Научная статья на тему 'JARQO`TON INSON PORTRETI'

JARQO`TON INSON PORTRETI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

712
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jarqo`ton inson portreti / Sopolli madaniyati / Jarqo`ton / Ko`zali / Mo`lali / Bo`ston / Oks sivilizatsiyasi / Turon sivilizatsiyasi / Baqtriya-Marg'iyona arxeologik majmuasi / Gonurtepa / Shimoliy Afg`oniston / Mirshodi / adobe illustrator.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shohzod Shuhrat Ogli Toshturdiyev

Arxeologik yodgorliklarimizdan topilgan har bir moddiy ashyo tariximiz uchun kerakli arxeologik manba hisoblanadi, shunday moddiy ashyolardan biri Jarqo`ton yodgorligidan topilgan inson haykalidir, bu ashyo tarixning san`atshunoslik, diniy urf-odat, etnografiya va antrapologiya sohalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Maqolada Jarqo`ton inson haykalining diniy, manaviy, badiiy-uslubiy, va antrapologik xususiyatlari va vazifalari muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JARQO`TON INSON PORTRETI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

JARQOTON INSON PORTRETI

Shohzod Shuhrat o'g'li Toshturdiyev

Termiz davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Arxeologik yodgorliklarimizdan topilgan har bir moddiy ashyo tariximiz uchun kerakli arxeologik manba hisoblanadi, shunday moddiy ashyolardan biri Jarqoton yodgorligidan topilgan inson haykalidir, bu ashyo tarixning san'atshunoslik, diniy urf-odat, etnografiya va antrapologiya sohalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Maqolada Jarqoton inson haykalining diniy, manaviy, badiiy-uslubiy, va antrapologik xususiyatlari va vazifalari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Jarqoton inson portreti, Sopolli madaniyati, Jarqo'ton, Ko'zali, Mo'lali, Boston, Oks sivilizatsiyasi, Turon sivilizatsiyasi, Baqtriya-Marg'iyona arxeologik majmuasi, Gonurtepa, Shimoliy Afg'oniston, Mirshodi, adobe illustrator.

KIRISH

Badiiy Sanatning paydo bolishi davri juda qadimgi davrlarga borib taqaladi, sanat insonlarning diniy-mafkuraviy, manaviy, idealogik qarashli mahsuli bolib, bularsiz sanatni tasavur qilib bolmaydi. Sanat qadimdan buyon din bilan bogliq holda rivolanib keldi, diniy-mafkuraviy vazifalar bilan birgalikda o zida badiiy estetik his-tuygularni ham aks ettirdi. Shunday sanat namunalaridan biri Jarqoton odam haykalidir.

Tarixdan bizga malumki bronza davrida O zbekiston hududining janubida o troq dehqonchilik madaniyati vakillari paydo bo ldi. Bu madaniyat arxeologiya fanida Sopolli madaniyati sifatida nomlandi. Sopolli madaniyati kelib chiqishi jihatidan Qadimgi sharq sivilizatsiyaning lokal (mahalliy) varianti bo'lib Janubiy Afg'onistondagi Dashtli, Janubiy Turkmaniston hududida tarqalgan Nomozgoh madaniyati bilan yagona tarixiy madaniy birlikda bo'lgan va arxeologiya fanida ,,Oks

2 ..... 3 .

sivilizatsiyasi" ,,Turon sivilizatsiyasi" yoki ,,Baqtriya-Marg'iyona arxeologik majmuasi" ( keyingi o'rinda BMAK) kabi umumiy nomlar bilan atalmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sopolli madaniyati 1960-yillari oxiridan boshlab organilib kelinmoqda. OZR FA Arxeologiya institutining Akademik A.A.Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiya

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

tomonidan dastavval Sopollitepa va Jarqo'ton kabi yodgorliklar o'rganilgan va ilk

o'rganilgan yodgorlikka nisbat berilib, Sopolli madaniyati nomini olgan1. Sopolli

