Scientific Journal Impact Factor
OILADA YOSHLARNI TOLERANT MADANIYATLI QILIB TARBIYALASHDA BESH MUHIM TASHABBUS IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
OMIL SIFATIDA
Annotatsiya: Jamiyatni taraqqiyotga etaklash ilmli va ma 'rifatli, umuminsoniy qadriyatlarni to'g'ri anglagan, tolerant madaniyatli insonlarga bog'liq. Ayniqsa, yoshlarni ilm-ma'rifatli qilish, ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tolerantlilik hulqini shakllantirishda ijtimoiy psixologiya sohasining zamonaviy va noan'anaviy usullarini hayotga tatbiq qilish bugungi kunning muhim masalalaridandir. Maqola farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan ota-onalarga, mahalla boshqaruvi tizimi mutasaddi xodimlarga, ta 'lim-tarbiya tizimida faoliyat ko 'rsatayotgan pedagoglar, psixologlar va murabbiylarga, yoshlar siyosati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ullarga mo'ljallangan. Maqolada oila muqaddas ijtimoiy tuzilma, uning mustahkamligi jamiyat mustahkamligi bilan hamohang ekanligi, farzandlarni tolerant madaniyatli qilib tarbiyalash muhimligi, oilada tarbiya topayotgan farzandlar shaxsiga xos ustuvor tolerantlik va intolerantlik xususiyatlari sharhi, tarbiyalanuvchilarda tolerantlik xulqini shakllantirishning ahamiyati to 'g'risida fikrlar yuritiladi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarimizni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalariga urg'u berilishidan kelib chiqib oilada mazkur beshta muhim tashabbusni targ'ib qilish orqali farzandlarda tolerantlilik madaniyati shakllantirish uchun muhim omil bo'lib xizmat qilishi mumkinligi haqida ham takliflar, tavsiyalar hamda xulosalar berilgan.
Kalit so'zlar: Oila, tolerantlik va intolerantlik, besh tashabbus, san'at, sport, kompyuter savodxonligi, kitob mutolaasi, xotin-qizlar bandligi.
Аннотация: Приведение общества к развитию зависит от знающих и просвещенных людей, которые правильно понимают универсальные ценности и обладают толерантной культурой. Одна из важнейших задач сегодня -просвещать молодежь, воспитывать ее в духе общечеловеческих и национальных ценностей, применять современные и нетрадиционные методы социальной психологии в формировании толерантности.
Ruziyev Axror Evatovich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti v.b. axror19 71@mail.ru
Scientific Journal Impact Factor
Статья предназначена для родителей, занимающихся воспитанием детей, должностных лиц системы управления сообществами, учителей, психологов и тренеров, работающих в системе образования, ответственных за молодежную политику и духовно-просветительскую работу.
В статье обсуждается сакральный социальный уклад семьи, ее сила в гармонии с силой общества, важность воспитания детей в толерантной культуре, трактовка характеристик толерантности и нетерпимости у детей, важность формирования толерантного поведения у детей. приемные дети.
Также в рамках пяти важных инициатив, выдвинутых Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым, семья сосредоточена на вопросах широкого вовлечения нашей молодежи в культуру, искусство, физическую культуру и спорт, формирования навыков информационных технологий, содействие чтению, трудоустройство женщин. также были даны предложения, рекомендации и выводы о том, что это может служить важным фактором в формировании культуры толерантности у детей, продвигая пять важных инициатив.
Ключевые слова: Семья, толерантность и нетерпимость, пять инициатив, искусство, спорт, компьютерная грамотность, чтение книг, занятость женщин.
Annotation: Leading a society to development depends on people who are knowledgeable and enlightened, who have a correct understanding of universal values, and who have a tolerant culture.
One of the most important issues today is to educate young people, to educate them in the spirit of universal and national values, to apply modern and non-traditional methods of social psychology in the formation of tolerance.
The article is intended for parents involved in the upbringing of children, officials of the community management system, teachers, psychologists and coaches working in the education system, those responsible for youth policy and spiritual and educational work.
