TEXNOLOGIYA
UDK 677.021.164.001.76
PAXTA YUZASINI VAQT DAVOMIDA QIZISH JARAYONINING TAHLILI
Ismoilov Ibrohim Davronbek o'g'li Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, tayanch doktoranti
Qarshiyev Baxtiyor Eshqobilovich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, dotsenti, behruz-sarvar@mail. ru
Annotatsiya. Maqolada paxta yuzasini vaqt davomida qizish jarayoni o'rganilgan bo'lib, Turli qalinlikdagi paxta qatlamiga turli temperaturadagi quritish agenti ta'sir etganda paxta temperaturasini vaqt davomida o'zgarishi aniqlangan.
Аннотация. В статье изучен процесс нагрева поверхности хлопка сырца во времени и определено изменение температуры хлопка во времени при нанесении сушильного агента разной температуры на слой хлопка разной толщины.
Abstract. The article studies the process of heating the surface of raw cotton over time and determines the change in cotton temperature over time when applying a drying agent of different temperatures to a layer of cotton of different thicknesses.
Калит сузлар: paxta namligi, quritish, tola xarorati, tola namligi, quritish tezligi, quritish vaqti, havo harorati.
Ключевые слова: влажность хлопка, сушка, температура волокна, влажность волокна, скорость сушки, время сушки, температура воздуха.
Key words: cotton moisture, drying, fiber temperature, fiber moisture, drying speed, drying time, air temperature.
Hozirgi kunda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan paxta tozalash korxonalarida asosan paxta xom ashyosini kuritishda 2SB-10 va SBO quritigichlarida foydalanib kelinmoqda. Bu kuritish uskunalarining namlik ajratish samaradorligi yuqori bo'lsada lekin energiya va rusurs sarfi juda yuqoriligicha qolmoqda. Bu sarf xarajati yuqori bo'lgan quritish uskunalaridan korxonalarda qabul qilingan barcha paxtalar ya'ni namligi past bo'lgan paxtalar va o'rug'lik paxtalar xam shu quritish uskunalaridan foydalanib quritib kelinmoqda. Qorxonalarda qabul qilingan paxtalarning asosiy qismi namligi past bo'lgan I va II sinf paxtalarni tashkil etmoqda. Shularni inobatga olgan holda paxtani ya'ni namligi past bo'lgan paxtalarni va urug'lik paxtalarin quritishda takomillashgan quritish uskunasini ishlab chiqish maqsadga muofik bo'lar edi. Shu maqsadda namligi past bo'lgan paxtalarni vaqt davomida qizishi va quritish jarayoni o'rganildi [1-10].
O'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tahlili acocida namligi yuqori b o'lmagan paxtani tejamkor quritish usullarini tadbig' etish bo'yicha bir qator tadqiqotlar o'tkazildi.
Tavsiya etilgan takomillashgan quritish uckunaci asosiy parametrlari, geometrik o'lchamlari, quritilayotgan maxsulotning temperaturasi qizish vaqti va uskunaga berilishi kerak bo'lgan havo tezliklarini aniqlash uchun "Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyaci" kafedrasi qoshidagi ilmiy laboratoriyasidagi uskunalardan foydalanilib laboratoriya tajribasi amalga oshirildi, texnologik uskunaning sxemasi 1-rasmlarda keltirib o'tilgan.
Tajriba qurilmasi havo uzatuvchi ventilyator, SXL-1 laboratoriya quritish uskunasi, issiq havoni uzatish sistemasi va paxta bunkeridan iborat bo'lib quyidagi shaklda ishlaydi. Ventilyator uzatayotgan havo SXL-1 uskunada kerakli temperaturagacha qizdirilib issiqlik uzatish tizimi orqali quritish bunkeriga uzatiladi. Uzalilayotgan issiq havo temperaturasi hamda tezligini termopara va UNIT-8 markali anemometr yordamida o'lchanad va amaliy tajribalar olib borildi [71]. Tajribada amalga oshirishda 0,3x0,25 m bo'lgan shaxta tayyorlandi va SXL-1 laboratoriya qurilmadan issiq havo temperaturasi 50-1000C uzatilib qizdirish vaqtini boshlang'ich 10; 20; 30;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
40; 50 va 60 sekund qilib olindi, berilayotgan issiq havo tezligini 1,3 dan 1,5 m/s gacha to'g'irlandi va paxta tolacining haroratlari lazerli termometr yordamida besh qaytalikda o'lchandi grafiklar olindi. Shaxta ichidagi paxtani qalinligi 100-150-200 mm qilib paxtani qizish vaqti aniqlandi.