.0

madaniyati yangi xranologik davrlashtirishga ko'ra 5 davrga bo'linadi . Sopolli davri mil. av. XXII asr yarmidan XX asrni, Jarqo'ton davri XIX-XVII asrlarni, Ko'zali davri XVI asrni, Mulali davri XV asrni, Buston davri esa XIV asrni o'z ichiga olgan. O'zbekiston-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1994-2003-yillarda Jarqo'ton yodgorligida qazishma ishlari olib borildi . Qazishmalar natijasida Jarqo'tondan odam byusti yani portret janrida yasalgan odamning haykali topilgan. Haykal loydan yasalib quyoshda quritilgan ammo olovda kuydirilmagan shu bois haykal yaxshi holatda saqlanmagan. Shu davrga mansub haykallari asosan bronza davri qabrlaridan topilgan. Bazi qabrlardan marhum mayiti bo' lmasdan haykalchalar yoki qo'y suyagi qoldiqlari topilgan. Akademik A.A. Asqarov bunday xildagi qabrlardagi dafnlar kenataf dafnlar deb ataydi, ya ni qabiladoshidan biror kishi bedarak yo'qolib qaytib kelmasa marhum qabriga uning mayiti o'rniga haykalcha yasalib qabrga dafn qilingan yoki marhum chorva molidan birini olib qabrga dafn qilingan4. Jarqo'ton ibodatxonasining xo'jalik-xizmat qismidan ham Jarqo'tondan odam haykaliga o'xshash, loydan yasalgan lekin, olovda kuydirilmagan ustidan qizil bo'yoq sepilgan haykalchalar topilgan. Jarqo'ton yodgorligida alohida ibodatxona inshoati va qabristonning paydo bo'lishi esa Sopolli madaniyatining Ko'zali davriga to'g'ri keladi4. Demak Jarqo'ton odam haykali Sopolli madaniyatining Ko'zali yoki Mo'lali davrlariga tegishli bo'lishi mumkin va Jarqo'ton ibodatxonasining xo'jalik-xizmat hunarmand ustalari tomonidan kenataf qabrlar uchun yoki boshqa diniy urf-odatlar maqsadida tayyorlangan.

Jarqo'ton portret haykali kuydirilmaganligi uchun, asl holicha saqlanmagan, haykal sinib bo'laklarga bo'linib ketgan, quloqlari va burni sinib, sho'rlanish natijasida yemirilib ketgan balki o'sha davr urf-odatiga binoan insonlar tomonidan atayin sindirilgan bo'lishi ham mumkin(1-rasm a ).

Haykalning sinib qolgan qismi BMK-5 yelimi yordamida yopishtirilgan, haykalning buruni qayta tayyorlanib haykalning singan buruni o'rniga yopishtirilib qoyilgan, obyektning quloqlari ham qisman tiklangan xullas haykal restavratsiya qilingan(1-rasm b). Haykal restavratsiya qilinganidan so'ng uning asl qiyofasi qisman aniqlashdi. Unga qizil angob bilan rang berilgan, soch, soqol, kiprik va qoshlari qismiga qora rangli angob surtilgan ya'ni haykalda erkak kishi qiyofasi tasvirlanganligi oydinlashdi lekin, haykal restavratsiyalangan bo'lsada to'liq asl holiday tiklanmagan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

Quloq qismining yarmi yoq, burun shakli umumiy bajarilgan yaxshi ishlov berilmagan, obyekt ranglari o'chib ketgan bilinar-bilinmas holga kelgan. Shuning uchun haykalning badiiy qiyofasini yanada aniqlashtirish maqsadida shu satrlar muallifi kamina adobe illustrator dasturi yordamida haykalning asl qiyofasi tiklashga harakat qildi va haykalning badiiy qiyofasi yanayam aniqlashdi (2-rasm a,b).

