Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA ISTE’MOLINING AHAMIYATI'

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA ISTE’MOLINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

56
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oziq-ovqat xavfsizligi / meva ishlab chiqarish / iste’mol qilish / qayta ishlash / Food safety / fruit production / consumption / processing

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Dilso‘z Shodiyor Qizi Abdiqulova

Jahonda keyingi paytlarda dehqon xo’jaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishning ulushi ortib bormoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugungi kunda butun dunyo mamalakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida meva ishlab chiqarish, iste’mol qilish, qayta ishlashga alohida e’tibor berilmoqda hamda yangicha usullarda yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ko‘plab aholi vakillarining meva iste’moliga bo’lgan talabi oshyapti chunki bu inson salomatligi uchun ham juda muhimdir. Ushbu maqolada 2022-yildagi Samarqand viloyatida joylashgan ikki tomorqa xo‘jaligida ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan meva mahsulotlarini taqqoslama tahlil orqali o‘rganib chiqildi.Tomorqada yetishtirilgan meva mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’mol qilish va qayta ishlash oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish hamda to ‘yib va xavfsiz iste’mol qilishni ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Recently, the share of food production on farms is increasing in the world. Ensuring food safety is the most urgent task facing the countries of the world today. In order to ensure food safety, special attention is being paid to fruit production, consumption, and processing, and new methods of cultivation are being introduced. The demand for fruit consumption by many representatives of the population is increasing because it is very important for human health. In this article, the fruit products produced and consumed in two homesteads located in Samarkand region in 2022 were studied through a comparative analysis. ensures timely delivery and satisfying and safe consumptio

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA ISTE’MOLINING AHAMIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA ISTE'MOLINING AHAMIYATI

Dilso'z Shodiyor qizi Abdiqulova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agroturizm yo'nalishi 1-bosqich

talabasi

Jahonda keyingi paytlarda dehqon xo'jaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishning ulushi ortib bormoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bugungi kunda butun dunyo mamalakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida meva ishlab chiqarish, iste'mol qilish, qayta ishlashga alohida e'tibor berilmoqda hamda yangicha usullarda yetishtirish yo'lga qo'yilmoqda. Ko'plab aholi vakillarining meva iste'moliga bo'lgan talabi oshyapti chunki bu inson salomatligi uchun ham juda muhimdir. Ushbu maqolada 2022-yildagi Samarqand viloyatida joylashgan ikki tomorqa xo'jaligida ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan meva mahsulotlarini taqqoslama tahlil orqali o'rganib chiqildi.Tomorqada yetishtirilgan meva mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste'mol qilish va qayta ishlash oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga o'z vaqtida yetkazib berish hamda to 'yib va xavfsiz iste'mol qilishni ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi, meva ishlab chiqarish , iste'mol qilish, qayta ishlash.

Recently, the share of food production on farms is increasing in the world. Ensuring food safety is the most urgent task facing the countries of the world today. In order to ensure food safety, special attention is being paid to fruit production, consumption, and processing, and new methods of cultivation are being introduced. The demand for fruit consumption by many representatives of the population is increasing because it is very important for human health. In this article, the fruit products produced and consumed in two homesteads located in Samarkand region in 2022 were studied through a comparative analysis. ensures timely delivery and satisfying and safe consumption.

Keywords: Food safety, fruit production, consumption,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

