Научная статья на тему 'BUG‘DOY VA TRITIKALE O‘SIMLIGIDA UNIB CHIQISH DINAMIKASI KO‘RSATKICHLARI'

BUG‘DOY VA TRITIKALE O‘SIMLIGIDA UNIB CHIQISH DINAMIKASI KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
916
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
organogenez / fenologik davr / boshoqlash / tritikale / generativ organ. / organogenesis / phenological period / germination / triticale / generative organ.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Alloberganova, Zebo Bekmamatovna, Isayeva, Zaxro Baxrom Qizi

Ushbu maqolada boshoqli don ekinlari guruhiga mansub bug‘doy va tritikale ekinlarini istiqbolli navlarining muhim xo‘jalik belgilarini o‘rganish maqsadida bu ekinlarning unib chiqish dinamikasi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWTH DYNAMICS IN WHEAT AND TRITICALE PLANTS

This article provides valuable information on the germination dynamics of promising varieties of wheat and triticale, which belong to the group of cereals.

Текст научной работы на тему «BUG‘DOY VA TRITIKALE O‘SIMLIGIDA UNIB CHIQISH DINAMIKASI KO‘RSATKICHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

BUG'DOY VA TRITIKALE O'SIMLIGIDA UNIB CHIQISH DINAMIKASI KO'RSATKICHLARI

Zebo Bekmamatovna Alloberganova

Biologiya kafedrasi dotsenti. (Urganch. O'zbekiston). Zaxro Baxrom qizi Isayeva

Biologiya kafedrasi iqtidorli talabasi.

Ushbu maqolada boshoqli don ekinlari guruhiga mansub - bug'doy va tritikale ekinlarini istiqbolli navlarining muhim xojalik belgilarini o'rganish maqsadida bu ekinlarning unib chiqish dinamikasi haqida qimmatli ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: organogenez, fenologik davr, boshoqlash, tritikale, generativ organ.

This article provides valuable information on the germination dynamics of promising varieties of wheat and triticale, which belong to the group of cereals.

Keywords: organogenesis, phenological period, germination, triticale, generative organ.

Respublikamiz aholisining don va non mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojining o'sib borishi don yetishtirishni ko'paytirish hamda uning sifatini oshirishni taqoza etadi

Dunyo aholisining aksariyat qismi hozirgi vaqtda kam ovqatlanishdan azob chekmoqda. Bolalarda oqsil etishmovchiligi etishmasligi rivojlanayotgan mamlakatlarning eng muhim muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etish uchun yuqori oqsilli donalarning etishtirishga, ozuqaviy sifatni yaxshilashga alohida e'tibor qaratish lozim, chunki bu ekinlar arzon va oqsil moddasi sifatida mavjuddir. Tritikale bu ehtiyojni qondirish uchun qobiliyatga ega yangi don ekinlari hisoblanadi.

Shu bilan birgalikda bugungi kunda aholining chorva mollariga bo'lgan talabi xar doim o'sib bormoqda.

Yuqori va sifatli don hosilining shakllanishi juda ko'p omillarga, jumladan, ekilayotgan navning genetik xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoiti, o'tmishdosh ekinlar, oziqlantirish va sug'orish rejimlariga bog'liq bo'ladi. Yildan yilga aholi sonining ortib borishi sababli un va undan tayyorlanadigan mahsulotlarga bo'lgan talab nihoyatda oshib bormoqda.

Sifatli un ishlab chiqarish uchun hosildor bug'doy navlari o'ta zarurdir. Viloyatimiz sharoitida kuzgi bug'doy navlarining xususiyatlarini o'rganish, muayyan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

hududga moslashtirish ayniqsa bu navlarning hosildorligiga suv berish tartibining ta'sirini aniqlash va natijada navlarning maksimal hosildorligiga erishish va undan xalq xo'jaligida foydalanish o'ta muhimdir. Bu jarayonlarni amalga oshirish esa albatta o'simliklarda kechadigan fiziologik jarayonlarni bilishni taqazo etadi. O'sish va rivojlanish kabi xususiyatlar shular jumlasidandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, o'simlik o'sishi deganda, uning qaysi organi hisobidan qat'iy nazar o'simlik massasining ortishi, rivojlanish deganda esa, o'simlik organogenezi davrlarining navbatlashib o'tishini tushunmoq kerak.

G'alla ekinlarida o'sish va rivojlanish quyidagi nisbatlarda bo'lishi mumkin:

1. Tez o'sish, sekin rivojlanish-bunda barglari va ildiz massalarining o'sishi ro'y berib generativ organlarning hosil bo'lishi biroz kechikadi va hosil massasi kam donli bo'ladi.

2. Sekin o'sish va tez rivojlanish-bunda o'simlik o'sishdan qoladi, yetarli ildiz, barg massalari, organik moddalar kam bo'lsa-da, ammo organogenez bosqichlarini tez o'taydi, natijada massasi kam bo'lgan boshoqlar paydo bo'ladi va hosil kamayadi.

