Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TA'LIM JARAYONIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINING
ISTIQBOLLARI
Maqsudov Ulug'bek Qurbonovich
Farg'ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti dekani, p.f.b.f.d(PhD)
Rahmonova Ruqiya Zuhriddinovna
Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti
Maqolada keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda shuni ta 'kidlash mumkinki, bizning fikrimizcha, media ta'limni rivojlantirishning eng qulay usuli bu - o'quv fanlarini o'qitish jarayonida axborot texnologiyalari, multimediali texnologiyalar vositasida rivojlantirish asoslab berilgan. Multimedia asoslariga oid, media ta'limni darajasini oshirishga qaratilgan maxsus kurslar, nazarimizda, berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o 'zlashtirish imkoniyatini, ta 'lim olishning yangi sohalari bilanyaqindan aloqa qilish ishtiyoqiyanada ortib borishi, ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishishi, olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo 'lganda amaliyotda qo 'llash imkoniyatigaega bo'lishi bitiruvchilarga nafaqat oliy ta'lim muassasasida ta'lim olish, balki keyingi kasbiy pedagogikfaoliyatida ham media ta'limningyuqori darajasini namoyish qilish nisbatan ustunliklarga egaligi birlamchi manbalardagi ma 'lumotlar va ilmiy adabiyotlar yordamida tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, media ta'lim, media texnologiya, mediasavodxonlik, ommaviy axborot vositalari, media ijtimoiylashuvi, mediapedagogika.
Taking into account the opinions presented in the article, it can be noted that, in our opinion, the most convenient way to develop media education is the development of educational subjects with the help of information technologies and multimedia technologies. Special courses on the basics of multimedia, aimed at improving the level of media education, in our opinion, provide a deeper and more perfect mastering of the given materials, a greater desire to get in close contact with new areas of education, as a result of a reduction in the time of education, time to be able to save money, to keep the acquired knowledge in one's memory for a long time and to be able to apply it in practice if necessary, to have advantages for graduates not only to study at a higher educational institution, but also to demonstrate a high level
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
of media education in their further professional pedagogical activities. analyzed using data and scientific literature.
Keywords: modern information and communication technologies, media education, media technology, media literacy, mass media, media socialization, media pedagogy.
Shiddat bilan o'zgarib borayotgan hozirgi davrda axborot oqimini ko'p ekanligi undan o'zimizga foydali va kerakligini ajrata olish ham hozirda muhim va dolzarb muammoga aylanmoqda desak ham bo'ladi. Bunday vaziyatlarda o'quvchi yoshlarni ham ongini zaharlamaydigan yengil yelpi axborot oqimlaridan himoya qilish vazifasi ham barchamizning burchimizga aylanib ulgurdi. Turli vositalarda, tarmoqlarda kelayotgan axborotning rost yoki yolg'on foydali yoki befoyda ekanligini bilish uchun esa barchamiz fikrlashimiz ishonchli va ishonchsiz manbalarni ajrata olishimiz juda muhimdir. Ma'lumotlarning ko'pligi sinflarda darslarning qiziqarli va mazmunli o'tishiga ham sabab bo'layotganligini ham aytib o'tish muhim. Darslikdagi mavzuga doir, yoki darslikda berilgan ma'lumotlardan tashqari boshqa manbalardan shu mavzuga tegishli bo'lgan turli tuman qiziqarli ma'llumotlarni qidirib toppish o'qituvchi uchun xozirgi kunda unchalik muammo bo'lmay qoldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin shu ko'p ma'lumotni o'quvchiga yetqazib berish (aynnan shu vaqt oralig'ida) birmuncha qiyinchilik tug'dirishi munkin. Shu ma'lumotlarni saralab keraklilarini o'quvchiga tez va oson va eng asosiysi tushunarli tarzda yetqazish asosiy muammo bo'lmoqda. Ma'lumotlarni to'plab ularni oson usulda bayon etishning usullaridan biri bu infografik materiallar tayyorlash xisoblanadi. Masalan infografik slayd qilishimiz munkin dars uchun yoki xujjat ko'rinishida plakat ko'rinishida taqdim etishimiz, qisqagina videorolik tayyorlab olish mumkin. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa amaliy dasturlar bilan tanish bo'lishimiz kerak. Hozirgi kunda kompyuter savodxonligiga ega bo'lmaslik xuddi o'qish yozishni bilmagan o'quvchi timsolidek gap. Har bir o'qituvchi minimal darajada bo'lsa ham kompyuterda amaliy dasturlarda xujjat qilish taqdimot tayyorlash ko'nikmalariga ega bo'lishi zarur. Shundan keyingina u boshqa imkoniyatlardan ham foydalanishga o'ta oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Keyingi yillarda oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish, xususan, multimedia
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
texnologiyalaridan foydalanish ta'lim tizimi mazmunini boyitish, tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy ishlar amalga oshrilmoqda.
Respublikamizda ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta'lim, jumladan, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, bu borada pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish samaradorligiga erishish katta ahamiyat kasb etadi.
Dunyo rivojlanishining asosiy tendensiyalari orasida axborotlashgan jamiyatga o'tish muhim vazifa, ya'ni jamiyatning barcha jabhalarida media vositalarining ta'siri dolzarb muammo sanaladi. Yevropa Ittifoqi Parlament Assambleyasining qonunchilik yig'ilishi tavsiyasiga binoan dasturiy vositalarning ishlab chiqarilishi yoshlar va kattalarning mediakompetentligi shakllanishiga turtki bo'ladi, shuningdek, zamonaviy jamiyatning media madaniyatiga ta'sir etadigan ajralmas omil sifatida qaraladi[1, 8].
