Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA QISHLOQ XO'JALIGI
HOLATI TAHLILI
G'ayrat Ablaqulovich Ibragimov
TDIU Samarqand filiali Ph.D
Nilufar Qahramonovna Shukurova
TDIU Samarqand filiali tadqiqotchi
G'iyos Turabekovich Yuldashev
TDIU Samarqand filiali tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
Maqolada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning ahamiyati, shuningdek,
O'zbekistonda uni ta'minlashda qishloq xo'jaligidagi holat dunyo va qo'shni mamlakatlarga nisbatan holati o'rganilgan.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается важность обеспечения продовольственной безопасности, а также состояние сельского хозяйства Узбекистана по отношению к миру и соседним странам.
ABSTRACT
The article discusses the importance of ensuring food security, as well as the state of Uzbekistan's agriculture in relation to the world and neighboring countries.
Kalit so'zlar. Oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo'jaligi, o'rtacha 1 band kishi hisobiga yaratilgan mahsulot
Kirish. O'zbekiston 2022-yilda oziq-ovqat xavfsizligi global indeksida 113 davlat orasida 73-o'rinni egalladi, deb xabar bermoqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti matbuot xizmati.
Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi (GFSI) har yili Corteva Agriscience ko'magida tahliliy agentlik Economist Intelligence Unit tomonidan tuziladi. GFSI -2022 joriy yilning 20 sentyabrida nashr etilgan va indeksning 11-nashri hisoblanadi.
Indeks dunyoning 113 mamlakatida oziq-ovqat mahsulotlariga kirish, mavjudligi va xavfsizligi, shuningdek, tabiiy resurslar va barqarorlikni o'rganadi. Tahlil natijalariga ko'ra, 2019-2022 yillarga mo'ljallangan umumiy reytingda O'zbekiston o'n ikki pog'onaga ko'tarilib, 2022-yilda 113 davlat orasida 73-o'rinni egalladi.
May 12-13
561
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Shunday qilib, O'zbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha eng yuqori o'sish sur'atlariga ega 10 ta davlat orasida 1-o'rinni egalladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston "Iqtisodiy qulaylik" yo'nalishida 18, "Sifat va xavfsizlik" yo'nalishi bo'yicha 3, "Barqarorlik va moslashuvchanlik" yo'nalishida 36 pog'onaga ko'tarildi.
O'zbekistonning reytingdagi o'rnini yaxshilash, ichki bozorda oziq-ovqat yetkazib berish hajmini oshirish, import ta'minotini diversifikatsiya qilishni ta'minlash, sog'lom ovqatlanish bo'yicha milliy tavsiyalarni ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlarini markalashni joriy etish va boshqa ishlar jadallashtiriladi.
Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab 800 milliondan ortiq odam to'yib ovqatlanmaydi, ularning aksariyati qishloq xo'jaligiga qaram bo'lgan kichik fermerlar sifatida oilalarini boqishadi. So'nggi o'n yil ichida shaharlar qashshoq oilalarlar sonining keskin o'sishiga qaramay, rivojlanayotgan mamlakatlardagi kambag'allarning qariyb 75 foizi qishloq joylarda yashaydi. Qishloq xo'jaligi sektoridagi o'sish - fermer xo'jaligidan tortib to vilkagacha - boshqa tarmoqlardagi o'sishga qaraganda kambag'allikni kamaytirishda kamida ikki barobar samarali ekanligi ko'rsatildi.
Ko'pchiligi ayollar bo'lgan bu kichik fermerlarga va ularni oziqlantiradigan oziq-ovqat tizimlariga sarmoya kiritish har qachongidan ham muhimroqdir. 2050 yilga kelib 9 milliard kishiga yetishi kutilayotgan aholini oziqlantirish uchun dunyo hozirgi oziq-ovqat ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirishi kerak. Tabiiy resurslarning tanqisligi va boshqa muammolarni hisobga olgan holda, dunyo bu talabni qondirishda samaraliroq bo'lishi kerak. Odamlarning yetarli oziq-ovqatga ega bo'lishini ta'minlash uchun qisqa muddatli yordamni uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi bilan uyg'unlashtirish mamlakatlarga o'z xalqini oziqlantirishga yordam beradi.
Oziq-ovqat xavfsizligini asosan agrar soha ta'minlab beradi.
Materiallar va metodlar. Mazkur maqolani tayyorlash davomida tadqiqot materiallari, milliy va xorijiy tadqiqotchilar ilmiy ishlari natijalari, shuningdek Qishloq xo'jaligi vazirligi, Davlat Statistika Qo'mitasi statistik ma'lumotlaridan foydalanildi. Asosiy materiallar statistik ma'lumotlar asosida to'planib, mavjud dasturiy ta'minotlar asosida tahlil etildi. Olingan ilmiy xulosalar ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan.
