Научная статья на тему 'KORRUPSIYA FЕNOMЕNINI O‘RGANISHDAGI ILMIY NAZARIY YONDASHUVLAR VA O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI.'

KORRUPSIYA FЕNOMЕNINI O‘RGANISHDAGI ILMIY NAZARIY YONDASHUVLAR VA O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI. Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1910
269
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiya / korrupsiyaga qarshi kurash / milliy xavfsizlik / xalqaro qonunchilik / korrupsiyaga qarshi kurash siyosati. / corruption / anti-corruption / national security / international law / anti-corruption policy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Aslonov, Jasur Abduxalilovich, Yusufjanov, Odil Abdugafurovich

Mazkur maqolada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi olib borilgan davlat siyosati, poraxo‘rlikni oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqiy islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda mavjud kamchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish usullari haqida so‘z boradi. Maqola muallifi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish va ijtimoiy hayotda poraxo‘rlikning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida xalqaro qonunchilikda e’tiborga olingan korrupsion jinoyatlarning ba’zi xususiyatlarini milliy qonunchilikda aniq belgilab olish va ijtimoiy hayotda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish muhim vazifa ekanligi ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL APPROACHES TO THE STUDY OF THE PHENOMENON OF CORRUPTION AND ANTI-CORRUPTION POLICY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.

This article describes the state anti-corruption policy, socio-economic legal reforms aimed at preventing corruption and mechanisms for their implementation, as well as the implementation of the Strategy of actions on the five priority areas of development of the Republic of Uzbekistan for 2017-2021, as well as it is about studying the existing shortcomings in the fight against corruption and ways to overcome them. In order to further strengthen the fight against corruption in the Republic of Uzbekistan and prevent the negative consequences of corruption in public life, it is important to clearly define in the national legislation some features of corruption crimes in international law and to form immunity against corruption in public life. highlighted.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYA FЕNOMЕNINI O‘RGANISHDAGI ILMIY NAZARIY YONDASHUVLAR VA O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI.»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KORRUPSIYA FENOMENINI O'RGANISHDAGI ILMIY NAZARIY YONDASHUVLAR VA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI.

Aslonov Jasur Abduxalilovich

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti magistri.

e-mail: jasurlion85659@gmail.com Ilmiy rahbar: Yusufjanov Odil Abdugafurovich

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq va inson

huquqlari" kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo 'nalishi bo 'yicha harakatlar strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi olib borilgan davlat siyosati, poraxo'rlikni oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqiy islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda mavjud kamchiliklarni o'rganish va ularni bartaraf etish usullari haqida so'z boradi. Maqola muallif tomonidan O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish va ijtimoiy hayotda poraxo'rlikning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida xalqaro qonunchilikda e'tiborga olingan korrupsion jinoyatlarning ba'zi xususiyatlarini milliy qonunchilikda aniq belgilab olish va ijtimoiy hayotda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish muhim vazifa ekanligi ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurash, milliy xavfsizlik, xalqaro qonunchilik, korrupsiyaga qarshi kurash siyosati.

ABSTRACT

This article describes the state anti-corruption policy, socio-economic legal reforms aimed at preventing corruption and mechanisms for their implementation, as well as the implementation of the Strategy of actions on the five priority areas of development of the Republic of Uzbekistan for 2017-2021, as well as it is about studying the existing shortcomings in the fight against corruption and ways to overcome them. In order to further strengthen the fight against corruption in the Republic of Uzbekistan and prevent the negative consequences of corruption in public life, it is important to clearly define in the national legislation some features of corruption crimes in international law and to form immunity against corruption in public life. highlighted.

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: corruption, anti-corruption, national security, international law, anti-corruption policy.

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo'lgan korrupsiya jamiyat xavfsizligi va barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Korrupsiyaga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat oldidagi obro'siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning samarali yo'lga qo'yilishida ham jiddiy muammo tug'diradi. Korrupsiya bilan bog'liq muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo'lish sabablarini kengroq o'rganishga undaydi. Zero, "korrupsiya kasalligini" yengishda bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ma'muriy chora tadbirlarning o'zi yetarli emas. Poraxo'rlikni oldini olishgan bo'lgan urinishlar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim. Korrupsiya hodisasining ilmiy tahlili shuni ko'rsatadiki, poraxo'rlik jinoyatijuda keng qamrovli tushuncha bo'lib, hatto korrupsiya so'zining etimologiyasi ham ingliz adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyotida tarixiy nuqtai nazardan turlicha ma'no va konnotatsiyaga ega[1, B.129]. Aksariyat chet el tadqiqotchilarining talqiniga ko'ra, korrupsiya atamasi lotincha "corruptio" - "talon taroj" va "buzilish" ma'nolarini anglatuvchi so'zdan kelib chiqqan[2, B.5]. Ushbu tushunchaning axloqiy va madaniy prinsiplar asosidagi talqini rus tadqiqotchisi, yuridik fanlar nomzodi Mishin G.K. izlanishlarida o'z aksini topadi. Uning fikriga ko'ra, korrupsiya atamasi lotin tilidagi ikkita so'zdan iborat bo'lib, "cor", "ruptum" -"yurak", "ruhiyat", "buzilishi", "barbod bo'lishi" degan ma'noga ega[3,B.364]. Oksford ingliz tili lug'atida korrupsiya tushunchasining 9 ta ma'nosi berilgan bo'lib, ulardan faqat bittasini siyosiy kontekstda qo'llash mumkin: korrupsiya pora yoki boshqa ta'magirlik turlari orqali davlat vazifalarini bajarish yoki bajarmaslik davlat, korporatsiyalar va boshqa idoralarda korrupsiya amaliyotlaridan foydalanish yoki ularda ishtirok etish[4, B.974]. O'zbek tilining izohli lug'atida esa mansabdor shaxslarning o'zlariga ishonib topshirilgan huquqlari va hokimiyat vakolatidan

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi (korrupsiya poraxo'rlik, mansabni suiste'mol qilish va boshqa noqonuniy harakatlarni o'z ichiga oladi)[5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni 3 modasida korrupsiya — shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish deya izohlanadi. Korrupsiya atamasiga berilgan ta'rifning o'zgarib borishi ushbu tushunchani zamonlar osha ijtimoiy hayotda turli ma'nolarda qo'llanilishi bilan bog'liqdir.

