INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
KONSERVA SANOATIDA CHIQITSIZ TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Xojiyev Rustam Muxammadjonovich
Namangan muhandislik-texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.8013908
Annotasiya. Maqolada konserva sanoatining sharbat ishlab chiqarish ikkilamchi xom ashyolarini qayta ishlash muammolari, sabzi ikkilamchi xomashyosidan qandli konserva mahsuloti ishlab chiqarish texnologiyasi, texnologik sxemasi, hamda resepturaga kiritiladigan komponentlar mutanosibligi, sharbat ikkilamchi xom ashyosini qayta ishlash samaradorligi keltirilgan.
Kalit so'zlar: Ikkilamchi xom ashyo, gipertonik eritma, qiyom, quruq moddalar miqdori, samaradorlik.
Bugungi kunda aholini sifatli, oziqaviy qimmati yuqori bo'lgan tayyor va yarimtayyor mahsulotlar bilan ta'minlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi natijasida hosil bo'lgan ikkilamchi xom ashyodan olingan mahsulotlarga ham ehtiyoj ortdi.
Konservalash sanoatida vitaminlar, mikro- va makroelementlarga boy o'simlik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy izlanishlar jadal olib borilmoqda. Bu borada, o'simlik xom ashyolarini kompleks qayta ishlash, olingan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, oziqaviy xavfsizligini ta'minlash, biologik qimmatini oshirish, energiya tejamkor va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga alohida e'tibor berilmoqda.
Respublikamizda konservalash sanoatida meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «sanoatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish, mahalliy xomashyo manbalarini chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirish, yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni o'zlashtirish» bo'yicha muhim vazifalari belgilab berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi PF-5303-sonli «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2019 yil 14 martdagi PQ-4239-sonli «Meva sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jalik kooperasiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-sonli «Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, jumladan meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash, ularning iste'mol me'yorlarini talab darajasiga yetkazish hamda turli yarim fabrikatlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi, 2022 yil 28 yanvardagi №PF-60-sonli «Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi, farmon va qarorlari shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Respublikamiz olimlari tomonidan meva-sabzavotlar, rezavorlar va o'simlik xomashyolaridan oziq-ovqat mahsulotlari olish texnologiyasi takomillashtirilgan, olingan mahsulotning organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik xossalariga ta'siri baholangan, oziqaviy, energetik va biologik qimmati hamda sifati tadqiq etilmoqda.
Shu bilan birga meva va sabzavot sharbatlari ishlab chiqarish ikkilamchi xomashyolaridan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
joriy etishda xomashyoni biologik va oziqaviy qimmatini to'la saqlab, issiqlik ishlovi berish, ulardan mahsulotlar tayyorlashda samarali foydalanish hamda xavfsizligini oshirish, konserva sanoatida konserva mahsulotlari assortimentini kengaytirib, mahsulot tayyorlash jarayonini osonlashtirish, jihozlar unumdorligini oshirish va ishchi kuchi, energiya sarfi, vaqt me'yoridan samarali foydalanish xozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda O'zbekiston Respublikasida 111,5 ming gektar olmazorlardan 1238,2 ming tonna olma yetishtiriladi. Shundan fermer xo'jaliklaridagi 86,9 ming gektar maydondan 827,3 ming tonna, dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqalaridagi 24,6 ming gektar maydondan 410,9 ming tonna olma hosili olindi. 124,4 ming gektar maydonda sabzi xomashyosi ekildi. 2022 yilda yetishtirilgan 2494 ming tonnadan ortiq hosil yig'ishtirib olingan. Bunda «takroriy ekindan» yig'ilgan 140 ming tonna sabzi qishki-bahorgi mavsumda aholi ta'minoti uchun zaxiraga olinadi, «kechpishar» sabzining bir qismi esa umumiy quvvati 250-300 ming tonna bo'lgan o'nlab ixtisoslashtirilgan korxonalar bazasida qayta ishlanadi, jami 50,5 ming tonna sabzi eksport qilinmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning atigi 15 foizi qayta ishlanib, 8 foizi eksport qilinmoqda, xolos.
Tahlillar natijasining ko'rsatkichiga ko'ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog'idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovasion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda. Xususan:
- respublikada umumiy ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan mevaning 18,9 foizi, sabzavot va poliz mahsulotlarining 5,6 foizi, uzumning 9,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanmoqda;
Bundan kelib chiqib shunday hulosa qilish mumkinki, meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash salohiyati juda past. Chiqitsiz texnologiyalarni tadbiq etish natijasida, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni takomillashtirish va qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish imkoniyati paydo bo'ladi.
Xozirgi kunda meva-sabzavotlarni qayta ishlab tabiiy sharbatlar tayyorlash korxonalari jadal suratlar bilan o'sib bormoqda. Tindirilgan sharbat tayyorlashda o'rtacha 40-45 % chiqindi ya'ni ikkilamchi xomashyo hosil bo'ladi. Yuqoridagi ma'lumotlar asosida birgina sabzi xomashyosini oladigan bo'lsak, 300 ming tonna xomashyodan 120 ming tonna ikkilamchi xom ashyo hosil bo'ladi. Ushbu ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlab chiqitsiz texnologiyani joriy etish, korxonada hosil bo'ladigan chiqindini utilizasiya qilish, konserva mahsulotlari assortimentini kengaytirish asosiy xomashyoni tejash va korxonaga qo'shimcha daromad olish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy jihatdan ko'radigan bo'lsak, birgina qayta ishlash korxonasi yiliga sabzini qayta ishlashi natijasida 100 tonnadan ortiq ikkilamchi xom ashyo hosil bo'ladi. Ushbu ikkilamchi xom ashyo shu kungacha qayta ishlanmaganligi sababli chorva hayvonlariga berish uchun aholi va boshqa xo'jaliklarga 1 kg ni 150 so'm dan sotib yuborilgan.