processing

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash dunyo bo'yicha eng dolzarb muammo hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT) oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni ko'paytirish va yangicha usullarini joriy qilish muhim ekanligini ta'kidlab kelmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashning an'anaviy va yangicha usullaridan foydalanish inson mafaatlari ham sabab bo'lgan. Atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Keyingi paytlarda meva ishlab chiqarish turli xil usullar bilan amalga oshirilmoqda. Qishloq xo'jaligi rivojlanib borgani sayin oziq -ovqat mahsulotlarining ham miqdor va sifati o'zgardi hamda aholi o'rtasida ham ochlik holatlari kamaydi. Ko'plab aholi vakillari meva iste'moliga talabi oshmoqda, negaki bu har bir inson sog'ligi uchun juda muhim va tabiiy mahsulotdir. Meva va sabzavotlarni (FV) kam iste'mol qilish global miqyosda o'lim va nogironlikning yetakchi xavfli omili bo'lib, har yili dunyo bo'ylab taxminan aholining 16,0 millionini nogironlikka va 1,7 millionini o'limga olib keladi[1]. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko'ra, joriy global parhez qoidalari odamlarga kuniga kamida 5 marta (FV) iste'mol qilishni tavsiya qiladi [2]. So'nggi mamlakatlararo dalillar ushbu tavsiyani qo'llab-quvvatlaydi, bu FVni yuqori iste'mol qilish va barcha sabablarga ko'ra o'lim darajasi [3] o'rtasidagi kuchli bog'liqligini, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va ayrim saraton kabi asosiy surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi va bu dunyoning har bir mintaqasiga ta'sir qiladi [4-6]. Biroq, dunyo aholisining katta qismi kuniga tavsiya etilgan besh marta FV iste'mol qilmaydi. 2002-2003 yillardagi Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining tadqiqotida ishtirok etgan, asosan, past va o'rta daromadli 52 ta mamlakatdan olingan ma'lumotlarga ko'ra, erkaklarning 77,6 foizi va ayollarning 78,4 foizi FV ning tavsiya etilgan besh kunlik dozasidan kamroq iste'mol qilgan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, FV iste'moli dunyo bo'ylab turlicha, ammo tavsiya etilganidan pastroq iste'mol yuqori, o'rta va past daromadli mamlakatlarda keng tarqalgan. Masalan, yaqinda e'lon qilingan hisobotda kam FV iste'molini o'z ichiga olgan noto'g'ri ovqatlanish odatlari Qo'shma Shtatlarda (AQShda) yetakchi xavf omili bo'lib, barcha o'limlarning 26 foizini va barcha nogironlikning 14 foizini tashkil qiladi [ 7].Meva iste'mol qilish har bir kishining sog'ligi uchun xususan kichik, o'rta va keksa yoshlar uchun zarur. Agar kuniga 400 dan 800 grammgacha meva va sabzavotlar iste'mol qilinsa, qo'shimcha vitamin qabul qilishning keragi yo'q. Bu Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan optimal

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

salomatlik uchun tavsiya etilgan miqdordir, chunki organizm sabzavot va mevalardan eng ko'p oziq moddalarni - fitonutrientlarni o'zlashtiradi[8]. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me'yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog' miqdori ko'p bo'lgan taom va shirinliklarni me'yoridan ortiq iste'mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste'mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o'sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o'sma kabi insonning erta o'limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo'ladi. Har bir meva tarkibida bir qancha vitaminlar bor va turli kasalliklar uchun shifobaxsh xususiyatga ega. Olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Uning po'stlog'i saraton kasalligini oldini olishda foydali hisoblanadi. Bu tarzda iste'mol qilish orqali organizmga kversetin va vitamin S kiradi. Tarvuz tarkibida oziq moddalar bilan birga Vi, V2, S, RR vitaminlari, karotin, qand mavjud. Ular organizmda moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilash imkonini beradi. Issiq kunlarda ko'p miqdorda tarvuz yeyish orqali ortiqcha vazn muammosidan qutulish mumkin. Banan tarkibida V e vitamini mavjud bo'lib, u qondagi glyukoza miqdorini me'yorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Banan kamqonlikda yordam beradi. Kaliy moddasi yurak faoliyatini va organizmdagi suv balansini yaxshilaydi. Nokning tarkibida ko'p miqdorda qand, ferment, mikroelementlar (misol uchun yod) va V i, R, RR vitaminlari mavjud. Shu bois, nok sharbati tana a'zoga foydali hisoblanadi. Nok yaralarni tez fursatda bitishiga yordam beradi. Haroratni tushirish xususiyatiga ham ega. Nok tarkibidagi kaliy yurak faoliyatini yaxshi ishlashini ta'minlaydi. Nok yod moddasiga boy bo'lib, qon tomirlari faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Nok mevasi ichak faoliyatini yaxshilab, bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ham ega hisoblanadi.

