Научная статья на тему 'QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING MADANIY TARG'IBOTDA TUTGAN O'RNI'

QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING MADANIY TARG'IBOTDA TUTGAN O'RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

351
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy aloqa / qiyosiy tahlil / tarixiy-tipologik qiyoslash / tarixiygenetik qiyoslash / kontakt-genetik aloqalar / tipologik o‘xshashlik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Chaman Murodulla Qizi Jonuzoqova

Maqolada qiyosiy adabiyotshunoslikning nazariy asoslari qisqacha yoritilib, uning madaniy targ`ibotdagi o`rni hamda bugungi kunda adabiy aloqa masalalarini chuqur o‘rganishning nechog‘li dorlzarbligi, buning hozirgi adabiy jarayondagi ko‘plab badiiy-estetik hodisalarni anglashning muhim shartlaridan biri ekanligi asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING MADANIY TARG'IBOTDA TUTGAN O'RNI»

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING MADANIY TARG'IBOTDA

TUTGAN O'RNI

Chaman Murodulla qizi Jonuzoqova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti stajor

tadqiqotchisi

Maqolada qiyosiy adabiyotshunoslikning nazariy asoslari qisqacha yoritilib, uning madaniy targibotdagi o'rni hamda bugungi kunda ada- biy aloqa masalalarini chuqur o'rganishning nechog'li dorlzarbligi, buning hozirgi adabiy jarayondagi ko'plab badiiy-estetik hodisalarni anglashning muhim shartlaridan biri ekanligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: adabiy aloqa, qiyosiy tahlil, tarixiy-tipologik qiyoslash, tarixiy-genetik qiyoslash, kontakt-genetik aloqalar, tipologik o'xshashlik

Mustaqillik yillarida ko'plab sohalar qatori xorijiy mamlakatlar tili, madaniyati va adabiyotini o'rganishga ham qiziqish ortdi. Shiddat bilan kechayotgan keng miqyosdagi xalqaro aloqalar jahon xalqlari madaniyati va san'atini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo'lish uchun qulay zamin yaratmoqda.

Jahon xalqlari madaniy va ma'naviy boyliklari bilan tanishish o'z navbatida milliy merosimizni munosib baholash imkonini beradi. Bu borada adabiyotlarni qiyoslab o'rganish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Ma'lumki, tabiat va jamiyatda, asosan, takrorlanuvchi, bir-biriga o'xshash yoki o'z tabiati, tuzilishi, mohiyati bilan bir-biriga zid bo'lgan narsa, hodisalar qiyoslash ob'ekti bo'lib xizmat qiladi. Bu hol adabiyotshunoslik fani, xususan, qiyosiy adabiyotshunoslik uchun ham badiiy-estetik metod bo'lib qolmoqda. Adabiyotlar o'rtasidagi aloqalar, avvalo, tarixiy hodisa sanaladi. Akademik N.I.Konrad aloqalarning bir butun adabiy jarayondagi ko'lami, roli, shuningdek, ayrim xalqlarning adabiyotlari tarixidagi mohiyati turli davrlarda va har xil tarixiy sha- roitlarda turlicha ekanligini ta'kidlagan edi. Aloqalarning adabiy jarayondagi turli shakl va ko'rinishlarini o'rganish esa

ANNOTATSIYA

KIRISH

milliy adabiyot ta- biatini belgilash uchun zarur holat sanaladi.

June, 2022

Ma'lumki, sharqning g'arb yoki g'arbning sharq madaniyati va adabiyotiga murojaat etishi o'zida sharq-g'arb ma'naviy sintezini mujassam etgan madaniy jarayonning tarkib topishiga sabab bo'lgan. Bunday sintez dunyoning barcha xalqlari madaniyatiga xos xususiyat sanaladi. Madaniy-adabiy aloqalardagi o'ziga xos an'analar, so'nggi yillarda O'zbekistonda kuzatilayotgan xalqaro aloqalardagi faollik qiyosiy adabiyotshunoslik- ka, xususan, o'zaro aloqalar hamda ta'sir naza- riyasi, amaliyoti masalalariga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo etmoqda. Shu o'rinda qiyosiy adabiyotshunoslikning predmeti, maqsad va vazifalari haqida mutaxassislar tomonidan turli nuqtai nazarlar o'rtaga tashlanganligiga e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Jumladan, A.N.Veselovskiy adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarning maqsadi qiyoslashda va muqoyasani imkon qadar ko'proq faktlarga tatbiq qilishda deb hisoblab, turli davrlarda va xalqlarda yaratilgan epik ijod namunalarini syujet o'xshashliklari asosida tahlil qiladi. V.Jirmunskiy esa insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotidan kelib chiqib, tarixiy-adabiy jarayonning birligi haqidagi konsepsiyani ilgari suradi. U qiyosiy o'rganishning to'rtta muhim masalasi va ularga mos ravishdagi adabiy aloqa shakllariga tasnifberadi:

1. Har qanday mukammal qiyosiy-tarixiy tahlilning asosini tashkil etuvchi adabiy hodisalarni oddiy qiyoslash shakli (V.Jirmunskiy ushbu masalani tilshunoslikdagi sinxron tahlilga qiyos qiladi).

2. Genetik jihatdan aloqada bo'lmagan o'xshashliklarni jamiyat taraqqiyotining o'xshash sharoitlari orqali izohlashga xizmat qiluvchi tarixiy-tipologik qiyoslash shakli.