3. Tez o'sish, tez rivojlanish-bunda barg plastinkasi yuzasi va o'simlik massasi hamda organogenez bosqichlari o'rtasida normal nisbatda hosil bo'ladi. Xuddi shunday nisbatda o'simliklar doni va poyasi o'rtasida teng nisbatlar massasi vujudga keladi.

4. Sekin o'sish va sekin rivojlanish - bunda o'simlikning ko'p bo'lmagan massasi hosil bo'lib, ular kech pishib yetiladi.

G'alla ekinlarining o'sish va rivojlanishini kuzata borib barcha texnologik vositalardan oqilona foydalanish natijasida o'simliklar uchun qulay sharoit yaratish lozim.

Don ekinlari o'suv davrida bir nechta fenologik davrlarni o'tishi aniqlangan. Har bir davr tuzilishi, ko'rinishi va sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Don ekinlarida quyidagi fenologik davrlar aniqlangan: maysalanish, tuplanish, nay o'rash, boshoqlanish (ro'vaklash), gullash va pishish. Har bir yangi davrga 10% o'simlik o'tganligi aniqlansa, demak bu davrga o'simlik to'la o'tgan deb hisoblanadi.

Rivojlanish davrlarining almashinuvi o'simliklarda yangi organlarning paydo bo'lishi bilan ifodalanadi.

O'simlikning o'suv davri ayrim rivojlanish fazalari davrini o'z ichiga oladi, ya'ni ekish-unib chiqish, unib chiqish-boshoqlash, boshoqlash-pishish davrlarini o'z

Scientific Journal Impact Factor

ichiga oladi. O'zbekiston iqlim sharoiti uchun o'suv davri davomiyligi qisqa yoki o'rtacha bo'lishi yaxshi natija beradi.

O'suv davri davomiyligi bo'yicha bahorgi va kuzgi bug'doy navlari orasidagi farq katta bo'ladi. Bahorgi bug'doy navlari o'sish davrining davomiyligi 70-80 kun, ayrim navlarda 120-130 kunni tashkil etadi.

Kuzgi bug'doy navlarida qishki tinim davrini hisobga olgan holda 180-220 kunni va undan yuqori ham bo'lishi mumkin. Bu ko'rsatkich navning biologik xususiyati va tashqi muhit omillari ta'siriga ham bog'liq bo'ladi.

Kuzgi bug'doyni qishki tinim davri hisobga olinmaganda kuzgi bug'doy navlari o'suv davri davomiyligi 145-190 kunni tashkil etadi. Kuzgi bug'doy qish faslida o'sishdan to'la to'xtab qolmaydi. Havo harorati ko'tarilganda o'sish davom etadi, havo harorati pasayganda o'sishdan to'xtaydi. Shu hisobda kuzgi bug'doyni bir rivojlanish fazasi bilan ikkinchi fazasi orasidagi muddat uzayadi. Xususan fazalar orasidagi davrni uzayishi bug'doy unib chiqishidan naychalash fazasida ko'proq kuzatiladi. Unib chiqishdan naychalashgacha bo'lgan davr bahorgi bug'doy navlarida normal agrotexnika sharoitida 35-40 kunni, kuzgi bug'doyda esa 90-120 kunni tashkil etadi.

Ilmiy manbalardan bizga ma'lumki, har qanday ekin turidan qat'iy nazar, urug'larni vaqtida, tekis unib chiqishi uchun tuproqda namlik, harorat, yorug'lik va boshqa tashqi faktorlar ta'siri yetarli miqdorda bo'lishi shuningdek, urug'likning sifati ham yuqori bo'lishi kerak.

Masalan, kuzgi bug'doyning doni unib chiqishi uchun o'z vazniga nisbatan 4547% suvni shima olishi kerak. Bu jarayon ayniqsa, kuzda ekilgan bug'doylar uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki, kuzda ob - havoning tez o'zgarib turishi natijasida tuproqdagi namlik ham o'zgarishi, natijada unib chiqayotgan urug'ga ta'sir etishi mumkin.

Ma'lumotlarda keltirilishicha, bug'doy urug'lari muz eriy oladigan darajadagi haroratda tuproqdagi namlikni o'zlashtirib olish qobiliyatiga ega. Masalan, ushbu haroratda, tuproq namligi 90% bo'lganda 15 soat mobaynida urug' o'z massasiga nisbatan 11% miqdorda namni tortib oladi.Yuqorida va boshqa shunga o'xshash adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda, tajribada bug'doy unib chiqish dinamikasi o'rganildi.

