Научная статья на тему 'PEDAGOG FAOLIYATI VA MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA MEDIAMADANIYAT TA’SIRI'

PEDAGOG FAOLIYATI VA MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA MEDIAMADANIYAT TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
62
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
mаdаniyat / ахbоrоt / ахbоrоt mаdаniyati / tа’lim sаmаrаdоrligi / innоvаtsiya / mеdiаmаdаniyat / оmmаviy mаdаniyat. / culture / information / Information culture / educational efficiency / innovation / media culture / mass culture.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Bonuxon Azizovna Umurzakova

Kоmpyutеrlаrning yuzаgа kеlishi esа butun yer shаrini yagоnа ахbоrоt mаkоnigа аylаntirdiki, nаtijаdа hаr bir mаmlаkаt tаqdiri bilаn hаm, butun dunyo tаqdiri bilаn bоg‘liq bo‘lgаn vоqеlik yuzаgа kеldi. Ахbоrоt, ахbоrоt оqimi, ахbоrоt mаdаniyati vа mеdiаmаdаniyatgа оid muаmmоlаr mа’lum vаqtlаr mоbаynidа shаkllаngаn qоnun vа qоnuniyatlаr оrqаli turli dаvrlаrdа turlichа mаzmun-mоhiyat kаsb etgаn. Ushbu mаqоlаdа ахbоrоt mаdаniyati vа mеdiаmаdаniyat tushunchаlаri yoritib bеrilgаn. Shuningdеk, mаqоlаdа pedagog faoliyati va ma’naviyatini yuksaltirishda mediamadaniyat ta’siri pеdаgоgik jihаtdаn tаdqiq etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF MEDIA CULTURE ON THE ACTIVITY AND SPIRITUALITY OF A TEACHER

on the other hand, the advent of computers has made the entire globe a single information space, which has led to a reality related to both the fate of each country and the fate of the whole world. Problems related to information, information flow, information culture and media culture acquired different contents in different periods due to laws and patterns formed over a certain period of time. This article discusses the concepts of information culture and media culture. The article also pedagogically examines the influence of media culture on improving the efficiency and spirituality of a teacher.

Текст научной работы на тему «PEDAGOG FAOLIYATI VA MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA MEDIAMADANIYAT TA’SIRI»

PEDAGOG FAOLIYATI VA MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA MEDIAMADANIYAT TA'SIRI Bonuxon Azizovna Umurzakova, o'qituvchi, Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7583897

Annotatsiya: Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun yer sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog'liq bo'lgan voqelik yuzaga keldi. Axborot, axborot oqimi, axborot madaniyati va mediamadaniyatga oid muammolar ma'lum vaqtlar mobaynida shakllangan qonun va qonuniyatlar orqali turli davrlarda turlicha mazmun-mohiyat kasb etgan.

Ushbu maqolada axborot madaniyati va mediamadaniyat tushunchalari yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada pedagog faoliyati va ma'naviyatini yuksaltirishda mediamadaniyat ta'siri pedagogik jihatdan tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat, axborot, axborot madaniyati, ta'lim samaradorligi, innovatsiya, mediamadaniyat, ommaviy madaniyat.

THE INFLUENCE OF MEDIA CULTURE ON THE ACTIVITY AND SPIRITUALITY

OF A TEACHER

Abstract: on the other hand, the advent of computers has made the entire globe a single information space, which has led to a reality related to both the fate of each country and the fate of the whole world. Problems related to information, information flow, information culture and media culture acquired different contents in different periods due to laws and patterns formed over a certain period of time.

This article discusses the concepts of information culture and media culture. The article also pedagogically examines the influence of media culture on improving the efficiency and spirituality of a teacher.

Keywords: culture, information, Information culture, educational efficiency, innovation, media culture, mass culture.

ВЛИЯНИЕ МЕДИАКУЛЬТУРЫ НА ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ И ДУХОВНОСТЬ

ПЕДАГОГА

Аннотация: с другой cropoHbi, пoявлeниe KoMraroTepoB сдeлaлo Becb зeмнoй шaр eдиным инфoрмaциoнным npocTpaHcraoM, что привeлo к рeaльнoсти, связaннoй KaK с судьбoй кaждoй CTpaHbi, TaK и с судьбoй Bcero M^a. Прoблeмы, связaнныe с инфoрмaциeй, инфoрмaциoнным noTOKoM, инфoрмaциoннoй культурoй и мeдиaкультурoй, приoбрeтaли в pa3Hbie пeриoды pa3Hoe сoдeржaниe блaгoдaря 3aKoHaM и зaкoнoмeрнoстям, сфoрмирoвaвшимся 3a oпрeдeлeнный пeриoд врeмeни.

