Научная статья на тему 'PAXTA QURITISH BARABANIDAGI TEMPERATURA VA NAMLIK MA’LUMOTLARI ASOSIDA MS EXCEL DASTURIDA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH'

PAXTA QURITISH BARABANIDAGI TEMPERATURA VA NAMLIK MA’LUMOTLARI ASOSIDA MS EXCEL DASTURIDA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
188
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Paxta / quritish barabani / arduino / temperatura / namlik / MS Excel / datchik / sketch / data acquisition / vosita / samaradorlik / material / mahsulot / qurilma / afzallik / Cotton / drying drum / arduino / temperature / humidity / MS Excel / sensor / sketch / sbor dannyx / instrument / efficiency / material / product / device / preimushchestvo

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djurayev, Anvar, Marasulov, Islombek Ravshanbek O‘g‘li

Paxta tozalash zavodlari omborlaridagi namligi va iflosligi normadan yuqori bo‘lgan paxtani dastlabki tozalov samaradorligi paxtani quritish jarayoniga ham bevosita bog‘liq. Paxta me’yoridan ortiq quritilganda chigitning unib chiqib xususiyati hamda texnik chigitda moy chiqishi pasayadi. Ishning maqsadi paxta tozalash zavodlarida quritish barabanidagi temperatura va namlik datchiklar orqali nazorat qilish hamda ma’lumotlar bazasini yaratishdan iborat. Tajriba Andijon vilоyati Jalaquduq tumanining SAMO MCHJ ga qarashli paxta tozalash zavodida olib boriladi. Tajribada tekshirish оb’ekti sifatida quritish barabani olinib, birinchi, ikkinchi va uchinchi nav paxtani quritish jarayonida quritish barabani ichki temperaturasi hamda havo namligi ma’lumotlari asosida MS Excel dasturida ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Quritish barabanidagi ichki temperatura va namlikni mikrokontrollerga bog‘langan DHT11 analog va raqamli datchik orqali aniqlanadi. Hamda mikrokontroller EHM bilan bluetooth yok wi-fi moduli yordamida bog‘lanib ma’lumotlarni MS Excel dasturiga yuboradi. Va ushbu ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Tajriba natijasida quritish barabaniga o‘rnatilgan temperatura va namlik datchigidan kelayotgan axborotni MS Excel dasturiga ma‘lum vaqt oralig‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish va ma’lumotlar bazasi shaklida saqlab qo‘yish imkoniyati hosil qilindi. Tajriba tahlillaridan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, quritish barabanida paxtani me’yorida quritish uchun baraban ichidagi temperatura va namlikni aniq ko‘rsatgichlarda nazorat qilish va ma’lum vaqt oraliqlaridagi ma’lumotlarni tahlil qilib turish maqsadga muvofiqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATION OF DATABASE IN MS EXCEL PROGRAM BASED ON TEMPERATURE AND HUMIDITY DATA IN COTTON DRYING DRUM

The effectiveness of initial cleaning of cotton with higher humidity and dirt in warehouses of cotton ginning factories directly depends on the cotton drying process. When the cotton is dried more than the norm, the germination characteristics of the seed and the oil production in the technical seed decrease. The purpose of the work is to control the temperature and humidity in the drying drum in cotton ginning factories through sensors and to create a database. The experiment is carried out at the cotton ginning plant belonging to SAMO LLC, Jalakuduq district, Andijan region. In the experiment, a drying drum is taken as an object of inspection, and a database is created in MS Excel based on the data of the internal temperature of the drying drum and air humidity during the drying process of the first, second and third grade cotton. The internal temperature and humidity in the drying drum are determined by the DHT11 analog and digital sensor connected to the microcontroller. At the same time, the microcontroller communicates with the EHM using a bluetooth or Wi-Fi module and sends data to the MS Excel program. And based on this information, a database is created. As a result of the experiment, it was possible to directly send the information coming from the temperature and humidity sensor installed in the drying drum to the MS Excel program at certain time intervals and save it in the form of a database. Based on the experimental analysis, it can be concluded that in order to properly dry cotton in the drying drum, it is advisable to control the temperature and humidity inside the drum with precise indicators and analyze the data at certain time intervals.

