Научная статья на тему 'PARTIYA TASHKILOTLARIDA KADRLARGA MUNOSABAT (1917-1940 YILLAR MISOLIDA)'

PARTIYA TASHKILOTLARIDA KADRLARGA MUNOSABAT (1917-1940 YILLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

492
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
partxujjatlar / temir intizom / “engil kavaleriya” otryadlari / keng jamoatchilikni jalb etish / kompartiya liderlari / kontsentratsion lagerlar / majburiy mehnat / tozalov komissiyasi / g’oyaviy bilimlar / huquqidan mahrum qilingan / majburiy mehnat / tozalov. / party documents / iron discipline / "light cavalry" detachments / public mobilization / Communist leaders / concentration camps / forced labor / cleansing commission / ideological knowledge / disenfranchised / forced labor / cleansing

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shoiraxon Asqarovna Qambarova

Sobiq sovet davlati tashkil topgandan to tugatilungacha jamiyatning barcha qatlamlarida turli bahonalar bilan “tozalov”lar o’tkazib bordi. Maqolada O’zbekistonda milliy siyosiy muxolifatga qarshi qo’llagan qatag’on siyosati, “sinfiy kurash” doktorinasining fojiali oqibatlari, sovet organlarining partiya va sovet xodimlariga nisbatan qo’llanilgan tahqib va tazyiqlari Farg’ona vodiysi misolida yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ATTITUDE TO PERSONNEL IN PARTY ORGANIZATIONS (EXAMPLE OF 1917-1940)

From the founding to the end of the former Soviet state, it carried out "cleansing" in all walks of life under various pretexts. The article describes the policy of repression in Uzbekistan against the national political opposition, the tragic consequences of the doctrine of "class struggle", the persecution and oppression of party and Soviet officials by the Soviet authorities on the example of the Fergana Valley.

Текст научной работы на тему «PARTIYA TASHKILOTLARIDA KADRLARGA MUNOSABAT (1917-1940 YILLAR MISOLIDA)»

PARTIYA TASHKILOTLARIDA KADRLARGA MUNOSABAT (1917-1940 YILLAR MISOLIDA)

Shoiraxon Asqarovna Qambarova

Qo'qon DPI Tarix o'qitish metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi shoira.kambarova. 7 5 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Sobiq sovet davlati tashkil topgandan to tugatilungacha jamiyatning barcha qatlamlarida turli bahonalar bilan "tozalov"lar o'tkazib bordi. Maqolada O'zbekistonda milliy siyosiy muxolifatga qarshi qo'llagan qatag'on siyosati, "sinfiy kurash" doktorinasining fojiali oqibatlari, sovet organlarining partiya va sovet xodimlariga nisbatan qo'llanilgan tahqib va tazyiqlari Farg'ona vodiysi misolida yoritiladi.

Kalit so'zlar: partxujjatlar, temir intizom, "engil kavaleriya" otryadlari, keng jamoatchilikni jalb etish, kompartiya liderlari, kontsentratsion lagerlar, majburiy mehnat, tozalov komissiyasi, g'oyaviy bilimlar, huquqidan mahrum qilingan, majburiy mehnat, tozalov.

ATTITUDE TO PERSONNEL IN PARTY ORGANIZATIONS (EXAMPLE OF 1917-1940)

Shoirakhon Askarovna Kambarova

Senior Teacher, Department of History Teaching Methods, Kokand DPI

shoira.kambarova. 7 5 @mail.ru

ABSTRACT

From the founding to the end of the former Soviet state, it carried out "cleansing" in all walks of life under various pretexts. The article describes the policy of repression in Uzbekistan against the national political opposition, the tragic consequences of the doctrine of "class struggle", the persecution and oppression of party and Soviet officials by the Soviet authorities on the example of the Fergana Valley.

Keywords: party documents, iron discipline, "light cavalry" detachments, public mobilization, Communist leaders, concentration camps, forced labor, cleansing commission, ideological knowledge, disenfranchised, forced labor, cleansing.

