Scientific Journal Impact Factor
R
TAKRORI SOYADAN KEYIN EKILGAN KUZGI BUG'DOYNI "ASR" VA "DURDONA" NAVLARINI SUV BALANISI
Annotatsiya: Maqolada kuzgi bug'doyning takrori soyadan keyin ekilgan kuzgi bug'doyni "Asr" va "Durdona" navlarini suv balanisi oziqlantirish me'yori va sug'orish tartibi keltirilgan. Kuzgi bug'doyning o'ta erta pishar navlarini oziqlantirish me'yori va sug'orish tartibini belgilash uchun o'kuv-tajriba xo'jaligi erlarida olib borilgan izlanishlar natijalari asosidagi tahlil materiallar ko 'rsatilgan. Olingan ma 'lumotlar tahlil qilinib, kuzgi bug'doyning o 'ta erta pishar navlari uchun tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: oziqlantirish, sug 'orish normasi, kuzgi bug 'doy, ekish, tuplash, boshoqlash, sizot suvlari, cheklangan dala nam sig'imi, o'tloqi bo'z tuproq, agrotexnikasi.
Аннотация: В статье описаны нормы водно-балансовой подкормки и полива озимой пшеницы сортов «Аср» и «Дурдона», высеваемых после повторного затенения озимой пшеницы. Представлены аналитические материалы по результатам исследований, проведенных на опытных сельскохозяйственных угодьях по определению норм кормления и режима орошения очень раннеспелых сортов озимой пшеницы. Полученные данные были проанализированы и даны рекомендации для очень раннеспелых сортов озимой пшеницы.
Ключевые слова: подкормка, поливная норма, озимая пшеница, посев, уборка, обмолот, грунтовые воды, ограниченная влагоемкость поля, луговой серый грунт, агротехника.
Abstract: The article describes the norms of water balance feeding and irrigation of winter wheat varieties "Asr" and "Durdona" sown after the repeated shade of winter wheat. Analytical materials based on the results of studies conducted on experimental farm lands to determine the norms of feeding and irrigation regime of very early ripening varieties of winter wheat are presented. The data obtained were analyzed and recommendations were made for very early ripening varieties of winter wheat.
Keywords: feeding, irrigation norm, winter wheat, sowing, harvesting, threshing, groundwater, limited field moisture capacity, meadow gray soil, agrotechnics.
Qodirov Raxmatillo Numonovich AndQXAI, katta o 'qituvchi rahmatiUoq223@gmaiLcom
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
KIRISH
Bugungi kunda dunyoning 132 dan ortiq davlatlarida 220,4 mln. gektar, shundan 12,3 foizi sug'oriladigan erlardan iborat bo'lib,o'rtacha don hosildorligi gektariga 31,1 sentnerni tashkil qiladi,oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi mazkur maydonlarda etishtiriladi. SHuni alohida ta'kidlash lozimki, keyingi yillarda iqlimni keskin o'zgarishida mo'l va sifatli don hosili etishtirishda qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, xususan kuzgi bug'doy etishtirishda xududning tuproq-iqlim sharoiti, qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlar turi va boshqalar muhim ahamiyatga egadir. Dunyoning bir qator, jumladan AQSH, Avstraliya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, shimoliy Afrika, O'rta Osiyo, Janubiy Qozog'iston, Kavkaz orti davlatlarining qurg'oqchil xududlarida sho'rlanishning oldini olish muammolari agrotexnik, agrokimyoviy va meliorativ tadbirlarni qo'llash orqali o'z echimini topmoqda. SHuning uchun, sug'orish va mavsumiy sug'orish me'yori, sug'orish muddatlari har bir ekinni suv ist'moliga asosan, tabiiy va iqlim sharoitlariga bog'langan holda olib boriladi.