Текст научной работы на тему «PAXTA QURITISH BARABANIDAGI TEMPERATURA VA NAMLIK MA’LUMOTLARI ASOSIDA MS EXCEL DASTURIDA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

PAXTA QURITISH BARABANIDAGI TEMPERATURA VA NAMLIK MA'LUMOTLARI ASOSIDA MS EXCEL DASTURIDA MA'LUMOTLAR

BAZASINI YARATISH

Djurayev Anvar

Texnika fanlari doktori, Professor, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Marasulov Islombek Ravshanbek o'g'li Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti

Paxta tozalash zavodlari omborlaridagi namligi va iflosligi normadan yuqori bo 'lgan paxtani dastlabki tozalov samaradorligi paxtani quritish jarayoniga ham bevosita bog'liq. Paxta me'yoridan ortiq quritilganda chigitning unib chiqib xususiyati hamda texnik chigitda moy chiqishi pasayadi. Ishning maqsadi paxta tozalash zavodlarida quritish barabanidagi temperatura va namlik datchiklar orqali nazorat qilish hamda ma 'lumotlar bazasini yaratishdan iborat.

Tajriba Andijon viloyati Jalaquduq tumanining SAMO MCHJ ga qarashli paxta tozalash zavodida olib boriladi. Tajribada tekshirish ob 'ekti sifatida quritish barabani olinib, birinchi, ikkinchi va uchinchi nav paxtani quritish jarayonida quritish barabani ichki temperaturasi hamda havo namligi ma 'lumotlari asosida MS Excel dasturida ma 'lumotlar bazasi yaratiladi. Quritish barabanidagi ichki temperatura va namlikni mikrokontrollerga bog'langan DHT11 analog va raqamli datchik orqali aniqlanadi. Hamda mikrokontroller EHM bilan bluetooth yok wi-fi moduli yordamida bog'lanib ma'lumotlarni MS Excel dasturiga yuboradi. Va ushbu ma 'lumotlar asosida ma 'lumotlar bazasi yaratiladi.

Tajriba natijasida quritish barabaniga o'rnatilgan temperatura va namlik datchigidan kelayotgan axborotni MS Excel dasturiga ma'lum vaqt oralig'ida to 'g 'ridan-to 'g'ri yuborish va ma 'lumotlar bazasi shaklida saqlab qo 'yish imkoniyati hosil qilindi.

Tajriba tahlillaridan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, quritish barabanida paxtani me'yorida quritish uchun baraban ichidagi temperatura va namlikni aniq ko'rsatgichlarda nazorat qilish va ma'lum vaqt oraliqlaridagi ma 'lumotlarni tahlil qilib turish maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar: Paxta, quritish barabani, arduino, temperatura, namlik, MS Excel, datchik, sketch, data acquisition, vosita, samaradorlik, material, mahsulot, qurilma, afzallik,

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

Paxta tozalash korxonalarida namligi 14% gacha chigitli paxtalarni, quritish-tozalash bo'limlaridan o'tkazmasdan to'g'ri tozalash bo'limlariga ishlab chiqarishga beriladi. Shu sababli, «Paxtani dastlabki ishlash muvofiqlashtirilgan texnologiyasi» ga (PDI 01-2012) muvofiq tozalash bo'limlarida ham paxtani quritish uskunalarini o'rnatishga ruxsat etiladi.

Paxtani quritish yoki quritish uskunalarining ishlash tartibi (rejimi), chigitli paxtaning sanoat va seleksion naviga, dastlabki namligiga, namlik olish miqdoriga va uskunalarning ish unumdorligiga bog'liq [1].

Chigitli paxta uni saqlash paytida o'zining tabiiy xususiyatlarini yo'qotmasligi lozim. Undan olinadigan tola va chigitning sifati yuqori bo'lishi uchun uni o'z vaqtida quritish va iflosliklar dan tozalash kerak.

