XX ASR BOSHLARIDA XORAZM ADABIY MUHITI VA BADIIY IJOD
QIRRALARINI TALABALARGA TALIM TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA O'RGATISH ("HAFT SHUARO" MISOLIDA)
Iroda Adambayevna Xajiyeva
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali dotsenti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada muallif XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhiti va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida fikr yuritadi. Xorazm adabiy muhitining o'zbek adabiyoti rivojidagi o'rni tahlil etiladi. Bu muhitning homiysi sifatida madaniyat va sanatning rivojiga munosib hissa qo'shgan Feruzning o'rni alohida ko'rsatib o'tiladi. Shuningdek, Munis, Ogahiy kabi ustoz shoirlarning samarali mehnati takidlanadi. O'z navbatida Xorazm adabiy muhitida ijod qilgan shoirlar ijod qilgan janrlari jihatidan guruhlarga ajratiladi. Shuningdek, XX asr Xorazm adabiy muhitida bayozlar va tazkiralarning o'rni va ahamiyati tahliliy bayon etiladi. Bayozlar ham tuzilishiga ko'ra tasnif etiladi. Malum bir davr shoirlarining hayoti va ijodi to'g'risida malumot beruvchi tazkiralar va ularning o'zaro farqli jihatlari to'g'risida maqolada atroflicha ma lumot beriladi. Tazkiralar, bayozlar, majmualar to'g'risida ilmiy-nazariy malumotlar keltiriladi. "Haft shuaro" majmuasini vujudga keltirgan muhit yetarli darajada ochib beriladi. Mavzuni talabalarga tushuntirishda noananaviy "Debat" usuli, "Kahoot" mobil ilovasi hamda talimning didaktik vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi takidlanadi. Talabalarga yetkaziladigan malumotlar elektron taqdimot ko'rinishida tayyorlanishi lozimligi ko'rsatiladi.
Kalit so'zlar: adabiy muhit, shoir, janr, ijod, "Debat", elektron taqdimot, tahlil, madaniyat, sanat
ABSTRACT
In this article, the author discusses the literary environment of Khorezm in the early twentieth century and its peculiarities. The role of the Khorezm literary environment in the development of Uzbek literature is analyzed. The role of Feruz as a patron of this environment, who made a worthy contribution to the development of culture and art, is highlighted. The fruitful work of master poets such as Munis, Ogahi is also emphasized. In turn, the poets who created in the literary environment of Khorezm are divided into groups in terms of genres. Also, the role and significance of bayoz and tazkira in the Khorezm literary environment of the XX century are analyzed. Bayozes are also
June, 2022
611
classified according to their structure. The article provides detailed information about the life and work of poets of a certain period and their differences. Scientific and theoretical information about tazkiras, bayozs, complexes is given. The circumstances that created the Haft Shuaro complex is sufficiently revealed. In explaining the topic to students, it is advisable to use the non-traditional methods such as "Debate", mobile application "Kahoot" and didactic tools of education. It is indicated that the information provided to students should be prepared in the form of an electronic presentation.
Keywords: literary environment, poet, genre, creativity, "Debate", electronic presentation, analysis, culture, art.
Xorazm adabiy muhiti o'zbek adabiyotining ajralmas bir qismini tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev takidlaganidek, "Jo'shqin Amudaryodan suv ichib, muqaddas va tabarruk Xorazm tuprog'ida unib-o'sgan, xalqimiz tarixida o'chmas iz qoldirgan Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Muso Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Nosiriddin Rabg'uziy, Sulaymon Boqirg'oniy, Sakkokiy, Munis, Feruz, Ogahiy, Bayoniy va boshqa ko'plab allomalar, shoir va mutafakkirlarning nomlari jahon sivilizatsiyasi tarixiga haqli ravishda oltin harflar bilan bitilgan". [1]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Adabiy muhit va uni shakllantiruvchi jarayonlar to'g'risida E.E. Bertels, A.Qahhor, V.Abdullayev, N.Mallayev, A.Hayitmetov, M.Hamidova, A. Abdug'afurov, B.Valixo'jayev, G.Ismoilova, N.Jumaxo'ja, I.Adizovalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ajdodlarimiz merosi, olimlarimizning ilmiy ishlari XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhiti va badiiy ijod qirralarini talabalarga talim texnologiyalari vositasida o'rgatishdagi fikrlarimiz bayon etiladigan maqolaning metodologik asosini tashkil etadi.