1-SXL-1 labaratoriya quritish uskunasi; 2-ventilyator; 3-issiq xavo uzatish tizimi; 4-paxta
bunkeri
1-racm. Tajriba qurilmacining cxemaci
Dastlab laboratoriya sharoitidagi o'tkazilgan tajribalarda takomillashgan quritish uskunasida paxtani qizish vaqti va qatlam qalinligini aniqlashdan iborat bo'ldi.
1-2-rasmlarda paxta qatlam qalinligi 100 mm bo'lganda unga 50 va 100°C issiqlik berilganda paxta xom ashyosining temperaturasi vaqt bo'yicha o'zgarish grafiklari ko'rsatilgan. Ko'rinib turibdiki, qalinligi 100 mm bo'lganda, quritishga berilayotgan havoning harorati 50°C da, moc ravishda boshlang'ich; 10; 20; 30; 40; 50 va 60 sekundda shaxtaning boshlang'ich qismidagi paxtaning temperaturasi 18,6°C; 21,9°C; 24,8°C; 29,2°C; 32,7°C; 34,9°C va 37,2°C ni tashkil etgan (1-egri chiziq) bo'lsa quritish shaxtasining oxirgi qisida esa 18,6°C; 20,4°C; 22,4°C; 25,3°C; 26,8°C; 29,0°C va 31,7°C ni tashkil etgan (2-egri chiziq).
Ko'rinib turibdiki paxta kalinligi 100 mm bo'lganda unga 50°C issiq havo berganimizda boshlang'ich 18,6°C dan 60 sekunda temperaturasi boshlang'ich qismda 37,2°C ga shaxtani oxirida esa 31,7°C gacha qutarildi. Quritishga berilayotgan havoning harorati 100°C da, moc ravishda boshlang'ich 10; 20; 30; 40; 50 va 60 sekundda shaxtaning boshlang'ich qismidagi paxtaning temperaturasi 19,3°C; 26,0°C; 33,1°C; 37,7°C; 42,8°C; 47,7°C va 53,5°C ni tashkil etgan (1-egri chiziq) bo'lsa quritish shaxtasining oxirgi qisida esa 19,3°C; 23,8°C; 27,9°C; 32,0°C; 36,9°C; 41,8°C va 44,5°C ni tashkil etgan (2-egri chiziq). Ko'rinib turibdiki paxta kalinligi 50mm blganda unga 100°C issiq havo berganimizda boshlang'ich 19,3°C dan 60 sekunda temperaturasi boshlang'ich qismda 53,5°C ga shaxtani oxirida esa 44,5°C gacha ko'tarildi
40
u O J7.2
32.7. V
i30 09 3 25 09 f-> Cj 31J
219 J¿> 22,4 2
I 20 K 1S:6
„ , 20.4
15
1 2 3 4 5 6 7
IlaxTa TeMnepaTypacHHHHTEaKT flaEOMHflay3rapranH
1-shaxtaning boshlang'ich qismi; 2-shaxtaning oxirgi qismi 2-rasm. Paxta qatlami qalinligi 100 mm bo'lganda unga 50°C temperatura berilganda vaqt
davomida temperaturasi o'zgarishi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
65
1 2 3 4 5 6 7
riaxTa leMnepaTypacinniHr esict flaEOMHfla yarapiram
1-shaxtaning boshlang'ich qismi; 2-shaxtaning oxirgi qismi 3-rasm. Paxta qatlami qalinligi 100 mm bo'lganda unga 100°C temperatura berilganda
vaqt davomida temperaturasi o'zgarishi