The article discusses the sacred social structure of the family, its strength in harmony with the strength of society, the importance of raising children in a tolerant culture, the interpretation of the characteristics of tolerance and intolerance in children, the importance of forming tolerant behavior in foster children.
Also, within the framework of five important initiatives put forward by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, the family is focused on the issues of wide involvement of our youth in culture, arts, physical culture and sports, formation of information technology skills, promotion of reading, employment of women. suggestions, recommendations and conclusions were also given that by
promoting the five important initiatives it can serve as an important factor in forming a culture of tolerance in children.
Keywords: Family, tolerance and intolerance, five initiatives, arts, sports, computer literacy, book reading, women's employment.
KIRISH
Ma'rifatlilik tamoyili umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi, shuning uchun uni jamiyat hayotida rivojlantirish butun insoniyatning tinch, barqaror va baxtli yashashiga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma'naviy omillar ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan. Oila va oilaviy tarbiya haqidagi tarixiy-falsafiy qarashlar rivoji Oila - nikoh munosabatlarini, urug' ichi munosabatlari va urug'lararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir. Ongli oila bo'lib yashash dunyodagi barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir. Oila tarixining Odam Ato va Momo Havodan boshlangani rivoyat qilinadi. Barcha muqaddas kitoblarda keltirilgan ushbu ko'hna naql zamonaviy ilm-fan tomonidan ham o'z tasdig'ini topmoqda. Binobarin, muhabbat tarixi ham shu ko'hna rivoyatga tutashadi. «Sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida» deb yozganda shoir E. Vohidov haq edi. Genetika, biologiya fanlari qonunlariga ko'ra, har bir insonning o'zi bir olam, ular aslo biri birini takrorlamaydi. Ana shu biri ikkinchisiga o'xshamaydigan odamlarning, ya'ni er va xotinning ixtiyoriy ittifoqidan oila deb ataluvchi yangi bir olam, bu olamda o'z navbatida yana «yangi odam»lar - farzandlar vujudga keladi. Jamiyat shu tariqa barpo bo'ladi, rivoj topadi, ijtimoiy taraqqiyot vujudga keladi. [4, 5-b.]
Bu esa, oila, oilaviy munosabatlarni milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar negizida rivojlantirishni taqozo qiladi.
O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi" dasturlari doirasida belgilangan keng ko'lamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Zero, jamiyat oldida turgan bunday vazifalar echimini topish masalasini, mamlakatimiz sharoitida yoshlarni ilm-ma'rifatga undovchi motivatsiyalarning ijtimoiy-psixologik tabiatini o'rganishni va shunga mos tarzda ta'lim-tarbiya dasturlarini ishlab chiqilishini, metodologik asosni yaratish zaruriyatini tug'dirib, loyiha ishining dolzarbligini ko'rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tolerantlik tamoyili - umuminsoniy qadriyat Jahonda tolerantlik tamoyili umuminsoniy qadriyatlardan birini tashkil etadi. Uning jamiyat hayotida amal qilishi butun insoniyatning tinch va barqaror yashashiga
xizmat qiladi.
Bir guruh o'zbek olimlari tomonidan nashr etilgan «Tinchlik va bag'rikenglik atamalari izohli lug'ati» kitobida esa - tolerantlik - (lotincha «tolerantia» - «sabr-toqat») jamiyatdagi turfa madaniyatlilik, plyuralizm, turli-tumanlik va xilma-xilliklarning mavjudligini tan olish, qabul qilish, to'g'ri tushunish va hurmat qilishga qaratilgan ijobiy munosabat, deya ta'riflanadi hamda ushbu tushunchaning o'zbek tilida bag'rikenglik, sabrlilik, qanoatlilik, toqatlilik, bardoshlilik, chidamlilik kabi bir qator sinonimlarga egaligi alohida e'tirof etiladi. [5, 13-b.]
Ijtimoiy va madaniy xilma-xillikka nisbatan individual hamda ijtimoiy munosabat, shuningdek o'zga fikr, e'tiqod va yurish-turish uslubiga nisbatan sabr-toqatlilik shakli sifatida tolerantlikka - madaniyatlilik, siyosiy etuklikning asosiy alomati deb qarashimiz mumkin. [6, 7-b.]