Material va metodlar. O'zbekiston respublikasida so'nggi yillarda meva ishlab chiqarish, iste'mol qilish va qayta ishlangan mevalarni iste'mol qilish jadal rivojlanib bormoqda. Bu ko'rsatgichlarni aniqlash uchun ushbu maqolada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 2023-yilda Shukurullo Muratov va Elyor Nortoshevlarning tomorqasida yetishtirilgan mevalar va ularning iste'mol darajasini aniqlash uchun so'rovnama olindi. Mazkur so'rovnoma natijalari 2022-yildagi hosil bo'yicha olindi va 1-jadvalga joylashtirildi. Ushbu so'rovnoma orqali har bir xonadon qancha miqdorda meva ishlab chiqara oladi, qancha miqdorini o'zi iste'mol qiladi va qanday iste'mol qilishi haqida ma'lumot to'planib taqqoslama tahlil qilindi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Olingan natija va metodlar. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda, aholi iste'moli uchun sifatli meva mahsulotlarini yetishtirishda meva ishlab chiqarishnin ahamiyati katta. Tomorqada ishlab chiqarilgan meva mahsulotlari xavfsiz va inson salomatligi uchun juda foydali. Yuqorida keltirilgan jadvalda Oqdaryo tumanidagi ikki mahalliy aholi tomorqasida ishlab chiqarilayotgan mevalarni taqqoslash usuli orqali o'rgandik va oziq-ovqat xavfsizligiga ta'sirini ko'rib chiqdik. Birinchi respondentimiz Shukurullo Muratov tomorqasida mevaning xurmo, olma, o'rik, uzum va anor kabi turlari yetishtirilgan. Mevalar yetishtirilgan ekin maydoni 4 sotix. Ushbu tomorqa egasi yetishtirgan mevalari mahsulotlari faqat is'temol uchun shuning uchun daromad yo'q.

Xurmo- 5 tup xurmodan olingan yalpi hosil 250 kg, sarflangan xarajat 50 000 so'm, ho'l meva holida iste'mol qilingan va qayta ishlanganda qurutilgan holida istemol qilingan.

Olma- 4 tup olmadan olingan yalpi hosil 120 kg, sarflangan xarajat 48 000 so'm,hol meva shaklida iste'mol qilingan, qayta ishlanganda konserva shaklida iste'mol qilingan.

O'rik- 1 tup o'rikdan olingan yalpi hosil 15 kg, sarflangan xarajat 15 000 so'm, hol meva shaklida ise'tmol qilingan, qayta ishlanganda quritilgan shaklda iste'mol qilingan.

Uzum- 4 tupda toifa va husayn navli uzumlar ekilgan, olingan yalpi hosil 400 kg, sarflangan xarajat 60 000 so'm, konserva holida iste'mol qilingan, ho'l meva shaklida iste'mol qilingan, qayta ishlanganda konserva shaklida iste'mol qilingan.

Anor- 5 tup anordan olinadigan yalpi hosil 150 kg, sarflangan xarajat 100 000so'm, ho'l meva shaklida iste'mol qilingan.

Ikkinchi respondentimiz Elyor Nortoshev tomorqasida quyidagi turdagi meva mahsulotlari ishlab chiqarilgan:anjir, shaftoli ,gilos, olma, olxo'ri.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Ko'rsatkichl ar

O'lchov birligi

Shukurullo Muratov tomorqasi

Elyor Nortoshev tomorqasi

Meva turlari Xur mo Olm a O'ri k Uzu m An or Anj ir Shaft oli Gilo s Olma Olxo'ri

Ekin maydoni sotix 4-sotix 15-sotix

Yalpi hosil kg 250 120 15 400 150 50 200 50 300 25

Xarajatlar ming so 'm 50 48 15 60 100 40 100 20 60 30

Daromad ming so 'm Faqat iste'mol uchun daromad yo'q 750 1 200 400 Iste'mol uchun

Qayta ishlash 0-qayta ishlanmagan 1-konserva 2-quritilgan 2 1 2 1 0 1 0 1 2 0

Bir meva turidan iste 'mol qilishning turlari 1-ho'l meva holatida 2-qayta ishlangan holatida 3-ikkala holatda ham 1 3 3 3 3 1 1 1 2 1

May 12-13

413

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Anjir- 2 tup anjirdan olinadigan yalpi hosil 50 kg,sarflangan xarajat 40 000 so'm, ushbu meva turi hol meva shaklida ise'tmol qilinganva qayta ishlanganda konserva holida istemol qilingan olinadigan o'rtacha daromad 750 000 so'mni tashkil etgan.