3-4-rasmlarda paxta qatlam qalinligi 150 mm bo'lganda unga 50 va 100°C issiqlik berilganda paxta xom ashyosining temperaturasi vaqt bo'yicha o'zgarish grafiklari ko'rsatilgan. Ko'rinib turibdiki, qalinligi 150 mm bo'lganda, quritishga berilayotgan havoning harorati 50°C da, moc ravishda boshlang'ich; 10; 20; 30; 40; 50 va 60 sekundda shaxtaning boshlang'ich qismidagi paxtaning temperaturasi 19,02°C; 22,3°C; 25,6°C; 29,8°C; 32,7°C; 34,7°C va 37,0°C ni tashkil etgan (1-egri chiziq) bo'lsa quritish shaxtasining oxirgi qisida esa 19,02°C; 20,5°C; 23,2°C; 25,1°C; 27,0°C; 28,9°C va 31,1°C ni tashkil etgan (2-egri chiziq). Ko'rinib turibdiki paxta kalinligi 50mm blganda unga 50°C issiq havo berganimizda boshlang'ich 19,02°C dan 60 sekunda temperaturasi boshlang'ich qismda 37,0°C ga shaxtani oxirgi qismida esa 31,1°C gacha ko'tarildi.
40
15 H-1-1-1-1-1-1-1
1 2 3 4 5 6 7 IlaxTa TeMnepaTypacHHHHTBairr .a as orjn.ua ysraprami
1-shaxtaning boshlang'ich qismi; 2-shaxtaning oxirgi qismi 4-rasm. Paxta qatlami qalinligi 150 mm bo'lganda unga 50°C temperatura berilganda vaqt
davomida temperaturasi o'zgarishi
Quritishga berilayotgan havoning harorati 100°C da, moc ravishda boshlang'ich; 10; 20; 30; 40; 50 va 60 sekundda shaxtaning boshlang'ich qismidagi paxtaning temperaturasi 19,2°C; 25,9°C; 32,0°C; 37,1°C; 42,4°C; 47,5°C va 52,8°C ni tashkil etgan (1-egri chiziq) bo'lsa quritish shaxtasining oxirgi qisida esa 19,2°C; 24,7°C; 28,8°C; 33,0°C; 37,3°C; 41,7°C va 43,8°C ni tashkil etgan (2-egri chiziq). Ko'rinib turibdiki paxta kalinligi 100mm bo'lganda unga 100°C issiq havo berganimizda boshlang'ich 19,2°C dan 60 sekunda temperaturasi boshlang'ich qismda 52,8°C ga shaxtani oxirida esa 43,8°C gacha ko'tarildi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
1-shaxtaning boshlang'ich qismi; 2-shaxtaning oxirgi qismi 5-rasm. Paxta qatlami qalinligi 150 mm bo'lganda unga 100°C temperatura berilganda
vaqt davomida temperaturasi o'zgarishi
5-6-7-rasmlarda paxta qatlam qalinligi 200 mm bo'lganda unga 50 va 100°C issiqlik berilganda paxta xom ashyosining temperaturasi vaqt bo'yicha o'zgarish grafik ko'rsatkichlari xam olindi. Ko'rinib turibdiki, qalinligi 200 mm bo'lganda, quritishga berilayotgan havoning harorati 50°C da, moc ravishda boshlang'ich; 10; 20; 30; 40; 50 va 60 sekundda shaxtaning boshlang'ich qismidagi paxtaning temperaturasi 18,8°C; 22,1°C; 25,4°C; 30,2°C; 32,8°C; 34,6°C va 36,8°C ni tashkil etgan (1-egri chiziq) bo'lsa quritish shaxtasining oxirgi qisida esa 18,8°C; 20,1°C; 23,2°C; 25,6°C; 26,7°C; 29,1°C va 30,9°C ni tashkil etgan (2-egri chiziq). Ko'rinib turibdiki paxta kalinligi 150mm bo'lganda unga 50°C issiq havo berganimizda boshlang'ich 18,8°C dan 60 sekunda temperaturasi boshlang'ich qismda 36,8°C ga shaxtani oxirida esa 30,9°C gacha qutarildi. Quritishga berilayotgan havoning harorati 100°C da, moc ravishda boshlang'ich; 10; 20; 30; 40; 50 va 60 