TEXNOLOGIYA
UDK. 677.021.152
QURITILGAN PAXTANI PNEVMATIK UZATISHDA TOLA VA CHIGIT TEMPERATURALARIGA TA'SIRINI TAHLILI
Qarshiev Baxtiyor Eshqobilovich Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti (PhD)
Gulboev Otabek Abdimurod o'g'li Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti stajyor-o'qituvchi
Narzullaev Fazliddin SHuhrat o'g'li Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti stajyor-o'qituvchi [email protected]
Annotatsiya. Maqolada quritish barabanlarida quritilgan paxtani tozalashni texnologik oqimiga uzatishda namligi va temperaturasini o'zgarishi o'rganilgan. Paxtani quritish barabanida olgan issiqligidan tozalashda samarali foydalanish maqsadida quritish barabanidan tozalagichlarga mexanik transporterda uzatish tavsiyasi berilgan.
Аннотация. В статье изучено изменение влажности и температуры хлопка-сырца, высушенного в барабанной сушилке при его подаче в технологический поток очистки. Для эффективного использования тепла, полученного хлопком-сырцом в сушильном барабане при очистке, предложено подавать хлопок-сырец после барабана очистителям механическим транспортером.
Abstract. The article studies the change in humidity and temperature of raw cotton dried in a drum dryer when it is supplied with a technological stream of cleaning. For efficient use of the heat received by the raw cotton in the drying drum during cleaning, it is proposed to supply the raw cotton after the drum to the cleaners with a mechanical conveyor.
Kalit so'zlar. Paxta namligi, quritish, tola harorati, tola namligi, quritish tezligi, quritish vaqti, havo harorati.
Ключевые слова. Влажность хлопка, сушка, температура волокна, влажность волокна, скорость сушки, время сушки, температура воздуха.
Key words. Cotton moisture, drying, fiber temperature, fiber moisture, drying speed, drying time, air temperature.
Paxtani quritish va tozalash texnika, texnologiyalarini hozirgi holati va ularni takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni tahlili, tozalash samaradorligini oshirish mavjud tozalagichlarni takomillashtirish, yangilarini yaratish hamda paxtani qayta ishlash obyekti sifatida tozalashga optimal tayyorlash, yani paxta tuzilma tarkibi, tola namligi va temperaturasini optimal qiymatlarda bo'lishini ta'minlash yo'nalishlarida bo'layotganini ko'rsatdi.
Mavjud tozalagichlarni takomillashtirish va yangilarini yaratish yo'nalishida keng qamrovli tadqiqotlar amalga oshirilib, arrali va qoziqchali baraban sektsiyalarini asosiy ishchi elementlari, geometrik va tezlik parametrlari, texnologik ko'rsatkichlari asoslangan. Mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi qoziqchali va arrali baraban seqtsiyalarini turli hildagi komponovkalari asosida tozalagichlarni yangi konstruqtsiyalari ishlab chiqilgan.
Mavjud tozalagichlarni zaxira imkoniyatlaridan to'liq foydalanish amalga oshirilgan. Lekin ikkinchi yo'nalish paxtani tozalashga tayyorlash, tola namligi va temperaturasini tozalash jarayonlarida optimal qiymatlarda bo'lishini taьminlash yo'nalishida amalga oshirilgan tadqiqotlar yetarli emas. Tadqiqotlarda [1] tozalagichlarni tozalash samaradorligi yuqori bo'lishi uchun tola temperaturasi 40-50°C, namligi 6-7% bo'lishi tavsiya etilgan bo'lsada, ushbu
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
ko'rsatkichlarni tabminlovchi texnik yechimlar yo'qligi aniqlandi.
Mavjud paxtani dastlabki ishlash texnika va texnologiyalarida paxtani tozalashga tayyorlash uchun paxtani quritish jarayoni kiritilgan bo'lib, unda quritish barabanlarida paxtani quritish xisobiga, uni issiqlik namlik xolatini tozalashga moslashtiriladi.
Paxta tozalash korxonasida ikkita 2SB-10 yoki SBO quritish barabani o'rnatilib, ular parallel yoki ketma-ket ishlashi mumkin.
