PEDAGOGIK VOSITALAR YORDAMIDA OLIY TA'LIMNING TEXNIKA YO'NALISHI TALABALARIGA KOMIL INSON G'OYASINI
TUSHUNTIRISH
Iroda Adambayevna Xajiyeva
TATU Urganch filiali dotsenti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada manaviy qadriyatlarimizda, diniy asarlarda komil insonga munosabat, komil insonning o'ziga xos jihatlari, insoniylik tuyg'usi to'g'risida mulohaza yuritilgan. Komil inson tushunchasini texnika yo'nalishidagi talabalarga tushuntirishning usul va vositalari bayon etilgan. Yoshlarni barkamolik ruhida tarbiyalashda talimning o'rniga e'tibor qaratilgan. Maqolada darsning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan meros hamda ularda "komil inson" g'oyasiga nisbatan bildirilgan munosabatlar keltirib, tahlil ostiga olindi. Muhokama jarayonida diniy, dunyoviy, tasavvufiy adabiyotlarda komil inson to'g'risidagi malumotlarga murojaat etildi. "Komil inson" tushunchasini talabalarga tushuntirishda oliy talim muassasining imkoniyatidan kelib chiqqan holda elektron taqdimotlar, kompyuter, proyektordan foydalanish, tezkor savol-javoblar o'tkazish mumkinligi takidlandi. Shuningdek, bugungi kunda butun insoniyatga xavf solayotgan ekstremistik va terroristik g'oyalarga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri har bir shaxsning manaviy yetuk inson bo'lishiga bog'liq ekanligiga e'tibor qaratildi. Maqoladagi malumotlardan texnika yo'nalishidagi oliy talim muassasalarida o'qitiladigan "Talim nazariyasi", "Pedagogika. Psixologiya", "Talim psixologiyasi", "Dinshunoslik" kabi bir qator fanlar tarkibida o'qitiladigan mavzulardan foydalanish mumkinligi ko'rsatib o'tildi.
Kalit so'zlar: Komil inson, oliy talim, tasavvur, tasavvuf, globallashuv, diniy adabiyot, meros, bilim, Alloh, yoshlar.
ABSTRACT
This article is focused on a sense of humanity, attitude towards a harmoniously developed person, the features of a harmoniously developed person in religious works and our spiritual values. It is also describes methods and means of explaining the concept of a harmoniously developed person to students of technical sciences . When educating young people in a spirit of harmony, the focus is on education. Based on the content and
April, 2022
1049
essence of the lesson, the article analyzes the heritage created by our ancestors and their attitude to the idea of a "harmonious person". During the discussion, information about a harmoniously developed person was mentioned in religious, secular, and mystical literature. When explaining the concept of "harmoniously developed person" to students, it was noted that, depending on the capabilities of the university, it is possible to use electronic presentations, computers, projectors, question-and-answer conversations. It was also pointed out that one of the main factors in the fight against extremist and terrorist ideas that threaten all of humanity today depends on the fact that each person is a spiritually mature person. It is noted that the information of the article can be used in the studied topics taught in technical universities of such disciplines as "Theory of Education", "Pedagogy", "Psychology", "Pedagogical Psychology", "Religion".
Keywords: Harmoniously developed person, higher education, imagination, mysticism, globalization, religious literature, heritage, knowledge, Allah, youth.
KIRISH
Dunyoning mafkuraviy manzarasi tobora murakkablashib, globallashuv jarayonlari mislsiz darajada avj olayotgan bugungi kunda komil insonni tarbiyalash g'oyat dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, globallashuv natijasida yashin tezligida tarqalayotgan axborotlarning barchasini o'z holicha qabul qilish har bir shaxs hayotini tubdan o'zgartirib yuborishi tabiiy.
