Научная статья на тему 'PEDAGOGOK TA’LIMNING INNOVATSION KLASTERI MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA'

PEDAGOGOK TA’LIMNING INNOVATSION KLASTERI MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

170
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / klaster / musiqa / maktab / tarbiya / pedagogy / cluster / music / school / education.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shohida Rahmatullayevna Mahkamova, Mastura Abduvaxobovna Asadullayeva

Ushbu maqolada insoniyat vujudga kelishi va uni rivojlanib taraqqiy topishida musiqaning o’rni va ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Bayon etilgan ma’lumotlar o’z navbatida, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Al-Farobiy kabi buyuk ajdodlarimizning musiqaga bildirgan fikrlari bilan boyitilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE CLUSTER OF PEDAGOGICAL EDUCATION IN MUSIC CULTURE CLASSES

This article provides an overview of the role and importance of music in the evolution and development of humankind. The information provided, in turn, is enriched with music by our great ancestors, such as Ibn Sina, Alisher Navoi, AlFarabi.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGOK TA’LIMNING INNOVATSION KLASTERI MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-477-482

PEDAGOGOK TA'LIMNING INNOVATSION KLASTERI MUSIQA

MADANIYATI DARSLARIDA

Shohida Rahmatullayevna Mahkamova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Musiqa ta'limi "kafedrasi

mudiri

Mastura Abduvaxobovna Asadullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Musiqa ta'limi "kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada insoniyat vujudga kelishi va uni rivojlanib taraqqiy topishida musiqaning o'rni va ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Bayon etilgan ma'lumotlar o'z navbatida, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Al-Farobiy kabi buyuk ajdodlarimizning musiqaga bildirgan fikrlari bilan boyitilgan.

Kalit so'zlar: pedagogika, klaster, musiqa, maktab, tarbiya.

INNOVATIVE CLUSTER OF PEDAGOGICAL EDUCATION IN MUSIC

CULTURE CLASSES

ABSTRACT

This article provides an overview of the role and importance of music in the evolution and development of humankind. The information provided, in turn, is enriched with music by our great ancestors, such as Ibn Sina, Alisher Navoi, Al-Farabi.

Keywords: pedagogy, cluster, music, school, education.

KIRISH

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Har bir insonning ma'naviy shakllanishida oilaning, maktabning, jamiyatning ahamiyati katta. Chunki insonning insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-477-482

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standarti (DTS) ni belgilab beruvchi mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qaroriga asosan qabul qilindi. Mazkur me'yoriy xujjatda barcha fanlar qatori musiqa fanidan uzluksiz majburiy ta'limning Davlat ta'lim standartini takomillashtirishga qaratilgan, kompetesiyaviy yondashuvga asoslangan yangi taxrirdagi standartning amaliyotga joriy etilishi ta'lim sifatining huquqiy tomonini belgilab bersa, uning amaliyotga joriy etilishdagi pedagogik jixatlari fanni metodikasini belgilab beradi. Ta'lim oluvchilar ya'ni: bog'cha tarbiyalanuvchisi, maktab o'quvchilari, oliy ta'lim muassasa bitiruvchilari hamda oliy ta'limdan keying bosqichdagilarning barchasi yagona ta'lim klasteri asosida bog'lanadi. Shuningdek yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko'plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o'rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, insonni atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Haqiqiy musiqa asarlari zamonning estetik-axloqiy va siyosiy g'oyalarini umumlashtiradi. Inson hayotini musiqa san'atisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. San'at kishilarga faqatgina ma'naviy ozuqa beribgina qolmasdan, jismoniy kamolotga erishuvida ham muhim o'rin tutadi. Musiqa san'atining axloqiy-estetik tarbiyadagi rolini to'g'ri his etib, uning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini aslo unutmaslik zarur. Musiqiy go'zallik insonning ma'naviy qiyofasi shakllanishida muhim omildir.

Barcha fanlarda bo'lgani kabi musiqa fanida ham pedagogik ta'lim innovatsion klasteri ta'limda tayanch kompetensiyalarni shakillantirish asnosida zamon talabidagi har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlashni ko'zda tutadi.

