"QISSASI RABGUZIY"DA QUSHLAR HAQIDAGI RIVOYATLAR
BADIIYATI Komiljonov Jahongir Komiljon o'g'li
Namangan davlat universiteti 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6535458 Annotatsiya. Ushbu maqolada "Qisasi Rabg'uziy" asaridagi rivoyatlarda uchrovchi qushlar obrazi xususida fikr yuritildi.
Kalit so'zlar: "Qisasi Rabg 'uziy", Qur 'oni Karim, qaldirg 'och, ko 'k qarg 'a, musicha(sicha), chumchuq.
ИСКУССТВО РАССКАЗОВ О ПТИЦАХ В "КИССАСИ РАБГУЗИЙ Аннотация. В данной статье рассматривается образ птиц в рассказах Кисаси Рабгузи.
Ключевые слова: «Кисаси Рабгузи», Коран, ласточка, синяя ворона, мидия, воробей.
THE ART OF STORIES ABOUT BIRDS IN "KISSASI RABGUZIY" Abstract. This article discusses the image of birds in the stories of Kisashi Rabguzi.
Key words: "Kisashi Rabguzi", Koran, swallow, blue crow, mussel, sparrow.
"Inson yaralibdiki, borliqdagi barcha yaratiqlarning mohiyati va hodisalarning sababini bilishga intiladi. Bu qiziqishga javobni hamisha ilm-fan berib kelgan. Ba'zida ilm-fan ham ojiz bo'lib qolgan paytda inson bu kabi savollarga javob topishda e4iqod bilan bog'liq asarlar, diniy kitoblarga tayanilgan. Shunday asarlardan bin Nosiruddin Rabg'uziy qalamiga mansub bo'lgan "Qisas ul anbiyo" (Payg'ambarlar qissasi)dir. Bu asar xalq orasida va boshqa turkiy, arab xalqlari orasida sevib mutoala qilinuvchi asarlardan biri hisoblanadi. Bu asar barchamizga "Qisasi Rabg'uziy" nomi bilan tanilgan. Muallif bu asarning yaratilish sababini tushuntirar ekan o'zidan oldin yaratilgan shunday mavzudagi asarlarda turli chalkashliklar borligi uchun payg'ambarlar tarixi haqida asar
yozdim deya e'tirof etib ketadi. Asarda olam va odamning yaratilishi, payg'ambarlar ularning boshidan kechirgan voqealari, turli jonjotlarning odamlar bilan munosabati, bog liqligi o'ziga xos yo'sinda ifodalangan. Asardagi voqealarni muallif Qur'oni Karim oyatlarida keltirilgan malumotlar yordamida asoslaydi.
"Qisasi Rabg'uziy" asari biri-biriga mantiqiy va mazmun jihatidan boglanuvchi rivoyatlar asosiga qurilgan bo'lib, ular orasida qushlar haqidagi qissalar alohida o'rin tutadi. Ulardan, Odam Ato va Momo Havo yer yuziga tushganlaridan keyin shayton alayhi layna barcha hayvon, qush, qumursqalarni bularga qarshi gijgijlab: "Yer yuziga bir jonzot keldiki, u sizlarni urug'-aymog'ingiz Bilan qirib tashlaydi, hammalairng bir bo'lib o'ldiringlar, bo'lmasa omon qolmagaysizlar". Bu gapdan keyin barchalari yig'ilib kelib Odam Atoga har tarafdan hujum qila boshlashadi. Eng avvalo sicha qushi Odam Ato boshiga qo'nib sochlaridan yula boshlaydi. Shundan beri odamlar icha qushini tutib patlarini yulib pishiradilar.
Navbatdagi qushimiz bu arabchasiga Axyol, turkchasiga esa ko'k qarg'a qushidir. Bu qush haqida ham ajoyib rivoyat mavjud. "Olloh taolodan farmon bo'ldi: "Ey Odam, poklanish mavridi keldi, sen Makkaga borgil, Mening uchun bir uy bino qilgil". Dedi: "Iloho, u yerning qayda turishini bilmasman". Olloh taolo bir qushni yo'lboshlovchi qildi." Pyg'ambarimiz ham Ko'k qarg'ani Odam Atoga yo'lbosh-lovchilik qilgani uchun o'ldirmaslikka buyurganlar.
