Singapur davlatining O'zbekiston bilan o'zaro hamkorlik aloqalari
F.Shoqulov, Toshkent shahar Sergeli tumani 269-maktab
Annotatsiya - Ushbu maqolada O'zbekiston va Singapur davlatlarining o'zaro manfaatli aloqalari tahlil qilinadi. Ikkala mamlakat o'rtasida o'rnatilgan savdo va iqtisodiy, madaniy aloqalar tarixi, davlatlar o'rtasidagi eksport-import darajasining o'sib borish dinamikasi, shuningdek, maqolada nafaqat iqtisodiy va savdo aloqalari, balki ta'limni rivojlantirish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar haqida ham fikrlar bildiriladi.
Kalit so'zlar - diplomatik aloqalar, janubiy-sharqiy Osiyo, Li Kuan Yu, Study Trip for Engagement and EnRichment, Six Clouds Pte Ltd, MDIS, eko turizm, xalqaro investitsiya forumi, eksport, import, qo'shma korxona.
Cooperation of Singapore with Uzbekistan
F.Shoqulov, School No. 269 of Sergeli district, Tashkent
Abstract - This article analyzes the mutually beneficial relations between Uzbekistan and Singapore. There are invaluable informations on the history of trade and economic and also cultural ties between two countries in this article. In addition, this article gives informations which is improving of dynamics of export-import of Uzbekistan and Singapore. It is mentioned not only on economic and trade relations, but also developing the education system in this article.
Keywords - diplomatic relations, south-eastern Asia, Study Trip for Engagement and EnRichment, Six Clouds Pte Ltd, MDIS, eco tourism, International Investment Forum, export, import, joint venture.
Jahon tajribasidan shu narsa ma'lumki, hech qaysi davlat xalqaro aloqalarsiz, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy munosabatlarga kirishmasdan rivojlana olmaydi. Biron bir davlat bilan diplomatik aloqalar o'rnatilar ekan, bu birinchi navbatda xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalar rivojlantirishga yo'l ochsa, boshqa tarafdan ikkala davlat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi munosabatlarni vujudga kelishi uchun zamin yaratadi. Shunday ekan, diplomatik aloqalarning o'rnatilishi har ikkala davlat manfaatlari uchun ijobiy hodisa bo'lib qolaveradi.
O'zbekiston mustaqillikkka erishganidan keyin Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o'zaro aloqalarga katta e'tibor berdi. Xususan, O'zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasida Yaponiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur kabi mamlakatlar bilan iqtisodiyot, sarmoya, ilm-fan va texnologiya, ta'lim, sog'liqni saqlash va sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarni
rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Ayniqsa, so'nggi yillarda Singapur davlati bilan aloqalar rivojlanib bormoqda.
Singapur Respublikasi O'zbekistonning mustaqilligini 1992-yildayoq e'tirof etgan. Oradan biroz vaqt o'tgach, ya'ni 1997-yil 8-aprelda esa ikkala davlat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilgan. Tez orada Singapur davlati-da O'zbekiston elchixonasi ochildi. Shu tariqa ikkala davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar rivojlana boshladi. Qisqa muddat ichida ikkala davlat o'rtasida diplomatik va savdo-iqtisodiy shartnomalar imzolandi. Xususan, O'zbekiston va Singapur delegatsiyalari hamkorligida 2003-yil 15-iyulda qabul qilingan o'zaro investitsiyalarni rag'batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan "Iqtisodiy va madaniy hamkorlik" to'g'risidagi bitim iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish yo'lidagi muhim huquqiy asoslar-dan biri bo'ldi.
XXI asr boshlariga kelganda O'zbekistonning Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash va savdo munosabatlarida
Singapur birinchi o'rinni egallagan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmi 2005-yilda 2003-yilga nisbatan uch barobarga oshgan va 2005-yilda bu ko'rsatkich 76,1 million AQSH dollarini tashkil etgan (eksport hajmi 71,2 million AQSH dollar, import esa 4,9 million AQSH dollar). Bu yillar davomida Singapur O'zbekistonning eng yirik savdo sherigi bo'ldi. 2006 yilda ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 86,2 million dollarni tashkil etdi. Eksport va import munosabatlari yildan-yilga o'sib bordi.
Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yil yanvar oyida Singapurga davlat tashrifi bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish-ning asosiy voqeasi bo'ldi. Shu yilning 25-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovni Singapur Prezidentining "Istana" saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi. Ushbu rasmiy tashrif chog'ida Prezident Islom Karimov Singapur Prezidenti Sellapan Ram Natan bilan uchrashdi.
Tashrif ikkala davlat o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Uning natija-sida 2007-yilda Singapur Biznes federatsiyasi hamkorligi bilan har yili ikki mamlakat ishbilar-mon doiralari vakillari ishtirokida O'zbekiston va Singapurda biznes-forumini o'tkazish yo'lga qo'yildi. Shuningdek, 2007-yil sentyabr oyida Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti faoliyatini Toshkentda tashkillashtirish to'g'risi-da (Toshkentdagi MDIS) qaror qabul qilindi. Bu esa mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar-ning rivojlanishiga, eksport-import aloqalari-ning kengayishiga turtki bo'ldi.