Klaster nazariyasining asoschisi Garvard universiteti professori Maykl Porterning fikriga ko'ra klasterning muvafaqqiyatli rivojlanishi barqaror rivojlanish strategiyasining mavjudligiga bog'liq.

Donishmand xalqimiz azal-azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo'l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo'shiq aytishga, soz chalishga o'rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so'zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo'l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun qadimdan har bir oilada musiqa cholg'u

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-477-482

asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo'lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma'naviyatli, go'zallikni his eta oladigan inson bolishi kerak. "Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etilishi, ularni qanday tarbiya olishiga bog'liq. Chunki ma'naviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo'ladi" !. deb ta'kidlaganlar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.

Musiqa go'zallikka intilish, estetik ehtiyoj tug'ma hislat emas. U insonda mehnat va atrof-tevarakdagi olamni ta'sirida paydo bo'lgan. Tashqi olamni o'zgartirish bilan insonning o'zi ham o'zgarib bordi, bunda faqat u jismoniy jihatdangina taraqqiy qilib qolmay, balki ma'naviy jihatdan ham taraqqiy etdi. Insonning ma'naviy qobiliyati va avvalo, estetik hissi asta-sekin taraqqiy etib, tarbiyalanib boradi. Musiqa san'ati hayotni bilish va inson tarbiyasining qudratli vositasidir. Ammo uning bilish va tarbiyalashdagi xizmat darajasi kishiga estetik, badiiy jihatdan ta'sir etish kuchiga bog'liqdir. Musiqa san'ati kishi faoliyatining muayyan bir turi bo'lib, uning vazifasi jamiyatga estetik xizmat ko'rsatishdir. Shu ma'noda uning o'rnini hech bir narsa bosa olmaydi. Musiqa ijtimoiy hayotning hamma sohalarida faol sur'atda o'rin oladi. Shunday qilib, voqelikka bo'lgan estetik munosabat bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlarida ham, mehnatga, maishiy hayotga va odamlar munosabatiga olib kiriladigan badiiy asoslarda ham ifodalanadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Har bir san'at turi singari musiqa san'ati ham juda qadim zamonlarda, odamlar g'orlarda yashab, tosh qurollaridan foydalanib, hayvon terilarini yopinib yurgan o'tmish davrlarida paydo bo'lgan. Unda odamlaming ma'naviy dunyosi cheklangan, tili kambag'al, atrofdagi voqea - hodisalar haqidagi tasavvurlari juda noaniq edi. Lekin shunga qaramay musiqiy asarlarni, garchi u asarlar "yovvoyi" holatda bo'lsada, qadimgi odamlar yaratgan. San'atning deyarli hamma turlari minglab yillar ilgari vujudga kelgan. San'at qandaydir birgina yerdagina emas, balki bir yo'la bir necha qit'alarda, turli kengliklar, iqlim sharoitlarida paydo bo'ldi. Qoyalardagi juda qadimgi zamon tasvirlari Afrikada ham, Ispaniyada ham, Onega ko'li qirg'oqlarida ham, Xitoyda ham topildi. Qadimgi Yunonistonda "musiqa bilan davolash ilmi" keng taraqqiy etgan. Masalan: matematik va faylasuf Pifagor musiqani kishi ruhiga va tanasiga har tomonlama davo bo'ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Aytishlaricha, Iskandar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 12 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-477-482

Zulqarnayn ham ko'p ishlami musiqa sadolari ostida bajargan. O'zbek xalqi yaratgan musiqiy merosning ildizlari juda uzoq asrlarga borib taqaladi. Ajdodlarimizning maftunkor tasviriy san'ati tufayli bizgacha yetib kelgan yodgorliklar o'zbek cholg'u musiqasi qadim zamonlardan boshlanganligini ko'rsatadi. Ko'xna Afrosiyobda olib borilgan qazilmalarda qo'lida surnay ushlagan haykalcha topilgan. Olimlar bu haykalchani eramizdan, ya'ni miloddan avval III-I asarlarda yaratilgan, deb tahmin qilmoqdalar. Ayritosh nomi bilan fanda mashhur bo'lgan nodir yodgorliklar, Sulton Uvays tog'ining janubiy tizmalari boshlanadigan tekislikdagi qadimiy To'proq qal'adan arfa chaluvchi ayol tasviri tushirilgan topilmalar olimlar fikricha, III-IV asrlarga mansub ekan. VIII-XII asarlarda Sharqshunoslik tarixida "Sharq yoki musulmon Renessansi" davri deb nom olgan davr Sharqda O'rta asrlardagi barcha taraqqiyotlarning eng yuksak cho'qqisi hisoblanadi. Abu Yusuf Yoqub ibn Is'hoq al-Kindiy, Abu Nasr ibn Muhammad al- Forobiy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar shu davrning ajoyib vakillari bo'lganlar.