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: «O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart» [1, 8-9-b.] - deb e'tirof etilishi, tolerantlikni tarannum etuvchi g'oyalar asosida yurtimizda ham bunday tadbirlar ko'lamini oshirish hamda hayotga tadbiq qilish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Tolerantlik xususiyatini o'rganishda milliy an'analar, qadriyatlar va madaniyatga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiq sanaladi. Xususan, xalqimiz tolerantligi O'zbekistonda milliy hamjihatlik ruhini tarkib toptirib, turli millat vakillari O'zbekistonni o'z vatani deb his etishiga, milliy madaniyati, san'ati, diniy munosabatlari va e'tiqodini namoyish qilishiga keng imkoniyatlarni yaratdi. Zero, yurtimizda faoliyat yuritayotgan 140 ga yaqin milliy-madaniy markazlar ana shular jumlasidandir.
Zero, tolerantlikning rivojlanishi oddiy insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlardan tortib, umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan barcha jarayonlar uchun ham muhim zaruratga aylanib ulgurdi.
O'zbekistonda yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasida O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni [2] hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi" dasturlarida belgilangan keng ko'lamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Zero, jamiyat oldida turgan bunday vazifalar echimini topish masalasini, mamlakatimiz sharoitida o'quvchi-yoshlarni tolerantlikka undovchi motivatsiyalarning psixologik tabiatini o'rganishni va shunga mos tarzda ta'lim-tarbiya dasturlarini ishlab chiqilishini, metodologik asosni yaratish zaruriyatini
Scientific Journal Impact Factor
tug'dirib, tadqiqot ishlari olib borishning dolzarbligini ko'rsatadi.
SHuningdek mamlakatimiz rahbarining 2020 yil 30 sentyabr kuni O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida yoshlar masalasiga alohida to'xtalib: "Yoshlar huquqi deganda, biz, birinchi navbatda, ularning tinch va sog'lom yashash hamda ta'lim olishga bo'lgan to'laqonli huquqini tushunamiz. SHu bois, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo'lib voyaga etishi, sifatli va mukammal ta'lim olishini ta'minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi.
... Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq" [3, 1-b.] - deb e'tirof etishlari zamirida yoshlar masalasi eng muhim va dolzarb masalaligicha qolaveradi.
Shu jihatdan, bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri yoshlarda tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish hisoblanadi.
Yoshlarni globallashuv jarayonida jamiyatga munosib ravishda tarbiyalash, ayniqsa, oila va ta'lim muasasalari o'zaro hamkorligini rivojlantirgan holda, ularni tolerant madaniyatli qilib tarbiyalash ota-onalar va tarbiya sohasidagi mutasaddilar (pedagoglar, psixologlar, murabbiylar) zimmasiga muhim vazifalarni yuklaydi.
Tolerantli yo'l - bu insonning o'zini yaxshi bilishga, atrof-muhitda o'zini qulay his qilishga, boshqa odamlarni tushuna olishga, hamisha va harvaqt yordamga shay turishga, o'zga millat madaniyati, uning an'analari va qarashlariga xayrixoh munosabatda bo'lishga qaratilgan maqbul hayot yo'lidir.
Intolerantli yo'l esa - bu insonning tarbiyalanganlik darajasini past yoki noto'g'riligi hisobiga o'zini yagonaligi haqida o'ylashga, ijtimoiy muhitda o'zini muntazam ravishda noqulay his qilishga, hokimiyatga intilishga, o'zgalar madaniyati, qarashi va an'analarini qabul qilmaslikka qaratilgan o'ziga xos hayot yo'lidir.
Yoshlarni tolerant madaniyatli qilib tarbiyalashda ajdodlar merosining
muhim ahamiyati
Tarbiya ko'rgan shaxsning yurish-turishi, madaniy muomalasi, go'zal xulq-atvori jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar xarakteriga ta'sir eta borib, Forobiy aytganidek, fozil odamlar jamoasining shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Atoqli sharq shoiri Nizomiy Ganjaviy: «O'qib-o'rganilgan har bitta hunar hunarmandga bir kun foyda keltirar», deb yozganida ming bora haq edi. YAna hikmatlardan birida: «Har kimning zari bo'lmasa-da, ammo hunari bo'lsa, dunyoda hech bir xavf-xatari bo'lmaydi. SHuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog'i kerak», deyilibdi.