Dunyo qishloq xo'jaligida suv taqchilligi sharoitida ekinlarni ilmiy asoslangan sug'orish tartiblarini qo'llash. Suv resurslari taqchilligi bugungi kunda ekinlar hosildorligi va uning sifatiga salbiy ta'sirini sezilarli darajada ko'rsatmoqda. SHu jihatdan eng avvalo, suv tejovchi tehnologiyalarni yanada takomillashtirish orqali suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy ilmiy asoslangan sug'orish tartiblarini, erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha izlanishlar olib borish dolzarb hisoblanadi.[1] Respublikamizning turli tuproq iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, takroriy soyadan keyin kuzgi bug'doyni sug'orish tartiblari va me'yorlarini ishlab chiqish,yuqori va sifatli don hosili olish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga erishish mumkin. Jumladan, Andijon viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doyning "Asr" va "Durdona" navlarini sug'orishdan oldinng tuproqdagi namlik bilan hosildorlik orasidagi bog'lanish tahlili shuni ko'rsatdiki,iqlim va tabiy sharoit bilan bog'liq ravishda eng yuqori hosildorlik birinchi navbatda,har bir rivojlanish fazasi bo'yicha o'simlikning nam bilan ta'milash darajasiga bog'liq[2]. Avvalo shuni aytish kerakki, mamlakatimizda etishtirilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlarining 90 foizdan ko'pi sug'oriladigan erlar hissasiga to'g'ri keladi[3]. Qolaversa, keyingi yillarda mintaqamizda suv tanqisligi tobora ortib bormoqda.
Bug'doy dalasining suv balanisi sug'orish tartiboti amal-o'suv va savsumi sug'orish me'yoriga bog'liq. Suv balanisining krim qismidagi sug'orish me'yorlari,
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
MUHOKAMA VA NATIJALAR
tuproq namligi, zaxobning sarfi, yog'ingarchilik miqdori suv balanisning tarkibi tuproq yuzasidan bug'lanish, bug'doy transpiratsiyasi va namning tuproq hisobi qatlamidan tashqariga sizib chiqishi. Aniqlanishicha, tuproq namlik tartibi bug'doy dalasidan sariflangan barcha suv miqdoriga, suv balansi tarkibi qisimlariga ta'sir qiladi .Undan tashqari, umumiy suv sarifi etishtiriladigan nav,uning hosildorligi tajriba yillaridagi metrologik sharoitlarga bog'liq.
Tajriba dalasining o'rtacha yillik suv iste'moli o'rtacha
("Asr navida")
Variantlar 1 2 3 4
O'suv davri boshidagi suv zahirasi , 3 m /ga 2689, 1 2 689,1 26 90,7 269 0,7
O'suv davri oxiridagi suv zahirasi, 3 m /ga 2464, 4 2 521,4 25 21,4 252 2,4
Iste'mol qilingan suv zaxirasi 3 m /ga 224,7 1 67,7 16 9,3 168 ,3
% 7,5 5 ,7 5, 7 2,3
Sug'orish suvi 3 m /ga 3710 3 740 42 80 463 0
YOg'ingarchilik 3 m /ga 1750 1 750 17 50 175 0
3 Jami, m /ga 5684 5 657 61 99 654 8
O'rtacha hosildorlik, s/ga 56.6 7 1.4 60 ,4 50, 4
1s hosil uchun sarflangan sug'orish 3 suvi, m /s 100.4 7 9.2 10 2.5 130
3 1 m sug'orish suvi hisobiga olingan hosil, g 9.5 1 2.6 9. 7 7.6
Amal-o'suv davri oxirida suv oldi tuproq namligi tarkibida cheklangan dala nam sig'imiga nisbatan 65-65-60 foiz darajasida sug'orilgan variantda eng ko'p nam yo'qolganligi kuzatildi. Bug'doy dalasida sarflangan umumiy namlikning asosiy qismi sug'orishga ishlatilgan suvga to'g'ri keladi. Ammo umumiy suv iste'molida
sug'orishda ishlatilgan suvning solishtirma sarfi tuproqning suv oldi tartibiga
584
bog'liqdir. Tadqiqot davomida turli suv ozuqa tartiblari bug'doyning o'sishi, rivojlanishi, xosil to'plashi, quruq moddalar to'planishiga jiddiy ta'sir etadi. Bular so'zsiz bug'doy xosiliga ham ta'sir etadi. Bir sentner xosil olish uchun 5-6
"5
variantlarda 33,2-63,5 m /s suv sarflandi, bu ko'rsatkichlar 1-2-3-4 variantlarda 80,759,5-74,3-43,5 m3 / s ni tashkil etadi.