Al-Forobiyning musiqaga bag'ishlangan "Kitob ul-musiqiy al-Kabr" ("Musiqa haqida katta kitob") asarida yozilishicha, musiqa haqidagi fan amaliy va nazariy sohalardan iborat.

S Birinchisi musiqiy asboblar yordamida musiqiy asarlarni ijro etishga oid soha. S Ikkinchisi esa ohanglaming kelib chiqishi va musiqiy asarlarni yaratilish qonunlarini o'rganadi.

Forobiyning tabiricha san'at, shu jumladan, musiqa ilohiy ne'mat emas, balki inson ijodining mahsulidir. Uning vazifasi insonga o'z intellektual va axloqiy sifatlarini takomillashtirishda foydali bo'lishidan iborat.

Musiqa haqida Abu Ali Ibn Sino o'zining asarida yozgan. Bu "Kitob ash-shifo", ("Shifo kitobi") nomli ko'p jildlik qomusiy asaming musiqa haqidagi bo'limidir. Ibn Sinoning ta'rificha, san'at, jumladan, musiqa fandir. Bundan san'atning "aql bilan idrok etish" yoki "buyumlaming bilish" mohiyati kelib chiqadi. Ibn Sino musiqaning tarbiyaviy mohiyatini alohida ta'kidlab o'tgan. Bunda san'at vositasi orqali estetik didni tarbiyalashga asosiy e'tibor qaratilgan. Buyuk olim ta'kidlaydiki, shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun ikki tomonlama-jismoniy barkamollik uchun jismoniy mashqlar, ma'naviy rivojlanishi uchun musiqa va boshqa san'at turlari orqali ta'sir o'tkazish lozim.

She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy nozik ta'b, yuksak zakovat egasi sifatida musiqani sevib tinglar, dil-dildan zavqlanardi. Shoir talantli

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-477-482

san'atkorlarga hamisha g'amxo'rlik qildi, yoshlarning kamoloti uchun tinmay qayg'urdi. Insoning kamolotga yetishuvida asosiy rol o'ynovchi vositalardan biri - musiqa san'atidan bahramand bo'lish deb bildi. "Musiqani idrok etmagan shoir nim shoirdir", - deydi, A.Navoiy. Bu kalima shoir estetik qarashlarining mohiyatini yaqqol ko'rsatadi. O'zbek xalqi hayotidagi murakkab tarixiy sharoitlar madaniyat va turmushning feodal me'yorlari doirasidan tashqari chiqish imkonini bermagan. Asrlar davomida yig'ilgan oddiy va ma'naviy boyliklami bosqinchilar egallab olgan yoki yo'q qilib tashlashgan. Qilich va zo'rlik o'zbek xalqining ko'pgina madaniy boyiklarini yo'q qilib yubordi. Lekin shunga qaramasdan davrlar osha, tarixiy davrlar osha xalqning qimmatli madaniy merosi shu kunlarga yetib keldi.