Burgut go'shtining odam farzandlariga harom bo'lishi. Kunlarning birida Odam go'sht yemoqlikni istaydi va farmon bo'ladi: "Borgil, qush ovlagil!" Shunda u bir qirg'ovul va burgutni tutib keladi. Va kelib ularni bo'g'izlaydi, o'tga tutdi, qirg'ovul pishdi-yu burgut pishmadi. Shunda Odamning jahli chiqib burgutni o'tga ko'mgan edi qush tamoman kuyib ketadi. Odam qayg'uga botdi chunki qirg'ovulni Havvoga burgutni esa o'zi uchun mo'ljal qilgan edi. "Jabroil keldi va dedi: "Ey Odam, qayg'urmagil, bu qushning o'rniga boshqa qush bergay. Bu qush senga va farzanlaringga qiyomatga qadar harom bo'ldi". Shundan beri Odam qurbonlik qilar, o't kelib kuydirar edi. Undan keyingi barcha payg'ambarlar
shariatda ham qurbonliklarini o'tga kuydirmaklik ravo edi. Payg'ambarimiz Muhammad mustafo kelganda qurbonlikni o'tda kuydirmaklik harom qilindi, yemaklik esa halol bo'ldi.
Foyda: Bu dunyoda mo'minlarning kuydirmaklik harom qilindi, zero Olloh oxiratda mo'minlarning tanini do'zax o'tiga harom qilsa ne ajab?!" Biz bahor faslining kirib kelishini uning elchisi bo'lmish qaldirg'ochsiz tasavvur qila olmaymiz. Rahmatlik buvim ham doimo ana qaldirg'och ham keldi uning quradigan inini buzmasligimiz kerakligi haqida uqtirib kelganlar. Nima uchun deya so'raganimizda bu qush har kimning ham uyiga uya quravermasligini, uya qurgan xonadoniga barokat olib kelishini aytib berar edilar. Bu qush haqida Qisasi Rabg'uziydagi Odam ato, Hud , Nuh va Ibrohim alayhissalomlar qissalarida kichi kichik rivoyatlar uchraydi. Odam alayhissalom qissasida: "payg'ambarimiz jannatga kiruvchi "olti qush"ning biri ekanligini "Xashr" surasining oxirni o'qigani uchun va yana ba'zilarning aytishicha "Bayt ul-Muqaddas" mag'lub bo'lishida qismatiga yig'lagani uchun deyiladi". Hud alahissalom qissasida esa Luqmon ibn Od Olloh taolodan menga uzun umr ber deganida
- Qancha umr tilaysan? - degan ovoz eshitildi.
- Karkas (ya'ni o'limtiklar Bilan kun ko'ruvchi yirtqich qush) umri kerakdir, -dedi. Har bir karkas uch yuz yil umr ko'rar edi. Luqmon bir karkas bolasini tarbiyalay boshladi. U o'lgach yana yettitasini tarbiya qila boshladi. U Lubid degan qaldirg'ochga dardini dasturxon qildi. Luqmon dediki:
- Qachon o'limim yaqinlashganda seni tog' tepasiga eltarman va karsaklar orasiga qo'yarman, ular bilan birga uchib ketarsan! Vaqti kelib hamma qushlar uchib ketdilar, ammo Lubid uchib ketmadi. O'sha yerda Luqmon birla jon berdi. Qushlarning o'z juftlariga balki nafaqat insonga bo'lgan sadoqatini ham shu Lubid misolida ko'rishimiz mumkin. Oqqushlar orasida ham bir tuyg'u bo'ladi. Agar o'z jufti halok bo'lsa ikkinchisi ham halok bo'ladi. Qaldirg'och qushi haqidagi qissalarimizdan yana biri Nuh alayhissalom qissasidir. Nuh to'foni paytida kema teshilgach, Kimki bu teshikni berkitsa, nima tilagi bo'lsa bergayman. Men teshikni