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko'ptarmoqli, predmetga yo'naltirilgan multimediali o'quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo'nalishi bo'yicha bilimlar bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o'rgatuvchi tizimlar, o'rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo'lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.
Multimedia tushunchasi — turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasini anglatadi [2, 36]. Multimedia texnologiyalari — bu turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasidir. Multimedia texnologiyalariga avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia texnologiyalari qatoriga kiradi. Ehtimol, kelajakda multimedia vositalari ma'lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ham mumkin.
Multimedia vositalarini ta'limda qo'llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta'limning gumanizasiyalashuvini ta'minlash;
• o'quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o'zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo'llay olishi, o'rganishga bo'gan qiziqishi, mehnatga bo'lgan munosabati);
• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o'quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o'qib va rivojlanib boradi;
• ta'lim oluvchilarda, o'zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish[3,4].
Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o'zgartirishi, natijalarini o'rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so'roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin.
Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o'quv materiallari tushunish uchun qulay bo'lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to'liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o'qituvchining ko'magi zarur bo'ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo'llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o'qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko'maklashish, qo'llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug'ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin.
Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko'rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to'ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta'minlab turishi mumkin.
Multimedia vositalari har xil ta'lim yo'nalishlari (stillari) uyg'unligida qo'llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo'lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o'qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
esa (videofilmlarni) ko'rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o'zlashtirishni xush ko'radilar.
Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo'lib, u o'qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko'ra keng ko'lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko'rgazmali va uyg'unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o'rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta'lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biridir. Ta'lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o'quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o'qituvchisi tinimsiz o'z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg'or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo'llay oladigan shaxs sifatida o'z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo'lishi davr talabidir. Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta'minotni takomillashtirish, moddiy baza, shuningdek, o'qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir.
REFERENCES
1. Yevropa Ittifoqi Parlament Assambleyasining qonunchilik yig'ilishi. Hujjat №8753. - Fransiya, Strasburg. 6 iyun 2000 y
2. R.X.Alimov. —Axborot texnologiyasi va tizimlarill ,T.: 2011.-36 b.
3. Babadjonov S.S. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yo'llari // Halq ta'limi -Toshkent, 2017.
4. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in teh spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.
5. Kurbanovich, M. U. (2020). Pedagogical tendencies of the development of social activity skills of primary school pupils through the use of
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5),
6. Makhmutovna, T. K., & Ibragimovna, T. I. (2020). Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(6), 165-171.
7. Maksudov, U. K. (2020). CHARACTERISTIC OF THE PROCESS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVITY SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH FOLKLORE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(7), 407-412.
8. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).
9. Maksudov, U. K. (2022). Development of Social Activity of Primary School Students through Folk Oral Creativity. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology, 2(5), 54-57.
10. Maqsudov, U. B. Q., & Qosimova, G. E. Q. (2022). TALABALARDA MEDIA SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 988-995.
11. Maqsudov, U. B. Q., Eraliyev, Y. L., & Qosimova, G. (2022). TA'LIMDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 973-980.
12. Maqsudov, U., & Eraliyev, Y. (2022). PEDAGOGIKA FANLARINI O 'QITISHDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 68-73.
13. Muhammadjonovna, U. N., Makhmutovna, T. H., & Kurbonovich, M. U. (2020). IPROVING THE MECHANISM OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE IN THE DEVELOPMENT OF A DEMOCRATIC AND LEGAL SOCIETY. JCR, 7(12), 3133-3139.
14. Mukhammedovna, U. N., & Oyturaxonovna, I. S. (2019). IMPROVING SOCIAL ACTIVITY OF YOUTH IN UZBEKISTAN AS THE DEMOCRACY AND DEVELOPMENT OF LEGAL SOCIETY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
562-566.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
15. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, <5(1), 75-77.
16. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12),
17. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. (Й&
48(8).
18. Tuychiyeva, I., & Jo'Rayeva, S. (2022). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING AHAMIYATI. Science and innovation, 1(B7), 1349-1354.
19. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2344-2348.
20. Urinova, N., & Abdullaeva, N. (2020). Opportunities for formulating research skills for higher education students. Молодой ученый, (11), 193-195.
21. Абдулазизова, Н. А., & Закирова, Д. С. (2016). VALUE OF DISTANCE LEARNING IN CONTINUING EDUCATION. Учёный XXI века, (12 (25)), 42-45.
22. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.
23. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.
24. Рафикова, Д., & Каримова, М. (2021). Нормативно-правовое обеспечение процессов модернизации высшего педагогического образования Республики Узбекистан. Общество и инновации, 2(8/S), 214-226.
25. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). OBJECTIVES OF THE YOUTH ACTIVITY BY TEACHING TRAINING. Учёный XXI века, (6-2 (19)), 41-44.
127.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
26. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). ЗАДАЧИ РАЗВИТИЯ АКТИВНОСТИ МОЛОДЁЖИ С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТРЕНИНГОВ. Ученый XXI века, (6-2).
27. Уринова, Н. М., & Байджанов, Б. Х. (2016). Социально-педагогические особенности подготовки будущих учителей к воспитательной работе. Учёный XXI века, (4-2 (17)), 21-24.
28. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),
80-83.