Malumki, tarbiya bu - insonning o'zi va o'z xulqi haqidagi tasavvurining to'g'ri va xolis bo'lishini taminlovchi murakkab jarayondir. Ayni shu murakkab jarayonni amalga oshirish oilaning ustunlari - ota-ona zimmasiga yuklatilgan. Bu esa ota-onadan tarbiyani to'g'ri tashkil qilishni talab etadi. Chunki har qanday tarbiyaning bosh mezoni tarbiyalanuvchida o'zi va o'z fazilatlari haqida to'g'ri tasavvurlarni shakllantirishdan iborat. Tarbiya har bir davr va taraqqiyot bilan ham chambarchas bog'langan. Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim bo'lgan yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyatlari va ehtiyojlariga qay darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Tarbiya natijasida insonning manaviyati, manaviy qiyofasi shakllantiriladi.
Manaviyat insonning ruhiy va aqliy olami majmuini o'zida mujassam qiladigan murakkab ijtimoiy hodisadir. Aniqroq qilib aytganda, manaviyat - inson faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi, ongi, aql-zakovatining mahsuli [8,29], inson qalbida, ko'ngil ko'zgusida aks etgan haqiqat nuridir [9,14].
April, 2022
1050
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganidek, farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, sog'lom hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon o'zining dolzarbligini yo'qotmaydigan masala hisoblanadi. [1,256].
Zero, manaviyatni shakllantirish orqaligina yuksak manaviyatli, ilmli, zakovatli, bir so'z bilan aytganda, komil insonni tarbiyalash mumkin.
Tarbiyaning makon va zamon tanlamasligini inobatga olgan holda biz talim muassasalarida ham talimni tarbiyadan ajratmasligimiz lozim. Zero, maqsadimiz O'zbekistonning kelajagi sanalgan yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalashdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Komil insonni tarbiyalashga doir bir necha kitoblar chop etildi, o'z navbatida davlatimizda keng hajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Mazkur ishlar qatorida B.Ziyomuhamedov1, N.Komilov2, M.Xayrullayev3, S.Nishonova4, R.Karimov5, G.X. Ibragimova6, Z.Q.Ismailova7, R. Mamatqulova,8 Q.Nazarov va A.Ochildiyev,9 M.Hamdamova10, Sh.Qurbonov11 O.Hasanboyeva12 I.Ergashevlar13, M.Quronov14, prof M.Imomnazarov,15 prof.M.Lafasov,16 dotsent M.Hamdamova17
1 Ziyomuxamedov. B Komillikka elituvchi kitob. Toshkent.: "Turon iqbol" 2oo6.
2 Komilov.N Muallif haqida ikki hikoya. /Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnoma Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1994. 8-sahifa
3 Xayrullayev M.M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkirlari. Toshkent.: O'zbekiston. 1971.
4 Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. T.: Istiqlol 2003
5 Karimov.R. Xind mutafakkirlarining komil inson haqidagi falsafiy fikrlari.T.: "Mutarjim". 2005.
6 Ibragimova G.X. Kasb talimida talaba yoshlar ma'naviyatini milliy istiqlol g'oyasi asosida shakllantirish. 13.00.01. ped.f.d. il.dar.olish uchun yoz.diss. 231b, ToshDPU, 2005.
7 Ismailova Z.Q. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va eksprimental metodik asoslari (milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar asosida)13.00.06. ped.f.d. il.dar.olish uchun yoz.diss.Tosh., 2006.
8 Mamatqulova Raxima. Milliy ma naviy meros asosida universitetlarning talabalarida xulq - odob fazilatlarini tarbiyalash:Ped.f.nom. diss(13.00.01.)ToshDU - T., 1995. - 220 b.
9 Nazarov Q., Ochildiyev A. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. -T.: «Yangi asr avlodi», 2002..
10 Xamdamova M.Z. «Ta'lim va tarbiya texnologiyasi» (Ma'naviyat asoslari va pedagogika darslari misolida metodik qo'llanma) ToshDShI, Toshkent shahar "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2009. 152 bet. 9,5.b/t.
11 Qurbonov Sh.E. Sotsialno-pedagogicheskiye osobennosti natsionalnoy modeli i programmbi po podgotovke kadrov. Atoref.diss..dokt.ped.nauk. T., 2000.54 s.:
12 Hasanboyeva O. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi. -T., 1996. -91 b.
13 Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g'oyasi: O'zbekiston Respublikasi Oliy talim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005.