KIRISH

Globallashuv jarayoni chuqurlashgan bugungi kunda liar bir mamlakat o'zining geosiyosiy manfaatlaridan kelib chiqib siyosiy qatag'onlar tarixini o'rganishga alohida e'tibor qaratmoqda. Mustaqillik yillarida O'zbekistonning sovet davri tarixini tarixiylik va xolislik tamoyillari asosida o'rganish hamda baho berish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Jahonning qator ilmiy tadqiqot muassasalarida mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan qatag'on siyosati tarixi bo'yicha quyidagi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: O'rta Osiyoda sovet xokimiyati o'rnatilishi bilan mahalliy rahbar kadrlarning qatag'on qilinishi, O'zbekiston SSRdagi yer-suv islohoti, kollektivlashtirish, quloqlashtirish va surgun siyosati natij asida aholining turli qatlamlarini siyosiy sabablarga ko'ra ommaviy qatag'on qilinishining mohiyatini ochib berish, 1937-1938 yillardagi "Katta terror"ning mintaqalar ijtimoiy-siyosiy hayotidagi transformatsion jarayonlarga ta'sirini ko'rsatib berish. Sovet xokimiyatining O'zbekistondagi sinfiy kurashining keng tarqalgan turlaridan biri "tozalash" siyosati bo'lgan. "Tozalash" strategiyasining muhim tarkibiy qismi kolxozlarni badavlat qatlamlardan chiqqanlar, savdogarlar, dindorlardan tozalashdan iborat bo'ldi. O'zbekistonda qishloq joylarda amalga oshirilgan sinfiy kurash niqobi ostidagi "o'zbek qishlog'ining sotsialistik asosda qayta tuzilishi" harakati ko'p sonli odamlarning qurbon bo'lishiga sabab bo'ldi. Ko'rilayotgan davrda O'zbekistonda partiya xodimlari, davlat apparati, xo'jalik tashkilotlarida uch bor "tozalash" o'tkazildi. 1929 yilgi partiyadagi "tozalash" chog'ida, ayniqsa, ziyolilar, maorif xodimlarining millatparvar qatlami g'oyaviy jihatdan "yot unsurlar" deya partiya saflaridan chiqarib tashlandi.

Ushbu maqolada keltirilgan ma'lumot va natij alar siyosiy qatag'onlar tarixini o'rganish yuzasidan yangi zamonaviy ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarni to'ldirishga hizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Partiyani "tozalash" siyosati Sovet yillarida deyarli o'rganilmadi. Sovet tarixshunosligida partiyani "tozalash" siyosati "Katta terror" kontekstida o'rganildi. "VKP(b)ning qisqa tarixi kurslarida" ushbu masala omma tamonidan ma'qullangan rahbarlik o'rindiqlaridan bir guruh jinoyatchilarni quvish sifatida tasvirlangan. Xurishevning KPSSning XX s'ezdida so'zlagan nutqida butun "katta terror" sotsializm ishiga sadoqatli bo'lgan eski partiya xodimlarini yo'q qilishga qaratilgan harakat sifatida ta'riflangan. Rossiya tarixshunosligida partiya xodimlarining qatag'on qilinishi masalasi 1980 yillar ohiridan boshlandi. Vaholanki, xorij tarixchilari bu masalani yoritishni 1950 yillardan boshlagan edi. 1980 yillargacha

qilingan tadqiqotlarga partiyani "tozalash" marksistik nuqtasi nazardan yoritilgan. Ularda ushbu masalani "sinfiy kurashga" burishga harakat qilingan. 1980 yillar oxiriga kelib ro'y bergan siyosiy o'zgarishlar ta'sirida mavzuni yoritishda marksistik yo'nalishdan chekinishlar boshlandi. Mavzun evolyutsion yondoshuv asosida yoritishda totolitarizm kontseptsiyasi nomoyondalari X.Arendt, K.Fridrix, Z.Bjezinskiy hamda M.Feynsod, L.SHampir va boshqalarning asarlari sezilarli ta'sr ko'rsatdi. Mavzuni totalitarizm kontseptsiyasi asosida yoritish g'arbda nashr qilingan siyosiy qatag'onlar, sovet jamiyati tarixini o'rganishga bag'ishlangan kompleks tadqiqotlarda o'z aksini topgan. Ular orasida A.Avtorxonov, R.Konkvest, B.Volbf va boshqalarning ishlari bor. Rus tadqiqotchisi I.V.Pavlovaning ishlari ham shu yo'nalishda yozilgan.