sekundda shaxtaning boshlang'ich qismidagi paxtaning temperaturasi 19,1°C; 25,5°C; 32,0°C; 36,9°C; 41,7°C; 46,9°C va 51,5°C ni tashkil etgan (1-egri chiziq) bo'lsa quritish shaxtasining oxirgi qisida esa 19,1°C; 24,1°C; 28,8°C; 32,4°C; 38,2°C; 41,1°C va 42,4°C ni tashkil etgan (2-egri chiziq). Ko'rinib turibdiki paxta kalinligi 200 mm bo'lganda unga 100°C issiq havo berganimizda boshlang'ich 19,1°C dan 60 sekunda temperaturasi boshlang'ich qismda 51,5°C ga shaxtani oxirida esa 42,4°C gacha ko'tarildi.
40
15 H-1-1-1-1-1-1-
12 3 4 5 6 7 IlaxTa TeMnepaTypajcHHHHTBaicT 3aE omj-iiia yarapimni
1-shaxtaning boshlang'ich qismi; 2-shaxtaning oxirgi qismi 6-rasm. Paxta qatlami qalinligi 200 mm bo'lganda unga 50°C temperatura berilganda
vaqt davomida temperaturasi o'zgarishi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
55
и 50 ¡45 p 40
5-35
t
I 30
EE 25
tí 20
15
46:9
1
\ 36.9
32.4
25. "^2
19.1 MA
i 1УЛ i i i i i i i
1 2 3 4 5 6 7 Пахта температураЕинингвает давомидаузгариши
1-shaxtaning boshlang'ich qismi; 2-shaxtaning oxirgi qismi 7-rasm. Paxta qatlami qalinligi 200 mm bo'lganda unga 100 °C temperatura berilganda
vaqt davomida temperaturasi o'zgarishi
O'tkazilgan amaliy tajribalardan shu aniqlandiki paxta qatlamining qalinligi qizish haroratiga jiddiy darajada ta'cir etishi aniqlandi.
Quritish harorati 50°C bo'lganda, paxta qalinligi 100 mm bo'lganda, paxtani 60 sekundda 18,6°C dan 37,2°C gacha qutarildi. Quritishga berilayotgan havoning harorati 100°C da esa 19,3°C dan 53,5°C gacha temperatura o'zgarmoqda, mos ravishda 100 mm va 200 mm qatlam kalinligida xam 50°C da 19,02°C dan 37,0 °C gacha, temperatura 100 °C da esa 19,2 °C dan 52,8 °C gacha ko'tarilmoqda. Qatlam qalinligi 200 mm bo'lganda esa 50 °C da 18,8 °C dan 36,8 °C gacha, 100 °C da esa 19,1 °C dan 51,5 °C gacha ko'tarilmoqda.
Olingan natijalar paxtani elementar bo'laklarga ajratgan holda qicqa muddatda quritish imkoniyati mavjudligini ko'rsatdi.
Turli qalinlikdagi paxta qatlamiga turli temperaturadagi quritish agenti berilganda, paxta temperaturasini vaqt davomida o'zgarish grafiklari olindi. Olingan natijalar paxtani elementar bo'laklarga ajratgan holda qicqa muddatda quritish imkoniyati mavjudligini ko'rsatdi. Bu esa o'z navbatida namligi past va urug'lik paxtalarni energitejamkor qatlamda quritadigan takomillashgan quritish uskunalaridan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkinligini ko'rsatdi.
ADABIYOTLAR
1. Ismoilov I.D., Xakimov Sh.Sh., Ismailov A.A. "Xozirgi kunda klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalarida paxtani kuritishda energiya tejamkor texnologiyasini tadqiqoti". TTESI. Toshkent 2023.
