Научная статья на тему 'O‘ZBЕKISTОNDАGI YOSHLАRNING BUGUNGI KUNDАGI TАFАKKURINING RIVОJLАNISHIGА TЕLЕRАDIОKАNАLLАRDАGI KO‘RSАTUV VА ESHITTIRISHLАRNING TА’SIRI'

O‘ZBЕKISTОNDАGI YOSHLАRNING BUGUNGI KUNDАGI TАFАKKURINING RIVОJLАNISHIGА TЕLЕRАDIОKАNАLLАRDАGI KO‘RSАTUV VА ESHITTIRISHLАRNING TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

148
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
televideniye / ахbоrоt / estеtik zаvq / erkin ijоd / televizion videotasvir / jаmоаtchilik fikri / ijtimоiy-siyosiy tаrаqqiyot / mа‟nаviyat / tаrbiyaviy vоsitа. / телевидение / информация / эстетическое удовольствие / свободное творчество / телевизионное видео / общественное мнение / социально-политическое развитие / духовность / образовательный инструмент.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Elbek Egаmbеrdiyеvich Zаripоv

Mazkur maqolada jаmiyatimiz mа‟nаviyatini yuksаltirish bilаn bоg„liq jаrаyonlаrning murаkkаb tоmоnlari, televideniyening o„zigа хоs хususiyatlari, dunyoning ko`plab davlatlarida raqamli formatdagi televideniyega o`tish bo„yicha sa‟y-harakatlar olib borilganligi, hоzirgi pаytdа hаyotimizni elеktrоn ахbоrоt vоsitаlаri, хususаn, tеlеvidеniyе vа rаdiоsiz umumаn tаsаvvur etib bo„lmаsligi hamda bugungi kundа ulаr bir vаqtning o„zidа hаm ахbоrоt mаydоni, hаm ijtimоiy-siyosiy, mа‟nаviy-mа‟rifiy minbаr, shu bilаn birgа, insоngа mаdаniy, bаdiiy-estеtik оziq bеrаdigаn vа hоrdiq chiqаrаdigаn mаkоn vаzifаsini bаjаrayotganligi kabi ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЛИЯНИЕ ВЕЩАНИЙ НА РАЗВИТИЕ И МЫШЛЕНИЕ СЕГОДНЯШНЕЙ МОЛОДЕЖИ В УЗБЕКИСТАНЕ

В данной статье рассматриваются сложности процесса поднятия морального духа нашего общества, особенности телевидения, предпринимаемые во многих странах мира для перехода на цифровое телевидение, и теперь наша жизнь освещается электронными СМИ. В частности, это невозможно представить жизнь без телевидения и радио, и сегодня они являются одновременно и информационным полем, и социально-политической, духовной и просветительской площадкой, а также культурной, художественной и эстетической пищей для человека.

Текст научной работы на тему «O‘ZBЕKISTОNDАGI YOSHLАRNING BUGUNGI KUNDАGI TАFАKKURINING RIVОJLАNISHIGА TЕLЕRАDIОKАNАLLАRDАGI KO‘RSАTUV VА ESHITTIRISHLАRNING TА’SIRI»

O'ZBEKISTONDAGI YOSHLARNING BUGUNGI KUNDAGI TAFAKKURINING RIVOJLANISHIGA TELERADIOKANALLARDAGI KO'RSATUV VA ESHITTIRISHLARNING TA'SIRI

Elbek Egamberdiyevich Zaripov

TAQI Muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 3-kurs tаlаbаsi, aktyor

Annotatsiya: Mazkur maqolada jamiyatimiz ma'naviyatini yuksaltirish bilan bog'liq jarayonlarning murakkab tomonlari, televideniyening o'ziga xos xususiyatlari, dunyoning ko'plab davlatlarida raqamli formatdagi televideniyega o4ish bo'yicha sa'y-harakatlar olib borilganligi, hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televideniye va radiosiz umuman tasavvur etib bo'lmasligi hamda bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarayotganligi kabi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: televideniye, axborot, estetik zavq, erkin ijod, televizion videotasvir, jamoatchilik fikri, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot, ma'naviyat, tarbiyaviy vosita.

ВЛИЯНИЕ ВЕЩАНИЙ НА РАЗВИТИЕ И МЫШЛЕНИЕ СЕГОДНЯШНЕЙ МОЛОДЕЖИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация: В дaннoй статье рaссмaтривaются слoжнoсти прoцeссa шднятия MopanbHoro дуxa нaшeгo oбщeствa, ocoöeHHocra телевидения, пpeдпpинимaeмыe bo мнoгиx CTpaHax миpa для пepexoдa Ha цифpoвoe телевидение, и теперь нaшa жизнь oсвeщaeтся элeктpoнньши СМИ. В 4acTHocra, этo нeвoзмoжнo пpeдстaвить жизнь без телевидения и paдиo, и сегодня oни являются oднoвpeмeннo и инфopмaциoнным пoлeм, и сoциaльнo-пoлитичeскoй, дуxoвнoй и пpoсвeтитeльскoй плoщaдкoй, a тaкжe культуршй, xудoжeствeннoй и эстeтичeскoй пищей для чeлoвeкa.