Maqolada malumotlar qiyosiy-tahlil metodi asosida yoritildi.
Talim muassasalarida talabalarga Xorazm adabiy muhiti va badiiy ijod qirralarini tushuntirishda pedagogik usul va vositalardan foydalanish va samaradorlikka erishish.
KIRISH
June, 2022
MUHOKAMA
Talabalarga ushbu mavzuni noananaviy pedagogik texnologiyalar yordamida tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Dastlab "Debat" usulida Xorazm adabiy muhiti to'g'risida ulardagi mavjud bilim va tushunchalarni aniqlab olish lozim. Mavzuni dastlab maruza shaklida elektron slaydlardan foydalangan holda bayon etamiz.
Xorazm adabiy muhitining yuqori cho'qqiga chiqqan davrining mohiyatini belgilashda XIX asrni tayanch zamin sifatida e'tirof etish joiz. Chunki yuqorida nazarda tutilayotgan davr adabiy muhitining asoschisi va tashkilotchisi Shermuhammad Munis (1778-1829) bo'lgan edi. Ogahiy bu muhitga yanada keng qamrov va mazmun bag'ishladi, Feruz esa unga homiylik qildi. Feruzning bu sohadagi tashabbuskorligi yaqin vaqtlargacha xolis e'tirof etilmagan bo'lsa ham, adabiyotimiz jonkuyari, atoqli adib Abdulla Qahhor 1962 yildayoq bu xususda haq gapni aytgan edi: "Feruz mashhur lirik shoir, musiqashunos, kompozitor, yaxshi tarjimon, Umarxon singari o'z zamonasining shoirlarini o'rdasiga yiqqan, 1873 yilda bosmaxona sotib olib, Xorazmda birinchi kitob bostirgan odam. Shu odamni yuz yildan keyin qora kursiga o'tqazib, sovet qonuni bilan sud qilishdan nima murod hosil bo'ladi? Ko'p xotin olish yolg'iz Feruzning aybi emas, balki butun feodal jamiyatning illatidir. O'sha jamiyatda ko'p xotin olish gunoh hisoblangan emas". [2]
Feruz nomi bilan bog'liq XX asr boshidagi (birinchi choragidagi) adabiy muhit qator o'ziga xosliklarga ega. Unda, bir tomondan, ko'p asrlik adabiy ananalar davom etib, ustuvorlik qilayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, zamonaviy yangicha qarashlar, marifatparvarlik g'oyalari tobora kengayib borayotgan edi. Badiiy ijodda she'riyat salmoqli o'ringa ega bo'lib, uning mazmunini ishqiy-axloqiy motivlar tashkil etardi. Shu bilan birga, adabiy jarayondagi jonlanish ananaviy mavzularning yanada boyishida, janrlarning shakliy rang-baranglashuvi, umuman, badiiy ijod ijtimoiy-estetik ahamiyatining oshishida ko'rinadi.
Tabiiyki, adabiy muhitning harakatlantiruvchi kuchi ijodkorlardir. Bu jihatdan Feruz muhitining uyushganlik xarakterini alohida takidlash kerak. Muhimi shundaki, bu muhitdagi ellikka yaqin ijodkorlar turli ijtimoiy toifa, kasb va millatga mansubligidan qafi nazar muayyan darajada badiiy iqtidorga ega bo'lishgan, turli janrlarda asarlar yaratishgan. Ularni shartli ravishda quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin, bu tasnif elektron taqdimot asosida namoyish etiladi:
1. Feruz shajarasiga mansub ijodkorlar (Murodiy, Komyob, Farrux, Sultoniy, Sodiq, Sadiy, Oqil, Bayoniy va boshqalar);
2. Feruz tomonidan bevosita saroy xizmatiga jalb etilgan ijodkorlar (Tabibiy, Komil, Doiy, Devoniy, Mirzo, Habibiy, Xodim
va boshqalar);
June, 2022
3. Rasmiy ravishda saroy xizmatida bo'lmasa-da, Feruz nazarida bo'lgan va adabiy muhitda sezilarli iz qoldirgan ijodkorlar (Avaz, Niyoziy, Mutrib, Faqiriy, So'fi va boshqalar).
