Научная статья на тему 'PIROTEXNIKA VOSITALARNINI JAMOAT XAVSIZLIGIGA TAʼSIRI'

PIROTEXNIKA VOSITALARNINI JAMOAT XAVSIZLIGIGA TAʼSIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
422
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pirotexnika / paqildoqlar / mini-feyerverklar / huquqbuzarlik / ogohlik / jinoyatchilik. / pyrotechnics / buckets / mini-feyerverks / tort / awareness / crime

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ochilov, Istam Nabiyevich, Abdurasulov, Abdulaziz Abdulatif Oʻgʻli, Ibotov, Qobiljon Nurilla Oʻgʻli

Hozirgi kunda yaqinlashib kelayotgan bayramlardan biri yangi yilda bolalar oʻrtasida jinoyatlar sodir etish, yaʼni pirotexnika vositalaridan foydalanish, tarqatish boshlanadi ushbu maqolada ommaviy tadbirlarni tinch-osoyishta o’tkazish uchun qanday choralar korilmoqda? shu haqida batafsil maʼlumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTS OF PYROTECHNICS ON PUBLIC SECURITY

One of the upcoming holidays at the moment is the new year, the commission of crimes among children, that is, the use of pyrotechnic means, the distribution begins what measures are being taken to peacefully conduct mass events in this article? more information about the same is given.

Текст научной работы на тему «PIROTEXNIKA VOSITALARNINI JAMOAT XAVSIZLIGIGA TAʼSIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

PIROTEXNIKA VOSITALARNINI JAMOAT XAVSIZLIGIGA TA'SIRI

Ochilov Istam Nabiyevich

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Qo'riqlashni texnik-muhandislik ta'minoti kafedrasi dotsenti,

podpolkovnik Abdurasulov Abdulaziz Abdulatif o'g'li O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 3-batalyon 8-vzvod

Kursanti Ibotov Qobiljon Nurilla O'g'li O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 3-batalyon 8-vzvod

Kursanti

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda yaqinlashib kelayotgan bayramlardan biri yangi yilda bolalar o 'rtasida jinoyatlar sodir etish, ya 'ni pirotexnika vositalaridan foydalanish, tarqatish boshlanadi ushbu maqolada ommaviy tadbirlarni tinch-osoyishta o'tkazish uchun qanday choralar korilmoqda? shu haqida batafsil ma 'lumot beriladi.

Kalit soizlar: pirotexnika, paqildoqlar, mini-feyerverklar, huquqbuzarlik, ogohlik, jinoyatchilik.

ABSTRACT

One of the upcoming holidays at the moment is the new year, the commission of crimes among children, that is, the use of pyrotechnic means, the distribution begins what measures are being taken to peacefully conduct mass events in this article? more information about the same is given.

Keywords: pyrotechnics, buckets, mini-feyerverks, tort, awareness, crime

АННОТАЦИЯ

В настоящее время один из приближающихся праздников Новый год начинается с совершения преступлений среди детей, т. е. с использованием пиротехники, т. В этой статье мы расскажем о том, какие меры принимаются для мирного проведения массовых мероприятий? об этом будет рассказано более подробно.

Ключевые слова: пиротехника, погремушки, мини-фейерверки, преступность, бдительность, преступность

KIRISH

Hammamiz orzu qilib kutayotgan Yangi yilning kirib kelishiga, qishki ta'til boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bolalarni archa atrofida bo'ladigan bayram

960

Scientific Journal Impact Factor

tadbirlari kutib turibdi. Albatta, bunday bayramlar turli xil paqildoqlar, mini-feyerverklarsiz o'tmaydi. Eng yomoni, ushbu vositalaming farzandlarimiz sog'ligiga, hayotiga xavf tug'dirishidr. Pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurashish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini tinch-osoyishta o'tkazish uchun qanday chora-tadbirlar ko'rilmoqda? Biroq, ba'zida nafaqat bolalar va ularning ota-onalari, balki bunday tadbirlarning tashkilotchilari ham sifatsiz pirotexnika vositalari yoki ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik inson sog'lig'i, hatto hayoti uchun jiddiy xavf solishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rmaydilar. Pirotexnika vositalari savdosidek noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanuvchilarni bozorlarda, savdo rastalari, do'konlar, ta'lim muassasalari va boshqa aholi gavjum bo'lgan joylarda uchratish mumkin. Shu bois so'ngi yillarda O'zbekistonda pirotexnika buyumlaridan foydalanishni tartibga solish, bu boradagi tegishli qonunchilik bazasini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Bejiz buni noqonuniy, deb atayotganimiz yoq. Chunki "O'zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo'shimcha chora-tartiblar to'g'risida"gi qarori bilan "Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo'q qilish va utilizatsiya qilish bo'yicha faoliyatni litsenziyalash to'g'risida"gi Nizom tasdiqlangan.