Ключевые слова: телевидение, инфopмaция, эстeтичeскoe удoвoльствиe, свoбoднoe твopчeствo, телевизшнше видeo, oбщeствeннoe мнение, сoциaльнo-пoлитичeскoe paBBrnrce, дуxoвнoсть, oбpaзoвaтeльный инструмент.

THE EFFECT OF BROADCASTING AND BROADCASTING ON THE DEVELOPMENT OF THE YOUTH THOUGHT OF YOUNG PEOPLE IN

UZBEKISTAN TODAY

Abstract: This article discusses the complexities of the process of raising the morale of our society, the peculiarities of television, the efforts made in many countries around the world to switch to digital television, the modern electronic life. The media, in particular television and radio, is unimaginable at all, and today they are both an information space and a socio-political, spiritual and enlightenment platform, as well as a cultural, artistic and it serves as a space that provides aesthetic nourishment and relaxation.

Keywords: television, information, aesthetic pleasure, free creativity, television video, public opinion, socio-political development, spirituality, educational tool.

Barchamizga ma'lumki, bugungi jadal rivojlanayotgan zamonda, televideniye barchamizning bir vaqtlar orzularimizda yashagan "oynai jahon" bugungi kunda butun dunyo odamlarini yuzma-yuz uchrashtiradigan, хalqaro voqеalarni, mamlakatimizdagi yuz bеrayotgan bir-biridan ajoyib o'zgarishlarni ko'z o'ngimizda jonlantiradigan, kishilarga ma'naviy estetik zavq va shavq beradigan muhim vosita, hayotimizning, ishimizning, yutuqlarimiz va kamchiliklarimizning ko'zgusiga aylanib bormoqda.

Jamiyatimiz ma'naviyatini yuksaltirish bilan bog'liq jarayonlarning murakkab tomoni shundaki, butungi kunda boshimizdan kechirayotgan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot yo'lida uchraydigan juda ko'p muammolarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan faqat o'z kuchimiz va salohiyatimizga tayanib hal etishga to'g'ri kelmoqda. Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning amaliy natijasi o'laroq, adabiyot va san'at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo'lganini qayd etish joiz. Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy bo'lishi va qandaydir g'oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun o'tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy ma'naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to'laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Televideniyening o'ziga xos xususiyati ham shundaki, sodir bo'layotgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmay, balki tomoshabinlarni voqeaning guvohi, ishtirokchisiga aylantiradi. Darhaqiqat ushbu oynai jahon

bugungi kunda mamlakatimiz va jahonda ro'y berayotgan voqealar-u axborotlarni butun xalqqa yetkazib berishda bevosita xizmat vazifasini bajarib kelmoqda.

Televideniye tom ma'noda XX asr mo'jizasi hisoblanib, o'zining yarim asrlik tarixiy taraqqiyoti mobaynida xalqimiz hayotining o'ziga xos ko'zgusi, yurtdoshlarimizning kundalik hamrohi, suhbatdoshi va sirdoshiga aylandi.

"Til jonli narsa" degan edi Asqar Muxtor "Davrimizning bosh qahramoni" degan maqolasida. Darhaqiqat, bugungi kunda yoshlarimizning hayotida bidiiy so'zning o'rni, so'zlashish madaniyati tobora yo'qolib bormoqda. Bu kabi holatlarning oldini olish, bartaraf etishda televideniyening roli nechog'lik muhimligini ta'kidlash joizdir. Masalan, teleekran orqali namoyish etilgan har qanday ko'rsatuv yoshidan qat'iy nazar hech qaysi tomoshabinning e'tiborini chetlab o'tmaydi.

Dunyoning ko'plab davlatlarida raqamli formatdagi televideniyega o'tish bo'yicha sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Ular qatorida O'zbekiston ham bor. Bu bejiz emas. Raqamli televideniyening imkoniyatlari juda keng. Unda radioto'lqinli spektrni samarali qo'llash va ko'pdasturli televizion ko'rsatuvlarni uzatish, interaktiv xizmatlarni joriy etib, yuqori sifatli televizion videotasvirlarni berib borish kabi imkoniyatlar mavjud.

Hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televideniye va radiosiz umuman tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda, desak, xato bo'lmaydi. Shu sababli o'tkir ta'sir kuchiga ega bo'lgan televideniye va radio sohasini izchil taraqqiy ettirish jamiyatning doimiy e'tibor markazida bo'lishi tabiiy. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi asosiy milliy tele-radiokanallar aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo'lish huquqini ta'minlash, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an'analarimiz, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu bilan birga, fuqarolarimiz ongida demokratik qadriyatlar, grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo'lida munosib xizmat qilayotganini ta'kidlash kerak. Ayni vaqtda hali bu sohada oldimizda amalga oshirishimiz zarur bo'lgan ko'pgina maqsadlar turganini ham aytish lozim. Avvalo, televideniyeni davlat va jamiyatimizni bamisoli bir ko'prikdek bog'lab turadigan jonli muloqot vositasiga aylantirish, efir orqali bugungi kunning dolzarb muammolarini ko'proq aks ettirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, har qaysi insonning o'z mustaqil

fikrini ifoda etishiga imkon berish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini yoritib borish masalalariga alohida e'tibor qaratish zarur.

Hozirgi davrda matbuot, ommaviy axborot vositalari shunday qudratli kuchga aylanmoqdaki, o'z kelajagini o'ylaydigan har qaysi xalq va millat buni sezmasligi, his etmasligi mumkin emas. Shu sababli ham ommaviy axborot vositalarini zamon talablari asosida rivojlantirish, matbuot va so'z erkinligi prinsiplarini amalda ta'minlashga erishish, matbuotda tanqid ruhini kuchaytirish biz uchun eng muhim maqsadlardan biri bo'lib qolmoqda.

Televideniyeda ko'rsatuvlar ta'sirchanligi - bosh masala. Xususan, yoshlar tarbiyasida teleko'rsatuvlar e'tibordan xoli emas. Bugungi kunda ayniqsa, yoshlarni, ularning ota-onalarini, ustozlari, mahalla ahli, umuman jamoatchilikni ogohlikka chorlovchi hujjatli filmlarni ko'proq efir yuzini ko'rayotganligi, kelgusidagi yuzaga kelmoqchi bo'lgan voyaga yetmaganlar o'rtasida sodir etilayotgan jinoyatchiliklar, turli xil ko'rinishdagi talonchilik, behayolik va zo'ravonliklarning kamayib borishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa ekrandagi axborotning naqadar ahamiyatli va foydali ekanligidan dalolatdir.

San'atning bugungi kunda tarbiyaviy vosita sifati barkamol avlodni tarbiyalash va shaxs ma'naviyatini shakllantirishdek murakkab vazifalarni bajarishi to'g'risidagi ma'lumotlar ma'lum. San'at inson ongi va tafakkuriga ta'sir etuvchi asosiy kuch sifatida insonni barkamollikka va ruhiyatini tetiklikka undaydi, ushbu jarayonni o'rganish natijasida falsafa va boshqa fanlar tadqiqotlarida ma'lum natijalarda erishmoqdalar. San'at va uning ahamiyatini o'rganish tadqiqot ob'yektlarining predmetiga aylanib bormoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hozirda ko'plab yangi loyihalar va chora-tadbirlar qabul qildilar. Umuman olganda Muhtaram yurtboshimizning - "Biz endi eskicha yashay olmaymiz, o'z kelajagimizni o'zimiz quramiz. Ko'z bo'yamachiliklar, balandparvoz gaplardan butunlay voz kechamiz!" degan fikrlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning ta'lim va tarbiyasi, ularning komil inson bo'lib voyaga etishlari va bu borada yurtimizdagi barcha vazirlik, tashkilot va idoralar qatorida O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ham birdek ma'ul ekanligini yana bir bor aytib o'tmoqchiman. Zero, milliy an'analarimiz va urf-odatlarmizni yoshlar orasida keng targ'ib etish va kelajak avlodlarga yetkazish, mustaqil fikr va zamonaviy bilimga ega bo'lgan fidoiy hamda sog'lom yoshlarni voyaga yetkazishda televideniye va radiolar orqali efirga uzatilayotgan ko'rsatuv hamda eshttirishlarning o'rni doim beqiyosdir!

Xulosa qilib aytganda, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, "Yoshlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart!" degan gaplari bejiz emas. Haqiqatdan ham hozirda biz yoshlarga har bir sohada alohida e'tibor qaratilmoqda. Turli imkoniyat yo'llari ochib berilmoqda, albatta bundan oqilona foydalanish bizning vazifamizdir. Biz yoshlarda ma'naviyatimiz yengilmas kuchga aylansin! Milliy mafkuramiz esa qalbimizdan otilib chiqqan yo'lchi yulduzimiz bo'lsin!

REFERENCES

1. Бaкулeв. Телевидение без грaниц. М.,1994.

2. X AK6apoB Кинo-тeлeрeжиссурa, MoHTa® Т., 2006

3. ^зинцев Г. Гoлубoй экрaн. М., 1971.

4. Karimov I. Ommaviy axborot vositalari haqida to'plam. T., 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.