UDC: 004.056 (042)(575.1)
Muhammadiyev Jabbor
O'zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, professor E-mail: jabbor-1963@mail.ru
Yunusova Minavvarxon
Toshkent davlat yuridik universiteti "Umumta'lim fanlar" kafedrasi dostent v.b., PhD E-mail: yminovvar@gmail.com
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIDA AXBOROT
XAVFSIZLIGINI HUQUQIY TA'MINLASH VA AXBOROTNI
MUHOFAZA QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada huquqni muhofaza qilish organlarida axborot xavfsizligini huquqiy ta'minlash va axborotni muhofaza qilishni normativ-huquqiy rivojlantirish masalalari ko'riladi. Maqolaning kirish qismida axborot sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli ifodalangan. Maqolaning asosiy qismida O 'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida axborot xavfsizligi masalalariga e 'tibor qaratilgan. Davlat sirlariga mansub axborotlar uch asosiy guruhga ajratilgan: yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan axborotlarni maxfiylashtirish, maxfiylikdan chiqarish, maxfiy ma'lumotlar toifalari. Mazkur tadqiqot predmeti axborotni muhofaza qilishning huquqiy usullaridan iborat bo'lgani bois axborot tabiatini tushunish va axborot qayd etilgan moddiy jismlar va axborotning nomoddiy xususiyati farqlab berilgan. Ya'ni axborotni muhofaza qilishning huquqiy usullari axborot qayd etilgan moddiy jismlar (kompyuter, bosma mahsulotva sh.k.)ni muhofaza qilishga ham, bu jismlarda aks ettirilgan ma'lumotlarga ham qaratilishi kerakligi taklif qilingan. Axborotni muhofaza qilishning asosiy g'oyalari vaprinsiplari keltirilgan. Bu g'oyalar va prinsiplarga muvofiq axborotni muhofaza qilishning shakllari, metodlari va usullari xususida muayyan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xavfsizlikni ta'minlash muammosiga nisbatan kompleks yondashuv taklif qilingan.
Kalit so'zlar: sirlar, maxfiy axborot, axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligini ta'minlash, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar.
Мухаммадиев Жаббор
профессор кафедры «Прикладная математика и компьютерный анализ» Национального университета Узбекистана
Юнусова Минаввархон
и.о. доцента кафедры «Общеобразовательные дисциплины» Ташкентского государственного юридического универститета
ПРАВОВОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В
ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫХ ОРГАНАХ И ОСОБЕННОСТИ ЗАЩИТЫ ИНФОРМАЦИИ
Аннотация. В настоящей статье рассмотрены вопросы нормативно-правового развития защиты информации и правового обеспечения информационной безопасности в правоохранительных органах.
В вводной части статьи характеризуется роль органов правовой защиты в информационной сфере. В основной части статьи рассматриваются вопросы информационной безопасности органов правовой защиты Республики Узбекистан. Информация, относящаяся к государственной тайне, рассмотрена в трех основных группах. Конфиденциальная информация разделена на категории для обеспечения конфиденциальности и рассекречивания информации, которая является собственностью юридических и физических лиц. Поскольку предметом данного исследования являются правовые методы защиты информации, описывается понимание природы информации и разграничение материальных объектов и нематериальных свойств информации. Так, предлагается, чтобы правовые методы защиты информации были сосредоточены как на защите материальных объектов, на которых записана информация (компьютеры, печатная продукция и т. д.), так и информации, отраженной в этих объектах. Определены основные идеи и принципы информационной безопасности. В соответствии с этими идеями и принципами разработаны конкретные рекомендации по формам, методам и технологиям защиты информации. Предложен комплексный подход к безопасности.
Ключевые слова: секреты, конфиденциальная информация, защита информации, обеспечение информационной безопасности, правоохранительные и контролирующие органы.
