Научная статья на тему 'KOMMUNIKATIV QOBILIYAT VA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISH'

KOMMUNIKATIV QOBILIYAT VA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
23259
798
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
kommunikativ qobiliyat / pedagogik ta’sir / Alisher Navoiy / intizom / xulq tarbiyasi / pedagogik mahorat

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sharofiddin Farhodovich Baxtiyorov

Ushbu maqolada shaxs tarbiyasida pedagoglarning o’rni va pedagoglarda kommunikativ qobiliyat va pedagogik ta’sirning ahamiyati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMMUNIKATIV QOBILIYAT VA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

KOMMUNIKATIV QOBILIYAT VA PEDAGOGIK TA'SIR KO'RSATISH

Sharofiddin Farhodovich Baxtiyorov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shaxs tarbiyasida pedagoglarning o'rni va pedagoglarda kommunikativ qobiliyat va pedagogik ta'sirning ahamiyati.

Tayanch tushunchalar: kommunikativ qobiliyat, pedagogik ta'sir, Alisher Navoiy, intizom, xulq tarbiyasi, pedagogik mahorat

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'limiy va tarbiyaviy isloxotlarning maksadi -- komil insonni shakllantirishdir. Bu borada pedagogik tizimdagi fanlarning ahamiyati kattadir. Shu jumladan, «Pedagogik mahorat» fanini o'qitishda talabalarda mustakillik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga aloxida e'tibor karatilgan.O'z -o'zidan ayonki, pedagogik mahorat fanidan dars beruvchi oliy maktab o'qituvchisi, kuchli mahorat egasi o'z kasbining ustasi bo'lishi bilan birga keng dunyoqarashli, ichki va tashki madaniyati bir - birini tuldiradigan hamda boy pedagogik, xayotiy tajribaga ega bo'lishi lozim. Chunki bulajak mutaxassis o'qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlariga aloxida e'tibor karatadi. Shu bilan birga «O'qituvchining nutk mahorati», «Pedagogik jarayonda e'tiqod va ishontirish», «O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati», «O'qituvchining tarbiyachilik mahorati», «Ota - onalar bilan ishlash mahorati» kabi mavzularni o'rganish chogida talaba - domla, o'qituvchi - o'quvchi, o'qituvchi - ota - ona, o'qituvchi - ma'muriyat kabi munosabatlarga xos bo'lgan o'zaro ta'sir, muomala, ularning yechimlari to'g'risida, munosabatlari to'g'risida daslabki kunikma va malakalarga ega bo'ladi. Ana shunday sharoitda tajribali, ijodkor, izlanuvchan o'qituvchi o'z shogirdlarini ijodkorlik ishlariga keng jalb kilib, zamonaviy metod va usullar asosida o'quvchida qaror topayotgan shaxsiy sifatlar usib borishini o'rganib boradi. Olingan ilmiy ma'lumotlar bolani muayyan kasbga, mexnatga, oilaviy xayotga tayyorlash imkoniyatlarini beradi. «O'qituvchi - talaba» hamkorligiga xos kasbiy mahorat qirralarini yanada oydinlashtiradi.

O'zaro pedagogik ta'sirda o'qituvchining o'quvchilar bilan muomala madaniyati. bolada intizom - madaniy xulq, boshlangich ko'nikma va malakalari shakllanishi deb qabul qilish mumkin. Ma'lumki, ehtiyojlar rivojlanib faoliyat motivlariga aylanadi. Bu yerda aytmoqchi bo'lgan narsa intizom va madaniy xulq sifatlarining bola ehtiyoj motivlari sifati. Ular zaminida kelib chiqadigan muhim faoliyat turlari bilan bog'liqligidir. Bolalar bosqichma -bosqich emotsional - hissiy, ijtimoiy, o'quv, foydali

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ish, mehnat faoliyatlarini o'taydilar. Har bir ma'lum yoshda yuqorida zikr etilgan bir faoliyat turi muhim bo'ladi va bola shaxsi rivojlanishida xal kiluvchi ahamiyatsha ega bo'ladi. Bolalar dastlab faoliyat turi bilan shug'ullanishar ekan, natijalar samarali bo'lishi, xatti - harakatlar zarurligi, shuningdek, ushbu faoliyat jarayonida bashqa tengdoshlari, kattalar bilan to'g'ri shaxslararo munosabatlarga qila bilish bilan ham bog'liqligini amaliyotda o'zlashtirib oladi.