1421

www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

2-rasm. Restavratsiya( Adobe illustrator)

4-rasm. a) Sargon I (er.avv 2350-2250) b) Qoratepa (eneolit davri)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

5-rasm. Mirshodi (er.avv II ming. Yil)

Jarqoton odam portretini yasagan usta haykaltarosh oz davri uchun mohir bo lgan, haykal simmetriya qonuniyatlari asosida yasalgan, yuz tuzilishini tasvirlashda real va hayotiy obrazlarga intilish seziladi. Burun va kozlar orasidagi masofa gorizantal holatda to g ri joylashtirilgan, koz, quloq, burun, og iz, iyak qismlar vertikal holatda aniq joylashtirilgan. Ko z shakli hayotiy, yumiq ko z tasvirlangan, koz bilan qosh orasi ichkariga qarab biroz kirib ketgan, burun shakli tor va uzun, qirra burun shaklini ifodalaydi(3-rasm a). Og zining lab qismi tasvirlanmagan lekin ogzini ortacha kattalikda ochirib qoyibdi. Iyak qismi ham uzun og ziga tog ri moslashtirilgan lekin ustamiz ishlarida anatomik kamchiliklar ham yo'q emas. Haykalning peshona qismi nihoyatda qisqa qoshiga bosh qism birlashib ketgan. Yuz qismida yonoq suyaklari tasvirlanmagan yonoq orni ichkariga kirgizilib yuborilgan, boshning orqa tarafi pachoqlashib ketgan, shakl jihatdan yalpoqlashtirilgan(3-rasm b). Boyin qismi ham haykalning boshiga mos emas.

Jarqo ton haykalida vafot etkan insonning real obrazi badiiylashtirilgan. Haykalda anatomik tuzilishiga ko ra yevrapoid qiyofali inson tasvirlangan1. Bu davrda tegishli bo'lgan Sopollitepa va Jarqoton qabrlarning o'rganilishi natijasida Sopolli madaniyati aholisi antrapologik kelib chiqishi jihatidan yevrapoid irqining

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

sharqiy o'rtayer dengizi tarmog'iga mansubligi aniqlangan va buni o'rganayotgan haykalimiz ham antrapologik dalil sifatida tasdiqlamoqda .

Tasviriy san' at tarixida real obrazlarning haykaltaroshlikda ilk bor qo' llanishi bronza davri Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlari bilan bevosita bog'liqdir. Qadimgi ikki daryo oralig'idagi er.avv XXIV-XXII asrlarda Akkad podsholigi davri haykaltaroshligida real badiiylashtirilgan obrazlar ilk bor paydo bo'ladi va bu davr namunalarida inson obrazi hayotiy va anatomik aniq ifodalangan. Biz bu jarayonni Sargon I qadimiy portretida ko'rishimiz mumkin(4-rasm a ).

Sopolli madaniyati bilan genetik aloqador Qaqimgi Oks sivilizatsiyasining boshqa Janubiy-g'arbiy Turkmaniston yani tarixiy Marg'iyona o'lkasi va Shimoliy Afg'oniston hududlarida joylashgan eneolit va bronza davriga mansub yodgorliklardan ko'plar kuydirilmagan va terrakotali inson haykalchalari topilgan. Ular turli stilistik usullarda tayyorlanishiga va qanday homashyodan yasalganligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi.

V.M Masson va V.I Sarianidilarning fikriga ko'ra eneolit davri haykalchalari uchun realistik uslubdagi inson obrazlar xos bo' lsa, bronza davri haykalchalari uchun qo' l va ayog' i tasvirlanmagan sxematik uslubdagi inson obrazlar xosdir bu sxematik uslub sivilizatsiyaning inqirozini emas balki shu davr diniy qarashlarni va urf-odatlarni ifadalovchi mahalliy ustalar tomonidan qoliplashtirilgan stildir deya fikr bildiradilar1. Bronza davri Janubiy-g'arbiy Turkmaniston yodgorliklaridan qo'l va ayog'i tasvirlanmagan sxematik yasalgan terrakota ayol haykalchalar juda ko'plab topilgan . Ular bronza davri Oks sivilizatsiyasi kishilarining diniy urf-odati marosimi uchun yasalgan, arxeolog mutaxassislarning fikricha haykalchalarda ayol qiyofali hosildorlik va unumdorlik mabudalari ifodalangan. Va ularning aksariyati ritual o'choqlar yonidan sindirilgan holda topilgan. Haykalchalarning turli usulda yasalish jarayonini I.N Xlopin shunday tushuntiradi, shoshilinch tarzda loydan tayyorlanib, kuydirilmay yoki chala kuydirilgan va bo'yoqlar bilan har-xil detal tushurilgan haykallar bir martalik diniy urf-odat uchun foydalanish maqsadida tayyorlangan, agar haykalcha mustahkam kuydirilgan bo'lsa diniy urf-odat uchun uzoq xizmat qilishga mo'ljallangan bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Janubiy-g' arbiy Turkmaniston hududida Namozgoh III davri oxiridan boshlab haykalchalarda ayol obrazining o'rniga erkak obrazlar tasvirlana boshlaydi, buni Qoratepadan topilgan hom loydan ishlangan harbiy shlem kiygan erkak haykalchasi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

