Научная статья на тему 'QODIRINING YAQIN DO’STI YOXUD MAGADANDA VAFOT ETGAN JADID'

QODIRINING YAQIN DO’STI YOXUD MAGADANDA VAFOT ETGAN JADID Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
76
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Avlod / maktab / notanish / devon / muttasil / namakob / insof / yalqov / tilshunos / folklor / jadid / qarol.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulshodaхоn Abdumannob Qizi Tojiboyeva, Ilhomjon Shamsiddin O’g’li Ismatillayev

Ushbu maqolada bolalar adabiyotiga o’z hissasini qo’shgan, Elbekni hayoti va ijodi, uning umrini turli so’qmoqli baland-past yo’llari haqida so’z yuritiladi,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QODIRINING YAQIN DO’STI YOXUD MAGADANDA VAFOT ETGAN JADID»

QODIRINING YAQIN DO'STI YOXUD MAGADANDA VAFOT ETGAN

JADID

Gulshodaxon Abdumannob qizi Ilhomjon Shamsiddin o'g'li Ismatillayev Tojiboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bolalar adabiyotiga o'z hissasini qo'shgan, Elbekni hayoti va ijodi, uning umrini turli so'qmoqli baland-past yo'llari haqida so'z yuritiladi,

Kalit so'zlar: Avlod, maktab, notanish, devon, muttasil, namakob, insof, yalqov, tilshunos, folklor, jadid, qarol.

Kirish.

XX asrining 20-30 yillari O'zbekiston adabiyoti va matbuoti o'ziga xos uyg'onish davrini boshidan o'tkazdi. Bu jarayonlarga biz bilgan Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy va bugungi avlod nomlarini unchalik tanimaydigan bir qancha insonlar o'z hissalarini qo'shishgan. Jumladan, shunday "notanish" ziyolilar orasida Elbek ham o'z o'rniga ega hisoblanadi.

Asl ism sharifi Mashariq Yunusov bo'lgan Elbek 1898-yilda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani ( sobiq Iskandar bulisi) Xumson qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'liadi, bolalik va yoshlik yillari ham juda og'ir o'tadi. Shoir bu haqida keyinchalik shunday eslaydi: "1905-yili qishloq eski maktabiga kirib o'qidim. Bu maktabda 4 yil o'qib, o'quv - yozuvni o'rgandim. Otamning mendan boshqa ham bolalari bo'lgani uchun bizni boqa olmasdi. Men yoshlikdan dehqonchilik ishlariga berildim, moddiy qiyinchiliklar tufayli 1910-1911 -yillarda boshqa aka-ukalarim kabi men ham uyni tashlashga majbur bo'ldim. Bo'lajak jadid 1910-yilda Toshkentga kelib, qarol bo'lib ishlagan, ammo zulim uni boy uyidan qochishga majbur qilgan va Elbek shu yili Devonbegi mahallasidagi "Xoniy" maktabiga o'qishga kirgan U shu maktabda imtizomsizlikda ayblanib, maktabdan haydaladi.

Shu qiyinchilikka qaramay 1914-yili sarsaon sargandorlik yillaridan keyin Shoyxontoxir dahasidagi 7 yillik "Namuna" maktabiga kirib o'qiydi va ikki yillik tahsildan so'ng, muallimlik qila boshlagan. Keyinchalik 1917-yil davlat to'ntarishdan keyin Toshkentda o'qituvchilar tayyorlov kurslarida o'qiydi.

1817-yildan boshlab Elbek shu yillarda ko'p o'qib, o'zida adabiyotga badiiy ijodga istak uyg'ona boshlagan, u tarjimayi holida "Yozuvga berildim, ko'pincha she'rlar ba'zan hikoyalar yozardim. Keyinroq til va imlo masalalari, pedagogika ishlariga qiziqib, shu to'g'rida maqola va asarlar yoza boshladim. 1919-yili Toshkent muallimlari uchun ochilgan 8 oylik pedagogika kursida eshituvchi bo'lib davom etdim. Mening

olgan ma'lumotlarimni bir qismi ko'proq kitob ko'rish va yoshlikdan turli jurnal, gazetalarni o'qish soyasida qo'lga kirdi.

Elbek 1919-yilda Fitrat rahbarlik qilgan "Chig'atoy gurungi" tashkilotida faol qatnashadi.1920-yilda Narimonov nomidagi ta'lim va tarbiya texnukumida pedagoglik faoliyati bilan shug'ullanadi.M.X.K qoshidagi ilmiy kengashning a'zosi sifatida tilshunoslik va folklorshunoslik yo'nalishlarida samarali mehnat qilgan. Elbekning 20-yillarda Turkistonda mustamlakachilik asoratlariga qarshi xalq orasida kechgan shiddatli kurashlari ta'sirida yozilgan "Til" (1920), "Qurolga","O'zbek yigitiga" (1922), "Bibixonim madrasasi" (1925) kabi she'rlarida shu davrda yaratilgan Fitratning "Mirrix yulduziga", Cho'lponning "Buzilgan o'lka" S.Ayniyning "Biz kimmiz?'' kabi milliy istiqlolchilik g'oyalari bilan yo'g'rilgan asarlarga hamohang bo'lib yangradi.