1930 yillar oxiridagi partiyada yuz bergan jarayonlarni yoritishning yana bir yo'nalishi etotistik yo'nalishdir. Bu oqim jamiyat mavjudligining hamma o'lchovlari ustidan siyosiy printsplarni shubhasiz ustunligi haqidagi fikrni ma'qullovchi oqimdir. Yu.N.Jukov, V.Maynulov va boshqalarning ishlari shu yo'nalishga mansub deyish mumkin.

1990 yillardan keyin arxiv hujjatlaridan erkin foydalanish imkoniyatini paydo bo'lishi partiya saflarini "tozalash" mavzusini ham holis o'rganish imkoniyatini paydo qildi. Z.Ishanxadjaeva, R.Shamsuddinov, Q.Rajapov, B.Rasulov, S. Xoshimov kabi qator tarixchilarning ilmiy asarlari va maqolalarida ushbu mavzu yuzasidan ma'lumotlar berilgan.

Biz mavzuni Farg'ona vodiysi misolida o'rganar ekanmiz 1930 yillarda sovet tashkilotlaridagi kadrlar masalasidagi o'zgarishlarni "katta terror"dan ajratgan holda yoritishga harakat qildik. Shu paytgacha masalaga yondoshilgan kam sonli tadqiqotlarda partiya piramidasining markazidagi voqea va rahbarlar diqqat markazida bo'lgan. Tadqiqotimizning ushbu qismidan ko'zlagan maqsadimiz mavzuni o'rganishning nazariy konstruktsiyasini arxiv materiallari yordamida yoritish, ikkinchidan, Farg'ona vodiysi partiya saflarini "tozalash" qanday kechganini yoritishdan iboratdir. Mavzuni yoritishda jarayonlarning borishi, partiyadan chetlashtirilganlar soni va ularning ijtimoiy tarkibini aniqlash kabi masalalarga e'tiborimizni qaratdik.

NATIJALAR

1921 yil 27 iyulda "Pravda" gazetasida RKP(b) MK ning "Barcha partiya tashkilotlariga. "Partiyada tozalov haqida" murojaati e'lon qilindi[l], "Tozalov" o'tkazish uchun Siyosiy byuro tamonidan Markaziy komissiya tuzildi. Joylarda partiya tashkilotlari shahar va rayon komissiyalarini tuzdilar. "Tozalash" jarayoni quyidagicha kechgan: "tozalov komissiyasi" uch kishidan iborat bo'lib, ular awaldan

tekshiruvdan o'tkazilgan va yuqoridan yuborilgan. Har bir partiya a'zosi komissiya oldiga partbilet va shahsiy qurolini qo'ygan. Komissiya a'zolari va qatnashchilarning savollariga javob berganlar. Awaldan liar bir partiya a'zosining kelib chiqishi, inqilobda ishtiroki, g'oyaviy bilimlari (marksizm nazariyasidan savollar berilgan) tekshirilgan. Agar u partiya safida qolishga loyiq topilsa partbilet va revolver qaytarilgan.

Aynan shu vaqtdan Turkistonda ham "partiya saflarini sotsial jihatdan yot, suqilib kirib oigan va buzuq elementlardan tozalash"[2] siyosati avjiga chiqdi. Birinchi navbatda Turkistondagi milliy muholifat vakillari tozalash siyosati qurboniga aylandilar. Minglab vatanparvarlar "bosmachi", "bosmachilarga yordam bergan" degan tamg'a bilan badnom qilingan. Tozalash boshlanmasdan oldin Turkiston kompartiyasidagi mavjud 42041 a'zo va 7565 partiya a'zoligiga nomzoddan, tozalash jarayonida 10216 nafari, ya'ni 20 foizi partiya safidan o'chirilgan, 3229 nafari (7 foizi) partiya a'zoligiga nomzodlikka o'tkazilgan yana 1755 kishi (4 foizi) o'z ixtiyori bilan partiya safidan chiqishga majbur qilingan[3], Tekshiruvdan o'tishdan bosh tortganlar to'g'ridan-to'g'ri partiya safidan chiqarilgan[4], Bu jarayon matbuotda xam keng yoritilgan. Markaziy Respublika naslirlarining deyarli xar sonida partiya yangiliklari berib borilgan. Jumladan, "Qizil bayroq" gazetasida 1920 yil dekabr sonlaridan boshlab partiyani "tozalash" masalasiga bag'ishlangan maqolalar chop etila boshlagan[5], 1921 yildan boshlab esa gazeta sonlarida shu mazmundagi maqolalar juda ko'p ucliraydi[6], Masalan: "Partiyani tozalashga partiyasiz ishchilar ham yaxshi diqqat etishiga tegishli" deb nomlangan maqolada partiya saflarida noloyiq odamlar qolib, ba'zi aybsiz odamlar ham partiyadan chiqarilib yuborilgani haqida yozilgan. Maxalliy ishchilarni faollikka chaqirib, xatto kommunizm nimaligini ham bilmaydigan kommunistlarga qarshi kurashish burchlari ekanligi uqtirilgan[7], Yana bir maqolada ayrim mansabdorlarning "tozalov"dan qutulib qolayotgani haqida yozilib, har bir a'zo, hattoki amaldorlarning tarjimai xoli ham sinchiklab o'rganilsin degan talab qo'yiladi[8],

