Научная статья на тему 'QURG’OQCHILIK SHAROITIDA YUMSHOQ BUG’DOY NAVLARINI XLOROFILLAR SONI BO’YICHA FENOTIPLASH'

QURG’OQCHILIK SHAROITIDA YUMSHOQ BUG’DOY NAVLARINI XLOROFILLAR SONI BO’YICHA FENOTIPLASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

188
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yumshoq bug’doy / qurg’oqchilik / gidrotermik koeffitsient / xlorofill / hosildorlik / qurg’oqchilikga chidamlilik indeksi. / soft wheat / drought / hydrothermal coefficient / chlorophyll / productivity / drought tolerance index.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Sevara Saidmuratovna Baboyeva, Umid Shokirjonovich Bohodirov, Rustam Mahmudovich Usmonov

Suv tanqisligi ko’plab qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini pasayishiga olib keladi. Ushbu maqolada, bugungi kunda mavjud bo’lgan 201 ta bug’doy navlaridan abiotik omillarga chidamli, fiziologik jihatdan adaptatsiyaga ega bo’la oladigan navlarni saralab olish ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Fotosintez ko’rsatkichi bo’lgan xlorofillar sonini Spad-502 Plus qurilmasi yordamida o’lchab chiqildi. Bug’doy navlarida xlorofillar soni suv tanqisligida va nazorat sharoitlarida o’zgaruvchanligini, hamda qurg’oqchillikga chidamlilik indeksiga ta’sir etishini o’rganilib chiqildi. Qozog’iston seleksiyasining 18 ta navlari, O’zbekiston seleksiyasida 8 ta navlari, Rossiya federatsiyasining seleksiyasining 16 ta navlari, Qirg’iziston seleksiyasiga tegishli bo’lgan navlarda 15 ta navlari, Tojikistonning 2 ta navlari, Turkiyaning 1 ta navi va TCI ning 1 ta namunasi qurg’oqchillik sharoitida xlorofillar soni 40 dan yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lib, ularning qurg’oqchilik sharoitiga chidamlilik indeksi yaxshi ko’rsatkichga ega ekanligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Water deficiency leads to decreasing of crop yields for many crops. In this paper, discussed selection of tolerant genotypes to abiotic factors and physiologically adapted to water deficiency from 201 wheat varieties. The number of chlorophylls, indicator of photosynthesis, was measured using of Spad-502 Plus device. The variability of chlorophyll numbers in wheat varieties under water deficiency and control conditions, as well as were studied their effect on drought tolerance index. Chlorophyll number was higher than 40 and their drought tolerance index was better in drought condition in 18 varieties of Kazakhstan breeding, 8 varieties of Uzbekistan breeding, 16 varieties of the Russian Federation breeding, 15 varieties of Kyrgyzstan breeding, 2 varieties of Tajikistan breeding, 1 variety of Turkey and 1 variety of TCI breeding materials

Текст научной работы на тему «QURG’OQCHILIK SHAROITIDA YUMSHOQ BUG’DOY NAVLARINI XLOROFILLAR SONI BO’YICHA FENOTIPLASH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

QURG'OQCHILIK SHAROITIDA YUMSHOQ BUG'DOY NAVLARINI XLOROFILLAR SONI BO'YICHA FENOTIPLASH

Sevara Saidmuratovna Baboyeva

O'RFA Genetika va O'simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy hodimi

sbaboyeva@gmail.com

Umid Shokirjonovich Bohodirov

O'RFA Genetika va O'simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy hodimi

Rustam Mahmudovich Usmonov O'RFA Genetika va O'simliklar eksperimental biologiyasi instituti professor