berkitayin, suv kirish to'xtagach, kemadagi suvlarni chiqarib tashlangan, - dedi ilon so'ng so'radi, - menga nima berarsan? Nima istaysan? - dedi Nuh. Qaysi go'sht totli bo'lsa, o'shani bergil, - dedi Ilon. Nuh qabul qildi, Ilon suvga kirib teshikni berkitdi, o'sha joyda kulcha bo'lib yotdi, suv kirishi to'xtadi. Kema ichidagi suvni tashqariga chiqarib tashladilar, g'arq bo'lish qo'rqinchi barham topdi. Kemadan chiqqanlaridan keyin ilon kelib, Nuhdan va'da qilingan go'shtni talab qildi. - Hamma jonivorlar kemadan chiqdi, tarqalib ketdilar, go'shtni qanday toparmiz? - dedi Nuh. Ilon ko'p siqildi, shunda Nuh chivinga amr qildi: - Borgil, yer yuzidagi go'shtlarni totib ko'rgil, totlisini Ilonga bermiz. Chivin ketdi, ammo ancha hayallab qoldi. Ilon esa tiqilinch qilardi. Nuh hijolatda qolgandi, qaldirg'ochni chivinni topib kelish uchun jo'natdi. - Nega kech qolding?- dedi Qaldirg'och, Chivinni qidirib topgach. - Yer yuzi keng ekan, shu bois kech qoldim, - dedi Chivin. - Go'shtlarni totib ko'rdingmi? Qaysi go'sht totlik ekan? - so'radi Qaldirg'och. - Hamma go'shtlarning eng totlisi odamlarning go'shti ekan, - dedi Chivin. - O'sha go'shtning mazasi hali-yam og'zimda turgandir. Og'zingni ochgin, men ham bir hidlayin, - dedi Qaldirg'och. Og'zini ochgandi Qaldirg'och uni hidlamoqchi bo'lib, tumshug'i bilan Chivinning tilini kesib oldi. O'shal kundan beri Chivin tilsiz qoldi. Ikkovlari Nuh payg'ambarga keldilar. Chivin harchand harakat qilsada so'zlayolmas edi. Uning so'ziga hech Kim tushuna olmasdi. - Unga nima bo'ldi, nechuk so'zlayolmas? - deb so'radi Qaldirg'ochdan. - Men Bilan so'zlashganda baqaning go'shti shirin ekan, deb aytgandi. Kech qolganidan hijolatda bo'lib, so'zlayolmay qoldi, - dedi Qaldirg'och.
Nuh alayhissalom baqa go'shtini ilonga berdi. Agar qaldirg'och o'sha kunda shunchalik ezgulik qilmaganda edi, bugun biz hamma odamlar ilonga yem bo'lardik.
Bu qushimiz o'ziga zarar yetsa ham insonlarga foydasi tegishini Ibrohim alayhissalom qissalarida ham uchratamiz. Ibrohim alayhissalom palaxmondan olovga otish-ganlaridan so'ng qaldirg'och tumshug'ida suv olib kelib quya boshlaydi. - Ey qaldirg'och sening tumshug'ingdagi suv bu o'tga qanday ham ta'sir qilsin, - dedi
Ibrohim shunda va uni ezgu duo qildi. Chumchuq esa kelib o'tni qanoti bilan urardi, shu bois uni la'natladi, qirq kecha-kunduz o'tda kuydi.
Umuman olganda "qisasi Rabg'uziy" asarida olam va odamning yaratilishi, butun borliqdagi jamiki mavjudotlar, yer va suv hamda ko'plab qushlarning yaratilish tarixi haqida ularning insonlarga qilgan ishlari ajoyib tarzda ifodalangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rabg'uziy N.B. "Qisasul anbiyo"(Qisasi Rabg'uziy) 1-2- kitob 1990-1991
2. Fozilov E. Rabg'o'ziy va uning "Qissasi Rabg'uziy" asari. 1-kitob, 1990.
3. N.Mallaev. O'zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob, 1969.
4. O'zbek adabiyoti tarixi. Ak.nashr. 5 tomlik 1-tom, 1977.