MAHALLIY ACHCHIQ QALAMPIR NAVLARIDA HOSILDORLIGINI
ANIQLASH
G'ayratbek Rakhmatullaev Davronbekovich
Andijan agriculture and agrotechnologies, Institute of Philosophy of Agricultural
Sciences (PhD) Abduvaxobova Zarinabonu Ilxomjon qizi
Andijan agriculture and agrotechnologies Masters of selection seed direction https://doi.org/10.5281/zenodo.6756978
Annotatsiya. Ushbu maqolada maxalliy achchiq qalampir navlaridan hosildorlik yuqori ko'rsatkichlari belgilari o'rganilib tanlab olingan.
Kalit so'zi: Navlar, achchiq qalampir, eksportbop, «chile», «paprika», «Aji», va «Capsicum L».
ОПРЕДЕЛИТЬ ПЛОДОРОДНОСТЬ В МЕСТНЫХ СОРТАХ ГОРЬКОГО
ПЕРЦА
Аннотация. В данной статье изучены и отобраны особенности высокой урожайности местных сортов Capsicum L.
Ключевые слова: сорта острого перца, на экспорт, «чили», «паприка», «аджи», «стручковый перец».
DETERMINING PRODUCTIVITY IN LOCAL BITTER PEPPERS VARIETIES
Abstract. In this article, the characteristics of high yields of local Capsicum L. varieties have been studied and selected.
Keywords: varieties, hot peppers, for export, «chile», «paprika», «Capsicum L» and
«Aji»
KIRISH
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida, kambag'allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko'paytirishda eng tez natija beradigan omil bu -qishloq xo'jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar. Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o'rtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qo'yildi va qishloq xo'jaligiga eng ilg'or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug'chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligi belgilab berildi.
METODOLOGIYA VA MATERIALLAR
O'zbekiston sharoitida achchiq qalampirdan yuqori sifatli hosil olish uchun nav va duragaylarni to'g'ri tanlash, mo'l hosil yetishtirish garovidir. O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reyestriga achchiq qalampirni
mahalliy va xorijning 8 ta nav va duragaylari kiritilgan, quyida ushbu navlarning tasnifi keltirilgan.
Ochiq maydonga ekishga tavsiya etilgan mahalliy navlar:
Marg'ilon 330. O'rtapishar nav. O'sish davri meva biologik pishib yetilguncha 123-125 kun. Past bo'yli, mevasi qizil, cho'ziq konussimon. Mevalari o'simlik tupida tikkaroq bo'lib, yuqori tomonga qarab joylashgan. O'rtacha kattalikda, yuzasi biroz notekis. Texnik pishganda yashil, biologik pishgach qizil. Etining qalinligi 1,2-2,0 mm. Hosildorligi gektaridan 14-18 t. Bir tup o'simlikdan 20-30 ta meva olinadi. Ta'mi achchiq. Oziq-ovqat sanoatida qayta ishlab va yangiligicha iste'mol qilish mumkin.
Pikant. O'rtapishar nav. Yarim achchiq guruhga kiradi. Mevasining rangi to'q qizil, shakli konussimon, vazni 19-20 g, hosildorligi gektaridan 10-11 t ni tashkil etadi. Nihollar to'liq paydo bo'lgandan 67 kundan keyin o'simlik yoppasiga gullaydi, 85 kundan keyin mevasi texnik yetiladi va 118 kundan keyin esa mevasi biologik pishib yetiladi.
Uchqun. O'rtapishar nav, texnik pishguniga qadar o'sish davri - 140 kun. Tupi o'rtacha, yig'iq, poya uzunligi - 60 sm. Bargi o'rtacha, to'q yashil. Mevasi konussimon, dona-dona, yuqori tomonga qarab joylashgan, texnik yetilganda - to'q yashil, biologik yetilganda - to'q qizil, yuzasi silliq, bir oz qabariqli, vazni - 28 g, uzunligi o'rtacha - 15,0 sm, eni - 2,5 sm, ta'mi - achchiq. Hosildorligi - 27 t/ga.
TADQIQOT NATIJALARI
Tillarang. O'rta kechpishar nav, biologik pishgunga qadar o'sish davri - 140 kun. Tupi o'rtacha, yig'iq, o'simlik balandligi o'rtacha - 60 sm. Bargi o'rtacha, to'q yashil. Mevasi konussimon, dona-dona, yuqori tomonga qarab joylashgan, texnik yetilganda - sarg'ish-yashil, biologik yetilganda - qizil, yuzasi silliq, vazni - 32 g, uzunligi o'rtacha - 14,5 sm, eni - 2,0 sm, ta'mi - achchiq. Hosildorligi - 25 t/ga.