Mukhammadiyev Jabbor
Professor of the Department of Applied Mathematics and Computer Analysis, National University of Uzbekistan
Yunusova Minovvarkhon
Acting Associate Professor of the Department of General Sciences, Tashkent State University of Law, PhD
THE LEGAL PROTECTION OF INFORMATION IN LAW ENFORCEMENT AND THEIR PECULIARITIES
Abstract. This article discusses the issues of regulatory development of information protection and legal support of information security in law enforcement agencies. The introductory part of the article characterizes the role of legal protection bodies in the information sphere. The main part of the article deals with the issues of information security of legal protection bodies of the Republic of Uzbekistan. Information related to state secrets is listed in three main groups. Confidential information is divided into categories to ensure confidentiality and declassification of information that is the property of legal entities and individuals. Since the subject of this research is legal methods of information protection, it describes the understanding of the nature of information and the differentiation of material objects and non-material properties of information. That is, it is proposed that legal methods of information protection be focused both on the protection of material objects on which information is recorded (computers, printed materials, etc.) and information reflected in these objects. The main ideas and principles of information security are determined. In accordance with these ideas and principles, specific recommendations are developed on forms, methods and technologies for protecting information. An integrated approach to security is proposed.
Keywords: secrets, confidential information, information security, ensure information security, law enforcement and supervisory authorities.
Davlat sirlarini saqlash va maxfiy axborot institutlari davlat axborot xavfsizligi tizimining asosiy elementlari hisoblanadi [1]. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida axborotning aylanish
jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar tizimida asosiy va alohida o'rin egallaydi. Axborot texnologiyalari davrida bu institutlarning muhimlik darajasi va ahamiyati ko'p karra ortadi. Davlat
sirlarini saqlash va maxfiy axborot sohasidagi huquqiy munosabatlar ko'p sonli qonunlar bilan tartibga solinadi, lekin ularning orasida O'zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to'g'risida", "Axborotlashtirish to'g'risida", "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi va ayrim boshqa hujjatlar, bizningcha, muhim, asosiy normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Bu sohada qonun hujjatlari majmuining aksariyat qismini mahkamaviy normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonunida huquqiy rejimga ko'ra foydalanilishi cheklangan axborot davlat sirlari to'g'risidagi axborot va maxfiy axborotga bo'linadi.
O'zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"gi qonunining 3-moddasiga muvofiq tarqatilishi O'zbekiston Respublikasining xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar axborotni davlat sirlariga mansub deb topishning asosiy mezoni hisoblanadi. Ularni uch asosiy guruhga ajratish mumkin:
oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga salbiy ta'sir etishi yoki O'zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og'ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar davlat sirini tashkil etadi;
oshkor etilishi O'zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og'ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan harbiy xususiyatga ega ma'lumotlar harbiy sirni tashkil etadi;
oshkor etilishi O'zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma'lumotlar xizmat sirini tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"gi qonuniga muvofiq davlat tomonidan qo'riqlanadigan va maxsus ro'yxatlar bilan chegaralab qo'yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o'zga xil ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi [2].
Axborotlarni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarish ushbu qonunga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan
ma'lumotlarning maxfiylik darajasini aniqlash va belgilash tartibi to'g'risidagi nizom va O'zbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar ro'yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti belgilab qo'yadigan davlat sirlarini saqlashni ta'minlovchi davlat organlari O'zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining mulki hisoblangan axborotlarni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarishga haqlidir.
O'zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"gi qonunining 9-moddasida O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining davlat sirlarini saqlash sohasidagi vakolatlari belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati o'z vakolat doirasida: davlat sirlari saqlanishini, aloqaning maxsus turlari va shifr ishi xavfsizligini, chet el razvedkasining texnikaviy vositalariga qarshi harakatlarni ta'minlash ustidan nazoratni yo'lga qo'yadi;
davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarda maxfiylik tartibi tekshirilishini amalga oshiradi. Bunda davlat sirlari saqlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar taqdim etadi;
davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi ma'lumotlar bilan ishda foydalanishga ijozatni rasmiylashtirishda fuqarolarning roziligi bilan ularni maxsus tekshiruvdan o'tkazadi;
davlat sirlarini saqlash masalalarida idoralarga uslubiy va amaliy yordam ko'rsatadi;
davlat sirlarini saqlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan o'zga chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat sirlarini saqlash bo'yicha mas'uliyat davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida obyekti davlat sirlari bilan bog'liq huquqiy munosabatlar hisoblangan bir necha jinoyatlarning tarkiblari nazarda tutilgan [3]. Ular "O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar" deb nomlangan IX bobga birlashtirilgan.