XX asr boshidagi Xorazm adabiy muhitining asosiy xususiyatlari davrdagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, milliy uyg'onish tuyg'usining kuchayishi, badiiy ijodda anana va yangilanishning uyg'unlashuvi kabi omillar bilan bog'liqdir. Bu xususiyatlarni asosan quyidagilarda ko'ramiz:
a) adabiy muhit boy va tarixan uzoq adabiy tajribalarga suyangan holda ularning yangi asrdagi davomi sifatida shakllandi va o'zbek mumtoz adabiyotining so'ngi, yangi davr adabiyotining esa boshlanish bosqichi bo'ldi;
b) adabiy muhit vakillarining aksariyati bevosita, bir qismi esa saroy bilan bilvosita bog'langan bo'lsa ham, Feruz shoh sifatida ularning umumiy homiysi va muhit tashkilotchisi, shoir sifatida ijodkor hamkori edi;
v) ijodkorlarning asosiy adabiy mahsuli bo'lgan lirik she'riyatdan tashqari, qator epik, tarjima va tarixiy asarlarning yaratilgani adabiy muhit xususiyatlaridan biridir. Bu borada Tabibiy dostonlari, Otaniyoz Niyoziy, Mirzo tarjimalari, Bayoniyning "Shajarai xorazmshohiy", "Xorazm tarixi", Komyobning "Tavorix ul-xavonin", "Muntaxab ul-voqeot" tarixiy asarlari va boshqalarni ko'rsatish mumkin;
g) adabiy muhitga xos jihatlardan yana biri lirik janrlar rang-barangligi. Bu sohada yigirmaga yaqin janr va shakllarda ijod etgan ustoz Ogahiy ananasi davom ettirildi va shoirlarning ayrimlari o'n to'rtta janrda ijod etishdi. Tabiiyki, bular orasida g'azal va muxammaslar asosiy o'rin tutadi;
d) adabiy muhit namoyandalarining ijodiy takomilida Navoiy, Fuzuliy, Munis va Ogahiy dahosidan bahramandlik, shuningdek, zullisonaynlik ananasi ham muhim omil bo'ldi. Ustozlarga izdoshlik asosan ijodiylik kasb etdi, o'zbek va fors tillarida ijod qilish esa har bir shoirga xos xususiyat edi;
e) muhim jihatlardan yana biri shundaki, shoirlar ijodi ko'p qirrali edi. Ular adabiy ijoddan tashqari, xattot, musiqashunos, tarjimon, tarixnavis ham bo'lganlari bois bu ijod qorishiq xarakterda edi;
j) adabiy muhitning o'ziga xosligini ifodalovchi asosiy xususiyatlardan biri -badiiy asarlarning kitobat - devon, bayoz, tazkira, majmua shakliga keltirilishi va targ'ib qilinishida namoyon bo'ladi. Xususan, tazkiralarda o'sha davr ijodkorlari, jumladan, "Haft shuaro"ga kirgan shahzoda shoirlar biografiyasi va ijodiy faoliyati haqida qimmatli malumotlar mavjud.
Umuman, bu xususiyatlar madaniyat va sanat sohasidagi rivojlanishga, adabiy jarayonning qizg'in xarakter kasb etishiga, ijodkorlar faolligining oshishiga, adabiy janrlar, xususan,
June, 2022
б14
she'riyatning mavzu va g'oyaviy ko'lamdorligiga, ananaviylikning yangicha shakl va mazmun bilan boyishiga hamda kitobat ishlarining keng yo'lga qo'yilishiga imkon yaratdi. Zero, bu davrda Feruz saroyida va undan tashqarida yashab ijod etgan shoirlar tomonidan ko'plab asarlar yaratilgani, deyarli har shoirning bir yoxud ikkitadan devon tuzgani ularni ommaga yetkazish, targ'ib qilish, kitobxonlikni kengaytirishni taqozo qilardi. Natijada, shaxsan Feruz tashabbusi va homiyligi bilan badiiy va adabiy-tarixiy asarlarni qo'lyozmadan tashqari, bosma usulda ko'paytirish maqsadida XIX asrning saksoninchi yillaridan boshlab litografiyadan foydalanish joriy etildi.