ANNOTATSIYA

Suv tanqisligi ko'plab qishloq xo'jalik ekinlarini hosildorligini pasayishiga olib keladi. Ushbu maqolada, bugungi kunda mavjud bo'lgan 201 ta bug'doy navlaridan abiotik omillarga chidamli, fiziologik jihatdan adaptatsiyaga ega bo'la oladigan navlarni saralab olish ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Fotosintez ko'rsatkichi bo'lgan xlorofillar sonini Spad-502 Plus qurilmasi yordamida o'lchab chiqildi. Bug'doy navlarida xlorofillar soni suv tanqisligida va nazorat sharoitlarida o'zgaruvchanligini, hamda qurg'oqchillikga chidamlilik indeksiga ta'sir etishini o'rganilib chiqildi. Qozog'iston seleksiyasining 18 ta navlari, O'zbekiston seleksiyasida 8 ta navlari, Rossiya federatsiyasining seleksiyasining 16 ta navlari, Qirg'iziston seleksiyasiga tegishli bo'lgan navlarda 15 ta navlari, Tojikistonning 2 ta navlari, Turkiyaning 1 ta navi va TCI ning 1 ta namunasi qurg'oqchillik sharoitida xlorofillar soni 40 dan yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lib, ularning qurg'oqchilik sharoitiga chidamlilik indeksi yaxshi ko'rsatkichga ega ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: yumshoq bug'doy, qurg'oqchilik, gidrotermikkoeffitsient, xlorofill, hosildorlik, qurg'oqchilikga chidamlilik indeksi.

PHENOTYPING OF COMMON WHEAT VARIETIES BY THE NUMBER OF CHLOROPHYLLS IN DROUGHT CONDITIONS

ABSTRACT

Water deficiency leads to decreasing of crop yields for many crops. In this paper, discussed selection of tolerant genotypes to abiotic factors and physiologically adapted to water deficiency from 201 wheat varieties. The number of chlorophylls, indicator of photosynthesis, was measured using of Spad-502 Plus device. The variability of chlorophyll numbers in wheat varieties under water deficiency and control conditions, as well as were

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

studied their effect on drought tolerance index. Chlorophyll number was higher than 40 and their drought tolerance index was better in drought condition in 18 varieties of Kazakhstan breeding, 8 varieties of Uzbekistan breeding, 16 varieties of the Russian Federation breeding, 15 varieties of Kyrgyzstan breeding, 2 varieties of Tajikistan breeding, 1 variety of Turkey and 1 variety of TCI breeding materials.

Keywords: soft wheat, drought, hydrothermal coefficient, chlorophyll, productivity, drought tolerance index.

KIRISH

O'simliklarni fenotiplash - faol rivojlanayotgan tadqiqot sohasi bo'lib, u o'simliklarning morfologik va funksional hususiyatlarini miqdoriy o'lchashga yo'naltirilgan. Bu soha global oziq-ovqat hafsizligini ta'minlash bilan bog'liq: tez o'sib borayotgan aholi ehtiyojini qondirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2050 yilga borib ikki barobar ko'paytirish zarur bo'ladi va bunga iqlim o'zgarishi hamda resurslarning kamayishi sharoitida erishish kerak. Bu oziq-ovqat ekinlarining tobora og'ir sharoitlarga chidamli, yanada samarali navlarini yaritishni taqozo etadi. Bugungi global iglim o'zgarishi sharoitida O'zbekistonda etishtirilayotgan bug'doy navlariga turli stress omillar salbiy ta'sir qilmoqda, jumladan sug'oriladigan suvning kamligi, zang kaslliklari va hokozolar asosiy muammolarga aylanib bormoqda. Bu muammolarni hal qilishda ah]anaviy seleksiyaga zamonoviy fan yutuqlari, jumladan yuqori samarali fenotiplash usullarini qo'llash kutilgan samarani beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qurg'oqchilik, sho'rlanish, iqlimning issib ketishi o'simlik organizmidagi ko'plab fiziologik biokimyoviy jarayonlarning ahamiyatli darajada o'zgarishiga olib keladi. Barcha o'simliklar uchun muhim va murakkab bo'lgan fotosintez jarayoni stress omillar ta'sirida kuchli zararlanib, natijada bu jarayonda qatnashadigan organellalar ultrastrukturasi va fotosintetik pigmentlar, metabolitlar va fermentlar konsentratsiyasi o'zgaradi [1,10]. Stress natijasida qishloq xo'jalik ekinlarining hosilini sifat va miqdoriy jihatidan salbiy natijaga olib kelishi ham ijtimoiy, ham iqtisodiy tanazzulga sabab bo'ladi.

Donli ekinlarning yangi va hosildor navlarni yaratish ko'p hollarda o'sish muhitidagi abiotik omillarga chidamlilikni kuchaytirish bilan bog'liq bo'ladi. Bunday chidamlilik qisman pigmentlarning miqdoriy tarkibi bilan ham bog'liqdir [8]. Odatda, xlorofilli tarkiblar pastdan yuqori qism tomon ortib borib, gullash davrda bayroq

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 15 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

barglarda maksimal holatga keladi. Yangi, hosildor donli navlarni yaratish barglarning pigmentli tarkibi miqdoriy o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi [11].