В этой ora^e рaссмaтривaются кoнцeпции инфoрмaциoннoй культуры и мeдиaкультуры. Тaкжe в ara^e пeдaгoгичeски исслeдoвaнo влияниe мeдиaкультуры Ha пoвышeниe рaбoтoспoсoбнoсти и дуxoвнoсти пeдaгoгa.

Ключевые слова: культурa, инфoрмaция, Инфoрмaциoннaя культурa, oбрaзoвaтeльнaя эффeктивнoсть, иннoвaции, мeдиaкультурa, мaссoвaя культурa.

KIRISH

Bugungi kunda globallashuv sharoitida dunyo mamlakatlari barcha sohalarda, barqaror taraqqiyot yo'lida o'zlarining o'rinlariga ega bo'lib bormoqda. Albatta, bunda har bir davlatning tabiiy va iqtisodiy omillari bilan birga. Inson omili, jumladan, yosh avlodlarni tarbiyalash, shart-sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish muhim. Yangidan-yangi tashabbus-g'oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda ana shu qatlam yigit - qizlarning nuqtai nazari va sa'y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida tub sifat o'zgarishlar amalga oshirilayotgani bilan belgilanmoqda. Bu ulkan vazifani hal etish fuqarolarimiz aqliy salohiyatini oshirib borish bilan bog'liq holda amalga oshirilishi inkor qilib bo'lmaydigan haqiqatdir. Bu esa, ta'lim va tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish bilan chambarchas bog'liq. Buning uchun, birinchi navbatda, ta'lim-tarbiyaning nazariy asoslarini tartibga tushirib olish talab qilinadi. Bugungi kunda, axborot iste'moli jarayoni ham o'ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki, madaniyatning bunday shakli insoniyat ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylnishi zarur. Axborot iste'moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri bo'lgan, Internet tarmog'ijadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA

"Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan foydalanishga qaratilgan va axborot jamiyati nomini olgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo'lib xizmat qildi"[2, 90].

"Informatika va axborot texnologiyalari" yildan yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qollanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo'llashdan maqsad - jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarni hal etishdir. "Media va boshqa axborot manbalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotdan to'g'ri foydalanish, insonlarning axborotga bo'lgan o'z ehtiyojlarini anglashi, ma'lumotni topish va unga egalik qilish hamda sifatini baholash imkonini beradi. "Axborot" atamasi ko'plab tavsifga ega. U tadqiqot jarayonida olingan ma'lumotlarni, tajriba yoki tahsil olish davomida orttirilgan bilimlarni, shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, axborot - bu to'plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo'lgan ko'rinishda taqdim etiladigan ma'lumotlardir"[1, 11].

Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy axamiyatga ega bulgan soxalarida boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan tulik va uz vaqtida foydalanishni ta'minlashga karatilgan va o'z vaqtida foydalanishni ta'minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni xamma joylarda tadbiqk etish tushuniladi. Axborot xuddi an'anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bulgan resursga aylandi.

Aytish mumkinki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bir necha million yillar avval odamzod o'rtasida ilk bor o'zaro muloqatga kirishish usullari (turli tovushlar chiqarish, imo-ishora, hattiharakatlar qilish) paydo bo'lishi bilan birga yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Bunda axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar o'rtasidagina amalga oshirilgan. Nutq paydo bo'lishi bilan birga (taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida axborot to'planishi imkoniyati yuzaga keldi.

Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste'mol qiladigan eng qimmatli mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining taraqqiyoti XX asr ikkinchi yarmida yangi bosqichga keldi. Bu davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib qog'oz o'rnini texnik vositalar egalladi. K.Kalanovning fikricha: "Axborot kommunikatsion madaniyat bo'yicha jiddiy tadqiqotlar olib borgan Kanadalik antropolog va madaniyatshunos tadqiqotchi G.Maklyuen insoniyat tarixida muloqot va madaniyatning uchta shakli bo'lib o'tganligiga alohida e'tibor beradi. Demak, bular:

a) og'zaki an'analarga asoslangan madaniyat;

b) yozuv va bosma yozuv an'analariga asoslangan madaniyat;

c) madaniyatning elektron shakli. Bundan kelib chiqqan holda, biz O'zbekiston sharoitda G.Maklyuen tomonidan keltirilgan izohning uchinchisi, ya'ni madaniyatning elektron shakli tobora rivojlanib borayotganligini e'tirof etmoqchimiz"[3, 15].