Korrupsiya fenomeni keng qamrovli tushuncha bo'lganligi sababli bugungi kunda ushbu muammoni o'rganishda turli xil yondashuvlar mavjud: sotsiologik yondashuv, yuridik (kriminologik) yondashuv, iqtisodiy, siyosiy yondashuv va axloqiy madaniy yondashuv.

Shulardan biri sotsiologik yondashuv bo'lib, bunda korrupsiyani o'rganishga bo'lgan urinishlar korrupsiya xodisasini tushuntirishda turli xil metodlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Manbalarda keltirilishicha, sotsiologik nuqtai nazardan korrupsiya uning sub'ektlari, korrupsiya sohalari, korrupsiyadan ko'zlangan maqsad va uni amalga oshirish usullari, korrupsiya shakllari va uning ob'ektlari kabi o'zaro aloqadorlikda bo'lgan elementlarni qamrab oluvchi interaktiv munosabatlarda shakllangan, ishtirokchilarning ratsional tanlovi asosida amalga oshadigan, moddiy va ramziy resurslarni almashinishni ifodalaydigan disfunksional hodisadir (E.Giddenson, Yu. Xabermas, Dj. Mid, G.Blumer, N. Luman, T. Parsons, R. Merton, N. Smelzer, Dj. Xomans, P. Blau, A. Daune, G. Bekker, Dj. Koulman, M. Olson). Bunda korrupsiyani ijtimoiy hayotga salbiy ta'siri va ijtimoiy munosabatlarda o'zaro ishonchsizlik hamda ta'magirlikni yuzaga keltirishini oldini olish maqsadida aholiga poraxo'rlikni jamiyat taraqqiyotini orqaga suruvchi, odamlar o'rtasida ijobiy xarakterga ega axloqiy munosabatlar o'rnatilishiga to'sqinlik qiluvchi illat ekanligini singdirish muhim ahamiyatga ega.

Siyosatshunoslik fani doirasida korrupsiyaga bo'lgan e'tibor XX asrning 60 yillarida yuzaga kela boshladi. Bu sohada o'z izlanishlari bilan muvaffaqqiyatga erishgan siyosatshunos olimlar poraxo'rlikning asosiy elementi sifatida davlat amaldorlarining pora olishi hamda ularning bevosita boshqaruvga ega chiqishga intilishlarini ta'kidlashadi. Xususan, ingliz akademigi, yurist va diplomat Djeyms Brays fikriga ko'ra korrupsiya jamiyatda 4 xil ko'rinishda uchraydi:

290

Scientific Journal Impact Factor

1) davlat xizmatchilarini naqd pul ko'rinishida pora olishi;

2) davlat xizmatchilarini boshqa narsalar vositasida pora olishi;

3) hujjatlar oldi sotdisi;

4) nomzodlar foydasiga chayqovchilik bilan shug'ullanish[6,B.149].

Djeyms Brays qarashlarini davom ettirgan yana bir siyosiy partiyalar faoliyatini o'rganuvchi olim M. Dyuverje ham saylovlar qatnashchilari o'rtasida g'alabaga erishishda poraxo'rlik harakatlaridan foydalanishlarini ta'kidlaydi [7,B.201]. Bunda korrupsiya jamiyatda mansabdor shaxslarni hokimiyatni egallash va saqlab qolish uchun o'z lavozimlaridan noqonuniy foydalanishlarini ifodalovchi hatti harakatlar sifatida namoyon bo'ladi. Siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonov ta'kidlashicha, O'zbekiston Respublikasida ham korrupsiya sxemalari, mehnat qilmasdan tezda boyib qolish mexanizmlari, ishlangan usullari "zanjiri" uzib tashlanmas ekan, davlatimizning har qanday siyosiy, iqtisodiy islohotini hayotga olib kirish, xalqni farovon qilish vazifasi qog'ozda qolib ketaveradi. Zero korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina tegishli organlarning emas balki, barchaning ishi bo'lishi zarur[8]. Olib borilgan izlanishlar natijasida shunga guvoh bo'lamizki, korrupsiyaga qarshi kurashda aholini siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta'minlash, mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamiyat nazoratini o'rnatish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, fuqarolarda siyosiy madaniyatni kuchaytirish samarali natijalarga olib kelishi mumkin.

Iqtisodiy nazariyada korrupsiya deganda davlat xizmatchilarini davlat resurslarini shaxsiy manfaatlari uchun ishlatish hisobiga foyda olishga qaratilgan xatti harakatlar tushuniladi[9]. Bunda moddiy imtiyozlar va imtiyozlar taqsimlanishini hamda soliqlar hajmini belgilovchi va ularni ustidan nazoratni amalga oshiruvchi asosiy organ davlat bo'lsa, amaldorlar esa davlat tomonidan ajratilgan imtiyozlarni taqsimlash huquqiga ega bo'lgan shaxslardir. Ko'proq imtiyozga ega chiqishni xohlovchi shaxslar yoki kompaniyalar ko'proq moddiy foyda olish maqsadida ushbu imtiyozlarni sotib olishga harakat qilishlari mumkin. AQSHning Yel universiteti professori Rouz Akkerman fikriga ko'ra korrupsiyani avj olishi jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat amaldorlarining haddan tashqari va samarasiz aralashuvi bilan bog'liq[9, B.400]. Shunday ekan korrupsiyaga qarshi kurashda asosiy choralardan biri sifatida davlat amaldorlarining o'zboshimchaliklariga chek qo'yish va mansabdor shaxslarni jamiyatning iqtisodiy faoliyatiga aralashuvini kamaytirish belgilab olinishi lozim.