MUXOKAMA VA NATIJALARI

So'ngi yillarda yangi yil bayrami kunlarida pirotexnik vositalar bilan kuyish jarohatini olishni nazorat qilish maqsadida doimiy statistika olib borilmoqda. Natijalar shuni ko'rsatadiki, so'nggi yillar mobaynida jamoat xavfsizligi organ xodimlari tomonidan olib borilgan say-harakatlar natijasida bu turdagi jarohatlanishlar keskin kamaygan. Agarda bundan 5-6 yil avval yangi yil kirish kunlarida pirotexnika vositalar bilan kuyish jarohatlarini olish juda ko'p kuzatilgan bo'lsa, bu yil bunday murojaat qilganlar bo'lmadi.

Aksariyat xolatlarda ushbu buyumlarni o'smirlar va yosh bolalar sotib olib, ko'chalar va boshqa jamoat jo'ylarda to'satdan portlatishadi. Buning oqibatida yo'lovchilar, ayniqsa, keksalar cho'chib ketishadi, ularning asabi buziladi. Bazi paytlarda esa tan-jaroxati olish, yong'in kelib chiqishi, xatto boshaqalarning o'limi bilan bog'liq bahtsiz hodisalar ham yuz berishi mumkin. Valxolanki perotexnika buyumlarini sotuvchilar buni, qolaversa, mazkur yuqori potensial xavfga ega bo'lgan vositalar birinchi navbatda ularni ishlatuvchi bolalar va o'smirlar uchun jiddiy tahdid

Scientific Journal Impact Factor

tug'dirishini yaxshi bilishadi shunga qaramasdan o'zlarini moddiy manfatlarini boshqalarning sog'lig'i, hatto xayotidan ustun qo'yishadi

Pirotexnika vositalarini jamoat xavfsizligi ta'sirini oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan pirotexnika vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish, iste'molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi hududida litsenziyasiz pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 185-moddasi bilan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasiga olib kirganlik yoki o'tkazganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan bo'lib, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 250-moddada (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasiga olib kirish (O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o'tkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, yoki sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanishi ko'zda tutilgan.

Yaqindagina jinoyatchilikni oldini olish va uni kamaytirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jixatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo'nalishlarini belgilash sifatida farmon imzolandi. Bunga binoan voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarini samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarlikni oldini olish ularni to'g'ri tarbiyalash jinoyatchilikni kamaytirish eng ustuvor maqsad sifatida tasis etildi.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, qabul qilingan ushbu qonun pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanishi va ulardan qonunga xilof ravishda foydalanishning oldini olishga qaratilgan davlat nazoratini samarali amalga oshirishni ta'minlaydi. Uning hayotga tatbiq etilishi esa jamoatchilik xavfsizligini ta'minlash shuningdek, turli madaniy-tomoshabop tadbirlarni o'tkazishda xavfsizlik choralariga rioya etishni ta'minlashga xizmat qilishi hamda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida 2022-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasiga binoan jamoat tartibini saqlash shu jumladan ommaviy tadbirlarni o'tkazishga jalb qilinadigan vazirlik va idoralar kuch va vositalarining birgalikdagi xarakatlanish algoritimni ishlab chiqish va uni doimiy takomillashtirish tartibi. Jamoat xavfsizligini faoliyatiga zamonaviy shakl va ish usullarini hamda ilg'or axborot texnologiyalarni keng joriy etish tasis etildi aholi salomatligini saqlash yosh avlodni yomon illatlardan asrab avaylash ommaviy tadbirlarni o'tkazishda jinoyatchilikni oldini olish kerak

REFERENCES

1. Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori

2. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks.

3. Jinoyat kodeksi.

4. O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasini Prezidentining Farmoni 30.11.2021.

5. Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi strategiyasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.