Chigitli paxta ikki usulda quritiladi:

Tabiiy quritish - asosan qo'l bilan terilgan chigitli paxtani dala sharoitida, ochiq maydonchalarda quyosh nurida (oftobda) quritish;

Sun'iy quritish, mashinada terilgan va qo'lda terilgan paxtaning past navlarini har xil konstruksiyali uskunalarda quritish.

Oftobda quritish usuli chigitli paxtaning namligini 2-3 % ga kamaytirish zarur bo'lganda keng qo'llaniladi. Buning uchun dala shiyponlarida maxsus maydonchalar tekislab, ularning sirti somonli loy bilan suvaladi yoki asfaltlanadi. Chigitli paxta namligiga qarab 10-15 sm qalinlikda maydonchaga yoyib oftobga qo'yiladi va quritishni tezlatish uchun vaqti-vaqti bilan aralashtirilib, ag'darib turiladi.

Chigitli paxtani sun'iy quritish ishi paxta tozalash zavodlarida va zavoddan tashqaridagi paxta tayyorlash punktlarida maxsus quritish sexlarida bajariladi. Bunday sexlarda namligi va iflosligi normadan yuqori bo'lgan chigitli paxta quritib tozalanadi.

Quritish-tozalash sexlarida o'rnatilgan quritish uskunalari chigitli paxtaga issiqlik berish usuliga ko'ra aerofontanli, kamerali-shnekli va barabanli bo'lishi mumkin. Paxta tozalash sanoatida namlikni ko'proq yo'qotish va quritilgan paxtani ko'p o'tkazish jihatidan ish unumdorligi yuqori bo'lgan har xil konstruksiyadagi barabanli quritish uskunalaridan foydalaniladi.

Barabanli quritgichlarda boshqalariga qaraganda quritish agentining temperaturasi yuqori va ularni ishlatish oson.

1-rasmda hozirgi kunda paxta tozalash sanoatida eng ko'p qo'llaniladigan 2CE-10 rusumli quritish barabanining texnologik sxemasi keltirilgan.

Chigitli paxta quritish barabani 3 ichiga ta'minlagich 2 yordamida issiq havo bilan 1 birga beriladi. Barabanning aylanishi tufayli chigitli paxta ma'lum

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

balandlikka ko'tarilib, titilgan holda quritish agenti bilan aralashib quritiladi. Keyin qurigan chigitli paxta tushirish (chiqarish) novi 4 orqali quritish barabani ichidan kelgusi mashinaga jo'natiladi. Ishlatilgan quritish agenti bo'lsa, shnek 5 orqali tashqariga chiqib ketadi.

1-rasm. 2CE-10 rusumli quritish barabanining texnologik sxemasi:

1-issiq havo uzatish quvuri; 2-pnevmota'minlagich; 3-quritish barabani;

4-tozalash seksiyasi; 5-ifloslarni chiqarish shnegi; 6-ishlatilgan havoni chiqarib

yuborish trubasi.

Chigitli paxtaning o'rtacha namligi 10 % bo'lganda, tolaniki 7 %, chigitniki esa 18 % bo'ladi. Shuning uchun chigitli paxta quritilganda uning tolasi chigitiga qaraganda tezroq quriydi.

Quritilgan paxta namligining bir tekis bo'lishi uning qabul vaqtidagi namligining bir tekis bo'lishiga bog'liq. Ya'ni qabul vaqtidagi namlik gradatsiyasi 34 % dan ortiq o'zgarmasligi kerak. Chigitli paxta sanoat navi uchun belgilangan normagacha quritilishi kerak. Shunga amal qilinganda normativ namlikdagi chigitli paxtani uzoq vaqt saqlashda uning tabiiy xususiyatlari o'zgarmaydi. Saqlash davrida I, II, III nav chigitli paxta uchun namlik 11 % dan IV, V navlar uchun esa 13 % dan oshmasligi kerak. Chigitli paxta ishlab chiqarishga berilishida namligi ko'pi bilan 89 % bo'lishi shart [2].

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

2-rasm. Andijon vitoyati Jalaquduq tumanining SAMO MCHJ ga qarashli paxta tozalash zavodidagi paxta quritish barabaninig umumiy ko'rinishi.