Paxtani dastlabki ishlashni muvofiqlashtirilgan texnologiyasi (PDI 70-2017) [2] tavsiyasi bo'yicha paxtani quritish-tozalash tsexlari va tozalash tsexlarida quritish belgilangan bo'lib, paxta namligi 14% gacha bo'lganda uni tozalash tsexida quritib qayta ishlashga, paxta namligi 14% dan yuqori bo'lganda quritish-tozalash tsexida 14% gacha quritib sungra tozalash tsexiga uzatish belgilangan, quritish tozalash tsexida paxtaning I, II, III navlari II %, IV-V navlari namligi 14% gacha quritilish tavsiya etilgan.
Paxtani dastlabki ishlash texnika va texnologiyasining asosiy maqsadi paxtadan ko'proq miqdorda sifatli tola olishdan iborat. Ishlab chiqarilgan tola ip-yigiruv texnika va texnologiyalari va sifatli ip chiqarish talablariga to'liq javob beradigan hossa va hususiyatlarga ega bo'lish kerak.
Eng asosiy muammoli masalalar - bu ishlab chiqarilayotgan toladagi nuqson va iflos aralashmalarni miqdorini kam bo'lishini ta'minlash, tola uzunligi va pishiqligini texnologik jarayonlarda saqlab qolish, ularni bir tekisligini ta'minlash, tola va chigit shikastlanishini oldini olish kabilarni hal etish lozim.
Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida eng uzun va paxtaga ko'p mexanik ta'sir ko'rsatuvchi jarayon bu paxtani tozalash jarayoni bo'lib unda paxta 32 tagacha qoziqchali barabandan, 4 ta arrali barabandan mexanik ta'sir ostida o'tadi. Lekin shunga qaramasdan paxtada qoldiq ifloslik ishlab chiqarilayotgan tolada iflos aralashmalar miqdorini yuqori bo'lishiga sabab bo'lmoqda.
Shu sababli, paxtaga qo'shimcha mexanik ta'sir ko'rsatmasdan tozalash samaradorligini oshirish muhim axamiyat kasb etadi. SHuning uchun paxtani tozalashga tayyorlash jarayonini samarali tashkil etish, paxta torzalagichlarni ishlash samaradorligini oshirishga sezilarli ta'sir etadi.
Ilmiy tadqiqotlar paxtani dastlabki ishlashda I-II nav paxta namliklari 7-8%, II-IV nav paxtalarniki 8-9% bo'lishi tozalagichlarni tozalash samaradorligini oshishiga texnologik uskunalarni barqaror ishlashiga, paxta namligini me'yordan kamayib ketishi esa tolani sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir etishi ayniqsa tola uzunligining qisqarishiga olib kelishi asoslangan.
M.A.Abduraximov tomonidan turli selektsiya va sanoat navli namligi 7,0-10% bo'lgan paxtalarni turli temperaturalarda quritilib, paxta namligini tozalash uskunalarini ish unumdorligi va tozalash samaradorligiga ta'siri o'rganilgan. Natijada tozalashdan oldin paxta namligi 9-10% bo'lishi tavsiya etilgan.
Ishlab chiqarish sharoitida PLPX chiziqli oqimga ega bo'lgan tozalagichlar majmuasida ishlab chiqarish sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlarda shuni ko'rsatdiki, paxtaning namligi 8-9% atrofida bo'lganda texnologik uskunalarning ishlashi bir maromda bo'lib, uskunalarning tozalash samaradorliklari yuqori navlarda 88-92% past navlarda esa 85-88% ni tashkil etgan. Tola tarkibidagi iflos aralashmalar va nuqsonlarning miqdori yuqori navlarda 2,5-3,0 foizini, past navlarda esa 5,5-6,0% tashkil etib, tolaning namligi 6,0% atrofida bo'lgan.