Bu, avvalo, josuslik (O'zR JKning 160-moddasi), ya'ni chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning davlat siri hisoblangan ma'lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoxud ularning
agenturasiga yetkazishi, shuningdek, yetkazish maqsadida qo'lga kiritishi yoki yig'ishidir. O'zR JKning 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi (davlatga xoinlik qilish) nafaqat josuslikni, balki davlat sirlarini chet el davlatiga yetkazishni ham o'z ichiga oladi.
Davlatga xoinlik alomatlari bo'lmaganda davlat sirlarini oshkor qilish uchun (162-modda) va davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo'qotish uchun (163-modda) jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida axborotdan foydalanish qoidalarini buzish (155-modda), "Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish" (1551-modda), ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish (218-modda) uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan [4].
Davlat sirlariga mansub bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga olmagan, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan axborot maxfiy axborot hisoblanadi. "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi qonunga muvofiq maxfiy axborot - foydalanilishi O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo'yiladigan hujjatlashtirilgan axborot [5].
Maxfiy ma'lumotlar ro'yxati quyidagi toifalarga ajratilgan. Bular: fuqaroning shaxsiy hayotidagi faktlar, voqealar va holatlar haqidagi uning shaxsini indentifikatsiya qilish imkonini beradigan ma'lumotlar (shaxsiy ma'lumotlar), qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar bundan mustasno; tergov va sud ishlarini yuritish sirlariga mansub bo'lgan ma'lumotlar; O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va qonunlarga muvofiq davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalanilishi cheklangan xizmatga doir ma'lumotlar (xizmat siri). Xizmat siri tushunchasi O'zR FKning 98-moddasida mustahkamlangan, bunda tijorat siri va xizmat siri garchi ularning huquqiy tabiati har xil bo'lsa-da, farqlanmagan [6]. Jinoyat kodeksida xizmat sirini oshkor qilganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan (masalan, O'zR JKning 125-moddasi - farzandlikka olish sirini oshkor qilish) [7]; O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi [8] va qonunlarga muvofiq foydalanilishi cheklangan
kasbiy faoliyatga doir ma'lumotlar (shifokor, notarius, advokatlik siri, yozishmalar, telefon so'zlashuvlari, pochta jo'natmalari, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlar siri); ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi haqidagi ma'lumotlar rasman e'lon qilingunga qadar ularning mohiyatiga doir ma'lumotlar; O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (98-modda) va qonunlarga muvofiq foydalanilishi cheklangan tijorat faoliyatiga doir ma'lumotlar (tijorat siri).
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasiga muvofiq fuqarolik qonun hujjatlari xizmat yoki tijorat siri bo'lgan axborotni basharti bu axborot uchinchi shaxslarga noma'lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo'lgan, qonun yo'li bilan undan erkin bahramand bo'lish mumkin bo'lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko'rgan hollarda himoya etadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar egalik qiluvchi axborotni muhofaza etish to'g'risida so'z boshlashdan oldin bir nechta umumiy savollarga javob berish lozim.
Birinchidan, ehtimol tutilgan tahdidlar ro'yxatini aniqlash kerak. Boshqacha aytganda, u yoki bu axborot kimni va qanday sababga ko'ra qiziqtirishini bilish lozim. Tahdid mahkamadan tashqarida mavjud bo'lsa, axborotni muayyan usullar bilan muhofaza qilish, tahdid mahkama doirasida amal qilishi mumkin bo'lsa, uni o'z xodimlaridan muhofaza qilish talab etiladi. Tabiiyki, so'nggi zikr etilgan holda muhofaza etish usullari boshqacha bo'ladi.