Tadqiqotning maqsadi optimal va qurg'oqchilik sharoitida bug'doy navlarining xlorofillar sonini taqqoslab, qurg'oqchilikga chidamlilik indeksiga ta'sir etishini o'rganish.

Dala tajribalari O'zFA Genetika va O'EB institutining Do'rmon tajriba stansiyasi dalasida kelib chiqishi O'rta Osiyoning turli ekologik-geografik mamlakatlaridan olingan 201 ta bug'doy navlarida amalga oshirilgan. Jumladan, Qozog'iston 71 ta, O'zbekiston 27 ta, Rossiya 33 ta, Qirg'iziston 43 ta, Tojikiston 9 ta, Turkiya 3 ta, Ukraina 3 ta, Serbiyaning 1 ta, hamda TCI (Turkey, CIMMIT, IKARDA) 11 ta namunalardan iborat. Tajribalar 2 xil sug'oriladigan (nazorat) va sug'orilmaydigan (suv tanqisligi) sharoitida amalga oshirilgan. Har bir navdan 20

л

grammdan urug' olinib, 1m li maydonchalarga qo'lda 200 kg/ga meyorida va 60x15 sxemasida 2 qaytariqda ekildi. Suniy qurg'oqchilik ko'chatzori ekishda urug' suvi berilgan va vegetasiya davrida sug'orilmagan, optimal variantdagi ko'chatzor esa odatiy tartib bo'yicha sug'orilgan,

Iqlimni muntazam hisobga olib, gidrotermik koeffitsienti hisoblanadi (GTK). GTK Selyaninov G.T. formulasi yorgamida hisoblangan [9]: К = R*10/Dt

Bu yerda: R- +10°C dan yuqori bo'lgan temperatura bo'lgan davrda jami yomg'irgarchilikni millimetrlardagi summasi, Dt-shu davrdagi temperatura summasini Selsiy (°C) gradusida ko'rsatiladi. Gidrotermik koeffitsiyenti yordamida iqlimning qay darajada quruq kelishini nazorat qilishimizga imkon beradi. Buning uchun GTK bo'yicha quyidagi chegaralar belgilangan. < 0,20 - juda kuchli qurg'oqchilik 0,21-0,39 - kuchli qurg'oqchilik 0,40-0,60 -o'rtacha qurg'oqchilik 0,61-0,75 - kuchsiz qurg'oqchilik 0,76-1,00 - namlik yetishmaydi 1,10-1,40 -optimal namlik

Bug'doy barglardagi xlorofillar sonini Konica Minolta Spad 502 qurilmasi orqali o'lchandi. Bu qurilmaning asosiy vazifasi o'simlikning yashil massasidagi xlorofillar tarkibi bo'yicha o'simlikning azotli ozuqaviy darajasini aniqlashga asoslanib, osson, tez va aniq ko'rsatkichlarni ko'rsatadi. Ushbu qurilmaning ishlash prinsipi bo'yicha, bargning o'lchanayotgan qismning qizil va yaqin infraqizil optik nurlarning zichligini o'lchachga asoslangan. Bu ikki optik zichlikdan foydalanib,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

bargda mavjud bo'lgan xlorofillar soniga proporsional bo'lgan raqamlarni hisoblab chiqaradi. Xlorofill sonini o'lchash ishlari navlarning gullash vaqtini inobatga olingan holda, may oyining boshida amalga oshirilgan. Xar bir navdan ixtiyoriy 10 tadan o'simlikning bayroq bargidan yuqoridagi 1/3 qismida o'lchanib, navning xlorofillar soni qayd etib borildi.

Hosildorlik belgilari. Navlardan 1000 dona don og'irligini (MDO) o'lchab, barglardagi xlorofillar soni qay darajada hosildorlikga ta'sir etishini o'rganildi. Navlarning qurg'oqchillikga chidamlilik indeksi hisoblandi. Qurg'oqchillikga chidamlilik darjasini Fisher va Maurera formulasi yordamida xisoblanadi [12].