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining yuqori suratlarda rivojlanishi, jamiyat va davlat hayotida keskin ijobiy o'zgarishlarning yuz berishiga sabab bo'lib insoniyat taraqqiyotini yangi bosqichlarga olib chiqdi. Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.

"Bugungi kunda mediamadaniyatni rivojlantirish butun jamiyatning ob'yektiv ehtiyojiga aylanib, oliy ta'lim, jumladan, huquqiy sohada ham jiddiy o'zgarishlarga olib kelmoqda. Oliy ta'lim tizimidagi modernizatsiya zamonaviy oliy ta'limni axborotlashtirish jarayonining yanada jadallashuvi bilan tavsiflanadi, degan qoidadan kelib chiqib, oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlariga media ta'limni joriy etish zarur. Bunday yondashuv talabaning madaniy-ta'lim ehtiyojlarini qondirishga va uning shaxsining professional media-madaniy tarkibiy qismini rivojlantirishga yordam beradi"[4].

Yuqoridagi mavzu mohiyatining mazmun-mohiyatini yoritishdan avval "media madaniyat" tushunchasining mohiyatini tushunib olishimiz kerak. Media madaniyat haqida bir qancha horijiy manbalarda va mamlakatimiz olimlarining ilmiy izlanishlarida bu borada fikrlar berilgan.

"Media" so'zi zamonaviy adabiyotlarda atama sifatida bir necha ma'noga ega. Birinchidan, "media" so'zi OAVni: gazeta, televideniye, radio, kitob va Internetni anglatadi.

Ikkinchidan, undan mediakontentni - yangilikpar, reklama e'lonlari, elektron o'yinlar va filmlarni belgilash uchun foydalaniladi.

Uchinchidan, u mediakontentni ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlami, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va hokazolarni ham bildirishi mumkin. Foydalanuvchilar va auditoriya, texnologik qurilmalar, kontent hamda media ishlab chiqaruvchilari bilan turli interfaol munosabatda bo'ladi.

"Har bir o'qituvchi o'z o'quvchilariga media madaniyatda yashash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni beruvchi media pedagog bo'lishi mumkin. O'qituvchilar o'quvchilarini tanishtirayotgan media turlari qanchalik xilma-xil bo'lsa, media ta'lim shunchalik sermazmun va chuqurroq bo'lib boradi. Bugungi kunda pedagoglar duch kelayotgan eng katta vazifa — bu bolalar va yoshlarni axborot dengizida o'z yo'lini topishga o'rgatishdir. Ammo, media va axborot savodxonligini shakllantirish boshqa har qanday ta'lim turidan farq qilmaydi: buning zamirida o'quvchilar bilan ishlash yotadi. Media va axborot savodxonligi ta'limi uchun turli media vositalardan foydalaniladigan bo'lsa ham, asosiy komponentlar sifatida ta'lim maqsadi va usullari, o'qituvchi va o'quvchi orasidagi o'zaro munosabatlar bo'lib qoladi"[1, 20].

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Hozirgi kunda ta'limga kirib kelayotgan yangi atamalardan biri mediamadaniyat tushunchasi bo'lib, bu atama ommaviy axborot vositalarining nafaqat jamoatchilik fikriga, balki did va qadriyatlarga ham ko'rsatadigan umumiy ta'siri va intellektual ta'sirini anglatadi. Mediamadaniyat shakllanishi uchun esa eng avvalo mediyasavodxonlik to'hri tashkillanishi kerak. Media savodxonlik iste'molchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan ko'rsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.

Media savodxonlik - insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan ko'nikmalar to'plamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada noto'g'ri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori bo'lgan odam osongina sezishi mumkin bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik - bu tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qo'llash qobiliyati.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan "noxolis" axborotlarning oldini olish, sara ma'lumotlarni topib foydalanishlari, xususan, nosog'lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to'g'ri foydalana bilishlari

uchun bilim va tajriba kerak bo'ladi. Internet madaniyatini avvalo kattalar, ota-onalar, kerak bo'lsa, pedagoglar o'zlaridan boshlasalar, yana ham yaxshi kutilgan natijalarga erishish mumkin bo'ladi. Aynan mana shu borada bolalar kattalarning, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma'naviy-ruhiy ko'magiga muhtoj.