Korrupsiya tushunchasining yuridik tavsifi o'z xizmat vakolatlaridan xudbinlik bilan foydalanadigan mansabdor shaxslarning porxo'rligi va ta'magirligi bilan

Scientific Journal Impact Factor

ifodalanuvchi xavfli noqonuniy hodisa deb hisoblanadi. Bunda korrupsiya nafaqat jinoiy xarakterga ega, balki u ma'muriy huquqiy, fuqarolik va intizomiy xususiyatlarni ham o'zida mujassamlashtirgan murakkab fenomenga aylanadi. Yuridik sohada ham ko'pgina olimlar korrupsiyaning huquqiy mohiyatini va uni bartaraf etish chora-tadbirlarini asoslab berishga urinishgan. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqiy tartib faoliyati, uning yuzaga kelishi va rivojlanishiga oid muammolarni, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlari tahliliga oid ma'lumotlarni N.G.Aleksandrova, S.S.Alekseyeva, L.I.Antonovoy, B.C.Afanaseva, V.V.Borodina, G.A.Gadjiyeva, Yu.I.Grevsova, D.A.Kerimova, S.F.Kechekyana, A.I.Koroleva, M.M.Kuritsina, D.I.Lukovskoy, L.A.Nikolayevoy, M.N.Marchenko, I.F.Pokrovskogo, V.P.Salnikova, L.I.Spiridonova G.Nurmuhammedova, B.Isroilov, R.Obidov kabi olimlarning ilmiy asarlarida uchratishimiz mumkin. Taniqli rus olimi G.N.Borzenkova fikriga ko'ra korrupsiyani mansabdor shaxslar o'zlarining rasmiy vakolatlaridan xudbin maqsadlar uchun foydalanishlari asosida vujudga keluvchi boshqaruv apparatining parchalanishi deb tushunish kerak[10,B.30]. Bunday yondashuvning kengroq talqinini S.P.Kushnirenko tomonidan berilgan ta'rifda ko'rishimiz mumkin: "Korrupsiya bu davlat amaldorlarining o'z xizmat vakolatlaridan uchinchi shaxs yoki guruh manfaatlari yo'lida ularni moddiy rag'batlantirish uchun muntazam foydalanishlarini ifodalovchi ijtimoiy huquqiy hodisa bo'lib, uning natijasida davlat hukumati va davlat xizmatlarining obro'yi pasayadi. Bunda mansabdor shaxslar o'z xizmat vakolatlaridan bevosita yoki bilvosita foydalanadilar"[11]. Demak, korrupsiya natijasida davlat hukumatining avtoriteti yo'qolib, davlat boshqaruv apparati parokandalikka uchrashi mumkin. Bunday holatning oldini olish esa mutassadi tashkilotlar va davlat organlari tomonidan poraxo'rlikni kamaytirishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab qiladi. Bizning fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi siyosatni yo'lga qo'yish masalasi davlat boshqaruv organlarining oldiga puxta ishlab chiqilgan reja asosida ish ko'rishdek juda murakkab muhim vazifani qo'yadi. Chunki korrupsiyaga qarshi qaratilgan siyosiy faoliyat mamlakatdagi korrupsiya bilan bog'liq kriminologik vaziyatni tahlil qilib va kelajakda kutilishi mumkin bo'lgan muammolarni oldindan hisobga olgan holda mamlakatda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlar asosida amalga oshirilishi lozim. Shu o'rinda avvalambor korrupsiyaga qarshi siyosat tushunchasining ta'rifini aniqlab olish kerak. Ilmiy manbalarga asoslanadigan bo'lsak korrupsiyaga qarshi siyosat bu davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyani oldini olish va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni va

292

Scientific Journal Impact Factor

shartlarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy nazariy jihatdan asoslangan, tizimli va izchil faoliyatidir. Siyosatshunos olim professor V.Lopatin fikriga ko'ra korrupsiyaga qarshi siyosat tarkibida quyidagi elementlar mavjud bo'lishi lozim:

a) korrupsiyaga karshi siyosat konsepsiyasi, uning maqsadlari va tamoyillarini shakllantirish;

b) inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yo'lga qo'yish;

d) korrupsiyaning oldini olish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni va choralarni belgilash, shuningdek korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish sub'ektlarini aniqlash;

e) korrupsiyaga qarshi kurashni shakllantirish va amalga oshirishda hokimiyat vakolatlarini aniqlash;

f) qonun ishlab chiqarish va huquqni muhofaza qilish faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurash prinsiplarini aniqlash va amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi standartlarga muvofiq jamiyatning huquqiy ongini shakllantirish[12, B.25].

Korrupsiya hodisasini jamiyat hayotidan ildizi bilan yo'qotib yuborish imkonsizdir, ushbu illatga qarshi faqatgina profilaktik chora-tadbirlar qo'llanilishi mumkin. G.Nurmuhammedova fikriga ko'ra korrupsiyaga qarshi kurashda kurashning maqsadini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashning maqsadini aniqlashda umumiy (bosh maqsad) va aniq vaziyatga asoslangan (muayayyan muddat ichida) maqsadga ajratish mumkin[13]. Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida aniq vaziyatga asoslangan korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmonida to'laqonli o'z aksini topdi[14].