Prezident Devoni arxivining Farg'ona viloyati bo'limida saqlanayotgan xujjatda tozalovdan o'tgan 40 kishidan 3tasi oliy ja'zo o'tab o'ldirishga, 3 tasi surgunga xukum qilingan, 2 kishi majburiy mehnat va kontsentratsion lagerlarga yuborilib, 1 kishi ishga joylashish huquqidan mahrum qilingan holda vazifasidan bo'shatilgan, qolganlari ozod etilgan[9],

1929-30 yillarda XVI partiya konferensiyasi (aprel 1929) qarori bilan ikkinchi umumpartiyaviy tozalov o'tkazildi. Stalin rahbarlik qilgan tozalov o'tkazish komissiyalarii ierarxik tamoyil asosida tuzilgan bo'lib, MK obkom komissiyalarini, obkomlar rayon komissiyalarini tayinlagan. Komissiyalar har bir

partiya a'zosini maxsus tekshuruvdan o'tkazib, tekshuruvdan o'tganligi haqidagi guvohnomaga belgi qo'ygan. Bu tozalash eng awalo Stalinga muholifatda bo'lgan kompartiya liderlariga qaratilgan bo'lishiga qaramasdan, u ittifoq miqyosida keng ko'lamda amalga oshirildi. Ikkinchi tozalashga nafaqat partiya a'zolari balki, sovet idoralarida faoliyat olib borayotgan partiyasizlar ham jalb etilgan. Tekshiruv chog'ida "keng jamoatchilikni jalb etish" maqsadida xizmatchilar ro'yhati to'zilgan Unda tekshiruvga jalb qilinganlarning tarjimai holi, o'zini boshqara olish salohiyati to'la o'rganib chiqilgan. Bu ishda sovet jamiyatidagi ommaviy jamoat tashkilotlari ham chetda qolmagan. Komsomollar a'zolaridan "yengil kavaleriya" otryadlari to'zilgan, ishchilar kasaba uyushmalari tozalash jarayonida sudyalik rolini bajargan.

1929-30 yillardagi tozalash natijasida "yot unsur" deb topilib, O'zbekiston Kompartiyasining saflaridan chiqarilganlar soni, partiya a'zolari umumiy sonining 15,6 foizini tashkil etgan[2],

Tozalash natijasida "partiya safidan chiqarilgan" yoki "tozalash chog'ida ishdan bo'shatilgan"larning taqdiri ayanchli kechgan. Sovet idoralaridan "tozalanganlar" uch toifaga bo'lingan:

birinchi toifadagilar uy-joy (kvartira)dan chiqarib yuborilgan, boshqa joyda ishlash, moddiy yordam va nafaqa olish huquqlaridan mahrum qilingan, ikkinchi toifadagilar ga boshqa tashkilotda va boshqa joyda ishlashga ruhsat berilgan, uchinchi toifadagilar past lavozimga tushirilib bu haqda tarjimai holiga yozish shart qilib qo'yilgan[10], Masalan, Koson-soy turnan "tozalov" komissiyasining 1930 yil 18 avgustdagi 5-sonli qarorida 51 kishini "tozalov"dan o'tkazilgani haqida ma'lumot mavjud. Ro'yhatdagi Fayziev va SH.Abdulxayirovlar[ll] xalq sudiga topshirilgan bo'lsa, A.Timurbaev batraklar bilan shartnoma tuzmaganligi uchun ishdan bo'shatilgan[ll], A.Valibaev va Abduqaxarovlar uchinchi kategoriyaga mansub deb topilgan, ya'ni vazifasidan ozod qilinib past lavozimga o'tkazilgan[ll], Partiyadan chiqarilganlardan tashqari a'zolikdan nomzodlikka, nomzodlikdan xayrixoxlikka pasaytirilgan kommunistlar ham bo'lgan. Bunday kishilarga rayón "tozalov" komissiyasining tasdig'idan so'ng partbiletlar o'rniga marka yopishtiriladigan nomzodlik kartochkalari berilgan. Xayrixoxlikka o'tkazilganlarga esa "tozalov" komissiyasining qaroridan ko'chirmadan boshqa xech qanday xujjat berilmagan.