Ikkinchidan, axborot uni qonunga xilof ravishda olishni xohlovchilar uchun qay darajada noyob ekanligini bilish lozim.
Uchinchidan, axborotni muhofaza qilish darajasi qanday bo'lishi kerak. Axborotni muhofaza qilish darajalari aniq belgilanishi lozim. Ular asosan axborotni muhofaza qilishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, hech kimga kerak bo'lmagan axborotni muhofaza qilishning hojati yo'q. Shu ma'noda muhofaza qilinayotgan axborot qonunga xilof ravishda qo'lga kiritilganda tashkilot qay darajada ziyon ko'rishi mumkinligini oldindan aniqlash muhimdir.
Shunday qilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot xavfsizligiga, ularning axborot bazalari xavfsizligiga asosiy tahdidlar axborot va telekommunikatsiya tizimlari normal faoliyatining
izdan chiqishi, axborot resurslariga daxl etish, ularga qonunga xilof ravishda kirish hisoblanadi.
Bu va boshqa tahdidlar davlat sirlari va maxfiy axborotga mansub bo'lgan ma'lumotlarni oshkor etish; axborot qayd etilgan manbalarni nobud qilish yoki o'g'irlash; axborot qayd etilgan mashina va boshqa vositalarni nobud qilish yoki o'g'irlash; ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalarida axborotni qo'lga kiritish va shifrdan chiqarishda namoyon bo'ladi.
Axborotni muhofaza qilish darajasi uning muhimlik darajasi, qimmati bilan belgilanadi. Tarqatilishi cheklangan xizmatga doir axborot aks ettirilgan nomaxfiy hujjatlarda "xizmat doirasida foydalanish uchun" tamg'asi bosilishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda bu xizmatga doir axborotning maxfiyligini ta'minlash uchun, ayniqsa, ko'p qo'llaniladigan tamg'adir [9].
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'z ishida surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida, tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish natijasida olingan axborotdan va nafaqat shaxsiy ma'lumotlarni, balki davlat sirlariga mansub ma'lumotlarni ham o'z ichiga olgan boshqa ko'plab axborotlardan foydalanadi. Bu axborotlarning barchasi samarali muhofaza etishni talab qiladi.
Shunday qilib, mazkur tadqiqot predmeti faqat axborotni muhofaza qilishning huquqiy usullaridan iborat bo'lgani bois axborotning tabiatini tushunish va axborot qayd etilgan moddiy jismlarni va axborotning nomoddiy xususiyatini farqlash lozim. Ya'ni axborotni muhofaza qilishning huquqiy usullari axborot qayd etilgan moddiy jismlar (kompyuter, bosma mahsulot v. b.)ni muhofaza qilishga ham, bu jismlarda aks ettirilgan ma'lumotlarga ham qaratilishi darkor.
Qo'yilgan savollarga javob bergach, axborotni muhofaza qilishning asosiy g'oyalari va prinsiplarini aniqlash talab etiladi. Zero, bu g'oyalar va prinsiplarga muvofiq axborotni muhofaza qilishning shakllari, metodlari va usullari xususida muayyan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bularning barchasi keyinchalik maqsadi axborotni muhofaza qilishdan iborat bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarga asos bo'ladi.
Aksariyat tadqiqotchilar axborotni muhofaza qilishning qonuniylik, asoslilik va yagonalik prinsiplarini farqlaydilar. O'z-o'zidan ravshanki, bu prinsiplar turli davlat organlari uchun yagona va majburiydir.