Shaftoli-10 tup shaftolidan olinadigan yalpi hosil 200 kg, sarflangan xarajat 100 000 so'm, olmgano'rtacha daromad iste'moldan tashqari 1 200 so'm, faqat ho'l meva shaklida istemol qilinadi. Gilos-1

tup gilosdan olingan yalpi hosil 50 kg, sarflangan xarajat 20 000 so'm, olingan o'rtacha daromad 400 000 so'm, ho'l meva shaklida iste'mol qilingan qayta ishlanganda konserva shaklida iste'mol qilingan.

Olma-5 tup olingan umumiy hosil 300 kg, sarflangan xarajat 60 000 so 'm, ho'l meva shaklida iste'mol qilingan, qayta ishlanganda konserva shaklida iste'mol qilingan. Bu meva turi daromad uchun emas faqat iste'mol uchun yetishtirilgan.

Olxo'ri-2 tup olxo'ridan olingan yalpi hosil 25 kg, sarflangan xarajat 30 000 so'm, faqat ho'l meva shaklida iste'mol qilingan, ushbu meva turi faqat iste'mol uchun yetishtirilgan.

Xulosa.Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Oziq-ovqat xavfsizligida meva ishlab chiqarish, iste'mol qilishda tomorqalardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekan. Ayniqsa meva tez buzilish xususiyatiga ega ekanligidan ularni yetishtirish bilan saqlash va dastlabki qayta ishlash uy xo'jaliklari mikro va makro elementlarga boy meva mahsulotlarini yil davomida uzluksiz iste'mol qilishini ta'minlaydi. Tadqiqotimizda ham tomorqa xo'jaliklarida meva yetishtirish bilan bir qatorda uni an'anaviy qayta ishlash ularning yil davomida meva mahsulotlarini iste'mol qilishiga imkon yaratgan. Shu boisdan davlat tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda tomorqa xo'jaliklarida meva yetishtirishni rag'batlantirish va ularni saqlashga ko'maklashish kelgusida aholi salomatligini saqlashga olib keladi.

REFERENCES

1.Lim SS, Vos T, Flaxman AD, Danaei G, Shibuya K va boshqalar. (2012) 21 Mintaqadagi 67 ta xavf omillari va xavf omillari klasterlariga bog'liq bo'lgan kasallik va jarohatlar yukining qiyosiy xavf bahosi, 1990-2010: Global kasallik yukini o'rganish uchun tizimli tahlil 2010. Lancet 380: 2224-2260.Maqolani ko'rishGoogle olimi

2.Lock K, Pomerleau J, Causer L, McKee M (2004) Meva va sabzavotlarni kam iste'mol qilish. In: Ezzati M, Lopez AD, Rodgers A, Murray CJL,

muharrirlar. Salomatlik uchun xavflarning qiyosiy miqdoriy

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

bahosi: tanlangan asosiy xavf omillari bilan bog'liq kasalliklarning global va mintaqaviy yuki. Jeneva: Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti.

3.Bellavia A, Larsson SC, Bottai M, Wolk A, Orsini N (2013) Meva va sabzavotlarni iste'mol qilish va barcha sabablarga ko'ra o'lim: doza-javob tahlili. Am J Clin Nutr 98: 454-459.Maqolani ko'rishGoogle olimi.

4.FAO/VOZ (2003) Oziqlanish, ovqatlanish va surunkali kasalliklarning oldini olish. Jeneva: Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti.

5.Hung HC, Joshipura KJ, Jiang R, Xu FB, Hunter D va boshqalar. (2004) Meva va sabzavotlarni iste'mol qilish va asosiy surunkali kasalliklar xavfi. J Natl Saraton Inst 96: 1577-1584.Maqolani ko'rishGoogle olimi.

6.Dauchet L, Amouyel P, Hercberg S, Dallongeville J (2006) Meva va sabzavotlarni iste'mol qilish va koroner yurak kasalligi xavfi: kohort tadqiqotlarining meta-tahlili. J Nutr 136: 2588-2593.Maqolani ko'rish Google olimi.

7.AQSh sog'lig'ining holati, 1990-2010 yillar: kasalliklar, jarohatlar va xavf omillari yuki. JAMA 310: 591-608.Maqolani ko'rish Google olimi.

8.https://daryo.uz/2022/03/18/vitaminlarni-qachon-qabul-qilish-kerak-mutaxassis-javob-beradi/

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.