Hozirgi kunda o'lchovchi datchiklar yordamida barcha parametrlar bo'yicha o'lchov natijalarini olish, shu bilan birga olingan natijalarni ayni datchik o'rnatilgan muhitda turli displeylar orqali kuzatish imkoniyati bor. Shuningdek, ushbu natijalarni shaxsiy kompyuter va mobil telefonlarga simli va simsiz uzatishning turli usullari bilan yuborish ham mumkin. Yuborilgan axborot ma'lumotlar bazasi sifatida saqlanib qolib, foydalanuvchiga parametrlarni doimoiy kuzatish va taqqoslash imkoniyatini yaratadi.

Usullari. Mikrokontrollerga platasiga barcha turdagi analog va raqamli datchiklarni o'rnatish va ulardan kerakli parametrlarni qabul qilib olish mumkin. Jumladan, paxta quritish barabaniga o'rnatilgan temperatura va namlik datchigidan ham.

Ishning maqsadi paxta tozalash zavodlarida quritish barabanidagi temperatura va namlik datchiklar orqali nazorat qilish hamda ma'lumotlar bazasini yaratishdan iborat. O'lchov qurilmasi quritish barabani ichki qismiga o'rnatiladi.

Tajriba Andijon viloyati Jalaquduq tumanining SAMO MCHJ ga qarashli paxta tozalash zavodida olib boriladi.

Ushbu maqolada tahlil qilingan jarayonda mikrokontroller sifatida Arduino platasidan foydalanilgan. Hozirgi payda datchikdan kelayotgan axborotni LCD da yoki Arduino sketchi monitorida kuzatish mumkin. Lekin ma'lumotlarni ma'lum vaqt oralig'ida nazorat qilib turish va ma'lumotlar bazasi shaklida saqlab qo'yish imkoniyati mavjud emas. Bu faqatgina vaqt o'tishi bilan birga uzatilayotgan ma'lumotni kuzatish imkonini beradi xolos. Yangilangan ma'lumotdan oldingi qiymatni ko'rish va taqqoslash mumkin emas.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Paxta tozalash zavodlaridagi paxta quritish barabaniga o'matilgan DHT11 rusumli temperatura va namlik datchigidan kelayotgan axborotni MS Excel dasturiga ma'lum vaqt oralig'ida to'g'ridan-to'g'ri yuborish va ma'lumotlar bazasi shaklida saqlab qo'yish imkoniyatini yaratish mumkin. Temperatura va namlikni (Boshqa parametr ham bo'lishi mumkin) nazorat qiluvchi operator endi uni uzluksiz kuzatishi talab qilinmaydi yoki o'tgan boshqa vaqt oraliqlaridagi temperatura o'zgarishi qiymatlarini ham boshqa vaqtdagi qiymatlarga solishtirish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Tajribada tekshirish ob'ekti sifatida quritish barabani olinib, birinchi, ikkinchi va uchinchi nav paxtani quritish jarayonida quritish barabani ichki temperaturasi hamda havo namligi ma'lumotlari asosida MS Excel dasturida ma'lumotlar bazasi yaratiladi. Quritish barabanidagi ichki temperatura va namlikni mikrokontrollerga bog'langan DHT11 rusumli analog va raqamli datchik (3-rasm) orqali aniqlanadi. Hamda mikrokontroller EHM bilan bluetooth yok wi-fi moduli yordamida bog'lanib ma'lumotlarni MS Excel dasturiga yuboradi. Va ushbu ma'lumotlar asosida ma'lumotlar bazasi yaratiladi.

3-rasm. DHT11 rusumli analog va raqamli temperatura va namlik datchigi.

DHT 11 datchigi texnik xususiyatlari:

• Iste'mol toki - 2,5 mA;

• Namlikni o'lchash diapazoni - 20% dan 80% gacha. Xatolik 5% gacha;

• Harorat o'lchash intervali - 0 dan 50 gradusgacha (aniqlik - 2 %);

• Gabarit o'lchamlari: uzunligi 29,1 mm, eni 14,2 mm;

• Kuchlanish - 3 dan 5 V gacha;

Bir marta o'lchash vaqti 1 sek., ya'ni, chastota 1 Gs ni tashkil etadi;

Uzatiladigan parametr sifatida temperatura tanlab olingan. Temperatura datchigi olingan axborotni vaqt oralig'ida MS Excel dasturiga yuboradi. Shu qatorda mos ravishda namlik, chang miqdori, masofa va shu kabi parametrlarga almashtirish mumkin. Muammo yechimi uchun DATA Asquisition for Excel makrosidan foydalanamiz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

4-rasm. Quri

nperature va namlikni

o'lchash qurilmasi.