Yuqoridagi farmonga ko'ra harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Harakatlar strategiyasida korrupsiyani oldini olish bilan bog'liq chora tadbirlarga alohida e'tibor berilgan bo'lib, korrupsiyaga qarshi kurash ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilangan. Harakatlar strategiyasida belgilab olingan korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog'liq vazifalarni va boshqa ustuvor maqsadlarni amalga oshirishni nazorat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiya tuzildi[15].

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning tashkiliy huquqiy asoslari yaratilgan bo'lib, korrupsiyaga qarshi kurashda asos

Scientific Journal Impact Factor

bo'luvchi xalqaro kelishuvlar ratifikatsiya qilingan, konseptual strategik va milliy reja asosida antikorrupsion hujjatlar, shu bilan birga ularni amalga oshirishga qaratilgan normativ huquqiy qonunlar qabul qilingan.

2003 yilda qabul qilingan BMTning "Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi" dunyo hamjamiyati a'zolari oldiga korrupsiyaga qarshi kurashning tizimli siyosatini ishlab chiqish vazifasini qo'ydi. Jumladan, O'zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashda ijro etuvchi hokimiyatda boshqaruv jarayonlarining aniq va shaffof bo'lishiga korrupsiyaga qarshi kurash ustidan nazoratni amalga oshirishning samarali mexanizmlari hali hanuz ishlab chiqish va mavjud chora tadbirlar tizimini isloh etish talab etiladi.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni aniqlash va ularni oldini olish borasida olib borilgan islohotlar tahsinga sazovordir. Zero, ushbu islohotlar amalda o'z samarasini ko'rsatayotganligini O'zbekiston Respublikasini Tranparency International xalqaro tashkilotining statistik ma'lumotlariga qaraganda korrupsiya indeksi 2007-2020 yillar oralig'ida 9 ballga yoki 175-o'rindan 146-o'ringa ko'tarilganligidan ham bilib olish mumkin[16].

Korrupsiyani yo'q qilishga qaratilgan muhim qadamlardan yana biri bu O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlarga muvofiq 2017 yil 3 yanvar kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunning imzolanishi bo'ldi. Qonunda "korrupsiya", "korrupsion huquqbuzarlik", "manfaatlar to'qnashuvi" kabi tushunchalarga izoh berilgan bo'lib, unga ko'ra:

- aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;

- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo'yicha choralarni amalga oshirish;

- korrupsion huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularning oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish kabilar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari etib belgilangan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevralda PQ-2752-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qaroriga muvofiq 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha

Scientific Journal Impact Factor

Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu Davlat dasturida 5 ta yo'nalish bo'yicha 50 dan ortiq korrupsiyaga qarshi choralarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Respublikamizning 60 dan ortiq vazirlik va idoralarida korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Respublika idoralararo komissiyasi to'g'risida"gi Nizom tasdiqlandi. Komissiyaga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori raislik qiladi va komisiyaning ishchi organi sifatida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi faoliyat olib boradi. Uning tarkibi davlat organlari rahbarlari va ekspertlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy doiradagi 43 nafar a'zodan iborat. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Komissiya huzurida korrupsiyaga qarshi kurash choralari va bu boradagi tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish holatini ko'rib chiqish va tahlil qilish bo'yicha Ekspertlar guruhi tashkil etildi[17].

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligi oshirilishi davlat organlarida korrupsiya bilan bog'liq holatlarni kamaytirishga yo'l ochib berdi. Oliy Majlis palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo'yicha qo'mitalar hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida qonuniylikni ta'minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha doimiy komissiyalar tashkil etildi. Davlat organlari va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (komplayens-nazorat)ni joriy etish yo'lga qo'yildi.

Korrupsiyaga oid islohotlarni amalga oshirishda sud-huquq tizimi ham e'tibordan chetda qolmadi. Avvalo, 2017 yildan boshlab sudyalarni dastlabki besh yillik, keyingi o'n yillik muddatga tayinlash tartibi va keyinchalik muddatsiz (umrbod) lavozimda bo'lish muddati belgilandi. Sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi va Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg'armasi va budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Sud huquq tizimida korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan yana bir muhim voqea O'zbekiston oliy sudi yangi interaktiv veb-saytini ishga tushirilganligi bo'ldi. Veb-saytga E-SUD elektron sud tizimi va E-XSUD hujjat almashish tizimi ulangan bo'lib, bu fuqarolarga hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi. Jinoiy ishlar bo'yicha tergov va sud jarayonlarini

Scientific Journal Impact Factor

osonlashtirish maqsadida 2018 yil sentabr oyidan boshlab "onlayn translyatsiya" interaktiv xizmatining birinchi bosqichi ishga tushirildi.

Harakatlar strategiyasi bilan bog'liq islohotlar doirasida Prokuratura tizimida ham bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi bir qancha prezident farmonlari va qarorlar qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashda prokuratura organlari faoliyatini ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida, 2018 yil iyun oyida Bosh prokuratura rasmiy veb-sayti (prokuratura.uz) ishga tushirildi. Saytda fuqarolarni Bosh prokuraturaga qabul qilish jadvali, O'zbekiston murojaatlari to'g'risidagi Qonun hujjatlari, Bosh prokuratura murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari ro'yxati, shuningdek, viloyat prokurorlari va unga tenglashtirilgan prokurorlarning murojaatlar bilan ishlash bo'yicha katta yordamchilari to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini ijro etishda mulkni elektron onlayn savdolar orqali sotish jarayonini maksimal avtomatlashtirish, inson omilini va auksionlarni o'tkazishda tashqi aralashuvni bartaraf etish maqsadida "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi joriy qilindi.