M.R.Babaxanova [3] o'z tadqiqotlarida ishlab chiqarish sharoitida II-nav paxtaning namligi 7,4 foizdan 9,0 foizgacha, III- nav paxta namligini 7,9 foizdan 9,3 foizgacha ko'tarilganda uskunalarning tozalash samaradorligi 6-8% gacha kamayishini kuzatdi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
Toshkent 6, II-nav mashina terimi paxtani qayta ishlash jarayonida paxtaning namligi 8% dan 9% gacha ko'tarilganda toladagi iflos aralashmalar va nuqsonlar miqdori 2,28% dan 2,59% gacha ko'tarilishi aniqlandi.
I.Madumarov [4] tomonidan paxta tolasi namligi va temperaturasini tozalash jarayoniga ta'siri o'rganilgan bo'lib, paxtani iflosliklardan tozalashga tayyorlashda paxta namligi emas balki tola namligi va temperaturasi inibatga olish kerakli ekanligi, tola namligi 6-6,5%, temperaturasi 40-500S bo'lganda tozalash samaradorligi yuqori bo'lishi asoslandi.
Ma'lumki paxtani namlik issiqlik xolatini optimallashtirilgan xolda tozalashga tayyorlash paxtani quritish asosida amalga oshiriladi. Bunda paxtani boshlang'ich namligiga qarab quritish temperaturasini tanlash muxim ahamiyat kasb etadi. Paxtani quritishda uni namligi tozalashdan oldin 8%, tola namligi 6-6,5% temperaturasi 40-500S bo'lishi kerak hamda quritish temperaturasi tola sifatiga ta'sir etmasligi kerak.
Qayd etilgan talablarni inobatga olgan xolda quritishni tashkil etish bo'yicha bir qator tadqiqotchilar shug'ullanishgan. Tadqiqotchilar tola harakati 700S dan oshganda tolada sariq dog'lar paydo bo'lishi, 1000S dan oshganda tolani pishiqligi 40% ga kamayishi, toladagi kristal panjaralarning buzilishi va tola tarkibidagi tselyuloza zichligining ortishi va tola sifat ko'rsatkichlarini pasayishiga olib kelishi asoslangan.
R.Artikov tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda quritish agentining xarakati 2000S dan oshib ketishi tola tarkibidagi kalta tolalar sonining 1,3-1,5 barobarga oshib ketishiga va buning natijasida kalova ipning uzulishlari soni 1,5-2,0 barobarga o'sishi tasdiqlangan.
Keyinchalik A.Parpiev, M.Axmatov, S.Saidov [5-7] tomonidan paxtani quritishni ikki bosqichli usuli tavsiya etilgan bo'lib, birinchi bosqichda paxta qizdirilib, ikkinchi bosqichda esa intensiv quritiladi.
Mavjud quritish barabanlarida paxtani titilganlik darajasi o'ta past bo'lganligi sababli tola va chigit qizishda ma'lum darajada ketma-ketlik paydo bo'lishi natijasida chigit qurishi sekinlik bilan amalga oshishi kuzatiladi, natijada tola ortiqcha qurib ketib, chigit yaxshi qurimay qoladi.
O'tkazilgan bir qator tadqiqotlarda [8-12] paxtani qizigan holatida tozalash, texnologik jarayonlarni samaradorligini, ishlab chiqarilayotgan tola sifatini oshirish asoslangan.
Xorijiy paxtani dastlabki ishlash texnologiyalarini tahlili ularda paxta qizigan holda tozalanishini ko'rsatdi.
Respublikamiz paxta tozalash korxonalarini texnologiya va uskunalari deyarli bir xil bo'lib paxtani quritishda 2SB-10 barabani, tozalashda 1XK va UXK texnologik oqimi, jinlashda 4DP-130, 5DP-130 va DPZ-180 rusumli jinlar, tola tozalashda 1VPU, 2VPU va 3OVP-MU rusumli tola tozalagichlar ishlatilmoqda.
Paxtani 4 ta arrali barabanlar va 32 tagacha bo'lgan qoziqchali barabanlarda tozalanib mexanik ta'sirni ruxsat etilgan maksimal darajasida oladi. Unga qo'shimcha mexanik ta'sir etib tozalash samaradorligini ko'tarish tolada nuqsonli aralashmalarni keskin oshib ketishiga olib keladi. Ushbu holat tozalash samaradorligini oshirish uchun qo'shimcha imkoniyatlarni izlashni taqozo etadi.