2. Ismoilov I.D., Ismailov A.A., Pardaev X.N. "Paxta quritishda quritish barabanlarida issiqlik yo'qolishini tajribaviy tadqiqoti". "O'zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida paxta, to'qimachilik, yengil sanoat va matbaa sohalari texnologiyalarining rivojlantirishning istiqbollari va muammolari" respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy anjumani. Toshkent 2024. 107-109 b.
3. Kupalova Yu., Usmankulov A. Choosing the optimum regime for drying raw cotton in drum drier. // American Journal of Research. USA/Michigan. 2018 й, №9-10, -P.172-178.
4. Kamolovich, D. R., O'G'Li, A. N. U., Yusupovich, A. K., & Eshqobilovich, Q. B. (2024). TUKLI URUG'LIK CHIGITNI SARALASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYASI. Механика и технология, 2(15), 169-175.
5. Абдихамидов, Н. У. У., Джамолов, Р. К., Каршиев, Б. Э., & Абдуллаев, К. Ю.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
(2024). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ОСНОВНЫХ ПАРАМЕТРОВ СОРТИРОВОЧНОГО АГРЕГАТА ВОЛОСАТЫХ СЕМЯН ХЛОПЧАТНИКА МЕТОДОМ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ПЛАНИРОВАНИЯ. Universum: технические науки, 4(5 (122)), 39-44.
6. Eshqobilovich, Q. B. (2023). PAXTANI QURITISH JARAYoNINI TOLA VA CHIGIT NAMLIGIGA TA'SIRI. Mexanika va texnologiya, (2 (5) Maxsus son), 309-315.
7. Eshqobilovich, Qarshiev Baxtiyor, Gulboev Otabek Abdimurod O'G'Li, and Narzullaev Fazliddin Shuhrat O'G'Li. "QURITILGAN PAXTANI PNEVMATIK UZATISHDA TOLA VA CHIGIT TEMPERATURALARIGA TA'SIRINI TAHLILI." Механика и технология 1 (8) Спецвыпуск (2024): 226-230.
8. Abdixamidov N.U., Djamolov R.K., Qarshiev B.E., Abdullaev K.Yu. Saralash kameraga o'rnatilgan chigitni donalovchi taroq moslamasining parametrlarini aniqlash. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy - texnikaviy jurnal. №1/2024, Buxoro-2024y-285b.
9. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqieti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.
10. Parpiyev A. P. et al. Tozalash jarayonida arrali seksiyalardan ajralib chiqqan chiqindi ulushlarini baholash natijalari taxlili //O'zbekiston to'qimachilik jurnali. ISSN. - 2010. - Т. 6262. - №. 1. - С. 2022.
11. Каршиев Б. Э., Исматов С. С. РАВНОМЕРНОСТЬ СУШКИ КОМПОНЕНТОВ ХЛОПКА-СЫРЦА //Экономика и социум. - 2023. - №. 9 (112). - С. 485-489.
12. Парпиев А. П., Каршиев Б. Э. РАВНОМЕРНОСТЬ СУШКИ КОМПОНЕНТОВ ХЛОПКА-СЫРЦА //Universum: технические науки. - 2022. - №. 9-2 (102). - С. 51-54.
13. Karshiev B. E. i dr. Paxtani tozalashga tayyorlash texnologiyasining tahlili //RESULTS OF NATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. - 2022. - T. 1. - №. 6.
14. Каршиев Б.Э., Парпиев А.П., Хушбаков А.Н. Анализ температуры, влажности волокна и семян в технологических процессах на хлопкоочистительных предприятиях// INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE: YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 2022 Prague, Czech. https://doi.org/10.5281/zenodo.7117865.
15. Qarshiev BE P. A. P. Paxta va uni komponentlarini qatlamda quritish tadqiqoti //O'zMU xabarlari. Ilmiy jurnal. ISSN. - S. 2181-7324.
16. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son