14 Quranov M. Yoshlarni milliy mafkuraviy tarbiyalash - texnologik masala. // «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish sharoitida yosh avlodni ma'naviy tarbiyalash shakl va usullari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. -Toshkent. 2001.
15Imomnazarov.M. Milliy ma'naviyatimiz asoslari. O'quv qo'll.Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi.- T.:O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2006.
16 Lafasov.M. Milliy mafkura fani o'qitish metodikasi (metodik qo'llanma) T.:2012.
17 Xamdamova. M. Milliy g'oya asosida uzluksiz talim tarbiyani rivojlantirish mexanizmlari. T.: "Fan va texnologiya".2009.
April, 2022
1051
1 Я
va akademik E.Yusupov kabi olimlarimiz ham o'z ilmiy tadqiqot ishlari va monografiyalarida "Komil inson g'oyasi" to'g'risida o'z fikr va mulohazalarini bildirishgan.
METODOLOGIYA:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ajdodlarimiz merosi, olimlarimizning ilmiy ishlari komil inson talqinini texnika yo'nalishida talim olayotgan talabalarga tushuntirishdagi fikrlarimiz bayon etiladigan maqolaning metodologik asosini tashkil etadi.
Metod:
Maqolada malumotlar qiyosiy-tahlil metodi asosida yoritildi.
Natija:
Texnika yo'nalishidagi talim tashkilotlarida talabalarga "komil inson" tushunchasini anglatishda pedagogik usul va vositalardan foydalanish va samaradorlikka erishish.
MUHOKAMA
Yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalashning asosiy omillaridan biri dastlab ularga tom manoda "komil inson" tushunchasini anglatishni taqozo etadi. Ayniqsa, texnika yo'nalishidagi oliy talim muassasalarida o'qitiladigan "Talim nazariyasi", "Pedagogika. Psixologiya", "Talim psixologiyasi", "Dinshunoslik" kabi bir qator fanlar tarkibida komil inson tushunchasini mavzuning mohiyatidan kelib chiqqan holda teranroq anglatish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda pedagogning o'zi kreativ fikrlashi, turli metod, usul va vositalarni darsda qo'llash mahoratiga ega bo'lsagina oldimizga qo'yilgan maqsadga erishishimiz mumkin. Maruza mashg'ulotlarida komil insonning diniy va dunyoviy talqini to'g'risida nazariy malumotlar berish talab etiladi.
Zotan, barkamollik, komil inson tushunchasi asrlar davomida shakllanib, barcha davr va asarlarda inson kamolotining eng yuqori cho'qqisi sifatida tariflab kelinmoqda. Komil inson bu barcha diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan, ma naviy-ruhiy fazilatlarni o'zida jamlagan, qalbi ezgulikka to'la, saxovatli va marifatli insonning ideal timsolidir.
Komil inson masalasiga tasavvuf talimotida alohida e4ibor qaratilgan. Tasavvuf tom manodagi insonparvarlik talimotidir, desak mubolag'a bo'lmaydi.
18 Yusupov.E. Inson kamolotining manaviy asoslari.T.: Universitet. 1998.
April, 2022
E.E.Bertels: "Tasavvuf adabiyotini o'rganmasdan turib, o'rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo'lmasdan Sharqning o'zini ham anglash qiyin"[6,54],- deya alohida takidlaydi. Shu bois islom talimotidagi komil inson g'oyasini tasavvuf talimoti bilan uyg'un holda o'rgatish maqsadga muvofiqdir.
Darsda elektron taqdimotlar asosida buyuk mutasavvuflarning komil inson to'g'risidagi fikrlarini tahliliy asosda ko'rib chiqamiz.
Tasavvuf talimotining yirik vakili Ibn al Arabiyning fikricha, "Tangri taolo ilohiy nurdan ilk marta Aqli Avvalni yaratdi va uning surati shakli Komil Inson qiyofasida zuhur etdi. Shuning uchun "Halaqallohu odama alo suratar-Rahmonu" Alloh-odamni Rahmon suratida yaratdi) degan hadis mavjud. Komil inson, shu tariqa, Allohning Rahmonu Rahim sifatlariga ega bo'ldi, deydi.