DSI=(1-—)/(1-—)

v YpJ v XpJ

Bu yerda: DSI - qurg'oqchillikga chidamlilik indeksi, Y-stress sharoitda o'sgan o'simlikning hosildorligi, Yp-stress bo'lmagan sharoitda o'sgan o'simlikning hosildorligi, X-stress sharoitda o'sgan umumiy o'simliklarning hosildorligi

Xp- stress bo'lmagan sharoitda o'sgan umumiy o'simliklarning hosildorligi

Qurg'oqchilikga chidamlilik indeksini aniqlash uchun navlarning 1000 dona don og'irligi hisobiga hisoblandi.

Olingan natijalar Microsoft Excel va Statview dasturlarida statistic ishlari amalga oshirildi.

NATIJALAR

O'zbekiston iqlimida bug'doy navlarining gullash davri ertapishar navlar aprel oyining oxiri, hamda o'rta va kechki navlarda may oyiga to'g'ri keladi. 2020 va 2021 yillar mobaynidagi GTK (gidrotermik koeffitsient) mos ravishda aprel oyida 1,67 va 0,64, may oyida 0,62 va 0,15 bo'lib, 2020 yilda aprel oyida va 2021 yilda may oyida kuchli qurg'oqchilik kuzatilgan. Iqlimning bunday kelishi 2020 yilga nisbatan, 2021 yil mobaynida yumshoq bug'doy navlarning qurg'oqchillikga chidamlilik darajasini belgilashga yaxshi imkon berdi.

1-Jadvalda kuzatish mumkinki, nazorat maydonda navlarning xlorofillar soni

o'rtacha 43,15±2,88 ni tashkil etib, eng yuqori o'rtacha ko'rsatkich 49,6 bilan

Qozog'iston seleksiyasiga mansub bo'lgan Koksi navida kuzatilgan bo'lib, uning

qurg'oqchilik maydonidagi o'rtacha ko'rsatkichi 40,1 ga teng. Ushbu navning MDO

ko'rsatkichi nazorat maydonida 48,85 va qurg'oqchilik maydonida 39,45 bo'lib,

uning DSI ko'rsatkichi 1,056ga teng bo'ldi. Nazorat maydonidagi eng past o'rtacha

ko'rsatkichi 36,6 ga teng bo'lib, O'zbekiston seleksiyasiga mansub bo'lgan Tezpishar

navida, Ukraina seleksiyasiga mansub bo'lgan Kuyalnik navida kuzatilgan bo'lib,

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 17 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

ularning qurg'oqchilik sharoitidagi o'rtacha ko'rsatkichi mos ravishda 36,7 va 35,6 larga teng bo'lgan. Tezpishar navining MDO ko'rsatkichi 44,05g nazorat, hamda 31,6g qurg'oqchillik maydonidagi hosildorlikdan aniqlangan bo'lib, uning DSI ko'rsatkichi 1,535 ekanligi aniqlandi. Kuyalnink navining nazorat fonidagi MDO 45,05g va qurg'oqchilik fonida 33g ga teng bo'lib, ushbu navning DSI ko'rsatkichi 1,452 ekanligi aniqlandi.

1-jadvaL Regionlararo bug!doynavlaritiing2 xil sharoitda xlorofillar soni vahosildorlilcningsolishtinria analizi

Nazorat uinydoui Qui'g'oqcliillik inavdoiii DSI

Region Xlorcifill.il' soui 1000 tlona dou og iiligi Xlorcifill.il' soui 1000 douii don og'iiiigi

O'rtacha mats ilk in O'rtacha mats nin O'rtacha mats iiiin O' nach a mats nin O'rtacha maks nain

Umumiy navlaida 43,1S±2£S 49.6 36,6 42,017=5,13 60,9 27,35 41,7=3,18 49 31,3 34,94=5,14 45,05 21,25 0,99=0,52 235 0,013

Qozog; ist on 42,63=2,39 49,6 36,6 42,792=4,31 51,55 31,95 41,63=3,1 47,5 34 36,19=633 50,6 26 0,99=0,49 1,91 0,013

O'zbekiston 42,22=2,9 47 37 43,49=637 60,9 2435 40,56 ±2,79 45 33 3336=4,46 49 25,7 0,394),5 1,77 0,04

Rossiya Federatsiyasi 42,97:£,~1 45 3S 3936=426 50,1 30,55 41,94=3,53 49 31 34,21=6,51 49,65 22,05 0,36=0,53 2,049 0,022

Qirg' шяоп 44,02=2,S9 49 37 42Jb5,61 52,6 33,25 42,03=33 49 32 32,52=2,54 35,3 273 1,05±0,514 2,047 0,096