3. O'xshash jihatlarning genetik qardoshlik mahsuli deb qarashga asoslangan tarixiy-genetik qiyoslash shakli.

4. Xalqlarning tarixiy jihatdan yaqinligi va ijtimoiy rivojlanish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, genetik aloqalarni adabiy hodisalar o'rtasidagi madaniy aloqalar, ta'sir hamda o'zlashtirmalar asosida belgilovchi muqoyasa shakli.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

A.Dima o'zining «Qiyosiy adabiyotshunoslik ta- moyillari» nomli risolasida g'arbiy Yevropa hayotidagi «qadimiy» va «yangi» adabiyot vakil- lari o'rtasida 1683-1719 yillari bo'lib o'tgan bahs va tortishuvlarni qiyosiy tipologik uslub- dan foydalanishga «urinish» deb juda to'g'ri baholaydi. To'g'ri, «qadimiy» va «yangi» adabiyot vakillari o'rtasidagi bahs ilmiy komparati- vizm rivojida muhim bosqich bo'lgan emas. Shunday bo'lsa-da, bu yerda qiyosiy tipologik uslubdan foydalanishning ishonchli namunasini ko'ramiz. Chunki muxolif tomonlar vakillarining bir qan- cha asarlarida har ikkala

June, 2022

608

davrning ba'zi bir umumiy jihatlari aniqlanadi.

Lekin XIX asrga kelib g'arb adabiyotshunosligida qiyoslash uslubidan deyarli foydalanilmadi. Bu hodisani adabiyotdagi metodlar almashinuvi bilan izohlash mumkin. Bunda Sorbonna universitetining taniqli professori Abel Fransua Vilmenning qiyoslash uslubining kelajagi haqidagi skeptik ruhdagi fikrlari ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Uning fikricha, tadqiqotchi oradagi o'ziga xoslikni ko'rsatish uchun keraksiz ikir-chikirlarga berilib ketishi, shu bilan birga, o'xshashliklarni qayd etish istagida xususiyatlarni noto'g'ri talqin qilishi mumkin. A.F.Vilmenning mazkur xulosasi badiiy jarayonni qiyoslab o'rganish usuli faqat bir tomonlama talqin qilinishi natijasida kelib chiqqan. Chunki qiyoslash usuliga mayda bayonchilik va hatto syujet, obraz, peyzaj tasvirini to'g'ri-dan-to'g'ri ko'chirib olish yoki o'ta «o'xshab qolish» xavf solishi mumkin.

Bizningcha, nafaqat modernistik, balki realistik va boshqa yo'nalishlardagi ijod namunalarining o'zbek adabiyoti mazmun-mundarijasi hamda ifoda yo'siniga ko'rsatgan, ko'rsatayotgan ta'sirini o'rganish o'zbek qiyosiy adabiyotshunosligining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Lekin har qanday adabiy ta'sir ko'rinishi to'g'ridan-to'g'ri taqlid bo'lmay, o'z milliy adabiyoti an'analari hamda yozuvchi ijodi o'ziga xosliklariga asoslangan va qisman transformatsiyalashgan hodisa hisoblanadi. Shuning uchun qiyosiy adabiyotshunoslikda ta'sir natijasidagi o'xshashlikkina emas, oradagi farq va o'ziga xoslik ham muhimdir.

Tarjimani ham adabiy aloqaning bir shakli deb qarar ekanmiz, uni avvalo badiiy-estetik tafakkur rivojiga ko'rsatgan va ko'rsatishi mum kin bo'lgan ta'siri nuqtai nazaridan baholashimiz lozim bo'ladi. Bunda tarjima sifatining asliyatga moslik darajasi ham muhim ahamiyatga ega. Shu ma'noda so'nggi 10-15 yil davomida o'zbek tarjimonlari tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar alohida o'rganishni taqozo etadi. Bu bizga boshqa (qiyoslanayotgan) adabiyotnigina emas, o'z adabiyotimizni ham yaxshiroq anglashga, uning nozik jihatlarini ilmiy-estetik tahlil qilishga yordam beradi.

XULOSA VA MUNOZARA

Ma'lumki, jahon xalqlari o'rtasida tari- xan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalaráa aloqalaT, ijobiy o'zlashtiгishlaг mavjuddiг. Shuning uchun ham bu jarayonni tahlil qilish hech qachon do^a^^im yo'qotmaydi, balki mamla- kat^ o'гtasida iqtisodiy, madaniy sohalaгda integratsiya avj olayotgan XXI asгda yanada muhim hisoblanadi. Qiyosiy adabiyotshunoslikda esa to'g'ridan-to'g'ri yoki kontakt aloqato milliy adabiyoti yoki ma'lum Ыг davг adabiy jaгayoniga ko'гsatadigan real ta'siri jihatidan

June, 2022

609

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

markaziy o'rin egallaydi.

Umuman, qiyosiy adabiyotshunoslik, jahon adabiy jarayonini tahlil etish bilan birga, milliy adabiyotlarning xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlash, ular o'rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlash hamda madaniyatlararo muloqot asoslarini belgilashga xizmat qilishi bilan dolzarb soha hisoblanadi.

REFERENCES

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. : T., 2017

2. Veselovskiy A.N. To'plam asarlar V.8. IN 1. - Sankt-Peterburg, 2011 yil.

3. Jirmunskiy V.M. Slavyan xalqlarining epik ijodi va dostonni qiyosiy o'rganish muammolari. -M.: 2012 yil.

4. Dima A. Qiyosiy adabiyot tamoyillari. - M.: Taraqqiyot, 2017 yil.

5. Dyurishin D. Adabiyotni qiyosiy o'rganish nazariyasi. - M.: Taraqqiyot, 2019 yil.

6. Bushmin A.S. Adabiyot fani. - M.: Sovremennik, 2010.

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.