Natijalar va ularning tahlili. Jahonda qishloq xo'jaligi keng hududlar va miqyoslarda tashkil etilgan, qishloq xo'jaligi ta'siri ostida turli xil tizimlarda oziq -ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi va tarqatiladi. Bu holatga qarab, turli mamlakatlarda qishloq xo'jaligining holati turli xil bo'lishi mumkin.
Jahon qishloq xo'jaligi quyidagi xususiyatlar bir-biridan farqlanadi:
Birinchi navbatda, qishloq xo'jaligi faoliyatida iqtisodiy tuzilmalar va huquqiy tizimlari turli mamlakatlarda farq qiladi. Ba'zilari katta tashqi investitsiyalardan foydalanib, qishloq
May 12-13
562
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
xo'jaligi mahsulotlarini takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshi qo'llaydilar, ba'zilari esa iqtisodiy, siyosiy va marketing tizimlari yaxshiroq ishlaydi.
Ikkinchidan, qishloq xo'jaligida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va tarqatishda avtomatizatlashtirish va innovatsiyalar keng qo'llaniladi. Ba'zi mamlakatlarda, qishloq xo'jaligida yuqori texnologiyalar o'rtasida ishlab chiqarish, ta'minot va tarkibiy ishlab chiqarish usullari joriy etiladi. Bunday innovatsiyalar va avtomatizatsiyalashgan tizimlar ishlab chiqarish va ta'minot jarayonlarini yaxshiroq va samarali qilishga yordam beradi.
Uchinchidan, qishloq xo'jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlar soni, turi va xususiyatlari turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi. Bir nechta mamlakatlarda, qishloq xo'jaligi katta tarmoqlardan hisoblanadi va miqdori sabab davlat siyosatida ham katta rol o'ynaydi. Boshqa mamlakatlarda esa, qishloq xo'jaligi kichik o'lcham shaklida tashkil etiladi va ular o'z mahalliy oziq-ovqatga bo'lgan talabini to'liq va o'z vaqtida qondirish, ta'minlash uchun ishlaydilar.
Bularning yanada tafsiloti har bir mamlakatga qarab o'zgaradi va jahon qishloq xo'jaligi umumiy holati hozirda ko'rib chiqilmasa ham, qishloq xo'jaligi o'zgaruvchilikni davom ettiradi va o'z faoliyatini rivojlantirishga harakat qiladi.
Qishloq xo'jaligi O'zbekiston iqtisodiyotida hal qiluvchi o'rin tutadi va ishchi kuchining chorak qismidan ko'prog'ini ish bilan ta'minlaydi. Mamlakat aholisining yarmiga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi hajmi darajasi yuqori mamlakatlar jumlasiga kiradi. O'zbekistonda qishloq xo'jaligi faoliyati katta hajmdagi yerlarda tashkil etilgan. Qishloq xo'jaligi O'zbekiston iqtisodiyotida ham katta hissa egallaydi. O'zbekistonning bu sohada yirik salohiyat va tajribaga ega bo'lishi bu sohani keng rivojlantirishga imkon berdi.
Tadqiqotlar davomida O'zbekiston qishloq xo'jaligi qo'shni davlatlar, jahon qishloq xo'jaligi va Xitoy qishloq xo'jaligi ma'lumotlari bilan taqqoslandi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi olib borilgan tahlillar natjasida Markaziy Osiyo davlatlari orasida yuqori o'rinda turishi aniqlandi (1-rasmga qarang).
Our World In Data is a project of the Global Change Data Lab (www.ourworldindata.org) laboratoriyasi ma'lumotlari asosida AQSh dollari qiymatida o'rganildi.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Theoretical and practical foundations of
introd^cing^mmt^gric^tt^reAn^Uzbeksta^
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy
1-rasm. Qishloq xo'jaligida o'rtacha 1 band kishi hisobiga yaratilgan mahsulot qiymati (AQSh dollari hisobida)1
1-rasm ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2019 yilda qishloq xo'jaligida o'rtacha 1 band kishi hisobiga yaratilgan mahsulot qiymati O'zbekistonda 7806 AQSh dollari, Qozog'istonda 7643 AQSh dollari, Xitoyda - 5609 AQSh dollari, Dunyo bo'yicha o'rtacha - 4035 AQSh dollari, Tojikistonda - 2300, Qirg'izistonda -2246 AQSh dollarini tashkil etdi. Bu diagramma ma'lumotiga ko'ra, Respublikamizda qishloq xo'jaligida band xodimlar sonining kamligi o'rtacha 1 band kishi hisobiga yaratilgan mahsulot qiymati eng yuqori bo'lishiga olib kelgan.