Komissiyalarga yuklangan tozalash siyosatining aniq mezonlari belgilab qo'yilmagan. Ularga sinfiy ko'rashni kuchaytirish maqsadida o'tkazilayotgan kompaniya vaqtida asosiy e'tiborni partiya va sovet idoralarini "boy-quloq unsurlar"dan tozalashga qaratish, bunda kambag'al va batrak (katta yoshdagi) larni safarbar qilishga alohida e'tibor qaratish lozimligi ko'rsatilgan[12]. Bu tozalash

natijasida O'zbekiston Kompartiyasining 4564 nafar a'zosi partiyadan o'chirilgan bo'lib, bu partiya a'zolarining umumiy sonini 13,8 foizini tashkil etgan. Tozalash o'tkazilishidan awal 598 (1.8 foiz) kishi o'z ixtiyori bilan partiya safidan chiqqan

[3].

VKP(b) MK va MKKning 1933 yil 12 yanvardagi qarori bilan uchinchi yirik partiya saflarini tozalash siyosatiga start berildi. 1933 yil 28 apreldagi qarori bilan joylarga yuborilgan taqsimot bilan VKP(b) MK tozalanishi lozim bo'lganlarni quyidagi toifalarga ajratib berdi:

• partiya safiga aldov yo'li bilan kirib olgan sinfiy yot va dushmanlik kayfiyatidagi unsurlar;

• partiyaga "sadoqaf'i haqidagi yolg'on qasamlar bilan o'zining asl basharasini yashirib, partiya siyosatini buzishga urinuvchi ikkiyuzlamachilar;

• partiya va sovet davlatining qarorlarini bajarmay, ularni "noreal va bajarib bo'hnas"ligi haqida safsata sotib temir intizomni ochiqdan - ochiq va pinxona buzuvchilar;

• sinfiy dushman, quloq unsurlar, dangasa, o'g'ri va sotsialistik mulkni talon - taroj qiluvchilar bilan amalda ko'rashishni istamay, burjuaziya bilan qo'shilib ketganlar;

• partiya va sovet idoralaridagi mansabidan o'zining shaxsiy manfaatlari yo'lida foydalanib, ishchi va dehqonlarning talab - istaklariga befarq qarab. ommadan o'zilib qolganlar;

• o'zining ahloqsizligi bilan partiya sha'niga dog' tushiruvchilar va partiya bayrog'ini bo'lg'aganlar- deb ko'rsatilgan.

• 1930 yilni to'la qamrab olgan tozalash chog'ida Ittifoq miqyosida 400.000 ga yaqin kishi, yani 18 % i partiya safidan chiqarilgan. 1921 yildan 1933 yildagi tozalovlar chog'ida 800.000 kishi partiyadan o'chirilgan[13], Aynan 1930-1933 yillarda Farg'ona vodiysida ham partiyadan o'chirilganlar soni keskin ko'paydi. 1928 yilning 1-yanvaridan 1-apreligacha Farg'ona okrug partiya tashkilotining statistik xisobotiga ko'ra 441 kishi partiyadan chiqarilgan[14], Partiyadan xaydalganlarning a'zolik biletlari va nomzodlik kartochkalari akt asosida yo'q qilingan. Farg'ona okrugi bo'yicha 1930 yilda 400ta partxujjatlar yo'q qilingan[15], Masalan, Qo'qon shahridan 1929-1931 yillarda tekshiruvdan o'tgan 300 ta partiya a'zolaridan 58 tasi partiyadan chiqarilgan, 37 tasi nomzodlikka qaytarilgan.