Yana bir e'tirofga loyiq jihat shundaki, harakatlar strategiyasi davrida eng katta qadamlardan biri Davlat organlari, jamoat va fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasidagi aloqa tizimiga aloxida e'tibor qaratilgani bo'ldi. Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarida yuqori axloqiy me'yorlarni shakllantirish maqsadida kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish yuzasidan ham bir qator qonuniy hujjatlari qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil qilindi. U davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas'ul hisoblanadi[18].

Agentlikka milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, vakant lavozimlarning yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish, davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o'lchanadigan indikatorlari tizimini joriy etish kabi vazifalar yuklatildi. Bundan tashqari, ushbu agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil qilindi.

Bundan tashqari, Korrupsiya bilan bog'liq huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklarning oldini olish Bosh boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi tarkibida korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi tuzildi.

Scientific Journal Impact Factor

Amalga oshirilgan ijobiy ishlarga qaramay, bugungi kunda O'zbekistonda davlat yoki davlat xizmati sohasida amalda bo'lgan yagona qonun yo'q.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish mexanizmini yanada takomillashtirish uchun 2017-2018 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha davlat dasturining 2-bandi 2017 yil oktabrigacha «Davlat xizmati to'g'risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqishni ko'zda tutgan edi. Qonun konsepsiyasi 2017 yil dekabrida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi, tegishli qonun loyihasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi, 2018 yilda qonun konsepsiyasi va loyihasi Adliya vazirligi tomonidan takomilga yetkazilib, Prezident administratsiyasiga kiritilishi, Prezident administratsiyasida ko'rib chiqish natijalari bo'yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishi ko'zda tutilgan edi. Mazkur loyiha davlat xizmatlari organlari faoliyatining barcha sohalariga taalluqli bo'lib, u hamon muhokamalar jarayonida.

Shuningdek, Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik Konvensiyasiga (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar), Korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik Konvensiyasiga (Strasburg, 1999 yil 4 noyabr) va Xalqaro tijorat bitimlarini amalga oshirishda xorijiy mansabdor shaxslarni pora berib sotib olishga qarshi kurashish Konvensiyasiga (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyoti tashkiloti, 1997 yil 17 dekabr) qo'shilish masalasini ko'rib chiqish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida belgilangan xorijiy davlat mansabdor shaxslariga va xalqaro davlat tashkilotlarining mansabdor shaxslariga pora berish, yuridik shaxslarning javobgarligi va boshqa korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini ta'minlash bo'yicha tegishli normalarga milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish kiritilmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, 2010 yildan buyon O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Istanbul harakatlar rejasida ishtirok etmoqda. 2019 yil 21 mart Parijda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Istanbul harakatlar rejasi monitoringining to'rtinchi bosqichi bo'lib o'tdi, uning natijalariga ko'ra xalqaro ekspertlar O'zbekiston ushbu tashkilotning avvalgi barcha tavsiyalari bo'yicha yutuqlarga erishganligini ta'kidlashdi. Mazkur monitoring yakunlari bo'yicha berilgan 47 ta tavsiyalarni bajarish yuzasidan 31.07.2019 yilda «Yo'l xaritasi» tasdiqlandi[19].

Xususan, mazkur tavsiyalar asosida O'zbekiston Respublikasi 2019 yilda Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar

Scientific Journal Impact Factor

to'g'risidagi MDHning Kishinev konvensiyasiga (Kishinyov sh., 2002 yil 7 oktabr) qo'shildi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi asosida respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishda bir qator qonun hujjatlari yaratilib, ommaviy axborot vositalari orqali, turli uchrashuvlar, davra suxbatlari, tadbirlarda aloxida tushuntirilayotgan bo'lsada, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qonunchiligimizda mavjud kamchiliklar bartaraf etilmasligi oqibatida afsuski hali korrupsiyaning keskin kamayishiga erishganimiz yo'q.

Masalan, O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 2 fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida "Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi" deb ko'rsatilgan bo'lsada[23], O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VI bobi, 17-moddasida "Jinoyat sodir etgunga qadar o'n olti yoshga to'lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar" deb ko'rsatib o'tilgan yoki Jinoyat kodeksida Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi to'g'risida aniq ko'rsatmalar belgilanmagan[20].

Shuningdek, huquqiy atamalar borasida Konvensiya mansabdor shaxs (public official) atamasini ishlatadi. Konvensiyaning o'zbek tiliga tarjima qilingan hamda Bosh Prokuratura veb-saytida e'lon qilingan variantida mazkur atama ommaviy mansabdor shaxs sifatida tarjima qilingan. Ammo O'zbekiston qonunchiligida ommaviy mansabdor shaxs tushunchasi mavjud emas. Qonunchilikda mansabdor shaxs tushunchasiga ta'rif berilmagan bo'lib, Rustamboyevning «O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar» (Maxsus qism) kitobida mansabdor shaxs, uning tarkibiga kiruvchi mas'ul mansabdor shaxs, hokimiyati vakillari va boshqa toifalariga ta'rif berilgan[21, 553-bet]. Jinoyat kodeksi moddalarini talqin qilishda mazkur sharhdagi tavsiflarga amal qilinib kelinsada, O'zbekiston qonunlariga ko'ra u rasmiy sharh hisoblanmaydi va normativ xarakterga ega emas. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining (JK) pora berish va pora olish moddalarida mansabdor shaxs atamasi ishlatilgan bo'lib, mansabdor shaxs atamasiga sharhda berilgan tavsif va Konvensiya talab qilgan atama tavsifi o'rtasida tushunmovchiliklar barataraf etilmagan.