Bolalarga yoshligidan biror kasb-hunar o'rgatish ota-onaning muhim vazifasidir. Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy bir dostonining qahramoni tilidan:
Scientific Journal Impact Factor
«Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tufroq-qamu ketkumdir oxir», «Yo'q hunari yolg'iz ersa kishi, qayda kishi sonida yolg'iz kishi», deganlar.
Xalqimiz mehnatsevarligi, g'ayrat-shijoati, hunarmandligi bilan nom chiqargan. Ota-onalar farzandlarini kichikligidanoq biror mashg'ulot bilan shug'ullantiradilar yoki hunar o'rgatish uchun biror hunarmand ustaga shogird qilib berishadi.
Tarixning burilish pallalarida jamiyat poydevori bo'lgan oila va uning taqdiri haqida tadqiqotlar yaratishga urinish bo'yicha juda ko'p misollar mavjud bo'lib, bu borada XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkistondagi jadid ma'rifatparvarlarining xizmatlarini alohida aytib o'tish joiz.
Jadidchilik namoyandalari inson va mamlakat taqdiri, ularning kelajakdagi yutug'i va yoki baxtsiz-ligi, yuksalishi yoki tanazzuli oilaviy muhit bilan uzviy bog'liqligini chuqur his etdilar. Oilaning jamiyatda tutgan mavqei, oila tarbiyasi va ma'naviyati xususida ilmiy tadqiqotlar yaratishga kirishdilar, badiiy asarlarida bu dolzarb masalaga alohida e'tibor qaratdilar.
Jadidchi ma'rifatchilar yangi davr va yangi tuzum uchun kurashni, eng avvalo, oilani isloh qilishdan boshlamoq zarur, deb hisobladilar. Ularning fikricha, oila asosini to'g'ri qurmay turib va yosh avlodni to'laqonli to'g'ri yo'lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo'naltirish mumkin emas va oxir-oqibatda millat taqdiri uning oilasining holatiga bog'liq.
Jadidchilik namoyandalaridan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqalar tomonidan e'lon qilingan bir qator maqolalarda jamiyatning ma'naviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog'liqligi atroflicha tahlil etildi. Ma'rifatchilar shundan kelib chiqib, jamiyat taqdiri oilalar muhitiga bog'liq bo'lsa, oila ma'naviyatining o'zi kimga yoki nimaga bog'liq, degan haqli savolni o'rtaga qo'ydilar. Ularning fikricha, agar oilada sog'lom ijtimoiy muhit va sog'lom turmush tarzi ustuvor bo'lib, farzand har jihatdan to'g'ri tarbiya topgan bo'lsa, u shubhasiz o'zidagi ijobiy fazilatlarni xizmat jarayoniga ko'chiradi, ijtimoiy mehnat faoliyatida qo'llaydi, natijada jamiyatdagi barcha munosabatlarga ta'sir o'tkazadi. Binobarin, oilaning go'zal odob-axloq, xushmuomalalik, samimiylik, mehnatsevarlik, ilm-ma'rifatga hurmat asosiga qurilgan bo'lishi g'oyat muhim masala bo'lib, bu ijtimoiy munosabatlarga muntazam ta'sir etib, unga kuch-quvvat berib turuvchi yagona omilga aylanadi. [4, 64-b.]
"Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak" - deb ta'kidlagan edi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev. [2, 1-b.]
Bulaming zamirida avvalo, barcha yoshlarning qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar ta'lim olishga bo'lgan e'tibor, ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgilaganligimiz bilan bu muhim ahamiyatga egadir.
O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish maqsadida olib boradigan ezgu ishlarni oilalardan boshlashimizni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Besh tashabbusni oilalarda targ'ib qilish masalasi
2019 yil 19 mart kuni davlat rahbari boshchiligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yoshlarimizga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg'u berildi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
YOshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarish ijrosini tizimli tashkil etish, to'garak va sinflarga qamrab olingan bolalarni rag'batlantirish, jumladan, har xil tanlovlar o'tkazish zarurligi maqsad qilindi. Tanlovlarda iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, iste'dodini nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ko'rsata olishi nazarda tutildi.