O'zbekiston kompartiyasida tozalashning uchinchi bosqichi 1934 yil 1 iyundan 1935 yilning 1 apreliga qadar amalga oshirilgan. Uchinchi tozalash natijasida O'zKP(b) a'zolaridan 1870 kishi "sinfiy yot unsur" sifatida, 1714 kishi "sinfiy yot unsur bilan aloqada bo'lgan va ularni qo'llab-quwatlagan"i uchun, 1545 kishi mansabparast va ikkiyuzlamachi deb topilib, 2823 kishi partiya intizomini buzgani va

4364 kishi turli sabablar bilan partiyadan o'chirilgan va boshqa choralar ko'rilgan. Umuman uchinchi tozalash natijalariga ko'ra, bu davrda 12316 kishi partiyadan o'chirilgan. Bu partiya a'zolari umumiy sonining 26,8 foizini tashkil etagan[3],

1934 yilda Qo'qon shaxar partiya tashkilotining 146 ta bo'limida, shundan: 87 ta quyi parttashkilotlar, 38 ta nomzodlik guruxlarida, 21 ta partiya guruxlarida "tozalov" o'tkazildi. Shaxar partiya komitetining shu tashkilotlaridagi a'zolarning soni 1924 tani tashkil qilgan. Bundan tashqari shaxar temir-yo'l parttashkilotidan 574 kishi tozalovlardan o'tgan. Umumiy hisobda Qo'qon shahridan jami 2427 kishi tekshiruvdan o'tgan. Tekshirilgan 1853 ta a'zodan apelyatsiyagacha partiyadan o'chirilgan, nomzodlikka o'tkazilgan va xayrixoxlar bilan qo'shib hisoblaganda 755ta kommunist tekshiruvdan o'tmagan bo'lib, ularning miqdori tekshiruvdan o'tgan kommunistlar miqdoriga solishtirganda 40% ni tashkil qiladi. Partiyadan alohida o'chirilganlar esa 551 tani tashkil etib,tekshiruvdan o'tganlar miqdoriga nisbatan 29,7%ni tashkil qilgan[16],

Partiyadan o'chirilganlarning eng ko'pini kolxozchilar-38,5% va xizmatchilar-26%, ishchilar-10,7% tashkil qilgan. Partiya safidan o'chirilgan kolxozchilar nega ko'pchilikni tashkil qiladi degan savolga ushbu hisobotni o'zida javob berilgan. Unda aytilishicha kolxozlarda ommaviy-partiyaviy ishlarning olib borilmagani, siyosiy-madaniy darajaning pastligi yuqoridagi holatga olib kelgan.

Partiya a'zolarini turli ayiblovlar bilan, jumladan, "partiya ustavini yoddan bilmagani uchun" (tekshiruvlar chog'ida partiya a'zolarining g'oyaviy bilimlari tekshirilgan), "a'zolik badalini bir necha oy to'lamagani uchun" kabi ayblovlar bilan xam partiya safidan o'chirish xollari uchraydi[17], Yuqoridagi kabi sabablar bilan partiya a'zolaridan 21%, nomzodlardan 34% partiya saflaridan chiqarildi.

1935 yildan boshlab partxujjatlarni tekshirish jarayoni boshlandi.

Qo'qon shahar pariya tashkilotining sekretari Bukreev imzosi bilan 1935 yil 3 sentyabrda 0'zRKP(b)MK sekretari Sexer nomiga VKP(b)MKning 1935 yil 13 maydagi "Partiya xujjatlarini tekshirish va partiya tashkilotlarini tartibga solish" to'g'risidagi yopiq xatiga javoban yuborilgan maxfiy axborotida 1935 yil 1-sentyabrga qadar 833 ta partiya a'zolari va nomzodlarining xujjatlari tekshirilgan. Bu umumiy partiya a'zolarining 70,2 %ni taslikil qiladi. Partbiletlar va nomzodlik kartochkalarini tekshirish chog'ida tekshiruvdan o'tganlarning 10% ning partiya xujjatlari olib qo'yildi. Tekshirilgan partxujjatlarning 25% ni taslikil qiluvchi xujjatlar aniqlik kiritish uchun ushlab qolindi. Bu jarayon ittifoq miqyosida partiya safidan quvilganlarni 10-20 mingtaga ko'payishiga olib keldi.