Tojikinon 43,11=3 .IS 43 37 40,41=2,76 44,05 36,7 42,11=2,6: 45 36 29,72=4,09 37,15 24,75 1,05*0,387 1,4 0,13

та 43 91=17 43,1 41 3S,9S=3,51 45,65 34,4 42=3,77 47 34 33,21=5,85 45,1 27,05 1,27*0,59 2,35 02S4

Tuikiya, Ukraina va Serbiya 44=3,3^ 47 37 44,64=2,43 43,2 41,65 42,43=3,36 47 36 343±5,55 50J6 21,25 1,37*0,723 2,033 0,047

Qurg'oqchilik sharoitida ekilgan navlarning xlorofillar soni o'rtacha 41,7±3,18 ni tashkil etib, eng yuqori o'rtacha ko'rsatkich Qirg'iziston seleksiyasiga mansub bo'lgan Tilek navida 49, nazorat maydonida esa 44,3 ko'rsatkich kuzatlan. Ushbu navning MDO ko'rsatkichi qurg'oqchillik sharoitida 33,25g va nazorat sharoitida 45,45g ekanligi, hamda DSI ko'rsatkichi 1.457 ekanligi ma'lum bo'ldi. Qurg'oqchilik sharoitidagi xlorofillar soning eng past ko'rsatkichini Rossiya Federatsiyasining seleksiyasiga mansub bo'lgan Kuma navida 31,3, nazorat sharoitida esa 40,6 ga teng bo'lgan. MDO ko'rsatkichi mos ravishda 31,85g va 38,05g ekanligi, hamda DSI ko'rsatkichi 0,885 bilan qurg'oqchillik sharoitiga nisbatan chidamli ekanligi ma'lum bo'ldi.

2-jadval. Qurg'oqchilik sharoitida xlorofillar soni yuqori bo'lgan navlarning ko'rsatkichlari.

№ Navning nomi va kelib chiqish joyi Qurg'oqchilik maydoni Nazorat maydoni DSI

Xlorofillar soni MDO Xlorofillar soni MDO

1. Alikhan KAZ 43,1 28,1 43,1 39,9 1,61

2. Alatau KAZ 45,2 33,4 39,3 42,85 1,2

3. Zhadyra KAZ 47,1 32,6 40,6 43.3 1,34

4. Manshuk KAZ 47,6 35,45 44,6 44,6 1,11

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

5. Mereke 70 KAZ 46 32,35 44,1 43,15 1,36

6. Raminal KAZ 42,7 34 41 47,65 1,55

7. Rasad KAZ 44,9 40,2 42 48,65 0,94

8. Sapaly KAZ 40,1 36,05 37,9 36,5 0,07

9. Kazakhstanskaya 75 KAZ 41,2 30,5 37,7 47 1,91

10 Asr UZB 43,5 46,85 40,7 49,55 0,3

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Jayhun UZB 43,2 37,95 39,3 41,05 0,41

12. Vassa RUS 45,7 49 43,2 50,1 0,12

13. Kroshka RUS 42 29,35 40,3 39,15 1,36

14. Pamyat RUS 43,9 37,45 40,2 37,6 0,02

15. Starshina RUS 48,6 34,45 45,2 39,7 0,72

16. Gratsiya RUS 44 26,95 40,7 34,6 1,2

17. Umanka RUS 39,7 37,3 37,8 43,35 0,76

18. Azibrosh KYR 43,8 30,5 41,4 42,15 1,5

19. Kayrak KYR 48,9 28,2 45,5 33,95 0,92

20. Tilek KYR 49 33,25 44,3 45,45 1,46

21. Adir KYR 47,6 35,5 45,6 46,1 1,25

22. Eritrospermum 80 KYR 44,5 35,9 42,3 44,2 1,01

23. Kamol TOJ 43,9 27,3 39,5 36,8 1,4

24. Adajio TUR 47,3 30,3 45,8 48,2 2,02

25. DORADE-5/3/PROGRESS/ /PYN/B AU/4/TX71A983.4 /TX69D4812//PYN/3 /VPM /MOS83.11.4.8//PEW TCI 43,5 28,8 41,3 36,6 1,16

26. ID800994.W/KAUZ//ROLLER/4 /WN158/NSD//4105W/3/TAM200/ 5/PONY/OPATA//PSN/BOW/6/ PANTHEON/BLUEGIL-2 TCI 45,5 30,65 47,5 35,5 0,74