ham ifodalaydi(5-rasm b). Janubiy-g'arbiy Turkmanistonning Gonurtepa mozoridan va Shimoliy Afg' oniston talon-taroj qilingan mozorlaridan kelib chiqan qora tosh va qimmatbaho marmardan badiiy did bilan va bejirim ishlangan real tasvirli, antrapologik jihatdan semit qiyofali inson haykalchalari stilistik va genetik jihatdan Qadimgi ikki daryo oralig'i yodgorliklari bilan bevosita bo'g'liq hisoblanadi. Surxon vohasida joylashgan ilk temir davriga oid Mirshodi yodgorligidan erkak qiyofali haykal topilgan.

Haykalda faqat insonning bosh qismi tasvirlangan, u portret janrida anatomik jihatdan hayotiy va real uslublashtirilgan. Haykal Jarqo'ton haykalidan farqli ravishda loydan emas balki qora toshdan yo'nib yasalgan, unda inson yumaloq boshli, keng yuzli, bodom qovoqli qilib tasvirlangan(5-rasm)1. Mirshodi haykali stilistik yasalish jihatidan Jarqo'ton haykaliga o'xshab ketadi, ayniqsa bu jarayon ko'zlari va og'zining tasvirlanishida yaqol ifodalangan. Bundan kelib chiqadiki Jarqo'ton haykali yasalish uslubi keyingi davrlarda ham davom etgan.

XULOSA

Maqola so'nggida xulosa qiladigan bo'lsak Jarqo'ton odam portreti haykali diniy urf-odat maqsadida Jarqo'ton ibodatxonasi mahalliy ustalari tomonidan hom loydan tayyorlangan bo'lsada lekin mahorat bilan yasalgan, nima uchun kuydirilmaganligi bu biz uchun jumboq bo'lib qolmoqda.Agar haykal toshdan yoki kuydirilganligida edi balki asl qiyofasi bizning davrimizgacha yetib kelgan bo'lishi mumkin edi. U Sopolli madaniyatining Ko'zali va Mo'lali davriga mansub. Jarqo'ton haykali portret janrida yasalganligi bilan Oks sivilizatsiyasining boshqa hududlaridan topilgan odam haykalchalaridan farq qiladi, Janubiy-g'arbiy Turkmaniston yani tarixiy Marg'iyona o'lkasi va Shimoliy Afg'oniston bronza davri odam terrakotalari uchun inson tanasi umumiy tasvirlangan sxematik va hayoliy tasvirlangan uslub xos, va Gonurtepa va Shimoliy Afg'onistonning talon-taroj qilingan aristokratlar qabrlaridan kelib chiqan real va hayotiy tasvirli haykalchalar stilistik jihatdan Mesotamiyaning Shahar-davlari bilan bog'liqdir. Jarqo'ton odam portreti uchun hayotiy reallashtirilgan tasvir xos hisoblanadi. Biz haykal orqali Sopolli madaniyatining mahalliy ustalarning badiiy didi va mahorati o'sib, real obrazlarga intilib borayotganligini ko'rishimiz mumkin. Haykalda shu davrda vafot etgan shaxs qiyofasining real tasviri aks etgan. Va yana haykalimiz tarixiy antrapologiya sohasi uchun ashyoviy manba bo'lib xizmat qiladi. Jarqo'ton odam byusti O'zbekiston hududidagi eng qadimgi haykaltaroshlik namunasidir va eng qadimgi portret

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

janridagi reallashtirilgan obraz hisoblanadi. Shu boisdan O'zbekiston san'ati tarixi darslik va monografik kitoblariga Jarqo'ton portreti haykalini kirgizishi maqsadga muofiq ish bo'lar edi, ayniqsa portret janridagi inson obrazlarini O'zbekiston san'ati tarixida paydo bo'lish davrini antik davrdan bronza davrga oshirish tariximiz uchun zarurdir.