Hozirgi kunda san'at inson ongi va tafakkuriga kuchli ta'sir ko'rsatadigan, shaxs ma'naviyatini shakllantiradigan kuchga ega ekanligi bilan ajralib turadi, san'at -badiiy ijod inson ongining uzviy dialektik aloqadorligi, biri ikkinchisisiz mavjud bo'lmasligini va o'z-o'zini tashkillashtira olish xususiyatiga ega ekanligini namoyon etadi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston sporti milliy madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanadi. U keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashda va salomatligini mustahkamlashda muhim vositalardan biri bo'lib qoldi. Mamlakatimizda yashovchi xalqlar asrlar davomida xilma-xil jismoniy mashqlar va milliy musobaqalar turlarini yaratdiki, bu o'z navbatida yoshlarning jismoniy va ma'naviy tarbiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Scientific Journal Impact Factor
Bugun kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o'ringa ega, kompyuter savodxonligi ko'rsatkichi esa ko'p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beradigan omilga aylanib bormoqda. Endilikda kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin.
To'rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.
Kitob insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i hamda bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur chirog'i hisoblanadi. Bugungi kunda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko'ra qudratliroq vosita yo'q.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda
tutadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan beshta muhim tashabbusning so'nggisi bo'lgan xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.
O'zbekistonda uchinchi renessans poydevorini yaratish maqsadida olib boradigan ezgu ishlarni oilalardan boshlashimizni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Biz ushbu besh tashabbus g'oyasini har bir oilalarda kichik namunasini joriy qilish orqali yoshlarni tolerant madaniyatli qilib tarbiyalashda, ilmli-ma'rifatli bo'lishida muhim g'oyaviy dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.
OILADA BESH TASHABBUSNI TARG'IB QILISH METODI LOYIHASI
Loyiha maqsadi: yoshlarni tolerant madaniyatli qilib tarbiyalashda Prezident tomonidan ilgari surilgan "Beshta muhim tashabbus"ni har bir oilaga tatbiq etish.
Loyiha vazifalari: oilada tarbiya topayotgan yoshlarda besh tashabbus bo'yicha shart-sharoitlarni yaratish orqali tolerant madaniyatni shakllantirish.
Loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi: oilalar xonadonlarida 5 tashabbusni kichik namunasini yaratish bo'yicha Qarshi shahri Aralovul mahallasi Rumiy ko'chasi 88-uyda istiqomat qilayotgan Ruzievlar oilasida loyiha eksperiment tarzda amalga oshirilgan.
"Oilada besh tashabbusni targ'ib qilish metodi" loyihasi joriy etilgan Ruzievlar xonadonida erishilayotgan yutuqlar:
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Xonadon tarbiyalanuvchisi 3-sinf o'quvchisi Ahrorova Rohatoy Ahrorovna fanlarni muntazam "a'lo" baholarda o'zlashtirmoqda.
8-sinf o'quvchisi Evatov Akbar Axrorovich 2020-2021 o'quv yilida matematika fani bo'yicha o'tkazilgan "Al-Xorazmiy" olimpiadasi tanlovida Qarshi shahar
bosqichida faxrli 1-o'rinni, viloyat bosqichida 2-o'rinni egallab, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. SHuningdek, matematika fanidan Respublika "Qo'qon olimpiadasi" Qarshi shahar bosqichida eng yuqori balni egalladi va ikkala tanlov bo'yicha ham viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Uyda o'z bilimlarini singlisi va qo'shnilar bolalariga ulashmoqda.
Xonadonda katta o'g'il Evatov Asror Axror o'g'li 2019 yil test sinovlarida Qarshi davlat universiteti "Matematika" yo'nalishiga eng yuqori (163,9) balni qo'lga
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
kiritib, davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan. Bo'sh vaqtida ukalari va qo'shnilar farzandlariga matematikadan saboq bermoqda.