"Tozalov" yakunlanishi bilan 1935 yil may oyida" partiya xujjatlarini tekshirish" jarayoni boshlandi. 1936 yil 14 yanvardan shu yilning sentyabrigacha

"partiya biletlarini almashtirish" jaryoni boshlandi. Bu jarayon Ittifoq miqyosida jami partiya a'zolarining 18%ni partiya safidan chetlatilishiga sabab bo'ldi.

MUHOKAMA

Komissiyalarga yuklangan tozalash siyosatining aniq mezonlari belgilab qo'yilmagan. Ularga sinfiy ko'rashni kuchaytirish maqsadida o'tkazilayotgan kompaniya vaqtida asosiy e'tiborni partiya va sovet idoralarini "boy-quloq unsurlar"dan tozalashga qaratish, bunda kambag'al va batrak (katta yoshdagi) larni safarbar qilishga alohida e'tibor berish lozimligi ko'rsatilgan[12],

Sinfiy ko'rash bahonasida o'tkazilgan tozalash siyosatining ko'lami va miqyosi muntazam kengayib bordi. Bunda Markazning mustamlakachilik maqsadlari yashirin tarzda, tozalash siyosati niqobida amalga oshirildi. Ierarxik tamoyil a'sosida tashkil etilgan komissiyalarga Markazdan rahbar qilib yuborilgan VKP(b) Sredazbyuro a'zolari va boshqa xodimlar milliy kadrlarni unib-o'sishiga mutlaqo imkon bermaslik yo'lini tutdilar.

Partiya saflarini tozalash siyosati jarayonida shaxsiy ado vat, o'zaro gina-kudrat orqali o'ch olish, g'ayirlik kabi illatlarning avj olishiga sharoit tug'dirildi. Chunki, tozalash natijasida chiqarilgan xulosa bo'yicha partiya a'zoligidan chiqarilgan yoki sovet idoralaridan bo'shatilganlar ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qatnashish, rahbarlik lavozimlarida ishlashi mumkin bo'lmagan. Partiyadan o'chirilganlarning o'zi qator huquq va erkinliklardan mahrum qilinish bilan birga, uning yaqin qarindosh-urug'lari va tanishlariga ham soya solishi tayin edi.

XULOSA

Partiya saflarini "tozalash " chog'ida partiya ustavi qo'pol ravishda buzildi. Ustvga ko'ra "tozalov"ni faqat partiya s'ezdi e'lon qilishi mumkin edi. Bundan tashqari s'ezd tamonidan ma'sul lavozimlarga saylangan kishilar ham tozalovlarda partiyadan o'chirildi. Bu esa s'ezd qarorlarini bekor qilish bilan barobar edi. Partiyadagi qatag'onlar siyosiy xokimiyatga mamlakatda o'rnatilgan siyosiy tartibni mustahkamlashda ijtimoiy klapn vazifasini bajardi. Shuni aytish kerakki, partiya saflarini "tozalash" nafaqat partiya a'zolarining ijtimoiy tarkibining o'zgarishiga, balki ularning o'rtacha yoshini yosharishiga ham sabab bo'ldi. 1935 yillarda joylardagi partiya sekretarlarining o'rtacha yoshi 35 yoshni tashkil qilgan bo'lsa, 1930 yillar ohirlarida ularning o'rtacha yoshi 30 yoshni tashkil qildi. 1930 yillar ohirlarida partiya rahbarlari awalgidek anketa maTumotlari asosida tanlab olingan. Rahbarlar awalgidek o'zlariga jamoa to'plaganlar. Bu jarayonda u hodimlarning funksional jihatlaridan tashqari shahsiy tanlovga tayangan. Boshqaruvda yangi rahbarlar boshqaruv an'analariga o'zgarish kiritmadilar.

Quyidan qilingan tanqid iliq qabul qilinmagan, o'z-o'zini tanqid esa an'naviy frazalardan iborat bo Tib qolgan. Xulosa qilib aytganda partiyani "tozalash" jarayonida partiya saflarida bo'lgan ko'plab milliy ziyolilar yo'q qilindi. Bundan tashqari partiya a'zolari xatto o'zlarining soyalaridan ham cho'chiydigan bo'lib qoldilar . O'zlarining partiyaga sadoqatlarini isbot qilish maqsadida safdoshlarini ayblarini fosh qilishga urindilar. Natijada ig'vo va chaqimchilik avj olib ketdi. Bu esa "tozalov" qurbonlari sonini ortishiga olib keldi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Ратьковский И. С. , Ходяков M.B. История советской России Санкт-Петербург, 2001 http://historv.pu.ru/biblioth/msshist/histsovruss/02.htin Узбекистон коммунистик партияси тарихининг очерклари. - Т.: Узбекистон, 1964. -227 б.