2.O'qituvchining o'quvchi bilan o'zaro munosabatga kirishi.

O'qituvchi o'quvchilari bilan shaxslararo intizom va madaniy xulq tarbiyasini muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchi tashkaridan turib ta'sir etish usullaridan emas, balki o'quvchining muxim faoliyati yakin rivojlanish chegarasi bilan bog'liq bo'lgan extiyoj - motivlar tizimi maksadlarini rivojlantirish uslublari asosida tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlik qilish kerak. Bir so'z bilan aytganda, o'zaro munosabatlar va intizom madaniy xulq tashqaridan emas, ichkaridan, o'quvchilarni extiyoj - motivlar tizimiga asoslanib amalga oshirish lozim.

Bizni o'rab turgan borliq hamda insoniyatning yashash tarzining o'zi ma'lum o'zaro muomala, intizom, madaniy xulq qoidalariga rioya qilish borliqqa ma'lum natijalarni ko'zlab ta'sir etish imkonini beradi.

Bu o'rinda o'zaro muomala madaniyati va munosabati va intizom, madaniy xulq tarbiyasini takomillashtirib borishda asos bo'ladigan qarama - qarshilik mavjud: shaxs ruhiy sifatga ega bo'lganligi uchun, unda shakllangan o'zaro munosabat, muomala, intizom, madaniy xulq darajasi borliqqa doimo to'g'ri kelavermaydi. Ikkinchidan esa, borliq taqozo etayotgan qoidalar doimo shaxs, moddiy, ma'naviy manfaatlariga mos bo'lavermaydi.

Shaxs o'zaro munosabat va muomala, intizom, madaniy xulq tarbiyasini borlik (jamiyat) talablari darajasigacha rivojlantirishga faol harakat qiladi. Bu esa shaxsning o'z intizomi, muomala madaniyati, xulq ko'nikmasi ustida doimiy ravishda ishlashga olib keladi. Faoliyatdan maqsad esa ko'zlangan natijalarga erishish bo'lib qolaveradi.

Yukorida aytilgan fikrlarimizdan kelib chikib, intizom va madaniy xulq tarbiyasiga quyidagicha ta'rif berilishini maksadga muvofik deb bilamiz. O'zaro munosabat va muomala madaniyati, intizom va madaniy xulq tarbiyasi - bu shaxsning o'ziga xos sifati bo'lib, o'quv koidalari bajarilishidan o'quvchining faol ijodiy yondoshishda va shaxslararo muloqot munosabatlarida, ijtimoiy - ta'limiy natijalarga erishishda o'qituvchi bilan hamkorlik qilish tushuniladi.

Bu berilgan ta'rifda,

birinchidan, intizom va madaniy xulqning yakinlashtiruvchi xususiyati ta'kidlangan.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ikkinchidan, intizom va tartib koidalarni bajarishda o'quvchining faolligi ko'rsatilgan.

Uchinchidan, intizom va madniy xulqning faoliyat natijasiga karatilganligiga e'tibor beriladi.

To'rtinchidan, intizom o'quv faoliyati jarayonida namoyon bo'lishi, madaniy xulqning esa shaxslararo muloqot, munosabatlarda aks etishi ko'rsatilgan.

Beshinchidan, intizom, madaniy xulq tarbiyasi o'quvchi va o'qituvchi o'zaro hamkorligida amalga oshirilishi xisobga olingan.

3.O'zaro ta'sirda muloqot madaniyati.

Yukoridagi fikrlardan kelib chikib, pedagogika fani o'qituvchisi tor doiradagi ta'limiy - tarbiyaviy fikrlar va axborotlar bilan cheklanmasdan, o'zining ma'naviy olamini yanada boy va go'zal bo'lishi uchun : kadrlar tayyorlash Milliy dasturi vazifalari hamda fukarolar huquqi, mas'uliyati va erkinligiga oid qonunlar, kontseptsiyalar va me'yoriy xujjatlarga mos keladigan xaqqoniylikni aks ettiradigan axborotlar, ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat kiladigan kompyuter texnologiyasi, ko'rgazmali materiallar, kullanma va adabiyotlardan unumli foydalanishni kundalik xayot tarziga singdirib borishlari lozim.

