Научная статья на тему 'PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNING OLDINI OLISH TEXNOLOGIYASI'

PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNING OLDINI OLISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
15980
747
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Odob-axloq / to’g’ri tarbiya / muomola madaniyati / fidoiylik / halollik / go’zallik / adolatlilik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Orzigul Abdullayevna Nodirova

Ushbu maqolada pedagogikaning asosiy nizolari, o’quvchi va talabalar o’rtasida tushunish va tushuntirish metodlari, mukammal pedagogning katta tajribasi, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNING OLDINI OLISH TEXNOLOGIYASI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNING OLDINI OLISH TEXNOLOGIYASI

Orzigul Abdullayevna Nodirova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada pedagogikaning asosiy nizolari, o'quvchi va talabalar o'rtasida tushunish va tushuntirish metodlari, mukammal pedagogning katta tajribasi, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabati yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: Odob-axloq, to'g'ri tarbiya, muomola madaniyati, fidoiylik, halollik, go'zallik, adolatlilik.

"Ta'lim-tarbiya - bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimizyo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limidapoydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p

vaqt yo 'qotganmiz ". Shavkat Mirziyoyev.

Pedagogik nizolarning asosiy sabablaridan bin bu - pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muomola munosabatlar katta o'rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura yetakchi kishidir. O'qituvchi pedagogik ishda fidoiylik ko'rsatib muallimlik burchini yuksak darajada bajarib bolalarga bilim berib ular qalbiga halollik, go'zallik, odob-axloq nurini singdira olganliklari o'quvchiga nisbatan xushmuomalalikda bo'lganliklari uchun obro' va hurmatga erishganlar.

Afsuski barcha o'qituvchilar ham to'g'ri tajribaga, yetarli bilim va ko'nikmlarga ega emas. Ayrimlari o'quvchilarga yetarli bilim bera olmaslik bilan o'quvchi ko'ngliga yo'l topa olmasa, ayrimlari qo'pol muomola, o'quvchini o'rinsiz dilini og'ritish bilan ajralib turadi.

Bunday pedagoglar yoshlar tarbiyasiga, ularning bilim doirasining yuksalishiga, axloqiga salbiy ta'sir etadilar. Ayniqsa u boshlang'ich sinflarga ularning kelajagiga ham nojo'ya ta'sir etadigan darajaga borib yetadi. Natijada o'quvchi yoshlar kelajakda yetuk marralar, maqsadlarga intilmay o'qituvchidek sharafli kasbga havas qilmay qo'yadilar.

Bunday bilim berish, muomola jamiyatda umuminsoniy milliy-axloqiy normalarga to'g'ri kelmaydi.

Pedagogik jarayonda o'quvchi talabalar tabiati shu darajda murakkabki uni to'g'ri shakllantira boorish uchun o'qituvchidan yuksak malaka, kuchli bilim, yetuk tajribali

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bo'lishni taqozo etadi. Bazi murabbiylar o'z talablarini bajarmagan o'quvchilarga uni tarbiyalash maqsadida ularni turli qo'pol so'zlar bilan haqorat qilishi, hatto urishini ham o'zining nazarida to'g'ri deb baholaydi. U shunday qilsa o'quvchi to'g'ri shakllanadi deb o'ylaydi ham. Bunday holatlar ko'pincha tarbiyasi og'ir, nosog'lom oilada yashayotgan bolalar o'rtasida vujudga kelishi mumkin. Shunday ekan har bir o'quvchining oilaviy sharoitidan kelib chiqib uning yashash muhitini o'rgangan holda yondashishi kerak. Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasida muomala munosabatlar kata o'rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O'qituvchi-pedagog ishda fidoiylik ko'rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go'zallik, haqiqat, odob - axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo'lganliklari uchun bunday obro' e'tiborga erishganlar. Men bunga birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so'zlarini misol keltiraman "Taraqqiyot taqdirini manaviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim -murakkab tenologiyani egallash qobiliyati manaviy barkamollik bilan mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-manaviy salohiyat marifatli insonning ikki qanotidir". Shunday ekan avvalambor pedagok-muallim o'quvchini xarakteri, xulqini etiborga olishi zarur. Hattoki bazi holatlarda o'quvchilarini rag'batlantirib turish ham zarar qilmaydi. O'quvchining qiziqishini shakllantirish, yoqtirgan faniga qarab rag'batlantirish masalan oilaviy sharoiti tufayli darsga tayyor holda kelmagan o'quvchi yoki kasalligi tufayli dars tayyorlamagan o'quvchi bo'lsa shunga qarab munosabatda bo'lish joiz. Yana bir misol o'quvchi oyog'i qaltisganligi aksincha biror kasalligi sababli jismoniy tarbiya darsidan vos kechishi, bosh og'rig'i tufayli adabiyot darsida aktiv bo'lmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda har bir o'quvchiga individual yondashib dars o'tish maqsadga muvofiqdir. Afsuski hamma muallimlar haqida ham shunday deb bo'lmaydi. O'zining dag'al muomalasi bilan bolaning ko'nglini o'qishdan sovutib, dilini o'rinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi.

