ABDULLA QODIRIY ASARLARINI O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Firuza Murodova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini ta'lim bosqichlarida o'rganilishi bo'yicha mulohazalar hamda qisqa fursatda asarlarini tahlil qilishga doir ayrim interfaol metodlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: Realistik adabiyot, individual qiyofa, estetik qarashlar, ta'lim bosqichlari, interfaol metodlar, "Teskari test" metodi, "Tarmoqlash" metodi
USE OF INTERACTIVE METHODS IN STUDYING THE WORKS OF
ABDULLA QADIRI
ABSTRACT
The article discusses the study of the life and work of Abdulla Qadiri in the educational stages, as well as some interactive methods for the analysis of his works in a short time.
Keywords: Realistic literature, individual image, aesthetic views, stages of education, interactive methods, "Reverse test" method, "Branching" method
Ilm- ma'rifat, ta'lim -tarbiya hamma davrlar uchun ham dolzarb bo'lib kelgan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda 2019 -yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustivor vazifalari to'g'risida parlamentga Murojaatnomasida ta'lim -tarbiya va o'qitish tizimi haqida gapirar ekan, ilm- ma'rifat va texnologiyalar rivojiga ham alohida ahamiyat qaratdi. "Sharq donishmandlari aytganidek, - Eng katta boylik- bu aql -zakovat va ilm, Eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik - bilimsizlikdir. Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak1", deb ta'kidladilar yurtboshimiz o'z ma'ruzalarida. Murojaatnomada yana ona tili va adabiyotni qaytadan isloh qilish, ona tili tizimini shakllantirish, adabiyotga alohida e'tibor berish masalalariga ham alohida to'xtalib o'tdilar. Jadid adabiyoti vakillari ijodini chuqur o'rganib, yoshlarni ularning asarlari, yashagan adabiy muhiti bilan yaqindan tanishtirish haqida so'z yuritdilar . Shu
1 Shavkat Mirziyoyev 2020 -yil 24-yanvarda 2019 -yilda mamalakatni rivojlantirishning eng muhin ustivor vazifalari to'g'risida parlamentga Murojaatnomasi.
nuqtai nazardan qaraganda, ta'lim bosqichlarida jadid adabiyotiga kengroq o'rin ajratilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Masalan, umumta'lim maktablarida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi 5-7-10 sinflardalsoatdan o'tiladi. Xo'sh, bu sinflarda yozuvchi hayoti va ijodi bir xilda o'rganiladimi? Biz ushbu masalaga o'z imkoniyatimiz darajasida to'xtalmoqchimiz.
Shu o'rinda, metodist olim Q. Yo'ldoshev "Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari" nomli qo'llanmasida, shu to'g'ridagi fikrlarni keltirishni lozim ko'rdik : "...adabiyot darslarida hamisha yozuvchilarning tarjimai hollariga oid ma'lumotlar beriladi. Bu ma'lumotlar, ko'pincha, bir necha sinflarda takror-takror keltiriladi va biri-biridan jiddiy farq qilmaydi. Yuqori sinflarda esa tarjimai holga juda katta o'rin ajratilib, adibning hayoti va ijod yo'liga ancha batafsil to'xtalinadi. Shuning uchun ham o'quvchilarimiz adiblarni faqat ism-u sharifi va yozgan asarlaridangina farqlay olishardi, xolos,"2 - deb yozgan va barchaning diqqatini yozuvchi hayoti va ijodini o'rgatishdagi asosiy kamchiliklarga tortgan. Adabiyotshunos olim B. To'xliyev esa, "Adabiyot o'qitish metodikasi" nomli o'quv qo'llanmasida ham yozuvchi tarjimai holini o'rgatish masalasiga tegishli quyidagi mulohazalarni bayon qilgan: "Badiiy asarlarni o'rganishda uning muallifi haqidagi ma'lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma'lumotlar ko'pincha, asarning g'oyaviy badiiy mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to'g'ri belgilashda yordam beradi. Mazkur ma'lumotlar qayerlardan olinadi? Ularni adiblarning o'zlari yozib qoldirgan tarjimai hollaridan, adib haqida aytilgan zamondoshlari, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir"3.
Darhaqiqat, mustaqillik davri adabiy ta'limining yetakchi xususiyatlarini o'quvchi ma'naviyatini yuksaltirish, ijodkorning hayoti haqidagi ma'lumotlarni o'rgatish vositasida yoshlarda ham yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish, ularning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta'sirida o'quvchilarning ilmga, san'at va adabiyotga mehrini, hurmatini o'stirish, muayyan ijodkor ruhiyatini his qilish vositasida o'quvchilarni o'zga odamlar qalbini anglashga o'rgatish, o'zgalar dardini anglashga yo'llash kabilar tashkil etadi.
Shu tamoyildan kelib chiqib qarasak, Abdulla Qodiriy faqat asarlari bilan emas, balki bosib o'tgan hayot yo'li, o'zining yaxshi fazilatlari bilan ham o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi.