Darhaqiqat, toshbosmaning yo'lga qo'yilishi adabiy muhitdagi jonlanishning kuchayishiga, ijodkorlar rag'batini oshirishga va kitob holidagi manbalar sonining tez ko'payishiga imkon berdi. Turli bayoz, majmua, tazkiralar tuzishning nisbatan tezlashuvida ushbu omillar sezilarli rol o'ynadi. Ammo bu hol qo'lyozma amaliyotini butunlay siqib chiqarolmadi. Bu sohada Mulla Boltaniyoz, Mulla Karimbergan, Mulla Qurbonniyoz, Muhammad Panoh Xudaybergan, Matyoqub va Muhammad Yusuf hamda boshqa devonlar va kotiblarning xizmatlari katta bo'ldi.
Xorazm adabiy muhitida muhim o'rin egallagan bayozlar Sharq adabiyotiga xos bayozchilik ananasining asosiy xususiyatlarini aks ettirish bilan birga, muayyan o'ziga xoslikka ham ega. Bu hol bayozlarning janriy va mavzu jihatdan tabaqalashuvi hamda zullisonaynligida ko'rinadi. Jumladan, Feruz davrida tuzilgan "Bayozi majmuai ash'or" va "Bayozi ash'or" turli lirik janrlardagi she'rlardan tuzilgan bo'lib, ishq mavzusini tarannum etsa, "Bayozi musaddasot", "Bayozi muxammasot"lar faqat musammat shakllari, "Bayozi ruboiyot" esa birgina ruboiy janri namunalaridan iborat bo'lib, ham ishqiy, ham ijtimoiy-falsafiy mavzularga bag'ishlangan.
Shuningdek, bir va bir necha shoirlar asarlaridan bayoz tuzish ham keng tarqalib, bulardan ikkinchisi salmoqlidir. Binobarin, "bayozlar erkin ravishda tuzilib, turli davr shoirlarining rang-barang she'rlarini o'zida mujassamlashtirgan to'plam sifatida ular tarkibida bazan mashhur shoirlarning devonlarida ham mavjud ayrim she'rlarning uchrashi" [3] bayozchilikka xos tipologik xususiyat bo'lgani holda, ayrim Xorazm bayozlari tuzuvchi xohishi asosida, ko'pincha, Feruz topshirig'i bilan tuzilgan.
Tabiiyki, ularda "Bayoz tuzishga farmon bergan shaxs va tuzuvchining shoir haqidagi sub'ektiv tushuncha hamda tuyg'ulari bayoz tarkibidagi
she'rlarning g'oyaviy mazmuni orqali ifodalanadi" [4] Feruz farmoniga muvofiq, shoirlar g'azallari asosidagi ashulalardan ham maxsus
bayozlar tuzilgani Xorazm bayozchiligining yana bir xususiyatidir. [5]
June, 2022
Xorazm adabiy kitobatchiligi silsilasida majmualar ham muayyan mavqega ega bo'lib, mumtoz ijodiy merosning ancha qismini o'zida mujassam etadi. Ularning tuzilishi tuzuvchining maqsadiga, dunyoqarashi va shaxsiy mayliga hamda mavjud ananalarga rioya qilishiga bog'liq bo'lib, majmualar bayozlardan farqli o'laroq, maxsus tanlangan she'rlar asosida mavzu va g'oya yo'nalishiga ko'ra bunyod etiladi. Chunonchi, "Haft shuaro" majmuasidagi she'rlarda ishqiy-marifiy mavzu, "Yug'urum" (1923) majmuasidagi she'rlarda esa inqilobiy mavzu yetakchidir. Shu bilan birga, ularda shoirlar ijodi xususidagi ayrim malumotlar ham uchraydi. Mulla Bekjon tomonidan nashr etilgan "Yug'urum" majmuasining bu jihatini adabiyotshunos A.Abdug'afurov alohida takidlab yozgan edi:
"Mulla Bekjon" to'plamidagi boshqa asarlar qatorida, ularning (Bayoniy, Mutrib, Safo Mug'anniy she'rlari - I.X) har biriga kichik-kichik izohlar beradi, qachon yozilgani va qaysi manbadan olib chop etilayotganligini aniq ko'rsatadiki, bu davr adabiy jarayonini hamda konkret ijodkor merosini o'rganishda, uning g'oyaviy-badiiy evolyusiyasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi". [6]
Ikkinchidan, majmualarda she'r mualliflari to'g'risida, garchi qisqa bo'lsa-da, biografik malumotlar uchraydi. Shu jihatdan aksariyat majmualar o'zida asosan badiiy asarlarni jamlagani sababli bayozga, qisman shoirlar haqidagi muxtasar malumotlarni aks ettirgani bois tazkiraga xos xususiyatlarga ham ega bo'ladi. Shuningdek, majmualar har bir shoirning faqat saylanma she'rlaridan ham tuzilishi mumkin, bayozlarda esa, odatda, she'riy parchalar cheklanmaydi, ularni qafiy davrlashtirish tamoyiliga hamisha amal qilinmaydi.