Bugungi o'qituvchilar bundan un - un besh yil oldin ishlagan o'qituvchilardan o'zlarining dunyoqarashlari va madaniyatlarining yukoriligi bilan farq kiladilar. O'z navbatida ota - onalar ham farzandlarini ma'oratli o'qituvchilar kuliga topshirishga harakat kiladilar. O'qituvchini bilib, surishtirib, kasbiga munosabati hamda obru -e'tiboriga qarab sung bolalarini ishonib topshirishadi. Bunday o'qituvchilardan ota -onalarning kungli tuk bo'ladi.

Pedagogik mahoratga xos ijodkorlik hamkorlikni talab etadi : ota - ona, mahalla, oliy o'quv yurtlari, ilmiy tadkikot institutlari bilan yakindan alokada bo'lgan, izlanuvchan o'qituvchilarning ko'p kismi «Xalq maorifi a'lochisi», «Xalq o'qituvchi», «Yil o'qituvchi», «Yil tarbiyachisi», «Metodist o'qituvchi», «Shuhrat» medali bilan takdirlanib, jamoatchilik e'tiborini kozonadilar va o'z kasblariga sodik qoladilar.

Mahorat birdaniga yuzaga kelmaydi. Yoki pedagogika fanini o'qiboq kasbiy -pedagogik mahorat sohibi bo'lib qolish qiyin. Bu jarayon o'qituvchilik kasbiga qiziqib, mehr qo'yib, uni ongli va asosli ravishda tanlashdan boshlanadi. O'qituvchi tomonidan esa, ushbu kasbga yo'naltirishning qanchalik ilmiy va metodik asosiga qo'yilganligi bilan bog'liq. Kasbga bo'lgan barqaror qiziqishning, maylning shakllanishi sevimli o'qituvchisiga taqlid qilish va unga o'xshashlikni istash, bolajon bo'lish, fanga qiziqish, o'sha kasbning jamiyatda tutgan o'rnini qanchalik tushunib yetganligi bilan ham bog'liqdir. Bu jarayon maktabda kasb tanlashga yo'naltirish deyilsa, oliy maktabda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

kasbiy tarbiya va bilimlarni egallash jarayoni deb yuritilib, bunda pedagogik turkum fanlarining, ayniqsa, pedagogik mahorat fanining o'rni alohida kasb etadi.

O'qituvchilar amaliyotida o'z pedagoglik vazifalarini halol bajarishga intilsalarda ish sharoitlari turlicha bo'lganliklari uchun bir xil natijaga erishavermaydilar. Buning oqibatida maktab rahbarlari, o'qituvchilar va ayrim paytlarda ota - onalar bilan bo'ladigan muloqotda pedagogik nizo va kamchiliklar uchrab turadi. Bunday hollar kamrok uchrasa - da, umumiy ishga - o'quvchilar tarbiyasiga zarar yetkazadi. Ayrim hollarda muallim har kuni o'z bilimini oshirish ustida ishlashga, boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga irodasi chidamaydi yoki o'zini usha ishga safarbar eta olmaydi. Natijada jamiyatni muallimga qo'ygan talabiga javob bulmaydi. Maktab rahbarlarini bunday vaqtda o'qituvchiga nisbatan talabchanligini oshirmaganligidan darak beradi.

Pedagogik mahorat fani ayni paytda tarbiya san'ati to'g'risidagi fan hamdir. O'qituvchining pedagogik faoliyatni nozik qirralarini kanchalik egallaganligi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim va tarbiya tizimiga tadbiq eta olish qobiliyatida o'z ifodasini topadi. Demak, pedagogik mahoratni egallamagan o'qituvchida texnologik qobiliyatning yuzaga chiqishi qiyindir. Bunday o'qituvchi o'z kasbining ustasi darajasiga ham ko'tarila olmaydi. Shuning uchun ham zamon talablariga javob beradigan o'qituvchi pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar, o'qitishning ilg'or usullari va kompyuter texnologiyalarini chuqur egallagan bo'lishi ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridir.

REFERENCES

1. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent, «O'qituvchi», 1967 yil.

2. Alisher Navoiy. «Maxbub - ul - kulub», Toshkent, 1997 yil.

3. Azizxujaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent, 2003 yil.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.