.....Komil inson timsoli Muhammad payg'ambar timsolidir. Chunki u kishida
aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi [11,131-132].
Alloh o'zining sifatlarini faqat komil insondagina ko'radi. Shu bois komil insongina Alloh jamolini ko'rishga muyassar bo'ladi, - deb talim beriladi, tasavvuf talimotida.
Fikrimiz isboti sifatida Quron oyatlariga murojaat qilish o'rinlidir.
Quronning "Nur" surasi 35-oyatida "Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur"[4,354], - deya e4irof etiladi.
Manbalarga ko'ra, Alloh nuri ilohiy fayz bo'lib, u insonlarga qaratiladi. "U payg'ambarlarga bevosita vahiy tarzida, avliyolarga ilohiy jazba shaklida, oddiy insonlarga isteMod va ilhom ko'rinishida balki qobiliyat va yaratuvchanlik qudrati sifatida yo'naltirilishi mumkin" [10,36], - deya e4irof etiladi.
Talabalarga har bir berilgan malumot yuzasidan xulosani chiqarishni o'rgatish nihoyatda muhimdir.
Demak, manaviy merosimizda, diniy talimotda komillik insonning qalbi, yani botiniy go'zalligi bilan belgilanishiga alohida urg'u beriladi. Bu "Alloh sizning suratlaringiz va amallaringizga emas, balki qalblaringiz va niyatlaringizga boqar"[7,153] singari hadislarda ham o'z aksini topgan.
Komil inson to'g'risida mulohaza yuritilar ekan, bevosita diniy va dunyoviy manaviy qadriyatlarimizda bu masalaga alohida e4ibor qaratilganini e4irof etish zarur.
Forobiy o'zining "Fozil odamlar shahri" asarida komillikni
fozillik bilan uyg'unlashtiradi. E4iborga loyiq jihati shundaki,
April, 2022
allomaning fikricha, fozillar yashaydigan shaharni manaviy-axloqiy jihatdan yuksak inson boshqarishi kerak. Yuksak manaviyatli, komillikka erishgan hokimga xos o'n ikki jihat Forobiy tomonidan ajratib ko'rsatiladi:
- ...to'rt muchali sog'lom bo'lishi zarur;
- ... tabiatan nozik, farosatli bo'lishi;
- uning xotirasi kuchli bo'lishi...;
- o'z fikrini ravshan tushuntira olishi uchun chiroyli so'zlay olishi;
- talim olishga, marifatli bo'lishga, o'qish, o'rganishga doimo intilishi;
- har qanday yomon illatlardan o'zini tiya oladigan bo'lishi;
- haqiqatparvar, odil va haqgo'y bo'lishi;
- ... inson qadrini biluvchi oriyatli, ulug', oliy ishlarga intiluvchan bo'lishi;
- mol-dunyoga qiziqmaydigan, boylik orqasidan quvmaydigan bo'lishi;
- tabiatan adolatparvar, yaxshilik qiluvchi, har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo'lishi;
- qafiyatli, sabotli, juratli, jasur bo'lishi zarur [13,159-160].
Darhaqiqat, insonning kamolotida o'qish va ilm olish bilan bir qatorda insoniylik fazilatlari mujassam bo'lmog'i kerak. O'z navbatida talabalarga komil insonni tarbiyalash nafaqat asrlar davomida shakllangan manaviy merosni o'rgatish, ajdodlarimizga munosib voris bo'lishning sharti, balki davrning talabi ekanligi anglatish, hayotiy misollar asosida tahlil etib tushuntirish zarur.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va manaviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz", - degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida yetuk, barkamol etib tarbiyalashda barchamizga kuch-g'ayrat bag'ishlamoqda. [2,146].