O'tgan 2019-yilning 26-dekabrida Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yillik to'yiga yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan Rossiya kinofondida saqlanib
2Yo'ldoshevQ. Adabiyoto'qitishningilmiy-nazariyasoslari. -T.: O'qituvchi, 1996. - 63-b
3To'xliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. - T.: Yangi asr avlodi, 2006. - 113-b.
kelinayotgan "O'tkan kunlar" romani asosida ishlangan kinofilmning asl rangli nusxasi xalqimizga to'yona sifatida taqdim etildi. Bu ham asarning xalqimizning sevimli asari ekanligidan dalolat beradi.
"O'tkan kunlar" ning ma'no - mundarijasi doirasi keng, unda xilma-xil ijtimoiy, ma'naviy muammolar aks ettirilgan. "O'tkan kunlar" romanida xalqimizning muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, ahvol-ruhiyati, ma'naviy dunyosi, bo'y-basti, qiyofasi keng ko'lamda aniq-ravshan gavdalantirilgan, xalqning dunyoqarashi bor holicha ko'rsatilgan. O'zbekning urf-odatlari, oila qurish, uy-ro'zg'or tutish, mehmon kutish, er-xotin, ota-bola munosabatlari, to'y-yu aza, har xil majlislar, quvonchli, zavqli damlar, dramatik-fojiaviy voqealar, kechinmalar, hayot -mamot ahamiyatiga molik ulkan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, o'rda hayotidan tortib, oddiy miskin kimsalarning xilma-xil tabaqaga mansub kishilarning turmush tarzi, tashvish-quvonchlari mujassam. Bundan tashqari A.Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanida pok muhabbat tarannum etilgan. Adib romanda yaxshi odamlar qalbidagi zakovat va saxovat, ular orasidagi mehr-ehtirom, bir - biriga muhabbat, samimiyat, sevgi - sadoqat, fidoiylik tuyg'ularini topib tasvirlaydi.
"Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma'naviyat ham bo'lmaydi. O'zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar"ini bir emas, bir necha marta o'qigan bo'ladi. Nimaga desangiz, uni o'qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo'lsa vatanga xiyonat qilmaydi, deb aytgan edi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurgan chog'ida4. Haqiqatdan ham, yurtimizda "O'tkan kunlar" asari kirib bormagan biror bir xonadon bo'lmasa kerak. "O'tkan kunlar" romani yaratuvchilikka, ezgulikka, go'zallikka intiluvchan yoshlarni tarbiyalash, ular ko'nglida yetuk insonlarga havas hissini uyg'otish, el e'zoziga sazovor bo'lgan so'z san'atkorlari kabi qalbi uyg'oq shaxslarni voyaga yetkazish mumkin.
Umumiy o'rta ta'limning 10-sinfda va akademik litseylarning I bosqichida "O'tkan kunlar" romanini ana shu maqsadlardan kelib chiqib o'rganishdan avval kirish mashg'uloti tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday kirish mashg'ulotida o'quv dasturida belgilangan vazifalar qisman hal etiladi: - Abdulla Qodiriy o'zbek romanchiligining asoschisi ekanligi; -o'zbek nasrida realistik metodning qaror topishida Qodiriyning xizmatlari; -XX asr millat ma'naviy hayotida "O'tkan kunlar" romanining o'rni.
Demak, romanning ijodiy tarixi va taqdiri kabi masalalar yoritilayotganda, o'qituvchi adabiyotshunos olimlardan Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Naim Karimovning "O'tkan kunlar" haqidagi risola va maqolalaridan ayrim ko'chirmalarni o'qib bersa, dars yanada mazmunli o'tadi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning o'g'li
4
"O'zbekiston adabiyot va san'ati"gazetasi. 2020 yil 5-yanvar №1
Habibullo Qodiriyning "Otam haqida", shoir Shukrulloninng "Kafansiz ko'milganlar" tarixiy hujjatli asarlaridan ham qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o'tish foydalidir.
Xullas, dars jihozlari sifatida adibning hayoti va ijodiga bag'ishlangan adabiy albom, matbuot materiallari, adabiyotshunos olimlar asarlari tanlanadi. Ular sinfda yaxshigina ko'rgazma holida qo'yilib, o'quvchilarga taqdim etiladi. Romanda turli ijtimoiy guruh vakillarining obrazlari mavjud. Hech kimga sir emaski, obraz yaratish murakkab jarayondir. Har bir obraz tarixiy, hayotiy voqea va badiiy to'qima faktlarning tajassumidir. Otabek, Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo shohichi, Homidlar-davlamand va savdogarlar muhiti vakillari: Azizbek, Musulmonqul, Xudoyorxon, O'tabboy qushbegilar-hukmdor sinf vakillari bo'lib, adib bu obrazlarni yaratar ekan, real protiplarga va tarixiy xronikal mateialga tayangan; Usta Olim, Hasanali -fuqarolar sinfidan bo'lishsa, xilma-xil xarakterdagi xotin-qizlar obrazi: Kumush, Oftoboyim, Xushro'y, O'zbek oyim timsolini yoritish yozuvchidan ancha mahorat talab qilgan va shuni e'tirof etmoq joizki, buni adib uddasidan chiqqan. Yozuvchining shu mahoratidan kelib chiqib, dars jarayoninida asarni tahlil qilishda "Teskari test" metodidan foydalanish ham asar qahramonlarining portretini chizishda juda qo'l keladi.