3-jadval. Nazorat sharoitdagi xlorofillar soni qurg'oqchillik sharoitiga nisbatan keskin kata

farqlangan navlarning ko'rsatkichlari

№ Navning nomi va kelib chiqish joyi Nazorat maydoni Qurg'oqchilik maydoni DSI

Xlorofillar soni MDO Xlorofillar soni MDO

1. Alatau KAZ 42 42.4 38.5 32.55 1.26

2. Batyr KAZ 42.7 43.2 37.3 41.4 0.23

3. Bogarnaya 56 KAZ 43.8 41.6 36.1 41.5 0.01

4. Derbes KAZ 47.2 38.9 42.1 35.05 0.54

5. Koksy KAZ 49.6 48.85 40.1 39.35 1.06

6. Konditerskaya KAZ 46.9 39.75 41.8 26.4 1.82

7. Mayra KAZ 43.2 46.9 39.1 38.9 0.93

8. Progress KAZ 45.8 50.95 40.7 36.7 1.52

9. Samar KAZ 43.9 43.2 39.7 33.7 1.19

10. Shokan KAZ 39.1 42.4 34.5 32.5 1.27

11. Kyzylbiday KAZ 45.9 48.25 41.9 40.1 0.92

12. Naz KAZ 44.4 42.4 34 32.6 1.25

13. Andijan 1 UZB 47.3 33.7 42.8 33.45 0.04

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

14. Jasmina UZB 43.2 42 39.9 34 1.03

15. Mars1 UZB 43.8 41.95 38 36.45 0.71

16. Paxlavon UZB 36.7 46.7 32.6 34.8 1.38

17. Ilg'or UZB 46 46.35 39.6 32.25 1.65

18. Chillaki UZB 45.4 39.2 40.6 31.6 1.05

19. Yanbosh UZB 46 37.3 41.9 31.25 0.88

20. Vostorg RUS 44.8 37.6 40.7 34.45 0.45

21. Kuma RUS 40.6 38.05 31.3 31.85 0.88

22. Bagrat RUS 39 39.8 35.4 29.9 1.34

23. Moskovskaya 39 RUS 45.1 38.35 38.6 25.7 1.79

24. Gurt RUS 45.9 30.55 39.2 30.35 0.04

25. Karavan RUS 47.3 45.15 43.8 37.3 0.94

26. Petr RUS 44.2 41.1 40.2 30.7 1.37

27. Ajara KYR 46.4 34.05 38.9 26.8 1.16

28. Almira KYR 48.7 48.45 43.6 42.8 0.63

29. Aikyn 58 KYR 39.1 38.45 32.3 28.05 1.47

30. Asyl KYR 45.5 45.75 41.5 42.65 0.37

31. Dordoy 16 KYR 39 44.85 36.5 38.25 0.8

32. Kantskaya KYR 47.6 39.05 43.4 32.3 0.94

33. Tilek KYR 46.6 38.2 43 28.9 1.32

34. Fruzenskaya 60 KYR 45.6 49.2 40.3 44.3 0.54

35. Eritrospermum 760 KYR 47 42.35 42.4 38.2 0.53

36. Forblans KYR 42.5 41.65 38.6 36 0.74

37. Alex TAJ 47.8 36.7 44.6 35.8 0.13

38. Durakhshon TAJ 44.9 43.15 41.9 33.75 1.18

39. ALMALY//PRL/2 *PASTOR TCI 43.5 37.4 39 24.75 1.84

40. JING411//PLK70/LIRA/3 /GUN91/4/CANADIAN/2 * PASTOR/5/CANADIAN/ CUNNINGHAM//KENNEDY TCI 40.8 34.4 33.5 26.15 1.3

41. AXE/TOSUNBEY TCI 45 38.5 41 30.75 1.1

42. Rapsodiya SRB 45.9 42.35 40.8 27.05 1.96

43. Somnez TUR 47.1 45.5 42.9 45.1 0.05

3-jadvalda berilgan navlarnig xlorofillar soni nazorat sharoitida qurg'oqchilik sharoitiga nisbatan keskin farq qilishi kuzatilgan. Ushbu holatda Qozog'iston seleksiyasining 17% navida, O'zbekiston seleksiyaning 26% navida, Rossiya Federatsiyasining 21% navida, Qirg'iziston seleksiyasining 23% navida, Tojikiston seleksiyasining 2 ta navida, TCI ning 3 ta gibridlarida, Serbiyaning 1 ta navida va Turkiyaning 1 ta navida kuzatilgan.