Ongli mehnat jarayonida inson tafakkuri takomillashdi va taraqqiy etdi. His-tuyg'ularni, kayfiyat, ehtiroslarni ifodalash musiqaning eng kuchli xususiyatiga aylandi. Kishining his va kayfiyati o'z-o'zicha namoyon bo'lmaydi. Kishining his va kayfiyatlari manbai real hayotdir. Biz vaziyat ta'siriga ko'ra yo g'am chekamiz, yoki xursand bo'lamiz, g'azabimiz oshadi, yoki shodligimiz ichimizga sig'maydi, yoki ranju-alam chekamiz. Binobarin, agar musiqa bunday his-tuyg'ularni ifodalar ekan, demak, u voqelikni aks ettiradi. Ammo musiqa mazmunini muayyan bir hislar ifodasidan iborat qilib qo'yish yaramaydi. Musiqa, shuningdek, fikrlarni o'zida mujassamlantirishga ham qobildir. Musiqiy merosni asrash tushunchasining mohiyati shunchaki o'tmish g'oyalarini ko'r-ko'rona takrorlash va saqlash emas, balki uni ongli dunyoqarash va insoniyat manfaatlari nuqtai nazaridan rivojlantirish, tanqidiy o'zlashtirish va ijodni qayta ko'rib chiqish zarurligini bildiradi. Kompozitorlarimizning xalq musiqa san'atini ijodiy o'rganishi natijasida o'zbek madaniyati xazinasiga bebaho dur bo'lib qo'shilgan san'at asarlari vujudga keldi. Go'zallikka tashnalik sezgan inson qalbidan, yurak to'ridan o'rin olgan qo'shiqlar kompozitorlar ijodini

shakllanishida fundamental asos sanaladi.

O'qitishning klaster usuli o'quv materiallarining puxta, tizimli vabosqichma-bosqichlikda bo'lishini taqazo etadi. Ularda nazariy bilim va ko'nikmalar hayot talablariga mos va uyg'un bo'lishi shart. Shu sababli o'quv adabiyotlarining mavzulari, boblari o'zaro bog'liq bo'lishi va ta'lim yoki kurs bosqichlarida bir-birini takrorlamasligi, mutaxassislik va pedagogic turkumlardagi fanlarning integrallashuviga erishish muammolarini hal etish taqazo etilmoqda. Bu borada ilmiy va amaliy izlanishlar olib borilmoqda, hozirgi kunda bu masalada muayyan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-477-482

masalalarga kelindi va endigi maqsad o'quv materiallarini klaster usuli talablariga mos ravishda ishlab chiqarishdan iborat.

XULOSA

Xulosa qilib, musiqa voqelikni alohida, faqat unga xos shaklda aks ettiradi, jamiyat va zamonning asosiy g'oyalarini, kishilar munosabatidagi eng muhim narsalarni ifodalaydi. Musiqa voqelikni falsafiy umumlashtirilgan asosda anglaydi. Har bir kompozitor ijodida u yashayotgan zamonning, davrning qandaydir xususiyati o'z ifodasini topadi. Musiqaning kishilarga ta'siri juda kuchlidir, chunki u kishilar his-tuyg'ularini o'ziga maftun etadigan, yuksak emotsional san'atdir. Musiqa kishiga ilgari uncha ma'lum bo'lmagan ajoyib yuksak tuyg'ularni ochib beradi, u kishini o'zgartirib yuborishga, uning qalbini noziklashtirishga, ruhan boyitishga qodir. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy g'oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma'naviy ozuqa beradi. Shuningdek, musiqa insonni go'zallikka yetaklovchi bir vosita bo'lib, u insonning estetik va emotsional xususiyatlarini shakllantiradi. Shuning uchun ham musiqani inson tabiatidagi barcha yaxshi hislatlarning ifodasi deb bekorga aytmaganlar. Musiqani sevgan kishi ruhan boyiydi, qalban noziklashadi, ma'naviyati yuksaladi.

REFERENCES

l.I.A. Karimov "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch", - T."Ma'naviyat nashriyoti", 2008-yil

2. T.Ortiqov. Musiqa o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. T.2010 y.

3. Mannonov S. O'zbek xalq musiqa madaniyati. Monografiya.

4.H.Nurmatov, N.Yo'ldosheva « O'zbek xalq musiqasi ijadiyoti» o'quv qo'llanma. -Т «G'ofur G'ulom» nashriyoti, 2007 y.

5.H.Nurmatov, O.Ibrohimov Musiqan o'quv qo'llanma. - T.O'qituvchi nashriyoti 1997 y.

6. G. Sharipova «Musiqa metodikasi». - Т.« O'zbekiston faylasuflar» nashriyoti, 2012 у

7. Махкамова, Ш. Р. (2020). Мусика илми ва ислом дини: талкин муаммоси. Academic research in educational sciences, (3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.