Bunda testning javobi belgilanadi va o'quvchilar shu javobga muvofiq savol tuzadilar va bu metod javobga nisbatan qanday fikrlar borligini ko'rsatadi.
TESKARI TEST METODI 1...................................................................................?
A) Ziyo shohichi
B) Raxmat
C) Otabek
D) Homid
(savol variantlari quyidagicha bo'lishi mumkin.)
1. Kumushga g'oyibona oshiq bo'lib yurgan, ammo unga erisholmagan qahramon kim?
2. Otabek va Mirzakarim qutidorga tuhmat qilib, ularni dor oldiga boshlab borishga harakat qilgan obraz?
3. Ayollarga past nazar bilan qaraydigan, ularni yaratganning xatosi deb biladigan qahramon nomi keltirilgan qatorni toping.
4. "Qamchingdan qon tomib tursa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tirklik qilasan" so'zlari kim tomonidan aytilgan?
5. Otabek va Kumush orasiga nifoq solishga harakat qilib, o'z umriga zomin bo'lgan salbiy qahramon kim? )
Bu metod bir tushunchaga kengroq yondashishda, kam vaqt ichida katta natijaga
erishishga yordam beradi.
Asar qahramonlari haqida to'xtalar ekanmiz, ularga qo'yilgan ismlar ham o'ziga xos ramziylik kasb etganining guvohi bo'lamiz. Mirzakarim qutidor oilasiga nazar tashlasak, Oftoboyim va Kumushbibi obrazlarida ham o'ziga xoslik mavjud.
Darsni "Tarmoqlash" metodini qo'llash orqali ham o'quvchilar "O'tkan kunlar" romani xususidagi tushunchalarini shakllantiradilar.
"Tarmoqlash" metodi asosida romandagi har bir obrazga tavsif berar ekanlar, o'quvchilar erkin fikrlashga o'rganish bilan birga, ularga xos xususiyatlardan kelib chiqib, milliylik - tashqi belgi emas, balki u ichki holat ekanligini ham tahlillar asosida ochib berishadi. "O'tkan kunlar" romani milliy ruh juda bo'rtiq aks etganligi bilan ajralib turadi. Bu xususan, Otabekning ota-onasi bilan Qutidor va Oftob oyimlarning qudalari hamda kuyovlari bilan munosobatlari tasvirlangan o'rinlarda faqat o'zbekkagina xos fikrlash va ta'sirlanish yo'sini juda go'zal ko'rsatilgan.
Bir so'z bilan aytganda, "O'tkan kunlar" romanini ta'lim bosqichlarida o'tish o'qituvchidan mahorat, o'quvchidan matonat talab qiladi. Hozirgi kunning o'quvchisi oqni oq, qorani qora deydigan, kim nima desa ortidan ergashib ketaveradigan, o'quvchi emas. Uning o'z dunyoqarashi, zamonaviy olami, fikri va tasavvuri bor. U asarni to'gri va xolis baholaydigan, yangi ko'rinishlarini ko'ra oladigan, uni yangicha talqin qila oladigan iqtidorga ega.
Adabiyotlar ro'yxati
1. Sh. Mirziyoyev. 2020 -yil 24- dekabrda parlamentga qilgan Murojaatnomasi. "Xalq so'zi" gazetasi.
2. To'xliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. -T.: Yangi asr avlodi, 2006. -
3. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. "Sharq" nashriyoti. T: 2016 5-b
4. 10-sinf Adabiyot. Toshkent -2017. I qism
5. Murodova, F. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA KICHIK EPIK JANRLARNI XALQARO TADQIQOT TALABLARI ASOSIDA O'TISH TEXNOLOGIYASI (8-SINF DARSLIGIDAGI SH. XOLMIRZAYEVNING "OT EGASI" HIKOYASI ASOSIDA). ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 683687.
6. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.
7. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar, (1), 37-39.
8. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (8), 69-73.
9. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ - ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo va yechimlar, (1), 350-354.
10. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ^УЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (6), 60-63.
11. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 16411646.
12. Шайхисламов, Н. (2021). УКУВЧИЛАРНИНГ НУТРИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ. Keng raqamlashtirish sharoitida til va adabiyotni o 'qitish muammolari, 287-290.
13. Абдурасул, Х., & Абдукавдорова, К. (2021). ИЖТИМОИЙ ЧЕГАРАЛАНГАН ЛЕКСИКАНИНГ НУТКИМИЗДАГИ УРНИ. Scientific progress, 2(4), 886-880.
14. Movlonova, M. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH ("UFQ" TRILOGIYASI MISOLIDA). Scientific progress, 2(5), 113-119.
15. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (9), 23-25.