Ba p 1 Ba p 2 Ba p 3 Ba p 4 Ba p 5 Ba p 6
1-rasm. 1s xosil olish uchun sarflangan sug'orish suvi, m3 /s
YUqoridagi ko'p yillik ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil etib, xulosa qilsak, Andijon viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doyni sug'orish tartibi tizimli ravishda o'rganilmagan, sug'orish texnika elementlarini aniqlashda, agrotexnik tadbirlar xamda tuproqning suv-fizik xossalari katta axamiyatga ega. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, sug'orishda egatni bosh qismi ortiqcha namlanishi, etak qismida nam etishmasligi tuproqda degradatsiya xolatini keskinlashuviga olib keladi. SHuning uchun tuproqning mexanik tarkibiga qarab sug'orish usuli tanlanganda bu nazariyaga tuzatma kiritish maqsadga muvofiq bo'lindi. Bular esa dissertatsiya mavzusini to'g'ri tanlanganligini hamda dolzarbligini tasdiqlaydi.
XULOSA
Tajriba davomida fenologik kuzatuvlarda kuzgi bug'doyning yangi va istiqbolli navlarining unib chiqish, tuplash, naychalash, boshoqlash, pishish (sut,mum,to'liq) davrlari belgilandi. O'simliklarni qishga va sovuqqa chidamliligi qishlashdan oldin va bahorda sog'lom o'simliklar sonini sanash orqali aniqlanildi. O'suv davrining oxirida dala sharoitida kuzgi bug'doy navlarining bo'yi, mahsuldor tuplanish soni aniqlanildi. Laboratoriya sharoitida esa boshoq uzunligi (sm), boshoqdagi don soni (dona), bitta boshoqdagi don og'irligi (g), 1000ta don vazni (g), don xajmi, don tarkibidagi oqsil, kleykovina miqdori, IDK kabi ko'rsatkichlari aniqlandi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1.Mirzajonov Q. M. Suv butun borliqqa xayot baxsh etar // Paxtachilik va donchilikni rivojlantirish muommolari / Toshkent, 2004, 60- 60 b.
2.P.P.Lukyanenko dlya zernovogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan.Sov.Kuban. 2001, s.666-671
3. Xasanova F. M., Qoraboev I. Kuzgi bug'doy ekishda minimal texnalogiyani ekish me'yorlari va hosildorlikka ta'siri //O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligida suv va resurs tejovchi agrotexnalogiyalar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalari asosidagi maqolalar to'plami. Toshkent, 2008.b. 331.
4.Tojiev Z. R., Matyakubov B. SH. Xorazm viloyati sharoitida kuzgi bug'doyni xar xil sug'orish tartibi va uning hosildorlikka ta'siri // O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligida suv va resurs tejovchi agrotexnologiya. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalari asosidagi maqolalar to'plami.Toshkent, 2008.b. 328.
5. ИСАШОВ А., КАДИРОВ Р., ТАДЖИБАЕВ А. Задачи реконструкции и практика расчета режима орошения озимой пшеницы в Узбекистане //Российский электронный научный журнал. - 2013. - №. 3. - С. 3-6.
6. Kadirov R. N. INFLUENCE OF IRRIGATION REGIME ON WINTER WHEAT YIELD //Aktualnbie nauchnbie issledovaniya v sovremennom mire. - 2019. - №. 10-2. - S. 36-40.