NATIJALAR.

Mavjud qurilma ishchi holatga keltirilib, quritish gandan so'ng, uni bluetooth orqali kompyuter bilan bog'lanadi. Tok manbai sifatida 9 V kuchlanishga ega har qanday sig'imli akkumlyatorlar qo'llanilishi mumkin.

So'ngra, temperatura datchigi uchun Arduino sketchida dastur yoziladi, ushbu dastur tarkibida axborotni MS Excel daturiga yuborish haqida kod (buyruq) bo'lishi kerak. Yuborilayotgan axborotni MS Excel dasturi cheksiz ravishda yoki ma'lum vaqtdan so'ng yangilanish ko'rinishida qabul qilishi mumkin. Bu axborot qabul qiluvchi operator hoxishiga bog'liq.

Quyida muallif tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan, temperaturani o'lchash va olingan axborot MS Excel dasturiga yuborish kodlari jamlangan dasturiy ta'minot keltirilmoqda.

#include <dht11.h> #include <dht11.h> #define DHT11PIN AO dht11 DHT11;

int row_excel = 0; // Qatorlar miqdori int temperature; // excelga jo'natish uchun o'zgaruvchi int humidity; // excelga jo'natish uchun ikkinchi o'zgaruvchi void setup(){ Serial.begin(9600); // Ma'lumot yuborish tezligi Serial.println("CLEARDATA"); // Excel listini tozalash Serial.println("LABEL, Sana, Vaqt, Namlik, Temperatura, Qatorlar"); // Qator

nomlari

}

void loop(){ row_excel++; // qatorlar raqami + 1

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Serial.print("DATA, DATE, TIME,"); // Excelda joriy vaqt va sanani aks ettirish

int chk = DHT11.read(DHT11PIN);

Serial.print((float)DHT11.humidity, 2);

Serial.print(",");

Serial.print((float)DHT11.temperature, 2);

Serial.print(",");

Serial.println(row_excel); // Agar qatorlar 50 ga yetganda, qatorlar yangilanadi

//if (row_excel > 50){

//row_excel = 0;

//Serial.println("ROW,SET,2");

//}

delay(2000); //

}

Dasturiy ta'minot yozib bo'linganidan so'ng, uni Arduno platformasiga o'rnatilgan mikrokontrollerga yuklanadi va datchik qurilma tekshiriladi. Ushbu tekshirishni Arduino sketchi monitorida kuzatishimiz mumkin. Qurilma tekshirilgan so'ng, endi undan kelayotgan axborotni MS Excel dasrturiga yuboramiz. Arduino sketchida yozilgan dasturiy ta'minotda qiymatlarni MS Excelga yuborish buyrug'i yozilgan bo'lsada, uni to'g'ridan-to'g'ri MS Excel dasturi bilan bog'lab bo'lmaydi. Arduino sketchi va MS Excel datsurlarini bir-biriga sinxron bog'lash uchun PLX-DATA Asquisition for Excel (4-rasm) makrosidan foydalanamiz. Ushbu makros ikki Arduino sketchini MS Excel dasturi bilan bog'lashga yordam beradi.

PLX-DAQ ni kompyuterga o'rnatish va undan foydalanish. PLX-DAQ kompyuterga o'rnatilgandan so'ng ishchi stol da PLX-DAQ nomli papka hosil bo'ladi. Ushbu makrosni ishga tushirish uchun ishchi stoldagi ushbu papka ichidagi PLX-DAQ Spreadsheet yorlig'iga murojaat qilinadi. Ushbu yorliq o'zi bilan birga Microsoft Excel dasturini ham ochadi.