Xorazm adabiy muhiti xususidagi qimmatli malumotlarning muayyan qismi tazkiralarda mujassam bo'lib, u Sharq mumtoz adabiyotshunosligida salmoqli o'ringa egadir.
Tazkira, odatda, muayyan tarixiy davrga mansub adabiy-tanqidiy qarashlarni, bir yoxud turli davrlar shoirlar hayoti va ijodini yorituvchi ananaviy janr sifatida o'zbek adabiyotshunosligida ham mavjud edi.
Tom manoda o'zbek tilidagi ilk tazkira Navoiyning "Majolis un-nafois"idan boshlangan tazkirachilik mezonlari tamoyillari keyingi davrlar uchun asosiy yo'l-yo'riq bo'ldi. Bu asarda tazkirada ikki qirra - matn (she'riy parchalar) va ijodkor hayoti hamda asarlari haqidagi malumotlar talqini mavjudligi tazkiraning tub xususiyati ekanini ko'rsatdi va Xorazm tazkirachiligi uchun ham ilhom va rag'bat manbai bo'ldi.
To'g'ri, Xorazmda XX asrgacha mumtoz tazkirachilik namunalari yaratilmadi. Ammo bu hol adabiy muhitning qusuri emas, balki o'ziga xosligi bo'lib, asosiy diqqat original badiiy
June, 2022
б1б
asarlar, adabiy-tarixiy solnomalar, shuningdek, tarjima asarlari yaratishga qaratilgani bilan izohlanadi. Shunday bo'lsa-da, XX asrgacha yozilgan qator asarlarda tazkiraga xos ayrim unsurlar - muayyan davr adabiy muhiti, shoirlar hayoti va ijodiga oid muxtasar malumotlar uchraydi. Bu jihatdan Munis (1778-1829) va Ogahiy (18091874) asarlari xarakterli bo'lib, ularda XVIII-XIX asrlar adabiy hayotiga doir qimmatli faktlar muayyan munosabat bilan bayon etiladi. Buni adabiyotshunos B.Valixo'jayev alohida takidlab, shunday yozgan edi: "Munis Xorazmiyning bu asarida ("Firdavs ul-iqbol"- I. X) Xorazm diyoridagi tarixiy, madaniy, adabiy muhit, uning ayrim namoyandalari haqida qimmatli malumotlar keltirilgan. Xuddi shu manba tufayli adabiyot tarixi uchun Mavlono Vafo, Pahlavonquli Ravnaq, Muzaffarxo'ja Kiromiyga o'xshash qalamkashlar kashf etildi". [7] Shuningdek, Ogahiy o'zining "Riyoz ud-davla", "Gulshani davlat", "Shohidi iqbol" va boshqa tarixiy asarlarida ham o'tmishda yashagan yoxud o'ziga zamondosh bo'lgan ijodkorlar haqida muhim faktlarni qayd etadi. Jumladan, u "Riyoz ud-davla" asarida mashhur donishmand shoir va kurashchi Pahlavon Mahmud (1247-1326) fazilatlarini lo'nda va aniq tariflaydi:
"Firdavsbahr shahri Xivaqda qudvat ul - avliyo, murshid ul - atqiyo maxsusi borgohi mulki vadud hazrati Pahlavon Mahmud quddisa sirruhu" [8]
Bundan tashqari, bu asarida Ogahiy o'z ahvoli ruhiyati, adabiy laqabi va olimu shoirlar bilan muloqoti xususida ham malumotlar berib, jumladan, uning hasbi hol yo'nalishidagi sakkiz misra masnaviysini keltiradi. "Gulshani davlat" asarida esa Xivadagi adabiy jarayon va uning vakillari Muhammad Nazar, Pahlavon Niyozboy va Xolis haqida malumotlar beradi. [9]