Tadqiqotlar davomida agrar sohaning mamlakat YaIM tarkibidagi ulushi ham o'rganildi (2-rasmga qarang).
1 Manba: Our World In Data is a project of the Global Change Data Lab ma'lumotlari - www.o
May 12-13
564
Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Theoretical and practical foundations of
introd^cing^mmt^gric^tt^reAn^Uzbeksta^
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy
3
tg cd
1
cd
tg
Ö
• 1-H
Ö
• i-H tg
• i-H
13
■j—i
"o x
CT1
o
• i-H
a
50%
40%
30%
20%
10%
0%
©
• • • •
• 1 • • e e Jojikiston (¡P'zbekiston ® ••»„___: S .................................................................
% : j* • Qirg'izi-ston <ST 5 *\ !• ® 1 Cte ! ....................... „% Mm kjf * ....................... ..............
rXitoy funy0®Q0Z0g'ist0n
$1,000 $2,000 $5,000 $10,000 $20,000
Qishloq xo'jaligida jon boshiga YalM
$50,000 $100
2-rasm. Qishloq xo'jaligida o'rtacha 1 band kishi hisobiga yaratilgan mahsulot qiymati (AQSh dollari hisobida)2
2-rasm ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, mamlakat YalM tarkibidagi ulushi bo'yicha eng katta ulushga 2020 yilda O'zbekiston ega bo'lib, YalMga nisbatan qishloq xo'jaligining ulushi -25,1%ni tashkil etgan, bu ko'rsatkich Tojikistonda -23,79%ni, Qirg'izistonda - 13,51%ni tashkil etgan. O'rganilgan boshqa tadqiqot ob'yektlarida qishloq xo'jaligining YalMdagi ulushi kamroq ekanligi aniqlandi. Bu qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan nahsulot miqdori kamligini emas, aksincha boshqa tarmoqlarda ham ulush katta ekanligini ko'rsatdi. Bu ko'rsatkich Xitoyda -7,65%, Dunyo bo'yicha - 4,35%, Qozog'istonda - 5,39%ni tashkil etdi.
Qishloq xo'jaligida jon boshiga ishlab chiqarilgan ma'lumotlarni o'rganilgan ma'lumotlar asosida bu ko'rsatkichlarning O'zbekistonda - 7332 $/kishi, Tojikistonda - 3658 $/kishi, Qirg'izistonda - 4715 $/kishi, Xitoyda - 16316 $/kishi, Dunyo bo'yicha - 16185 $/kishi, Qozog'istonda - 25363$/kishi ekanligini ko'rsatib, eng yuqori ko'rsatkich Qozog'istonda ekanligi aniqlandi.
: O'sha manba
May 12-13
565
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Xulosa. Jahon xalqlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash yildan-yilga murakkablashib borishi tabiiy, chunki bir tarafdan global iqlim isishi va anomal iqlim o'zishlari, ikkinchi tarafdan aholi sonining keskin o'sib borishi nafaqat dunyo mamlakatlari, balki O'zbekistonda ham sezilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta'minlovchi asosiy tarmoq bu qishloq xo'jaligi hisoblanadi. O'zbekiston qishloq xo'jaligining o'ziga xos jihatlari sifatida bir qator omillar ta'sir qiladi:
- qishloq xo'jaligining jahon qishloq xo'jaligidan farqli ravishda irrigatsiya tizimlariga qaramligi;
- tarmoqda muttasil islohotlar o'tkazib borilishi va yakuniga yetmaganligi;
- asosiy resurs hisoblangan - yer resurslaridan ijara asosida foydalanilishi;
- ishlab chiqaruvchilarga debitorlik va kreditorlik qarzdorlikning doimiy ta'siri;
- ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining qoniqarsizligi va hokazolar.
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda, mamlakat qishloq xo'jaligida
fikrimizcha, avvalo yer resurslarini xususiylashtirish haqida bosh qotirish vaqti kelganini e'tirof etish muhim. Xususiylashtirish jarayoni mulkka egalik hissini kuchaytirishi ko'plab qishloq xo'jaligiga ta'sir qiluvchi omillarni o'z-o'zidan bartaraf etishi tabiiy.
Qishloq xo'jaligida suv va resurstejamkor vositalardan foydalanish va uning respublika miqyosida qamrov darajasini tezlashtirmaslik, kelajakda ayanchli holatlarni keltirib chiqarishi, aksincha holat esa, yanada ishlab chiaqrishni kengaytirish imkonini beradi. Bu borada, fermer xo'jaliklarida davlat tomonidan ko'mak berish borasida davlat dasturlarini amaliyotga tatbiq etilmasa, bu borada islohotlar o'z yakuniga yetmasligi tabiiy.
Kelgusida qishloq xo'jaligida ijobiy o'zgarishlarni amalga oshira olsakkina, aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlay olamiz.