Xonadon sohibasi Ruzieva Barno Azimovna tikuvchilik sexini tashkil qilib, yon qo'shnilari To'raeva Lola Mansurovna va Tojieva Manzo'ra Iskandarovnalarni ham ish bilan ta'minlashga erishgan.
Loyiha istiqbolli rejasi: barcha xonadonlarda "Oilada besh tashabbusni targ'ib qilish" shiori ostida loyihani amalga oshirishda hokimiyat, mahalla boshqaruvi organlariga kerakli tavsiyalar va takliflarni taqdim etish. Mahallalarda ota-onalar yig'ilishlari tashkil qilinib, "Oilada besh tashabbusni targ'ib qilish" loyihasini keng targ'ib qilish. Loyiha bo'yicha takliflar:
ota-onalarga "Oilada besh tashabbusni targ'ib qilish" loyihasining mazmun-mohiyatini targ'ib qilish;
xonadonlarda loyihani amalga oshirish yuzasidan shart-sharoitlar yaratish bo'yicha tushintirish ishlarini tashkil etish;
251
oilalarda besh tashabbusni kichik namunasini yaratish bo'yicha iqtisodiy imkoniyatlariga qarab kerakli yordamlar tashkil qilish (imtiyozli kreditlar va qo'shnilar homiyligida jihozlar bilan ta'minlash va h.k).
XULOSA
Xulosa o'rnida aytish joizki, "Oilada besh tashabbusni targ'ib qilish" loyihasini amalga oshirish orqali eng avvalo oilada sog'lom ijtimoiy muhit shakllanadi. Tom ma'noda oilaning har bir a'zosi uchun xonadoni baxt makoniga aylanadi. Ushbu muhitda tarbiya topayotgan farzandlar albatta ma'rifatli, axloqan etuk, ruhan tetik, jismonan baquvvat, teran fikrlovchi, kasbli-hunarli, bir so'z bilan aytganda, tolerant madaniyat kishisi bo'lib voyaga etadi. Buning natijasida tarbiya topayotgan tolerant madaniyatli yoshlar oilasini qadrlaydigan, vatanini, xalqini sevuvchi va uning taqdiriga befarq bo'lmagan, YAngi O'zbekistonning ravnaq topishiga, mamlakatimizda Uchinchi Renessansni amalga oshirishiga munosib hissasini qo'shadigan ilg'or g'oyalar yaratuvchisiga aylanishiga shak-shubha qolmaydi.
Beshinchi tashabbus orqali esa, ya'ni xotin-qizlarning ish bilan ta'minlanishi natijasida oilaning moddiy imkoniyati oshadi va bu esa farzandlar ta'lim-tarbiyasi uchun moliyaviy manba bo'lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2014. - bet 8-9.(Constitution of the Republic of Uzbekistan. 2014. - pages 8-9)
2. O'zR "YOshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi 0'RQ-406-son Qonuni, 2016. (Law of the Republic of Uzbekistan "On State Youth Policy" No. ZRU-406, 2016)
3. Mirziyoev.SH.M. "Xalq so'zi" gazetasi 2020 yil 1 oktyabr, №207 (7709). - bet 1. (Mirziyoev.Sh.M. People's Word newspaper, October 1, 2020, №207 (7709). - bet 1)
4. Najmidinova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni. -T.: Adolat, 2016. - bet 5. (Najmidinova K.U. The role of national and universal moral culture in family upbringing. - T .: Adolat, 2016. - page 5.)
5. Abdurazakova M. va boshq. Tinchlik va bag'rikenglik atamalari izohli lug'ati // Mas'ul muharrir Q.A. Jo'raev. - T.: JIDU, 2005. - bet 13. (Abdurazakova M. et al. Glossary of Terms of Peace and Tolerance // Responsible Editor Q.A. Jo'raev. - T .: JIDU, 2005. - page 13.)
6. Karimova E. O'zbek tolerantligi. - T.: Aloqachi, 2005. - bet 7. (Karimova E. Uzbek tolerance. - T .: Aloqachi, 2005. - page 7.)
7. http://n.ziyouz.com/kutubxona/tarixiy-kitoblar. (http://n.ziyouz.com/library/history-books)