REFERENCES

1. Абдуллаев Н.У. "Санъат тарихи" Т-1. Тошкент, Укитувчи, 1987 к

2. Аскаров А.А.Сапаллитепа. Ташкент, 1973.

3. Аскаров А.А.Древнеземледельческая культура эпохи бронзы Юга Узбекистана. Ташкент, 1977.

4. Аскаров А.А., Абдуллаев Б.Н.Джаркутан. Ташкент, 1983.

5. Аскаров А.А., Шайдуллаев Ш.Б. Бактриянинг бронза ва илк тсмир даври хронологияси буйича янги маълумотлар // Узбскистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. Ташкснт, 2005.

6. Аскаров.А ,,Энг кадимги шахдр" -Тошкент,Манавият, 2001

7. Бардески К. Д., Месопотамия колыбель человечества. М; 2008.

8. Беляева Т. В., Хакимов З.А., Древне бактрийские памятники Миршаде -В сб истории античной културы Узбекистана. Ташкент. 1973

9. Бо^иев А., Шайдуллаев А., Йулдошева З. Окс цивилизацияси. Тошкент, 2015

10. Массон В.М.Сарианиди В.И., Среднеазиатская терракота эпохи бронзы. М. 1973.

11. Массон В.М. Алтын-Депе// Труды ЮТАКЭ. ТомХУШ. Л.: 1981.

12. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. "История искусств Узбекистана". 1 9 7 Пугаченкова Г.А. Скульптура Халчаяна. - Москва: Искусство, 1 9 7 1

13. Пулатов Д. С. Узбекистон хайкалтар ошлигининг шаклланиши ва ривожланиши. Наманган. 2017

14. Реутова М.А. Из опыта консервации археологических материаловиз необожженной глины // Археология Узбекистана журнали № 1(20). Тошкент,2020

15. Сарианиди В.И. Древние земледельцы Афганистана. Материалы Советско -Афганской экспедиции 1969-1974 гг. - М., 1977

16. Сарианиди В.И., Гонур-депе город царей и богов. Ашхабат. 2005.

17. Sarianidi У. Margiana and Protozoroastrism. Athens, 1998.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1419-1427

18. Sarianidi V. Myths of Ancient Bactria and Margiana on its Seals and Amulets. M., 1998.

19. Sarianidi V.I., Necropolis Of Gonur And Iranian Paganism.,M.2001.

20. Хлопин И. Н., Изображение короны на сосуде из Корадепе—КИИСМК,в. 1957.

21. Хлопин И. Н., Геоксюрская группа поселений эпохи энеолита.М.;Л. 19646.

22. Хужайев Т.К., Антропологический состав населения эпохи бронзы сапаллитепа.- Тошкент, Фан, 1977к.

23. Хужайев Т., Абдуллаев К. Аждодларимиз киёфаси. - Тошкент: Фан, 1990.

24. Шайдуллаев Ш.Б, Диетрих Хуфф, К.Рахимов. Жаркутон- 2002 // Узбекистонда археологик тадкикотлар. №2, - Тошкент, 2003.

25. Шайдуллаев Ш.Б. Узбекистон худудида давлатчиликнинг пайдо булиши ва ривожланиш боскичлари // Т.ф.д. диссертацияси автореферати. Самарканд, 2009.

26. Ширинов Т.Ш. Ранняя городская култура эпохи бронзы юга Средней Азии. Автореф. дис. д.и.н. М., 1992.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

27. Lamberg-Korlovskiy C. The Bronze Age of Bactria. Baktria. An Ancient Oasis Civilizations. RomaVenezia, 1989.

28. Tosi M. The Origins of Early Bactrian Civilization. Baktria. An Ancient Oasis Civilizations. RomaVenezia, 1989.

29. www.Adobe.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.