REFERENCES
[1] Mnp3aëeB ffl.M. TaHKugHH Taxman, K;artHH TapTH6-HHTH30M Ba maxcHH ^aBOÔrapnHK - xap 6np paxôap ^aonHATHHHHr KyHganHK ;ongacH Synnmn KepaK. MaMnaKaTHMH3HH 2016 finnga H^THMOHH-HKracogHH pHBO^naHTHpnmHHHr acocafi ^KyHnapn Ba 2017 finnra Myn^annaHraH HKracogHH gacTypHHHr энг MyxHM ycTyBop HyHanHmnapnra SarnmnaHraH Ba3Hpnap MaxKaMacHHHHr KeHraHTHpnnraH Ma^HHCHgarn Matpy3a, 2017 hhh 14 AHBapt. - T.: Y36eKHCTOH, 2017. - 104 S. -21-
[2] Ibragimov G.A., Janibekov F.B., Nazarova M.S., Khurramov A.M., Tursunov O.M. The role of agricultural clusters in increasing the efficiency of Agriculture //Colloquium-journal: Economics, Earth sciences, Agricultural Sciences. -№14 (66), 2020. Warszawa, Polska. -p. 6-9. ISSN
22-6.
2520-6990
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
iz
[3] Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. Consulting Services in Uzbekistan Agriculture //Regional economic cooperation in Central Asia: Agricultural production and trade. 24-26 November 2014. Halle (Saale) |Germany.
[4] Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. Farms as a form of entrepreneurship in Agriculture / International Scientific conference-Symposium "Agricultural Transitions along the Silk Road: Restucturing, Resources and Trade in the Central Asia Region".-Almaty, 2016.
[5] Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. The impact of agricultural services on farm profits //SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR). ISSN: 23191422 Vol 10, Issue 1, January 2021, Impact Factor SJIF 2020 = 7.126. -p 19-24
[6] Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. The impact of agricultural services on farm profits//SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR). ISSN: 23191422 Vol 10, Issue 1, January 2021, Impact Factor SJIF 2020 = 7.126. -p 19-24
[7] Ibragimov Gayrat, Murtazaev Olim, Rakhmonov Davlat. Klaster tizimining qishloq xo'jaligi samaradorligiga ta'siri//Agroiqtisodiyot. -Toshkent, 2020. -№1. -20-
[8] Ibragimov Gayrat Ablaqulovich, Raxmonov Davlat, Vahobova Shahodat. Qishloq xo'jaligida klaster tizimi: tashkil etish, muvaffaqiyatlar va kamchiliklar// Servis. -Samarqand, 2020. -№3. -29-32 b.
[9] Kurramov Ortiqjon Kayumovich, Ibragimov Gayrat Ablaqulovich, Tursunov Ozod Matlubovich. Agrarian reforms in Uzbekistan: resources and results//Trends in Economics and Management for 21th Century: inter. conf. 2012 20th-22nd September. - Brno, Czech Republic, 2012. -pp-120-121.
[10] Kurramov Ortiqjon Kayumovich, Ibragimov Gayrat Ablaqulovich, Tursunov Ozod Matlubovich. Role of using global network in sphere of service and tourism//Trends in Economics and Management for 21th Century: inter. conf. 2012 20th-22nd September. - Brno, Czech Republic, 2012. -pp-202-203.
[16] Mamasoliev Sodikjon Avazalievich, Ibragimov Gayrat Ablaqulovich, Murtazaev Olim, Ganiev Ibragim Mamadievich, Mariusz Maciejczak. Production capacity and financial results of an enterprise from the grain industry in Uzbekistan.//ANNALS of The Polish Association of Agricultural and Agribusiness Economists, 2013. ISSN 1508-3535. Volume 15/5-11-15 pp.
[11] Муртазаев О., Ибрагимов F.A. Агрохизматлар курсатишнинг фермер хужаликлари оладиган фойдага таъсири// Development issues
of innovative economy in the agricultural sector: International
23 b.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
scientific-practical conference on March 25-26, 2021. ISBN: 978-1-913482-59-6. -Самарканд, 2021. - 624 б- 4-10 б.
[12] Murtazaev Olim, Ibragimov Gayrat Ablaqulovich The Effectiveness of Economic Relationships and Forecasting between Farms and Agricultural Services//The Indian Journal of Economics (ISSN: 0019-5170) Issue 400. Pages 6
[13] Tursunov Ozod, Ibragimov Gayrat. Roles of investment and service system sector in agriculture//Visnik XNAU: Seriya Yekonomichni nauki. -XNAU, Xarkov, Ukraina, 2013. -№3. -s 203-215.
[14] Our World In Data is a project of the Global Change Data Lab ma'lumotlari -www.ourworldindata.org
May 12-13