E'tiborga loyiq yana bir jihat shundaki, xalqaro standartlarga muvofiq poraxo'rlik jinoyati tarkibining muhim elementlariga aniq ta'rif berib o'tilgan bo'lsada, milliy qonunchiligimizda ushbu elementlar kengroq talqin etilmaganligi korrupsiyaga oid jinoyatlarga xolis baho berishda bir muncha qiyinchiliklar tug'diradi.

Scientific Journal Impact Factor

Ana shunday korrupsiya jinoyati tarkibining asosiy elementlaridan biri nomoddiy bo'lmagan foydani (moddiy ob'ekt bo'lmagan va aniq o'lchovga ega bo'lmagan qimmatlikni) yoki pul bilan bog'liq bo'lmagan yoki ulardan iborat bo'lmagan foydani ham o'z ichiga oladi. O'zbekiston jinoyat qonunchiligiga esa hali ham poraning predmeti sifatida nomoddiy qimmatliklar kiritilmagan.

Poraxo'rlik jinoyatlari tarkibining navbatdagi zaruriy elementi bu jinoyatlarning uchinchi shaxslar manfaatlari yo'lida sodir etilishidir. Bunda jinoyatni kriminalizatsiya qilishda faqat mansabdor shaxs uchun emas, balki boshqa har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs uchun ham moddiy yoki moddiy bo'lmagan qimmatliklarni olishini anglatadi. Xalqaro standartlarga ko'ra, uchinchi tomon har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs bo'lishi mumkin.

O'zbekiston Jinoyat kodeksi, poraxo'rlikni uchinchi shaxslar manfaatlari foydasiga kriminalizatsiya qilmaydi, faqat mansabdor shaxsning o'zi porani olishi yoki bunday shaxsga pora berishini jinoyat deb tan oladi.

Shuningdek, Oliy sud plenumining "poraxo'rlik holatlari bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi qarorida ham poraxo'rlikni uchinchi shaxslar foydasiga jinoiy javobgarlikka tortish masalasiga tegishli emasligi ta'kidlangan[22].

Poraga va'da, taklif va yoki uni qabul qilish. Korrupsiyaga oid navbatdagi muhim elementporaga va'da qilish, taklif qilish yoki uni qabul qilish predmeti Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Konvensiyasi, Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to'g'risidagi Yevropa Kengashi Konvensiyasi va BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasida tugallangan jinoyat sifatida keltirilgan. O'zbekiston Jinoyat kodeksida mazkur jinoyat kriminalizatsiyasi masalasi haligacha hal etilmagan.

Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning navbatdagi elementlaridan yana biri mansab vakolatini suiste'mol qilish uchun javobgarlik masalasi Jinoyat kodeksining 205-moddasida ko'rib chiqilgan. Bu moddaning tahlili unda korrupsiya omilining mavjudligini ko'rsatsa ham ushbu modda kompozitsiyasining majburiy elementlaridan biri bo'lgan "jiddiy ziyon" ("существенный вред") tushunchasining ta'rifi yo'qligidadir.

Istambul harakatlar rejasi doirasidagi monitoring davomida ushbu atama ostida nima nazarda tutilayotganligi, huquq-tartibot idoralari uning mavjudligini qanday aniqlayotganligi xususidagi savolga hech qanday javob ola olmadilar.

Poraxo'rlik jinoyatining keyingi elementi bu ta'sirni suiste'mol qilish bo'lib, BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga ko'ra, ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlikni o'rnatish ixtiyoriydir. Yevropa Kengashining Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to'g'risidagi Konvensiyasining 12-moddasiga ko'ra bu qilmish uchun

Scientific Journal Impact Factor

javobgarlikni o'rnatish bu a'zo davlatlar uchun majburiydir. Istambul harakatlar rejasida ishtirok etuvchi davlat uchun (O'zbekiston uchun ham) kriminalizatsiya qilinishi kerakligi ta'kidlangan bo'lsada, bu borada ham milliy qonunchiligimizda aniq qoidalar belgilanmagan.

Pul yuvish (legallashtirish). Navbatdagi korrupsiya jinoyatining elementi pul yuvish (legallashtirish) haqida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 243-moddasida so'z boradi. Ushbu javobgarlikni qo'llashning muayyan jihatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2011 yil 11 fevraldagi "jinoiy faoliyatdan olingan tushumlarni legallashtirish hollarida sud amaliyotining ayrim masalalari to'g'risida"gi 1-son qarorida belgilab qo'yilgan. Ammo Istambul harakatlar rejasida pul yuvish uchun javobgarlikni O'zbekiston Jinoyat kodeksida yanada aniq qoidalar bilan mustahkamlab qo'yish tavsiya etildi.

Korrupsiya jinoyatlarini ochishda e'tiborga loyiq bo'lgan yana bir muhim element bu chet el amaldorlarining poraxo'rligidir. Jinoyat kodeksining VIII bo'limida belgilangan ta'rifga ko'ra, chet el mansabdor shaxsining ta'rifi mansabdor shaxsning umumiy ta'rifiga kiritilgan. Bu ta'rif xalqaro standartlarga to'la mos kelmaydi. Bu ta'rif Konvensiyalarda nazarda tutilganidan ancha tor bo'lib, hatto ba'zi o'rinlarda korrupsiyaning bu turiga xos xususiyatlar keng yoritilmagan.