A B C D E I F G H I J

Connect using "PLX-DAQ Simple Test"

1 Data Acquisition for Excel

2 Control

3 ç fj

4 PLX-DAQ H Download Data F Clear Stored Data r Userl

5 6 7 Settings

ort: |3 T User2

8 aud: | 9600 Reset Timer

9 Connect | Clear Columns |

10

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11 ^ Reset on PPPI

12 Connect

13 14 Controller Messages

PIX-DAQ Status

15

16

17

13

19

20

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

5-rasm. Data Asquisition for Excel makrosining MS Exceldagi axborot qabul qilishdan oldingi ishchi holati.

Arduino platformasi qaysi portga ulangan bo'lsa makrosning Port: oynasiga ham ushbu port raqami yoziladi. So'ngra, qurilma ulanganidan keyin Connect tugmasi bosiladi. Natjada Arduino platformasiga o'rnatilgan datchikdan kelayotgan axborot Microsoft Excel dasturi qatorlarida belgilangan vaqt oralig'ida namoyon bo'ladi.

Ushbu makrosda vaqtni yangilash va ma'lumotlar qatorini tozalash kabi imkoniyatlar mavjud. Kerakli vaqtdagi ma'lumotlar olinganidan so'ng faylni MS Excelda odatiy saqlash usuli bilan saqlanadi. Keyingi olinadigan natijalar ham shu tariqa hosil qilinadi.

6-rasm. PLX-DATA Asquisition for Excel makrosining ishchi holati.

Demak, endilikda paxta tozalash zavodlaridagi quritish barabanidagi temperatura va namlik ko'rsatgichini juda aniqlikda vaqtning har qanday oralig'ida nazorat qilish va olingan barcha axborotlarni MS Excel dasturi faylida saqlab qo'yish mumkin bo'ladi. Ushbu imkoniyat operatorga oldingi ko'ratgichlarni keyingilariga solishtirish imkoniyatini taqdim etadi.

MUHOKAMA

Chigitli paxtani quritishda uning komponentlarining qizish temperaturasi katta ahamiyatga ega. Chigitli paxtani quritganda sifati buzilmasligi uchun necha gradus temperaturagacha qizdirish mumkinligi tajribada aniqlangan. Chigitli paxtani quritishda urug'lik chigitlarni 55 °C, texnik chigitlarni 70 °C va tolani 105 °C gacha qizdirish mumkin. Chigitli paxta komponentlarining temperaturasi yuqorida ko'rsatilgandan yuqori bo'lsa, uning urug'lik chigitlarining unib chiqish xususiyati,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

texnik chigitlarda esa moy chiqishi pasayadi. Tolaning pishiqligi, uzunligi va egilish qobiliyati kamayadi. Shuning uchun chigitli paxtani bir tekis quritish kerak [3].

Buning uchun albatta quritish barabanidagi temperatura va namlik qat'iy nazoratda bo'lishi talab etiladi.

Olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagicha xulosa qilish mumkin: Andijon viloyati Jalaquduq tumani SAMO MCHJ ga qarashli paxta tozalash zavodida paxta quritish barabanidagi temperatura namlikni electron shaklda nazort qilish mumkin. Ushbu jarayonda quritish barabaniga o'rnatilgan raqamli DHT11 rusumli temperatura va namlik datchigidan, Bluetooth modulidan hamda ATMEGA32 mikrokontrolleri o'rnatilgan ARDUINO platformasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib, quritish barabani ichidagi temeoratura va namlik ko'rsatgichlarini yuqori darajada aniqlikda nazorat va tahlil qilish imkonini beradi.

REFERENCES

1. M.T. Tillayev. Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2018.

2. Q.I. Xolmirzayev. Tolali materiallarga birlamchi ishlovchi berish. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2017.

3. M.T. Tillayev. Paxtaga birlamchi ishlov berish texnologiyasi. Darslik. Toshkent.

4. Jeremi Blum, Изучаем Ardumo-инетрументы и методы технического волшебства, Sankt-Peterburg, 2015.

5. A.V. Belov, Создаем устройства на микроконтроллерах, Sankt-Peterburg,

XULOSA

2015.

2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.