MUHOKAMA

Bug'doylarda yuqori xlorofill tarkibga ega bo'lishi yuqori temperaturaga chidamli navlarning seleksiyasining muhim belgilaridan hisoblanadi, chunki stress davrida kam miqdordagi fotoingibitorlanishini ko'rsatadi [7]. Ko'plab olimlarning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

izlanishlarida bug'doyning ikki xil navini qurg'oqchillik va yuqori temperatura kabi stress omillarni alohida va birgalikda ta'sir ettirilganda, o'simlikning fiziologik holati, o'sish jarayoni va hosildorlikga turlicha moslanishi kuzatilgan [2- 6].

Abiotik stress sharoitlarda, hususan 3 xil darajadagi sho'rlanishda turlicha o'g'itlangan tuproqda o'sgan 277 ta bug'doy navlarning xlorofillar soni yuqori bo'lishi Sh. Shah va boshqa [6] ishlarida kuzatilgan. Biroq, sho'rlanishdagi adaptatsion jarayonda va himoya mehanizmi natijasida barglar qalin va dag'al bo'lishi kuzatilgan. Bizning ishimizda esa, qurg'oqchilik sharoitidagi ayrim navlarning o'rtacha xlorofillar soni nazorat maydoniga nisbatan yuqori bo'lgan. Bunday holat, Qozog'iston seleksiyasining 17% navida, O'zbekiston seleksiyasida 7% navida, Rossiya Federatsiyasi seleksiyasi-ning 18% navida, Qirg'iziston seleksiyasining 12% navida, shu bilan birga, Tojikiston seleksiyasi va Turkiya seleksiyasining 1 tadan navida kuzatilgan.

Umumiy olganda, Qozog'iston seleksiyasining 64,8% navlari, O'zbekiston seleksiyasida 62,9% navlari, Rossiya federatsiyasining seleksiyasining 72,7% navlari, Qirg'iziston seleksiyasiga tegishli bo'lgan navlarda 80,9% navlari qurg'oqchillik sharoitida xlorofillar soni Spad-502 Plus ko'rsatlichi bo'yicha 40 dan yuqori ko'rsatkichlarga ega. qurg'oqchilik shulardan, qurg'oqchillik sharoitiga chidamlilik indeksi yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan navlardan, Qozog'iston seleksiyasining Akbiday, Aliya, Bayandy, Derbes, Zhetisu, Karaspan, Karligash, Krasnovodopod 210, Mereke 75, Nureke, Rausin, Reke, Sapaly, Steklovidnaya 24, hamda Anara kabi navlari, O'zbekiston seleksiyasida Andijon 1, Asr, Jayhun, Omad, Ezoz, Kayraktosh va Sanzar 4 navlari, Rossiya federatsiyasining seleksiyasining Vassa, Vostorg, Grom, Yesaul. Pamyat, Polovchanka, Antonina, Afina, Bezostaya 1, Umanka, Karavan va Kalim navlari, Qirg'iziston seleksiyasiga tegishli Intensivnaya (qizil boshoqli), Almira, Asil, Dank (qiltanoqli), Zhanim, Dordoy 16, Zhanym, Zubkov, Fruzenskaya 60, Eritrospermum 760, Kairak, Anka va Forblans navlari, Tojikiston seleksiyasining Alex va Ayvina navlari, TCI seleksiyasining 1 ta namunasi va Turkiya seleksiyasining Somnez navida aniqlandi.

XULOSA

Tadqiqot uchun olingan 201 ta bug'doy navlarida fotosintez ko'rsatkichi bo'lgan xlorofillar sonini Spad-502 Plus qurilmasi yordamida o'lchab chiqilganida, navlardagi xlorofillar soni suv tanqisligida va nazorat sharoitlarida o'zgaruvchanligini, hamda qurg'oqchillikga chidamlilik indeksiga ta'sir etishini