Yuqorida qayd etilgan adabiy qarashlar Xorazm tazkirachiligi uchun g'oyaviy asos bo'lib xizmat qildi va bu tazkirachilik tobora takomillashib, kitobxonlik hamda badiiy asarlarga qiziqish zamirida shakllandi. Zero "shunday asarlar to'plamlari ilk tazkiralar edi". [10] Demak, mumtoz tazkiralarning tub asosi to'plam (majmua) bo'lib, bora-bora ular adabiy-tanqidiy, hatto, nazariy qarashlar bilan boyib, takomillashib borgan. Shu sababli tazkirada majmuaga xos adabiy parchalarning bo'lishi janr talabiga xilof emas, balki uning xususiyatlaridan biridir. O'rta asrlardan, xususan, XIX asrdan yirik madaniy-adabiy markazlardan biriga aylangan Xiva shahrida badiiy asarlar yaratish, to'plamlar tuzish, mutolaa qilish va targ'ib etish ishlari kuchayib, o'sha asrning oxiridan XX asrning boshlarigacha bo'lgan Feruz davrida esa yanada keng qamrovlik kasb etdi. Zero, mumtoz tazkirachilikning xuddi shu davrda yuzaga kelishi va qisqa vaqtda turli xarakterdagi tazkiralarning tuzilishi ham ana shu omillar bilan dalillanadi. To'g'ri, bu davrda Qo'qon va Buxoro adabiy muhitlarida ham
June, 2022
617
qator tazkiralar maydonga keldi (Fazliy, Pirmastiy tazkiralari). Ularning Xorazm tazkirachiligining namunalari bo'lgan Ahmadjon Tabibiy tazkiralari bilan mushtarak va farqli jihatlari (til, uslub, hajm, ifoda shakllari va boshqalar) haqida adabiyotshunoslikda muayyan fikrlar aytilgan. [11-20]
Adabiyotshunos B.Valixo'jayev tazkiralarni vaqt omili nuqtai nazaridan ikki guruhga ajratadi: 1) tarixiy-zamonaviy (salaflar va zamondoshlar); 2) zamondoshlar haqidagi tazkiralar.[7] Bularning har biriga xos jihatlarni batafsil tahlil etadi. Olim O'rta Osiyoda X asrdan boshlangan tazkirachilik tarixini yoritar ekan, XX asr boshida o'zbek tilida yaratilgan tazkiralar, jumladan, Xorazm tazkirachiligiga (Tabibiy qalamiga mansub) ham muxtasar to'xtab o'tadi hamda zamondoshlar haqidagi tazkiralar sifatida ayrim jihatlarni takidlaydi.
Xarakterli tomoni shundaki, Xorazm ananaviy tazkiralari adabiy parchalarning janriy mansubligi jihatidan ichki tabaqalanishga ham ega bo'lib, u quyidagicha tasniflash mumkin:
1) faqat g'azal janridagi asarlarga yozilgan payravlardan tuzilgan (Tabibiyning birinchi tazkirasi);
2) musammat shakllari - muxammas va musaddaslardan tashkil topgan (Tabibiyning ikkinchi tazkirasi);
Bu tazkiralarning yana bir o'ziga xosligi shundaki, birinchisida payrav uchun bir shoir - Feruz g'azallari, ikkinchisida esa Feruz va Ogahiy g'azallari asos-matn qilib tanlangan.
3) aralash janrlardan - g'azal, masnaviy, to'rtlik (Laffasiy tazkirasi)dan tuzilgan.