Yuqoridagi taxlillar asosida biz sabzi ikkilamchi xomashyosidan povidlo tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqdik. Ko'p sonli tajribalar asosida texnologik jarayon ketma-ketligi aniqlanib, biz sabzi ikkilamchi xom ashyosidan povidlo tayyorlash texnologik sxemasi va reseptini ishlab chiqdik.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Sabzi sharbati siqib olingandan so'ng qolgan ikkilamchi xom ashyoni inspeksion transporterda nazorat qilinib, gipertonik eritmada 7-8 min. ishlov beriladi va maydalagichdan o'tkazib, uni pishirish qozoniga joylab, massasiga nisbatan 15 % suv qo'shiladi va issiqlik ishlovi berib doimiy ravishda aralashtirib turiladi. So'ngra qandni inspeksiyalab, magnitli separatordan o'tkazib, 70-75 % li qiyom tayyorlab olib filtrlanadi va uni ham sabzi ikkilamchi xom ashyosi solingan pishirish qozoniga joylab, 35-40 min. davomida pishirdik, pishirish so'nggida limon bo'lakchasini maydalab qo'shdik bu vaqt davomida tayyor mahsulotdagi quruq moddalar miqdori 66 % ga yetdi, so'ngra yaxshilab aralashtirib, idishlarga joylab sterilladik va og'zini sterillangan qopqoq bilan yopdik.
Sabzi ikkilamchi xom ashyosidan povidlo tayyorlash resepturasi
Xom ashyo turi Miqdori
Sabzi ikkilamchi xom ashyosi, g. Qand, g. Limon, g. 550 400 50
Chiqishi, g. 1000
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
1-rasm. Olma va sabzi ikkilamchi xom ashyosidan povidlo tayyorlash texnologik
sxemasi.
Biz taklif qilayotgan usul bo'yicha ikkilamchi xom ashyo qayta ishlanib, povidlo ishlab chiqarilsa vitaminga boy ushbu mahsulotga mamlakatda hamda xorij davlatlarida ham talab katta. Ushbu ishlab chiqarish yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan mahsulotga bo'lgan talab o'rganilganda mustaqil davlatlar hamdo'stlik davlatlarida qiziqish katta ekanligi ma'lum bo'ldi. Dastlabki bozorni o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, ikkilamchi xom ashyodan olingan povidloning 1 kg ni hozirgi kunda 7500 so'mdan 10500 so'mgacha bo'lgan narxlarda sotish imkoniyati mavjud.
Korxonadagi ikkilamchi xom ashyolarni to'la qayta ishlab, o'rganib chiqilgan narxlarning eng arzoniga sotilganda korxona iqtisodiy jihatdan katta samaradorlikka erishishi tahlil natijalarida aniqlandi.korxona ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlashdan 1 357 500 ming so'm daromad olib undan 162 900 ming so'm yagona soliq to'lagandan so'ng xom ashyoga 40 8750 ming so'm, elektr energiya uchun 32490,4 ming so'm, amortizasiya ajratmasi uchun 11 110 so'm, ish xaqi uchun 266 400 ming so'm, yagona ijtimoiy soliqka 13% li ajratmaga 34 632 ming so'm chiqarib tashlangandan so'ng 452 316, 5 ming so'm sof foyda oladi.
Yuqoridagi tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, biz taklif qilayotgan usul bo'yicha korxona ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash natijasida 452 316,5 ming so'm sof foyda oladi, o'z navbatida ushbu mablag'ni ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirish mumkin, hamda qo'shimcha 12 ish o'rni yaratiladi.
Biz taklif qilgan usul O'zbekistondagi sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalarda tatbiq etilsa, bu albatta juda ham katta samara berib, iste'mol tovarlari assortimenti soni ortishi bilan birga mamlakatimiz iqtisodiga ushbu kunda juda ham zarur bo'lgan valyuta mablag'lari kelib tushishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Qishloq xo'jaligi xodimlari kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https://agro-olam.uz/uzbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirzijoevningqishloq-hujaligi-hodimlari-kuniga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi -nutqi/
2. Xojiyev R.M., Ataxanov Sh.N., Mamajanov L. Texnologiya polucheniya povidla iz vtorichnogo sbirya sokovbix proizvodstv i issledovaniye kachestvennbix pokazateley // Universum: texnicheskiye nauki. Moskva. 2020. № 8 (77). -S.25-28. (02.00.00; №1).
3. Xojiyev R.M., Ataxanov Sh.N., Mamadjanov L., Mirabdullayev N.X. Izucheniye vliyaniya urovnya izmelcheniya i teplovoy obrabotki na polifenolnbiye kompleksbi vtorichnogo sbirya yabloka i morkovi // Universum: texnicheskiye nauki. 2021. 3(84). -S.87-90. (02.00.00; №1).
4. Ataxanov Sh.N., Abdullayev O.G., Murodillayev A., Xojiyev R.M., Mutalov K., Abduraxmonov S., Artikov A., Mamajonov L., Qanoatov X.M. Povidloni tayyorlash usuli // Patent № IAP 03289. 28.02.2007.
5. A. A. Artikov, A. X. Alinazarov, Sh. N. Ataxanov, B. G. Norinboyev, R. M. Xojiyev Geliotexnologicheskaya liniya po proizvodstvu poroshkov - polufabrikatov iz vtorichnogo sbirya sokovbix proizvodstv // Mejdunarodnbiy nauchnbiy jurnal №3 "Alternativnaya energetika i ekologiya" Rossiya g. Sarov 2006 g