Korrupsion jinoyatlarning boshqa tarkibiy xusuiyatlariga to'xtaladigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida bir necha korrupsion harakatlar, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilganligi ajablanarlidir[24]. Xususan, 611-modda (Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og'dirib olish), 1931-modda (Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og'dirib olish), 1932-modda (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi) kabi harakatlar uchun ma'muriy javobgarlik xalqaro standartlarga zid bo'lib, tegishli kompozitsiyalar ma'muriy javobgarlik kodeksidan olib tashlanishi va Jinoyat kodeksiga qamrab olinishi kerak.

Xalqaro standartlarga ko'ra, korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar samarali, mutanosib bo'lishi va to'xtatuvchi ta'sirga ega bo'lishi kerak. Bundan kelib chiqib yondoshadigan bo'lsak, Respublikamiz qonunchiligida ko'zda tutilgan sanksiyalar ham bir qancha kamchiliklardan xoli emasligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 19210-213-214-moddalarida korrupsion jinoyatlarga belgilangan sanksiyalarda xalqaro me'yorlarni to'liq hisobga

Scientific Journal Impact Factor

olinmagan, chunki ularda ozodlikdan mahrum qilish shaklida jazo berish nazarda tutilmagan. Shuningdek, bunda jinoiy javobgarlik uchun asos sifatida qaraladigan "ma'muriy preyuditsiya" kabi salbiy holatni mavjudligi ham, xalqaro huquqiy yordamni amalga oshirish uchun to'siq bo'ladi.

Ahamiyatlisi shundaki, korrupsiyaga qarshi kurashda Istambul harakatlar rejasi doirasidagi monitoring ekspertlari BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 12-moddasi, 3-qismida qayd etilgani kabi xalqaro shartnoma deb hisoblash mumkinmi, degan savolga javob olishmagan.

Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish borasida ham bir qancha kamchiliklar mavjud. Jumladan, BMT Konvensiyasining 31-moddasida korrupsion jinoyatlardan olingan daromad yoki jinoyat quroli deb topilgan ashyolar musodara qilinishi ko'zda tutilgan. Biroq, O'zbekiston Respublikasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ning 211-moddasi 1 va 5-qismlari "musodara va musodara qilinishi mumkin bo'lgan ashyolar" tushunchasini belgilamasdan, uni qo'llash tartibini tartibga soladi. O'zbekiston Respublikasining 16.10.2017 yilgi Qonun bilan JPKning 211-moddasi 1-bandiga o'zgartirish kiritgan bo'lsada, bu o'zgarish musodara va musodara qilinuvchi narsalar masalasini hal qilmasdan, jinoyat sodir etish uchun ishlatilgan mulkni huquqiy egalarining kafolatlarini amalga oshirishga qaratilgan. O'z navbatida, O'zbekiston JPKning 211-moddasi 5-bandi va 289-moddasi qoidalari o'zgarishsiz qoldi.

O'zbekiston JPKda "musodara" tushunchasining alohida ta'rifi yo'qligicha qolmoqda. O'zbekiston jinoyat qonunchiligida hali ham musodara qilish ta'rifi, shuningdek, xalqaro standartlarda talab qilinadigan barcha elementlar mavjud emas.

O'zbekiston qonunchiligida javobgarlikning amal qilish muddati sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar xisoblab chiqilishi muammoligicha qolmoqda. O'zbekiston qonunchiligida aksariyat korrupsion jinoyatlarda javobgarlikni amal qilish muddati sifatida 2 yil muddat keltirib o'tilgan. Istambul harakatlar rejasi monitoringi 4-bosqichi yakuniy xisobotida javobgarlikning amal qilish muddati sifatida 2 yil muddat kam ekanligi, korrupsion jinoyatlarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli vaqtni ta'minlash maqsadida javobgarlikni amal qilish muddati kamida 5 yil bo'lishi ta'kidlangan.

Javobgarlikdan ozod bo'lish. JKning bir necha moddalarida (192-9, 211, 212, 213) poraxo'rlik bilan bog'liq qilmishni sodir etgan shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o'ttiz sutka ichida o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, u

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

javobgarlikdan ozod etiladi. Bu muddat xalqaro standartlar bo'yicha muammoli holatdir. 30 sutkalik davr juda uzoq va amalda uni qaysi nuqtadan hisoblash kerakligini aniqlash qiyin bo'lishi mumkin. Shuningdek, «Chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam berish» elementlari Jinoyat kodeksida ham, Oliy sud Plenumi qarorida ham aniq bayon etilmagan va shu sababli amaliyotda ixtiyoriy qo'llanilishi mumkin. Eng achinarlisi aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod bo'lishini (JK 66-moddasi) korrupsion jinoyatlarga qo'llanilayotganligi xalqaro standartlarga javob bermaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, bugungi kundan korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijaga erishish uchun quyidagilar hal etilishi lozim bo'lgan masalalar sirasiga kiradi:

1. O'zbekistonda davlat xizmati sohasida hali ham qonuniy kuchda bo'lgan yagona qonun mavjud emas;

2. Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish to'g'risidagi qoidalar qonun hujjatlariga kiritilgan bo'lsada, ularni to'g'ri qo'llash yanada tartibga solishni talab qiladi, shu jumladan, intizomiy jazo choralari bilan cheklanmasligi kerak bo'lgan javobgarlik choralarini kengaytirish zarur;

3. Boshqa korrupsiyaga qarshi vositalarni takomillashtirish kerak. Misol uchun, xulq-atvor qoidalarini samarali qo'llash ustidan nazoratni ta'minlash tavsiya etiladi;

4. O'zbekiston Respublikasi tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 106-yalpi majlisida 34/169-Rezolyutsiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan "Huquqiy tartibotni saqlash bo'yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi" va BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyutsiyasi bilan 1989 yil 24 mayda qabul qilingan "Huquqiy tartibotni saqlash bo'yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar"ini ratifikasiya qilish tavsiya etiladi.