Komillikka intilish kishini odamiylik sari yetaklaydi, mardlikka undaydi. Bu jihatdan qomusiy allomalarimizning fikrlari o'rinlidir. Jumladan, Beruniyning mulohazalari diqqatimizni tortadi: "Odamgarchilik, ya ni muruvvat kishining o'z urug'-aymog'i va o'z ahvoliga tasir etish bilan chegaralanadi. ...Muruvvatli mard kishi o'zidan va o'ziniki ekanligiga hech kim tortishib o'tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.
...u o'zining halimligi, muloyimligi, irodasi mustahkamligi, chidamliligi, kamtarinligi tufayli ulug'vorligi bilan tanilib, garchi u shu martaba ahlidan bo'lmasa ham, oliy darajaga ko'tariladi. U
April, 2022
1054
nasl-nasab jihatdan emas, balki haqli ravishda o'sha sifatlari bilan ehtirom qilinadi"
Ibn Sino insonlardagi adolat, pokizalik, bilimdonlik, irodalilik, ezgu niyat, himmat, saxovat, shijoat kabi fazilatlarni qadrlaydi, o'z navbatida aldamchilik, qo'rqoqlik, ikkiyuzlamachilik, xasislik, o'g'rilik, ig'vogarlik, yalqovlik, fisqu fasod kabi salbiy illatlarni qoralaydi. Allomaning fikricha, aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvatdir[12,39].
Insoniyatning taraqqiyoti bosqichlari jihatidan keyingi davrning yetuk vakili komillik tuyg'usi Navoiy donishmandligining asosi, manaviy qarashlarining bosh mezoni ekanligini darsda foydalanayotgan o'quv qo'llanmalar vositasida tushuntirish zarur. Hazrat Navoiy "Lisonut tayr" asarida: "To'rt unsur, yetti ko'k va oltita tomon - bular koinotining nodir va eng oliy asosini tashkil etadi. Koinotdagi barcha narsalar ichida hammadan eng ulug'i Inson bo'lib, uning kamoloti oldida aql hayron qoladi"[14,23].
Talabalarga mavzuni tushuntirish jarayonida diniy va dunyoviy malumotlarni uyg'un holatda, birini ikkinchisi bilan bog'lab tushuntirsak, bu borada ko'proq natijaga erishamiz.
Tasavvuf talimotining atoqli vakillaridan biri Aziziddin Nasafiy komil insonni mukammal tasvirlab beradi: "...Odamlar orasida komil inson bor bo'lgani uchun jami mavjudot odamlarga sajda qiladilar. ... Mavjudot ichra komil insondan ko'ra ulug'roq va donoroq narsa yo'q, ... komil inson mavjudot xulosasi va qaymog'idir va maloikalar ulug'idan kichigigacha va arshu kursi va samovot va yulduzlar - hammasi komil inson xodimlaridir va hamisha komil inson tegrasini tavof etadilar..." [11,135].
Demak, komil inson insonlar ichra eng ulug' va donosidir, eng aqlli va pok axloqlisidir. Bu jihatlar insonda o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Kamolotga erishish, yuqori darajaga ko'tarilish kishidan qalban va ruhan poklanishni, marifat o'rganishni va eng asosiysi, ilmini boshqalarga o'rgatishni talab etadi.
Vaholanki, Yusuf Xos Hojib "Kamolotga yetish yo'li ikkita: bilim olish va ibrat o'rganish" 19 ekanini takidlab o'tadi. Haqiqatan ham, tarbiyali inson o'zgalarning ijobiy xislatlaridan ibrat olishga qodir bo'ladi, salbiy xislatlaridan esa saboq chiqara biladi. Rudakiy "Bilim - barcha kulfatlar uchun qalqon"20 deb bejiz aytmagan.
[5,70].
XULOSA
20
19
Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. -T.:Fan, 1971. -B.103 Kuch bilim va tafakkurda. T.:Marifat-Madadkor, 2003. -B.177
April, 2022
Komil inson tushunchasini talabalar atroflicha tushunishi uchun bevosita dunyoda sodir bo'layotgan ekstremizm va terrorizm, "ommaviy madaniyat" kabi zararli g'oyalar, ular dunyoning qay burchagida sodir bo'lishidan qafiy nazar har bir insonning muammosi ekanligini, o'zligini anglagan, Vatanni qadriga yetadigan insongina turli zararli g'oyalarning tasiriga tushmasligini takidlab o'tish joiz.