Pedagogik amaliyotda bunga misol bo'ladigan dalillar ko'p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta'sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatishi qiyin bo'lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o'qituvchi bilan o'quvchi-talaba o'rtasida nizolar vujudga keladi. Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta'sir o'tkazish shartlaridan biri bo'lgan ishonch bilan unga nisbatan qo'yilayotgan talablarning birligidur. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko'p sinovdan o'tgan va o'zini oqlagan. Muallimlar talabalar bilan o'tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'qituvchilar bilan bir qatorda bolalarga xuda-bexuda do'q urib, baqirib muomala qiladigan o'qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to'g'ri kelmaydi. Bunday o'qituvchilar bolalar o'rtasida obro' orttira olmaydilar.

Pedagogik jarayonda, tarbiya jarayonida, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba'zan istasa-istamasa qo'pollik qilishga majbur bo'ladi. O'quvchi muallimning o'rinli talablarini bajarmayotgan paytlarda u o'zini tuta olmay qoladi. Muallim o'z talablarini, hatto qo'pollik holatini ham bolaga yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to'g'ri yo'lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalayotganligi uchun qilayotganiga ishonadi.

Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan chuqur ma'noli so'zlarin bildirilgan fikrimizga hamohangdir. Bunday holatlar ko'pincha tarbiyasi qiyin bola bilan muomala - munosabatlar jarayonida sodir bo'ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda nosog'lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhit qurboni bo'lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e'tiborga muhtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr-toqatli, kechirimli bo'lish zarurligini ham takidlaydilar. Muallimning biror tasodifiy hatti-harakati natijasida o'quvchilarda u haqida sodir bo'lgan fikr ham ta'lim tarbiya jarayoniga salbiy ta'sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi mumkin. O'qituvchining o'quvchi - talabalar bilan ish

yoki shaxsiy ish yuzasidan ayrim vaqtlari kelishmovchiliklari bo'lib turadi. O'quvchi atrofdagilarning unga bergan bahosiga nisbatan tanqidiy qaraydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. Tasodifiy muvaffaqqiyat yoki kattalarning rag'bati bolaning o'ziga ortiqcha baho berishiga, o'ziga haddan tashqari ishonuvchanlikka olib keladi. Aksincha tasodifiy muvaffaqqiyatsizlik bolada o'z kuchiga ishonmaslikni uyg'otishi, ikkilanish, juratsizlik va uyatchanlik hissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo'ladigan munosabati alohida nazokatni talab etadi.

Pedagogik nizo tushunchasi. Pedagogik nizo bu - o'qituvchi bilan o'quvchining kelishmovchiliklari.

Pedagogik nizolarning bir qator belgilari quyidagilardir:

a) Inqiroz;

b) Anglashilmovchilik;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

c) Kutilmagan hodisa;

d) Zo'riqish;

e) Noqulaylik;

f) Ichki yoki tashqi xavotir;

g) Bartaraf etish qiyin bo'lgan qo'rquv.

Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar:

I. Axborot omili;

II. Munosabat omili;

III. Xulq omili.

Xulosa qilar ekanmiz buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komineskiyning asarlaridagi quyidagi fikrini keltiramiz "O'qituvchilik har qanday kasbdan ko'ra yuqoriroq darajada turadi". Gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya beraolmasligi mumkin, lekin muallim bolalarga ilmu-adab o'rgatadi, bu mashaqqatlarni o'z boshidan kechiradi. Shu bois muallimga qulluq qilsa arziydi. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixologiyada ham pedagogikada ham o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatni, ijtimoiy psixologik munosabatlardan foydalanishni bilishi, oldini qaytara olishi zarur. Bo'lajak pedagog pedagogik nizolarning yuzaga kelish asoslari bilan tanishishi ya'ni bunday nizolarni kelib chiqish sabalarini anglashi, shu o'rinda turli nizolarni oldini olish, bartaraf etish usullari haqida nazariy bilimlarni amaliyotda keng tatbiq eta olishi lozim. Shunday ekan bo'lajak pedagoglardan yuksak bilim, tajriba, o'z kasbiga sadoqat va mahorat talab etiladi.

REFERENCES

1. Jo'rayliv V.I. "Pedagogik mojorologiya asoslari" darslik. 1995. Rossiya.

2. Haydarov S.A. "O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi islohotlar" 2021. Toshkent.

3. Ochilova M. "Yangi pedagogika texnologiyalari"

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.