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

o'rganildi. Qozog'iston seleksiyasining 18 ta navlari, O'zbekiston seleksiyasida 8 ta navlari, Rossiya federatsiyasining seleksiyasining 16 ta navlari, Qirg'iziston seleksiyasiga tegishli bo'lgan navlarda 15 ta navlari, Tojikistonning 2 ta navlari, Turkiyaning 1 ta navi va TCI ning 1 ta namunasi qurg'oqchillik sharoitida xlorofillar soni 40 dan yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lib, ularning qurg'oqchilik sharoitiga chidamlilik indeksi yaxshi ko'rsatkichga ega ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Ashraf M, Harris PJC. (2013). Photosynthesis under stressful environments: an overview. Photosynthetica. 51(2),163-190. DOI:10.1007/s11099-013-0021-6

2. Gautam P. Pradhan, P. V. Vara Prasad, Allan K. Fritz, Mary B. Kirkham and Bikram S. Gill. (2012).Effects of drought and high temperature stress on synthetic hexaploid wheat. Functional Plant Biology, 39(3), 190-198. https://doi.org/10.1071/FP11245

3. Machado, S., Paulsen, G.M. (2001). Combined effects of drought and high temperature on water relations of wheat and sorghum. /Plant and Soil, 233, 179-187. https://doi.org/10.1023/A:1010346601643

4. Prasad P.V.V., Pisipati S. R, Momcilovic I., Ristic Z. (2011). Independent and Combined Effects of High Temperature and Drought Stress During Grain Filling on Plant Yield and Chloroplast EF-Tu Expression in Spring Wheat. Journal of agronomy and Crop Science, 18 July. https://doi.org/10.1111/j.1439-037X.2011.00477.x

5. Sairam R. K., Deshmukh P. S., Shukla D. S. (2008). Tolerance of Drought and Temperature Stress in Relation to Increased Antioxidant Enzyme Activity in Wheat. First published: 22 April. https://doi.org/10.1111/j.1439-037X.1997.tb00486.x

6. Shah SH., Houborg R., McCabe MF. (2017). Response of chlorophyll, carotenoid and SPAD-502 measurement to salinity and nutrient stress in wheat (Triticum aestivum L.) //Agronomy, 7(3), 61; https://doi.org/10.3390/agronomy7030061

7. Talebi R. (2011). Evaluation of chlorophyll content and canopy temperature as indicators for drought tolerance in durum wheat (Triticum durum Desf.) // Australian Journal of Basic and Applied Sciences, 5 (11), 1457-1462.

8. Амунова О.С., Лисицын Е.М. (2019). Влияние различных условий увлажнения на пигментный комплекс листьев сортов мягкой яровой пшеницы разных групп спелости. Самарский научный вестник, 8, 3(28).

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-4-8

Amunova O.S. Lisiwin E.M. (2019). Influence of different moisture conditions on the pigment complex of leaves of soft spring wheat varieties of different ripeness groups. Samara Scientific Bulletin. 8, 3(28).

9. Зинковский В.Н., Зинковская Т.С. (2018). Учёт атмосферных осадков при агромелиоративных расчётах. Сельскохозяйственных науки, 5(71). Zinkovskiy V.N., Zinkovskaya E.M. (2018). Accounting for atmospheric precipitation in agromeliorative calculations. Agricultural sciences. 5(71).

10. Каляга Т.Г., Козел Н.В. (2020). Влияние почвенной засухи на содержание фотосинтетических пигментов в растениях ячменя сорта Бровар. Журнал Белорусского государственного университета. Биология, 3, 46-53.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Kalyaga T.G., Kozel N.V. (2020). Influence of soil drought on the content of photosynthetic pigments in barley plants of the Brovar variety. Journal of the Belarusian State University. Biology, 3, 46-53.

11. Тарасенко С., Живлюк Е. (2009). Пигментный состав сортов мягкой озимой пшеницы. Наука и инновации, 7 (77), 25-28.

Tarasenko S., Jivlyuk E. (2009). Pigment composition of soft winter wheat varieties. Science and innovation, 7 (77), 25-28

12. Янченко В.И., Розова М.В., Мельник В.М. (2004). Использование засухоустойчивого генофонда твердой яровой пшеницы в создании высоко адаптивных сортов Сибирского экотипа. Вестник региональной сети по внедрению сортов пшеницы и семеноводству. Алматы, 1-2(7-8), 31-36.

13. Yanchenko V.I., Rozova M.V., Melnik V.M. The use of drought-resistant spring durum wheat gene pool in the creation of highly adaptive varieties of the Siberian ecotype. Bulletin of the regional network for the introduction of wheat varieties and seed production. Almaty, 1-2(7-8), 31-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.