2. Хошимов С. Узбекистонда партия сафларини "тозалаш" тарихидан.//СамДУ

3. Илмий тадкицотлар хабарномаси. - Самарканд, 2010. - № 2. - С. 36-41.

4. O'ZRPDA FVB.llO-fond, 2-ro'yxat, 40-ish,2-varaq.

5. "Кизил байрок" газетаси.1920 йил, 25 декабр, 8-сон.

6. "Кизил байрок" газтаси.1921 йил.№41, №82, №92, №97, №100, №123

7. "К,изил байрок"1921 йил, 13 октиябр, 97-сон.

8. "К,изил байрок" газетаси.1921 йил, 22 декабр, 123-сон.

9. O'zRMDA FVB, 1087- fond, 2-ish, 31-varaq

10. M. Геллер, A. Некрич ИСТОРИЯ РОССИИ: 1917—1995 http://www.krotov.info/historv/l 1/geller/gell 1929.html

11. УзРПДА ФВБ.109-фонд, 2-руйхат, 23-иш, 5-варак;, 7-варак;, 7-8-вараклар.

12. Коммунистическая партия Узбекистана. В резолюциях и решениях съездов и пленумов ЦК. - Т.: Узбекистан, 1987. -С. 462.

13. Г. А. Авторхонов. Кремил салтанати. Т.:Чулпон, 1993-80 б.

14. O'zRMDA FVB. 110- fond, 1-ro'yhat, 130-ish.

15. O'zRMDA FVB. 109- fond, 1- ro'yhat, 870- ish,26-35- varaqlar.

16. O'zRMDA FVB. 178- fond, 1- ro'yhat, 522- ish,20- varaq.

17. "К,изил Узбекистон" 1936 йил, 10 феврал

REFERENCES

1. Ратьковский И. С. , Ходяков М. В. История советской России Санкт-Петербург, 2001 2001 http://historv.pu.ru/biblioth/russhist/histsovruss/02.htm

2. Узбекистон коммунистик партияси тарихининг очерклари. - Т.: Узбекистон, 1964. -227 б.

3. Хошимов С. Узбекистонда партия сафларини "тозалаш" тарихидан. //СамДУ Илмий тадкицотлар хабарномаси. - Самарканд, 2010. - № 2. - С. 36-41.

4. УЗРИДА ФВБ.110-фонд, 2-руйхат, 40-иш,2-варак.

5. "Кизил байрок;" газетаси.1920 йил, 25 декабр, 8-сон.

6. "Кизил байрок" газтаси.1921 йил.№41, №82, №92, №97, №100, №123

7. "К,изил байрок".1921 йил, 13 октиябр, 97-сон.

8. "К,изил байрок" газетаси.1921 йил, 22 декабр, 123-сон.

9. УзРМДА ФВБ, Ю87-ФОНД, 2-иш, 31-варак

10. М. Геллер, А. Некрисъ ИСТОРИЯ РОССИИ: 1917—1995 llttp://www■krotov■info/llistory/l 1/ае11ег/ае11 1929.html

11. УзРИДА ФВБ.109-фонд, 2-руйхат, 23-исъ, 5-варак;, 7-варак;, 7-8-вараьутр.

12. Коммунистическая партия Узбекистана. В резолютсиях и решениях съездов и пленумов ТСК. - Т.: Узбекистан, 1987. -С. 462.

13. Г. А. Авторхонов. Кремил салтанати. Т.:Чулпон, 1993-80 б.

14. УзРИДА ФВБ. 110-фонд, 1-руйхат, 130-иш.

15. УзРИДА ФВБ. 109-фонд, 1-руйхат, 870-иш,26-35-вараклар.

16. УзРИДА ФВБ. 178-фонд, 1-руйхат, 522-иш,20-варак.

17. "К,изил Узбекистон" 1936 йил, 10 феврал

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.