Hozirda paxta tozalash korxonalarida paxtani tozalash samaradoriligini oshirishni zahira imkoniyati bu tola namligi va temperaturasini tozalash jarayonlarida optimal qiymatlarda bo'lishini ta'minlash hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarida paxtani tozalash va jinlashga tayyorlash uchun quritish barabanlarida uni namligi 7-8 % ga keltiriladi va paxta 40-60 0S gacha qiziydi. Quritilgan paxta pnevmotransport yordamida tozalagichlar oqimiga uzatiladi.
Tahlillar paxta pnevmotransportda katta tezlikdagi sovuq xavo ta'sirida sovub temperaturasi pasayishini, undagi issiqlik havo bilan atmosferaga chiqib ketayotganini ko'rsatdi.
Ushbu holatdan kelib chiqqan holda paxtani quritish barabanidan tozalagichlarga
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
uzatishni takomillashtirish maqsad qilindi. Buning uchun 40-600S qizigan paxta turli tezlikdagi havo yordamida uzatildi va uni sovushi o'rganildi.
Tajriba ventilyator va trubalardan tashkil topgan maxsus laboratoriya uskunasida o'tkazildi. S65-24 III-nav, namligi 19,1%, iflosligi 6,3 % bo'lgan paxta namunasi (100 gr) olinib SXL-3 laboratoriya uskunasida kerakli terperaturagacha (40-50-600S) qizdirib olinib, so'ngra maxsus uskunaga sovitish uchun qo'yildi. Paxta namunasi tezligi 5-10-15 m/s bo'lgan havo ta'sirida 60 s ushlab turildi. Xar 5 sekundda paxta massasi kamayishi, tola va chigit temperaturasi o'zgarishi aniqlandi. Tola va chigit temperaturasi maxsus termoparali temperatura o'lchagichida aniqlandi. Tajribalar uchta qaytalikda o'tkazilgan. Tajriba natijalari 1 va 2-rasmda keltirilgan.
1, 2, 3-paxta namligini 60 S, 50 S va 40 0S qizish temperaturasida namligi pasayishi
2-rasm. Paxtani namligini pnevmatik uzatishda kamayish grafigi.
1, 2, 3- tolani boshlang'ich temperaturasi 60 0S, 50 0S va 40 S bo'lganda mos ravishda pasayishi temperaturalari, 4, 5, 6-chigitni boshlang'ich temperaturasi 60 0S, 50 0S va 40 0S bo'lganda mos ravishda pasayish temperaturasi 1-rasm. Quritilgan paxtani pnevmatik uzatishda tola va chigitni sovush tempereturalari Paxtani pnevmatik uzatishda sovush jarayonini tahlili (1-rasm) quyidagilarni ko'rsatdi: -paxtani havo tezligi 0 bo'lganda, ya'ni paxta havosiz uzatilganda paxtani boshlang'ich temperaturalari 60-50-400S bo'lganda 60 sekunddan keyin paxta temperaturasini pasayishi mos ravishda 8,0; 7,4 va 6,5 0S ni tashkil etgan bo'lsa, havo tezligi 15 m/s bo'lganda mos ravishda 20,4; 18,3 va 16,7 0S ga pasaydi. 1-rasmdan ko'rinib turibdiki havo tezligi oshgan sayin tola va chigit temperaturasini pasayishi ham oshib bormoqda.
-pnevmatik uzatishda chigit temperaturasini pasayishi tolanikiga nisbatan sezilarli darajada sust bo'lib havo tezligi 15 m/s bo'lganda tolani boshlang'ich temperaturasi 60-50-400S bo'lganda mos ravishda temperatura pasayishi 11,2; 8,8 va 6,60S ni tashkil etdi.
-paxtani quritish barabanidan tozalagichlarga havo yordamisiz uzatilganda paxtani temperaturasini minimal pasayishiga erishish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.