Adabiyotlar:

1. Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. O'quv-amaliy qo'llanma. - T.: Extremum-press, 2017.

2. S.S.Rulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. Toshkent, 2000.

3. K.Kalanov. Madaniyat sotsiologiyasi. Darslik. Toshkent, 2020.

4. Yakubjonova Maftunaxon. Oliy o'quv yurti talabasi mediamadaniyatini rivojlantirish ko'rsatkichlari. International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities. Hosted from Hamburg, Germany. 2022, may.

5. Omonovna, K. M., & Tolipovna, I. Z. The Problem of Traditions in the Works of Sergey Esenin. International Journal of Human Computing Studies, 3(1), 131-133.

6. Kurbanovna, Y. F. (2022). THE GROWTH OF ENGLISH STANDARD ENGLISH PRONUNCIATION IN ENGLISH. Scientific Impulse, 1(4), 1960-1962.

7. Yusupjanova, F. (2021). EFFICIENCY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LEARNING FOREIGN LANGUAGES. Интернаука, (14-3), 51-52.

8. Vaxobjon, I. (2022). BARKAMOL AVLODNI MAFKURAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALASHNING MUHIM JIHATLARI. Research Focus, 1(4), 328-332.

9. Ibragimov, V. (2022). METHODOLOGY OF STUDYING FOREIGN LANGUAGE LESSONS BY THE METHOD OF EXTRACURRICULAR PROJECT WORK ADVANTAGES. Oriental Journal of Social Sciences, 2(06), 60-65.

10. MparaMoB, В. (2022). ИЖТИМОИЙ ФAOЛЛИК BA ТOЛЕРAНТЛИКНИ ЮКСAЛТИРИШНИНГ МУ^ИМ ЖИX,AТЛAРИ. Research Focus, 1(4), 351-354.

11. Zumratkhon, I. (2022). INNOVATIVE ASPECTS OF TEACHING SPECIALTY SUBJECTS IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION. Research Focus, 1(4), 341-345.

12. Azizovna, U. B. (2022). Scientific-Pedagogical Basis and Need for Development of Media Culture through Media Education. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(8), 5-7.

13. Azizovna, U. B. (2022). The Actual State of the System for Developing the Media Culture of Foreign Language Teachers on the Basis of Interdisciplinary Cooperation. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(8), 49-52.

14. Umurzakova, B. (2020). SOME PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL ASPECTS OF INCREASING STUDENTS'MOTIVATION IN THE PROCESS OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения проtsветания общества (pp. 237-239).

15. Azizovna, U. B. (2022). Development of media culture through media education. Eurasian Journal of Media and Communications, 12, 15-17.

16. Умуpзaкoвa, Б. A. (2022). МЕДИAТAЪЛИМ ОР^ЛИ МЕДИAМAДAНИЯТНИ РИBOЖЛAНТИРИШИЛМИЙ-ПЕДAГOГИК AСOСЛAРИ BA 3APyPAm. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 290-292.

17. Umurzaqova, B. (2022). BO 'LG 'USI XORIJIY TIL O 'QITUVCHILARIDA FANLARARO HAMKORLIK ASOSIDA MEDIAMADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK MAZMUNI VA MODELI. Science and innovation, 1(B4), 470-473.

18. Mamasoliyev, R. (2020). MODERN INNOVATIVE DIRECTIONS OF PEDAGOGICAL EDUCATION DEVELOPMENT. Теория и практика современной науки, (6), 16-18.

19. Алимжонова, М. (2022). Таълимнинг Глобаллашуви Шароитида Талабаларда Маданиятлараро Мулокот Компетентлигини Ривожлантириш Зарурати. Science and innovation, 1(B3), 254-263.

20. Алимжонова, М. (2022). ГЛОБАЛЛАШУВНИНГ МАДАНИЯТЛАРАРО МУЛО^ОТГА ТАЪСИРИ ВА УНИ ТАД^Щ ЭТИШНИНГ ИЛМИЙ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 323-328.

21. Ибрагимова, З. (2022). ПОЛИСЕМАНТИК ЛЕКСЕМАЛАР. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(13), 616-619.

22. Egamberdieva, T., & Alimjonova, M. (2020). PEDAGOGICAL NECESSITY OF DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION IN STUDENTS IN THE CONDITIONS OF GLOBALISATION OF EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(6), 277-283

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.