Elbekning 20-30-yillardagi ijodiy faoliyatini kuzatgan kishi u shug'ullanmagan soha yo'qligini ko'rib hayratga tusahadi.Maktablar uchun "Yozuv yo'llari " (1921), "O'rnak", "Boshlang'ich maktabda ona tili" (1923), "O'zbekcha o'qish kitobi" , "Go'zal yozg'ichlar" (1925) kabi o'quv qo'llanmalari va majmualarini chop etdi.

Elbekning Qodiriy bilan ancha yaqin, hatto do'stona aloqada bo'lgan. Qodiriy uni dehqon oilasida tug'ilgan sodda,samimiy va mehnatkash inson sifatida hurmat qilgan. Shunga qaramay, "Gap kelganda otangni ayama" aqidasiga amal qilgan. Qodiriy o'z hajviyalarida uning ham ustidan kulgan o'rinlari oz emas.Chunonchi,u Elbekka bag'ishlangan "Negakim" (1920) sarlavhali "kichkina felyeton" ida Mirmulla Shermuhammedov, Namakob (Nazir To'raqulov) va G'ozi Yunus singari yozuvchi va jurnalistlar bilan birga unga ham hajv tig'ini "sanchgan"

Qodiriy "Tilak"(1923) hangomasida yangi yil munosabati bilan "Hozirgi shoir va adiblarimizdan" Fitratga insof,Cho'lponga jinnilik,Sanjar Siddiqqa yalqovlik tilagani holda Elbekka ilhom yor bo'lishini istagan.Bu hol hajvda otasini ham ayamagan adibning Elbek va uning ijodiga katta hurmat bilan qaraganidan darak beradi.

Elbek asosan, milliy adabiyotimizga bolalar yozuvchisi va shoiri sifatida nom qoldirgan. Uning bolalar haqida "Armug'on" to'plamidagi "G'unchalar", "Chirchiq bo'ylarida" hamda "Kambag'al yigit va par dasturxon", "Omonat", "Erksiz polchi", "Ona", "Bolalar qo'shig'i" kabi bir qator she'rlari, dostonlari, ballada va ertaklari fikrimizning dalilidir.

Elbek hikoyanavis sifatida ham adabiyotimiz tarixida ham iz qoldirgan.Uning "Dadamat" (1936) to'plamiga kirgan "Chirchiq", "Men kim bo'laman", "Ana", "Anorgul","Qahhorxo'ja", "Dadamat'' kabi hikoyalari adibning durustgina nosir bo'lganligidan ham dalolat beradi.

Elbek o'zbek tilining boyligi, rang-barangligi,manbalari,ishlanishi va qo'llanilish yo'llarini o'rganish bilan muttasil shug'ullanib keldi,bu sohada qator qo'llanmalar va maqolalar yozdi. "O'lka o'zbek imlo qurultoyi va uning qoldirgan ta'siri","Turk tillari qonunlari to'g'risida"(1922), "Til darsligi"(1923), "Tilimizdagi yangiliklar"(1924),

"Til,imlo masalasi" (1925), "Imlomiz ustida bir necha so'z" (1927) va boshqalar uning til mutaxassisi sifatida namoyon etadi. Xulosa

XX asrning 30-yillaridagi qattol tuzumning qatog'onchilik siyosati ko'pchilik ziyolilar kabi Elbekni ham chetlab o'tmadi. U bor-yo'g'i 40 yil yashadi.U ham "xalq dushmani" sifatida 1937-yilning 7-avgustida qamoqqa olinib, 12 yil ozodlikdan mahrum etilgan. Oxir-oqibat og'ir kasallik tufayli Magadanda vafot etdi. Keyinchalik 1957-yilda ba'zi ziyolilar qatorida oqlanadi.

O'tgan asrning 80-yillarining oxirlari va O'zbekiston mustaqilligidan keyingi davrlarda Elbek merosi qizg'in o'rganilib, to'plana boshladi.

Adabiyotshunoslardan Nurmuhammad Qobilov, Ortiqboy Abdullayev, Haydarali Uzoqov uning asarlarini to'plab, so'zboshi va izohlar bilan nashr qiladilar, ayrim asarlari darslik va xrestomatiyalardan qaytadan o'rin ola boshladi. Boshqacha qilib aytganda,uning hayoti va ijodi O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina ro'shnolik ko'rdi.

Uning eng yaxshi asarlari bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1. Naim Karimov "Abdulla Qodiriy Zamondoshlari" Toshkent "Akademnashr" 2020. 263-263-264-betlar

2. S.Mirvaliyev,R.Shokirova "O'zbek adiblari". Toshkent G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti 2016

3. Sherali Turdiyev "Ma'rifat" gazetasidagi maqolasi, https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/maqolalar/elbek

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.