Paxtani pnevmatik uzatishda namligi kamayishi kuzatildi (2-rasm). Havo tezliklari 5; 10 va 15 m/s bo'lganda paxtani boshlang'ich temperaturasi 600S bo'lganda undan namlik ajralishi mos ravishda 0,89; 1,63 va 1,87 % ni tashkil etdi. Paxtani qolgan temperaturalari da xam namlik o'zgarishini xarakteri o'zgarmay qolishi aniqlandi.
Paxtani quritish va tozalashni mavjud texnologiyasini tahlili quritilgan va qizigan paxtani tozalashga uzatishda sovuq havoda tola temperaturasi keskin pasayishi, paxta namligi, tola va chigit temperaturalarini o'zgarish xarakteri va ularga havo tezligini ta'siri aniqlandi.
Paxtani quritish barabanidan tozalashga havo yordamisiz uzatilganda paxtani qizish
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
temperaturasini minimal pasayishiga erishish imkoniyati mavjud ekanligini inobatga olgan holda mexanik transportdan foydalanish tavsiya berildi.
ADABIYOTLAR
1. I.D.Madumarov Paxtani issiqlik-namlik holatini muqobillashtirish va bir tekis ta'minlash asosida tozalash jarayonining samaradorligini oshirish // texnika fanlari doktori (DSs) dissertatsiyasi. Toshkent. (2019). 190 b.
2. A.Djuraev, O.Rajabov. Experimental study of the interaction of multifaceted and cylindrical sninky cylinder in cotton clenan from small waste. Scopus intemational journal of adranced reslarch science. Engineering and technology. Volume -6, Isske-3. 42-50 с.
3. Tuychiev T.O., Madumarov I.D., Mardonov B.M., Investigation of the process of release of dint impurities in the zame of, interaction of it witch a net like surface European Science Review, Vienna (2017) -9-10-P 208-210 c.
4. Шамсиев И. Р. У. и др. ПОЛУЧЕНИЕ ХЛОПКОВОГО ВОЛОКНА ВЫСОКОГО КЛАССА ЗА СЧЕТ МОДЕРНИЗАЦИИ СУШИЛЬНОГО БАРАБАНА МАРКИ СБО //Universum: технические науки. - 2021. - №. 7-2 (88). - С. 20-24.
5. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqièti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.
6. Toshbekov O., Ermatov SH. Qarshiev B. Respublikamizda yetishtiriladigan qo'y zotlaridan olinadigan jun tolalarining xossa ko'rsatkichlari tadqiqi //Agro ilm-O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi ilmiy-amaliy jurnal. - 2023. - T. 2. - S. 55-58.
7. Parpiyev A. P. et al. Tozalash jarayonida arrali seksiyalardan ajralib chiqqan chiqindi ulushlarini baholash natijalari taxlili //O'zbekiston to'qimachilik jurnali. ISSN. - 2010. - Т. 6262. - №. 1. - С. 2022.
8. Каршиев Б. Э., Исматов С. С. РАВНОМЕРНОСТЬ СУШКИ КОМПОНЕНТОВ ХЛОПКА-СЫРЦА //Экономика и социум. - 2023. - №. 9 (112). - С. 485-489.
9. Парпиев А. П., Каршиев Б. Э. РАВНОМЕРНОСТЬ СУШКИ КОМПОНЕНТОВ ХЛОПКА-СЫРЦА //Universum: технические науки. - 2022. - №. 9-2 (102). - С. 51-54.
10. Karshiev B. E. i dr. Paxtani tozalashga tayyorlash texnologiyasining tahlili //RESULTS OF NATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. - 2022. - T. 1. - №. 6.
11. Каршиев Б.Э., Парпиев А.П., Хушбаков А.Н. Анализ температуры, влажности волокна и семян в технологических процессах на хлопкоочистительных предприятиях// INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE: YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 2022 Prague, Czech. https://doi.org/10.5281/zenodo.7117865.
12. Qarshiev BE P. A. P. Paxta va uni komponentlarini qatlamda quritish tadqiqoti //O'zMU xabarlari. Ilmiy jurnal. ISSN. - S. 2181-7324.
13. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son