amalga oshirish har bir mamlakatning muhim strategik vazifalaridan biri sifatida, ichki va tashqi xavfsizligini ta'minlash, ijtimoiy institutlar faoliyatini va harbiy mexanizmlarni takomillashtirish amalga oshiradi. Harbiy faoliyat,bu davlatning turli ijtimoiy institutlar tomonidan maqsadlarni amalga oshirish uchun harbiy kuchni yaratish, tayyorlash va qo'llashga yo'naltirilgan faoliyati, munosabatlar va ijrolar tizimining majmuasidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 125-moddasida "O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi" - deb alohida ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, "Mudofaa to'g'risida"gi, "umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi hamda "muqobil xizmat to'g'risida"gi qonunlarda mudofaaviy faoliyatning maqsadi, tartibi, turlari ko'rsatib o'tilgan.
Islohotlar, undagi maqsad va vazifalarni to'liq amalga oshirilishi ta'lim tizimini har tomonlama taraqqiy etib borishini, davlatimizning bosh maqsadi va xalqimizning azaliy orzusi bo'lgan jahon talablariga javob bera oluvchi har taraflama etuk shaxsni voyaga etkazishni taqozo etadi.Buning uchun albatta ruhan va jismonan barkamol bo'lishlari,har qanday qiyinchiliklarni engib o'tishga tayyor turishlari darkor.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi dunyo qiyofasi va kuchlar nisbatining kundan-kunga o'zgarib borishi, har bir davlat xavfsizlik tizimini zamona talabiga mos holda doimiy ravishda takomillashtirib borishi davr talabining asosiy faktorlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan Qurolli Kuchlarimiz tarkibida shakllangan professional armiya harbiy kadrlarida qat'iyatlilik, psixologik tayyorgarlik, ruhiy barqarorlik, jasorat, Vatanga cheksiz muhabbat,do'stlik va jangovar hamjihatlik, kasbiy mahoratni chuqur egallashda mustahkam iroda, har qanday tajovuzga munosib zarba berishga qodir jangchilarni tayyorlashda yuqorida qayd etib o'tilgan omilga muvofiq tashkil etish zarur.
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
0
Hozirgi murakkab sharoitda demokratik tamoyil va inson haq - huquqlar tushunchalarini niqob qilib, o'z agressiv maqsadlarini boshqa mamlakat va davlatlar hududida amalga oshirishga bo'lgan intilishning ortbi borayotganligidan kelib chiqib, biz bugungi kunda Vatanimiz hududiy daxlsizligini, harbiy vatanparvarlik sifatlarini, xalqimizning osoyishta hayotini himoya qilishga har jihatdan qodir bo'lgan yoshlarimizni tayyorlashda maktabgacha va maktab ta'lim tizimida maxsus dasturlar asosida tashkil etishimiz va hayotga realizasiya etishimiz dolzarb masaladir. Bir so'z bilan aytganda harbiy vatanparvarlik, sog'lom psixologik dunyo qarash, yurtga sadoqat bilan xizmat qilish har bir yigit - qizda mustahkam iroda, yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalash, ularning aqliy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, amaliy kasb ko'nikmalarini takomillashtirish lozim. Eng muhimi, jamiyatimizning har bir yosh yigit - qizlar millat va xalqi uchun katta umid chirog'i, Vatan himoyachsi va suyanchig'i ekanligini, unga davlat va jamiyat tomonidan faqat so'zda emas, balki amalda ham g'amxo'rlik ko'rsatilayotganligini his qilib yashashi lozim.
Ushbu masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o'z nutqida"...mamlakatimiz mudofaa tizimining tashkiliy tuzilmasi, uning harbiy-jangovar holati, askar va ofitserlarning ma'naviy va ruhiy tayyorgarlik darajasi bugungi tez o'zgarayotgan davr talablaridan ortda qolayotganini qayd etish lozim. O'tgan qisqa davrda milliy armiyamizni isloh qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilinib, Qurolli Kuchlarimiz qiyofasini tubdan o'zgartirish jarayoni boshlandi.
Ayni paytda mudofaa sohdsida oldimizda yangi va muhim vazifalar turganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Davlatimizning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, armiyamizning jangovar qudrati va salohiyatini oshirish ham eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi"[1] - deb ta'kidlagandi. Harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish, kelajak avlodni tarbiyalashdagi o'ta muhim, mashaqqatli va sharafli vazifani har tomonlama munosib shaxslar qo'liga topshirish kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda harbiy xizmatchilar va ularni tarbiyalaydigan kursantlarni tanlab olishda zamon talablariga to'la javob bera oladigan, ilmiy asoslangan psixologik omillarsiz amalga oshirib bo'lmaydi.