Birinchi - qonuniylik prinsipi. Axborot mulkdorlarining huquqlari ham, ehtimol tutilgan iste'molchilarning huquqlari ham belgilab qo'yilishi lozim. Axborotni ruxsatsiz (qonunga xilof ravishda) olganda javobgarlik darajasi ham aniq belgilanishi darkor: jinoiy javobgarlik, ma'muriy javobgarlik, intizom javobgarligi v. b.
Ikkinchi - iqtisodiy maqsadga muvofiqlik prinsipi. Axborot mulkdori u yoki bu ma'lumotlarning noyoblik darajasini (agar ular davlat sirlariga mansub bo'lmasa), shuningdek, ularni muhofaza qilishning huquqiy vositalarini o'zi belgilashi lozim.
Uchinchi - axborotni maxfiylashtirish mezon-larining, binobarin, maxfiylik darajalarining yagonaligi prinsipi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi IIV uchun, aytaylik, Adliya vazirligi va hokazolar uchun ma'lumotlarning maxfiylik darajasida farqlar mavjud bo'lishi mumkin emas. Bunda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning har biri davlat sirlari va maxfiy axborotga turli hajmlarda ega bo'lishi mumkin, lekin ularning maxfiylik darajasiga, ularni muhofaza qilish usullariga nisbatan yondashuvlar yagona bo'lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Вус М.А. К вопросу об информационной безопасности государства // Вопросы защиты информации. - 2000. - № 3. - С. 5.
2. Davlat sirlarini saqlash to'g'risida: O'zbekiston Respublikasining qonuni // O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi. - 1993. - № 5. - 232-modda.
3. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. - 1996. - № 9. - 144-modda.
4. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. - 1995. - № 3. - 6-modda.
5. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida: O'zbekiston Respublikasining qonuni // O'zbekiston Resublikasi qonun hujjatlari to'plami. - 2003. - № 3. - 18-modda.
6. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. - 1996. - № 9. - 144-modda.
7. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. - 1996. - № 9. - 144-modda.
8. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2012. - B. 40.
9. Nosirhodjaeva, G. (2017) "The historical-philosophical heritage and the methodological problems of the histoy of science", Review of law sciences: Vol. 1: Iss. 2 , Article 4. Available at: https://uzjournals.edu.uz/ rev_law/vol1/iss2/4
10. Toshpolotov Shokhijakhon. The role of inter-religious tolerance in ensuring socio-political stability: Uzbekistan and foreign experience. Journal of Social Studies. 2020, vol. 5, issue 3, pp. 87-94. https://scholar. google.com/scholar?oi=bibs&cluster=4823527101320083779&btnI=1&hl=ru//
11. Toshpulatov Sh.E. Sapayev U. international political mechanisms for ensuring religious tolerance and the importance of its teaching in educational institutions. European Journal of Molecular & Clinical Medicine. 7 (3), 5265-5268. Available at: // https://ejmcm.com/article_5416_e7fbbdae4358f830ef85559c764aa5b9.pdf
12. Toshpulotov Shokhijakhon Eshpulotovich, "The reflection of the phenomenon of freedom of conscience and the principle of interreligious tolerance in the legislation of the international community and Uzbekistan", iejrd - international multidisciplinary journal, vol. 5, no. Icipps, p. 5, jun. 2020 Available at: // http:// www.iejrd.com/index.php/%20/article/view/833//
13. Toshpulotov Sh.E. The role of foreign experience in ensuring religious tolerance: world and national approach. Вестник науки и образования № 25(103), 2020. http://scientificjournal.ru/images/PDF/2020/103/ the-role-of-foreign-experi.pdf//
14. Юнусова М. С. Значение курса «Профессионально направленная информатика» для подготовки юристов //Высшее образование сегодня. - 2011. - №. 6. - С. 54-58.
15. Azimova I., Saidaxmedova O., Jurayev J. Testing acquisition rate of the uzbek morphemes of -(i) m and -ning in uzbek children //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 7. - С. 394-396.
16. Юнусова М. С. Электронный учебник как интеллектуальный капитал в образовании // Science and education: problems and innovations. - 2021. - С. 86-88.