Bu borada Sh.Mirziyoevning BMT minbaridan turib aytgan fikrlarini eslash o'rinlidir: "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib voyaga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz" [3].
Darhaqiqat, yoshlarimizni din niqobi ostidagi turli zararli g'oyalar ta siridan asrash uchun manaviy qiyofasini shakllantirish g'oyat muhim. Komil insonning o'ziga xos axloq kodeksi [11,138] ajdodlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unga erishish har bir odamning orzusidir.
N.Komilov takidlaganidek: "Odam qanchalik nodon bo'lsa, u xurofotga, so'zlar sehriga, shakllarga mahliyo bo'ladi, rasm-rusumga, aqidalarga shuncha beriluvchan bo'ladi. Va, aksincha, odamning marifati, bilimi oshgan sari, u ... mazhabparastlikdan, aqidaparastlikdan yuqori ko'tarilaveradi..." [11,265].
Islom dini bu shunchaki aqida emas, balki talimot, ma'rifat ekanligini yoshlarimiz to'liq anglab yetsagina soxta "diniy talimotlar" ularning ongiga tasir o'tkaza olmasligi tayin. Zero, turli xil "islom aqidalari" yoshlarimizni komillik ruhida tarbiyalashga to'siq bo'lib, ularning qalbi va ongini zaharlashga xizmat qiladi. Aqlan, qalban, jismonan va ruhan sog'lom, komil insonni tarbiyalash har birimizning dolzarb vazifamizdir.
Texnika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga komil insonning o'ziga xos jihatlarini tushuntirishda kompyuter, elektron taqdimotlar, proyektordan foydalanish maqsadga muvofiq. O'z navbatida "Blits-so'rov" o'tkazish, mavzu doirasida talabalarning fikrlarini eshitish talab etiladi.
Shuningdek, talabalarning bilimlarni chuqur va mustahkam egallashi, Vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy iftixor tuyg'usiga ega bo'lishi, huquqiy va ekologik madaniyat, xulq-odob qoidalarini egallab olishi, sanatning inson hayotidagi o'rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotidagi mavqei, oila manaviyati
April, 2022
mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qilishi masalalariga alohida to'xtalish maqsadga muvofiqdir.
REFERENCES
1. Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. "O'zbekiston" 2017. 256-bet
2. Mirziyoev. Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qafiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T. "O'zbekiston", 2016.B.146
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. Nyu-York. 2017. 19 sentabr
4. Abdulaziz Mansur. Quroni Karim manolarining tarjima va tavsiri. Toshkent islom universiteti, -Toshkent: 2007, -B 354.
5. Beruniy Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar 1 t. - T.: Fan. 1968.- 488 b.
6. Bertels.E.E. Sufizm i sufiyskaya literatura. - M.: Nauka. 1995.S.54.
7. Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. -Toshkent: Yozuvchi, 1997, 153-b.
8. Jalolov.A Mustaqillik mas'uliyati. T. "O'qituvchi". 1996 y. 29-bet.
9. Imomnazarov. M. Milliy manaviyatimiz nazariyasiga chizgilar. T. "Sharq", 1998.
10. Imomnazarov.M., Eshmuhammedova M. Milliy manaviyatimiz asoslari. Toshkent islom universiteti, - Toshkent: 2001, 36-bet.
11. Komilov N. Tasavvuf. 1-kitob - Toshkent: Sharq, 1996. - 272 bet.
12. Olimov Sh. Kasb-hunar kollejlari o'quvchilarini manaviy-axloqiy tarbiyalash. -T.: Fan, 2007. - 163 b.
13. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - T.: Xalq merosi, 1993.- 224 b.
14. Haqqul Ibrohim. Kamol et kasbkim. - T.: Cho'lpon. 1991. b.23.
239 bet.
April, 2022