Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
QISHLOQ XO'JALIGIDA TADQIQOTLAR OLIB BORISH ORQALI OZIQ-
OVQAT HAVFSIZLIGINI TA'MINLASH
Zarina Zafar qizi Nematullayeva
Guliston davlat universiteti 2- kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Qishloq xo'jaligi tadqiqotlarining olib borilishi tez o'sib borayotgan aholining ovqatlanish va farovon hayotga bo'lgan ehtiyojini qondirish, sog'lom ovqatlanishni ta'minlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, barqaror qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqish va eksport hajmini oshirish uchun juda muhim ahamiyatga ega bo'lib, qishloq xo'jaligi tadqiqotlari yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining toksik va biologik xavf omillari har tomonlama ko'rib chiqiladi, bu borada uslubiy tadqiqotlar olib boriladi, ilmiy va texnologik ishlanmalar kuzatiladi, yangi tezroq va aniqroq tahlil usullari yaratiladi va yechimlari aniqlanadi.
Kalit so'zlar: Qishloq xo'jaligi, tadqiqotlar, oziq-ovqat, xavfsizlik, inson salomatligi, ishlab chiqarish, sifat, xavfsizlik
АННОТАЦИЯ
Проведение сельскохозяйственных исследований имеет решающее значение для удовлетворения потребностей быстро растущего населения в питании и благополучной жизни, обеспечения здорового питания, обеспечения продовольственной безопасности, разработки устойчивых методов ведения сельского хозяйства и увеличения экспорта, в этом направлении проводятся методологические исследования, отслеживаются научно-технологические разработки, создаются новые более быстрые и точные методы анализа и определяются решения.
Ключевые слова: сельское хозяйство, исследования, продукты питания, безопасность, здоровье человека, производство, качество, безопасность.
ABSTRACT
Agricultural research is crucial to meet the needs of a rapidly growing population for food and well-being, healthy nutrition, food security, development of sustainable agricultural methods and increase of exports, methodological studies are carried out in this direction, scientific
May 12-13
684
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
and technological developments are monitored,identified new, faster and more accurate methods of analysis are being developed and solutions.
Keywords: agriculture, research, food, safety, human health, production, quality, safety.
Kirish. Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo'yicha yondashuvni mutlaqo o'zgartirish vaqti kelganini ta'kidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to'liq ta'minlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yo'lida ham qishloq xo'jaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar ijrosi ta'minlanadi. Bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen ta'sirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilg'or va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi oziq-ovqat balansi bo'yicha farqning o'sayotgani, iqlim o'zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Noz-ne'matlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, o'rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur'atlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Tahlil qilish, matematik va iqtisodiystatistik usullar, prognoz, iqtisodiy tahlillar.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Barcha davlatlar milliy xavfsizlik tizimining muhim qismiga aylangan oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish masalasiga ahamiyat berishadi va uni rivojlantirish uchun resurslar ajratadilar. Aholi sonining ortib borishi bilan oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojni qondirishda qishloq xo'jaligi tadqiqotlarining ahamiyati katta ekanligini ko'rish mumkin.
Rivojlangan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligini buzmasdan, ayrim sohalarda ommaviy ishlab chiqarishdan chiqib ketadi va bu ishlab chiqarish rivojlanayotgan mamlakatlarga o'tadi. Rivojlanayotgan davlatlar esa, qishloq xo'jaligida ilg'or texnologiyalarga ko'proq mablag' sarflaydilar
Biroq, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan urug'lar, o'g'itlar va pestitsidlar kabi asosiy materiallar asosan yirik transmilliy kompaniyalar nazorati ostida. Boshqa tomondan, oziq-ovqat xavfsizligi me'yorlari oshib bormoqda.
Markaziy Osiyoda 10 mln gektar yerni sug'orish uchun asosiy manba bo'lgan Sirdaryo va Amudaryo havzalarida suv hajmi 15 foizga
qisqarishi kutilmoqda. Muzliklarning erishi ekinlarni ekish va
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
sug'orish muddatlari bilan bog'liq vaziyatni yanada og'irlashtiradi, chunki daryolarda suv hajmining eng yuqori miqdori yil boshida sodir bo'lmoqda.
Vaziyatni yaxshilash uchun tez va oson yechimlar bo'lmasa-da, hozirgidan samaraliroq va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun mintaqaga katta miqdorda sarmoya va mablag' kerak bo'ladi.
O'zaro hamkorlik oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi. Osiyoning boshqa qismlariga nisbatan dengizdan uzoqda joylashgan Markaziy Osiyoda mintaqa davlatlari o'rtasidagi yaqin hamkorlik iqlimga chidamli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rag'batlantirishi, shuningdek, ehtiyojni qondirish uchun o'zaro savdo hajmini oshirishi kerak.
"Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (CAREC) a'zolari o'tgan yili to'g'ri yo'nalishda qadam tashladi. Noyabr oyida ular qishloq xo'jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yaqindan hamkorlik qilish imkonini beruvchi yangi tuzilma tashkil qildi. Hamkorlik uchta asosiy yo'nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Birinchidan, qishloq xo'jaligida o'zaro tajriba almashish. Bug'doy, sholi, makkajo'xori kabi oziq-ovqat mahsulotlari hududlarda qishloq xo'jaligi ekinlarining asosiy qismini tashkil qiladi, biroq viloyatlardagi ko'plab fermer xo'jaliklarining kichikligi va mexanizatsiya darajasi pastligi hosildorlikka ham ta'sir ko'rsatadi. Ozarboyjon, Qirg'iziston, Pokiston va Tojikistonda o'rtacha dehqonchilik maydonlari 1-3 gektarni tashkil etadi. Ushbu kichik hajm fermerlarning ishlab chiqarishni ko'paytirishga imkon berishi mumkin bo'lgan o'g'itlar va texnologiyalarni sotib olishdagi moliyaviy imkoniyatini cheklaydi.
Qishloq xo'jaligida zamonaviy usullardan foydalanish hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Masalan, Xitoyda suvni past bosimda quvurlar tarmog'i orqali tarqatish bilan isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan zamonaviy texnologiya joriy etilgan. Qozog'iston hosildorlikni oshirish, o'g'it va pestitsidlarni qo'llashda dronlar va sun'iy yo'ldoshlar orqali to'plangan tuproq, ob-havo va ekinlar hosildorligi haqidagi ma'lumotlardan foydalanadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan ushbu tajriba loyihalari samarali natijalar ko'rsatgan: chorva suti mahsuldorligi 18 foizga oshgan, qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtirish xarajatlari 20 foizga kamaygan, g'alla hosildorligi gektariga 2,5 tonnaga ko'paygan.
Bilim almashishning yana bir usuli ta'lim va tadqiqotlardir. Qishloq xo'jaligi amaliyotida foydalaniladigan dasturlarni ishlab chiqish yosh mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi.
May 12-13
686
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Zararkunandalar, epidemiyalar va o'zgaruvchan suv rejimiga chidamli, serhosil ekin navlarini yaratish bo'yicha hamkorlikda olib borilgan izlanishlar hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, oziq-ovqat qiymat zanjirini rivojlantirish uchun birgalikda harakat qilish. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash xizmatlari Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida hali ham rivojlanmagan, bu yerda yig'ilgan meva va sabzavotlarning 25 foizgacha qismi isrof qilinadi.
Mintaqadagi davlatlar oziq-ovqat ta'minoti uchun muhim bo'lgan xizmatlarga sarmoya kiritishga undaydigan qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishi va xususiy sektorni jalb qilish orqali ushbu kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin. Hukumatlar ushbu jarayonda yerga egalik huquqini ta'minlashi muhim ahamiyatga ega. Xususiy sektor korxonalarini shaffof rag'batlantirish va investitsiyalardan so'ng ularning aktivlarini himoya qilishga ham alohida e'tibor qaratilishi lozim.
Uchinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini takomillashtirish orqali savdoni kengaytirish. Ko'pgina CAREC mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi tizimi eskirgan va xalqaro standartlarga javob bermaydigan sanitariya va fitosanitariya choralari mavjud. Ushbu standartlarni yangilash uchun samarali va shaffof elektron sanitariya va fitosanitariya sertifikatlash tizimlarini amaliyotga tatbiq etish tavsiya qilinadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarini takomillashtirish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish mintaqada oziq-ovqat savdosini oshirishga, oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va arzonligini ta'minlashga yordam beradi. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatiga to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi mumkin, bu esa ta'minotni ko'paytirishga, mamlakatlarning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga va mintaqadan tashqarida mahsulot bozorlarini kengaytirishga yordam beradi".
Mutaxassislarning xulosa qilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda, biroq o'zaro hamkorlikda uzoq muddatli yechimlarni topish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Xulosa. Qishloq xo'jaligi tadqiqotlarining olib borilishi tez o'sib borayotgan aholining ovqatlanish va farovon hayotga bo'lgan ehtiyojini qondirish, sog'lom ovqatlanishni ta'minlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, barqaror qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqish va eksport hajmini oshirish uchun juda muhim ahamiyatga ega bo'lib, qishloq xo'jaligi tadqiqotlari yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining toksik va biologik xavf omillari har
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
iy
tomonlama ko'rib chiqiladi, bu borada uslubiy tadqiqotlar olib boriladi, ilmiy va texnologik ishlanmalar kuzatiladi, yangi tezroq va aniqroq tahlil usullari yaratiladi va yechimlari aniqlanadi.
REFERENCES
1. Umarov A. Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini ta'minlashning dolzarbligi va geni modifikatsiyalangan organizm (gmo) mahsulotlarini cheklashning ahamiyati. Academic research in educational sciences. 2021. 868-878 b.
2. Xolmuradov R., Rahmatov M., Zaripov B., Keldiyorov X., Shukurov A. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash-davr talabi. https://xs.uz/uz/post/oziq-ovqat-khavfsizligini-taminlash-davr-talabi
3. Samiyev F. O'zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi: muammolar va yechimlar [Food security in Uzbekistan: problems and solutions] // Sihat-salomatlik jurnali, 2012. 2-son - E. 25 - 27.
May 12-13