Mumtoz. O'rtapishar nav, biologik pishgunga qadar o'sish davri -140 kun. Tupi o'rtacha, yig'iq, poya uzunligi - 60 sm. Bargi o'rtacha, to'q yashil. Mevasi konussimon, donadona, past tomonga qarab joylashgan, texnik yetilganda - to'q-yashil, biologik yetilganda - to'q qizil, yuzasi silliq, vazni - 10,3 g, ta'mi - achchiq. Hosildorligi - 25 t/ga.
Said. O'rtapishar nav, Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ixtiro qilingan. 2015 yildan boshlab ekish uchun respublika bo'yicha Davlat reyestriga kiritilgan. O'sish davri - 115-122 kun. Tup balandligi - 60-65 sm. Mevasi konussimon uzunchoq, vazni -35-40 g, ta'mi - yarim achchiq. Hosildorligi - 22-26 t/ga.
Urug'larni ekishga tayyorlash Urug'larning asosiy sifat ko'rsatkichi - unuvchanligidir. Urug'ga ekishdan oldin ishlov berilganda unayotgan urug'da modda almashinuvi kuchayishi hisobiga, o'sish va rivojlanish jarayoni tezlashadi, noqulay omillar sharoitiga va kasalliklarga chidamliligi oshadi. Urug'ni ekishdan 2-3 oy oldin 20 minut davomida 1% li kaliy permanganat (1 l suvga 10 g) bilan dorilanadi, keyin yaxshilab yuviladi va quritiladi. Quruq urug'ni 3 soat davomida 60oS da qizdirish, o'simlikni virus kasalliklariga chidamliligini va hosilni erta yetilishiga moyillik qiladi. Tashqi infektsiyani yo'qotish uchun zaharlovchi karboksin+tiram (1 kg urug'ga 10 g) preparati qo'llaniladi. Urug'ni ekishga tayyorlashda quyidagi mikroelementlar suyuqligi bilan ishlovlar o'tkaziladi: 0,01-0,03% li bor kislotasi (1 l suvga 0,1-0,3 g); 0,0010,005% li mis kuporosi suyuqligi (1 l suvga 0,01-0,05); 0,02-0,05% li oltingugurtli tsink va oltingugurtli marganets (1 l suvga 0,2-0,5 g) suyuqligi bilan ishlanadi. Ko'rsatilgan suyuqliklar
aralashmasida urug'lar 16-24 soat davomida ivitiladi, keyin quruq havo holatigacha keltiriladi va keyin ularni ekish mumkin.
MUHOKAMA
Chatishtirish uchun birinchi navbatda o'simlikning gullash davri davomiyligi, gulning ochilish xossasini, changchi va urug'chining hayotchanligi, changning qancha vaqt saqlanishini hisobga olish lozim.
Xorijiy uzum navlarini chatishtirishda hosildorlik ko'rsatkichlariga qaratilgan selektsiya muhim sanaladi. Biz ushbu vazifalardan kelib chiqib magistrlik tadqiqotlarimizni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stantsiyasida "Maxalliy achchiq kalampirning navlar o'rtasidagi xosildorligini belgilash" mavzusi bo'yicha olib bormoqdamiz. Tadqiqotimizning maqsadi xozirda Andijon viloyati sharoitida parvarishlab kelinayotgan maxalliy navlarni biriga taqqoslab o'sib rivojlanishi, kasallik va zararkunandalarga bardoshligi, gul va mevaga erta kirishi, mevasining sifat ko'rsatkichlari hamda eksportboplik ko'rsatkichlariga qaratilgan navlarni o'rganish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb hisoblandi.
XULOSA
Tadqiqot amlga oshirishda quyidagi vazifalar belgilanib Sabzavot poliz ekinlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish metodikasi usulibida belgilangan agrobiologik xususiyatlari, fenologik ko'rsatkichlarini o'rganish asosida olib borildi.
Tadqiqotlarimizda olib borilgan maxalliy navlar o'rtasida hosildorlik belgilarini yuqori namoyon qiluvchi ko'rsatkichlar olindi. Natijada maxalliy navlar o'rtasida yuqori sifatli hosildorlikka ega navlarni ajratib olishga imkoniyat yaratildi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Achchiq qalampir yetishtirish. Nashriyot uyi "Tasvir" Toshkent - 2021., 1-222. SH.Xakimov., Interbreeding and fruiting in foreign grape varieties. Journal Of New Century Innovations. 2022 yil 1-bet
3. G'.Raxmatullaev., SH.Xakimov. Meva-sabzavot ekinlarida seleksiya ishlarini tashkil qilishning asosiy yo'nalishlari. Journal of new century, Journal.com V olume -6_ Issue-3_May_2022 2-bet
4. Raxmatullaev g. d., Solijonova SH. Z., Abduvaxobovov Z. I. . Экономика и социум //Экономика. - С. 330-333.
5. Raxmatullaev G. D., Axmedov D. X. Влияние повторных бобовых на качественные показатели семян хлопчатника //ББК 1 А28. - 2017. - С. 3.