Kuzgi bug'doyning mahalliy navlari o'tmishdosh ekinlardan bo'shagan maydonlarda kuzgi shudgorlash, chizellash, mola bosish va boronalash agrotexnik chora - tadbirlari sifatli o'tkazilgandan keyin bir gektar maydonga 5 mln. dona me'yorda ekildi. Ilmiy tadqiqot ishimizda kuzgi bug'doy navlari kichik maydonlarda

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ekilganligi sababli, 1 metr kvatrat maydonga 500 donadan saralangan urug' namunalari 4 takrorlanishda qo'l mehnati yordamida ekilib, to'liq ko'chat olish maqsadida sug'orish ishi amalga oshirildi. Kerakli namlikni shimib olgan kuzgi bug'doy va tritikale urug'lari kerakli issiqlikni qabul qilgach navlar bo'yicha ketma -ket qiyg'os unib chiqa boshlaganligi kuzatildi.

Boshoqli don ekinlari guruhiga mansub - bug'doy va tritikale ekinlari istiqbolli navlarining muhim xo'jalik belgilarini o'rganish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishimizda, bu ekinlarning unib chiqish dinamikasini aniqlash maqsadida kuzatuv natijalari bo'yicha olingan ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadval ma'lumotlari tahlil qilinganda bug'doy va tritikaleni unib chiqish darajasi ko'rsatkichlarida dastlabki kunlarda bir - biriga yaqin ma'lumotlar olinganligi kuzatildi.

Dala sharoitida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishimizda bug'doyning "Kuma" va tritikalening "To'yimli" navlari nazorat nav sifatida tanlab olinib, ularga taqqoslab bug'doyning va tritikalening 2 ta navlari olindi.

Nazorat "Kuma" navida 1-variantda unib chiqqan maysalar soni 18 oktyabr kuniga kelib 20 %, 20 oktyabr kuni 38 %, 22 oktyabr kuni 56 %, 24 oktyabr kuniga 75 %, 26 oktyabr kuni 84 % ni tashkil etgan bo'lsa, 2-variantda "Tanya" navida 18 oktyabr kuniga kelib 23 %, 20 oktyabr kuni 45 %, 22 oktyabr kuni 60 %, 24 oktyabr kuniga 77 %, 26 oktyabr kuni 89 % ni tashkil etdi.

Bug'doy va tritikale navlari unib chiqish dinamikasi. %

Navlar nomi Kelib chiqishi Unib chiqish davomiyligi

Mamlakat va shaharlar nomi 18.X 20.X 22.X 24.X 26.X

Bug'doy navlari

Kuma O'zbekiston 20 38 56 75 84

Tanya Rossiya 23 45 60 77 89

Moskvich Rossiya 29 47 62 78 92

Tritikale navlari

To'yimli O'zbekiston 30 51 63 75 88

Sardor O'zbekiston 28 48 61 72 85

Guldu O'zbekiston 34 53 65 77 91

Yana shuningdek "Moskvich" navida 1-variantda unib chiqqan maysalar soni 18 oktyabr kuniga kelib 29 %, 20 oktyabr kuni 47 %, 22 oktyabr kuni 62 %, 24 oktyabr kuniga 78 %, 26 oktyabr kuni 92 % ni tashkil etganligi qayd etildi.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bu ko'rsatkichlar Tritikalening nazorat "To'yimli" navida 1-variantda unib chiqqan maysalar soni 18 oktyabr kuniga kelib 30 %, 20 oktyabr kuni 51 %, 22 oktyabr kuni 36 %, 24 oktyabr kuniga 75 %, 26 oktyabr kuni 88 % ni tashkil etgan bo'lsa, 2-variantda "Sardor" navida 18 oktyabr kuniga kelib 28 %, 20 oktyabr kuni 485 %, 22 oktyabr kuni 61 %, 24 oktyabr kuniga 72 %, 26 oktyabr kuni 85 % ni tashkil etdi.

Yana shuningdek "Guldu" navida 1-variantda unib chiqqan maysalar soni 18 oktyabr kuniga kelib 34 %, 20 oktyabr kuni 53 %, 22 oktyabr kuni 65 %, 24 oktyabr kuniga 77 %, 26 oktyabr kuni 91 % ni tashkil etganligi qayd etildi.

REFERENCES

1. Аманов. А. Селекция и семенаводство пшеницы в Узбекистане. 1-ая Сентрално - Азиацкая конференция по пшенице Материалы. Алматы 2003

2. Кравченко, Ю.С. Питательная ценность тритикале / Ю.С. Кравченко // Животноводство. 1986. - № 2. -С. 41-42.

3. Павлюк Н.Т. Селекционно-генетические основы повышения урожайности и качества зерна озимой пшеницы и тритикале в ЦЧЗ /Павлюк Н.Т., Шевченко В.Э.// - Воронеж: ВГУ, 1988, -189с.

4. Шулындин А.Ф.Генетические основы синтеза различных тритикале и их селекцион-ное улучшение. - Тритикале: изучение и селекция. -Л., 1975. -С.53-

с. 3 б.

56.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.