Bunda barcha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tanlab, hukumatlar, shuningdek, mintaqaviy va mintaqalararo darajalarda samarali tajriba almashish orqali ta'lim va o'qitishga katta ahamiyat berilsa, ular uchun yetarli ish haqi va tegishli ish sharoitlari ta'minlansa, ichki intizomni va tashqi nazoratni ta'minlashning samarali mexanizmlari yaratilsa, jamiyat a'zolarining ularga qarshi shikoyatlarini qabul qilish va ko'rib chiqish uchun yuqorida ko'rsatilgan mexanizmlar asosida aniq qoidalar ishlab chiqilsa hamda bunday qoidalar mavjudligi jamoatchilikka ma'lum qilinsa ma'lum darajada korrupsiyaga chek qo'yiladi;

302

Scientific Journal Impact Factor

5. Davlat xizmatchilarining aktivlari va mulkiy manfaatlarini deklaratsiya qilish to'g'risidagi normalar to'liq emas;

6. Sud tizimida iyerarxiya saqlanib qolmoqda, sudlar raislariga, sudyalarga siyosiy organlar va prokuratura ortiqcha ta'sir ko'rsatadi, sudyalarning haqiqiy mustaqilligi haligacha ta'minlanganicha yo'q;

7. O'zbekistonda ma'muriy yustitsiyani rivojlantirish, aholiga huquqiy yordam ko'rsatish tizimini yaratish, Ombudsman institutini kuchaytirish bilan prokurorlarning nazorat vakolatlarini qisqartirish yoki maksimal darajada qisqartirish kerak. Bundan tashqari, prokuratura vakolatidan o'ziga xos bo'lmagan funksiyalarni chiqarib tashlash, tegishli vakolatlarni ijro etuvchi organlarga topshirish kerak;

8. Davlat xaridlari sohasi korrupsiya xavfi yuqori bo'lgan soha bo'lib qolmoqda. Shu sababli, davlat xaridlarini tashkil etish va tartibga solishning yangicha tizimini qaytadan ko'rib chiqish lozim;

9. Elektron vositalarini joriy etish va yanada kengaytirish, aholiga xizmat ko'rsatish va axborot berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan sa'y-harakatlar korrupsiyaga qarshi ijobiy ta'sirga ega;

10. Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga implementatsiya qilish lozim.

Shular bilan bir qatorda, mamlakatimizda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, ushbu sohadagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ushbu illatni ildizi bilan yo'q qilish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirishda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, davlat boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, videokuzatuv tizimlari, elektron hisob-kitob va almashinuv, idoralararo ma'lumotlar bazalarini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.Friedrich Carl J. The Pathology of Politics: Violence, Betrayal Corruption, Secrecy and Propaganda. NewYork: Harper&Row, 1972.

2. Волженкин Б.В. Коррупция: серия —Современные стандарты в уголовном праве и уголовном процессе!. - СПб., 1998.

3. Мишин Г.К. О теоретической разработке проблемы коррупции / Под ред. В.В. Лунеева // Коррупция: политические, экономические, организационные и правовые проблемы.- М.: Юрист, 2001.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

4. TheOxfordEnglishDictionary, SecondEdition, 1986. Vol. 3.

5. Э.Бегматов, А Мадвалиев, Н.Махкамов, Т.Мирзаев, Н.Тухлиев, Э.Умаров, Д.Худойберганова, А.Хожиев Узбек тилининг изошли лугати - Узбекистан миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, Тошкент 2006-2008.409бет

6. Bryce J. Modern Democracies. - New York: The Macmillan Company, 1921.

7. Дюверже М. Политические партии. - М.: Академический Проект, 2000.

8. https://xs.uz/uzkr/post/korruptsiya-va-millii-taraqqiyot-muammo-va-echim

9. Роуз-Аккерман С. Коррупция и государство. Причины, следствия, реформы / пер. с англ. О.А. Алякринского. - М.: Логос, 2003.

10. Борзенков Г.Н. Уголовно,правовые меры борьбы с коррупцией. // Вестник Московского университета. Серия 11. Право. 1993. № 1.

11. Кушниренко С.П. Понятие и основы профилактики коррупции // Противодействие коррупции на муниципальном уровне: сборник - М.: Волтерс Клувер, 2008. - С. 3-30.

12. Лопатин В.Н. О системном подходе в антикоррупционной политике // Государство и право. - 2001. - № 7.

13. Нурмухаммедова Г.Б. Коррупция билан богли; жиноятлар профилактикаси механизмларини такомиллаштириш: усуллари ва йуналишлари // Юрист ахборотномаси - Вестник юриста - Lawyer herald. № 1 (2021), Б. 189-201.

14.https://lex.uz/docs/3107036

15.https://lex.uz/docs/3107036#3109393

16. Коррупцияга карши кураш тармоги Истамбул Хдракатлар Режаси (ИХР) доирасида Шаркий Европа ва Марказий Осиё давлатларининг 2016-2019 йилларда коррупцияга карши кураш сохдсидаги ислохртлари Мониторинги. www.oecd.org/corruption/acn

17. Узбекистон Республикаси Жиноят кодексининг VI боб, 17-модда;

18. Рустамбоевнинг «Узбекистон Республикаси Жиноят кодексига Шархлар» (Махсус кисм) 553-бет;

19. https://lex.uz/docs/1449106;

20. Узбекистон Республикаси маъмурий жавобгарлик тугрисидаги кодекс VII-XVI-боблар

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.