Albatta, tazkiralarda keltirilgan bu asarlarga munosabat bilan birga, shoirlar hayoti va faoliyatiga oid malumotlar ham bayon etilgan. Ko'rinadiki, tazkiralarda adabiy parcha (she'riy matn) hamda shoir hayoti va ijodini baholash tipologik hodisadir. Ammo ayrim majmualarda muayyan adabiy qarashlarning mavjudligi (garchi batafsil bo'lmasa ham) ularni tazkiraga yaqinlashtiradi. Shuni hisobga olib, atoqli adabiyotshunos A.Hayitmetov Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a"si o'zbek tilidagi adabiyotning nazariy masalalari bo'yicha ilk mukammal qo'llanma bo'lishi bilan birga, she'riy tazkira xarakteridagi bir asar ham ekanini takidlagan edi.[12] Bunda olim asardagi birgina Lutfiy tarjimai holiga oid tazkiraga xos malumotlarni nazarda tutgan. Shu qarashga asoslanib, biz "Haft shuaro"ni shartli ravishda tazkira-majmua deb atadik. Chunki unda she'riy asarlardan tashqari, ikki shoir - Sultoniy va Farrux
haqida nasriy malumotlar ham berilgan. Zero "Haft shuaro
June, 2022
o'zida asosan majmua, qisman tazkira xususiyatlari sintezlashtirilgan adabiy manbadir.
Tazkiralarning uchinchi guruhiga mansubi - shoh saroyida o'n yil davomida shoirlar nazoratchisi bo'lgan Bobojon Tarroh Azizov - Xodimning "Xorazm navozandalari" asari. [13] Unda Feruz davri adabiy muhiti va uning shoirlari hayoti hamda ijodi haqida boy malumotlar bayon etiladi. Esdaliklar shaklidagi bu asar muallifi undagi fakt va lavhalarning bevosita guvohidir. Asar mazmuni uni tazkira deyishga to'la asos beradi, chunki "esdalik daftari manosidagi tazkira adabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etuvchi janrlardan biri bo'lib, unda adabiyot tarixi yoki konkret davrning shoirlari hayoti va ijodi to'g'risidagi qiziqarli malumotlar keltiriladi" [14]
Tazkirada muallif "o'ttiz bir nafar shoirning ahvoloti" yuzasidan o'n uch savolga javob yozgan.
Xorazm tarixiga oid XX asr solnomalarida ham tazkiraga xos adabiy malumot va lavhalar hamda ayrim she r va shoir haqidagi fikrlar uchraydi. Bu jihatdan Bayoniyning "Shajarai xorazmshohiy" asari xarakterlidir. Shu sababli adabiyotshunos G.Ismoilova uni Tabibiyning "Majmuat ush- shuaro"si qatorida tazkira deb ataydi va "ular bo'yicha ko'plab ijodkorlar nomlari bilan tanishishga muyassar bo'lamiz" deyish bilan cheklanadi. [15-19]
Adabiyotshunoslar N.Jumaxo'ja va I.Adizova esa "Shajarai Xorazmshohiy"ning keng qamrovli tarixiy-adabiy ahamiyatini alohida takidlab, quyidagi asosli xulosaga kelishadi: "uning tazkira tipidagi adabiy manbalardan farqi va afzalligi shundaki, u adabiy muhit manzaralari, jarayonlarini, mafkuraviy hayotni tirikligicha, harakatda, ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan munosabatda tasvirlaydi" [16-
Bu jihatdan Xorazm adabiy manbalarining katta qismi qo'lyozmalar ekanligi xarakterli faktdir. Bu haqda mashhur olim E.E. Bertelsning fikri alohida ahamiyat kasb etadi: "o'qilgan qo'lyozmalar soni qancha ko'p bo'lsa, tuman shunchalik tarqalib, masala oydinlashib boradi. Tadqiqotchining qo'lidan yuzlab, minglab qo'lyozmalar o'tsa, ilgari amalga oshirib bo'lmaydigandek tuyulgan masala oddiylashadi va oydinlashadi" [17] Ana shu yuzlab qo'lyozmalardan biri bo'lgan "Haft shuaro" tazkira majmuasining monografik tadqiqi Feruz davri adabiy muhitining hozirgacha kam o'rganilgan jihatlarini "oydinlashtirish"ga imkon berishi bilan qimmatlidir.