2018-yil 10-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev - "Qurolli Kuchlarimiz -mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam kafolatidir" nomli ma'ruzasida -"men yil davomida Qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini tahlil kilib bordim. Harbiy o'quv mashqlarini Kattaqo'rg'on poligonida
Scientific Journal Impact Factor
o
kuzatdim, Janubi - G'arbiy, Sharqiy va Toshkent harbiy okruglarida Mudofaa vazirligi va chegara qo'shinlari bo'linmalarini, bugun esa Chirchiq shahridagi harbiy qismni borib ko'rdim. Harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdim, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitdim. Natijada ko'p yillar davomida yig'ilib qolgan jiddiy, tizimli muammolar aniqlandi. Bular - kadrlar masalasi, qo'shinlarni zamonaviy qurol-yarog'lar bilan ta'minlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga taalluqli muammolardir" [1] - deb ta'kidlaydi.
Mamlakatimiz mudofaasini, aholining tinch-osuda hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ta'minlash va shu asnoda eng muhimi, suverenitetimiz, hududimiz mustahkamligini ta'minlash dolzarb harbiy strategik masalarlardan hisoblanadi. Jamiyatdagi integrasiyalashuv jarayonining faollashuvi harbiy salohiyat nuqtai nazaridan tahlil qilinsa, uning asosida aniq bir siyosatning g'oyalari ifodalanganini anglash qiyin emas. Bu holat o'z navbatida Vatan himoyachisi deb nomlangan - harbiylikni kasb sifatida tanlanganlarni yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashni taqozo etadi. "Ta'lim va jamiyat", "ta'lim va davlat", "Davlat va shaxs", "ta'lim va harbiy xizmatchi", "ta'lim va Qurolli kuchlar" kabi kategoriyalarning bir-biriga o'zaro ta'siri va uyg'unlashuvi, mamlakat fuqarolarining yangi avlodini shakllantirishda ularning mavjud bo'lishi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da aniq belgilangan. Harbiy ta'lim tizimi jamiyatdan tashqarida mavjud emas va mavjud bo'lishi mumkin emas, u umumiy ta'limning ajralmas bo'lagi bo'lib, o'ziga xos "jamiyat ko'zgusi", uning davomi va ajralmas qismi hisoblanadi.
Shunday ekan, harbiy xizmatchilarning kasbiy malakasini oshirishga, harbiy bilim yurtlardagi o'quv-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashga, ularni zamon talabidan kelib chiqib ilg'or texnika va jihozlar, zamonaviy o'quv - uslubiy metodolgik qo'llanmalar va ta'lim texnologiyalari bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratib, kursantlarning, g'oyaviy, harbiy psixologik va intellektual tayyorgarlik darajasiga alohida ahamiyat qaratish zarurdir. Armiya jamiyatning ajralmas qismi hisoblanib, uni davr talabi hamda jahon va mintaqadagi mavjud harbiy-strategik vaziyatlar xarakteridan kelib chiqqan holda mamlakatda bo'layotgan o'zgarishlarga qat'iy muvofiqlashtirish davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli bugungi kun harbiy xizmatchisidan talab etiladigan o'zini har qanday sharoit va holatda psixologik jihatdan boshqara olish, zamonaviy to'qnashuvlarga dosh berish immunitetini shakllantirish kabi sifatlarning yetakchi o'rinni egallashini hisobga olib
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
0
harbiy psixologiyani o'qitishning texnologiyasi va metodologiyasini yangi avlodini yaratish lozim.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T: O'zbekiston, 2014.
2. Mnp3HëeB M.M.-'XanKUMH3HHHr po3HnnrH ÔH3HHHr $aonHATHMH3ra 6epnnraH энг ohhh 6axpgnp. - T: «Y36eKHCTOH» HMHY, 2018. 143-144 6.
3. CaMapoB P., MyxaMegoB O. X,ap6HH TatnHM Ba Tap6naHH 6apKapopnHKHH TatMHHnamgarH ponn negarorHK TatnHM ^ypHann, 1 - COH, 2007. -E. 79-81