Natijada, 2006-yildan 2011-yilgacha ikkala davlat o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash 101,8 mln. AQSh dollarigacha ko'tarilgan bo'lsa (shundan 70 mln AQSH dollari eksport hajmiga, 31,8 mln AQSH dollari esa import hissasiga to'g'ri keladi), 2017-yiga kelib, O'zbekiston Statistika Qo'mitasining ma'lumot-lariga ko'ra, ikkala davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi yil oxirida 66,4 million dollarni tashkil etdi (shundan 56,1 mln dollari ekspor hajmiga, 10,3 mln dollari import hajmiga to'g'ri keladi).
Bu yillar ichida O'zbekistonda Singapur
sarmoyadorlari ishtirokidagi qo'shma korxona-lar barpo etish yo'lga qo'yildi. Agar 2006-yilda Singapur sarmoyadorlari ishtirokidagi korxona-lar soni 12 tani tashkil etgan bo'lsa (shulardan 2 tasi butunlay Singapur sarmoyadorlariga tegishli), 2011-yilga kelib esa bu korxonalar soni ikki barobarga oshib, 21 tani tashkil qilgan. Shulardan 16 tasi qo'shma korxona va 5 tasi to'liq xorijlik sarmoyadorlarga qarashli. Shu bilan birga Singapurda ham qo'shma korxonalar barpo etildi. Xususan, 2011-yilda Singapurda 3 ta qo'shma korxona qurildi. 2014-yil oxirigacha Singapur sarmoyadorlari jami 2,1 mlrd dollar hajmdagi loyihalarda ishtirok etdilar. Respublikasi Statistika Qo'mitasi ma'lumot-lariga ko'ra, 2016-yilda O'zbekistonda Singapur sarmoyadorlari ishtirokidagi korxonalar soni 32 tani tashkil etgan bo'lsa, shundan 8 tasi butunlay Singapur sarmoyadorlariga tegishli bo'lgan. O'zbekistonda Singapurning 10 ta korxonasi akkreditatsiyadan o'tgan.
2017-yilga kelib ikkala davlat o'rtasidagi diplomatik va iqtisodiy aloqalar yanada rivoj-landi. Aynan shu yilga kelib, hamkorlik aloqalar o'rnatilganligiga 20 yil to'ldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam davlatlarimiz o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilgani-ning 20 yilligi munosabati bilan bir-birlariga tabrik yo'llaganlar.
Ikkala mamlakat o'rtasida nafaqat iqtisodiy, balki ta'lim sohasida ham hamkorlik aloqalarini davom ettirilmoqda. Masalan, 2018-yil 21-may kuni Toshkent temir yo'l muhandislari instituti Singapur milliy universitetining global munosa-batlar boshqarmasi boshlig'i Jasper Tang bosh-chiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Institutga tashrif Singapur milliy universiteti-ning "Study Trip for Engagement and EnRichment" o'quv programmasi doirasida amalga oshirildi. Bun-dan tashqari, 2018-yil 25-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasining raisi Alisher Kurmanov hamda "Six Clouds Pte Ltd" (Singapur) kompaniyasining bosh ijro etuvchi direktori Von Xve Kiat boshchiligidagi kompaniya vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib
o'tdi. Uchrashuvda tomonlar qulay investitsiya muhitini, raqobatbardosh iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish hamda tadbirkorlarning erkin faoliyati uchun qonunchilik asoslarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
2019-2029-yillarda "Six Clouds Pte Ltd" kompaniyasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida O'zbekiston-Singapur mintaqaviy o'quv markazi hamda tadqiqotlar va taraqqiyot bo'yicha integratsiyalashgan markaz tashkil etish nazarda tutilayotgani qayd etildi. Bu markazlar O'zbekistonning maktabgacha, mak-tab, o'rta maxsus va oliy talim tizimiga yangi dasturiy mahsulotlar va interaktiv raqamli o'qitish platformalarini, shu jumladan ingliz va xitoy tillarini, matematika hamda maktabgacha va maktab dasturlarining boshqa asosiy fanlarini animatsion video orqali o'qitish dasturlarini joriy etish imkonini beradi.
Mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirish hamda turizm sohasiga xalqaro kompaniyalarni jalb etish maqsadida poytaxti-mizda 19-21-noyabr kunlari Turizm sohasida birinchi Xalqaro Investitsiya forumi tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish va Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitalari tomonidan mamlakatimiz Tashqi ishlar, Tashqi savdo vazirliklari hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda dunyoning 48 mamlakatdan 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
2019-yida ham mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalar rivojlanishda davom etdi. Xususan, 2019-yil 3-mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituda
"O'zbekistonning eko turizm salohiyati" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda turli davlat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlardan ekspertlar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi hamda O'zbekistonning eko turizm salohiyatini oshirish borasida takliflarini bildirishdi. 2019-yil 29-mart kuni Maybank ofisida elchixona tomonidan Singapur ish-bilarmon doiralari uchun O'zbekistonning sarmoyaviy, savdo va sayyohlik salohiyatining taqdimoti o'tkazildi. Sal oldin, ya'ni 2019-yil 20-mart kuni O'zbekistonning Sungapurdagi elchisi Qaxramon Shakirov Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi dekani Denni Kuax bilan uchrashuv o'tkazgan edi. Uchrashuvlar natijasida har ikkala mamlakatlar uchun manfaatli bitim va kelishuvlar amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakatda xorijiy sarmoyalar miqdorining ko'payishi tashqi investorlarning shu mamlakatda barqaror rivojlanish va siyosiy totuvlik davom etishidan manfaatdor ekanligini oshiradi. Bu borada O'zbekistonning xorijiy sheriklar topishdagi muvaffaqiyati ikki muhim omil, ya'ni respub-likaning muhim jug'rofiy-siyosiy joylashuvi va tabiiy zaxiralarning mo'lligi omillari unimli foydalanishga bog'liq ekanligi ma'lum. Shu jihatdan, O'zbekiston uchun boshqa yirik rivojlangan davlatlar qatorida, eng avvalo, YalDlar tajribasidan foydalangan holda ular bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish ham mamlakat iqtisodiyoti o'sishi uchun muhim omildir. O'zbekiston Singapur bilan olib borgan savdo va diplomatik aloqalar ham O'zbekiston belgilab olgan taraqqiyot bosqichida muhim tajriba vazifasini o'tamoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, № 9/1, 2012
[2] S.Usarov, Özbekistan ve Singapur arasindaki ticari-ekonomik i§ birligi hususunda, Uluslararasi Türk Dünyasi Ara§tirmalan Sempozyumu, Semerkant, 12-16 Ekim, 2018
[3] Cooperation of the Republic of Uzbekistan with counties of the Asia and the pacific, https://mfa.uz/en/cooperation/countries/374/?print=Y
[4] Узбекистан-Сингапур: 15 лет плодотворного сотрудничества, Деловой партнёр № 15, 2014
[5] Singapur milliy universiteti delegatsiyasini Toshkent temir yo'l muhandislari institutiga tashrifi haqida, http://tashiit.uz/2018/09/05/singapur-milliy-universiteti-delegatsiyasini-toshkent-temir-yol-muhandislari-institutiga tashrifi-xaqida/
[6] Six Clouds Pte Ltd kompaniyasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida O'zbekiston-Singapur mintaqaviy o'quv markazi haqida, http://195.158.28.46/uz/site/page.html?id=30083
[7] Diplomat Magazine: O'zbekiston xorijiy investitsiyalar va turizm uchun ochiq, https://kun.uz/uz/news/2019/01/10/diplomat-magazine-ozbekiston-xorijiy-investitsiyalar-va-turizm-uchun-ochiq
[8] O'zbekistonning eko turizm salohiyati, http://eco.gov.uz/uz/site/news?id=122
[9] Maybank ofisida elchixona tomonidan Singapur ishbilarmon doiralari uchun O'zbekistonning sarmoyaviy, savdo va sayyohlik salohiyatining taqdimoti o'tkazildi, https://www.facebook.com/pg/ uzbekistan.embassy.singapore/posts/2
References
[1] O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, № 9/1, 2012
[2] S.Usarov, Özbekistan ve Singapur arasindaki ticari-ekonomik i§ birligi hususunda, Uluslararasi Türk Dünyasi Ara§tirmalari Sempozyumu, Semerkant, 12-16 Ekim, 2018
[3] Cooperation of the Republic of Uzbekistan with counties of the Asia and the pacific, https://mfa.uz/en/cooperation/countries/374/?print=Y
[4] Узбекистан-Сингапур: 15 лет плодотворного сотрудничества, Деловой партнёр № 15, 2014,
[5] Singapur milliy universiteti delegatsiyasini Toshkent temir yo'l muhandislari institutiga tashrifi haqida, http://tashiit.uz/2018/09/05/singapur-milliy-universiteti-delegatsiyasini-toshkent-temir-yol-muhandislari-institutiga tashrifi-xaqida/
[6] Six Clouds Pte Ltd kompaniyasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida O'zbekiston-Singapur mintaqaviy o'quv markazi haqida, http://195.158.28.46/uz/site/page.html?id=30083
[7] Diplomat Magazine: O'zbekiston xorijiy investitsiyalar va turizm uchun ochiq, https://kun.uz/uz/news/2019/01/10/diplomat-magazine-ozbekiston-xorijiy-investitsiyalar-va-turizm-uchun-ochiq
[8] O'zbekistonning eko turizm salohiyati, http://eco.gov.uz/uz/site/news?id=122
[9] Maybank ofisida elchixona tomonidan Singapur ishbilarmon doiralari uchun O'zbekistonning sarmoyaviy, savdo va sayyohlik salohiyatining taqdimoti o'tkazildi, https://www.facebook.com/pg/ uzbekistan.embassy.singapore/posts/2