18]
June, 2022
XULOSA
Umuman, majmua va tazkiralar "saroy adabiyoti" bahonasi bilan adabiyotshunoslikda yaqin vaqtlargacha mavjud ayrim noto'g'ri, bir tomonlama qarashlarni tuzatishga, badiiy asarlarning ijodkorlarini ijtimoiy mavqei nuqtai nazardan talqin etishning xatoligini oydinlashtirishga, qator shoirlar to'g'risidagi tasavvurlarni kengaytirish va boyitishga, pirovardida adabiy muhitni yaxlit holda chuqurroq o'rganish va yangi ilmiy tafakkur asosida haqqoniy baholashga imkon beradi. Texnika yo'nalishi talabalariga ushbu mavzuni kengroq va batafsil o'rgatishda elektron doska, motorli ekran, proyektor, kompyuter, didaktik vositalar("Haft shuaro" majmuasining qo'limizda mavjud toshbosma parchalari, kitoblar va h.k.)dan foydalanamiz. Dars yakunida talabalarning bilimini tekshirish maqsadida "Kahoot" mobil ilovasi orqali mavzuga test topshiriqlarini bajartirish dars samaradorligini oshiradi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. "O'zbekiston" 2017. 241-bet.
2. Qahhor A. Yoshlar bilan suhbat. -T.: Yosh gvardiya, 1968. B.102-103.
3. Sobraniye Vostochnbix rukopisey AN Uz. T II. Tashkent. 1954. -S. 11.
4. Hamidova M. Qo'lyozma bayozlar - adabiy manba. T., 1981 -B.124.
5. Rahimov D., Matrasul Sh. Ko'rsatilgan asar.1991. T.: Adabiyot va san at,- B. 88.
6. Abdug'afurov A. "Yug'urmiya" -o'zbekcha inqilobiy she'rlar to'plami // O'zbek tili va adabiyoti.T., 1988. №5 -B.3-10.
7. Valixo'jayev B. O'zbek adabiyotshunosligi tarixi. X-XIX asrlar. -T.: O'zbekiston, 1993-B.118.
8. Ogahiy. Riyozud davla. O'zFA Sharqshunoslik instituti fondi Inv. № 5364 II-B.374-a.
9. Ogahiy. Gulshani davlat. O'zFA Sharqshunoslik instituti fondi Inv. №7572 -B 101-102.
10. Mallayev N. XV asr tazkiralarining tarixiy-adabiy ahamiyati // O'zbek adabiyoti masalalari. To'plam. T.: 1959. - B.255.
11. Karang: Valixo'jayev.B. Ko'rsatilgan asar -B.175-176. Matkarimova S. Tazkirachilik ananasi: mushtaraklik va o'ziga xoslik // Badiiy tafakkur va adabiy jarayon. To'plam. UrDU.2004.-B 43-46.
12. Hayitmetov. A. Adabiyotdan turkiyda birinchi nazariy qo'llanma // O'zbek tili va adabiyoti.T., 2002.№ 1. -B.72.
June, 2022
13. Xodim. Xorazm navozandalari. - T.: Adabiyot va sanat, 1994. 96-b.
14. Valixo'jayev B., Xolmatov.Sh. O'zbek adabiy tanqidi tarixi. 1-qism. Samarqand., 1983-B 13.
15. Ismoilova G. Feruz davri Xorazm adabiy muhiti. Fil. Fan.nomz. dissert. T.: Fan, 1995-B. 25.
16. Jumaxo'ja N, Adizova I. So'zdin baqoliroq yodgor yo'qdir.-T.: O'zbekiston, 1995- B. 148.
17. Бертельс. Е.Э. Вопросы методики критических изданий классических памятников литературы народов Ближнего и Среднего Востока// Материалы Всесоюзной конференции востоковедов в Ташкенте. - Т.: Изд.АН.УзР, 1957-С.237-238.
18. Iroda X., Feruza A., Khurshida K., & Umida B. (2020). The importance of spiritual values in the upbringing of the harmoniously developed person in teaching and learning process. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1496-1499.
19. Xajiyeva.I Sultoniy ijodiyotini pedagogik texnologiyalar asosida o'rgatish ("Haft shuaro" majmuasi asosida). Jamiyat va innovatsiyalar. 02 (2022) / ISSN 2181-1415.
20. Xajiyeva.I.A. Texnika yo'nalishidagi talabalarga inson va insonparvarlik g'oyasini tushuntirishda pedagogic texnologiyalarning o'rni. Muallim.№4. 2022. 5-9-
b.
June, 2022